Научная статья на тему 'PROFESSONAL TA’LIM TIZIMIDA O‘QUVCHILAR TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

PROFESSONAL TA’LIM TIZIMIDA O‘QUVCHILAR TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
251
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Texnik ijodkorlikni o‘qitish tizimi / texnik fikrlash / konstruktorlik-texnologik faoliyat / konstruktorlik va texnologik vazifalar / texnologiya bo‘yicha darsdan tashqari ishlar / qo‘shimcha ta’lim tizimida to‘garak ishlari. / Technical creativity training system / technical thinking / constructive-technological activity / constructive and technological tasks / extracurricular work on technology / circle work in the additional education system.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Usanov, A.E.

Shaxsning ijodiy fazilatlarini rivojlantirish, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilarni tashabbuskor, mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirishning asosiy omili o‘quv va ijodiy faoliyatni, shu jumladan texnik ijodiy faoliyatni tashkil etishdir. Texnik ijodkorlik jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradilar, innovatsiya va ixtiro asoslari bilan tanishadilar, ijodiy muammolarni hal qilish usullarini o‘zlashtiradilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY FOR DEVELOPING TECHNICAL CREATIVITY OF STUDENTS IN THE PROFESSIONAL EDUCATION SYSTEM

The main factor in the development of creative qualities of a person, the formation of a creative attitude of students to initiative, work in vocational training institutions is the organization of educational and creative activities, including technical creative activities. In the process of technical creativity, students develop their creative abilities, get acquainted with the basics of innovation and invention, master the methods of solving creative problems.

Текст научной работы на тему «PROFESSONAL TA’LIM TIZIMIDA O‘QUVCHILAR TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

PROFESSONAL TA'LIM TIZIMIDA O'QUVCHILAR TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Usanov A.E.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti

ANNOTATSIYA

Shaxsning ijodiy fazilatlarini rivojlantirish, kasb-hunar ta 'limi muassasalarida o 'quvchilarni tashabbuskor, mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirishning asosiy omili o 'quv va ijodiy faoliyatni, shu jumladan texnik ijodiy faoliyatni tashkil etishdir. Texnik ijodkorlik jarayonida o'quvchilar o'zlarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradilar, innovatsiya va ixtiro asoslari bilan tanishadilar, ijodiy muammolarni hal qilish usullarini o 'zlashtiradilar.

Kalit so'zlar: Texnik ijodkorlikni o'qitish tizimi, texnik fikrlash, konstruktorlik-texnologik faoliyat, konstruktorlik va texnologik vazifalar, texnologiya bo'yicha darsdan tashqari ishlar, qo 'shimcha ta 'lim tizimida to 'garak ishlari.

The main factor in the development of creative qualities of a person, the formation of a creative attitude of students to initiative, work in vocational training institutions is the organization of educational and creative activities, including technical creative activities. In the process of technical creativity, students develop their creative abilities, get acquainted with the basics of innovation and invention, master the methods of solving creative problems.

Key words: Technical creativity training system, technical thinking, constructive-technological activity, constructive and technological tasks, extracurricular work on technology, circle work in the additional education system.

Jahon ta'lim tizimidagi islohotlar hamda qadriyatlarning o'zgarishi pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv va texnologiyalarni faol joriy etishni taqozo etmoqda. Ta'lim jarayoniga tatbiq etilayotgan innovatsiyalar samarasi o'qituvchining kasbiy-pedagogik ijodkorligi xarakteri va uning rivojlanganligi darajasiga bevosita bog'liq.

Ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo umumiy o'rta ta'lim tizimida amalga oshiriladi. Biroq, ta'lim va tarbiya amaliyotida o'quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish ta'limiy texnologiyalarning tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilmasdan, bu borada funksional yondoshuv ustunlik qilmoqda. Ba'zi pedagoglar o'quv-ijodiy faoliyatga nisbatan ijobiy

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

motivlarga e'tiborni qaratsa, boshqalari intellektual sifatlarni, o'quvchining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkillashtirishga asosiy e'tiborni qaratmoqdalar.

Uzluksiz ta'lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor shaxsni tarbiyalash, o'quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta'lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o'zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo'naltirilganligini ta'minlashni taqozo etadi. Texnik ijodkorlik va dizayn fani o'quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari, texnik ijodkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari, ixtiro, kashfiyot, ratsionalizatorlik takliflari va patent axboroti, texnik ijodkorlik masalalarini yechish metodlari, dizayn va modellashtirish, dizayn asoslari, texnik modellashtirish va konstruktsiyalash, o'quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatiga rahbarlik qilish, sinfdan va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish, o'quvchilar texnik ijodkorligini rivojlantirish metodlariga oid mavzular yoritilib, bilim berish ko'zda tutilgan.

MUXOKAMA VA NATIJALAR

O'quvchilarning texnik ijodkorligini tashkil qilishda ikki o'zaro bog'liq vazifani e'tiborga olish lozim. Ularning birinchisi o'quvchilar ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan; ikkinchisi - o'zlashtirilgan bilimlarni ta'limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo'llay olishga o'rgatish bilan belgilanadi. Texnik ijodkorlik o'quvchilar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta'minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi.

Bu holat, ayniqsa bo'lajak mehnat va kasb ta'limi o'qituvchilarining fan asoslarini o'zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda ijodiy ishlar shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijodkorlik faoliyatida o'quvchining psixologik xususiyatlari aqliy yaratuvchanlik, ixtiroga moyilligi, hohishi va bevosita qiziqishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Agar biz ijodiy faoliyatni psixologik-pedagogik yondashuv nuqtai nazaridan ma'lum bir mavzu uchun yangi bilim, ko'nikma va boshqalarni olish shaklida yangi qadriyatlarni yaratish jarayoni deb hisoblasak, ijodkorlik esa bunday faoliyat sifatida qaraladi. Ma'lum bir mavzuga ilgari noma'lum bo'lgan narsalarni kashf qilish yoki yaratishga hissa qo'shadi. Bu yondashuvning asosiy vositalari: intuitiv fikrlash, ijodiy tasavvur, mantiqiy fikrlash dizayndagi shaxsiy-faoliyat yondashuvi ta'lim maydonini loyihalashda ijodiy faoliyat sifatida qaraladi.U faqat hammualliflar, o'quv jarayoni sub'ektlari, xususan, o'quvchi, madaniyat va shaxsning muloqotida paydo bo'lishi mumkin. Shuni aytish joizki, ta'lim jarayonida ijodiy faoliyatni samarali tashkil

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

etishni amalga oshirish o'quv sharoitlarini yaratishga, o'qitish usullarini ushbu aniq shartlarga asosan tanlashga bog'liq; ijodkorlikning o'ziga xosligi va o'rganilayotgan materialning xususiyatini, o'quvchilarning loyihalashtirish metodiga egaligini hisobga olgan holda, loyihalashtirish metodi o'quvchilarning o'quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida ijodiy o'z-o'zini anglashi va unda ijodiy o'zini-o'zi rivojlantirish asosini tashkil etadi. O'quvchilarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish ijodkorlikni rivojlantirish va kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish usullaridan biridir.

O'quvchining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda texnika taraqqiy etayotgan davrda bu muhim omillardan biridir. Ijodkorlik faoliyatida qobiliyat muhim bir omil hisoblanadi. Lekin qobiliyat o'zi nima?

Qobiliyat-shaxsning individual psixologik xususiyati bo'lib, unga bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni o'zlashtirilishining to'liqligi, yengilligi, chuqurligi, hamda turli faoliyatni o'zlashtirish va uni muvaffaqiyatli bajarishga bog'liqligidir. Ijodkorlik qobiliyatlari ijodkorlikda o'quvchilarni psixologik xususiyatlarini ko'rsatsa ularni jismoniy, aqliy fiziologik jihatdan buyumlarni, har xil operatsiyalarni bajara olishi ularni rivojlantirish ijodkorlikda fiziologik xususiyatlarini o'rganish texologiya darslarida o'qituvchining mahoratini ko'rsatib beradi. Ijodiy mehnat asoslarini o'zlashtirish va ijodkor shaxsni tarbiyalash o'quvchilarning ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yordam beradi. Bu esa o'z navbatida ma'naviy barkamol, bilimlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalashga, fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga xizmat qiladi.

O'quvchilarning bilishga oid qo'llanilgan usullarni, paydo bo'lgan muammo va uni yechish yo'llarini tushunishi bo'yicha fikr yuritishi, tahlil etishi, o'quvchilarning individual tarzda erishgan natijalarini aniqlashda ko'maklashishi, jamoa bo'lib yaratilgan ta'limiy natijalarini aniqlashi, izlanishli, ta'limiy vaziyatlarning asosiy texnologik elementlari: motivatsiya, muammolar qo'yish, vaziyat ishtirokchilari tomonidan muammoni echish, ta'limiy natijalarni namoyon etish, ularni bir-birlari bilan qiyoslashdan iborat.

Biroq, o'quvchilarning ijodkorligi nisbatan soddaroq jarayon bo'lganligi sababli keltirilgan bosqichlarni o'quvchilarning ijodkorligiga, bevosita tadbiq qilib bo'lmaydi. O'quvchilarni mehnatga tayyorlashda ijodkorligini rivojlantirish yo'llari pedagog olimlar tomonidan ko'rsatib berilgan.

Ijodkorlikka bo'lgan ehtiyoj, psixofiziologik jihatdan qaralganda, o'z rivojlanishida bir nechta bosqichlarda amalga oshadi.

Bulardan birinchisi mayl-ehtiyojning eng sodda shakli bo'lib, inson tomonidan ongli boshqariladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Ikkinchi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo'lgan havas ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma'lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi.

Uchinchi, eng murakkab bosqich bo'lgan qiziqish xohish va u bilan bog'liq bo'lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi ta'sirlar, shaxs faoliyati hamda ta'lim-tarbiya jarayoni ta'sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta'sir ko'rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

O'quvchilar ijodkorlik faoliyatida diqqat, psixik faoliyatning yo'naltirilishi bilan birga uning to'planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo'lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg'itish demakdir. Diqqatning bir joyga to'planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko'pmi chuqur e'tibor berish tushuniladi.

Qiziqish bilimlarning ongli, puxta, barqaror, anglangan holda o'zlashtirilishida ko'nikma va malakalarni shakllantirishda shaxs qobiliyati, zehni, o'quvchanligi rivojlanishiga, olamni mukammalroq bilishga, bilim saviyasini kengayishiga yordam beradi. Qiziqish motiv singari borliqning mo'jizakor tomonlarini bilishga, fan asoslarini egallashga, faoliyatning turli-tuman shakllariga nisbatan ijodiy yondashishni vujudga keltiradi. O'quvchilarni ijodkorlikka mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishini shakllantiradi, o'quvchilarda ishchanlik, g'ayrat shijoat, egilmas irodani tarkib toptirishga puxta shart-sharoit yaratadi.

REFERENCES

1. L.E.Bobomurodova. "Texnik ijodkorlik va dizayn" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish. - Samarqand.: 2019 y

2. Асатрян А.Т. Развитие творческих способностей школьников в куржках станции юных техников. М.,1987. 18 с.

3. Андрианов П.Н. Мактаб укувчилари техник ижодкорлиги. Тузувчи: П.Н. Андрианов Т., Укитувчи 1989 й 128 бет.

4. Алексеев В.Е. Усмирларда ижодкорлик куникмаларини ривожлантириш. -Т.: Укитувчи, 1992. -88 б.

5. Алимов Н., Тогаев Х., Турматов Ж. Укувчиларни техник ижодкорлик фаолиятига рахбарлик килиш. Касб-хунар таълими. -Т.: 2004. -No 3. -Б. 26-27.

6. Аверин A.M. Формирование теоретического мышления в процессе решения технических задач. Психолого-педагогические особенности

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

подготовки учащихся к творческому труду: Сб. науч. тр. / Свердл. пед. ин-т. Свердловск, 1981,- С. 24-29.

7. Адаменко А.С. Творческая техническая деятельность детей и подростков и библиотека. Актуальные вопросы библиотечной работы: теория и практика. М., 1986,- С. 56-65.

8. Алексеев В.Е. Организация технического творчества учащихся. М.: Высш. шк., 1984,- 46 с.

9. Алексеев В.Е. Педагогические проблемы развития технического творчества молодежи. Ташкент: Фан, 1980.- 150 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.