Научная статья на тему 'TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING ILM-FAN RIVOJIDAGI O‘RNI'

TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING ILM-FAN RIVOJIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Safarova O‘.A.

“Oʻn beshinchi asrda Sohiqiron Amir Temur asoslagan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat yurtimizda ikkinchi Uygʻonish, yaʼni ikkinchi Rennessans davrini boshlab berdi”. Shavkat Mirziyoyev. “Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ziyolilarimizga katta ishonch bilan qaraymiz” . Bu fikrlar Prezident Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobidan iqtibos olindi. Taniqli adabiyotshunos Burobiya Rajabovaning 2022-yili “Fan” nashriyotida chop etilgan “Temuriylar Renessansi va “Boburnoma” monografiyasi qo‘limga yetib kelganida, dastavval, Yurtboshimizning ana shu e’tirofi o‘yimdan kechdi. Davlatimiz rahbari doimo ziyoli, olim, ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilishlari va bunday muloqotlarni yuksak qadrlashlariga ko‘p bor guvoh bo‘lganman. Chunki, Prezidentimizning ishonchu inonchlariga ko‘ra, “olimlik – Alloh nuri tajassum etgan ulugʻ bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga ziyo taraladi”.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING ILM-FAN RIVOJIDAGI O‘RNI»

TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING ILM-FAN RIVOJIDAGI

O'RNI Safarova O'.A.

magistrant, Termiz davlatpedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11148265

"O'n beshinchi asrda Sohiqiron Amir Temur asoslagan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat yurtimizda ikkinchi Uyg'onish, ya'ni ikkinchi Rennessans davrini boshlab berdi" Shavkat Mirziyoyev. "Biz Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ziyolilarimizga katta ishonch bilan qaraymiz" . Bu fikrlar Prezident Shavkat Mirziyoevning "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" kitobidan iqtibos olindi.

Taniqli adabiyotshunos Burobiya Rajabovaning 2022-yili "Fan" nashriyotida chop etilgan "Temuriylar Renessansi va "Boburnoma" monografiyasi qo'limga yetib kelganida, dastavval, Yurtboshimizning ana shu e'tirofi o'yimdan kechdi. Davlatimiz rahbari doimo ziyoli, olim, ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilishlari va bunday muloqotlarni yuksak qadrlashlariga ko'p bor guvoh bo'lganman. Chunki, Prezidentimizning ishonchu inonchlariga ko'ra, "olimlik -Alloh nuri tajassum etgan ulug' bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga ziyo taraladi" Shu ma'noda, B.Rajabova mazkur yangi kitobi misolida, bir tomondan, Prezidentimizning yuksak ishonchini oqlagan bo'lsa, ikkinchi tomondan, davlatimiz va jamiyatimizning Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu sa'y-harakatlariga o'zining muxtasar ilmiy-amaliy hissasini qo'shdi. Kitobning nashr vaqti aynan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" tasdiqlangan davrga to'g'ri kelgani ham muallifning niyati xolisligi, ezgu amallari ijobatga qaratilganidan dalolatdir.

Renessans so'zi "fransuzcha" uyg'onish, qayta tug'ilish degan ma'noni anglatadi. Renessans atamasi dastlab Italiyada madaniy-ma'naviy yuksalishga nisbatan qo'llanilgan. Birinchi Renessans IX-XII asrlarni o'z ichiga qamrab oladi. Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi"(A.Mets), "Sharq uyg'onishi"(N.Konrat) nomi bilan atalib kelinmoqda.IX-XII asrlarda Sharqda ilm-fan va din rivojlangan edi. Ilm-fan va dinning rivojlanishiga Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino,Abu Rayhon Beruniy, Al-Buxoriy, At-Termiziy va boshqa buyuk allomalarimiz o'z hissalarini qo'shgan. Bu kabi buyuk allomalarimizni yozgan asarlardan butun dunyoda asrlar davomida balki hozirgi kunda ham foydalanilmoqda. Ko'p o'tmasdan ikkinchi Renessans ham boshlandi.

Ikkinchi Renessans Temuriylar davri bilan bog'liq bo'lib Amir Temur taxtga kelishi bilan boshlanadi. Ikkinchi Renessans birinchi Renessansga nisbatan keng qamrovga ega. Buni biz AmirTemurning olib borgan tadbirlari, siyosatlaridan bilishimiz mumkin. Aynan shu davrda Yevropada ham Renessans(uyg'onish) davri shakllanayotgan edi. Amir Temurning taxtga kelishi ham ancha mashaqqat va sinovlar bilan amalga oshdi, shuning uchun ham u olib borgan siyosat va tadbirlar butun dunyoni titratdi. Amir Temurning har bir chaqirgan kengashida dunyoviy masalalar hal qilingan. Amir Temur jang qilishdan oldin kengash chaqirgan, kengashda hal qilinadigan masala Payg'ambarimiz hadislari, otasi va ustozlarining maslahatlari bilan ko'rib chiqilgan. Uning pirlaridan biri Shayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiy Amir Temurga "Kuch- adolatda" so'zlari o'yib yozilgan tillo uzuk, ikkinchi piri hisoblangan Mir Sayyid Baraka esa birinchi uchrashuvdayoq saltanat timsoli bo'lgan nog'ora va bayroq tuhfa qilgan edilar.

O'zining ruhiy madadi, ko'magi bilan Sohibqironga kamarbasta bo'lib kelgan Mir Sayid Baraka to so'nggi nafasgacha Amir Temur bilan birga umrguzaronlik qilgan. Amir Temur jahonning to'rtta mashhur sarkardalaridan biri, ulug' lashkarboshi xudo bergan salohiyatini to'la-to'kis namoyon eta olgan, tengi yo'q buyuk armiya qo'mondoni edi.Bir qancha janglarda g'alaba qozonib Movarounnahr hukmdori bo'ldi va Temuriylar davlatiga asos soldi. Amir Temur hujumlari natijasida ko'plab hududlarni egalladi va islom dinini ham yoydi. Islom dinini keng yoyishda katta hissa qo'shganlar orasida sakkizinchisi Amir Temur hisoblanadi. Amir Temur: "Dilimning mashriqidan ko'tarilgan birinchi tuzigim har yerda va har qachon islom diniga va Muhammad (s.a.v)ning shariatlariga rivoj berish bo'ldi"-deb aytib o'tgan. Amir Temur bir tug' ostida katta hududni birlashtira oldiki (tarixchilar Amir Temur imperiyasi o'sha paytda 27 ta davlatni birlashtirganini qayt etadi. Bugungi kunda esa bu hudud 40ga yaqin davlatga to'g'ri keladi),o'sha yillari ko'hna va hamisha navqiron Samarqand deyarli yer yuzining bosh kentiga aylandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan yo'llagan tabriklarida "Biz keng ko'lamli demokratik o'zgarishlar, jumladan, ta'lim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o'zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak", deb ta'kidladilar. Shu yo'sinda O'rta Osiyoda va butun Sharq olamida sodir bo'lgan birinchi va ikkinchi Renessans mohiyatini va shart-sharoitlarini chuqur anglab yetishimiz zarur.

Ikkinchi Renessans mohiyatini va shaii-shaiomaimi cnuqui anglab yetishimiz zarur. Eng avvalo, Amir Temur bobomizning o'zbek davlatchiligi tarixida tutgan

beqiyos o'rinlari bilan birga, XIV-XV asrda ikkinchi Renessans uchun shart-sharoit yaratib berganligini ta'kidlash joizdir. Temuriylar davlati nafaqat hozirgi O'zbekiston, balki butun Yevroosiyo hududlarini o'z ichiga olgan ulkan va qudratli davlatni tuzishga va eng asosiysi, bu yerda yashagan 72 millatni birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Mo'g'ullar iskanjasidan xalos etish barobarida parchalanib ketgan Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini birlashtirib, jahon silsilasida ulkan qudratli mamlakatni barpo etishdek buyuk tarixiy, missiyani bajardi. Shuni ta'kidlash kerakki, aynan Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kelishi va Markaziy Osiyoda yashaydigan xalqlarni birlashtirishi Yevroosiyo mintaqasida turli ilmiy va madaniy maktablarning qo'shilishiga va turli kashfiyot va uslublarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi.

O'rta Osiyoda sharq ilmiy tafakkuri umumlashib, uyg'unlashib, bir-birining eng ilg'or taraflarini olib,yangi taraqqiyot cho'qqisiga ko'tarildi, Amir Temur va temuriylar davri o'ziga xos ilmiy va falsafiy tafakkuri paydo bo'ldi, ilm-fan uyg'unlashuvi kuchaydi, bir so'z bilan aytganda, baynalminal ko'prik o'rnatildi. 27 davlatni o'z ichiga birlashtirgan Ovrupa va Osiyo hududida tashkil topgan ulkan saltanatda tinchlik-xotirjamlikning o'rnatilishi, tashqi xavf-xatarlarning bartaraf etilishi, mamlakatdagi keng obodonchilik ishlarining yo'lga qo'yilishi, ilm-fan va ma'naviyatga e'tibor davlat va jamiyat hayotida muhim burilishlarni boshlab bergan. Amir Temurning homiyligi va rahbarligi ostida o'sha davrning mashhur va bilimi o'tkir olimu ulamolari, usta quruvchilar, din peshvolari, tabiblar va boshqa o'z kasbining ustasi bo'lgan mutaxassislar Samarqandga taklif etildi.

Samarqandda o'sha davr dunyosining eng yirik kutubxonalari va madrasalari bunyod etildi. Temuriylar saltanatining olimlari bu yerda ilmiy izlanishlar bilan qizg'in shug'ullana boshlaganlar. Amir Temur va Temuriylar davlatining markazi bo'lgan Samarqand Sharqning intellektual va madaniyat markaziga aylandi. Amir Temur o'z zamonasining yetuk bilimdoni bo'lishi bilan bir qatorda bir necha tilni bilganligi qayd etiladi. Sohibqiron o'z davrining mashhur olimlari bilan majlislarda o'tkazilgan bahs va munozaralarda ham donoligi va o'tkir bilimi bilan majlis ahlida bo'lgan olimu-fuzalolarni dovdiratib qo'ygan.

Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan bo'lib, Turon o'lkasida qadimgi davrdan boshlab boshlang'ich maktablar va kattalarga ta'lim beruvchi o'quv dargohlari shakllana boshlagani ma'lum. Ilk islom uyg'onish davri deya e'tirof etiladigan IX-XII asrlarda Movarounnahr islom dunyosining madaniy markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda yashab o'tgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy meros islom davri madaniyati andozalarini belgilab, umuminsoniyat sivilizatsiyasi rivojiga ham katta ta'sir ko'rsatdi. Buyuk ajdodlarimiz dastlabki ta'limni islom dunyosining madaniy va ilmiy markazlari sifatida tanilgan

Movarounnahr va Xorazmning yirik shaharlarida olishgani ham bu davrda ta'lim tizimi yutuqlarining yaqqol dalilidir. Ilk islom davridayoq Movarounnahrda boshlang'ich maktablar, madrasalar barpo etila boshlagan. Butun islom davrida bo'lganidek, bu davrda ham mamlakatda ilm fan rivojida madrasa ta'limi asosiy o'rin tutib, saltanatning madaniy markazlar bo'lgan yirik shaharlarda oliy ta'lim o'choqlari bo'lgan madrasalar ko'plab bunyod etilgan.

Ta'limga e'tibor, ilm fanga homiylik Amir Temur va temuriylar davrida davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan edi. Sohibqironning saltanat ma'murlari oldiga "Katta kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar"; "Mudarrislar va shayxlarga kundalik maoshlarini belgilasinlar"; "Sayidlar, ulamo, mashoyix, fuzalo, ulug'larni aziz tutsinlar", degan vazifani qo'yganligi "Temur tuzuklari"da ham aks etgan. Sohibqironning bu topshirig'i tabiiyki butun saltanat doirasida ijro etilgan. "Musulmonlarga diniy masalalardan ta'lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlaridan tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim "; "Sayidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, tarixchilarni sara, e'tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini o 'rniga qo 'ydim ", deya ta'kidlaydi Sohibqiron o'z tuzuklarida.

Dunyo tarixidan ma'lumki ilm fan taraqqiyoti katta sarmoya va davlat homiyligini talab etadi. Buni ma'rifatli hukmdor Amir Temur teran anglagani bois ulkan saltanatning barcha hududlarida ahli ilm, ahli ijodga homiylikni davlat siyosati darajasiga chiqardi. Zamonaviy terminlar bilan aytganda, ilm fanning turli sohalariga, taniqli olimu ulamolarga "davlat grantlari" ajratilib, ularning ilmiy faoliyati davlat g'aznasidan moliyalashtirildi. Bu siyosat natijasida Islom dunyosining intellektual salohiyati Turon poytaxti Samarqandga va boshqa shaharlarga oqib kela boshladi. Olimlar jamiyatning nufuzli ijtimoiy qatlamiga aylandi. Ularning yashashi va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun barcha shart sharoitlar yaratildi. Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerakl. Bu uchun ulug' ajdodlarimiz tomonidan qoldirgan ma'naviy va madaniy me'rosni o'rganish va uni kelajak avlod uchun saqlab qoldirish zarur.

Jahon ma'naviyati va ma'rifati sahnida o'z o'rinlariga ega bo'lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma'naviy-ma'rifiy merosni teran anglash, o'rganish va ulug'lash imkoniyati yuzaga keldi. Ota-bobolarimiz, xususan, buyuk davlat arbobi, ma'rifat homiysi, yuksak ma'naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun ruhiy-ma'naviy poklanish va milliy o'zlikni anglashning tuganmas chashmasidir. Zero, bugungi murakkab sharoitda yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, yangi O'zbekistonni

barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo'lishini ta'minlash eng asosiy vazifamiz bo'lishi shart.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoev Sh. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. - B.39.

2. Rajabova B. Temuriylar Renessansi va "Boburnoma" - T.: "Fan", 2022. -228 b.

3. Burobiya Rajabova. Temuriylar Renessansi va "Boburnoma". - T.: "Fan", 2022. - B.5.

4. Amir Temur Ko'ragon. Temur tuzuklari / Amir Temur Ko'ragon. - T.: "IJOD-PRESS" nashriyoti, 2019.

5. Amir Temur solnomasi /Muxammad Ali; ma'sul muharrir A. Umarov; Xalqaro Amir Temur jamg'armasi. — Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2008.

6. "Yangi O'zbekiston". - T., 2021 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.