Научная статья на тему 'THE IMPORTANCE OF READING CULTURE IN THE EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN'

THE IMPORTANCE OF READING CULTURE IN THE EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
32
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Librarian / creative reader / family and community support / family reading / information / computer / literary experience

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — To'Xtaxo'Jayeva M.Sh.

This article discusses the development of reading in the family through reading lessons, nurturing an active reader in collaboration with the teacher and the family, and what it is appropriate to do for this purpose.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «THE IMPORTANCE OF READING CULTURE IN THE EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN»

УДК 374

To'xtaxo'jayeva M.Sh.

1st year student Preschool Education Namangan State University

THE IMPORTANCE OF READING CULTURE IN THE EDUCATION

OF PRESCHOOL CHILDREN

Abstract: This article discusses the development of reading in the family through reading lessons, nurturing an active reader in collaboration with the teacher and the family, and what it is appropriate to do for this purpose.

Keywords: Librarian, creative reader, family and community support, family reading, information, computer, literary experience.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori hamda 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi qarori kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma'naviy hayotidagi o'rni va rolini yana yangi bosqichga ko'targanligini ko'rsatib berdi.6

Biz bolalarni madaniyat, ma'naviyat va so'z san'ati qadriyatlari, kitobxonlik madaniyati, faol kitobxonni tarbiyalash, ta'lim-tarbiyaning yorqin ko'rinishlari bilan tanishtirish masalasini birgalikda hal qilamiz. Xalqimizda kishining qanday ekanligi, uning o'zini tutishi, tarbiyasi, fe'l-atvori oilasiga bo'lgan munosabat bilan baholanadi. Bu esa uning jamiyatda o'z o'rnini topishida muhimdir. Oilada yozilmagan shunday qonun-qoidalar borki, ular necha asrlar davomida avloddan - avlodga o'tib, oila ma'naviyati sayqal topib kelaveradi. Kattalarni hurmat qilish, kichiklarga nisbatan izzatda bo'lish, kelajak avlod haqida g'amxo'rlik qilish hamisha oilaning asosiy qoidalari bo'lib kelgan. Bu muqaddas dargohda nafaqat farzand dunyoga keladi balki ma'nan va axloqan go'zal tarbiya egasi bo'lgan inson voyaga yetadi.Chindan ham oila mustahkamligida tarbiya muhim ro'l o'ynaydi. Alisher Navoiy aytganlaridek "Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur" Tarbiya insonga o'zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. Bola kitobni eng yaqin do'sti bilib, javob qidirayotgan savollariga shu kitobdan javob topsa, ota-onalar uni muntazam ravishda kuzatib borib, ularga ibrat bo'lib kitob mutolaasiga e'tiborini kuchaytirsa, bugungi kun masalasiga bee'tibor qaramagan

6(Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-yil 07 [19] 4354] 3275 son

bo'ladi. Shuning uchun ham kitobga qiziqtirish bolalik onlaridan boshlanib,ota -onalar farzandlariga ertak, hikoya, bola yoshiga mos bo'lgan topishmoq,maqol, tez aytishlar ifodalangan xalqimiz yaratgan ijodiy me'rosimizdan foydalanishimiz zarur. Kerak bo'lsa ota- ona farzandi bilan ertaklar dunyosida kezish kerak. Chunki ertaklar bolani yaxshilikka yetaklaydi, ezgulikka chorlaydi. Qahramonlar hayotida sodir bo'layotgan yaxshi va yomon hodisalar, sodiq va xiyonatkor do'stlar, rostgo'ylik va yolg'onchilik, omonatga xiyonat qilmaslik va aksincha birovning mulkiga ko'z tikish,chaqimchilik, o'g'irlik, kattalarni hurmat qilmaslik kabi yaxshi va yomon fazilatlarni bir -biridan ajratishni, ota-onaga bo'lgan yuksak ehtirom, farzandlarning oiladagi o'rni, keksalarni e'zozlash, mehnatni qadrlash, kasbga yo'naltirish, tabiatni asrash, Vatanga muhabbat kabi yuksak fazilatlar bilan bolani hayotga teran nigoh bilan tarbiya qiladi. Xo'sh, nega ota - onalar shunday qilamasligi, farzandiga kitob mutolaasi uchun vaqt ajratmasligi kerak? Ota - onalar o'z farzandlariga kitob o'qib berishsa yoki kitob o'qishga da'vat etishsa ushbu ikki usulning qaysi yo'li bilan bo'lsa ham ularning ma'naviy dunyosini yanada boyitgan,ularni ma'naviy kamolot sari yetaklagan bo'ladilar.

Ufqda quyosh aks etganidek, farzandda ota-onaning ma'naviy qiyofasi ham aks etadi.Zero, hadisi sharifda. "Hech bir ota o'z farzandiga xulq, odobdan buyukroq meros bera olmaydi" deyiladi. Misol uchun, oddiy telefonga har xil keraksiz o'yinlarni jamlamasdan, farzandlarimiz uchun "elektron kutubxonalar" tashkil etishimiz orqali ham bolalarni badiiy, ilmiy, tarixiy asarlarni o'qish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun qulay sharoit yaratib bergan bo'lamiz va albatta undan foydalanish vaqti, me'yorini ham belgilab nazoratga olsak nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Uyingizda farzandlaringiz uchun kutubxona yaratib bering va -bu "sening kitobxonang " deb atang, kitob sovg'a qiling, daftar tutib, ro'yxatini oling va "shuncha kitobing bor bolam" deb yoshiga qarab qiziqishini oshiring, shunda xonadonda kitoblar hech qachon beqadr bo'lmaydi, farzandim kitob o'qimaydi deb nolishga sabab topilmaydi. Kitob tanlashda qiynaldingizmi farzandingizning tarbiyachisi bilan maslahatlashing, tarbiyachi hech qachon bolangiz uchun erinmaydi. Tanlagan kitobingizni birgalikda ovoz chiqarib o'qing, o'qiganlarini og'zaki aytib berishini so'rang, voqealar asosida rasm chizishini ayting, kichik savol - javoblar o'tkazing. Masalan: S.Marshakning "Eng kichik bolalar uchun she'rlar va ertaklar"to'plami, V.Biankining "Tulki va sichqoncha" va hokazo.

1 - 3 yoshli bolalarga kitob tanlaganda matndan ko'ra rasmlar ustunlik qilishi kerak,matni qisqa bo'lishi lozim. O'zbek xalq ertaklaridan "Dehqon bilan Jin", "Non va tilla", "Do'stlik sinovda chiniqar" "Tulkining jazosi"va hokazo.

Ota - onalarimizdan bu yoshdagi bolalarga kitob tanlashda xavfsiz bo'lishiga e'tibor qaratishlari lozim: o'tkir "kimyoviy" hidli kitoblarni sotib olmang.Agar bolangiz haliham tishlarida harakat qilsa qog'oz kitoblar ham unchalik yaxshi tanlov emas, bunda siz ularni nazoratsiz qoldirmang.

4 - 5 yoshli bolalar "Ilk qadam davlat dasturi"da aytib o'tilganidek bu yoshda bolalarimizga ertakdan tashqari turli hikoyalar aytib berishimiz mumkin.

Biz nega bularni avvalo oilada boshlash kerak deyapmiz? Chunki oilada ota - onaning aka - uka, opa-singillarning o'rni hammamiz uchun beqiyos. Mehrni qadriyatni biz avvalo uyda ko'rsak o'sha ertak, hikoyalarni birgalikda tinglab tahlil qilsak, shunda kelib chiqmaydi deb o'ylayman, kechirasizlaru, hozirgi kundagi ota - onani qadrlamaslik, aka - ukalarning bir - biridan judo bo'lib ketishlaridek gap!!!

Bolalarning kitobga oshno qilishdagi yana bir asosiy muhit - bu maktabgacha ta'lim muassasalaridir.

"Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari"da aynan maktabgacha yoshdagi bolalarning kitob o'qish malakalarini rivojlantirish bo'yicha talablarda bola kitob va o'qishga qiziqish bildiradi, kutilayotgan natijalar esa quyidagilar:

3 - 4 yoshli bolalar kitob haqida tushunchaga ega, kattalardan kitob o'qib berishlarini so'raydi, o'z yoshiga mos kitoblarni tomosha qiladi, kitobdagi rasmlar va so'zlar orasidagi bog'liqlikni aniqlaydi, rasmlardan tanish ertak qahramonlarni taniydi.

4-5 yoshli bolalar tinglagan hikoyasiga munosabat bildiradi va kattalarga savol beradi, rasmlar asosida tinglagan asarini asosiy o'rinlarini gapirib bera oladi,badiiy asardan parcha tinglagandan so'ng asar nomini ayta oladi,o'z yoshiga mos she'rlarni yoddan biladi,kitobni ehtiyotlab foydalanadi.

5 - 6 yosh so'zidagi 1 - tovushni biladi; kitobni mustaqil tomosha qiladi, tovushlarni farqlaydi; so'zlarni bo'g'inga bo'ladi, so'zlarga qofiya kelishtiradi; nutqning diologik shaklini qo'llaydi, savollar beradi; she'rlarni yod oladiva ifodali o'qiydi; sevimli badiiy adabiyot,ertak hikoya mualliflari va ularning nomini biladi ; ifodalikning ohang vositalarini to'g'ri qo'llaydi; xarflarga tegishli so'zlarni topadi.

6 - 7 yosh boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so'zlab beradi; sodda va murakkab gaplarni nutqida qo'llaydi; so'zlarni bo'g'inlarga bo'ladi; bog'inni kartochkalar yordamida bo'g'inlardan so'zlar tuzadi; so'z tovush, bo'g'in, gap haqida tushunchaga ega; peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o'qiydi; bolalar adabiyoti janri nomini biladi (ertak, she'r, hikoya) mashxur yozuvchi va shoirlar nomini biladi. 7

Kitoblar bolalarning yoshiga mos mavzu va mazmuni bilangina emas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi muhimdir.

Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli bolalar uchun atalgan kitoblarda so'zlardan ko'ra rasmlarning ta'siriga katta e'tibor beriladi. Bola kitobdagi rasmlarni qayta - qayta o'z o'rtoqlariga, kattalarga, qo'g'irchoqlariga "o'qib"

7 "O'zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash haqida" O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining buyrug'i 2019-y. 18-iyun B. 20.

berish bilan uning mazmunini o'z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi yorqin chiroyli rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi.8

To, mustaqil fikr, dunyoqarash shakllanguniga qadar bola tarbiyasi, ta'limiga e'tiborsiz qaramaslik zarurligini tushuning. Kitob sovg'a qilish, farzand kamoloti uchun zarur shart sharoitlarni ta'minlab borish zarur. Qaysiki oilada kitob, ilm ardoqlangan bo'lsa, jamiyat taraqqiyoti uchun munosib avlodlar yetishib chiqishi shak - shubxasizdir. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va muminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma'naviy yuksalishining asosi bo'lmish kitob o'qishga rag'bat uyg'ondi, yuksak ma'rifatli kitobxon sifatida shakllanib bordi. Tinchlik, totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. O'zbekistonda oila davlat muhofazasida. Zero, oilaga muntazam g'amxo'rlik qilish, unga har taraflama moddiy va ma'naviy ko'mak berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan sanaladi. K.D.Ushinskiy shunday degan: "Inson tarbiyasining bosh yo'li ishonchdir". Demak, farzandingizga ishonch bering, unga har qanday mashaqqatli mehnatning tagida sabr bilan egallangan bilim, yaxshi tanlangan kitob, yaxshi olingan tarbiya borligiga ishontiring. Kelajakda uni buyuk ishlar kutayotganligini takror va takror aytishdan charchamang, kitobga oshno qiling, barcha bilimlarning kaliti kitob orqali ochilishini ham nazariy ham amaliy ko'rsatib bering

References:

1. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-yil 07[19]4354]3275son

2. "O'zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash haqida" O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining buyrug'i 2019-y. 18-iyun B. 20.

3. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova,.N.Kayumova, M.Azamova Maktabgacha pedagogika Toshkent 2019. 687bet "O'zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash haqida" O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining buyrug'i 2019-y. 18-iyun B. 20.

4. Voitjonugli J. E., Hudoyberdiyevich O. U., Olimjonovich M. N. Theoretical and practical significance of the physical education and sport //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. - Т. 24. - №. 6. - С. 4378-4383.

5. Турсункулова Ш. Т. ЗДОРОВЬЕ МАТЕРИ И РЕБЁНКА КАК ОСНОВА СТАБИЛЬНОСТИ ОБЩЕСТВА //ФИЛОСОФИЯ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ. - 2017. - С. 194-197.

8 F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova,.N.Kayumova, M.Azamova Maktabgacha pedagogika Toshkent 2019.

687bet "O'zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash haqida" O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining buyrug'i 2019-y. 18-iyun B. 20.

6. Турсункулова, Ш. Т. (2021). THE DEVELOPMENT OF KNOWLEDGE ABOUT THE ART IN THE AESTHETIC PARADIGM // Actual Problems of modern Science, Education and Training. - 2021. - С. 69-74

7. Tursunkulova S. T. PHILOSOPHICAL PROBLEMS OF WOMEN'S SOCIAL ACTIVITY TODAY //Научно-методический и теоретический журнал. - 2014. - С. 35.

8. Juraev E. V., Azizov M. A. IMPORTANCE OF COMPETITION METHOD IN CREATING A HEALTHY COMPETITIVE ENVIRONMENT FOR //Экономика и социум. - 2020. - №. 1. - С. 46-47.

9. Джураев Э. В. ОСОБЕННОСТИ СОРЕВНОВАТЕЛЬНОГО МЕТОДА //Экономика и социум. - 2019. - №. 5. - С. 534-535.

10. Murodov Nozimjon Olimjonovich (2021). Physical Culture is an Integral Part of Human Cultural Development. International Journal of Human Computing Studies, 3(7), 39-42

11. Karimova Vasila, V. (2021). The Analysis Of Lexical-Semantic Variants Of Kinship (Wife, Stepmother) Expression Means In Female Gender. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 24(1), 71-72.

12. Расулова, Ш. Х., & Каримова, В. В. (2020). ОБ ОНОМАСИОЛОГИЧЕСКОМ АСПЕКТЕ ИЗУЧЕНИЯ ТЕРМИНОВ РОДСТВА ЖЕНСКОГО ПОЛА В УЗБЕКСКОМ И ТАДЖИКСКОМ ЯЗЫКАХ. Вестник Бохтарского государственного университета имени НосираХусрава. Серия гуманитарных и экономических наук, (1-1), 75-78.

13. Karimova, V. (2019). BRIEF HISTORY OF RESEARCHING TERMS OF KINSHIP IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(12), 156-162.

14. The Responsibility of a Teacher for Increasing the Probability of Advancing Student Achievement // Молодой ученый. - 2016. - No 3-1(107). - P. 41.

15. Karimova, V. A BRIEF OVERVIEW OF THE HISTORY OF THE STUDY OF THE TERMS OF KINSHIP IN UZBEK AND ENGLISH.

16. Vakhobovna, K. V. The Lexical Plan Suppletivism in Turkic Languages. International Journal on Integrated Education, 3(12), 184-185.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.