Научная статья на тему 'KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY ADABIYOTGA BO‘LGAN QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MAHALLANING O‘RNI'

KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY ADABIYOTGA BO‘LGAN QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MAHALLANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

157
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolalar kitobxonligi / badiiy adabiyot / mutolaa madaniyati / kitobni sevish / ota-ona / oila va mahalla tarbiyasi / ertak / hikoya / she‟rlar / usullar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shoxista Farxodovna Daminova

Maqolada kichik yoshdagi bolalarning badiiy adabiyotga bo„lgan qiziqishlarini rivojlantirishda, kichi yoshdagi o„quvchilarni mutolaa madaniyatini tarkib toptirishda oilaning va mahallaning o„rni va vazifalari haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy maktabgacha ta‟lim muassasasalarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishdagi asosiy vazifalar ko„rsatib o„tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY ADABIYOTGA BO‘LGAN QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MAHALLANING O‘RNI»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY ADABIYOTGA BO'LGAN QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MAHALLANING

O'RNI

Shoxista Farxodovna Daminova

Jizzax davlat pedagogika universiteti "Maktabgacha va boshlang'ich yo'nalishlarida masofaviy ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada kichik yoshdagi bolalarning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishda, kichi yoshdagi o'quvchilarni mutolaa madaniyatini tarkib toptirishda oilaning va mahallaning o'rni va vazifalari haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasalarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishdagi asosiy vazifalar ko'rsatib o'tiladi.

Kalit so'zlar: bolalar kitobxonligi, badiiy adabiyot, mutolaa madaniyati, kitobni sevish, ota-ona, oila va mahalla tarbiyasi, ertak, hikoya, she'rlar, usullar.

Bizga ma'lumki mamlakatimizda badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishda, kichik yoshdagi o'quvchilarni mutolaa madaniyatini tarkib toptirish, tizimli yondashuv asosida maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida badiiy asarni o'qish orqali bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga aloxida axamiyat qaratilmoqda. Kitobxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, tashkiliy-integrativ modelini takomillashtirish, kitob o'qishga qiziqishni tarbiyalashning interfaol texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda.

O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "...jismonan sodg'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish"[1] kabi muhim vazifalar belgilab berildi.

Yoshlarning o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish masalasi bugun har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Prezidentimizning "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

234

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

chora-tadbirlar dasturi to'g'risida" gi PQ 3271 sonli Qarori qabul qilinganligi va unda belgilangan vazifalarning bajarilishi yoshlarning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va ijodiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ishni esa aynan oiladan, maktabgacha ta'lim tashkilotidan boshlanishi o'zining ijobiy samarasini beradi. Sh.Mirziyoevning ushbu qarorida aytib o'tilganidek, bolalarda badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishni bolalikdan shakllantirish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar, hududdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari uchun "Kichik kutubxonalar" tashkil qilingan. Bundan tashqari davlatimiz tomonidan maktab kutubxonalariga hududdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qatnamaydigan 5-6 yoshli bolalarning ota-onalari uchun bir qancha badiiy adabiyotlar ham tavsiya etilgan[2].

Ta'lim oluvchilarda kitobxonlik, kitobni sevish kabi fazilatlarni shakllantirish masalalari g'oyat muhim muammolardan hisoblanib mazkur muammo xalq pedagogikasi, islomiy adabiyotlar, buyuk mutafakkirlarning ta'limotlarida aqliy tarbiya, bilim olish bilan bog'langan holda talqin etilgan. Kitob va kitobxonlik haqida "Umrim davomida inkor qilaolmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning to'g'ri yo'lni topib dunyoqarashini shakllantirish, ahloq-odobini yo'lga solishda kitobdan-da muhimroq narsa yuq ekan shuning uchun ham ota-onalarning birinchi vazifasi o'z farzandida kitobga mehr uyg'otish deb bilaman. Deb ta'kidlab o'tgan bolalar adibi O'zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir[3].

Oilada ota-ona kitobga qiziqishi bo'lsa, tez-tez kitob, gazeta va jurnallar mutoala qilsa, bu oilada o'sgan farzand ham kitobga mehr qo'yadi. Bunday bolalarning dunyoqarashi keng, so'z boyligi ko'p, nutqi ham ravon bo'ladi. Kelajakda ziyoli, barkamol bo'lib voyaga yetadi, Bolalar bog'chasida kitobxonlik ko'nikmalarini rivojlantirish "Ilk qadam" davlat dasturi Davlat talablari asosida nutq-muloqot o'qish yozish malakalari sohasi hamda, ijodiy rivojlanish sohasi bilan birga olib boriladi[4]. Ta'lim faoliyati jarayonida ertak hikoyalarni tematik rejalashtirishda bolalaming yosh va individual xususiyatlarini e'tiborga olish lozim.

Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatning o'rni uning tarbiyadagi uzviyligi, uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir. Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishiga xizmat qiladi, ta'lim-tarbiyaga doir bilimlarni mushtarak holda jamlab, farzand tarbiyasiga doir tartib-qoidalarni sinovdan o'tkazuvchi va amalda tatbiq qiluvchi ota - onaning faoliyatidir. Oilada ota-ona aniq maqsad qo'yib, o'z ustida

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

235

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

ishlash, izlanish, tanlangan vosita va usullarni qo'llash natijasini ko'ra bilishi, tarbiyachilik san'atiga ega bo'lishi lozim. Farzandlarni kitob o'qishga qiziqtirish ham tarbiyaning bir vositasidir[5].

Chunki, kitob - insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbai. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbaidir. Oilada farzand tarbiyasi va mutolaaga bo'lgan munosabatini qiziqtirish jarayoni murakkab bo'lib, u bolalaikdan shakllana boshlaydi va unga oila muhiti, shaxsiy kutubxonaning mavjudligi juda katta ta'sir o'tkazadi.

Xulosa qilib aytganda ta'lim-tarbiya jarayonida hususan kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda ham ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish eng muhim omillardan hisoblanadi. Ota-onalar bilan hamkorlik qilishda quyidagi loyihalarni tavsiya qilish mumkin. - Muassasadagi kitob burchagini ertak kitoblari bilan to'ldirishda pedagog tarbiyachiga yordam bering - Ota-onalar uchun maslahat "Bola qanday kitob o'qish kerak?", "Ertak terapiyasi", - Bolalar bilan birgalikda teatr burchagiga atributlar yaratish - Kitobxon oila tanlovi Bu loyihalaming maqsadi ota-onaga kitob o'qishda oila muhitining o'rni, oilaviy o'qishning qanchalik muhim ekanini tushuntirish. Shunday qilib, kitobga bo'lgan qiziqishni oiladan boshlasak, bolalarni yoshlikdan kitobga oshno qilsak, uning kelgusida barkamol va ma'naviyatli shaxs bo'lib yetishishida mustahkam asos yaratgan, yurtimiz kelajagi uchun munosib yoshlami tarbiyalashda hissamizni qo'shgan bo'lamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish xamda targ'ib qilish bo'yicha komissiya to'zish to'g'risida"gi F-4789-son Farmoyishi, O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami, 2017 yil., 38-son, 1029-modda.

2. Kitob komillikka yetaklaydi/ metodik-bibliografik qo'll. To'zuvchi M.Boltaboeva. Muxarrir Sh.Qurbon.- T.: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi, 2017.-

3. Normatov М., Hakim Nazir Ijodiy yo'li,-T 1973 7. Султонова Н. А., Улмасова, Sultonova, Ibragimova Sh, D. Xolqoziyeva

4. "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat dasturi. 2018 yil. Toshkent.

5. G'aniev B.Bolalar o'qish madaniyatini tarbiyalashning muammolari// 2004 A.Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi, 2004.135-137B.

78B.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.