Научная статья на тему 'INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARGA KOREYS TILINI O‘QITISHDА XALQARO HAMKORLIK TAJRIBALARINING AHAMIYATI'

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARGA KOREYS TILINI O‘QITISHDА XALQARO HAMKORLIK TAJRIBALARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integrativ yondashuv / xalqaro hamkorlik / hallyu / Koreya ta’lim tajribasi / milliy o’quv dasturi / malaka oshirish / zamonaviy pedagogik texnologiyalar / til bilishga qiziqish / til bilish darajasi / kasbiy mahorat. / интегративный подход / международное сотрудничество / халлю / корейский образовательный опыт / национальная учебная программа / повышение квалификации / современные педагогические технологии / интерес к изучению языка / уровень владения языком / профессиональные навыки.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.M. Saidova

O’zbekistonda xorijiy tillar, jumladan, koreys tilini o’qitishga e’tibor kuchaygani sari Janubiy Koreya bilan ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish muhim vazifalardan biri bo’lib kelmoqda. Milliy o’quv dasturida Koreya ta’lim tajribasidan foydalanish koreys tili darslari sifatini yaxshilash, kadrlarning malakasini oshirish kabi bir qator muhim jabhalarda o’z hissasini qo’shishi aniq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF EXPERIENCE OF INTERNATIONAL COOPERATION IN TEACHING STUDENTS THE KOREAN LANGUAGE BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH

поскольку в Узбекистане уделяется все больше внимания преподаванию иностранных языков, в том числе корейского, налаживание международного сотрудничества в сфере образования с Южной Кореей стало одной из важных задач. Очевидно, что использование корейского образовательного опыта в национальной учебной программе будет способствовать ряду важных аспектов, таких как повышение качества преподавания корейского языка и повышение квалификации кадров.

Текст научной работы на тему «INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARGA KOREYS TILINI O‘QITISHDА XALQARO HAMKORLIK TAJRIBALARINING AHAMIYATI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.M. Saidova1^_

1Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: O'zbekistonda xorijiy tillar, jumladan, koreys tilini o'qitishga e'tibor kuchaygani sari Janubiy Koreya bilan ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish muhim vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Milliy o'quv dasturida Koreya ta'lim tajribasidan foydalanish koreys tili darslari sifatini yaxshilash, kadrlarning malakasini oshirish kabi bir qator muhim jabhalarda o'z hissasini qo'shishi aniq.

MAQSAD: xorijiy til, xususan, koreys tilini integrativ yondashuv asosida o'qitishda xalqaro hamkorlikning ahamiyati va o'rnini aniqlashdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda turli ko'lamdagi materiallardan, jumladan, gazeta maqolalari va axborot agentliklarining rasmiy saytlaridan foydalanildi. Ma'lumotlar yig'ib bo'linib, tahlil qilindi, shuningdek, xalqaro hamkorlik natijasida malaka oshirish dasturlarida qatnashgan o'qituvchilardan intervyu olindi va ularning javoblari tematik guruhlanib, mavzu bo'yich tahlil qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: yig'ilgan materiallar va to'plangan intervyu natijalariga ko'ra, ikki mamlakat o'rtasidagi xalqaro hamkorlik koreys tilini o'qitish sifatini yanada oshirishda unumli xizmat qilgan. Bundan tashqari, xorijiy hamkasblar mahalliy kadrlarga o'rtoqlashgan tajribalari integratsiyalashgan koreys tili darslarini olib borishda katta ta'sir ko'rsatganligi aniqlandi. O'zbek koreys o'qituvchilari kasbiy mahorati oshib, shaxsan o'quv materiallari yaratish tajribasiga ega bo'lishganini ta'kidlashdi.

XULOSA: chet tilini o'qitishda o'sha til ona tili bo'lgan xorijiy mamlakat bilan hamkorlik samarali natijalarga olib keladi. Koreys tilini o'qitish ham bundan istisno emas. Janubiy Koreyaning integrativ yondashuvga asoslangan til o'qitish metodikasini o'zbek maktablarida tadbiq etish xorijiy tilni o'qitishning ustuvor tamoyillaridan biri desak adashamagan bo'lamiz.

Kalit so'zlar: integrativ yondashuv, xalqaro hamkorlik, hallyu, Koreya ta'lim tajribasi, milliy o'quv dasturi, malaka oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, til bilishga qiziqish, til bilish darajasi, kasbiy mahorat.

Iqtibos uchun: Saidova M.M. Integrativ yondashuv asosida o'quvchilarga koreys tilini o'qitishda xalqaro hamkorlik tajribalarining ahamiyati.// Inter education & global study. 2024. №6. B.14-22.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЗНАЧИМОСТЬ ОПЫТА МЕЖДУНАРОДНОГО СОТРУДНИЧЕСТВА В ОБУЧЕНИИ УЧЕНИКОВ КОРЕЙСКОМУ ЯЗЫКУ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА_

© М.М. Саидова1^

1 Бухарский государственный университет, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: поскольку в Узбекистане уделяется все больше внимания преподаванию иностранных языков, в том числе корейского, налаживание международного сотрудничества в сфере образования с Южной Кореей стало одной из важных задач. Очевидно, что использование корейского образовательного опыта в национальной учебной программе будет способствовать ряду важных аспектов, таких как повышение качества преподавания корейского языка и повышение квалификации кадров.

ЦЕЛЬ: определить значение и место международного сотрудничества в обучении иностранному языку, в частности корейскому языку, на основе интегративного подхода.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовались разнообразные материалы, в том числе газетные статьи и официальные сайты информационных агентств. Данные были собраны и проанализированы, а также проведены интервью с преподавателями, участвовавшими в программах обучения в результате международного сотрудничества, их ответы были тематически сгруппированы и проанализированы по темам.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: согласно собранным материалам и результатам интервью, международное сотрудничество между двумя странами эффективно послужило повышению качества обучения корейскому языку. Кроме того, было установлено, что опыт, которым иностранные коллеги поделились с местными кадрами, оказал большое влияние на проведение интегрированных занятий на уроках корейского языка. Преподаватели отметили, что их профессиональные навыки повысились и они лично приобрели опыт создания учебных материалов.

ВЫВОД: в обучении иностранному языку сотрудничество с зарубежной страной, где этот язык является родным, приносит эффективные результаты. В том числе, преподавание корейского языка не является исключением. Не будет ошибкой сказать, что внедрение в узбекских школах южнокорейской методики преподавания языка, основанной на интегративном подходе, является одним из приоритетных принципов преподавания иностранного языка.

Ключевые слова: интегративный подход, международное сотрудничество, халлю, корейский образовательный опыт, национальная учебная программа, повышение квалификации, современные педагогические технологии, интерес к изучению языка, уровень владения языком, профессиональные навыки.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Саидова М.М. Значимость опыта международного сотрудничества в обучении учеников корейскому языку на основе интегративного подхода // Inter education & global study. 2024. №6. С. 14-22.

THE IMPORTANCE OF EXPERIENCE OF INTERNATIONAL COOPERATION IN TEACHING STUDENTS THE KOREAN LANGUAGE BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH_

© Mokhinur M. Saidova1H

1Bukhara state university, Bukhara, Uzbekistan_

INTRODUCTION: since Uzbekistan is paying more and more attention to the teaching of foreign languages, including Korean, establishing international cooperation in the field of education with South Korea has become one of the important tasks. It is obvious that the use of Korean educational experience in the national curriculum will contribute to a number of important aspects, such as improving the quality of Korean language teaching and improving the skills of staff.

AIM: to determine the importance and place of international cooperation in teaching a foreign language, in particular the Korean language, based on an integrative approach.

MATERIALS AND METHODS: The study used a variety of materials, including newspaper articles and official websites of news agencies. Data were collected and analyzed, and interviews were conducted with teachers who participated in international collaboration training programs, their responses were thematically grouped and analyzed into themes.

DISCUSSION AND RESULTS: according to the collected materials and interview results, international cooperation between the two countries has effectively served to improve the quality of Korean language teaching. In addition, it was found that the experiences that foreign colleagues shared with local staff had a great impact on the implementation of integrated activities in Korean language classes. Teachers noted that their professional skills had improved and they had gained personal experience in creating educational materials.

CONCLUSION: in teaching a foreign language, cooperation with a foreign country where this language is native brings effective results. In particular, teaching the Korean language is no exception. It would not be a mistake to say that the introduction of the South Korean language teaching methodology, based on an integrative approach, in Uzbek schools is one of the priority principles of teaching a foreign language.

Key words: integrative approach, international cooperation, Hallyu, Korean educational experience, national curriculum, advanced training, modern pedagogical technologies, interest in language learning, language proficiency, professional skills.

Annotation

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

For citation: Mokhinur M. Saidova. (2024) 'The importance of experience of international cooperation in teaching students the korean language based on an integrative approach', Inter education & global study, (6), pp. 14-22. (In Uzbek).

Yildan yilga "koreys to'lqini" (hallyu) deb atalmish madaniy fenomen tufayli Koreya va uning madaniyati, koreys tiliga bo'lgan qiziqish dunyo bo'ylab ortib bormoqda1. Bunday global holatdan O'zbekiston yoshlari ham chetda qolmadi. Ularning qiziqishi, xohish va istaklarini inobatga olgan holda yurtimizning ko'plab umumta'lim maktablarida koreys tili ixtisoslashtirilgan yoki ikkinchi xorijiy til sifatida o'qitilmoqda. Ayniqsa, so'nggi yillarda, xususan Toshkentdagi Koreya ya'lim markazining 2022- va 2023-o'quv yili statistic ma'lumotlariga ko'ra, ta'lim muassasalarida koreys tilini o'rganayotganlar soni 15,326 kishidan 18,622 kishiga oshdi. Ularning orasida 2023-2024-o'quv yilida 13,227 nafar koreys tilini o'rganayotganlar umumta'lim maktablari o'quvchilaridir. Ushbu holat esa koreys tili o'qituvchilari malakasini oshirish va ularning sonini ko'paytirish, shuningdek, koreys yili o'quv dasturini takomillashtirish zaruriyatini tug'dirdi. Bunaday zaruriyat O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik aloqalari ta'lim sohasida ham integrativ tarzda rivojlanishni taqozo etgani bejiz emas.

Ikki davlat o'rtasidagi O'zbekistondagi koreys tili o'qituvchilari bilim berish qobiliyatini rivojlantirish to'g'risidagi xalqaro hamkorlik ilk bor Toshkentdagi Puchon universitetida 2022-yil avgust oyida bo'lib o'tgan edi. Bu O'zbekiston va Janubiy Koreya aloqalarining 30 yillik yubileyiga bag'ishlangan koreys tili ta'limini rivojlantirishga qaratilgan o'ziga xos lohiya bo'lib xizmat qildi. Unda butun respublika bo'yicha koreys tilidan dars beradigan 30 nafar o'qituvchi qatnashdi. Koreya ta'lim markazi direktori Peng Ju Man bu kabi "loyihaning maqsadi - xorijiy va mahalliy kadrlarning uchrashuvi va ular orasida aloqalarini o'rnatish va yaxshilashdir. O'zaro muloqot va tajriba almashish orqali ta'lim sohasidagi qator savollarga javob topib, ikki davlat madaniyat haqida chuqur bilimga ega bo'lishadi", deb hisoblaydi.2 Ushbu malaka oshirish dasturi Koreya ta'lim vazirligi va Toshkentdagi Koreya elchixonasi huzuridagi Koreya ta'lim markazi hamkorligida tashkillashtirilgan bo'lib, Janubiy Koreyaning top 30 talikka kiradigan Kukmin universitetining Koreys tili va adabiyoti kafedrasi esa yordamchi tashkilot sifatida tanlangan. Kukmin universiteti tomonidan saralab olingan 9 nafar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf koreys o'qituvchilari 10 kun davomida O'zbekistondagi hamkasblari bilan integrativ yondashuvga asoslangan o'quv metod va texnologiyalari bo'lishishdi3. Jumladan, koreys tilini o'qitish metodlari, darslarda qo'llash mumkin bo'lgan information texnologiyalar va , albatta, madaniyat darslari shular jumlasidandir.

Mavzuni bayon etish jarayonida avvalo integratsiya hamda integrativ yondashuv tushunchasi mohiyatiga oydinlik kiritadigan bo'lsak, integratsiya - bu bir-biri bilan bog'liq

1 https://ru.wikipedia.org/wiki/Корейская_волна

2 https ://koryo-saram. site/wp-content/uploads/2022/08/ku-15-67 .pdf

3 https://n.news.naver.com/article/001/0013401840?sid=102

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №6

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bo'lgan qismlarni yagona butunga birlashtirish jarayoni hisoblanib, turli elementlar yoki komponentlarni maqsadga muvofiq ravishda birlashtirish tushuniladi.

Ta'lim jarayonidagi butunlik, o'zaro bog'liqlik, tartibli tuzilma, sinergetik samara kabilar integratsiyaning asosiy xususiyatlari sanaladi.

1.Butunlik - alohida qismlar yoki elementlar yagona, yaxlit bir tizimni tashkil etadi.

2.O'zaro bog'liqlik - tizimdagi har bir qism boshqa qismlar bilan o'zaro ta'sir qiladi va bir-biriga bog'liq bo'ladi.

3.Tartibli tuzilma - qismlar o'rtasida aniq munosabatlar va o'zaro aloqalar mavjud bo'ladi.

4.Sinergetik samara - butun tizimning natijasi alohida qismlarning yig'indisidan ko'ra yuqori bo'ladi.

Integratsiya jarayonlari juda keng qamrovli bo'lib, ular turli sohalarda qo'llaniladi: iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, ta'lim, fan va texnika va boshqalar. Integratsiya orqali murakkab, ko'p qirrali muammolarni hal qilish va samarali natijalarga erishish mumkin.

Integrativ yondashuv - bu murakkab muammolarni hal qilish uchun turli fanlar, konsepsiyalar va metodlarni birlashtirib ishlatishga asoslangan yondashuv bo'lib, uning asosiy mazmuni quyidagilardan aks etadi: tizimli ko'rish: muammoni butunlik sifatida ko'rish, uning turli jihatlarini o'zaro bog'liq holda tushunish; muammoning keng kontekstini hisobga olish, uning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa oqibatlarini nazarda tutish; ko'p tarmoqli yondashuv: muammoni turli sohalar va fanlar nuqtayi nazaridan o'rganish; har bir sohaning o'ziga xos bilimlari va usullaridan foydalanish; mutaxassislar va ekspertlarning o'zaro hamkorligini ta'minlash; sintez va integratsiya: turli manbalardan olingan ma'lumotlar, nazariyalar va yondashuvlarni birlashtirish; fikrlar, konsepsiyalar va metodlarni bog'lash va uyg'unlashtirish; yagona, moslashuvchan va amaliy yechim yaratish; innovatsiya va ijodkorlik: mavjud bilimlar va yondashuvlarni yangi yo'nalishlarda qo'llash; noodatiy g'oyalar va yechimlarni generatsiyalash; amaliyotga yangi, samarali va innovatsion yechimlarni taklif etish; bu yondashuv murakkab, ko'p qirrali muammolarni hal qilishda yanada samarali va natijali bo'lishga yordam beradi.

Integrativ yondashuv asosida o'quvchilarga koreys tilini o'qitishda xalqaro hamkorlik tajribalarining ahamiyati shundan iboratki, bugungi ta'lim jarayonlarida o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlashga xos pedagogik yondashuvlarda foydalanish samarali yordam beradi. Ushbu o'tkazilgan tajriba almashuv jarayonlarida biz quyidagi pedagogik yondashuv hamda yo'nalishlardan til o'rganish darajasini yaxshilashga xizmat qiluvchi mezonlar asosida foydalanishga harakat qildik (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Integrativ yondashuv asosida o'quvchilarga koreys tilini o'qitishda qo'llanilgan

yondashuv hamda yo'nalishlar mazmuni

Pedagogik yondashuv Tasnifi

Integrativ yondashuv •tilni butunlashgan holda o'rgatishni nazarda tutadi, ya'ni grammatika, leksika, fonetika, kommunikatsiya va madaniyatni birgalikda o'rganish.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

•turli vaziyatlarda tildan amaliy foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish markazida turadi.

Xalqaro hamkorlik ■ •o'quv-uslubiy materiallaru va ilg'or amaliyotlar bilan almashinish. •qo'shma ta'lim dasturlari va akademik almashinuvlarni tashkil etish. •chet el o'qituvchilari va ekspertlarni jalb etish

Xalqaro tajribalarning ahamiyati •samarali metodikalarni joriy etish orqali ta'lim sifatini oshirish. •o'quvchilarning madaniy dunyoqarashini kengaytirish. •madaniyatlararo muloqot va global perspektiva rivojlantirish.

Xalqaro hamkorlik misollari •koreys tili o'qitish metodikasiga doir birgalikdagi tadqiqot loyihalari. •o'qituvchilar staj va tashriflarini almashinish. •xalqaro konferensiya va seminarlarga uyushti rish. •qo'shma o'quv qo'llanmalari va onlayn resurslar yaratish..

Tavsiyalar •koreyaning yetakchi oliy o'quv yurtlari bilan barqaror aloqalarni o'rnatish. •koreys mutaxassislarini ta'lim dasturlariga jalb etish. •xalqaro tajribalardan olingan ilg'or uslub va texnologiyalarni faol joriy etish. •o'rtasidagi akademik va talaba almashinuvlarini rag'batlantirish.

Integrativ yondashuvning ustunliklari •talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish •lingvistik bilimlar va amaliy ko'nikmalarning integratsiyasi •til va madaniyatning birgalikda o'rganilishi •talabalarning mustaqil va ijodiy faolligini oshirish

Xalqaro hamkorlik imkoniyatlari •o'quv dasturlari va rejalarini birgalikda yangilash •o'qituvchilar malakasini oshirish dasturlarini tashkil etish •onlayn va masofaviy ta'lim texnologiyalarini joriy etish •talabalar va o'qituvchilar almashinuvini kengaytirish

Xalqaro tajribalar •janubiy koreya: kommunikativ tilni rivojlantirish, o'qitish texnologiyalari •xitoy: til va madaniyat integratsiyasi, sinfdan tashqari faoliyatlar •Aqsh: o'qituvchilar malakasini oshirish, akademik almashinish dasturlari

Amaliy tavsiyalar •koreys tili o'qitish metodikasi sohasidagi ilg'or xalqaro tajribalarni o'rganish •o'quv dasturlari, didaktik materiallar va amaliy mashg'ulotlarni takomillashtirish •o'qituvchilarning chet el tajribalaridan foydalanish ko'nikmalarini oshirish •talabalar va o'qituvchilar uchun xalqaro almashinuv dasturlarini kengaytirish

Xalqaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlari •o'quv-uslubiy bazani takomillashtirish •o'qituvchilar malakasini oshirish •talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish •madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasini shakllantirish

O'quv-uslubiy bazani takomillashtirish •qo'shma o'quv dasturlari va rejalarini ishlab chiqish •multimediali o'quv-metodik majmua va didaktik materiallarni yaratish •koreys tili o'qitish uchun zamonaviy adabiyotlar va resurslarni taqdim etish

O'qituvchilar malakasini oshirish •chet el o'qituvchilari bilan tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish •seminar, trening va konferensiyalar orqali malaka oshirish imkoniyatlarini yaratish •o'qituvchilarni ilg'or xorijiy metodikalar va texnologiyalar bilan tanishtirish

Talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish •koreyaga qisqa muddatli va uzoq muddatli talaba almashinuvlarini tashkil etish •qo'shma ta'lim dasturlari doirasida talabalar ayirboshlash imkoniyatlarini yaratish •talabalar uchun til, madaniyat va malaka oshirish stajirovkalarini tashkil etish

Madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasini shakllantirish •til o'rganish bilan birga madaniy bilimlar va ko'nikmalarni rivojlantirish •til va madaniyatni birgalikda o'rganishga doir yondashuvlarni qo'llash •talabalarning chet ellik hamkasblari bilan hamkorligini rag'batlantirish

Yuqoridagi tahlillar, ilmiy yondashuv, xalqaro tajribalar hamda milliy dastur asosida integrativ yondashuv orqali o'quvchilarga koreys tilini o'qitish ham belgilangan talab va xususiyatlarga asoslanadi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Xususan, koreys tili darslarida o'quvchilarning qiziqishi va til bilish darajasini oshirish, so'zlashuv malakalarini rivojlantirishga qaratilgan "audiokitob" metodikasi tanishtirildi. Unda mashhur koreys ertaklarining animatsion ko'rinishlariga rolga kirib ovoz berish usullari o'rgatildi. His-tuyg'u bilan birgalikda o'rganiladigan lug'atlar xotirada yaxshi qolishi sabab bu kabi metodika o'quvchilarning ham ijodiy, ham lingvistik ko'nikmalarini rivojlantirishda samarali ta'sir ko'rsatishi malaka oshirish dasturiga qatnashib, keyin uni amalda maktab dars jarayonida ishlatgan o'qituvchilar tajribasida o'z isbotini topdi.

IT darslarida esa "ozobot" deb nomlanuvchi qurilmani kodlash orqali boshqarish o'rgatildi. Ozobot dunyodagi eng kichik dasturlashtiriladigan robotlardan biri bo'lib, diametri va balandligi 2,54 sm, lekin kuchli miya bilan jihozlangan. Kodlashda "chapga, o'ngga, to'g'riga, orqaga va hz" kabi so'zlar ranglar orqali ifodalanib, foydalanuvchilar ularga ergashishlari uchun yo'llarni chizishlari va sekinlashtirish, tezlashtirish yoki to'xtatish kabi buyruqlar berishlari mumkin4. Bu orqali maktab o'quvchilariga ham kodlash dasturi tilini, ham koreys tilida bir qator yo'nalish so'zlarini yanada oson va qiziqarli o'rgatish mumkin ekanligi aniqlandi. Bu esa darslarda integrative yondashuvning yana bir yorqin misolidir. Bundan tashqari, darsda turli raqamli o'yinlardan foydalanish mumkin bo'lgan wordwall, mentimetr va hz hamda kasbiy tajribada ma'lumot yig'ishda, so'rovnoma o'tkazishda qulay bo'lgan google form dasturidan foydalanish yo'llari o'rgatildi.

Madaniyat darslari ham integrativ yondashuvdan chetda qolmadi. Janubiy Koreyaning milliy san'at turi bo'lmish kolligrafiya darslarida san'atga doir lug'atlarni, koreya milliy kiyimi - hanbok haqidagi darsda esa kiyinish madaniyati haqidagi so'zlar guruhi samarali o'rgatilishi guvohiga aylanishdi. Bu kabi darslar orqali birgina til haqida emas, balki til orqali boshqa mavzular haqida bilib olish mumkinligi yana bir bor o'z isbotini topdi.

Ushbu xalqaro hamkorlik bir martada tugallanib qolmasdan, keyingi 2023-2024-o'quv yilida avval onlayn, keyin esa offlayn shaklda davom etdi. Onlayn darslarda o'quvchida kitob o'qish mehrini oshirish, uni ko'proq kitob o'qishga undash maqsadida "kitob yasash" mashg'ulotlari olib borildi. Amaliyotda bu kabi metodikadan foydalanish kutilgandan ham yaxshiroq natija berdi. Koreys tili o'qituvchilari bu xorijiy tajribadan unumli foydalanib respublika bo'yicha keng tarqatishdi. Bu kabi usuldan endi nafaqat koreys tili darslarida, balki ingliz tili, adabiyot, tarix kabi bir qator fanlar darslarida ham foydalanishdi. Koreys delegatsiyasi bilan O'zbekistonga kelgan Daejon shahri Sangji boshlang'ich maktab o'qituvchisi So Yong Naning malaka oshirishga kelgan o'zbek o'qituvchilariga qilgan murojaatida ham, ular o'rgatayotgan koreys ta'lim modeli va metodlarini boshqa kasbdoshlariga bildirish va o'rgatishni so'ragan.

Bu kabi onlayn darslar offlayn shaklda joriy o'quv yilining yanvar oyida davom etdi. Ikkinchi marta tashkillashtirilgan malaka oshirish kurslari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshchiligida A. Avloniy nomidagi milliy - tadqiqot instituti va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya ta'lim markazi hamkorligida bo'lib o'tdi. Bu dastur ham ilgarigisiga o'xshab, koreys tili va uni o'qitish metodikasi, IT va madaniyat darslaridan iborat

4 7 things about Ozobot. Grand Valley state university.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bo'ldi. Janubiy Koreyaning turli maktablaridan saralab olingan 9 nafar o'qituvchisi O'zbekistonga tashrif buyurib, 35 nafar o'zbek hamkasblari bilan o'z tajriba va bilimlari bilan bo'lishishdi.

Bu kabi xalqaro hamkorlik natijasida o'qituvchilarning bilim va ko'nikmalarini oshirishda quyidagi natijalarga erishildi: ta'lim tajribasini boyitib, uni yanada inklyuziv, raqobatbardosh va global ahamiyatga ega bo'lishiga turtki bo'ldi; o'qituvchilarning kompetensiyasini, kasbiy mahoratini oshirdi; o'qituvchilarni globallashuv jarayon lariga moslashtirishga yordam berdi; xalqaro ta'lim tizimlari bilan yaqindan tanishish mahalliy amaliyotda islohotlar va yaxshilanishlarga turtki berdi; ta'limning xilma-xilligini targ'ib qilib, ta'lim standartlarini oshirga sabab bo'ldi; bilim, o'qitish usullari va madaniy istiqbollarni almashish imkoniyatini ega bo'lindi;o'qitish va tadqiqotda innovatsion yondashuvlarga olib keldi.

Koreys tilini o'qitish metodikasini yanada yuksaltirishga bo'lgan talab bu kabi loyihalar yanada rivoj topib endilikda ikki davlat maktablari o'rtasidagi xalqaro hamkorlik kelishuvlari tuzishgacha yetib bordi. Buning yordamida nafaqat O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkasblari yaqin aloqada bo'la olishadi, balki har ikki tomonning o'quvchilari ham o'zaro muloqot qila olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Xalqaro hamkorlikning ushbu turi orqali o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, o'quvchilarning madaniyatlararo tushunchalarini rivojlantirish, o'quvchilarning til o'rganish darajasini oshirish, butun maktab xalqarolashtirish dasturiga hissa qo'shish va o'qituvchilar salohiyatini oshirish kabi ko'plab maqsadlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, integrativ yondashuvga asoslangan koreys tilini o'qitishda xalqaro hamkorlik tajribalaridan samarali foydalanish ta'lim sifatini oshirish, talabalarning madaniyatlarararo muloqot kompetentsiyasini kuchaytirish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Integrativ yondashuvga asoslangan koreys tilini o'qitishda xalqaro hamkorlikning yuqorida ko'rsatilgan asosiy yo'nalishlari orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning ko'p tomonlama rivojlanishi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatlari kengayadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Saidova M.M. Bilimlarga asoslangan jamiyatda o'quvchilarga ikkinchi xorijiy tilni o'rgatishning maqsad va vazifalari. Pedagogik mahorat № 6, 2024

2. Saidova M.M. Integrativ yondashuv asosida o'quvchilarga ikkinchi xorijiy tilni o'qitishda Koreya ta'lim dasturidan foydalanishning ahamiyati. Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar, 2024

3. Saidova M. Integrativ yondashuv asosida koreys tilini o'qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari. Talqin va tadqiqotlar, № 13(50), 2024

4. Saidova M. Важность обучения второму иностранному языку и современным профессиям, World of Scientific news in Science Journal,Vol2 Issue 6, 2024.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

5. N.Dilova. Uzluksiz ta'lim tizimida "lifelong learning" konsepsiyasini Joriy etish imkoniyatlari//"Zamonaviy dunyo ta'limi: yangi davr muammolari - yangi yechimlar" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari, 2024-yil 17-may kuni Andijon davlat universiteti, 46-49-бетлар

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Н.Дилова Darsda samarali ta'lim usullaridan foydalanishning o'rni va ahamiyati//"Journal of science-innovative research in Uzbekistan" jurnali volume 2, issue 1, 2024. january. ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869

7. Н.Дилова Oliy ta'limda o'qitiladigan ijtimoiy gumanitar fanlar asosida bo'lajak o'qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash mazmuni//"Pedagogik mahorat" ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HSaidova Moxinur Murodovna, Buxoro davlat universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo'yicha) ixtisosligi 2-bosqich tayanch doktoranti, [Саидова Мохинур Муродовна, базовый докторант 2-го этапа специальности Теория и методика образования (по направлениям) Бухарского госдураственного университета], [Saidova M.Mokhinur, 2st stage basic doctoral student of the Theory and methodology of education and training (by fields) specialty of the Bukhara State University]; manzil: O'zbekiston, Buxoro sh, X.A.G'ijduvoniy ko'chasi, 22-A uy, [адрес: Узбекистан, ул. Х.А.Гиждувоний, дом 22-А, г. Бухара], [address: Uzbekistan, X.A.Gijduvoniy str., house 22-A,Bukhara city]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.