BOSHLANG'ICH SINF DARSLARIDA TRIZ (IXTIROCHI MASALALARINI HAL QILISH NAZARIYASI) DASTURINI QO'LLASHNING SAMARALI
USULLARI
Maftuna G'aniyeva
Guliston davlat universiteti 2-bosqich magistri
ANNOTATSIYA
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish hamisha dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf darslarida TRIZ dasturini qo'llagan holda, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlrini rivojlantirishning zamonaviy shakl, usul, metodlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Ijodiy fikr, qobilyat, ta'lim, sinf, dars.
EFFECTIVE WAYS TO USE THE TRIZ (INVENTOR PROBLEM THEORY) PROGRAM IN PRIMARY SCHOOL CLASSES
ABSTRACT
Developing the creative skills of primary school students has always been a topical issue. This article discusses the modern forms, methods and techniques of developing students' creative abilities using the TRIZ program in primary school.
Keywords: Creative thinking, ability, education, class, lesson.
TRIZ dasturi 20-asrning o'rtalarida paydo bo'ldi va dastlab u hatto pedagogika bilan ham bog'liq emas edi. 1946 yilda sobiq Sovet muhandisi, olim va fantast yozuvchi Genrix Altshuller ixtirochilar tomonidan eng ko'p qo'llaniladigan usullarni o'rganishni boshladi. Bunday texnikalar qirqqa yaqin edi va ularning barchasi ixtirochi muammolarni hal qilish algoritmi (MHQA) bilan birgalikda TRIZning asosini tashkil etdi.
Shu vaqt ichida u yangi algoritmlarga ega bo'ldi va 80-yillarning boshlarida pedagoglar uni eksperimental sinflar hamda maktablarda o'qitish metodikasi uchun asos qilib olishdi.
TRIZ pedagogikasining maqsadi - moslashuvchan fikrlash va hayolotni rivojlantirish, murakkab masalalarni mohirona va samarali tarzda hal qilish qobiliyatidir.
Zamonaviy pedagogikada o'quvchilar bilan ishlashning o'ziga xos uslublari, noodatiy dars texnikalari va yuqori natijaga erishishda TRIZ dasturi innovatsion yechim hisoblanadi.
Darsning borish rejimi, soatlar soni. Dastur 7-10 yoshli bolalarga mo'ljallangan, 4 yil davomida amalga oshiriladi. O'quvchilar soni - 34 nafar.
1-yil o'qish haftada 1soat ( jami 33 soat)
2-yil o'qish davri haftada 1soat ( jami 34 soat)
3-yil o'qish davri haftada 1soat ( jami 34 soat)
4-yil o'qish davri haftada 1soat ( jami 34 soat)
Dastur ajratilgan qo'shimcha o'quv soatlari hisobidan amalga oshiriladi. Darsni o'tish joyi: Darsni o'tish faqat o'quv xonalarida emas, balki sport zallari, faollar zali, o'yin maydonchalarida o'tkazish tavsiya etiladi (o'quv jarayonlari turiga qarab).
Harakat turlari:
- O'yin jarayoni ( harakat o'yinlari orqali)
- Adabiy - badiiy j aray oni
- Tasviriy jarayon
- Relaksatsiya mashqlarini bajarish, ijodiy fikrlarni rivojlantirish, dialektik sistemali, asotsiativ, ijodiy, mantiqiy fikrlash, loyihalash harakat.
Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturining I - IV sinflarda qo'llashni samaraliligi va effektivliligi quyidagi shartlarga bog'liq.
- Ixtiyoriy qatnashish va o'zini ko'rsatish istagi.
- Ishni formasi va uslubi, yangilikligi va qiziqarliligi.
- Bolalarni tashabbusini birdamliligini ta'minlashda o'qituvchining ro'li.
- Individual, guruhli va jamoaviy harakatni uyg'unligi.
- Har xil darajadagi loyiha va festivallar, ko'rik - tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati, maqsadli va samarali harakatlarni mavjudligi.
- Ochiq, erkin fikrlashga bolalarni jalb etish.
Darsdan tashqari o'quv jarayonini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish rejasi natijalari.
Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturi bo'yicha o'quv jarayonida bilim va ko'nikmalarga yo'naltirigan talablar.
O'quv jarayoni darajasiga maktabning umumiy o'rta ta'lim dasturi talablari qo'yiladi.
Ushbu dasturni amalga oshirishda o'quvchilar bilishi kerak bo'lgan talablar: O'qishni birinchi yili bilishi kerak.
- Ijodiy o'ylar taraqqiyoti (PTB) nima?
- Ijodiy o'ylar taraqqiyoti nima uchun kerak?
- Ijodiy ongni rivojlantirish o'yinlari.
- Tasviriy san'at orqali fantaziya usullari.
- Fantastik buyumlarni tasviriy algoritmi.
- Ijodiy ongni rivojlantirishga yo'naltirilgan o'yinlami o'ynash.
- Tasvir algoritmini qo'llab buyum va fantastic buyumlar yaratish.
- piktogramm yordamida ularni tarixini yozish.
- sxema modellar (piktogramm) yordamida ertakni so'slab berishni bilish.
- O'z fikrini bildirish.
- O'zgalar fikrini hurmat qilish.
- "Yomonlik qilma" shiori ostida olingan bilim va ko'nikmalarni hayotga tatbiq
qilish.
Ikkinchi o'quv yilida Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturi bo'yicha o'quv jarayonida o'quvchilar bilishi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalarga qo'yilgan talablar.
Bilishi kerak:
- Kompleks nima?
- Kompleks yaratish algoritmi.
- Janni Rodarining fantaziya usuli.
- Ixtirochilik masalalrini yechish nazariyasining asosiy tushunchasi, fantaziya usuli. Ko'nikma:
- Voqelikni komiks ko'rinishida yozish.
- Ijodiy ongni rivojlantirishga yo'naltirilgan o'yinlarni o'ynash.
- Oldindan o'rganilgan fantaziya qilish usullari yordamida ertak to'qish,fantastik hikoyalar o'ylab topish.
- Ob'ekt nuqtai nazaridan j arayonni ta'riflash.
- O'z nuqtai nazarini bildirish.
- O'zgalar fikrini hurmat qilish.
- " Yomonlik qilma" shiori ostida olingan bilim va ko'nikmalarni hayotga tatbiq qilish.
Uchinchi o'quv yilida Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturi bo'yicha o'quvchilar olishi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalarga qo'yiladigan talablar. Bilishi kerak:
- "Sistema operatori", "Sehrli ekran", "To'qqiz ekrancha", "Sistema", "Sistema osti", "Sistema usti", "Funksiya", "O'tgan sistema", "Kelasi sitema", "Antisistema", "Sistema emas", tushunchalarini aniqlash.
- Topishmoqlar to'qish algoritmi.
- "Morfologik quticha" usuli asosida ertak va voqealar to'qish algoritmi.
- "Haa - yo'q" o'yini mantiqi muhokamasi. Ko'nikma:
- Bir-birini eshitish, o'z fikrini aytish, bir-birini so'zini bo'lmaslik.
- Savol berish, noma'lum maydonni bartaraf etish.
- "Morfologik quti", "Morfologik tahlil", "To'qqiz ekran", usullarini qo'llab ertak va voqealar to'qish.
- "Morfologik tahlil" usulini qo'llab o'yinlar o'ylab topish.
- O'z fikrini aytish
- O'zgalar fikrini hurmat qilish.
- "Yomonlik qilma!" shiori ostida olingan bilimlarni hayotga tatbiq etish.
To'rtinchi o'quv yilida ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturi bo'yicha o'quv jarayonida o'quvchilar olishi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalarga qo'yiladigan talablar.
Bilishi kerak:
- "Qarama-qarshilik", "qarama - qarshilik prinsiplari yechimi" tushunchalariga ta'rif berish.
- "Yaratish masalasi" tushunchasiga ta'rif berish.
- "Dala buyum resurslari" tushunchasiga ta'rif berish.
- "Inversiya", "Samoviy o'tish", "boshqa holatga o'tish", "oldindan qo'yilgan yostiq", "Matryoshka", "maydalash-birlashtirish", "sakrash", "Ziyonni foydaga aylantirish", qarama - qarshiliklarni hal qilish usuli.
Ko'nikma:
- Hodisa va narsa-buyumlar o'rtasida mantiqiy bog'liqlik yaratish.
- "Yomonlik qilma" shiori ostida "yaratish masalalasi" ni yechish, qarama -qarshiliklarni bartaraf etish, maqsadga muvofiq intilish, olingan bilim va ko'nikmalarni hayotga tatbiq etish.
To'rt yillik o'quv davomida 1-4 sinflarda Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturi bo'yicha o'quvchilar olgan bilimlarida shaxs sifati
- Anglash,ijod, jamoat, faollik:
- Nostandart vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligi:
- Mustaqilligi ( qaror qabul qilish vaqtida):
- Hamkorlikda boshqalar bilan ishlash ko'nikmasi, o'z qaroriga javob bera olishi:
- Muomalaliligi (kommunikatsiyasi):
- Boshqalarga, o'ziga bo'lgan hurmat:
- Shahsiy va hamkorli javobgarlik.
TRIZ texnologiyasi universal vosita sifatida deyarli barcha faoliyat turlarida (ta'lim jarayonida ham, o'yinlarda ham, rejim lahzalarida) ishlatilishi mumkin. Bu sizga maktab yoshidagi bolaning ongida dunyoning yagona, uyg'un, ilmiy asoslangan modelini shakllantirishga imkon beradi. Muvaffaqiyatli vaziyat yaratiladi, qaror natijalari almashiniladi, bir bolaning qarori boshqasining fikrini faollashtiradi, tasavvur doirasini kengaytiradi, uning rivojlanishini rag'batlantiradi. Texnologiya har bir bolaga o'ziga xosligini ko'rsatishga imkon beradi. Bolalarni tashqaridan o'ylashga o'rgatadi.
REFERENCES
1. VOLTOV. A.V. "Ta'lim muassasasining asosiy ta'lim dasturining modellari: Mintaqalar tajribasi". Moskva. Ta'lim, 2011 - 110 b
2. Goryachev A.V., Iglina N.I. "Men hamma narsani bilib olaman, men hamma narsani qila olaman". Boshlang'ich maktabda loyiha faoliyati bo'yicha qo'llanma.(2-4-smflar). - Moskva.Balass,2010-64b
3. Dimitrova T.V. "Boshimda yuzta hayol". Samara, 1996.-131b