Научная статья на тему 'O‘RTA ASRLARDA DIN VA TASAVVUF VAKILLARINING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY FAOLIYATI'

O‘RTA ASRLARDA DIN VA TASAVVUF VAKILLARINING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
67
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasavvuf tariqatlari / siyosiy jarayonlar / temuriylar va shayboniylar / din va davlat munosabatlari / pir va muridlik.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Kandaxarov Anvarjon Xasanovich

Ushbu maqola o’rtaasrlarda Markaziy Osiyo hududida keng tarqalgan tasavvuf ta’limotlari –Naqshbandiya va Yassaviya tariqatining mashxur vakillarining hayoti va faoliyati, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotiga ta’siri ochib berilgan. Xususan, Yassaviya tariqatining XVI asrdagi yutuk vakillaridan Shayx Xudoydod Vali va Hazrat Qosim Shayxning temuriylar va shayboniylar sulolasi o’rtasidagi siyosiy kurashlarda ishtiroki hamda mamlakat tinchligi uchun olib qilgan ishlari tarixiy manbalar va keyingi tadqiqotlarasosida o’rganilgan. Shuningdek, Naqshbandiya tariqatining asoschilaridan biri Mavlono Orif Deggaroniy hayoti va faoliyati to’g’risida ham ba’zi manbalarda keltirilgan ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘RTA ASRLARDA DIN VA TASAVVUF VAKILLARINING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY FAOLIYATI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

O'RTA ASRLARDA DIN VA TASAVVUF VAKILLARINING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA'NAVIY FAOLIYATI

1Kandaxarov Anvarjon Xasanovich

Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD), dosent. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Universitet ko'chasi 4-uy, Toshkent 100174, Ozbekiston [email protected], ORCID ID: 0009-0000-5579-415X https://doi.org/10.5281/zenodo.13292334 Annotatsiya: Ushbu maqola o'rta asrlarda Markaziy Osiyo hududida keng tarqalgan tasavvuf ta'limotlari -Naqshbandiya va Yassaviya tariqatining mashxur vakillarining hayoti va faoliyati, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayotiga ta'siri ochib berilgan. Xususan, Yassaviya tariqatining XVI asrdagi yutuk vakillaridan Shayx Xudoydod Vali va Hazrat Qosim Shayxning temuriylar va shayboniylar sulolasi o'rtasidagi siyosiy kurashlarda ishtiroki hamda mamlakat tinchligi uchun olib qilgan ishlari tarixiy manbalar va keyingi tadqiqotlar asosida o'rganilgan. Shuningdek, Naqshbandiya tariqatining asoschilaridan biri Mavlono Orif Deggaroniy hayoti va faoliyati to'g'risida ham ba'zi manbalarda keltirilgan ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Tasavvuf tariqatlari, siyosiy jarayonlar, temuriylar va shayboniylar, din va davlat munosabatlari, pir va muridlik.

1 KIRISH

Jahon miqyosida tobora avj olib borayotgan turli xil nizolar va davlatlar o'rtasida keskinlashib borayotgan manfaatlar to'qnashuvi hamda g'oyaviy kurashlar yuz berayotgan hozirgi davrda islom diniy tasavvuf allomalari meroslaridagi insonparvarlik,

tinchlikparvarlik va ijtimoiy adolatparvarlik mohiyatini ochib berish, ularning insoniyat taraqqiyotiga qo'shgan hissasini o'rganish va targ'ib qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Prezident Sh.M.Mirziyoev ham "Islom sivilizatsiyasi markazi umumbashariy sivilizatsiya rivojiga benazir hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini o'rganish, dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini avvalambor xalqimizga, dunyo hamjamiyatiga yetkazish, jamiyatda "Jaholatga qarshi - ma'rifat" tamoyilini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi"[Mirziyoyev, 2018: 3],- deb alohida ta'kidlab o'tgan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, keyingi yillarda jahon tarixishunosligida islom tasavvuf allomalari meroslarini o'rganishga bo'lgan qiziqishning oshib borayotganligini kuzatish mumkin.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Dunyoning qator mamlakatlarida o'rta asrlar

Markaziy Osiyo hududida yashab, faoliyat yuritgan ko'plab tasavvuf allomalarining ijtimoiy hayotdagi adolat va tenglikni ta'minlashdagi hamda mamlakat siyosiy hayotida tinchlik, murosasozlik va ma'naviy hayotdagi insonparvarlik faoliyatlariga, shuningdek, tarixiy va madaniy meroslariga oid ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada butunjahon madaniy meros yodgorliklarini saqlash xalqaro tashkiloti - YUNESKO tomonidan, o'rta asr allomalari ilmiy meroslari va faoliyatlarini aks ettiruvchi manbalar, qo'lyozma asarlar va tarixiy yodgorliklar ajdodlarimiz hayotidan qimmatli ma'lumot beruvchi birlamchi manba ekanligining e'tirof etilishi va muhofaza qilinishi ham ahamiyatlidir[VMQ, 2021: №119: 2].

Mamlakatimiz hududida o'rta asrlarda yashab, islom ilmlarining turli sohalarida ijod qilgan ko'plab buyuk

allomalarimizning hayoti, ijodi, davlat ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy jarayonlaridagi faoliyatlariga oid keng va chuqur tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan tasavvuf ta'limotlaridan Naqshbandiya va Yassaviya tariqatlari rivojiga hamda o'z davrida mamlakat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan, bugungi Navoiy viloyati hududida yashab faoliyat ko'rsatgan allomalarimizdan Mavlono Orif Deggaroniy (13121375), Mir Sayyid Bahrom, Xoja Xisrav (vafoti - 1321), Xoja Sulaymon Karminiy, Qilich Ota, Abul Xasn Nuriy, Qanarboy Ota, Shayx Gadoy Selkin, Sayyid Ota, Badr Ota, Mavlono Konsuruniy, Shayx Xudoydod Valiy (1461-1532), Qosim Shayx Azizon (1500-1578), Abu Tohir Xoja (vafoti - 1874) kabi allomalar hayoti, faoliyati va ma'naviy meroslari mustaqillik yillarida tadqiqotchi olimlar va o'lkashunoslar tomonidan o'rganilib, keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. Ushbu yo'nalishda amalga oishirilayotgan tadqiqotlar jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy rivojlantirilishida alohida o'rin tutadi.

O'rta asrlar tasavvuf tarixi va ularning yirik namoyan-dalari hayoti, faoliyati, ilmiy merosi doimiy ravishda tadqi-qotchilar e'tiborini tortib kelgan. Ayniqsa, Markaziy Osiyo tariqati vakillari nafaqat Respublikamiz, balki xorijiy davlatlardagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan ham o'rganib kelinmoqda. Jumladan, Oksford va Kembrij universitetlari (Angliya), Martin Lyu-ter universitetining Islomshunoslik bo'limi, Rur-Bohum uni-versitetining Sharqshunoslik va islomshunoslik bo'limi (Germaniya), Michigan universiteti, Indiana univer-siteti (AQSh), Otaturk universiteti, Anqara universiteti (Turkiya), Ahmad YAssaviy nomidagi halqaro turk-qozoq uni-versiteti (Qozog'iston), O'zbekiston Respublikasi Fanlar Aka-demiyasi Tarix instituti va shu kabi boshqa oliy o'quv yurtlarida turlicha tadqiqotlar olib borilgan.

Xorij tarixshunosligida aynan karmanalik tasavvuf Shayx-laridan Shayx Xudoydod Valiy va Qosim Shayx Azi-zon-larning faoliyati alohida tadqiq etilmagan

. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^^ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

bo'lsa-da, lekin ayrim xorij olimlarining tadqiqotlarida ushbu mav-zuga dahldor bo'lgan ba'zi masalalar yoritiladi. Xususan, ingliz sharqshunosi J.S.Trimengem "The sufi orders in islam" nomli asarida sufiylik jamoalari, tariqatlar va ularni fao-liya-ti-ni keng sharhlashga harakat qiladi[Spencer, 1971: 359]. U sufiylikni paydo bo'li-shidan tortib, Markaziy Osiyoda keng tarqa-li-shigacha bo'lgan jarayonlarni yoritadi. Xususan, jahriy zikrini yassaviya tari-qatiga xos yo'nalish ekanligini aytib o'tadi[Trimingem, 1989: 260].

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari va mohiyatini alo-hida o'rgangan nemis olimi Yurgen Paul [Yurgen, 1998: 87] tadqiqoti ta-savvuf tarixiga yangicha uslubda yondashganligi bilan ajralib turadi. Uning tadqiqotlarida asosan Xojagon-Naqshbandiya tariqa-ti-ning g'oyalari, mohiyati, tariqat vakillarining fao-liyati tari-xiy manbalar va manoqiblar asosida ochib beriladi. AQSh lik olima Viktoriya Gardner o'z tadqiqotlarida XVI asr Markaziy Osiyodagi diniy va tasavvufiy hayot, tasavvuf allo-malarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'rni hamda ular-ning ma'naviy meroslarini tahlil qiladi. Ushbu tadqiqot asosan naqshbandiylik ta'limotining XVI asrdagi vakil-laridan Mahdumi A'zam Dahbediy va uning ilmiy merosi xu-susida bo'lsada, lekin shu davrda yashagan yassaviy Shayx-laridan Shayx Xudoydod Valiy to'g'risida ham ayrim ma'-lumotlarni keltirib o'tadi [Gardner, 2006: 250]. Xususan, tadqiqotchi Shayx Xu-doydod Va-liyning Mahdumi A'zam bilan bir davrda yashagan YAssaviya Shayxlaridan biri ekanligini eslatib o'tsada, u haqida to'liq ma'lumot bermaydi. Buni tadqiqot ob'ekti bosh-qa shaxs fao-liyatiga qaratilganligi bilan izohlash mumkin. Shu-ningdek, AQSh olimlardan Devin Deviz tadqiqotlarida esa Xojagon-Naqshbandiya tariqati va yassaviya tariqatining o'zaro alo-qadorligi, ularning kelib chiqishi va mohiyati, umu-miy va xususiy jihatlari to'g'risida to'xtalib o'tadi[Deweese, 1996: 180].

Nemis olimasi Anke fon Kyugelgen o'z tadqiqotlarida Buxoro amirligi davrida hukmronlik qilgan mang'itlar sulo-lasini (1747-1826) hokimiyat tepasiga kelish jarayon-larining ligitimatsiyasini mahalliy manbalarga asoslanib tahlil qiladi. U tadqiqotda Karmana mang'itlar davrida ham Buxo-roning muhim siyosiy-iqtisodiy strategik axamiyatga ega bo'l-gan shahari(bekligi) sifatida e'tirof etadi[Kugelgen, 2002; 518].

Xoja Ahmad Yassaviy va yassaviya tariqati xususida alo-hida tadqiqot olib borgan turk olimlaridan Fuad Kup-ru-luzoda yassaviya tariqatining O'rta Osiyo va turkiy xalq-larning ma'-naviy hayotida tutgan o'rni, Xoja Ahmad Yassaviy hik-mat-lari va yassaviya tariqatida zikr tushunchasi hamda bu-gungi yassa-viyshunoslik an'analari xususida alohida ta'-kid-lab o'ta-di[Fuad Kuprulu, 1976, 469]. Usmon Turar tadqiqotlari esa tasavvuf va yassaviya ta-ri-qati tarixiga bag'ishlangan jiddiy tadqiqot-lar-dan biri-dir[Usmon, 199: 180]. Shuningdek, Muhammad Bilal Chilekning mang'it amir-lari davriga oid vaqf xujjatlari tahlillarida ham Kar-mana shah-ri va uning

tarixi to'g'risida ayrim lavhalar

kelti-ri-ladi[Muhammed, 2012: 781].

Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarning mazmun mohiya-ti-dan kelib chiqib, XVI asr boshlarida Movarounnahrda yuz bergan siyosiy-ijtimoiy beqarorlik va xalq ma'naviy hayotiga ta'sir o'tkazgan karmanalik yassaviya tariqati vakillaridan Shayx Xudoydod Valiy hamda Abdullaxon II davrida mamla-katni markazlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etgan Qosim Shayx Azizon va boshqa karmanalik Shayxlarning hayoti fao-liyatini tegishli manba va adabiyotlar asosida o'rganilishi mam-lakatimizning O'rta asrlar davri tarixini yoritishda mu-him ahamiyat kasb etadi.

Xorij tarixshunosligida ham muammoga dahldor ayrim masalalar tadqiq etilgan. Jumladan, nemis tadqiqotchisi A.Mets o'z tadqiqotida islom dinini kelib chiqishi, mohiyati va tasavvuf tariqatlari tarixi masalalariga to'xtalib o'tadi. Uning tadqiqotlarida asosan XVI asr tasavvuf va tariqatlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etiladi va tasavvufni kelib chiqishi, nazariy-amaliy jihatlariga e'tibor qaratadi[Adam, 1973: 474].

Tadqiqot mavzusidan kelib chiqib, hamdo'stlik davlatlari tadqiqotchilardan A.Xismatullin, M.Ne'matov, Z.Nabotovlar tomonidan amalga oshirilgin tasavvuf tarixiga oid tadqiqotlarini ham kiritish mumkin[Nabotov, 2002: 134]. A.Xismatulin o'z asarida tasavvuf tariqatlarini tahlil qilar ekan, unda Abu Hamid Muhammad al-G'azzoliyning(1058-1111) "Ilmi loduniy" asariga tayangan holda tasavvufning kelib chiqishi va uning tariqatlari bayoni va tariqatlarning asosiy g'oyalari, amalga oshirish shartlari hamda tartiblari xususida kengroq tushuncha berib o'tadi[Xismatullin, 2008: 193].

N. D. Mikluxo-Maklay tadqiqotlarida asosan Markaziy Osiyolik allomalar tomonidan yaratilgan va yurtimiz tarixini aks ettiruvchi fors-tojik tilidagi qo'lyozma va toshbosma asarlar hamda ularning mualliflari to'g'risida m'lumotlar qayd etilgan[Mikluxo Maklay, 1961: 169]. Xususan, tadqiqot uchun asosiy manbalardan biri bo'lgan Olim Shayx Azizon (1564-1631)ning "Lamahot min nahotul-quds"(Muqaddas xushbo'yliklardan lahzalar) nomli asari mohiyati imkon qadar kengroq tavsif qilinadi.

A. A. Semyonov[Semyonov, 1954: 12], R. G. Mukminova[Mukminova, 1966: 317] kabi olimlar XVI asr SHayboniylar davlati, qishloq xo'jaligi munosabatlari tarixi masalalariga bag'ishlangan tadqiqotlarida vaqf xujjatlariga asoslanib, Samarqand shahri va bu yerda joylashgan masjid, madrasalarga oid ma'lumotlar keltirilgan.

4 TAHLIL NATIJALARI

Markaziy Osiyo tasavvufshunoslik tarixini yoritish va tasavvuf tariqatlari vakillarining ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy faoliyatini o'rganishda ushbu tadqiqot natijalarining nazariy-uslubiy jihatlari ko'rsatib berilgan. Jumladan:

Markaziy Osiyo tasavvuf tarixining o'rta asrlar davriga oid yangi ilmiy dalillar aniqlanib, XIV-XIX asrlarda bunyod etilgan tarixiy obidalar va

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

qadamjolarning ichki turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati ishlab chiqildi;

tadqiqotda bayon etilgan tarixiy voqelik, qayd etilgan takliflar, ishlab chiqilgan xulosalar natijasida shayboniylar sulolasi davrida ijtimoiy-siyosiy hayot hamda Mavlono Orif Deggaroniy, Shayx Xudoydod Valiy va Qosim Shayx Azizon ilmiy merosining bugungi ahamiyati ko'rsatilgan;

yassaviya tariqati vakillarining Markaziy Osiyoda shayboniylar sulolasi davrida, xususan, Muhammad Shayboniyxon (1451-1510), Ubaydullaxon(1487-1540) va Abdullaxon II (1534-1598) tomonidan markaziy xokimiyatni mustaxkamlashdagi o'rni hamda mamlakat madrasalari talabalari va beva-bechoralarni moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlash, millatlararo totuvlikni targ'ib etishdagi faoliyati ko'rsatib berildi;

- Zahiriddin Muhammad Bobur va Ubaydullaxon o'rtasidagi siyosiy ziddiyatlarni bartaraf etish hamda Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligining uzil-kesil o'rnatilishiga Shayx Xudoydod Valiyning ta'siri tarixiy faktlar asosida isbotlandi;

- Qosim Shayx Azizonning Abdullaxon II tomonidan davlatni markazlashtirishdagi ma'naviy ko'magi hamda 1551, 1569, 1576 yillarda shayboniy sultonlar o'rtasidagi toju taxt uchun kurashlarda mamlakat tinchligi va xalq osoyishtaligini ta'minlash maqsadida hukmdorlarni murosaga keltirish yo'lida olib borgan sulhparvarlik faoliyati aniqlandi;

XVI asrda yassaviya va naqshbandiya tariqatlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar Shayx Xudoydod Valiy - Mahdumi A'zam Dahbediy va Qosim Shayx Azizon -Jo'yibor xojalarining hamkorlik aloqalari misolida ochib berildi.

Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) vafotidan so'ng XV asr oxirlariga kelib temuriy shahzodalar o'rtasida kuchayib ketgan o'zaro ichki ziddiyatlar mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ahvoligajiddiy ta'sir ko'rsatdi. Mahalliy aholining esa bora-bora temuriylarga bo'lgan ishonch va e'tiqodlari so'nib bordi. Bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalangan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) qisqa vaqt ichida temuriylarga qarashli bo'lgan Buxoro, Samarqand, Marv, Hirot, Mashhad, Nishopur kabi shaharlarni egalladi va Sirdaryodan to markaziy Afg'onistongacha bo'lgan katta hududlarni qo'lga kiritdi. Movarounnahrda temuriylar hukmronligini saqlab qolish uchun Zahiriddin Muhammad Bobur SHayboniyxonga bir necha marotaba jiddiy qarshilik ko'rsatib, harbiy yurishlarni amalga oshirdi, lekin u maqsadiga erisha olmadi.

Muhammad Shayboniyxon hujumi arafasida o'lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning yomonligi, mehnatkash xalq ommasining tobora qashshoqlashuvi ham ko'chmanchi Dashti Qipchoq qabilalari g'alabasining asosiy omillarida biri bo'ldi. Bunday og'ir iqtisodiy ahvol mamlakatning tayanchi hisoblangan diniy ulamolar va ziyolilar tomonidan shayboniylar xokimiyatini qo'llab-quvvatlanishiga sabab bo'ldi.

O'rta asrlar davlatchiligi tarixida din va davlat, davlat va tasavvuf Shayxlari mavzulari kam o'rganilgan sohalardan biri bo'lib qolmoqda. Amalga oshirilgan

ayrim tadqiqotlar ham asosan Naqshbandiya tariqati va Shayxlari misolida o'rganilgan. Xususan, Jo'ybor Shayxlari faoliyatini ochib berishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Buni Jo'ybor Shayxlarining karmanalik Shayxlarga nisbatan qo'lida to'plangan katta yer-mulklarining mavjudligi va ularning davlat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida ma'lum mansabdorlik vakolatlari bilan ham izohlash mumkin[Turayev, 2007: 40].

Tasavvuf ilmi sohiblari, ilmiy bashoratchilarning tarixi, ularning hayoti va karomatlari xususida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlarida, tarixiy kitoblarda ko'plab ma'lumotlar berilgan. Ana shunday shaxslardan biri bugungi Navoiy viloyati Karmana tumaniga qarashli Hazora qishlog'ida yashagan, XIV asr yirik siymolaridan Shayx Mavlono Orif Deggaroniydir. Mavlono Orif Deggaroniy naqshbandiya tariqatida pirlik maqomiga yetgan yetuk alloma hisoblanib, Xo'ja Bahouddin Naqshbandning ma'naviy ustozi sanalgan.

Amir Kulol tarbiyasini olgan Mavlono Orif Deggaroniy keyinchalik Xazrat Xo'ja Bahouddin Naqshbandga ustozlik qilib, yetti yil mobaynida uning tarbiyasi bilan shug'ullangan. Hazrat Bahouddin Naqshband ham o'z navbatida Mavlono Orif Deggaroniyni juda hurmat qilgan, unga bexad izzat-ikrom va iltifotlar ko'rsatgan. U kishining karomatlari va maqomoti xususida bir qancha tarixiy manbalarda qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Jumladan, Sayyiid Muhammad Nosiruddinning "Tuhfat az-zoirin" ("Ziyoratchilarga sovg'a"), Farididdin Attorning "Tazkirat-ul-Avliyo", Faxriddin Ali Safiyning "Rashahotu aynil-hayot" (obihayot tomchilari), Muhammad Bokirning "Maqomoti shohi Naqshband", AJomiyning "Nafosat ul ins", Xoja Shohobiddinning "Maqomoti Mir Kulol", Badriddin Kashmiriyning "Ravzat ar-rizvon" (XVI asr), Husayn As-Saraxsiyning "Manoqibi Sa'diya" (XVI asr) kabi asarlarida Mavlono Orif Deggaroniyning naqadar mo''tabar va ulug' zot ekanligi zikr qilinadi. Shuningdek, qator xorijiy mamlakatlarning tarixchi olimlari Turkiston ulug' allomalari hayoti va faoliyatini o'rganar ekan, Mavlono Orif Deggaroniyga ham alohida e'tibor beradi. Jumladan, nemis olimi Yurgen Paul o'zining "XIV-XV asrlarda O'rta Osiyoda naqshbandiyaning siyosiy-ijtimoiy ahamiyati" (Berlin, 1991) kitobida 96 allomaning nomini tilga olib, ular orasida Mavlono Orif Deggaroniyga ham alohida e'tibor berilgan[Jurgen, 1991: 15] .

Hazrat Mavlono Orif Deggaroniy taxminan milodiy 1312-1376 yillar yashab o'tgan mashhur tasavvuf allomasi. U kishi Buxoroning yetti pirlaridan Hazrat Sayyid Amir Kulolning eng yaqin shogirdi hamda hojagon-naqshbandiya tariqatining mashhur vakili Hazrat Bahouddin Naqshbandiyning ustozi va do'sti hisoblanadi.

O'rta asrlarda G'arbiy yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniyada xristian cherkovlari isloh qilinishi boshlanib, din va davlat o'rtasidagi munosabatlarga ma'lum ma'noda aniqlik kiritilayotgan edi. Buni katolik cherkovining bu davrlarda xalqning va davlatning ishonchini yo'qota boshlagani nuqtai nazaridan izohlash

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

mumkin. O'zbek xonliklarida esa aksincha, din va davlat munosabatlari chuqurlashib borganligini kuzatamiz. Buning albatta, o'ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy sabablari mavjud edi. Barcha o'rta asr davlatlariga xos bo'lgani kabi Shayboniylar davlatida ham diniy ulamolarning mavqei baland edi. Ushbu sulola vakillari zamonasining mashhur Shayx va ulamolarini o'zlariga pir deb bilgan va mamlakat ichki hamda tashqi siyosatini amalga oshirishda ularning yordamiga tayangan. Shayboniylar davrida Buxoroda Jo'ybor Xojalari, Karmanada Qosim Shayx Azizon (vafoti 1580), Samarqandda Shayx Xudoydod Valiy (1461-1532) va Mahdumi A'zam Dahbediy (1461-1542) kabi tasavvuf vakillari faoliyat yuritgan. Shayboniyxon Movarounnahrni egallagach, o'z davrining ko'zga ko'ringan ayrim din vakillari bilan munosabat o'rnatishga harakat qildi. Buni Shayx Xudoydod Valiy va Shayboniyxon o'rtasidagi munosabatlarda ham ko'rish mumkin[Olim Shayx, 2007: 87].

Manbalarda Shayx Xudoydod Valiy oilasi dastlab qavm-qarndoshlari, muridlari va yaqin kishilari bilan Buxoroga, undan so'ng Karmana atroflaridagi Qiztog'i degan manzilda yashaganligi aytiladi [Olim Shayx, 2007: 96]. Tadqiqot davomida ushbu manzil Qizbuvi (Qiz tog'i) hamda Qarnab tog'lariga tutash bo'lgan hozirgi Cho'tqora qishlog'i va Farhod mavzesi oralig'idagi hudud ekanligi aniqlandi.

Bugungi kunda ham Karmanaga yaqin ayrim hududlarda Shayx Xudoydod Valiy nomi bilan bog'liq manzillar va xalq orasida saqlanib qolgan ayrim rivoyatlar mavjud. Ular Shayxning shu manzillarda yashaganligidan guvohlik beradi. Shuningdek, Shayx Xudoydod nomi bilan bog'liq manzillarni Buxoro atroflarida ham uchratish mumkin. Xususan, R. G. Mukminova tadqiqotlarida Buxoroning Chorsu mavze'sida Bobo Xudoydod nomli mahalla va masjid borligi aytib o'tiladi[Mukminova, 1966: 317]. Lekin, tahlillar natijasiga ko'ra bu mahalla va masjidga XVIII asrda yashagan Shayx Xudoydod (vafoti - 1800)nomi berilgan degan xulosaga kelindi[Ismoilov, 2006: 26].

Shayx Xudoydod Valiy 1496 yilda Samarqandning Sheroz (hozirgi Jomboy) tumanida joylashgan G'azira mavzesiga kelib xonaqoh quradi va umrining oxirigacha ushbu maskanda faoliyat olib borgan. Bundan tashqari, u Samarqand shahrining ayrim mahallalarida joylashgan xonaqohlarda ham ilm-ma'rifat targ'iboti bilan shug'ullangan va milodiy 1532 yilda G'azirada vafot etadi. Abu Tohirxoja Samarqandiyning "Samariya" asarida Shayx Xudoydod Valiyning vafoti sanasini quyidagicha keltiradi: "Azizon Shayx Xudoydodning vafot sanasi 939/1532 yil bo'lib, "bir aft Qutbi olam" vafoti tarixidir".

Shayx Xudoydod Valiyning siyosiy hayotda tutgan o'rni "Lamahot" asarida XVI asr boshlarida Movarounnahrda ro'y bergan Zahiriddin Muhammad Bobur va shayboniy Ubaydullaxon o'rtasidagi siyosiy munosabatlar bayonida ham keltiriladi[Olim Shayx, 2007: 158]. Ya'ni, 1511 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur Eron hukmdori Shoh Ismoil Safaviy qo'shinlari yordamida Samarqand taxtini egallaydi va unga qarshi

shayboniy Ubaydullaxon taxtni qaytarib olish niyatida jangga otlanadi. Shu jarayonda Bobur Mirzo Shayx Xudoydod Valiyga o'z odamini jo'natib, qo'llab-quvvatlashini so'raydi. Lekin, Shayx Xudoydod Valiy "Kim musulmonroq bo'lsa, o'sha podshoh bo'lg'usidir", deb unga rad javobini beradi. O'z navbatida, Ubaydullaxon ham Ahmad Yassaviy maqbarasi atrofida o'ziga tarafdorlarni to'plab, agar Samarqand taxtini qo'lga kiritsa, bir umr sunniy mazhabiga sodiq qolishi to'g'risida qasamyod qiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa o'zining bilib-bilmay qilgan xatosini tushunib : "Ubaydullaxonning musulmonligi bizdan

ustundir"[Hasanxoja, 1993: 158], deb e'tirof etadi. Natijada Shayx Xudoydod Valiy Ubaydullaxonni qo'llab-quvvatlaydilar. Bu esa o'sha davr nuqtai nazaridan qaraganda Shayx Xudoydod Valiy xalqning boshiga tushishi mumkin bo'lgan yana bir kulfatni, ya'ni diniy mojarolarning ham oldini olganligini e'tirof etib o'tish lozim. Bu kabi voqealar 1530 yillarda Samarqand hokimi bo'lib turgan Abu Sa'idxon (1530-1533) bilan bo'lgan munosabatlarda ham ko'rinadi.

Shayx Xudoydod Valiy dehqonchilik va turli nazr-niyozlardan tushgan nafaqalar, oziq-ovqatlarni qat'iy hisob bilan birinchi navbatda, och qolgan, nochor ayollar va bolalarga, mayib-majruhlarga berishni joriy qilgan. Bu esa uning kambag'alparvar shaxs bo'lib, har doim o'zgalar manfaatini o'z manfaatidan ustun qo'yganligini ko'rsatadi va bugungi mustaqil davlatimiz ijtimoiy siyosatining asosiy mohiyatini tashkil etadigan "aholini kuchli ijtimoiy himoyalash" tamoyili bilan mantiqan bog'lanadi.

Shayx Xudoydod Valiy tariqatda shogirdlar masalasiga ham alohida e'tibor qaratgan va tariqatdagi ma'rifat bosqichini asosiy bosqichlardan biri sifatida e'tirof etgan. Ushbu bosqichda shogirdlariga sahih hadislar, Qur'on oyatlaridan saboq bergan. Bunda mushohada qilish uslubi muhim o'rin tutgan. "Manoqib"da Shayx Xudoydod Valiy yashagan muhit, Dashti Qipchoqdan kirib kelgan ko'chmanchi aholining o'troqlashish jarayoni, savodlilik darajasi haqida ham ma'lumotlar uchraydi. Xususan, muallif Shayx Xudoydod Valiy tilidan quyidagi jumlalarni keltiradi: "Biz hozir bandalarga xos bo'lgan ta'lim talabini pasaytirib yuborganmiz, nima uchun o'troq bo'layotgan xalqlar orasida donishmandlar yo'q"[Manoqib, 2017: 160],-deb kuyunadi.

Shayx Xudoydod o'z muridlariga "Olimlik bu amaliyot bilan ilmning birlashmasi" deb tushuntiradi. SHu bois o'zi o'qitayotgan talabalar bilan ham amaliy, ham nazariy mashg'ulotlar olib borib, ularni bilim darajasini tekshirib turganligi to'g'risidagi ma'lumotlar manbalarda qayd etilgan.

Hazrat Qosim Shayx Azizon yassaviya tariqatining XVI asrdagi mashhur pirlaridan bo'lib, o'z davrida Movarounnahr diyorida yetakchi diniy ulamolardan biri sifatida faoliyat olib borgan. Manbalarning guvohlik berishicha, Qosim Shayx Azizon taxminan XVI asr boshlarida Karmananing Marjonxotin qishlog'ida tug'iladi. Ayrim tadqiqotlarda Marjonxotin qishlog'ida hazrat Qosim Shayxning 20 tanobdan ortiq ekin

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

ekiladigan yerlari bo'lganligi haqida ham qayd etilgan[Raxmonov, 116: 7]. O'rta asr tarixchisi Sharofuddin Roqimiyning ma'lumotlarida Qosim Shayx Azizon Buxoro va Samarqand madrasalarida tahsil olib, yassaviya tariqati Shayxlari hazrat Mavlono Vali Azizon Ko'hizoriy va Shayx Xudoydodlardan tariqat sirlarini o'rgangan[Sharofiddin, 1998, 115].

Qosim Shayx hayoti davomida boshqa yassaviya tariqati vakillaridan farqli o'laroq davlat va jamiyat siyosiy hayotida faol ishtirok etib, Abdullaxon II ni mamlakatni birlashtirish va markazlashtirish siyosatini qo'llab-quvvatlagan. U tarqoq beklarni yarashtirish, markaziy hokimiyatga bo'ysundirish ishlarida faol ishtirok etgan. Abdullaxon II taklifi bilan Qosim Shayx bir necha vaqt Buxoro shahrida ham istiqomat qilgan.

Abdullaxon II mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir masalalarni hal qilishda Qosim Shayxning yordamiga tayangan. Jumladan, 1551 yilda Turkiston hamda Toshkent hokimi Navro'z Ahmadxon katta qo'shin bilan Miyonqol va Ofarikentni bosib olish uchun kelayotganini eshitgan hokimlar har tomonga qochib ketadi. Hatto, Abdullaxon II ning otasi Iskandarxon ham Andaxud va Shibirg'on tomonga qochgan edi. Biroq, 17 yoshli Abdullaxon II Qosim Shayx yordamida Karmana qal'asini himoya qiladi. Navro'z Ahmadxon Karmanani 12 kun qamal qiladi, biroq uni ololmaydi. Qal'a ichida Qosim Shayxning ham borligini eshitgan Navro'z Ahmadxon unga bo'lgan chuqur ihlosi sabab Abdullaxon II bilan sulh tuzadi va orqasiga qaytib ketadi, natijada vayronagarchiliklarning oldi olinadi[Arab Qatag'on, 2009: 164].

Keyinchalik ham Abdullaxon II xokimiyatni egallashida Qosim Shayx uni qo'llab-quvvatladi va bu ishlarda ham ma'naviy, ham siyosiy jihatdan ko'mak berib turdi. Qosim Shayx Azizon 1576 - 1577 yillarda bir-biri bilan kurashib turgan uch hukmdor: Xorazm shohi Hoji Muhammadxon, Qipchoq dashtidan qozoq Eshimxon va Abdullaxonlarni Karmanada bir kigiz ustiga o'tqazib, sulh tuzishga erishadi [Hofiz Tanish, 1999: 239]. Qosim Shayx sa'y-harakatlari bilan butun viloyat osoyishta, fuqaro farovon, mamlakat xavfsiz edi.

1576 yilda Abdullaxon II tomonidan Samarqandni bosib olinishi voqeasida Qosim Shayx Azizonning faoliyati "Lamahot" asarida shunday tasvirlanadi: "Hazrat Qosim Shayx oldiga bir tolibi ilm kelib shaharni Abdullaxon qurshab olganini va Samarqand hokimi Juvonmardalixon bilan jang bo'layotganini bildirdi va ularni yarashtirishni so'raydi. Shunda Hazrat Qosim Shayx Samarqand yaqinidagi qishloqqa kelib, u yerdan Pirim Shayx, Tohir Shayx, Iftihor Shayx, Amir Nabira va Mirmoh Shayxlarni Juvonmardalixon huzuriga yuborib, Samarqandni bizga nazir qilsin, biz Abdullaxonni uning (Juvonmardalixon) va musulmonlarning ustidan podshoh qilaylik" [Olim Shayx, 2007: 173],- deydi. Natijada Qosim Shayx boshchiligidagi diniy peshvolarning sa'yi harakatlari bilan Abdullaxon II Samarqand taxtini egallaydi va osoyishtalik o'rnatiladi.

Qosim Shayx Azizon davlat tinchligini ta'minlashdagi hayirli ishlar bilan bir qatorda ilm ahliga, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga ham hurmat va katta e'tibor

bilan qarab ularning moddiy ta'minotlari bilan ham shug'ullangan. Xususan, bir kishi yuz tangani Hazrati Azizon (Qosim Shayx)ga niyoz qilib olib keladi. U zot esa, ushbu pullarni "talabalar va xonaqoh sufilariga va Karmana qishlog'i beva- bechoralariga olib borib bering! ey tolibi ilmlar va so'filar, o'qishni tashlamsligingiz uchun sizni bundan qutqardik" [Olim Shayx, 2007: 182],-deb ta'kidlaydi.

Qosim Shayx umrining asosiy qismini Karmanadagi xonaqosida o'tkazgani, bu yerda tariqat targ'iboti, muridlar tarbiyasi bilan bir qatorda mamlakat hukmron doiralarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga faol aralashgani ham ko'zga tashlanadi. Bir so'z bilan aytganda, Qosim Shayx Azizon Quyi Zarafshon vohasining yagona ruhiy rahnamosi sifatida: birinchidan, Yassaviya tariqatining mavqeini oshirdi; ikkinchidan, Karmanani tasavvuf markazlaridan biriga aylantirdi; uchinchidan, hukmdorlar o'rtasida o'zaro sulh va bitimlar tuzilishida vositachilik qildi.

Qosim Shayx Azizonning 1578 yilda vabo kasalidan 80 yoshida vafot etganligi to'g'risida tarixiy manbalarda ma'lumotlar mavjud. Xususan, "Abdullanoma"da Qosim Shayx vabo kasalidan butun yurtni asrab qolish uchun bu baloni faqat o'zi va muridlarigina shu kasalga yo'liqishini Ollohdan tilab duo qilganligi qayd etilgan[Hofiz Tanish, 1999: 321]. Ushbu voqea jarayonlari "Lamahot" asarida batafsil bayon etilgan [Olim Shayx, 2007: 169].

5 XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, Shayx Xudoydod Valiy, Qosim Shayx Azizon va ularning izdoshlari Markaziy Osiyo, xususan, Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida o'ziga xos o'ringa ega bo'ldi. Jumladan, shayboniylar sulolasi vakillaridan Muhammad SHayboniyxon (1500-1510), Abu Sa'idxon (15301533), Ubaydullaxon (1533-1540) va Abdullaxon II (1583-1598) hukmronligi davrida sodir bo'lgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ushbu tariqat namoyandalarining bevosita yoki bilvosita rahnamoligi ostida kechdi. Diniy ulamolarning vositachilik va murosasozlik faoliyati tufayli ko'p hollarda hukmdorlar o'rtasida o'zaro kelishuv sulhlari tuzilgan, natijada keraksiz urushlar va ortiqcha qon to'kilishlarining oldi olingan.

O'rta asrlarda Markaziy Osiyoda faoliyat yuritgan tasavvuf Shayxlarining ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy faoliyatiga oid tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1. Sohibqiron Amir Temur vafotidan so'ng temuriy shahzodalar o'rtasidagi o'zaro ichki ziddiyatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotni izdan chiqardi. Natijada atrofdagi ko'chmanchi qabilalarning Movarounnahrga bostirib kirishi uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Zahiriddin Muhammad Bobur hokimiyatni temuriylar qo'lida saqlab qolish maqsadida bir necha marotaba harakat qilgan bo'lsada, lekin yoshligi va tajribasi kamligi hamda diniy peshvolarning qo'llab-quvvatlamaganligi tufayli shayboniylardan hokimiyatni tortib ololmadi. Natijada shayboniylar Movarounnahrni egallab, mamlakat ijtimoiy, siyosiy,

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

iqtisodiy va madaniy hayotida muhim tarixiy davrni boshlab berdi;

2. Shayboniylar sulolasi davridan boshlab davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida yassaviya tariqatining ta'siri va mavqei sezilarli darajada ko'tarildi. Shayboniy hukmdorlari o'z davrining ko'zga ko'ringan diniy ulamolarini o'zlariga pir tutib, har bir ishda, yurishlarda va mamlakatni idora qilishda ularning ko'rsatmalariga amal qildi. Xususan, Muhammad Shayboniyxon dastlab Shayx Xudoydodning ustozi Shayx Jamoliddinga, keyinchalik Shayx Mansurga, Abu Sa'idxon Shayx Xudoydodga, Abdullaxon II Qosim Shayx Azizonga ixlos qilib, ulardan madad olishi bunning yorqin dalili;

3. O'rta asr davlatchiligi uchun xos bo'lgan diniy ulamolarning siyosatga ta'siri XVI asrda ayniqsa, Shayx Xudoydod Valiy va Qosim Shayx Azizon faoliyatida yaqqol ko'zga tashlandi. Abdullaxon II hukmdorligi davrida Movarounnahr va Xuroson o'lkasini birlashtirish uchun kurash bo'ldi va natijada siyosiy yaxlitlik ma'lum ma'noda saqlab qolindi. Ana shunday siyosiy tahlikali davrda Karmanada yashab faoliyat yuritgan aksariyat Shayxlar o'z qarashlarida bir maqsadni, ya'ni yurt tinchligi va osoyishtaligini, xalqning baxtu-saodatini va zamona hukmdorlarini insof va adolatga chorlashni ifoda qildi;

4. Qosim Shayx Azizonning Abdullaxon II ni markazlashtirish siyosatidagi faoliyati 1551, 1568-1569, 1576-1577 yillardagi siyosiy voqealar asosida ochib berildi. Bu esa ushbu Shayxning mamlakat tinchligini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy hayotni nisbatan izga tushishida muhim rol o'ynaganligini ko'rsatdi.

ADABIYOTLAR:

1) Sh.M.Mirziyoev. 2018 yil 15 iyundagi O'zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi jarayonidagi nutqi. https://president.uz/uz/lists/view/2208

2) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 martdagi "Moddiy madaniy meros ob'ektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi №119-son Qarori. https://lex.uz/pdfs/5320217

3) J.Spencer Trimingham. The sufi orders in islam. Oxford at the Clarendon press.1971. - P. 359. Elektron kitob:

https://archive.org/details/160961366SufiOrdersInIslam.

4) Trimingem Dj.S. Sufiyiskiye ordenbi v islame. Perevod s ang. A.A.Staviskoy. Moskva: Nauka, 1989. -260 S. Elektron kitob: http://royallib.com/book/trimingem_dg/sufiyskie_ordeni _v_islame.html.

5) Paul Jurgen.The Kwajagan Naqshbandiya in the first generation after Bahauddin. Berlin-Das Arab. Buch.1998.-P.87.Elektronkitob: https://uni-halle.academia.edu/JuergenPaul.

6) Gardner, Victoria R. The written representations of a Central Asian S^ifo Shaykh:Ahmad ibn Mawlvnv Jalvl al-don Khwvjago Kvsvno "Makhdbim-iAzam"

(d.1542), unpublished PhD. Dissertation, The University of Michigan. 2006. P-250.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7) DeWeese, Devin. "The Mashv'ikh-I Turk and the Khojagvn: Rethinking the Links between the Yasavo and Naqshbando Sufi Traditions". Journal of Islamic Studies, 1996.7(2),pp. 180—207. http ://j is.oxfordj ournals.org/content/7/2/180. extract

8) Anke von Kugelgen. Die Legitimierung der mittelasiatischen Mangitendynastie in den Werken ihrer Historiker (18.-19. Jahrhundert), Istanbul/Wrzburg: Ergon Verlag, 2002. -518 P. Rus tilida: Legitimizatsiya sredneaziatskoy dinastii mangitov v proizvedeniyax ix istorikov (XVIII—XIX vv.). Almatbi: Dayk press, 2004.515 s. Elektron kitob: https://unibe-ch2.academia.edu/AnkevonKuegelgen.

9) Fuad Kuprulu. Turk edebiyatinde ilk mutasavviflar. -Ankara, 1976. - 469 P.

10) Usmon Turar. Tasavvuf tarixi. Turk tilidan Nodirxon Dadaxon tarjimasi. - T.: Istiqlol, 1999. - 180 B.

11) Muhammed Bilal ZELEK. Mangitlar devri yerli vakayinameleri. Turkish Studies - International Periodical For The Languages, Literature and History of Turkish or Turkic Volume 7/3, Summer 2012, p. 781800, Ankara-Turkey.

12) Адам Мец. Мусульманский ренессанс. -Москва, Наука. 1973. - 474 с.

13) Наботов З. Проблема человека в накшбандизме. Дисс. Канд. Фил.Наук. - Душанбе. 2002.-134с.

14) Хисматулин А.А. Суфизм. СП, Издательский дом "Азбука-классика" Петербургское востоковедение. 2008. - 193 с.

15) Миклухо Маклай. Н.Д. Описанные таджикских и персидских рукописей. Институт Народов Азии. Выпуск-2. Москва, 1961. -169 с.;

16) Семёнов А.А. Шайбанихан,завоевание ими империи Темуридов // Материали по истории таджиков и узбеков Средней Азии. Труды Института истории и археологии АН Таджикской ССР, том 12, выпуск1, Сталинобод, 1954.

17) Мукминова Р.Г. К истории аграрных отношений в Узбекистане XVI в. По материалом «Вакеф-наме». Т.: «Наука» 1966. - 317 с.

18) To'rayev H. Buxoro xonligining XVI - XVII asrlar ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-madaniy hayotida Jo'ybor xojalarining tutgan o'rni. Diss... avtoref.Tarix fan.dok. T.: 2007.-40B.

19) O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 5-jild. "L" (Lyuteranchilik). - Toshkent: O'zME, 2003. - B. 337.

20) Muhammad Olim Shayx. Lamahot. Forschadan K. Kattayev va A. Narzullayevlar tarjimasi. -Samarqand, 2007. - B.82.

21) Мукминова Р.Г. К истории аграрных отношений в Узбекистане XVI в. По материалом «Вакеф-наме». Т.: «Наука» 1966. - 317 с.

22) Ismoilav M. Shayx Xudoydodning "Bahr al-ulum" asari Markaziy Osiyoda tasavvuf tarixiga oid muhim manba(XVIII asrning ikkinchi yarmi). Tarix fan.nom.diss...avtoref. T.: 2006. 26-B.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, в-8 may 2004 www.in~academy.uz

23) Abu Tohirxoja. Samariya. - Toshkent: YAngi asr avlodi, 2009. - B.171.

24) Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob (Do'stlar yodnomasi). Tarjimon va izohlar muallifi Ismoil Bekjon. - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. - B. 191. Yana qarang: Lamahot.. -B. 158.

25) Ulug' avliyo Shayx Xudoydod Vali (Manoqib). Fors tilidan Sayfuddin Sayfulloh tarjimasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - B. 160

26) Kandakharov, A. K. (2017). Analysis of sufism mission representatives activity of central asia in the xvi century by the sample of work" Lamahot". социосфера, (3), 25-32.

27) Sharofuddin Roqimiy. Tarixi tomm. - Toshkent: Ma'naviyat, 1998. - B. 115.

28) Muhammadyor ibn Arab Qatag'on. Musaxxir al-bilod. T.: YAngi asr avlodi, 2009. - B.164.

29) Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma. Birinchi kitob. Fors tilidan S. Mirzayev tarjimasi. - Toshkent: Sharq, 1999. - B. 239;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.