Научная статья на тему 'SHAYBONIYLAR DAVRIGA OID MANBALAR TAHLILI'

SHAYBONIYLAR DAVRIGA OID MANBALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shayboniylar / Temuriylar / Bobur / Buxoro / Toshkent / XVI asr / Ubaydullaxon / Abdullaxon / Navroʻz Ahmad (Baroqxon).

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Fayzraxmanova Zarina Ildarovna

Maqolada Shayboniylar hukmronligi davriga oid turli tarixiy manbalar va ularning sharhi, shuningdek mahalliy manbalar tahlilida hukmron sulolalar, ularning nasl-nasabi, tarjimai holi, siyosiy fao-liyati, diniy, maʼnaviy jihatlariga koʻproq eʼtibor qaratilishi, harbiy yurishlar ilohiy karomat va moʻjizalar orqali bayon qilishi, diniy karomatlarga koʻproq tayanishi, voqealarni ilohiy ilm va adabiyotning oʻz davri darajasidan kelib chiqib, zamon talabiga mos tasnif etish usulla-ri ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAYBONIYLAR DAVRIGA OID MANBALAR TAHLILI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

SHAYBONIYLAR DAVRIGA OID MANBALAR TAHLILI

Fayzraxmanova Zarina Ildarovna

O'zMU mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13269424 Annotatsiya: Maqolada Shayboniylar hukmronligi davriga oid turli tarixiy manbalar va ularning sharhi, shuningdek mahalliy manbalar tahlilida hukmron sulolalar, ularning nasl-nasabi, tarjimai holi, siyosiy fao-liyati, diniy, ma'naviy jihatlariga ko'proq e'tibor qaratilishi, harbiy yurishlar ilohiy karomat va mo'jizalar orqali bayon qilishi, diniy karomatlarga ko'proq tayanishi, voqealarni ilohiy ilm va adabiyotning o'z davri darajasidan kelib chiqib, zamon talabiga mos tasnif etish usulla-ri ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Shayboniylar, Temuriylar, Bobur, Buxoro, Toshkent, XVI asr, Ubaydullaxon, Abdullaxon, Navro'z Ahmad (Baroqxon).

KIRISH

Shayboniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrdagi Buxoro xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi tarixchilar tomonidan alohida mavzu sifatida tadqiq etilgan emas. Ayrim tarixchi va sharqshunos olimlar o'z tadqiqotlarida maz-kur mavzuga ma'lum maqsadlarda to'xtalib o'tganlar. Hozirgi kunga qadar tarixchi olim-larning bir necha avlodi ilmiy ishlariga nazar solsak, ularda shayboniylar davri davlatchilik, siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar xususida ayrim fikr va mulohazalar bildirilganligini ko'ramiz. O'zbek va rus tiliga tarjima qilingan mavzuga oid manbalarni qaysi tilda yaratilganligi va turiga qarab uch gu-ruhga bo'lib, tahlil qilish mumkin: 1. Fors-tojik tilida yozilgan asarlar. 2. Turkiy (eski o'zbek) tilida yozilgan asarlar. 3. Sayyohlarning kundaliklari [1, B. 22].

1. Fors-tojik tilida bitilgan muhim manba, shoir va tarix-navis olim Kamol ad-Din (Sher) Ali Binoiy Ustod Muhammadxon me'mor Heraviy (1453-1512) qalamiga mansub "Shayboniynoma" asari 1505-1507-yillarda yozilgan. Binoiyning mazkur asari Muhammad Shayboniyxonning xizmatida bo'lgan paytida, xon hamda uning o'g'li nazorati ostida bitilgan. Asarda Muham-mad Shayboniyxonning tug'ilganidan boshlab to 1505-yilgacha, ya'ni Movarounnahr va Xorazmning bo'ysundirilishiga qadar bo'lgan voqealar hikoya qilinadi. Binoiy shayboniylarning qal'alarni qamal qilish tadbirlari, qo'shinning moddiy ta'minoti va qo'lga tushgan o'ljalarni taqsimlash jarayoni, askarlarning jangdan bo'sh paytlardagi mashg'ulotlari, Muhammad Shayboniyxonning xo'jalik tizimini tartibga solishga xizmat qiladigan turli inshootlar qurdirgani, xon huzurida uyushtiriladigan to'ylar va bazmlar, ularning o'tkazilish tartiblari xususida qimmatli ma'lumotlarni keltirib o'tgan [2, B. 11].

Fazlulloh ibn Ro'zbehxon 1509-yili yozgan "Mehmonno-mayi Buxoro" asari XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda kechgan harbiy-siyosiy jarayonlar haqida. Muallif Shayboniyxon hayotining oxirgi 5-6 yilida unga hamrohlik qilgan, mashvaratlar va harbiy yurishlarida ishtirok etgan hamda ko'rganlarini mazkur asariga kiritgan. "Mehmonnomayi Buxoro"da Shayboniyxonning harbiy kengashlari, ularda qabul qilinadigan qarorlar va unda qatnashgan shayboniy sultonlarning ismlari keltirilishi bilan bir qatorda, muallifning o'zi guvoh bo'lgan Shayboniyxon harbiy yurishla-ri, xususan, harbiy yurish paytida qo'shinning

ijtimoiy-iqtisodiy ta'minoti, o'ljalar taqsimotidagi o'ziga xosliklar bayon qilingan. Bundan tashqari, shayboniy sultonlarning suyurg'ol yer-mulklariga egaligi, mulklarda istiqomat qiladigan turli o'zbek urug'lari hamda ularning harbiyga jalb qilinishi bilan bog'liq ko'plab ma'lumotlari keltirilgan [3, B. 34].

Tarixchi, davlat arbobi Mirzo Muhammad Haydar (1499-1551) Toshkentda tug'ilgan, uning otasi Muhammad Husayn Ko'ragon o'sha paytda Toshkent xoni bo'lgan Sulton Mahmudxon nomidan O'ratepa viloyati hokimi edi. Onasi Xub Nigorxonim esa Mo'g'ulistonning marhum xoni Yunusxonning qizi va Zahiriddin Muhammad Boburning onasi Qutlug' Nigorxonimning singlisi bo'lib, shu jihatdan Bobur va Mirzo Haydar qarindosh edilar. 1509-yili otasi Muhammad Husayn Shayboniyxon tomonidan Xurosonda qatl etilgach, bu paytda Buxoroda bo'lgan Mirzo Haydar o'lim xataridan qochib, Badaxshon orqali Kobulga - Bobur huzuriga keladi.

Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asari Movarounnahr, xususan Toshkent va unga tutash mintaqalar tarixiga doir muhim manbalardan biridir [4, B. 243]. Manbada XVI asr boshlarida va Movarounnahr va Toshkentdagi siyosiy jarayonlar, temuriylar, shayboniylar va Toshkent hokimlari o'rtasidagi kurash, diniy-ma'naviy hayot va madaniyat sohasida yuz bergan voqealar muallifning ko'rgan-kechirganlari negizida bayon qilingan. "Tarixi Rashidiy"ning muhim jihatlaridan biri shundaki, undan temuriy-larning Movarounnahrdagi so'nggi namoyondalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)ning Shayboniyxon hamda shayboniy sultonlar bilan olib borgan kurashlariga doir muhim ma'lumotlar berilgan.

Tarixchi G'iyosiddin Xondamir (1473-1534)ning 1520-1524-yillarda yozilgan eng yirik asari "Habib us-siyar" XVI asrning birinchi choragida kechgan harbiy-siyosiy tarixni o'rganishda muhim manba hisoblanadi [5, B. 104]. Asar Bobur va Shayboniyxon o'rtasidagi harbiy to'qnashuvlar va shayboniylarning jang taktikasi, ma'muriy amaldorlar hamda ularning vakolatlari, mansabdor shaxslarning faoliyati, qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan ishlar, suv inshootlarining qurilishi bilan bog'liq voqealar, soliq tizimi, tovar-pul munosabatlari haqida ko'plab ma'lumotlar shayboniylar davrida mahalliy boshqaruv tizimini o'rganishda qimmatli sanaladi.

PPSUTLSC-2024

. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^^ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

Xondamir ayrim ma'muriy mansablar - naqib, parvonachi, mushrif, otaliq, muboshir lavozimi sohiblari, ularning davlat boshqaruvidagi vazifalari xususida ma'lumotlar keltirgan. Muallif o'z asarida hukmdorlar va sarkardalar fao-liyati, ularning qarindosh-urug'chilik munosabatlari, tarixiy shaxslarning qaysi urug'ga munsubligi, shajarasining umumiy tavsifiga ko'proq e'tibor qaratgan.

Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomayi shohiy") asari [6, B. 9] O'rta Osiyo xalqlarining XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy hayotini o'rganishda faktik materiallarga boyligi, tarixiy voqealarni atroflicha yoritish bilan ajralib turadi. "Abdullanoma" asosan Abdullaxon II ning tug'ilgan yili (1533-34)dan to 1588-89 yilgacha O'rta Osiyoda bo'lgan siyosiy voqealarni o'z ichiga oladi.

"Sharafnomayi shohiy"da o'zbek xonlari Turkiya o'rtasidagi munosabatlarga oid ayrim qimmatli ma'lumotlarni uchratamiz. Bunda turk sultoni Sulaymon I (1520 - 1566) bilan o'zbek xoni Navro'z Ahmad (Baroqxon) o'rtasida Eron shohi Tahmosp I (1524 -1576)ga qarshi ittifoq tuzilganligi va ular Safaviylar Eroniga qarshi birgalikda kurash olib borishga ahd qilganliklari aytilgan. Turkiya 1551 - 1557-yillarda Shayboniylarning ichki kurashlariga ham faol aralashdi. Turk askarlari bu kurashda Navro'z Ahmadxon tarafida bo'ldilar. Bu haqda turk manbalarining birida ishonchli ma'lumotlar keltirilgan: XVI asrning birinchi choragida Toshkentda Navro'z Ahmad (Baroqxon) huzurida 300 turk askari xizmat qilganligi, turklar o'zbek sultonlarini miltiq va o'q-dori bilan ham ta'minlab turganligi aytilgan. Ana shu turk askarlari Baroqxon va uning o'g'illari, xususan, Bobo sulton tarafida turib Nasaf yonida Abdullaxonga qarshi janglarda qatnashdilar. Turkiya hukumati Safaviylar bilan bo'lgan urushlarda o'zbek xonlarining kuchidan foydalanish uchungina emas, balki Movarounnahrda Turkiyannng siyosiy ta'sirini kuchaytirish maqsadida ham bu ichki kurashlarda faol qatnashdilar.

"Sharafnomayi shohiy"da bu kurashda Mo'g'uliston xonlari ham ishtirok etganliklari ko'rsatib o'tilgan. Ular Navro'z Ahmad (Baroqxon), uning o'g'illari va Abdullaxonga qarshi bo'lgan boshqa o'zbek sultonlarini (Sulton Sa'id, Gadoy sulton va boshqalar) qo'llab turdilar. Masalan, mo'g'ul xoni Rashidxon 1532-1570, 1556-yili Sulton Sa'idni qurollantirib, katta qo'shin bilan A6dullaxonga qarshi otlantirdi va o'sha yilning kuzida Samarqand egalladi. Rashidxon 6u bilan Movarounnahrda o'zining siyosiy mavqeini mustahkamlamoqchi bo'lgan, albatta.

Muhammadyor ibn Arab Qatag'an qalamiga mansub "Musaxxir al-bilod" ("Mamlakatlarning egallanishi") nomli asar shayboniylar davrida Toshkentning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealari hamda harbiy jarayonlar haqida kengroq ma'lumot beradi [7, B. 430]. Asardagi voqealar 1611-yilgacha bo'lgan davrni qamrab olgan bo'lsa-da, 1584-yilgacha bo'lgan qismi ma'lum va uning aksariyat ma'lumotlari "Abdullanoma", qolganlari "Habib us-siyar", "Meh-monnomayi Buxoro"dan olib yozilgan.

www.in-academy.uz

"Musaxxir al-bilod"da ham "Abdullanoma" bo'lgani singari shayboniylarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqidagi ma'lumotlar boshqa manbalarga nisbatan anchagina. Xususan, XVI asrda Movarounnahr hududida shayboniylarning uchta mustaqil davlati -Buxoro, Samarqand, Toshkent xonliklari mavjud bo'lganligi va Toshkent hukmdorlarining ajdodlari va avlodlariga alohida-alohida to'xtalib o'tilgan, ularning matndagi shajarisi shakllantirilgan. Asarning boshqa manbalarda farqli jihati ham shundadir.

Muallif asarni, odatga ko'ra, o'z zamonasi hukmdoriga emas, balki bir necha yillar oldin vafot etgan shayboniy Abdullohxon ibn Iskandarxon xotirasiga bag'ishlagan. "Musaxxir al-bilod" o'ziga xos usulda yozilgan tarixiy asar bo'lib, undagi ma'lumotlar ayrim o'rinlarda takroriy bo'lsa-da, ularning muallif tomonidan ixcham tarzda bir yerga yig'ib berilishi, ayrim ma'lumotlarning esa bizgacha yetib kelmagan manbalardan iqtibos qilingani yoki muallifning o'zi tomonidan kiritilgani, qolaversa, bu asar qo'lyozma nusxalarining qayta-qayta ko'chirilib, xalq orasida keng tarqalishi uning o'sha davr tarixchiligi rivojiga qo'shgan hissasi va vatanimiz tarixshunosligida tutgan munosib o'rnini tutatadi.

Mas'ud ibn Usmon Ko'histoniyning "Ta'rixi Abulxayrxoniy" nomli asari Abul-G'ozi Abd al-Latif Bahodirxon farmoniga muvofiq yozilgan. Mas'ud ibn Usmon Ko'histoniy Abulxayrxonning o'g'li Suyunchxojaxonning kotibi bo'lgan va uning vafotidan so'ng akasi Ko'chkunchixon (1512-1530) xizmatiga o'tgan. "Ta'rixi Abulxayrxoniy" asarini u Abulxayr-xonning boshqa bir o'g'li 1540-1551 -yillari Samarqand hokimi bo'lgan Abdullatifxon xizmatida bo'lgan paytida yozgan. "Ta'rixi Abu-l-Xayr-Xoniy"da harbiy yurishlar va urushlarda ilohiy mo'jiza sabab g'alaba qozonish va ko'p hollarda ilohiy kuch-qudratning ta'siri, shuningdek, Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrga kelishi, qo'shini, sarkardalari, ularning qaysi urug'-aymoq va qavmlarga mansubligi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan bog'liq ma'lumotlar keltirilgan [8, B. 225].

Zayn ad-Din Mahmud bin Abd al-Jalil Vosifiy (1485-1551/1566)-ning "Badoe' ul-vaqoe'" asarida Toshkentdagi siyosiy voqealar, adabiy muhit, xususan unda shoirlar, adiblar to'planishib mushoiralar o'tkazgan Kaykovus chorbog'i haqida qiziqarli voqealar bayon qilingan [9, B. 39]. Vosifiy 1515-yilda Toshkent viloyatidagi Farkat (Parkent) va Nomdanak qishloqlarida bo'lgan, so'ng Toshkentga kelgan va Suyunchxo'janing kichik o'g'li Baroqhon (Navro'z Ahmadxon)ga tarbiyachi qilib tayinlangan. Saroydagi ichki nizolar tufayli Vosifiy uni tashlab ketishga majbur bo'lgan va bir necha oy (1516) Toshkent mahallalaridan biridagi masjidga imomlik qilgan.

Mahmud ibn Amir Vali yozgan "Bahr ul-asror fi manoqib al-axyor" nomli kompilyativ asarining 6 tomida shayboniylar davlati, davlat boshqaruvi, mulklar va ularning taqsimlanishi, daryolar, ariqlar, sug'orish inshootlari haqida ma'lumotlar mavjud. Shuningdek, harbiy-siyosiy tizimga oid qo'shinlarning tuzilishi,

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

tarkibi, urug'-aymoqlar va ularning harbiy tizimdagi o'rni haqida so'z ketadi.

Abulabbos Muhammad Tolib ibn Tojiddin Hasanxoja al-Husayniy as-Siddiqiyning fors tilidagi "Matlab ut-tolibin" ("Toliblar matlabi") asari [10, B. 28] XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligining siyosiy, diniy va iqtisodiy hayotida yuqori mavqega ega bo'lgan mashhur Jo'ybor shayxlari yoki xojalari xonadonining bir necha avlodi faoliyatiga bag'ishlangan. Muallif o'zi ham ushbu xonadonga mansub bo'lgani tufayli, Jo'ybor xojalarining hayot tarzi, molu mulklari, muridlari va xizmatkorlari, qurdirgan imoratlari, suv inshootlari hamda Buxoro xonlari va ba'zi xorijiy o'lkalar hukmdorlari bilan munosabatlari haqida mufassal ma'lumotlar beradi.

Xoja Ubaydulloh Ahrorning muridi va izdoshi, naqshbandiya tariqatining atoqli shayxlaridan biri Mavlono Muhammad Qozi XV asr oxiri va XVI asr boshlarida yashagan. Uning asosiy asari mashhur "Silsilat ul-orifin"dan tashqari, davlatni boshqarish haqida yana bir risolasi [11, B. 16] "Tarixi Rashidiy" asari orqali bizgacha yetib kelgan. Risola Mirzo Muhammad Haydarga bag'ishlangan bo'lib, uning savollariga javob tariqasida yozilgan. Mavlono Muhammad Qozi shayx Xoja Ahror valiyning (14041490) eng yaqin muridlaridan biri va o'z navbatida Maxdumi A'zam Dahbediy nomi bilan mashhur bo'lgan shayx Ahmad Xojagiy ibn Jaloliddin Kosoniyning (1464-1542) murshidi va ustozi bo'lgan. Muhammad Qozi bir necha yil Toshkent va Buxoro shaharlarida yashagan. Vafotidan oldinroq shayboniy Sevinchikxon taklifi bilan Toshkentga boradi va 1516-yili vafot etadi.

2. Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro xonligi haqida ma'lumot beruvchi turkiy tilda yozilgan tarixiy, tarixiy-geografik, badiiy asarlar jumlasiga Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma", Muhammad Solihning

"Shayboniynoma", muallifi noma'lum "Tavorixi guzida" - "Nus-ratnoma", Abdulloh Nasrullohiyning "Zubdat ul-osor", Abu-l-G'oziy Baho-dirxoning "Shajarayi turk" asarlari kiradi

Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida [12, B. 140] Toshkent haqida, Boburning tog'alari - Toshkent hokimlari bilan olib borgan munosabatlari batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, o'sha davrdagi qal'alarning tasvi-ri va ularning egallanish tartiblari, shuningdek, davlat mansablari, harbiy-ma'muriy lavozimlarga xos atamalar, jumladan, qal'abegi, qo'rchi, tavochi, to'ra, chog'dovul (tungi soqchi boshlig'i), bayroqdor, jibagar, ra'dandoz singari atamalar va ularning tavsifi keltirilgan.

"Tavorix-i guzida-yi nusratnoma" nomli tari-xiy asar 1502-1505-yillarda yozilgan (muallifi noma'lum). Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda mazkur asarning muallifi Muhammad Solih bo'lib, u yilnomani Muhammad Shayboniyxon topshirig'i bilan yozgan. Boshqa bir taxminga ko'ra, asar muallifi Muhammad Shayboniyxonning o'zi sanaladi. Asarning qimmatli tomoni shundaki, unda sodir bo'lgan voqealarning vaqti aniq ko'rsatilgan. Jonibek sulton va Mahmud sultonning

Shohruxiyaga yurishi hamda bosib olinishi asarda to'g'ri va to'liq yoritilgan. "Tavorix-i guzida-yi nusratnoma" asarida shayboniylarning harbiy yurishlari, mulklarning taqsimlanishi, shayboniy sultonlar, sar-kardalar va ularning ismlari birma-bir sanab o'tilib, ularning qaysi urug'ga mansubligi, harbiy o'ljalar, ularning aniq soni haqidagi qimmatli ma'lumotlar joy olgan [13, B. 135].

Muhammad Solih (1455-1535)ning

"Shayboniynoma" asari nazmiy dos-ton bo'lib, unda Muhammad Shayboniyxonning 1499-1506-yillar orasidagi yurishlari, xususan, shayboniy sultonlarning Toshkentni bosib olishi, Toshkent xoni Mahmudxon va Ahmadxonlar aks ettirilgan [14, B. 200]. Dostonda siyosiy tarixning nazmga solinishi bilan bir qatorda, iqtisodiy holatlar ham yoritilgan. Xususan, soliq tizimi, pul munosabatlari, agrar munosabatlar, o'troq aholidan oshlig' (oziq-ovqat) solig'i undirilganligi, Shayboniyxonning shaharlarni qamal qilishi, qo'shinining safga tizilish tartibi, qamal qurollarining nom-lari berilgan.

Abdulloh Balxiy yoki Mavlono Abdulloh bin Muhammad bin Ali Nasrullohiy tomonidan yozilgan "Zubdat ul-osor" yilnomasi 1525-yili Suyunchxojaning o'g'li, Shohruxiya hokimi Keldi Muhammad Sultonning topshirig'i bilan yozilgan. Bu o'ziga xos jahon tarixi bo'lib, undagi voqealar 1525-yilga qadar, ya'ni Suyunchxoja-ning olamdan o'tishiga qadar davom etadi. Asarning ikkinchi qismida shayboniy sultonlar -Suyunchxo-jaxon, Ko'chkinchixon-ning harbiy yurishlari, Suyunchxojaxon va Sulton Saidxon o'rtasidagi harbiy to'qnashuvlar haqida birmuncha keng bayon etilgan.

Abulg'ozi Bahodirxonning "Shajarayi turk" (1664) asarida [15, B. 110] Buxoro shayboniy lari -Ubaydullaxon va Abdullaxon tomonidan harbiy yurishlar va ayrim harbiy-siyosiy jarayonlar tilga olinadi. Xususan, Ubaydullaxonning Urganchni bosib olishida Toshkent hokimi Baroqxon ishtirok qilishi hamda Xorazm mulkini to'rtga bo'lgani va bir bo'lagini Toshkent to'ralaralariga bergani, Buxoro xonlarining yurishi sabablari, askarlari soni, sarkardalarining nomlari, olingan o'ljalar va xalq ustiga solingan o'lpon miqdori, qo'shinning jang taktikasi haqida ayrim ma'lumotlar mavjud.

3. Mualliflarning shaxsiy xotiralari asosida yozilgan asarlardan turk admirali va navigatori Seydi Ali Raisning "Mir'ot ul-mamolik" va boshqa elchilarning sayohatlari esdaliklarida muhim ma'lumotlar mavjud. Mazkur esdaliklarning XVII-XIX asrlarda O'rta Osiyoga tashrif buyurgan elchi va sayyohlarning esdaliklari, hisobotla-ridan asosiy farqli jihatini, ularning tashrifida harbiy-siyosiy maqsad bo'lmaganligida ko'rishimiz mumkin.

Seydi Ali Rais (1498-1563)ning 1557-yilda yozilgan "Mir'ot ul-mamolik" nomli asari XVI asrning o'rtalarida Turkiya, Hindiston, Afg'oniston, O'rta Osiyo va Eron mamlakatlaridagi siyosiy vazi-yatni yaxshi bilgan, davlatlar o'rtasidagi diplomatik va harbiy

PPSUTLSC-2024

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

munosabatlardan xabardor bo'lgan kishi tomonidan yozilgan [16, B. 97].

Seydi Ali Rais Movarounnahrga 1556-yil Baroqxon (Samarqandda - 1551-1556), Pirmuhammadxon (Balxda - 1546-1566), Burhon sultonning o'zaro kurashlari davrida kelgan va bevosita harbiy-siyosiy jarayonlarning guvo-hi bo'lgan. "Mir'ot ul-mamolik" asarida o'zi guvoh bo'lgan barcha voqealarni keltirgan bo'lib, u Movarounnahrdagi siyosiy parokandalik, xususan, Balx xoni Pirmuhammadxon, Toshkent xoni Navro'z Ahmadxon va Buxoro hokimi Burhon sultonlar o'rtasidagi siyosiy kurashni o'z ko'zi bilan ko'rgan va ularni o'z nuqtai nazaridan qalamga olgan. XVI asrning o'rtalarida Movarounnahrdagi mulklarning bo'linib ketganligi va ularning har birida qaysi sultonlar hukmronlik qilayotganligini ham tilga oladi. U shuningdek, Baroqxon qo'shini tarkibida bir qancha turk askarlari (yani-chari) bo'lganligi, Rum (usmonli turk) sultoni Baroqxonga bir qancha miltiq otuvchilar va qal'a mudofaa to'plari yuborganligi, Burhon sulton qo'shini tarkibida qirqta rumlik askar borligi, ularning qanday maosh olishi, o'ljalarni taqsimlashi, jangdan bo'sh paytlarida mashg'ul bo'ladigan yumushlari kabi ma'lumotlarni bayon qilgan.

"Moskva kompaniyasi" elchisi Antoniy Jenkinson 1558-1560-yillari Buxoroga tashrif buyurgan va uning "Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat" nomli esdaliklarida xonliklar haqida ma'lumotlar mavjud [17, B. 39].

Shayboniylar davri ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar mavzusiga doir turli tarixiy manbalar va ularning sharhidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: fors-tojik tilida yozilgan mahalliy manbalar o'z maqsadiga ko'ra ko'proq hukmron sulolalar, ularning nasl-nasabi, taijimai holi, siyosiy fao-liyati, diniy, ma'naviy jihatlariga ko'proq e'tibor qaratishi, harbiy yurishlarini esa ilohiy karomat va mo'jizalar orqali bayon qilishi, diniy karomatlarga ko'proq tayanishi, voqealarni ilohiy ilm va adabiyotning o'z davri darajasidan kelib chiqib, zamon talabiga mos tasnif etish usulla-rini qo'llashi bilan ajralib turadi; yilnoma va manbalarda xonlarning qahramonliklari, jasorati madh etilib, ular sharafiga hamdu sano aytish bilan cheklanganlar, ayrim muayyan voqea va hodisalar esa mufassal berilmagan hamda shu sababli harbiy tizim va harbiy hayot bilan aloqador misollar bunday asarlarda kam uchraydi; manbalarda tarixiy jarayonlar talqini asar muallifining dunyoqara-shi, tafakkur va idrok darajasi hamda o'sha davr diniy qarashlari bilan ham chambarchas bog'liqligini alohida ta'kidlash joiz.

ADABIYOTLAR:

[1] Замонов А., Тухтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-иктисодий жараёнлар. -Тошкент: "Bayoz", 2018. -Б. 5-20.

[2] Биноий К. Шайбонийнома // Узбекистон тарихи. Хрестоматия. XVI-XIX асрлар. - Т.: - Фан ва технология, 2014. - Б. 9-11.

www.in-academy.uz

[3] Фазлуллух ибн Рузбеххон. Мехмонномаи Бухоро // Узбекистон тарихи. Хрестоматия. XVI-XIX асрлар. - Т.: - Фан ва технология, 2014. - Б. 3034.

[4] Мухаммад Х,айдар мирзо. Тарихи Рашидий. -Т.: Шарк, 2010. - Б. 243-350.

[5] Fиёсиддин Хумомиддин Xондамир. Х,абиб ус-сияр фи ахбори афроди башар. - Т. : Узбекистон, 2013. - Б. 104-288.

[6] Х,офиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома (Шарифномайи шохий). 1-китоб. - Т.: Шарк, 1999. -Б. 7-9.

[7] Мухаммадёр ибн Араб Катаган. Мусаххир ал-билод. - Т.: Янги аср авлоди, 2009. 430 б.

[8] Тарихий манбашунослик. - Т.: "Фан", 2006. -Б. 225.

[9] Зайниддин Махмуд Восифий. Бадоеъ ул-вакоеъ. - Т.: "Fафур Fулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти", 1979. - Б. 39-68.

[10] Мухаммад Толиб. Матлаб ут-толибин. - Т.: Мовароуннахр, 2016. - Б. 28.

[11] Мавлоно Мухаммад Кози. Хукмдорга угитлар. -Тошкент: "Шарк', 1999. 16 б.

[12] Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. -Т.: Укитувчи, 2008. - Б. 140-155.

[13] Таворихи гузида - Нусратнома / Узбекистон тарихи. Xрестоматия. XVI-XIX асрлар. - Т. : Фан ва техноло-гия, 2014. - Б. 135-142.

[14] Мухаммад Солих. Шайбонийнома. - Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989. - Б. 200-220.

[15] Абулгозий Баходирхон. Шажараи турк. - Б. 110-115.

[16] Сейди Али Раис. Миръот ал-мамолик. -Тошкент, 1963, 122-бет.

[17] Женкинсон А. Россиядаги Москвадан Бактриядаги Бухоро шахригача 1558 йилги саёхат. / Рус тилидан таржима, кириш, изохлар ва курсаткичлар муаллифлари Б.Аминов ва А.Замонов. Т.: Баёз, 2017. - Б. 39-43.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.