Научная статья на тему 'TEXNIKA OLIY O‘QUV YURTI TALABALARINING MADANIYATLARARO KASBIY MAHORATINI O‘QITISH KOMPENTENTLIGI ORQALI KREATIV RIVOJLANTIRISH'

TEXNIKA OLIY O‘QUV YURTI TALABALARINING MADANIYATLARARO KASBIY MAHORATINI O‘QITISH KOMPENTENTLIGI ORQALI KREATIV RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnika oliy o‘quv yurti / madaniyatlararo kasbiy mahorat / kreativ rivojlantirish / o‘qitish kompetentligi / integratsiya / ijodiy fikrlash. / технический университет / межкультурные профессиональные навыки / творческое развитие / педагогическая компетентность / интеграция / творческое мышление.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — U. Elova

zamonaviy texnik ta’lim jarayonida talabalar nafaqat ilmiy-nazariy bilimlarga, balki ijodiy fikrlash va madaniyatlararo muhitda samarali muloqot qilish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREATIVE DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL PROFESSIONAL SKILLS OF TECHNICAL HIGHER EDUCATION STUDENTS THROUGH TEACHING COMPETENCE

в процессе современного технического образования студенты должны приобретать не только научно-теоретические знания, но и навыки творческого мышления и эффективного общения в межкультурной среде.

Текст научной работы на тему «TEXNIKA OLIY O‘QUV YURTI TALABALARINING MADANIYATLARARO KASBIY MAHORATINI O‘QITISH KOMPENTENTLIGI ORQALI KREATIV RIVOJLANTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© U. Elova1H_

1O'zbekiston jahon tillari universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: zamonaviy texnik ta'lim jarayonida talabalar nafaqat ilmiy-nazariy bilimlarga, balki ijodiy fikrlash va madaniyatlararo muhitda samarali muloqot qilish ko'nikmalariga ham ega bo'lishi zarur.

MAQSAD: mazkur ishning maqsadi - texnika oliy o'quv yurti talabalarining madaniyatlararo kasbiy mahoratini shakllantirish orqali ularning ijodiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi pedagogik mexanizmlarni aniqlash, kompetentlik asosida o'quv jarayonini metodik jihatdan takomillashtirish yo'llarini ko'rsatishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ishda texnik ta'lim tizimidagi dars jarayonlari, xalqaro tajriba, xorijiy adabiyotlar hamda innovatsion texnologiyalarni qo'llash bo'yicha ilmiy manbalar tahlil qilingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, texnika oliy o'quv yurti talabalarida madaniyatlararo kasbiy mahoratni tarbiyalash ijodiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi ekanini tasdiqlaydi.

XULOSA: texnika oliy o'quv yurti talabalarining ijodiy salohiyatini yuksaltirishda madaniyatlararo kasbiy mahoratni shakllantirish dolzarb ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: texnika oliy o'quv yurti, madaniyatlararo kasbiy mahorat, kreativ rivojlantirish, o'qitish kompetentligi, integratsiya, ijodiy fikrlash.

ТВОРЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ МЕЖКУЛЬТУРНЫХ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ НАВЫКОВ СТУДЕНТОВ ТЕХНИЧЕСКИХ ВУЗОВ ЧЕРЕЗ ПЕДАГОГИЧЕСКУЮ КОМПЕТЕНТНОСТЬ_

© У.Элова1И

1 Узбекский государственный университет мировых языков, Ташкент, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в процессе современного технического образования студенты должны приобретать не только научно-теоретические знания, но и навыки творческого мышления и эффективного общения в межкультурной среде.

Iqtibos uchun: Elova U. Texnika oliy o'quv yurti talabalarining madaniyatlararo kasbiy mahoratini o'qitish kompententligi orqali kreativ rivojlantirish. // Inter education & global study. 2024. №10(1). B.182-187.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЦЕЛЬ: целью данной работы является выявление педагогических механизмов, способствующих повышению творческого мыслительного потенциала студентов технических вузов путем формирования у них межкультурных профессиональных навыков, а также показ путей методического совершенствования образовательного процесса на основе компетентности.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в работе проанализированы процессы обучения в системе технического образования, международный опыт, зарубежная литература, научные источники по использованию инновационных технологий.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: полученные результаты подтверждают, что развитие межкультурных профессиональных навыков у студентов технических вузов является важной составляющей творческого развития.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: формирование межкультурных профессиональных навыков имеет большое значение в повышении творческого потенциала студентов технических вузов.

Ключевые слова: технический университет, межкультурные профессиональные навыки, творческое развитие, педагогическая компетентность, интеграция, творческое мышление.

Для цитирования: Элова У. Творческое развитие межкультурных профессиональных навыков студентов технических вузов через педагогическую компетентность // Inter education & global study. 2024. №10(1). С182-187.

CREATIVE DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL PROFESSIONAL SKILLS OF TECHNICAL HIGHER EDUCATION STUDENTS THROUGH TEACHING COMPETENCE_

© Umida Elova1®

1 Uzbekistan State World Languages University, Toshkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in the process of modern technical education, students must have not only scientific and theoretical knowledge, but also the skills of creative thinking and effective communication in an intercultural environment.

AIM: the purpose of this work is to identify pedagogical mechanisms that serve to improve the creative thinking potential of students of technical higher education institutions by forming their intercultural professional skills, and to show ways to methodologically improve the educational process based on competence.

MATERIALS AND METHODS: the work analyzes the teaching processes in the technical education system, international experience, foreign literature, and scientific sources on the use of innovative technologies.

DISCUSSION AND RESULTS: the results obtained show that the upbringing of intercultural professional skills in students of technical higher education institutions is an important component of creative development.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

CONCLUSION: the formation of intercultural professional skills is of urgent importance in improving the creative potential of students of technical higher education institutions.

Keywords: technical university, intercultural professional skills, creative development, teaching competence, integration, creative thinking.

Texnika oliy o'quv yurti talabalarining madaniyatlararo kasbiy mahoratini o'qitish kompetentligi orqali kreativ rivojlantirish masalasi hozirgi zamon pedagogikasining dolzarb yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Hozirgi kunda texnik yo'nalishda ta'lim olayotgan talabalar nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki amaliy ko'nikma va ijodiy salohiyatga ham ega bo'lishlari zarur. Global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarning shakllanishi uchun o'qitish jarayoniga madaniyatlararo muloqot, professional kompetentlik va kreativ yondashuvni bir butun holatga keltiradigan metodikalar joriy etilishi muhimdir. Texnika sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar turli madaniy muhitda ishlashlari, xalqaro jamoalarda o'z faoliyatlarini muvaffaqiyatli tashkil etishlari hamda global kasbiy jamiyat oldiga qo'yilgan yangi innovatsion muammolarga ijodiy yechimlar topishlari kerak. Shuning uchun madaniyatlararo kasbiy mahoratga ega bo'lish, kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish, ijodiy izlanishlar olib borish va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda yangi g'oyalarni tatbiq qilish texnik oliy ta'lim muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalardandir.

Ta'lim jarayonidagi ustoz va murabbiylar o'quvchi-talabalarning ijodiy fikrini shakllantirishga mo'ljallangan texnologik yondashuvlarni takomillashtirishlari lozim. Bunda, avvalo, madaniyatlararo muloqotni o'rganish, xorijiy manbalarni tahlil qilish va turli madaniy an'analarga xos bo'lgan tajribani egallash orqali talabalar dunyoqarashini kengaytirish maqsad qilib olinadi. Ijtimoiy hayotda fan, texnologiya va madaniyatning bir-biri bilan uzviy bog'langan holda rivojlanib borayotgani sababli, texnik mutaxassisliklarda ham ijtimoiy-falsafiy yondashuvlarni qo'llash zarurati tug'iladi. Shunday vaziyatlarda o'qitish jarayonini integratsion usullarda tashkil etish, ya'ni ikki yoki undan ortiq mutaxassislik fanlarining kesishgan nuqtalarida ilmiy izlanishlar uyushtirish, talabalar orasida mas'uliyat hissini kuchaytirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatga ijodiy ko'nikmalar orqali yo'naltirish muhimdir.

Madaniyatlararo kasbiy mahorat esa faqat xorijiy tillarni bilishdan yoki turli davlatlar tarix va madaniyati haqida xabardor bo'lishdan iborat emas. Bu tushuncha keng doirani o'z ichiga oladi: a) talabaning shaxsiy dunyoqarashi va ijtimoiy moslashuvchanligi, b) boshqa millat va madaniyat vakillari bilan samarali muloqotga kirisha olish qobiliyati, c) o'z kasbiy faoliyatida turli madaniy kontekstlarni inobatga olish va ular bilan bog'liq etiket hamda qadriyatlarni hurmat qilish. Demak, texnika oliy ta'lim muassasalarida o'qitish

For citation: Umida Elova, (2024) 'Creative development of intercultural professional skills of technical higher education students through teaching competence', // Inter education & global study, (10(1)), pp.182-187. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

jarayonini madaniyatlararo o'lcham bilan uyg'unlashtirish o'quvchilarning kasbiy mahoratini puxta shakllantirishga, shu bilan birga, ularda ijodiy faoliyatni ilg'or bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi. Buning uchun o'quv rejalari, fan dasturlari va tadqiqot loyihalariga xalqaro tajribadan kelib chiqqan mazmun va metodik yo'nalishlar kiritilishi lozim. Masalan, texnik fanlarda qo'llaniladigan laboratoriya ishlarini turli madaniy kontekstda shakllangan texnologik usullar bilan solishtirish, xorijiy korporatsiyalar yoki ilmiy markazlar tajribalarini tahlil qilish, talabalarni kreativfikrlash mashqlari orqali ijtimoiy texnologik muammolarga yechim izlashga chorlash mumkin.

Talabalarning ijodiy rivojlanishi, avvalo, o'qitish strategiyasi va metodologiyasiga bog'liqdir. Nazariyani amaliyot bilan uyg'unlashtiradigan, talabalarda ijodiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko'nikmalarini shakllantiradigan pedagogik yondashuvlar qo'llanilishi zarur. Dars jarayonida bahs-munozaralar, kasbiy suhbatlar, interaktiv mashg'ulotlar, simulyatsiya va rolli o'yinlar kabi zamonaviy usullar qo'llanishi mumkin. Xususan, kasbiy sohada kutilgan yechimlarni bir yoqlama emas, balki turli madaniy model va tajribalarni o'rganish orqali topish talabalarning fikrini kengaytiradi. Ularda mavjud an'anaviy qarashlarni tanqidiy yondashuv bilan qayta ko'rib chiqish, ilg'or g'oyalarni qabul qilish va o'z ijodiy loyihalarini real amaliyotda sinab ko'rish ehtiyoji paydo bo'ladi. Shu tariqa, faqatgina tor doirada texnik ko'nikmalarga urg'u bermasdan, balki o'qitish jarayonining o'zini ham ijtimoiy, madaniy va innovatsion ehtiyojlarga moslashtirish nazarda tutiladi.

O'qituvchi-mentorlar bu jarayonda asosiy yo'lboshchidir. Ular metodik jihatdan yuqori saviyaga ega bo'lib, akademik bilimlarini talabalarga singdirish bilangina cheklanmasdan, kasbiy etika va ijodiy yondashuvlari bilan ibrat bo'lishlari darkor. Madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirgan holda, turli sharoitda va turli madaniy an'analarga xos bo'lgan muammolarni tushunish va yechimini topish malakalarini namoyish etish orqali, o'qituvchilar talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirishlari mumkin. Bunda xalqaro konferensiyalar, ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etish, xorijiy ilmiy markazlar bilan o'zaro hamkorlikni kuchaytirish, akademik mobillikni yo'lga qo'yish kabi tadbirlar madaniyatlararo kasbiy mahoratni shakllantirishga katta yordam beradi. Shuningdek, digital texnologiyalar yordamida turli davlatlardagi ilmiy-texnik videoma'ruzalar, mahorat darslari yoki laboratoriya tajribalari bilan online formatda tanishish zamonaviy sharoitlarda katta ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi malakali va kreativ kadrlarni shakllantirishda zarur bo'lgan kompetentliklarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Madaniyatlararo kasbiy mahoratni ijodiy rivojlantirish jarayonida ijtimoiy-psixologik muhit ham muhim rol o'ynaydi. Ta'lim muassasalarida milliy va xalqaro festival, ko'rgazma, ilmiy to'garaklar, ijodiy tanlovlar tashkil etish orqali talabalar o'z salohiyatini namoyish etishlari, ishtirokchilarning turli madaniy qadriyatlar bilan tanishishlari va shu orqali ijodiy faoliyatning doirasini kengaytirishlari mumkin. Turli davlatlardan kelgan talabalar yoki o'qituvchilar bilan birgalikda loyihalar ishlab chiqish madaniyatlararo hamkorlikning, birgalikda ijod qilish va tadqiqot olib borishning amaliy ko'rinishidir.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Shuningdek, talabalarning turli tillardagi ilmiy manbalarni to'g'ridan-to'g'ri o'qish va tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish ham ijodiy qiyosiy fikrlashni rivojlantiradi. Sababi, har bir ilmiy maktab o'ziga xos uslub va g'oyalarga ega bo'lib, ular texnik fanlar rivojida ham bevosita ahamiyat kasb etadi.

Texnika oliy o'quv yurti talabalarini mana shunday yo'nalishda tarbiyalash va ijodiy faoliyatga yo'naltirishda o'quv jarayonini tizimli ravishda rejalashtirish talab etiladi. Bu rejalashtirishda o'quv fanlari tarkibining o'zaro bog'liqligini ta'minlash muhim o'rin tutadi. Masalan, xorijiy tillar fanida texnik matnlarni o'qish va tahlil qilish, tarjima qilib chiqish va bu jarayonda madaniy kontekstni ham hisobga olish orqali madaniyatlararo muloqot kompetentligi shakllantiriladi. Shu bilan birga, boshqa mutaxassislik fanlarida, jumladan, mashinasozlik, energetika, informatika kabi sohalarda xorijiy manbalar bilan ishlash, ilg'or texnologiyalarni qiyosiy o'rganish, innovatsion ishlanmalarga doir xalqaro tajribani tahlil qilish orqali ijodiy yondashuvlar takomillashtiriladi. Natijada talabalar o'qitish jarayonidanoq jahon standartlari va taqozolarini his qilish, jahon bozoridagi taqsimot, kreativ yangiliklar bilan tanishish va shularni milliy soha rivojiga tatbiq etish usullarini o'rganish imkoniga ega bo'ladilar.

Bugungi globallashuv davrida ijodiy rivojlanish hamisha yangilik qiluvchi, dadil qaror qabul qiluvchi va turli madaniy kontekstlarda ochiq muloqotga kirisha oladigan shaxslar tomonidan boshqariladi. Shuning uchun texnik yo'nalishdagi ta'lim jarayoni an'anaviy, tor fan doirasidagi yondashuvlar bilan cheklanmasdan, ilg'or pedagogik texnologiyalar va noan'anaviy usullarni qo'llashni talab etadi. Bunda virtual laboratoriyalar, ochiq onlayn kurslar, vebinarlar, ijodiy onlayn to'garaklar, kollektif loyihaviy ishlar keng qo'llanilishi mumkin. Masalan, talabalarga real voqelikda yuzaga kelgan texnik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan topshiriqlar berish, shu muammoni hal qilish uchun xorijiy manbalardan ma'lumot yig'ish, turli madaniy faktorlarni hisobga olish, ijodiy fikr bilan eksperiment qilish kabi bosqichlar ijodiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi mexanizmlaridir.

Shuningdek, talabalarning individual motivatsiyasi ham ijodiy yuksalish jarayonida muhim o'rin egallaydi. Madaniyatlararo kompetentlik, xorijiy tillar va turli sohalardagi bilimlarni mustaqil ravishda sayqallash, o'zining kuchli va zaif tomonlarini baholash, shaxsiy rivojlanish rejasini belgilash, ijodiy loyihalarda rahbar yoki ishtirokchi sifatida qatnashish kabilar ta'lim jarayonining avvalida shakllantirilishi zarur bo'lgan ko'nikmalardir. Ushbu jarayonda o'qituvchining roli yo'l -yo'riq ko'rsatish, maslahat berish, talabani mustaqil izlanishga ilhomlantirishdan iborat. Ta'lim muassasasi esa ilg'or g'oyalarni qo'llab-quvvatlaydigan, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan bog'lab, talabaning ijodiy salohiyatini bo'shatib yuboradigan muhitni yarata olishi zarur. Ijtimoiy tarmoqlar, turli g'oyalar jamlovchi platformalar va startap inkubatorlari buning uchun samarali vositalar bo'lishi mumkin.

Kreativ rivojlantirish, keng ma'noda, talabaning texnik jabhada puxta bilim olishidan tashqari, ma'naviy-axloqiy va shaxsiy jihatdan ham yuksalishini anglatadi. Inson aqliy salohiyati, ruhiyati va madaniy qadriyatlar uyg'unligining mevasini ko'rsatish imkonini

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №10(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

beradigan ijod jarayoni texnik yo'nalishdagi talabaning ruhiyatiga ham, professional salohiyatiga ham ijobiy ta'sir etadi. Natijada, yosh avlod nafaqat bir kasb sohasining tor mutaxassisiga, balki madaniy jihatdan yetuk, turli g'oyalarni baholash va xalqaro jamoalarda ishlashga tayyor ijodkor mutaxassisga aylanadi. Bu esa texnik soha rivojiga sifat o'zgartirishi kiritishga, yangiliklar yaratishga, mavjud muammolarga kutilmagan va samarali yechimlar topishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, texnika oliy o'quv yurti talabalarining madaniyatlararo kasbiy mahoratini o'qitish kompetentligi orqali kreativ rivojlantirish - zamonaviy ta'lim tizimi oldidagi muhim vazifalardan biridir. Ushbu jarayonni ta'lim muassasalari darajasida tizimli ravishda yo'lga qo'yish, o'qituvchilarning pedagogik salohiyatini uzluksiz oshirish, xorijiy tajriba va innovatsion texnologiyalarni faol jalb qilish, talabalarning ijodiy fikrlashini tarbiyalash, amaliy va interaktiv metodlarni tatbiq etish orqali amalga oshirish mumkin. Bunda talabaning o'zi shu jarayonning faol ishtirokchisi va ijodiy tadqiqotchi sifatida maydonga chiqishi shart. Zero, bugungi kunda texnik fanlar bo'yicha yetuk kadrlarni voyaga yetkazish - faqat mukammal ilm berish emas, balki ijodkor va madaniyatlararo fikrlay oladigan mutaxassislarni shakllantirishni ham nazarda tutadi. Yoshlarimizni ana shunday har tomonlama rivojlangan, ijodkor, bir paytning o'zida turli madaniy kontekstlarga moslasha oladigan mutaxassis sifatida tayyorlash orqali biz nafaqat texnik soha, balki butun jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shamiz.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Byram, M. (1997). Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. Clevedon: Multilingual Matters.

2. Cropley, A. J. (2001). Creativity in Education and Learning: A Guide for Teachers and Educators. London: Kogan Page.

3. Deardorff, D. K. (2009). The SAGE Handbook of Intercultural Competence. Thousand Oaks: SAGE.

4. Гальскова, Н.Д., & Гез, Н.И. (2009). Теория обучения иностранным языкам: лингводидактика и методика. Москва: Академия.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

eElova Umida, dotsent,(PhD). [Зловэ Умида, доцент, (PhD)], [Umida Elova, associate professor, (PhD)]; адрес: г. Ташкент, улица Кичик халка йули, дом G9-A, 21, [Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo'li ko'chasi, G9-A, 21-uy], [Address: Tashkent city, Kichik Khalqa Yuli Street, G9-A, 21].

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

iccl (A

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.