Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING ROLI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
538
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mutoala / oila kutubxonasi / kitob / axborot / kitobxonlik madaniyati / ma’naviyat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mirzakarimova Nilufar, Ro’Ziboyeva Zarnigor

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobga mehr va qiziqishni oshirish, kitobxonlik malakalarini shakllantirishda oilaning o’rni, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitobxonlikni rivojlantirish bo’yicha tavsiya va interfaol usullar hamda oila bilan hamkorlikda bolalar kitobxonligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar o’rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING ROLI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA'LIM

TASHKILOTINING ROLI

Ro'ziboyeva Zarnigor

Andijon viloyat xo'jabod tuman maktabgacha ta'lim bo'limi Mirzakarimova Nilufar Andijon viloyat xo'jabod tuman maktabgacha ta'lim bo'limi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobga mehr va qiziqishni oshirish, kitobxonlik malakalarini shakllantirishda oilaning o'rni, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kitobxonlikni rivojlantirish bo'yicha tavsiya va interfaol usullar hamda oila bilan hamkorlikda bolalar kitobxonligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar o'rin olgan.

Kalit so'zlar: mutoala, oila kutubxonasi, kitob, axborot, kitobxonlik madaniyati, ma'naviyat.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7555888

Asrlar davomida jamiyatning rivojlanishi, manan yuksalishi, ma'daniyatning taraqqiy etishida ma'naviyatli va bilimli yoshlarning o'rni beqiyosh. Bunday yoshlarni komil inson qilib tarbiyalovchi asosiy omillardan biri kitobdir.

Kitob insonni barkamollik sari yetaklaydigan, qalban va aqlan o'sishida oq va qora, yaxshi yomonni, bunyodkorlik va vayronkorlikning farqini ajratishda yordan beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan nodir kashfiyot, ong maxsulidir. Kitob insonni manan boyitadi. Vatanparvarlik tuyg'ularini, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalaydi. Uning hayotini yorituvchi nur bo'lib baxt-saodat sari yetaklaydigan do'st bo'lib xizmat qiladi. Shuni e'tiborga olgan holda, bugungi kunda yoshlar va aholi o'rtasida kitobga bo'lgan qiziqish kitobxonlikni targ'ib qilishga oid keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respyublikasi Prezidentining 5 ta mihim tashabbusida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxnlikni keng targ'ib qilish bo'yicha rejalashtirilgan tizimli ishlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora tadbirlar dasturi to'g'risida" gi 2017 yil 13 sentyabrda qabul qilingan PQ 3271 sonli qarori fikrimizni yorqin dalili bo'la oladi.(1)

Respublikamiz Prezidenti yosh avlod ta'lim tarbiyasida kitobning o'rni beqiyosh ekanini ta'kidlab "Ayni vaqtda axborot telekomunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarini o'zlashtirish bilan birga yoshlarni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga, ularni kitob bilan do'st bo'lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga e'tibor qaratish lozim bo'ladi." deb ta'kidlaydilar. (2. 27 bet)

Ma'lumki bola hayotining 3-7 yoshgacha bo'lgan davri muhim o'rin tutadi. Mutahassislar bu davrni "Mo'jiralar davri" deb nomlaganlar. Chunki bu davrda bola hayoti

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

davomida egallashi kerak bo'lgan bilimlarning 70% ini o'zlashtiradi. Tashqi muhit, atrof-olamga bo'lgan munosabat hamda tasavvurlari shakllanadi. Bolalarni kitobga bo'lgan qiziqishlarini shakllantirish jarayonini oiladan boshlasak ijobiy natijalarga erishisimiz va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oila bilan hamkorlikda davom ettirsak samarali natijalarga erishishimiz mumkin. Bolaning tarbiyasi kabi uning kitobga, san'atga qiziqishi, nutqining boyligi, eshitish malakalarining ham rivojlanishida oilaning o'rni beqiyos. "Qush uyasida ko'rganini qiladi" degan maqol bejiz aytilmagan. Oilada ota-ona kitobga oshno bo'lsa, tez-tez kitob, gazeta va jurnallar mutoala qilsa, bu oilada osgan farzand ham kitobga mehr qo'yadi. Bunday bolalarning dunyoqarashi keng, so'z boyligi ko'p, nutqi ham ravon bo'ladi. Kelajakda ziyoli, barkamoil bo'lib voyaga yetadi,

Bolalarga go'dakligida alla aytish bilan, xalq og'zaki ijodining bebaho qadryati go'dak qalbida, ong shuurida sehrli ohang, ona mehrining samimiy ifodasi orqali kurtak yozadi. Chaqaloq o'z vaqtida ozom olishi oziqlanishi kabi zaruriyatlar yuzasiga xalq og'zaki ijodining namunalari ya'ni alla, erkalama, ovutmachoqlar ham kiradi. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarida "Chaqaloq organizmi va harakterini mustahkamlash uchun: birinchidan, uni yengilgina chayqatish va silash, ikkinchidan, unga musiqa eshittirish, ashula va alla aytish lozimligi takidlangan. Bolada shu orqali jismoniy harakat, fikrlash va ijodiy intilishga miyillik paydo bo'ladi. Bola hayotidagi muvaffaqiyat onaning unga bo'lgan emotsional munosabatiga bog'liq. Shu bois allada faqat ezgu tilaklar, maqtov va erkalashlar, fidoiylik tuyg'ulari mujassamlashgan. Bu esa bolaning har tomonlama sog'lom inson bo'lib, kamolga yetishiga hizmat qiladi" deganlar.

Bundan tashqari bolalarga o'zbek xalq ertaklaridan so'zlab berish bolalarda mehnatsevarlik, samimiylik, ezgulik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalaydi. Ertak bu xalqimizning asrlar osha o'tib kelayotgan ma'naviy xazinasidir. Chunki bola ona tilini urf-odat va qadryatlarini o'rganadi. Maktabgacha yosh - bu ertak davridir. Ertaklar bolaning so'z boyligini oshiradi, bola tarbiyasida asosiy manbaa bo'lib xizmat qiladi.

Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda ota onalarga quyidagi tavsiyaalrni berishimiz mumkin:

- Bolani kitobga qiziqtirish uchun o'zingiz na'muna bo'ling.

- O'qigan kitoblaringizni bolaga tushunarli tarzda hikoya qilib bering.

- So'zlash uchun bolaning yoshiga mos ertaklarni tanlang.

- Oilaviy kutubxona tashkillang.

- Farzandingizga ovoz chiqarib tez-tez takrorlanadigan so'zlardan iborat she'rlarni, rasmli kitobchalarni, hikoya va ertaklarni muntazam o'qib bering.

- Tanlagan kitobingiz pedagogik-psixologik talablarga javob bersin.

- Maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda talim tarbiya bering.

Bolalar bog'chasida kitobxonlik ko'nikmalarini rivojlantirish "Ilk qadam" davlat dasturi Davlat talablari asosida Nutq-muloqot o'qish yozish ma'lakalari sohasi hamda, ijodiy rivojlanish sohasi bilan birga olib boriladi. Ta'lim faoliyati jarayonida ertak hikoyalarni tematik rejalashtirishda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini e'tiborga olish lozim. Kichik guruhlarda badiiy adabiyot nutqni rivojlantirish bilan uzviy bog'liqdir. Birinchidan, visual tasvirlar yodamida amalga oshiriladi. Tarbiyachi ertak, hikoya, she'rlar bilan

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tanishtirishda ko'rgazmalililik tamoyillaridan foydalanib, nutqni harakatlar bilan olib borishi bolani o'zidan keyin takrorlashga undashi kerak. Ushbu bosqichda bolalarda qisqa asarlarni so'zlab, rasmlar bilan bog'lab ko'p marta takrorlagan holda olib boorish natija beradi.

O'rta yosh guruhlarda bolallar bilan asarlarni yanada batafsil tahlil qilish, qahramonlarning o'ziga hos jihatlarini taqqoslash, yaxshi va yomonga baholash mumkin.

Kata yosh guruhlarida bola ongli ravishda kitobga qiziqadi, o'z qahramonlarini, sevimli kitoblarini ajratadi.

Kitob bilan dastlabki tanishish usullari asosan 2 ta:

1. O'qish

2. Hikoyalar

O'qish - matnni ovoz chiqarib o'qish, og'zaki takrorlashni anglatadi. Audio ertaklarni tinglashi ham mumkin.

Hikoya esa hikoyachining ifodasi orqali turli bo'yoqlar bilan erkin so'zlashi. Bu hikoyachining fantaziyasi va so'z boyligiga bog'liq. Bolalar o'rgangan asarlari asosida qo'g'irchoq teatri, stol teatri, sahnalashtirishlari, rollarga bo'lib ijro etishlari orqali ertak va hikoyalarni mustahkamlashadi. Bundan tashqari ertak qahramonlari suratini chizish, o'z qo'llari bilan kitobchalar tayyorlash bilan integrallashgan holda faoliyat olib borishlari juda samarali natijani beradi. Shuningdek ta'lim-tarbiya jarayonida hususan kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda ham ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish eng muhim omillardan hisoblanadi. Ota-onalar bilan hamkorlik qilishda quyidagi loyihalarni tavsiya qilish mumkin.

- Muassasadagi kitob burchagini ertak kitoblari bilan to'ldirishda pedagog-tarbiyachiga yordam bering

- Ota-onalar uchun maslahat "Bola qanday kitob o'qish kerak?", "Ertak terapiyasi",

- Bolalar bilan birgalikda teatr burchagiga atributlar yaratish

- Kitobxon oila tanlovi

Bu loyihalarning maqsadi ota-onaga kitob o'qishda oila muhitining o'rni, oilaviy o'qishning qanchalik muhim ekanini tushuntirish.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda bolalarda kitobga bo'lgan qiziqishni oiladan boshlasak, bolalarni yoshlikdan kitobga oshno qilsak, uning kelgusida barkamol va ma'naviyatli shaxs bo'lib yetishishida mustahkam asos yaratgan, yurtimiz kelajagi uchun munosib yoshlarni tarbiyalashda hissamizni qo'shgan bo'lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. PQ-3271-son "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida" gi president qarori. 13.09.2017y

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "5 ta muhim tashabbus" i

3. Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari"

4. Ergash Go'ziyev "Ontogenes psixologiyasi"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.