Научная статья на тему 'TEMURIYLAR DAVRI AYOLLARI TARIXI: TURKIYALIK TARIXCHILARNING NIGOHIDAN'

TEMURIYLAR DAVRI AYOLLARI TARIXI: TURKIYALIK TARIXCHILARNING NIGOHIDAN Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Temuriylar / ayollar tarixi / turkiyalik tadqiqotchilar / oila / levirat. / The Timurids / women's history / Turkish historians / family / levirate.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Rahimjon Rustamovich Mamadaliyev

Temuriylar davri siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, harbiy tarixiga doir tadqiqotlar dunyoning ko‘plab davlati tarixchi olimlari tomonidan o‘rganilgan. Temuriylar davri tarixining muhim tadqiqot masalalaridan biri esa shubhasiz, bu davrda yashagan ayollarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy madaniy hayotda tutgan o‘rnini aniqlash masalasi. Ushbu mavzu bir qator davlat tarixchilarining asarlarida qalamga olingan. Ana shunday davlatlar qatoriga Turkiyalik tarixchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni misol qilishimiz mumkin. Ushbu maqolada Turkiyalik olimlarning Temuriylar davri ayollari tarixiga doir tadqiqotlari tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HISTORY OF WOMEN OF THE TEMURID PERIOD: FROM THE POINT OF VIEW OF TURKISH HISTORIANS

The Timurid period has been studied by many historians from various countries around the world in terms of political, socio-economic life, and military history. One of the important research topics in the history of the Timurid period is undoubtedly the question of the role of women of that time in political, socio-economic, and cultural life. This topic has been addressed in the works of historians from several countries. As an example, we can refer to the research conducted by Turkish historians. This article analyzes the studies of Turkish scholars dedicated to the women of the Timurid era.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR DAVRI AYOLLARI TARIXI: TURKIYALIK TARIXCHILARNING NIGOHIDAN»

TEMURIYLAR DAVRI AYOLLARI TARIXI: TURKIYALIK TARIXCHILARNING NIGOHIDAN

Rahimjon Rustamovich Mamadaliyev

O 'zbek tili va gumanitarfanlari kafedrasi assistenti.

TATU Farg 'ona filiali E-mail: mamadalievrahim@mail.ru

Annotatsiya. Temuriylar davri siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, harbiy tarixiga doir tadqiqotlar dunyoning ko'plab davlati tarixchi olimlari tomonidan o'rganilgan. Temuriylar davri tarixining muhim tadqiqot masalalaridan biri esa shubhasiz, bu davrda yashagan ayollarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy madaniy hayotda tutgan o'rnini aniqlash masalasi. Ushbu mavzu bir qator davlat tarixchilarining asarlarida qalamga olingan. Ana shunday davlatlar qatoriga Turkiyalik tarixchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni misol qilishimiz mumkin. Ushbu maqolada Turkiyalik olimlarning Temuriylar davri ayollari tarixiga doir tadqiqotlari tahlil etiladi.

Kalitso'z va iboralar: Temuriylar, ayollar tarixi, turkiyalik tadqiqotchilar, oila, levirat.

ИСТОРИЯ ЖЕНЩИН ТЕМУРСКОГО ПЕРИОДА: С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ ТУРЕЦКИХ ИСТОРИКОВ

Рахимжон Рустамович Мамадалиев

Ассистент кафедры узбекского языка и гуманитарных наук.

ТАТУ Ферганский филиал Электронная почта: mamadalievrahim@mail. ru

Аннотация. Темуридский период был исследован многими историками из различных стран мира с точки зрения политической, социально-

экономической жизни и военной истории. Одной из важных тем исследований

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13905787

284

по истории темуридского периода, безусловно, является вопрос о роли женщин того времени в политической, социально-экономической и культурной жизни. Эта тема была рассмотрена в трудах историков ряда стран. В качестве примера можно привести исследования, проведенные турецкими историками. В данной статье анализируются исследования турецких ученых, посвященные женщинам эпохи Темуридов.

Ключовые слова и выражение: Тимуриды, история женщин, Турецкие историки, семья, левират.

THE HISTORY OF WOMEN OF THE TEMURID PERIOD: FROM THE POINT OF VIEW OF TURKISH HISTORIANS

Rahimjon Rustamovich Mamadaliyev

Assistant of the Department of Uzbek Language and Humanities.

TATU Fergana branch E-mail: mamadalievrahim@mail. ru

Annotation. The Timuridperiod has been studied by many historians from various countries around the world in terms of political, socio-economic life, and military history. One of the important research topics in the history of the Timurid period is undoubtedly the question of the role of women of that time in political, socio-economic, and cultural life. This topic has been addressed in the works of historians from several countries. As an example, we can refer to the research conducted by Turkish historians. This article analyzes the studies of Turkish scholars dedicated to the women of the Timurid era.

Keywords and expressions: The Timurids, women's history, Turkish historians, family, levirate.

KIRISH.

Jamiyatni shakllantiruvchi asos qismlardan biri shubhasiz, ayol. Jamiyatlarning o'tmish hayotlarini, madaniyatlarini, ijtimoiy hayotlarini va kurashlarini tadqiq qilgan tarix fani, yakka shaxslarning jamiyat ichidagi olib borgan faoliyatlariga ham e'tibor qaratgani kabi jinsiyatlar o'rtasida ham ayirmac hilik ham qilmaydi. Shu nuqtai nazardan tarixda har qancha buyuk g'alabalarni qo'lga kiritgan hukmdorlarning rollari tadqiqot uchun mavzu bo'lsa-da, siyosiy va ijtimoiy hayotda faol mavqelari bilan o'z davrida katta iz qoldirgan ayollarning faoliyatlari ha m diqqatga sazavor.

Turkiyalik tarixchilar Temuriylar davri tarixining ko'plab sohalariga doir tadqiqotlar olib borganlar. Amir Temur shaxsi, siyosiy va harbiy faoliyatlari, Temuriylar davlatining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayoti, ilm-fanga qo'shgan hissalari va ko'plab boshqa masalalarga doir asarlar taqdim qilganlar. [2, 15-25] Shunday bo'lsa-da bu davr ayollari tarixiga doir qalamga olingan tadqiqotlar soni davrning boshqa masalalariga nisbatan ancha kam o' rganilgan deyishimiz mumkin.[1, 5-7].

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Turkiya tarixnavisligida ayol tarixiga doir tadqiqotlarga bo'lgan qiziqish 1980-yillardan boshlab ortganini ko'rishimiz mumkin. Temuriylar davri ayollari tarixiga doir ilk tadqiqot esa 1973-yilda chop etilgan Nazmiye To ' g'onning "Temur davrida zodagon turk ayoli" nomli maqolasi qarshimizga chiqmoqda. Ushbu maqola Temuriylar sulolasi ayollari haqida ma'lumotlar beradi. Asosan Amir Temurning ayollari va ba'zi kelinlari ularning siyosiy mavqelari, ijtimoiy hayotda tutgan o'rinlari tahlil etiladi.[6] Ushbu maqola bevosita sulola vakillari haqida qimmatli ma'lumotlar berishi bilan ahamiyatli. To'g'onning ushbu maqolasiga o'xshash mohiyatda, mavzu yanada chuqurroq tadqiq qilingan asarni so'nggi yillarda uchratishimiz mumkin.[6,130].

MUHOKAMA

Muhammad Amin Qo'chaqning "Siyosiy va ijtimoiy hayotda faol kuch: Temuriylar sulolasi ayollari" nomli tadqiqotida bevosita Temuriylar sulolasi ayollari tarixi atroflicha tahlil etiladi. [4] Ushbu tadqiqot Shodmulk begim, Gavharshod Og'o, Xadicha begim va boshqa Temuriy malikalarining siyosiy hayotda tutgan o'rni borasida alohida to'xtalib o'tadi. Bu borada muallif quyidagilarni qayd etib o'tadi, "Temurning taxt uchun kurashlari asnosida va undan so'ng sulola ayollari hurmat ehtiromga sazavor bo'lishgan. Temurning ayoli O'ljay Turkon Og'o va opasi Qutlug' Turkon Og'oning davlatning qurilish jarayonida katta hissalari bo'ldi. Bu ikki xonimning Temurning mushkul onlarida ham uning yonida bo'lib taxt uchun kurashiga sherik bo'lganliklarini yaqqol ko'rishimiz mumkin."[4, 31]

Muallifning ta'kidlashiga ko'ra, Temuriy sulolasi malikalari siyosiy hayotda ancha faol kuch edilar, ular bir hukmdorni taxtdan tushirib boshqa bir vakilni taxtga olib keladigan kuchga ega bo'lishmasa ham hokimiyat tepasida bo'lgan hukmdorlarga bilvosita yo'llar bilan o'z ta'sirlarini ko'rsatar edilar. Tadqiqotchining yana bir diqqatga sazavor fikri, Temuriy malikalari boshqa turk-musulmon sulolalari ayollariga nisbatan siyosiy hayotda ancha faol bo'lganlar. [4, 48-49]

Shuningdek, Temuriy malikalaring ijtimoiy va madaniy faoliyatlari haqida to'xtalib o'tadi. Xususan, masjid, madrasa, xonaqohlarning qurilishi kabi me'morchilik ishlari hamda turli xil madaniy tadbirlarda sulola vakili ayollarning roliga alohida to'xtalib o'tadi. Muhammad Aminning ta'kidlashiga ko'ra Temuriy malikalarining olib borgan me'morchilik faoliyatlari jamiyat hayotida muhim o'rin tutgan edi. Chunki, masjid, hammom, karvonsaroy kabi binolar bevosita xalq to'planib muloqot qiladigan, hikoyalar, she'rlar o'qiydigan bir muassasalarga aylangan edi.[4, 58].

TAHLIL VA NATIJALAR.

So'nggi yillarda turkiyalik tarixchilarning ushbu mavzuda ancha faol tadqiqot olib borganliklarini ko'rishimiz mumkin. Xususan, Tuba Tombulo'g'li ham 2021 -yilda chop etgan maqolasida Temuriylar davlatida ayollarning statusi haqida

to'xtalib o'zining muhim fikrlarini bildirib o'tadi. [7] Muallif ushbu maqolasida Temuriylar davri ayollarining jamiyatdagi mavqelari borasida to'xtalib boshqa turk-islom davlatlaridagi ayollarning jamiyat hayotidagi mavqelari bilan solishtiradi. Tadqiqotchi, Temuriylar davri ayollarining boshqa zamondosh ayollardan eng muhim farqi ijtimoiy hayotda tutgan o'nining ahamiyatining yuqori bo'lishida edi, deb qayd etadi.

Muallif Temuriylar davri ayollarining jamiyat hayotida tutgan mavqelari borasida shunday deydi: "Temuriy sulolasi ayollari, o'z prestijlarini ijtimoiy binolarning insho etilishida qo'llashgan. Bu holat ularning moliyaviy kuchlarining ancha yuqori ekanligining ko'rsatadi. Eski turk an'analarida bo'lgani kabi ayollarning erkaklarning yonida urushga qatnashib ular kabi otga minib qilich o'ynatishgani kabi Temuriylar davri ayollarining eng muhim mahoratlaridan biri edi". [7, 396]

Temuriylar davri ayollari tarixiga doir turli masalalarni turkiyalik olimlar tomonidan tadqiq etilganini ko'rishimiz mumkin. Shu o'rinda turkiyalik Temurshunos olim Muso Shomil Yuksalning Temuriylar davlatida oila va nikoh masalalariga bag'ishlangan maqolasini ham e'tirof etib o'tish joiz [8]. Maqolada jamiyatning eng muhim unsurlaridan bo'lgan oila masalalari xususan, nikoh masalari hamda "levirat" usuli nikoh tahlil etiladi. "Levirat" usuli nikohning turk madaniyatidagi o'rni haqida to'xtalib o'tgan Muso Shomil, bu turdagi nikoh turk tarixida ko'p uchraydigan hodisa ekanligini bevosita Temuriylar davlatida ham "levirat" usulli nikoh ko'p hollarda amalga oshirilgani qayd etadi. Dunyoning turli jamiyatlarida amalga oshirilgan ushbu nikoh turi turklarda to Hunlar davridan ya'ni, mil.avv. III asrdan boshlagan. Turkiy xalqlarda "levirat"ning amalga oshirilishi boshqa xalqlardan farqi mavjud ekanligini ya'ni, agarda ota vafot etsa, o'g'il farzand o'gay onasi bilan nikoh qura olishida edi, deb ta'kidlab o'tadi. Ammo turklarning islom dinini qabul etishlari bilan o'gay onasi bilan nikoh qurish odati tark etilganligiga ham urg'u beradi [8, 2035-2050].

Muallif bevosita Temuriylar sulolasida amalga oshirilgan levirat usulli nikohlardan namunalarni tahlil etar ekan, eng ko'p uchraydigan hol eri vafot etgan ayol uning aka-ukasi bilan nikohlanishi edi - deb qayd etadi. Shuningdek, levirate usuli nikohlar nafaqat hukmdor sulola vakillari orasida balki, oddiy xalq orasida ham uchrab turganini ham ta'kidlaydi. Umuman olgan ushbu maqola Temuriylar davri tarixining kam o'rganilgan masalalariga bag'ishlangani bilan katta ahamiyatga ega. XULOSA.

Xulosa o'rnida shuni qayd etish joizki, Turkiya tarixshunosligida Temuriylar davri tarixi muhim o'rin tutadi. Bu davr tarixini o'rganishda turkiyalik temurshunos olimlar o'z tadqiqotlari bilan salmoqli hissa qo'shib kelmoqdalar. Davrning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixi borasida chop etilgan ko'plab asarlari bilan dunyo Temurshunoslik maktablari orasida ham alohida e'tirofga sazavorlar.

Bevosita Temuriylar davri ayollari tarixi borasida chop etilgan asarlarga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, so'nggi yillarda bu masalaga doir ilmiy tadqiqotlarning ortganligini qayd etib o'tishimiz lozim. Temuriylar davri siyosiy tarixiga yoki harbiy tarixiga bag' ishlangan asarlarga nisbatan iqtisodiy va ijtimoiy hayot borasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning sezilarli darajada kam sonli ekanligini ham qayd etib o'tish joiz. Temuriylar davri ayollari tarixi borasida turkiyalik tarixchilar tomonidan bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilga bo'lsa-da, tadqiq etiladigan masalalar ham ko'p ekanligi qayd etib o'tish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Aka, îsmail. Timur ve Devleti. Ankara:Turk Tarih Kurumu, 1991

2. Alan, Hayrunnisa. Bozkirdan CennetBahçesine Timurlular(1360-1506). Istanbul: Otuken Neçriyat, 2015.

3. Clavijo, Ruy Gonzales de. Anadolu Orta Asya ve Timur : Timur nezdine gônderilen ispanyol sefiri Clavijo'nun seyahat ve sefaret izlenimleri. Çev., Omer Riza Dogrul. Istanbul: Ses, 1993.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13905787

289

4. Ko?ak, Muhammed Emin. Siyasi ve Sosyal HayattaEtkin Bir Güg: Timurlu HanedanKadinlari. Yayinlanmami§ Yüksek Lisans Tezi, Ankara: Ankara Yildirim Beyazit Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, 2020.

5. Kü?ükyildiz, Nagehan. TimurlularDönemindekadin. Yayinlanmami§ Doktora Tezi, Erzurum: Atatürk üniversitesi Türkiyat Ara§tirmalari Enstitüsü, 2022.

6. Togan, Nazmiye. "Temur Zamaninda Aristokrat Türk Kadini". Istanbul Üniversitesi EdebiyatFakültesi, Istanbul, islam Tetkikleri Enstitüsü Dergisi. Cilt: V, (1973), s. 130-140.

7. Tombuloglu, Tuba. "Timurlu Devletinde Kadin ve Statüsü" Türkiyat Ara§tirmalari Enstitüsü Dergisi- Journal of Turkish Researches Institute. 70, (Ocak-January 2021), s. 375-400.

8. Yüksel, Musa §amil. "Türk Kültüründe "Levirat" ve Timurlularda Uygulam§i" Turkish Studies International Periodical For the Languages, Literature, and History of Turkish or Turkic. Volume 5/3 (Summer 2010), s. 2028-2058.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.