Научная статья на тему 'TEXNIK IJODKORLIK TUSHUNCHASINING TA’RIFLANISHI, SHAKLLANISH DAVRLARI'

TEXNIK IJODKORLIK TUSHUNCHASINING TA’RIFLANISHI, SHAKLLANISH DAVRLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
242
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadqiqot / uzluksiz ta’lim / ijodiy qobiliyat / texnika / model / detal / konstruktor / texnologik / tashkiliy-texnik topshiriqlar. / исследование / непрерывное образование / творческая способность / методика / модель / деталь / конструктор / технологические / организaционно-технические задачи.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.Z. Xudaykulova

maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va uquvlari darajasi to‘g‘risidagi masalalarni hal qilishda shu vaqtgacha olib borilgan ilmiy, pedagogik tadqiqotlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sifatli ta’lim berish muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEFINITION OF THE CONCEPT OF TECHNICAL CREATIVITY, PERIODS OF FORMATION

в статье рассматривается обеспечение качественного образования учащихся начальных классов на основе научно-педагогических исследований, проводимых до сих пор при решении вопросов уровня знаний, умений и обучаемости учащихся начальных классов.

Текст научной работы на тему «TEXNIK IJODKORLIK TUSHUNCHASINING TA’RIFLANISHI, SHAKLLANISH DAVRLARI»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

,JH}IOb

TEXNIK IJODKORLIK TUSHUNCHASINING TA'RIFLANISHI, SHAKLLANISH DAVRLARI

© S.Z. Xudaykulova1^_

1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya.

KIRISH: maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim, ko'nikma va uquvlari darajasi to'g'risidagi masalalarni hal qilishda shu vaqtgacha olib borilgan ilmiy, pedagogik tadqiqotlar asosida boshlang'ich sinf o'quvchilariga sifatli ta'lim berish muhokama qilingan.

MAQSAD: shuningdek, sifatli ta'lim berishga yo'naltirilgan modulli-texnik eksperiment, morfologik tahlil, aqliy hujum, muammoli vaziyat metodlardan foydalanish orqali o'quvchilarning ilmiy, texnikaviy, badiiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish usullarining ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek texnik ijodkorlik tushunchasining ta'rifi, amaliy funksiyalari, shakllanish davri haqida ilmiy ma'lumotlar keltirib o'tiladi.

MATERIALLAR VA METODLAR: qo'yilgan muammo ilmiy asoslangan echimni topadi - maqsadli yo'naltirilgan ijodkorlik faoliyati uchun ijodkorlik metodlarini egallash etarli emas, balki o'zida ijodkor shaxs xislatlarini ham tarbiyalash va ijodkorlik faoliyati hayotiy strategiyasi qonuniyatlarini ham hisobga olish zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: XX asrning 40-yillari oxirlarida rossiyalik olim Genrix Saulovich Altshuller o'z olidiga texnikada yangi ixtirolarni qanday qilib maqsadli yaratish mumkin, degan muammoni qo'ydi. Ta'kidlash kerakki, u paytgacha texnikadagi mutlaq hamma ixtirolar, shu bilan birga fan va sanhatdagi kashfiyotlar amal va xatolar yo'li bilan qilinar edi. Ijodkorlik faoliyatining ilmiy asoslangan texnologiyalari yo'q edi.

XULOSA: bizning fikrimizga ko'ra, o'quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishda darsda turli qiziqarli masalalarning o'rinli qo'llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: tadqiqot, uzluksiz ta'lim, ijodiy qobiliyat, texnika, model, detal, konstruktor, texnologik, tashkiliy-texnik topshiriqlar.

Iqtibos uchun: Xudaykulova S.Z. Texnik ijodkorlik tushunchasining ta'riflanishi, shakllanish davrlari. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 110-116.

ОПРЕДЕЛЕНИЕ СТАНОВЛЕНИЯ

ПОНЯТИЯ ТЕХНИЧЕСКОГО ТВОРЧЕСТВА, ПЕРИОДЫ

© З.С. Худайкулова

1Термезский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматривается обеспечение качественного образования учащихся начальных классов на основе научно-педагогических исследований, проводимых до сих пор при решении вопросов уровня знаний, умений и обучаемости учащихся начальных классов.

ЦЕЛЬ: подчеркнута значимость методов развития научно-технических и художественных способностей учащихся посредством использования модульно-технического эксперимента, морфологического анализа, мозгового штурма, методов проблемных ситуацм, направленных на обеспечение качественного образования. Также представлены научные сведения об определении понятия технического творчества, его практических функциях и периоде его становления.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: поставленная проблема находит научно обоснованное решение - недостаточно овладеть творческими методами целенаправленной творческой деятельности, необходимо также воспитывать качества творческой личности и учитывать законы жизни. стратегия творческой деятельности.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: В конце 40-х годов ХХ века русский учёный Генрих Саулович Альтшуллер поставил проблему целенаправленного создания новых изобретений в технике. Следует отметить, что до тех пор абсолютно все изобретения в технике, а также открытия в науке и искусстве были сделаны практикой и ошибками. Не существовало научно обоснованных технологий творческой деятельности.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: на наш взгляд, правильное использование на уроке различных интересных вопросов важно для развития критического мышления учащихся.

Ключевые слова: исследование, непрерывное образование, творческая способность, методика, модель, деталь, конструктор, технологические, организационно-технические задачи.

Для цитирования: Худайкулова З.С. Определение понятия технического творчества, периоды становления. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 110-116

DEFINITION OF THE CONCEPT OF TECHNICAL CREATIVITY, PERIODS OF FORMATION_

© Saida Z. Xudaykulova1^_

1Termiz State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan

Annotation

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

INTRODUCTION: the article discusses providing quality education to primary school students on the basis of the scientific and pedagogical research conducted until now in solving the issues of the level of knowledge, skills and learning of primary school students.

AIM: the importance of methods of developing students' scientific, technical and artistic abilities through the use of modular-technical experiment, morphological analysis, brainstorming, problem situation methods aimed at providing quality education has been highlighted. Also, scientific information about the definition of the concept of technical creativity, its practical functions, and the period of its formation are presented.

MATERIALS AND METHODS: the posed problem finds a scientifically based solution - it is not enough to acquire creative methods for goal-oriented creative activity, but it is also necessary to educate the qualities of a creative person and take into account the laws of the life strategy of creative activity.

DISCUSSION AND RESULTS: at the end of the 40s of the 20th century, the Russian scientist Henrikh Saulovich Altshuller posed the problem of how to purposefully create new inventions in technology. It should be noted that until then absolutely all inventions in technology, as well as discoveries in science and art, were made by practice and mistakes. There were no scientifically based technologies of creative activity.

CONCLUSION: in our opinion, the appropriate use of various interesting issues in the lesson is important for the development of students' critical thinking.

Key words: research, continuous education, creative ability, technique, model, detail, designer, technological, organizational-technical tasks.

Globallashuv jarayoni jadal sur'atlar bilan hayotimizga kirib kelayotgan bir davrda, o'z bilimi, kuchi, imkoniyatlariga tayanadigan, har sohada ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon eta oladigan, jamiyat, davlat manfaatlarini o'z manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan etuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash zarurligi, mamlakatda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslari konsepsiyasini amalga oshirish sharoitida mustaqil, ijodiy fikrlovchi, zamonaviy fan-texnika va uning ishlash texnologiyasini mukammal egallagan, tadbirkor mutaxassislarni tayyorlash xalq ta'limi muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biriga aylandi.

XX asrning 40-yillari oxirlarida rossiyalik olim Genrix Saulovich Altshuller o'z olidiga texnikada yangi ixtirolarni qanday qilib maqsadli yaratish mumkin, degan muammoni qo'ydi. Ta'kidlash kerakki, u paytgacha texnikadagi mutlaq hamma ixtirolar, shu bilan birga fan va sanhatdagi kashfiyotlar amal va xatolar yo'li bilan qilinar edi.

For citation: Saida Z. Xudaykulova. (2024) 'Definition of the concept of technical creativity, periods of formation', Inter education & global study, (4(1)), pp. 110-116 (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ijodkorlik faoliyatining ilmiy asoslangan texnologiyalari yo'q edi. Bu muammoni echish uchun Altshuller texnik ixtirolarning patent fondini tahlil qildi, bu jarayonda texnikaning rivojlanish qonuniyatlarini ochdi va 60-yillarning boshlarida u ixtirochilik masalalarini echish algoritmining birinchi modifikatsiyasini yaratdi. Shu paytdan boshlab Genrix Saulovich injenerlar va hamma xohlovchilar uchun tinglovchilarni texnik masalalarni echish uchun algoritmni qo'llashga o'rgatadigan o'quv seminarlari o'tkaza boshladi, parallel holda uni mukammallashtirish ishlarini davom ettirdi. Bu tadqiqotlar natijasida Altshuller texnikaning rivojlanish qonunlarini shakllantiradi. Shu tarzda ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (TRIZ) tug'iladi.

Seminarlarda tinglovchilarni o'qitish Altshuller oldiga yangi muammoni qo'ydi -nimaga tinglovchilarning katta qismi ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (TRIZ)ni o'zlashtirgandan keyin ham yangi texnik ixtirolarini yaratmaydilar. Bu muammoni echish uchun Alg'tshuller ijodkorlik faoliyati umumiy qonuniyatlarini ochish maqsadida etuk yaratuvchilarning biografiyalari to'g'risida adabiyotlarni tahlil qildi, ularni bilish ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (TRIZ)ni o'qitish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Uning omadi keladi va natijada ijodkor shaxs xislatlari va hayotiy strategiyalari to'g'risida ta'limot yaratadi. G.S.Altshuller qilgan xulosa o'zining oddiyligi va shu bilan birga murakkabligi: huddi sanhat, matematika va fizika qonunlari kabi ijodkorlik texnologiyalarini har kim egallashi mumkin, butun hayoti davomida ijodkor shaxs xislatlarini ozchilik o'zida tarbiyalashi mumkin va faqat ayrimlarigina o'z hayotini ijodkor shaxs hayotiy strategiyasi qonuniyatlariga muvofiq yashashlari mumkin. 80-yillar o'rtalarida Altshullerning izdoshlari ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (TRIZ) elementlarini sanhatda, fanda, pedagogikada, psixologiyada, meditsina va boshqa yo'nalishlarda qo'llay boshladilar. Natijada kasbiy faoliyatning yangi yo'nalishlari: TRIZ + PEDAGOGIKA, TRIZ + BIZNES, TRIZ + SANHAT, TRIZ + TIBBIYoT yuzaga keldi. Bu yo'nalishlardagi ishlar ko'p sonli nashrlarda aks ettirilgan jiddiy ilmiy natijalar olib keldi. Hozirgi vaqtda TRIZ muvaffaqiyatli rivojlanayapti, Xalqaro ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (TRIZ) assotsiatsiyasi yaratildi, G.S.Altshuller uning prezidenti hisoblanadi. MDHning ko'pgina yirik shaharlarida va qator boshqa davlatlarda ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (TRIZ) markazlari va maktablari faoliyat olib bormoqda.

Shu bilan birga ijodkorlik asosida ta'lim berish ham rivojlanayapti. Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo'lishini frantsuz olimi A.Puankare ko'rsatib o'tgan edi. Xususan, u "Fanning o'zida intuitsiya, agar bir qancha ustunliklarga ega bo'lganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo'lishiga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo'lib qolaveradi" - deb yozadi. Ijodkorlikni amalga oshirish davrlari va uning bosqichlari to'g'risida boshqa olimlar ham bir necha bor o'z fikrlarini bildirganlar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M. Born quyidagilarni yozadi: "... men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko'rmayapman. Ayrim kriteriyalar bo'yicha ko'rsatilgan obraz to'liq hisoblanib, unga

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

xarakterli bo'lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan oldindan aytish qisman ma'lum bo'lgan hodisaning real obrazi o'zining haqiqiyligidan farq qiladi, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa, uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo'lsa-da, oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvaffaqiyati intuitsiyaga juda bog'liqdir...". M.Born o'z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshiradi, boshqasi esa, shu kunga qadar aloqasiz bo'lgan tajribalarning o'zaro bog'liqligi mavjud ekanligi haqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi.

Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Lever'elarning boshqa planetalar harakatida yuz bergan bir oz o'zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muvofiq, Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M.Bornning aytishicha, bu erda nazariya rivojlanmadi: "Bu matematika san'ati va toqatining ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga bo'lgan ishonch edi. Biroq ularni e'tirof etmaganda ham, bu hol nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yo'q; bu ma'lum bo'lgan Nyuton mexanikasining qo'llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi".

Ikkinchi tip ixtiroga A.Eynshteyn tomonidan aytilgan "Quyosh yaqinida yorug'likning chetlanishi" kiradi. Bu inert va gravitatsion massaning praporsionalligi haqidagi muhim faktni sezish va M.Bornning ta'biricha, «tajriba natijalarining uzun zanjiridagi gigant sintez», deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi.

Dalil va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurishga yoki topishga o'tishda, shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o'tishda ilmiy intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Intuitsiya, uning mantiq bilan bog'liqligi, ixtirochilik g'oyalarining kelib chiqishida tutgan o'rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo'lib, uni hozirgacha to'la hal qilinmagan deyish mumkin. Lug'atlarda intuitsiya - "paydo bo'lish yo'llari va shartlari anglanmagan holda hosil bo'luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko'ra sub'ekt unga "bevosita yuzaga" kelgan natija sifatida ega bo'ladi", deb ta'riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta'riflar intuitsiya tabiatini, uning hosil bo'luvchi asosini o'zida aks ettirmaydi va shu sababli uni to'liq deb bo'lmaydi. Bizning fikrimizga ko'ra intuitsiya - bu sub'ekt tomonidan o'ziga fikran qo'yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo'lib, u to'plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.

Ilmiy texnika ijodkorlikni rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar asosiy o'rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy echimlarni ishlab chiqish uchun asos bo'luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi. Ko'p holatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy kashfiyot bilan yakunlanadi.

Bilimlarni to'g'ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo'llashlari, zarur ko'nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktik prinsiplar va o'rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma'lumki, ta'lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Boshlang'ich sinflarda "Texnologiya" fani unumli mehnat va o'quvchilarning texnik

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma'quli o'zaro bog'liq ikkita jarayon - pedagogning rahbarlik faoliyati va o'quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo'ladigan - pedagog va o'quvchilar ishining usullari bo'yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya o'quvchilarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o'rinni egallaydi.

Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin: muammoli ta'lim metodlari - o'quv materialini muammoli bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi; og'zaki metodlar - ijodiy suhbat; ko'rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish; amaliy ish metodlari - o'quvchilarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash; nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish. Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg'ulotda texnik ijodkorlikning turli metodlarini uyg'unlashtirib, o'quvchilar o'quv materialini chuqur o'zlashtirishini ta'minlashdan iboratdir. Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o'quv materialining mazmuniga va mashg'ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo'sinda qo'shib va o'zaro bog'lab qo'llanadi. O'quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish bo'yicha asosiy psixologik pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo'yilgan maqsadga va o'quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega. Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruktsiyalash (modellashtirish); manipulyativ konstruktsiyalash; ma'lumotlari qisqartirilgan texnik xujjatlarni qo'llash; ijodiy masalalarni hal qilish; ijodiy topshiriqlarni bajarish; ilgari tayyorlangan konstruktsiyalarni o'zlashtirib, ishlarni qayta bajarish hayoliy eksperiment, texnik vositalar (shu jumladan trenajerlar)dan foydalanib kam-ko'stlarini tuzatish kabilar.Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirish ularda texnik sohadagi mehnatga qiziqish uyg'otish imkonini beradi.

Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodi evristik metodlar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini echish metodlari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o'rganilgan bo'lib, ular o'z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy metodlar guruhini ajratib ko'rsatadilar. Evristik metod vositasida ijodkorlik masalalarini echishga an'anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan echimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash.

Ijodkorlik masalalarini echishning tahliliy metodida muammo echimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko'zda tutiladi. Bu metodda echim aniqligi ob'ekt yoki jarayon ko'rsatkichlarining o'rganish uchun ishlab chiqilgan model ko'rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini o'quvchilar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda subektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo'llashda ikkala guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.

Bizning fikrimizga ko'ra, o'quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishda darsda turli qiziqarli masalalarning o'rinli qo'llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

АDАBIYОTLАR RОtYXАTI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-sonli "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni

2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2016. - 56 b.

3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi // O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2016. - 48 b.

4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz // - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 488 b.

5. Ibragimova G.N. O'qitishning interfaol metod va texnologiyalari asosida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. / Monografiya. -T .; "Fan va texnologiya", 2016. -77 b.

6. Tolipov O'.Q., Sharipov Sh.S., Islamov I. O'quvchilar dizaynerlik ijodkorligi. Monografiya. -Toshkent: «FAN», 2006. 98 b.

7. Sharipov Sh.S. Kasb-hunar ta'limi tizimida o'quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning uzluksizligi. Monografiya. -Toshkent: «Fan», 2005. -130 b.

8. Sharipov Sh.S. Ijodiy guruhlarni tanlash uslubi. // "Xalq ta'limi" jurnali, 1998 № 2 . 116-119 b.

9. Sharipov Sh.S. Ixtirochilik masalalarining qo'yilishi va ularni еchish uslubi. // "Xalq ta'limi" jurnali, 1998 yil №5 .117-119 b.

10. Qodirov B.R. Sinf zukkolarini tanlash metodikasi. Yosh iste'dodlarni izlaymiz. Metodik qo'llanma. Respublika iste'dod markazi.-T., 1998.26 b.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМATSIЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Xudaykulova Saida Zakirovna, o'qituvchi [Худайкулова Саида Закировна, педагог], [Saida Z. Xudaykulova teacher]; manzil: O'zbekiston, 190111, Surxandaryo, Termiz, I.Karimov ko'chasi 288B uy [адреа Узбекистан, 117036, Сурхандарьинская, Термез, Гулистоп/ И.Каримов 288B дом], [address: Uzbekistan, 117036, Surkhandarya, Termez, Gulisto/ I.Karimov 288B House]; [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.