YANGI O'ZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR
XOREOGRAFIYASI
Shaxzoda Tursunovna Xudoynazarova O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Annotasiya: Ushbu maqolada hozirda yangi O'zbekistonda xoreografiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, qo'lga kiritilgan yutuqlar borasida so'z yuritilgan. Jumladan, yurtimizda imkoniyati cheklangan bolalarni hayotga bo'lgan faolligini oshirish, bu borada xoreografiya sohasining nechog'lik ahamiyatli ekanligi borasida to'xtalib o'tiladi.
Kalit so'zlar: Xoreografiya, raqs, san'at, psixolog.
CHOREOGRAPHY FOR CHILDREN WITH DISABILITIES IN NEW
UZBEKISTAN
Shahzoda Tursunovna Khudoynazarova Uzbekistan State Academy of Choreography
Abstract: This article discusses the work being done in the field of choreography in the new Uzbekistan, the achievements. In particular, the importance of the field of choreography in the development of children with disabilities in our country will be discussed.
Keywords: Choreography, dance, art, psychologist.
Bugungi kunda yangi O'zbekistonda har sohada bo'lgani kabi xoreografiya sohasida ham bir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o'zbek xoreografiyasini rivojlantirish borasida ko'plab ijobiy yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida o'zbek xoreografiyasi tarixida shu kungacha "Xoreografiya san'ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirish" mavzusida birorta ilmiy ish qilinmagan edi. Ammo bu yil bu mavzuga juda katta e'tibor qaratildi, hatto bu mavzuni atroflicha to'liq o'rganish va jamiyatga tadbiq etish maqsadida davlat tomonidan grant ham ajratildi. Bularning barchasi O'zbekistonda xoreografiya sohasini har tomonlama ravnaq toptirish O'zbekiston xoreografiya akademiyasi faoliyatini keng yo'lga qo'yish uchundir. Takidlash joizki, ayni kunlarda O'zbekistonda yagona bo'lgan O'zbekiston xoreografiya akademiyasida ko'plab yetuk kadrlar tarbiyalanmoqda. Ular orasidan nafaqat ijodkorlar, balki olimlar ham yetishib chiqmoqda. Oldin xoreografiya sohasida o'zbek tilida yozilgan adabiyotlar, ayniqsa chet el adabiyotlari juda kam edi. Hozirga kelib akademiya murabbiylari tashabbusi bilan bir qator ilmiy adabiyotlar tarjima
I icclT^^^^H 213 http://oac.dsmi-qf.uz/
qilindi. Shu bois Xoreografiya akademiyasi kutubxonasi kun sayin ilmiy asarlar bilan boyib bormoqda. Bizda awallari amaliyotga kuchli e'tibor berilardi-yu, ammo ilmiy asarlar yetishmasligi sababli nazariya oqsab qolayotgan edi. Biroq so'nggi yillarda xoreografiya sohasida olimlarimizning izlanishlari o'z samarasini berdi, nazariya amaliyot bilan tenglashdi, akademiyaning ilmiy salohiyati, kadrlar darajasi ko'tarildi. Bularning barchasi yangi O'zbekistonda bizga berilgan imkoniyatlardandir.
Shu kunlarda biz yoritayotgan eng dolzarb mavzulardan biri, bu -"Xoreografiya san'ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirish" mavzusidir. Bu borada yuqorida ta'kidlanganidek juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki bu mavzu nafaqat bizning yurtimizga, balki butun dunyo imkoniyati cheklangan bolalari uchun o'ta dolzarbdir. Agarda biz ushbu mavzumizni keng omma e'tiboriga havola eta olsak va amaliyotda to'g'ri qo'llasak o'z samarasini beradi hamda ko'plab imkoniyati cheklangan bolalarning hayotda faolligini oshiradi. Shu ma'noda, nogiron va imkoniyati cheklangan bolalarga ta'lim berish, ularni ijtimoiy himoyalash, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishiga yordam berish masalalari kun tartibiga qo'yilmoqda.
Bugunga kelib ularga ta'lim berishning turli usul va vositalari qo'llanilmoqda. Bizning nazarimizda, imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishda san'at turlaridan, shu jumladan, xoreografiya san'atidan foydalanish juda samarali hisoblanadi. Chunki xoreografik harakatlar: raqs, ritmika, musiqa va jismoniy mashqlarning bir paytda hamohang bajarilishi imkoniyati cheklangan bolaning jismoniy, ruhiy-psixologik va aqliy rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratib beradi, bolada o'ziga ishonch, qat'iyat bag'ishlaydi1. Xoreografik harakatlar orqali imkoniyati cheklangan shaxsda tibbiy-fiziologik o'zgarishlar sodir bo'ladi, unda san'at orqali olamni anglash ko'nikmalari shakllanadi, uning estetik didi oshadi, eng muhimi, o'zini jamiyat uchun kerakli shaxs deb hisoblay boshlaydi.
Ma'lumki, xoreografiya darslarida mashg'ulotlar ko'pincha xona devorlariga o'rnatilgan maxsus jihoz - moslama (stanok) oldida bajariladi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham uskuna oldida bajariladigan mashqlar juda muhim. Chunki bunday mashqlarni amaliy va nazariy jihatdan to'g'ri bajarish bola gavdasining, mushak va suyaklarining to'g'ri o'sishini ta'minlaydi, qaddini raso qilib, o'ziga bo'lgan ishonchni yanada orttiradi.
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlarda o'qituvchi raqs san'ati tarixi, rivojlanish yo'llari, san'atning boshqa turlari bilan aloqasi to'g'risida turli xil suhbatlar olib bormog'i, bahs-munozaralar uyushtirmog'i zarur bo'ladi. Ayni paytda o'quv dasturlarining asosini o'zbek milliy raqslarini o'rganish tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. Negaki, o'zbek milliy raqslaridagi turli
1. Алямовская В. Физкультура в детском саду: теория и методика организации физкультурных мероприятий.
М.: Чистые пруды, 2005.
ПсГГЙ^^^И 214 http://oac.dsmi-qf.uz/
harakatlarni: bosh, qo'l va oyoqning har xil holatlarini o'rganish, raqsda millat ruhi aks etganini anglab yetish orqali ularda o'z Vataniga muhabbat, o'z millatidan g'ururlanish va iftixor tuyg'ulari shakllanib boradi.
Bizningcha, respublikamizdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo'ljallangan maktab-internatlarda ritmika va raqs fanlarini yo'lga qo'yish, buning uchun o'qituvchi-pedagog kadrlarni tayyorlash, maxsus o'quv dasturlari va qo'llanmalarni tayyorlash zarur. Chunki raqs va ritmika bilan shug'ullanish har qanday organizm uchun, xususan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun nihoyatda muhim bo'lib, ular uchun zarur bo'lgan sport yuklamasini beradi. Binobarin, ritmik va xoreografik harakatlar bolaning sog'lig'ini yaxshilaydi, ruhiy kayfiyatini ko'taradi, o'z tengdoshlari bilan muloqotni yaxshilaydi, o'zidagi nuqsonlarni yengib o'tib, jamiyatning faol a'zosiga aylanishiga ko'maklashadi.
Bu jarayon, aslida, ancha murakkab bo'lib, bolaning tibbiy-psixologik holatlarini aniq hisobga olishni taqozo etadi. Nazarimizda, bu jarayonda musiqaga katta e'tibor beriladi, chunki musiqa orqali bolalar o'z his-tuyg'ularini izhor eta oladilar.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ritmika darslari raqs o'rganishning boshlang'ich qadami hisoblanadi. Negaki, ritmika darslarida turli harakatlar musiqa jo'rligida bajariladi. Ritmika bilan shug'ullanish esa nogiron bolalarda abjirlikni, chaqqonlikni rivojlantiradi, shu jumladan, ularda gavda mutanosibligini ta'minlab, ulardagi ruhiy taranglik - stress va siqiluvchanlikni bartaraf etadi. Ritmika darslarida o'z badanini tushunishni o'rganadi.
Bunday darslar o'ziga xos yondashuvlarni taqozo etadi. Masalan, ritmika darslarini o'yin tarzida olib borish bolaning darsga qiziqishini orttiradi. Topshiriqlar ham didaktik prinsiplar asosida: oddiydan murakkabga, yengildan qiyinga qarab beriladi. Ritmika darslarining dasturlari ertak, hikoya shaklida bo'lishi yoki mashhur she'rlar asosida tuzilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bolalarning maktab tadbirlarida, turli festivallarda, konsertlarda raqs nomerlari bilan qatnashishi ularda zavq-shavq, iftixor hissini uyg'otadi, natijada ular hayotda dadil, qo'rqmas bo'lishga o'rganadilar.
Sog'lom bolalarning xoreografik ta'limi jismonan kuchli shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, harakatlarning muvofiqlashtirilgan koordinatsiyasi, harakatlanish dinamikasi, o'qitilgan xotira va diqqat markazida bo'ladi. Aksariyat bolalar uchun raqs darslari bir qator psixologik muammolarni hal qilish, tengdoshlari va o'qituvchilari bilan muloqot qilishda aloqa muammolarini yengishga imkon beradi. Xuddi shu narsani maxsus bolalarning xoreografik ta'limi jarayonida ham ko'rishimiz mumkin. Tuzatish pedagogikasi bo'yicha nazariy ishlarda biz buning tasdig'ini topamiz. Masalan, tadqiqotchi E.G.Rechitskaya yozadi: "Sinfdan tashqari ishlarda kar va ko'zi ojizlar uchun nafaqat ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga, balki bolaning o'qituvchilar bilan yoki umuman guruh bilan muloqotini faollashtirish
I îhSi^^Bl 215 http://oac.dsmi-qf.uz/
uchun hissa qo'shadigan ritmik va raqs darslari taklif qilinishi mumkin, ularning muammolarini aniqroq ifodalash, ichki qarama-qarshiliklar tajribasi"2. Shaxsiy amaliyot natijalariga ko'ra, biz guruhga kiradigan eshitish qobiliyati past bo'lgan bolalar darhol moslasha olmasligini ta'kidlaymiz. Guruh raqamlarini sahnalashtirish ularga o'zlarining psixo-emotsional holatlarini raqs orqali ifodalashning yangi usulini topishga imkon beradi. Boshqa bolalar bilan muloqotda ular yanada ochiq bo'lib, his-tuyg'ularini ifoda etishning yangi plastik usullarini izlaydilar. Har xil jismoniy nogiron bolalar bir necha xoreografiya darslaridan so'ng ijobiy dinamika ko'rsatdilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Agafonova N. A., Xramsov P.I. Fizicheskoe razvitie i sostoyanie zdorovya starshix doshkolnikov kompensiruyu^ix ortopediches-skix grupp // Gigiena i sanitariya. 2007.
2. Aleksandrova N.A. Balet. Tanes. Xoreografiya: kratkiy slovart tansevaltntix terminov i ponyatiy. SPb.: Lant; PLANETA MUZIKI, 2008.
3. Alyamovskaya V. Fizkulttura v detskom sadu: teoriya i metodika organizasii fizkulturx meropriyatiy. M.: Chise prudti, 2005.
4. Ashmarin B.A. Teoriya i metodika pedagogicheskix issledovaniy v fizicheskom vospitanii: posob. dlya stud., aspirantov i prepod, in-tov fiz. kul-rti. M.: FiS, 1978.
2 Речицкая Е.Г., Гайдова Ю.В. Формирование межличностных отношений детей с нарушением слуха младшего школьного возраста. Монография. - М.: ООО "Горизонт", 2-е изд., 2015.
216
http://oac.dsmi-qf.uz/