Научная статья на тему 'IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR VA YOSHLAR HAYOTIDA XOREOGRAFIYA SANʹATINING O‘RNI'

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR VA YOSHLAR HAYOTIDA XOREOGRAFIYA SANʹATINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
282
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
nogiron / loyiha / dastur / ta’lim / inklyuziv / xoreografiya / raqs / ritmika / faollik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shaxzoda Xudoynazarova, Behzod Mamatqulov

Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan bolalar va ularning jahon hamjamiyati nigohidagi o‘rni: orzu-havaslari, quvonchli taassurotlari, voqealarga to‘la baxtli bolalikni his qilishi, kelajakda muvaffaqiyatli bo‘lishi, hamda huquqlari, qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar, yangi O‘zbekistonda nogironlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik to‘g‘risida atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy-psixologik, aqliy va jismoniy rivojlanishida xoreografiya san’atining o‘rni, bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR VA YOSHLAR HAYOTIDA XOREOGRAFIYA SANʹATINING O‘RNI»

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR VA YOSHLAR HAYOTIDA XOREOGRAFIYA SAN'ATINING O'RNI

Shaxzoda Xudoynazarova O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Behzod Mamatqulov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada nogironligi bo'lgan shaxslar, xususan bolalar va ularning jahon hamjamiyati nigohidagi o'rni: orzu-havaslari, quvonchli taassurotlari, voqealarga to'la baxtli bolalikni his qilishi, kelajakda muvaffaqiyatli bo'lishi, hamda huquqlari, qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar, yangi O'zbekistonda nogironlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlik to'g'risida atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy-psixologik, aqliy va jismoniy rivojlanishida xoreografiya san'atining o'rni, bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: nogiron, loyiha, dastur, ta'lim, inklyuziv, xoreografiya, raqs, ritmika, faollik.

THE ROLE OF CHOREOGRAPHY IN THE LIVES OF CHILDREN AND YOUNG PEOPLE WITH DISABILITIES

Shaxzoda Xudoynazarova Uzbekistan State Academy of Choreography

Behzod Mamatkulov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, people with disabilities, especially children, and their place in the eyes of the world community: dreams, happy impressions, a happy childhood full of events, future success, as well as laws protecting their rights, dignity, The high level of care and attention paid to the disabled in the new Uzbekistan. The article also discusses the role of the art of choreography in the psychological, mental and physical development of children with disabilities, as well as research in this area.

Keywords: disabled, project, program, education, inclusive, choreography, dance, rhythm, activity.

Endi nogironligi bo 'lgan shaxslar - "muammosi bor insonlar" degan qarashdan voz kechib, ularning imkoniyatini kengaytirish uchun, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

tizimni takomillashtirish yo'lidan borishimiz zarur. Shavkat Mirziyoev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992-yilning 14-oktyabr kuni Bosh Assambleyasining 37 - yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e'ion qilingan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad nogironligi bo'lgan shaxslarning butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur, loyihalari, manfaatlari, huquqlari inobatga olinishi, nogiron bo'lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, barcha mamlakatlarda qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishi bilan birgalikda ularning hayot tarzini yaxshilash, tubdan takomillashtirish, to'laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta'lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish va dunyo miqyosida e'tibor qaratish lozim ekanligi belgilangan hamda mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan. Shu kundan boshlab har yili yurtimizda ham 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlab kelinadi.

Bundan mustasno bo'lmagan holda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab nogironligi bo'lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi uchun keng e'tibor qaratib kelinmoqda. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017-yil 1-avgustdagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha" farmoni imzolandi hamda bu farmon minglab imkoniyati cheklangan insonlar ko'ngliga cheksiz yorug'lik baxsh etdi. Har yili 3-dekabr sanasida davlatimiz rahbari tomonidan Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O'zbekiston xalqiga murojaat yo'llaydilar:

"Ishonchim komil, 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida mustahkam o'rin egallab, jamiyatimizda ezgulik, mehr-oqibat, gumanizm g'oyalarini yanada chuqur qaror toptirishga xizmat qiladigan muhim sanalardan biri bo'lib qoladi. Millati, tili va dinidan qat'i nazar, inson qadr-qimmati va sha'nini ulug'lash, har bir fuqaro haqida e'tibor va g'amxo'rlik, mehr-muruvvat, sahovat va olijanoblik biz qurayotgan Yangi O'zbekiston jamiyatining hayot qoidasi bo'lib qoladi. Barchangizni ana shunday olijanob ishlarda faol ishtirok etishga da'vat etaman. Chuqur hurmat-ehtirom bilan"1 - Shavkat Mirziyoev, O'zbekiston Respublisi Prezidenti.

Avvallari nogironligi bor bolalar va ularning oilalari o'zlarining asosiy inson huquqlaridan foydalanish va jamiyatga qo'shilish yo'lida doimo to'siqlarga duch kelishar edi. Ularning qobiliyatlari e'tiborga olinmasdi va ehtiyojlariga past darajad a e'tibor berilardi.

1 Shavkat Mirziyoev O'zbekiston xalqiga 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan murojaat yo'lladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan e'lonidan

Yurtimizda imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar uchun har bir sohada cheksiz imkoniyatlar yaratilmoqda. Birgina ta'lim jarayonidan misol keltirish mumkin. Hozirgi kunda "Ta'limni rivojlantirish dasturini amalga oshirish ishlari boshlandi, 300 dan ortiq maktablarda imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olishi uchun zarur sharoitlar yaratildi"2.

Nogironligi bo'lgan odamlarning badiiy intilishlari va yutuqlari yurtimiz madaniyatining qadrli va ko'rinadigan qismidir.

O'zbekistonda nogironligi bor insonlarning ijtimoiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida ishtirok etish, imkoniyatni kengaytirish, intilishlarini qo'llab-quvvatlash, ularning butun jamiyatdagi faolligini oshirish va ijobiy ta'sir ko'rsatishini e'tirof etgan holda, san'at va madaniy tadbirlarda ishtirokini ta'minlash maqsadida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan "Xoreografiya san'ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish" mavzusida grant loyihasi ishlab chiqilgan hamda bu mavzu doirasida respublikamizning barcha viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalarga xoreografiya san'ati yuzasidan turli xil seminar va treninglar o'tkazib kelinmoqda. Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad imkoniyati cheklangan bolalarning yoshi, tayyorgarligi, maqsadlari va albatta hohishlaridan kelib chiqib klassik balet, zamonaviy raqslar yoki xalq raqslarini o'rgatish bilan bir qatorda jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan.

Har qanday imkoniyati cheklangan bolalarning orzu-havaslari, quvonchli taassurotlari va voqealarga to'la baxtli bolalikni his qilishi, bolalarning kelajakda muvaffaqiyatli bo'lishi uchun uning qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantirishda, orzularini ro'yobga chiqarishda ushbu grant loyihasi katta xizmat qiladi.

Grant loyihasining asosiy vazifasi - nogironligi bor bolalarga hayotga bo'lgan umidini, qiziqishlarini, har tomonlama barkamol rivojlanish va tanani to'g'ri shakllantirish uchun poydevor qo'yish, moslashuvchanlikni, xoreografiya san'ati tufayli ular klassik musiqani his qilishni hamda tushunishni o'rganadilar. Bu bilan bir qatorda eshitish, turish va muvozanat hissini rivojlantirish, tanani cho'zish, tayanch ushlagichdagi mashqlar, musiqiy ritm va, albatta, raqs raqamlarini o'rganish, mushaklarini kuchaytirish, yaxshi xulq-atvorni rivojlantirish, bir so'z bilan aytganda ijodiy boyitishni o'z ichiga oladi. Unga o'z ustida ishlashga va qiyinchiliklarni engishga o'rgatish hamda bolalar xoreografiya maktabidan xabardor bo'lishga xizmat qiladi.

Har bir imkoniyati cheklangan bolaning shaxsiyatini hurmat qilgan holda, biz uni boshqalar bilan solishtirmasdan va baholamasdan, xuddi shunday qabul qilamiz.

! Usha manba

Biz uning rivojlanishi, bolaning o'zini o'zi takomillashtirish va uning ichki ijodiy dunyosi, iste'dodini ochish haqida qayg'uramiz.

Xoreografiya o'qituvchilari mashg'ulotlarni ularning imkoniyatidan kelib chiqqan holda olib boradilar. Mutaxassislarimiz har bir imkoniyati cheklangan bolaning rivojlanishi va tarbiyasida individual natijalarni belgilab, diagnostika o'tkazadilar, prognoz qiladilar. Ushbu texnologiya jarayonning barcha ishtirokchilarini ilhomlantiradi, har bir bolaning muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. Ular uchun xoreografiya san'ati hayotda kuchli shaxs bo' lib shakllanishlarida poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Biz ularning muammolarni chetlab o'tmaymiz, lekin birgalikda g'alaba qozonish va muvaffaqiyatga erishish uchun imkoniyati cheklangan bolalar bilan birga o'rganamiz, quvonamiz, qayg'uramiz va mulohaza yuritamiz. Imkoniyati cheklangan bolalarning ijodiy tanlovlarda, festivallarida, kontsert va ko'rgazmalarda ishtirok etishi, ularning quvonchi va ota-onalarning farzandlari bilan faxrlanishi - bu bizning asosiy g'alabamizdir!

Foydalangan adabiyotlar

1. Shavkat Mirziyoev O'zbekiston xalqiga 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan murojaat yo'lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati e'lonidan.

2. http://club-edu.tambov.ru/methodic/fio/p4.doc - Ivanova O.G., Orlov V.V., Radchenko I.M., Saburova A.V. Podgotovka mulbtimediynLix materialov. Sozdanie mulbtimediynLix prezentatsiy. Uchebno-metodicheskoe posobie (doc-fayl). Tambov 2002 g.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.