Научная статья на тему 'BUGUNGI KUNDA CHET TILINI O‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING TAHLILI'

BUGUNGI KUNDA CHET TILINI O‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
197
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompyuter lingvistikasi / ijodiy fikr / ta’lim konsepsiyasi / integrativ bilimlar / о‘qitish texnologiyalari va loyihalash / innovatsion metodlar / professional nutq / chet tilini о‘qitish / professional muloqot / og‘zaki va yozma nutq. / computational linguistics / creative thinking / educational concept / integrative knowledge / teaching technologies and design / innovative methods / professional speech / foreign language teaching / professional communication / oral and written speech.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Odilova Kamola Taxirovna

Ushbu maqolada bugungi kunda chet tilini o‘qitish muammolari va kompyuter lingvistikasi tahlil asoslash orqali bо‘lajak chet tili о‘qituvchisini metodik tayyorlashning tarkibiy va funksional modelini takkomillashtirishning mazmuni va darajalarini aniqlash ularni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini beradi. Bо‘lajak chet tili о‘qituvchilarini zamonaviy usulda tayyorlash masalalari, kreativ fikrlaydigan chuqur bilimga ega, murakkab ijtimoiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishga qodir mutaxassislarni tayyorlash haqida tо‘xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF COMPUTER LINGUISTICS AND PROBLEMS IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE TODAY

In this article, the content and levels of improving the structural and functional model of methodical training of future foreign language teachers through the analysis of computer linguistics and the problems of foreign language teaching today provide pedagogical opportunities to prepare them for professional-pedagogical activities. The issues of training future foreign language teachers in a modern way, focusing on the training of specialists with deep knowledge who think creatively, and are able to solve complex social and production problems, are revealed scientifically.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUNDA CHET TILINI O‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING TAHLILI»

BUGUNGI KUNDA CHET TILINI O'QITISHDAGI MUAMMOLAR VA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING TAHLILI

ODILOVA Kamola Taxirovna

Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi

Ingliz tili fani o 'qituvchisi

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-3-45-48

Ushbu maqolada bugungi kunda chet tilini o'qitish muammolari va kompyuter lingvistikasi tahlil asoslash orqali bo'lajak chet tili o'qituvchisini metodik tayyorlashning tarkibiy va funksional modelini takkomillashtirishning mazmuni va darajalarini aniqlash ularni kasbiy-ANNOTATSIYA pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini beradi.

Bo'lajak chet tili o'qituvchilarini zamonaviy usulda tayyorlash masalalari, kreativ fikrlaydigan chuqur bilimga ega, murakkab ijtimoiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishga qodir mutaxassislarni tayyorlash haqida to'xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan.

Kalit so'zlar. kompyuter lingvistikasi, ijodiy fikr, ta'lim konsepsiyasi, integrativ bilimlar, o'qitish texnologiyalari va loyihalash, innovatsion metodlar, professional nutq, chet tilini o'qitish, professional muloqot, og'zaki va yozma nutq.

In this article, the content and levels of improving the structural and functional model of methodical training of future foreign language teachers through the analysis of computer linguistics and the problems of foreign language teaching today provide pedagogical opportunities to ABSTRACT prepare them for professional-pedagogical activities. The issues of training future foreign language teachers in a modern way, focusing on the training of specialists with deep knowledge who think creatively, and are able to solve complex social and production problems, are revealed scientifically.

Keywords. computational linguistics, creative thinking, educational concept, integrative knowledge, teaching technologies and design, innovative methods, professional speech, foreign language teaching, professional communication, oral and written speech.

KIRISH. Introduction

Hayotimizni ta'lim sohasidagi yutuq va kamchiliklari haqida gap borganda bu bevosita о'qitish mazmuniga borib taqaladi. Ma'lumki, bugungi kunda har qanday fan o'qitilishi uchun belgilangan maqsadga ko'ra, uning mazmuni tanlanadi. Uni o'zlashtirish uchun unga mos metodlar tanlanadi. So'ngra o'quv vositalari va nihoyat, bularga mos ravishda o'qitish shakli tanlanadi. Biz fanni, jumladan chet tilini o'qitishda va tinglovchiga yetkazib berishda ba'zi qiyinchiliklarga duch

45

> www.birunijournal .uz

kelarkanmiz, ularga sababchi bo'lgan omillarni ko'ríb chiqishimiz joiz. Avvalo tanlangan adabiyotlarga e'tibor qaratish kerak. Masalan, texnik yo'nalishlarda xalqaro ta'lim standarti bo'yicha talabga javob beradigan darslik va adabiyotlarning yo'qligi shular jumlasidandir. Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda o'quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ularni tayyorlash borasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal qilish, uzluksiz ta'lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga erishishni ta'minlashga qaratilgan choralarni ishlab chiqishni talab qiladi. Sifatli o'quv adabiyoti nafaqat o'rganuvchilarning qiziqishini oshiradi balki yetarlicha tayyorgarlikka ega bo'lmagan o'qituvchilarning kamchiliklarini ham bartaraf qiladi. Boshqacha aytganda hatto ta'lim oluvchilarni sifatli darslik bilan o'qitayotgan oddiy o'qituvchi ham yaxshi o'qituvchiga aylanishi mumkin. YA'ni, yaxshi o'qish ham, samarali o'zlashtirish ham o'quv adabiyoti bilan chambarchas bog'liqdir. Shuningdek, yaratiladigan o'quv adabiyotlarining mazmuni ta'lim olish, yangi bilimlarni o'quv adabiyotlaridan mustaqil izlab topish ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. O'quv adabiyotlarning mazmuni erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta'lim olish, yangi bilimlarni o'quv adabiyotlardan izlab topish ko'nikmalarini hosil kilishni ta'minlashi kerak. Vaholanki, ta'lim maskanlari fanni o'qitishda o'zlarining maxsus namunaviy dasturi va fan dasturlariga tayanadi va shu asosida dars olib boradi. Reja esa shu dasturlardagi adabiyotlar yuzasidan tayyorlanadi, lekin berilgan barcha adabiyotlar ham hamma oliy o'quv yurti yo'nalishlariga mos kelmasligi mumkin. Tanlangan mavzularning hayotiyligi, dolzarbligi va talaba bilimiga mosligi darsning samarasini, talabani qiziqishini va ko'zlangan maqsadga erishishning muhim vositasidir. Mashg'ulotlar jarayonida foydalaniladigan interfaol metodlar va didaktik uyinli texnologiyalar esa o'quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yullash, didaktik o'yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo'ljalni to'g'ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqarishga, o'zaro fikr almashishga va ularni to'ldirishga zamin hozirlaydi. Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalarga muvofiq va munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo'llaniladi. Har bir bosqichning o'ziga xos mazmunini bayon qilish mantiqi va metodlari bor. Ta'limda har doim mazmun va metodlar muammosi mavjud, bu muammolar bir-biri bilan uzviy boglangan. Pedagogik texnologiya asosida dars o'tishda eng asosiy talab talabaning

46

www.birunijournal .uz

hayotiy tajribasi avval o'zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko'zda tutadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)

An'anaviy o'quv jarayonida asosiy omil bu pedagogning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o'ringa ta'lim jarayonidagi talabalarning faoliyati qo'yiladi. Shunday ekan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy kilish, xorijiy hamda hamdo'stlik davlatlaridagi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, o'zimizning zamonaviy pedagogik texnologiya tizimini vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni umumlashtirish va amalda qo'llash uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Demak o'quv jarayonidagi tanlangan metod ham guruhdagi talabalar bilimini hisobga olgan holda ishlanishi kerak. Agar tanlangan metod orqali talaba ijodiy ishlasa, guruh faol bo'lsa, mavzuni tahlil qila olsa, bu har ikki tomonning ko'zlangan maqsadidir. Fanda o'ziga xos qo'llash kerak va mumkin bo'lgan texnologiyani tanlashda o'qituvchi o'z mahorati va imkoniyatiga tayanadi. Pedagogik texnologiyalarni qo'llashdan maqsad - darsni qiziqarli va samarali o'tkazish, talabalarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, bilimini mustahkamlash, shuningdek talaba va o'qituvchi munosabatlarini to'g'ri tashkillashtirishdir. Bunda natijaga erishish uchun o'qituvchi biror texnik vositadan yoki tarqatma materiallardan, o'yinli mashqlardan, jumboqli savollar va shunga o'xshashlardan foydalanishi mumkin, lekin buning uchun xonaning, guruhning holatini, ya'ni talabalar sonini, ularning imkoniyatini, bilim saviyasini hisobga olishi zarur. Agar o'qituvchi uchun samarali, lekin talabaga tushunarsiz yoki bilimiga nisbatan qiyinlik qiladigan, vaqt hisobga olinmagan pedagogik texnologiya natija bermaydi, shunday ekan bu har tomonlama o'ylab qo'llanilishi kerak bo'ladigan texnologiyadir. Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda chet tili darsida ham bir necha yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin. Ta'lim jarayonida pedagog mavzu yoki matnni o'rgatish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada talaba faoliyati o'z aksini topmog'i, vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi hisobga olinishi lozim. Jahon tajribasiga tayanadigan bo'lsak, so'nggi yillarda Yevropa mamlakatlarida keng ommaviylik tusini olgan o'qitish metodlaridan biri kichik guruhlarni tashkillashtirish. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi ya'ni galma-gallanishi lozim. Ta'lim yunalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar aralash bilimli (a'lo, yaxshi, qoniqarli) talabalar orqali shakllantiriladi va unda barcha talabaning galma-gal ishtiroki talab qilinadi. Bu esa o'quvchi-talabaga ham o'z ijodini namoyish

47

www.birunijournal .uz

qilishga, munosabatga kirishishida, o'z fikrini bayon qilishiga va xatolarini anglashiga yordam beradi. Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalarga muvofiq va munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo'llaniladi. Interfaol metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.

XULOSA (Conclusion)

Ingliz tilini o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yangi imkoniyatlar ochadi. Multimedia vositalaridan foydalanish oson, darsni kuchaytirish va o'quvchilarga hissiy ta'sirini oshirishda ularning roli katta.Chet tillarini o'qitishda darsning interfaol shakllaridan foydalanish bo'yicha yuqorida keltirilgan amaliy tajribani tahlil qilib, axborot-kompyuter texnologiyalari va loyiha metodikasidan foydalanish nafaqat o'quvchini, balki o'qituvchini ham boyitadi, izlanishni, tashabbuskorlikni rag'batlantiradi, uni zamon bilan hamnafas qiladi. O'qitishning interfaol usuli maktab o'quvchilarida ingliz tiliga qiziqishni shakllantiradi, talabalar tomonidan o'quv materialini yanada samarali o'zlashtirishga hissa qo'shadi, ijtimoiy-madaniy ta'limni rivojlantirishga hissa qo'shadi, muloqot tajribasini boyitadi, madaniyatlararo o'zaro munosabatlar sharoitida etarli xulq-atvorni ta'minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Harmer, J. (1998). How to teach English: An introduction to the practice of English language teaching. Edinburgh Gate, Harlow, England.

2. J. C. Richards and S.R.Rodgers. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge: Cambridge University Press.

3. Bannov A. M. Learning to think together // Budkov A. S.: Materials for teacher training. - M.: INTUIT.RU, 2007. - P. 105. 4. Dzugaeva Zarina Ruslanovna Teaching English for specific Purposes (esp) // International scientific review. 2017. №2 (33).

4. Fidyati, F. (2018). Improving architecture students' English vocabulary through the use of architectural drawings. Englisia Journal. 5. 113. 10.22373/ejv.5i2.3073. 6. Gladilina I.P. Some methods of work at English lessons in secondary school // Foreign languages at school. - M.: "Enlightenment", 2003. 7. Gladilina, I.P. Some methods of work at English lessons / I.P. Gladilina // Foreign languages at school

48

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.