Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH'

O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1572
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijodkorlik / kobiliyat / pedagogik / o’quvchi. / creativity / ability / pedagogical / student.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. Xudayberganov, U. Kalandarova, Z. Ruzmetova

Ushbu maqola o’quvchining faoliyati undagi mavjud bilimlar doirasidan tashqariga chiqib keta olmaydi. Shuning uchun ularga avval bu asosiy bilimlarni ma’lum qilish, ularni loyihalashtirilgan, shu jumladan ijodiy mahsulotlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakaga o‘rgatish lozim. O‘quvchilarning ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishda umumpedagogik prinsiplarga amal qilish lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING STUDENTS' CREATIVE ACTIVITY

The activity of the reader of this article cannot go beyond the existing knowledge. Therefore, it is necessary to first inform them of this basic knowledge, to teach them the practical skills and competences necessary to create designed, including creative products. General pedagogical principles should be followed in the development of students' creative abilities.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'QUVCHILARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

Xudayberganov.A.N

Dotsent, UrDU Pedagogika fakulteti dekani Kalandarova U.Yu Ruzmetova Z.Sh

UrDU Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7216978 Annotatsiya. Ushbu maqola o'quvchining faoliyati undagi mavjud bilimlar doirasidan tashqariga chiqib keta olmaydi. Shuning uchun ularga avval bu asosiy bilimlarni ma'lum qilish, ularni loyihalashtirilgan, shu jumladan ijodiy mahsulotlarni yaratish uchun zarur bo 'lgan amaliy ko 'nikma va malakaga o 'rgatish lozim. O'quvchilarning ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishda umumpedagogikprinsiplarga amal qilish lozim.

Kalit so'zlar: Ijodkorlik,kobiliyat,pedagogik,o 'quvchi.

ORGANIZING STUDENTS' CREATIVE ACTIVITY

Abstract. The activity of the reader of this article cannot go beyond the existing knowledge. Therefore, it is necessary to first inform them of this basic knowledge, to teach them the practical skills and competences necessary to create designed, including creative products. General pedagogical principles should be followed in the development of students' creative abilities.

Keywords: creativity, ability, pedagogical, student.

ОРГАНИЗАЦИЯ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ

Аннотация. Деятельность учащегося в данной статье не может выходить за рамки имеющихся в ней знаний. Поэтому необходимо сначала донести до них эти базовые знания, обучить их практическим навыкам и компетенциям, необходимым для создания дизайнерских, в том числе творческих продуктов. В развитии творческих способностей учащихся необходимо руководствоваться общепедагогическими принципами.

Ключевые слова: творчество, способность, педагогический, ученик.

KIRISH

O'quvchilarning ijodkorlik sifatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatdan ulkan imkoniyatlar mavjud bo'lib, uning ro'yobga chiqishida nazariy izlanishlar va amaliy faoliyatni to'g'ri tashkil etish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

O'quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlari, ularni ijodkorlikka o'rgatishning maqsad va vazifalarini hisobga olgan holda ijodkorlik darslarini quyidagi tamoyillar asosida loyihalashtirish tavsiya etiladi.

- O'quvchining faoliyati undagi mavjud bilimlar doirasidan tashqariga chiqib keta olmaydi. Shuning uchun ularga avval bu asosiy bilimlarni ma'lum qilish, ularni loyihalashtirilgan, shu jumladan ijodiy mahsulotlarni yaratish uchun zarur bo'lgan amaliy ko'nikma va malakaga o'rgatish lozim.

- Mashg'ulotlarni tashkillashtirishda o'quvchi uchun kerakli axborotni tanlay bilish lozim. Zero, yakuniy maqsadga qaratilmagan har qanday axborot maqsadga erishishni qiyinlashtiradi, ta'lim samaradorligini keskin pasaytiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- Mehnatning ko'pgina turlarida o'quvchilar ilgarigi ishlaridan tanish bo'lgan ayrim ish elementlari, usul va qoidalari bilan uchrashadilar. Ular yangi materialni o'rganish chog'ida o'ziga ma'lum qoidalarni qo'llaydilar.

- O'quvchi bir ishni bir nechta mashg'ulotda katta qiziqish bilan bajarishi mumkin. Demak, unda mehnatga qiziqishni ushlab turish uchun ish turlarini tez-tez o'zgartirib turish zarur.

- Maktab o'quvchisi aksariyat hollarda katta yoshdagilarga taqlid qilishga intiladi. Boladan kattalar rahbarligisiz ijodiy va savodli ishni kutish qiyin.

O'quvchilarning ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishda umumpyedagogik prinsiplarga amal qilish lozim.

l.O'quvchilarning ijodkorlik qobilyatini rivijlantirishning foydali yo'nalishi: O'z ishidan ma'naviy qoniqishni ta'minlash.

2. Har bir o'quvchining o'z moyillari va qiziqishlarini hisobga olgan holda tegishli buyumlarni ixtiyoriy va ongli ravishda tanlash.

3.O'quvchilarning dars jarayoni ijodiy xarakterda bo'lishi, mustaqil topshiriqqa ijodiy yondoshish.

4.O'quvchilarning ijodkorlikini rivojlantirish ommaviy xarakterda bo'lishi ya'ni ko'pchilik o'quvchilarni jalb qilish.

5.O'quvchilarni individual xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olish lozim.

Shunday qilib, o'quvchilarning ijodkorligi ilmiy texnikaviy va umumta'lim fanlaridan olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularni tafakkurini rivojlantiradi, mustahkam mehnat ko'nikmalari va malakalarini tarkib topishiga yordam beradi, rasionalizatorlik va ixtirochilikka o'rgatadi, siyosiy bilim doirasini kengaytiradi. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o'rgatish, uni o'z zamonasining eng ilg'or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

P.N.Andrianov o'quvchilar ijodkorligi misolida ijodkorlik faoliyatini quyidagi bosqichlarga bo'lib ko'rsatadi:

- g'oyani idrok etish va asoslash;

- topshiriqni texnik jihatdan ishlab chiqish;

- topshiriq (ob'ekt) ustida ishlash;

- ob'ektni ishda sinab ko'rish va ijodiy yechim natijasini baholash.

Biroq, o'quvchilarning ijodkorligi nisbatan soddaroq jarayon bo'lganligi sababli keltirilgan bosqichlarni o'quvchilarning ijodkorligiga, bevosita tadbiq qilib bo'lmaydi. O'quvchilarni mehnatga tayyorlashda ijodkorligini rivojlantirish yo'llari pedagog olimlar tomonidan ko'rsatib berilgan.

Ijodkorlik faoliyatida o'quvchining psixologik xususiyatlari aqliy yaratuvchanlik, ixtiroga moyilligi, xoxishi va bevosita qizqishlari muxim axamiyat kasb etadi. O'quvchining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda texnika taraqqiy etayotgan davrda bu muhim omillardan biridir.

Ijodkorlik faoliyatida qobiliyat muxim bir omil hisoblanadi lekin qobiliyat o'zi nima?

Qobiliyat-shaxsning individual psixologik xususiyati bo'lib, unga bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni o'zlashtirilishining to'liqligi, yengilligi, chuqurligi, hamda turli faoliyatni o'zlashtirish va uni muvaffaqiyatli bajarishga bog'liqligidir. Ijodkorlik qobiliyatlari ijodkorlikda o'quvchilarni psixologik xususiyatlarini ko'rsatsa ularni jismoniy, aqliy fizologik jixatdan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

buyumlarni, xar hil operatsiyalarni bajara olishi ularni rivojlantirish ijodkorlikda fizologik xususiyatlarini o'rganish texologiya darslarida o'qituvchining maxoratini ko'rsatib beradi.

Ijodiy mehnat asoslarini o'zlashtirish va ijodkor shaxsni tarbiyalash o'quvchilarning ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yordam beradi. Bu esa o'z navbatida ma'naviy barkamol, bilimlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalashga, fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga hizmat qiladi.

Ijodkorlikka bo'lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, o'z rivojlanishida bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi mayl-ehtiyojning eng sodda shakli bo'lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo'lgan havas ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma'lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchi, eng murakkab bosqich bo'lgan qiziqish xohish va u bilan bog'liq bo'lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi ta'sirlar, shaxs faoliyati hamda ta'lim-tarbiya jarayoni ta'sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta'sir ko'rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

O'quvchilar ijodkorlik faoliyatida diqqat psixik faoliyatning yo'naltirilishi bilan birga uning to'planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo'lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg'itish demakdir. Diqqatning bir joyga to'planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko'pmi chuqur e'tibor berish tushuniladi. Masalan:Uyga berilgan topshiriqni bajarishda o'quvchi ba'zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to'planishi kuchli bo'ladi. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlab bog'lab olib borishimiz kerak. Qiziqish bilimlarning ongli, puxta, barqaror, anglangan holda o'zlashtirilishida ko'nikma va malakalarni shakllantirishda shaxs qobiliyati, zehni, o'quvchanligi rivojlanishiga, olamni mukammalroq bilishga, bilim saviyasini kengayishiga yordam beradi. Qiziqish motiv singari borliqning mo'jizakor tomonlarini bilishga, fan asoslarini egallashga, faoliyatning turli-tuman shakllariga nisbatan ijodiy yondashishni vujudga keltiradi. O'quvchilarni ijodkorlikka mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishini shakllantiradi, o'quvchilarda ishchanlik, g'ayrat shijoat, egilmas irodani tarkib toptirishga puxta shart-sharoit yaratadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Agar biz ijodiy faoliyatni psixologik-pedagogik yondashuv nuqtai nazaridan ma'lum bir mavzu uchun yangi bilim, ko'nikma va boshqalarni olish shaklida yangi qadriyatlarni yaratish jarayoni deb hisoblasak, ijodkorlik esa bunday faoliyat sifatida qaraladi. ma'lum bir mavzuga ilgari noma'lum bo'lgan narsalarni kashf qilish yoki yaratishga hissa qo'shadi. Bu yondashuvning asosiy vositalari: intuitiv fikrlash, ijodiy tasavvur, mantiqiy fikrlash dizayndagi shaxsiy-faoliyat yondashuvi ta'lim maydonini loyihalashda ijodiy faoliyat sifatida qaraladi, u faqat hammualliflar, o'quv jarayoni sub'ektlari, xususan, o'quvchi, madaniyat va shaxsning muloqotida paydo bo'lishi mumkin.

Loyiha faoliyati innovatsion, ijodiy faoliyat toifasiga kiradi, chunki u voqelikni o'zgartirishni o'z ichiga oladi, birlashtirilishi, o'zlashtirilishi va takomillashtirilishi mumkin bo'lgan tegishli texnologiya asosida qurilgan. Dizayn jarayoni murakkab dinamik neoplazmadir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Jarayon (lotincha processus - ko'tarish) - ma'lum bir natijaga erishish uchun ketma-ket harakatlar majmui.

O'quvchilarning bilishga oid qo'llanilgan usullarni, paydo bo'lgan muammo va uni yechish yo'llarini tushunishi bo'yicha fikr yuritish, tahlil etish. O'quvchilarning individual tarzda erishgan natijalarini aniqlashda ko'maklashishi. Jamoa bo'lib yaratilgan ta'limiy natijalarini aniqlash. Izlanishli ta'limiy vaziyatlarning asosiy texnologik elementlari: motivatsiya, muammolar qo'yish, vaziyat ishtirokchilari tomonidan muammoni echish, ta'limiy natijalarni namoyon etish, ularni bir-birlari bilan qiyoslashdan iborat. XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki ta'lim jarayonida ijodiy faoliyatni samarali tashkil etishni amalga oshirish o'quv sharoitlarini yaratishga, o'qitish usullarini ushbu aniq shartlarga bog'liq holda tanlashga bog'liq; ijodkorlikni o'ziga xosligi va o'rganilayotgan materialning xususiyatini, o'quvchilarning loyihalashtirish metodiga egaligini hisobga olgan holda. Loyihalashtirish metodi o'quvchilarning o'quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida ijodiy o'z-o'zini anglashi va unda ijodiy o'zini-o'zi rivojlantirish asosini tashkil etadi. O'quvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish ijodkorlikni rivojlantirish va kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish usullaridan biridir.

REFERENCES

1. S.Bulatov "O'zbek xalq amaliy bezak san'ati" T., "Mehnat", 1991 yil

2. "Amaliy san'at qisqacha lug'ati" T., Qomuslar bosh tahririyati 1992 yil

3. "O'zbekistonmilliyyensiklopediyasi" 3-qismT., Davlatilmiynashriyoti

4. M.A.Maqsumova "Xalqxunarmandchiligi" ToshkentNizomiynomli

5. Katasonova Ye. Y. Mo'g'ulgacha bo'lgan Rossiyaning Oltin kashtasi. X-XIII asrlar./ Ubrus jurnali No. 4-st. Peterburg. Optina cho'lining taxmin hovlisidagi Oltin tikish ustaxonasining nashri, 2005 yil

6. L.Sh. Shamuxitdinova. Amber kompozitsiyalari asosida jakkardli yarim tayyor aloqalar uchun yangi to'quv naqshlarini yaratish xususiyatlari. 3/2005 to'qimachilik muammolari

7. Shamuxitdinova L. S. to'qimachilik yarim tayyor kiyimlarini loyihalash texnologiyasining informatsion-strukturaviy modelini ishlab chiqish / / dokl. Referatlar. -universitetlararo ilmiy-texnik konferentsiya. Kostroma. QSTU. 2004.

8. K. I. Xolmirzayev, M. Qosimov, U. M. Muminov yeshilgan ipning insolyatsiya ostida chidamliligining nisbiy natijalari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.