Научная статья на тему 'TENGDOSHLARIGA TENG BOLALAR'

TENGDOSHLARIGA TENG BOLALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
46
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
nogiron / loyiha / dastur / ta’lim / inklyuziv / xoreografiya / raqs / ritmika / jamiyat / faollik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muattarxon Tо‘ychiyeva

Maqolada nogironligi bо‘lgan shaxslar, xususan bolalar va ularning jahon hamjamiyati nigohidagi о‘rni: manfaatlari, huquqlari, yangi О‘zbekistonda nogironlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxо‘rlik tо‘g‘risida atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy-psixologik, aqliy va jismoniy rivojlanishida xoreografiya san’atining о‘rni, bu borada olib borilayotgan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida olib borilayotgan grant loyiha va uning mazmun-mohiyati tо‘g‘risida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TENGDOSHLARIGA TENG BOLALAR»

TENGDOSHLARIGA TENG BOLALAR

Muattarxon To'ychiyeva [email protected] O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Annotatsiya: Maqolada nogironligi bo'lgan shaxslar, xususan bolalar va ularning jahon hamjamiyati nigohidagi o'rni: manfaatlari, huquqlari, yangi O'zbekistonda nogironlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlik to'g'risida atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy-psixologik, aqliy va jismoniy rivojlanishida xoreografiya san'atining o'rni, bu borada olib borilayotgan O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida olib borilayotgan grant loyiha va uning mazmun-mohiyati to'g'risida yoritilgan.

Kalit so'zlar: nogiron, loyiha, dastur, ta'lim, inklyuziv, xoreografiya, raqs, ritmika, jamiyat, faollik.

CHILDREN EQUAL TO THEIR PEERS

Muattarkhan Tuychiyeva [email protected] Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: The article describes in detail the role of persons with disabilities, in particular children and their role in the eyes of the world community: their interests, rights, high attention and care for the disabled in the new Uzbekistan. The article also covers the role of the art of choreography in the psychological, mental and physical development of children with disabilities, the grant of the Academy of choreography of the Republic of Uzbekistan in this regard, the project and its content.

Keywords: disabled, project, program, education, inclusive, choreography, dance, rhythm, society, activity.

"Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash zarur". Shavkat Mirziyoyev, O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Har yili "3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" butun dunyo bo'ylab keng nishonlanadi. Bundan asosiy maqsad nogironligi bo'lgan va nogiron bo'lmagan kishilarning teng huquqliligini, nogironlarning manfaatlari, huquqlarini inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda ularning qadr-qimmatini himoyalovchi

I ¡bOH^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

qonunlarning joriy etilishini ta'minlab, barcha uchun ma'naviy, huquqiy tenglik jamiyatini qurishdan iboratdir.

Yurtimizda ham nogironligi bo'lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to'laqonli a'zosi ekanliklarini ifoda etish maqsadida turli tadbir va islohotlar doimiy amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2017-yil 1-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonning imzolanishi Davlatimiz tomonidan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosati olib borilayotganining yaqqol isbotidir.

Ammo har sohada bo'lgani kabi nogironligi bo'lgan shaxslarning muammolarini hal qilishda, xususan bolalar ta'limida bir qator kamchiliklar mavjud. Mazkur kamchiliklar borasida O'zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi -"Zamin" fondi Vasiylik Kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon bolalar kuniga bag'ishlangan xalqaro forumda so'zlagan nutqida "...nogironligi bo'lgan bolalar ta'limi masalasi hanuzgacha juda achinarli ahvolda qolmoqda. Bugun fursatdan foydalanib, ushbu bolalarga ham boshqa bolalar kabi keng imkoniyat va sharoit yaratish, ularning huquqlarini ta'minlash o'ta muhim masala ekanini ta'kidlamoqchiman. Va nafaqat davlat idorasi mutasaddilari, balki butun jamoatchilikni mazkur masalaga jiddiy mas'uliyat bilan qarashga chaqirib qolaman Chunki har bir bolaning o'zligi bor. Bolalar har hil bo'lgani bilan ularning huquqlari teng bo'lishi lozim"1 -deya, ta'kidladi. Chindan ham nogironligi bo'lgan bolalarning jamiyatimizdan ayri bo'lmay ulg'ayishida ta'lim tizimida islohotlar, keng jamoatchilikning e'tibori va ko'magi zarurdir.

Ma'lumki, imkoniyati cheklangan bolalar, asosan, maktab-internatlarda tarbiyalanadi, maxsus ta'lim oladi, o'z imkoniyatlari darajasida ijodiy-texnik mehnat bilan shug'ullanadi. Ayni paytda ular qo'shimcha ta'lim bilan ham shug'ullanadilarki, bu esa ularning sog'lig'i, psixodinamikasiga, ilm olishiga ta'sir ko'rsatadi

Bu borada O'zbekiston xoreografiya akademiyasida "Xoreografiya san'ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish" mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha muallifi va ilmiy tadqiqotchisi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, - Bizningcha, respublikamizdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo'ljallangan maktab-internatlarda ritmika va raqs fanlarini yo'lga qo'yish, buning uchun o'qituvchi-pedagog kadrlarni tayyorlash, maxsus o'quv dasturlari va qo'llanmalarni ayniqsa, multimedia elektron o'quv qo'llanmalar tayyorlash zarur.

1 https://daryo.uz/2020/11/19/ziroat-mirziyoyeva-bolalar-talimiga-bagishlab-otkazilgan-xalqaro-veb-forumda-nutq-sozladi/

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Sababi multimedia shaklidagi darsliklarda turli xil slayd va roliklar orqali raqs san'atining har bir harakatining xolati batafsil rasmlar orqali tushuntiriladi. Chunki raqs va ritmika bilan shug'ullanish har qanday organizm uchun, xususan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun nihoyatda muhim bo'lib, ular uchun zarur bo'lgan sport yuklamasini oson bajarishga imkon beradi. Binobarin, ritmik va xoreografik harakatlar bolaning sog'lig'ini yaxshilaydi, ruhiy kayfiyatini ko'taradi, o'z tengdoshlari bilan muloqotni yaxshilaydi, o'zidagi nuqsonlarni yengib o'tib, jamiyatning faol a'zosiga aylanishiga ko'maklashadi.

Bu jarayon, aslida, ancha murakkab bo'lib, bolaning tibbiy-psixologik holatlarini aniq hisobga olishni taqozo etadi. Nazarimizda, bu jarayonda musiqaga katta e'tibor beriladi, chunki musiqa orqali bolalar o'z his-tuyg'ularini izhor eta oladilar.

Multimedia darsliklarining imkoniyatlari tufayli ko'plab bolalar uchun ritmika darslari raqs o'rganishning boshlang'ich jarayonnini anglashga yordam beradi. Negaki, ritmika darslarida turli harakatlar musiqa jo'rligida bajariladi. Ritmika bilan shug'ullanish esa nogiron bolalarda abjirlikni, chaqqonlikni rivojlantiradi, shu jumladan, ularda gavda mutanosibligini ta'minlab, ulardagi ruhiy taranglik - stress va siqiluvchanlikni bartaraf etadi. Ritmika darslarida o'z tanasini tushunishni turli xil slaydlar orqali o'rganadi.

Bunday multimedia darslar o'ziga xos yondashuvlarni taqozo etadi. Masalan, ritmika darslarini o'yin tarzida olib borish bolaning darsga qiziqishini orttiradi. Topshiriqlar ham didaktik prinsiplar asosida: oddiydan murakkabga, yengildan qiyinga qarab beriladi. Ritmika darslarining dasturlari ertak, hikoya shaklida bo'lishi yoki mashhur she'rlar asosida tuzilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bolalarning maktab tadbirlarida, turli festivallarda, konsertlarda raqs nomerlari bilan qatnashishi ularda zavq-shavq, iftixor hissini uyg'otadi, natijada ular hayotda dadil, komillik sari harakatlanadilar. Bunga 2021-yil "Zamin" fondi tomonidan Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o'tkizilgan "Biz turlimiz - biz tengmiz!" deb nomlangan katta gala-konsert birgina yaqqol misoldir. Ushbu konsertning tayyorgarlik jarayonlarida raqs sahnasi repetitsiyalarida bevosita ishtirok etib, shuni chuqur angladikki, imkoniyati cheklangan bolalarimiz raqsni, kuy-qo'shiqni boshqa tengdoshlaridan ko'ra yaxshiroq his etadilar, ko'zlari yonib, quvonib, charchoq bilmay soatlab ishlashga ham tayyor bolajonlarni kuzatib, ular bilan birga ishlab shu qadar zavqqa to'ldikki, huddi o'zimiz ham bola bo'lib qoldik. Ulardagi nuqson jismida holos ekanini ruhan va qalban hech birimizdan kam emasligini ko'rib naqadar quvondik! Bolajonlarimizning ushbu konsertda katta sahnada o'zlarini yo'qotmay, quvnab raqs ijro etishlarini ko'rib esa yuqoridagi fiklarimiz o'z tasdig'ini yana bir bor topganini his etdik.

563

http://oac.dsmi-qf.uz

Xoreografiya san'ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy-ma'naviy dunyosini boyitish, ularning jamiyatimizda munosib о'rin egallashlarida amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar yanada to'payishi va о'z samarasini berishi barchamiz uchun quvonarli xoldir. Zero, muxtarama Z.Mirziyoyeva ta'kidlaganidek, "Barcha bolalarning huquqlari va erkinliklari bir xil darajada kafolatlanishi lozim. Ularning manfaatlari ustuvor bo'lishi kerak. Dunyodagi har bir bola bunga loyiqdir. Nogironligi bo'gan bolalar jamiyatning to'laqonli a'zolaridir. Ularning faol va maroqli hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shubhasiz, juda muhim"2.

Chunonchi, har yili "3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" respublika bо'ylab turli bayramona dasturlar, konsert tomoshalar, anjumanlar, hayriya ishlari kabi tadbirlar orqali keng nishonlanishi nafaqat davlat siyosati, balki odamiylik mulkida shox-sulton sanalgan xalqimizning azaliy qadriyatlarimizga sodiqligi ifodasidir. Azal-azaldan mehr-oqibatli millat sifatida yiqilganni suyash, to'makka muhtojlarga yordam qо'lini chо'zish, birdamlik insoniy burch deb bilgan ulug' fazilatli xalqmiz. Qonimizga, jonimizga singib ketgan xalqimizga xos bag'ri kenglik, mehribonlikdan beixtiyor faxr-iftixor tuyasan kishi. Binobarin, mehrni hamma narsadan ustun qо'ygani bois, о'zbek nomi, millat sha'ni yuksalib kelayotir.

Foydalangan adabiyotlar

1. https://daryo.uz/2020/11/19/ziroat-mirziyoyeva-bolalar-talimiga-bagishlab-otkazilgan-xalqaro-veb-forumda-nutq-sozladi/

2. Шавкат Мирзиёев Узбекистон халкига 3 декабрь — Халкаро ногиронлар куни муносабати билан мурожаат йуллади. Табрик матни Президент матбуот хизмати эълонидан.

3. http://club-edu.tambov.ru/methodic/fio/p4.doc - Иванова О.Г., Орлов В.В., Радченко И.М., Сабурова A.B. Подготовка мультимедийных материалов. Создание мультимедийных презентаций. Учебно-методическое пособие (doc-файл). Тамбов 2002 г.

2O'sha manbaa

LMÜ^H

564

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.