Научная статья на тему 'TEMURIYLAR DAVRI MANBALARIDAN “RAVZAT US-SAFO” ASARINING O‘RGANILISHI'

TEMURIYLAR DAVRI MANBALARIDAN “RAVZAT US-SAFO” ASARINING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Timur / Mirxond / Alisher Navoiy / Xondamir / Xoji Halifa / “Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo val-muluk val-xulafo” / Edvard Rehatsek / Muhammad Yusuf Rojiy / Balatiyzoda Hasan / Abbos Parviz / Erkan Go‘ksu. / Emir Timur / Mirkhvand / Ali Shir Nava’i / Khvandamir / Khaji Halifa / “Rawzat us-safa fi siirat ul-anbiyya wal-muluk wal-khulafa” / Edward Rehatsek / Muhammad Yusuf Raji / Balatizada Hasan / Abbas Parviz / Erkan Goksu.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — G‘ayratjon Jumayev, Oybek Xakimov

Temuriylar davri ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti, siyosiy, diplomatik va harbiy tarixiga doir ko‘plab manbalar yaratilgan bo‘lib, mazkur maqolada Temuriylar davrining muhim manbalaridan biri bo‘lgan muarrix Mirxondning “Ravzat us safo” asari, uning o‘rganilishi haqida ma’lumotlarni taqdim etdik. Shuningdek, maqolada tarixnavis Mirxond haqida, uning hayoti va ijodi, muarrix yaratgan asar, ushbu asarning tarjimalari hamda tabdillari, yana asarning nusxalari, ularning saqlash joylari, asar bo‘yicha tadqiqot olib borgan olimlar haqidagi ma’lumotlarni bayon etdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STUDY OF THE WORK OF "RAWZAT US-SAFA" FROM THE SOURCES OF THE TIMURID PERIOD

This article explores key historical sources that shed light on the Timurid era's socio-economic, cultural, political, diplomatic, and military landscape. The renowned historian Mirkhvand is central to the study, whose life and monumental contributions to historical scholarship are meticulously examined. The article delves into his magnum opus, detailing its translations, and the various preserved copies across different repositories. It also highlights scholars who have studied Mir Khvand's work and assesses the broader impact of his contributions to Timurid historiography. This study provides insight into the legacy of Mirkhvand and its important role in the study of Timurid period sources.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR DAVRI MANBALARIDAN “RAVZAT US-SAFO” ASARINING O‘RGANILISHI»

TEMURIYLAR DAVRI MANBALARIDAN "RAVZAT US-SAFO" ASARINING O'RGANILISHI

G'ayratjon Ismatullo o 'g'li Jumayev

Tayanch doktorant Toshken t davlat sharqsh unosl ik un iversiteti E-mail: gayratjonjumayev622@gmail. com OrcidID : https://orcid. org/0000-0001 -6742-587X

Tel: +998 94 495 91 61 Toshkent, O 'zbekiston.

Oybek Jumanazar o 'g 'li Xakimov

Mustaqil tadqiqotchi Toshken t davlat sharqsh unosl ik un iversiteti

Annotatsiya. Temuriylar davri ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti, siyosiy, diplomatik va harbiy tarixiga doir ko'plab manbalaryaratilgan bo'lib, mazkur maqolada Temuriylar davrining muhim manbalaridan biri bo'lgan muarrix Mirxondning "Ravzat us safo" asari, uning o'rganilishi haqida ma'lumotlarni taqdim etdik. Shuningdek, maqolada tarixnavis Mirxond haqida, uning hayoti va ijodi, muarrix yaratgan asar, ushbu asarning tarjimalari hamda tabdillari, yana asarning nusxalari, ularningsaqlash joylari, asar bo'yicha tadqiqot olib borgan olimlar haqidagi ma 'lumotlarni bayon etdik.

Kalitso'zlar. Amir Timur, Mirxond, Alisher Navoiy, Xondamir, Xoji Halifa, "Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo val-muluk val-xulafo", Edvard Rehatsek, Muhammad Yusuf Rojiy, Balatiyzoda Hasan, Abbos Parviz, Erkan Go 'ksu.

THE STUDY OF THE WORK OF "RAWZAT US-SAFA" FROM THE SOURCES OF THE TIMURID PERIOD

Gayratjon Ismatullo ogli Jumayev

Ph.D. student

Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: ga yra t jon j u m a ye v622@gm ail. com

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921624

291

OrcidID : https://orcid. org/0000-0001 -6742-587X

Tel: +998 94 495 91 61 Tashkent, Uzbekistan.

Oybek Khakimov

Independent researcher Tashkent State University of Oriental Studies

Annotation. This article explores key historical sources that shed light on the Timurid era's socio-economic, cultural, political, diplomatic, and military landscape. The renowned historian Mirkhvand is central to the study, whose life and monumental contributions to historical scholarship are meticulously examined. The article delves into his magnum opus, detailing its translations, and the various preserved copies across different repositories. It also highlights scholars who have studied Mir Khvand's work and assesses the broader impact of his contributions to Timurid historiography. This study provides insight into the legacy of Mirkhvand and its important role in the study of Timurid period sources.

Keywords. Emir Timur, Mirkhvand, Ali Shir Nava 'i, Khvandamir, Khaji Halifa, "Rawzat us-safa fi siirat ul-anbiyya wal-muluk wal-khulafa", Edward Rehatsek, Muhammad Yusuf Raji, Balatizada Hasan, AbbasParviz, Erkan Goksu.

ИЗУЧЕНИЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ «РАУЗАТ УС-САФА» ПО ИСТОЧНИКАМ ПЕРИОДА ТИМУРИДОВ

Гайратжон Исматулло угли Жумаев

Базовый докторант Ташкентский государственный университет востоковедения Электронная почта: gayratjonjumaev622@gmail. com Orcid ID : https://orcid. org/0000-0001 -6742-587X

Телефон: +998 94 495 91 61 Ташкент, Узбекистан.

Ойбек Хранимое

Соискатель,

Ташкентский государственный университет востоковедения

Аннотация. В этой статье рассматриваются ключевые исторические источники, проливающие свет на социально-экономический, культурный, политический, дипломатический и военный ландшафт эпохи Тимуридов. Центральное место в исследовании занимает известный историк Мир Хавенд, чья жизнь и монументальный вклад в историческую науку тщательно изучены. Статья углубляется в его источники, подробно описывая его переводы и различные сохранившиеся копии в разных коллекциях. В ней также освещаются ученые, изучавшие работу Мир Хавенда, и оценивается более широкое влияние его вклада в историографию Тимуридов. Это исследование предлагает ценную информацию о наследии Миркхонда и его ключевой роли в документировании периода Тимуридов.

Ключевые слова. Эмир Тимур, Мир Хавенд, Али Шир Наваи, Хвандамир, Хаджи Халифа, «Раузат ус-сафа фи сиират ул-анбия валь-мулук валь-хулафа», Эдвард Рехацек, Мухаммад Юсуф Раджи, Балатийзада Хасан, Аббас Парвиз, Эркан Гоксу.

KIRISH.

Mir Muhammad ibn Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ibn Kamoliddin Mahmud al-Balxiy - Mirxond temuriylar davrining mashhur tarxnavislaridan biridir. Mirxond 1433-yilda Balxda tavallud topgan bo'lsa-da, umrining deyarli ko'p qismini Hirotda o'tkazadi. Muhammad Mirxondning otasi Sayyid Burhoniddin Xovandshoh movarounnahrlik sayyidlardan va zamonasining bilimdon kishilaridan bo'lib, temuriylar hukmronligi davrida, Buxorodan Balxga kelib qolgan edi. Yaxshi ta'limga ega bo'lgan Mirxond (1433 - 1498) yoshligidan tarix faniga qiziqadi. O'sha davrning mashhur shoiri va vaziri Alisher Navoiy homiyligida o'z tarixiy asarini yaratadi. Shu bilan birga, Alisher Navoiyining ilmiy majlislarida Abdurahmon

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921624

293

Jomiy, Shayx Mir Ahmad Suhayliy, Xoja Shahobiddin Abdulloh Marvorid, Xoja Afzaluddin Muhammad, Mavlono Xoja Osafiy va Davlatshoh Samarqandiy kabi o'z davrining taniqli shaxslari bilan birgalikda ishtirok etadi. Alisher Navoiy Mirxondga Ixlosiya xonaqohidan bir xona ajratib, o'z kutubxonasidan foydalanishga ruxsat beradi. Mirxond 1498-yilda kasallikdan vafot etadi va Hirotda dafn qilinadi. Muhammad Mirxond Alisher Navoiy taklifi bilan o'zining "Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo val-muluk val-xulafo" (to'liq nomi: elü^llj ^jUlj el^Vl Sja^ ^i li^Jl 3-^jj , ("Payg'ambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog'i") asarini yaratdi.

MUHOKAMA.

"Ravzat us-safo" - Islomning paydo bo'lishi, dastlabki islom sivilizatsiyasi hamda Eron, Xuroson va Movarounnahr tarixiga bag'ishlangan, fors tilida bitilgan tarixiy asardir. Asar dastlab, milodiy 1483-1498-yillarda yozilgan va muarrix umrining o'n besh yilini ushbu asarni yozishga sarflagan. "Ravzat us-safo" muqaddima, sakkiz jild va xulosadan iborat bo'lib, 8-jildi geografik ko'rsatkichlardan iborat. Asar davr an'anasiga xos, ilmiy tarzda yozilgan bo'lib, Mirxond o'n to'qqizta yirik arab tarixiy manbalari hamda yigirma ikkita o'z davrining mashhur forsiy tarixiy manbalariga murojaat etgan va ba'zida ulardan iqtibos keltirgan. Uning ijodi keyingi ko'plab tarixiy asarlarga, jumladan, Xondamir, Hoji Xalifalarning asarlariga asos bo'ldi.

Mazkur tarixiy asar quyidagi masalalarni qamragan holda (jild) boblarni tashkil etadi:

1. Dunyoning yaratilishidan to Sosoniy Yazdigard III (632-651) davrigacha o'tgan tarixiy voqealar;

2. Muhammad (s.a.v) payg'ambar va birinchi to'rt xalifa (xulafoyi roshidin) davrida bo'lib o'tgan voqealar;

3. O'n ikki imom tarixi; Umaviy va Abbosiy xalifalari;

4. Abbosiylar bilan zamondosh bo'lgan sulolalar (asosan Eron, Markaziy Osiyo va Hindistonda);

5. Mo'g'ullar, Chingizxon, uning avlodi, Eron va ba'zi qo'shni mamlakatlarda mo'g'ullar hamda ulardan keyin, Amir Temur davrigacha mavjud bo'lgan sulolalar;

6. Amir Temur va uning zamonidan to Sulton Abu Said o'limigacha (1469) bo'lib o'tgan voqealar;

7. Sulton Husayn Mirzo va uning farzandlarining tarixi (1523 yilgacha).

"Ravzat us-safo" asarining 7-jildi Mirxondning vafoti tufayli nabirasi tarixchi

Xondamir tomonidan tamomlanadi.

TAHLIL VA NATIJALAR.

Jahonda Mirxond "Ravzat us-safo" asarining qo'lyozma va toshbosma nusxalari keng tarqalgan. Asar Bombey,1880; Tehron,1853-1857, 1960; Laknav 1883 kabi shaharlarda toshbosma usulida chop etilgan. Xususan, O'z.R. FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo'lyozmalar xazinasida "Ravzat us-safo"ning 90 ta qo'lyozma nusxasi saqlanad i. Yana bir "Ravzat us-safo" asarining qo'lyozma nusxasi O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Manbalar xazinasi" bo'limida №344-raqam ostida saqlanadi.

Asarning nodir qo'lyozmalaridan biri Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo'lyozmalari institutida D-203 raqami ostida saqlanmoqda1. Ushbu nusxa 1608-yilda ko'chirilgan, 233 varaqdan iborat bu qo'lyozmaning ayrim sahifalariga oltin suvi yugurtirilgan. Mazkur kitobda Tohiriylar davridan to Amir Temurning davlat tepasiga kelishiga qadar bo'lgan voqealar (820—1370-yillarda) bitilgan.

1 https://iiau.uz/oz/news/555 19.06.2024. (21:12) www.sharqjurnali.uz

"Ravzat us-safo" asarning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qo'lyozmasining faksimile nusxasidan parcha. Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qo'lyozmaning faksimile nusxasiniyaratish loyihasi O'zbekiston madaniymerosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirilgan. Loyihaningg 'oyaviy ilhomlantiruvchisiFirdavs Abduxoliqovdir. 2018-yilda Faksimile qo 'lyozma O 'zbekistonga rasmiy topshirilgan.

/ ImTS

(Manba: Daryo.uz nashri2)

Parijdagi Milliy kutubxonaning Forsiy manbalar katalogida 150,150A, 150 B, 150 C, 151, 151A, 151 B, 152, 152 A, 152 B, 152C, 153(1), 153(2), 154, 154 A, 155, 155 A 155 B, 155C, 155 D, 155E, 156, 157, 158, 159, 159 A, 159 B, 159 C raqamlar bilan "Ravzat us-safo"ning nusxalari saqlanmoqda3.

Asarning ayrim parchalari yevropa tillariga ham tarjima qilingan. Taxminan 1596-yilda Pedro Teyshera "Ravzat us-safo"ning ispancha tarjimasini tayyorlaydi. 1715-yilda "Ravzat us-safo" qisman ingliz tiliga tarjima qilingan. 1782-yilda Tohiriylar va Safforiylar qismlari (2, 3, 4-boblar) lotin tiliga tarjima qilinadi.

2 https://daryo.uz/2018/06/04/ravzat-us-safo-nodir-qolyozma-rossiyada-ozbek-olimlariga-namoyish-etiladi 29.09.2024

3 Richard F. Catalogue des manuscripts persans. Biblioteque Nationale de France Departement des manuscripts. Tome II. Le supplement person. №№ 150,150A, 150 B, 150 C, 151, 151A, 151 B, 152, 152 A, 152 B, 152C, 153(1), 153(2), 154, 154 A, 155, 155 A 155 B, 155C, 155 D, 155E, 156, 157, 158, 159, 159 A, 159 B, 159 C - Roma, 2013. - P. 222-246.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921624

Shuningdek, Sosoniylarga bag'ishlangan (1,2-boblar) 1793-yilda fransuz tiliga o'giriladi. 1843-yilda Parijda forscha nashri "Histoire des Samanides par Mirhond" nomi bilan chop etilgan. Asar 1843-yilda (Parij) fors tilida, Mumbay (1848 yoki 1852)da litografik tarzda to'liq nashr etildi. 1892-1893-yillarda kitobning birinchi bobi (Xulafoyi roshidunga qadar) ingliz tiliga tarjimasi sharqshunos Edvard Rehatsek tomonidan tayyorlangan va Forster Fitsjerald Erbaznot tomonidan ikki jildda nashr etiladi4. Edvard Rehatsekning ingliz tilidagi tarjimasi 1982-yilda Dehlida nashr etilgan. Abbos Parviz (1959-yilda Tehronda) umumiy tahriri ostida I^I ^^jj ¿jjIj (Tarix-i Ravzat as-Safa) nomi bilan 7 jildda nashr etilgan5. Usmoniylar davlatida "Ravzat us-safo" asarining uchinchi va to'rtinchi jildlari Rustam poshoning amri bilan Mustafa ibn Hasanshoh tomonidan turkchaga tarjima etilgan, Balatiyzoda Hasan tomonidan qilingan ikkinchi tarjima 1338/1919-1920-yilda Istanbulda chop etilgan. "Ravzat us-safo"ning fors tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish ishlari, Xorazmda ma'rifatparvar hukmdor Muhammad Rahimxon II Feruz (1865-1873) davrida amalga oshirilgan. Asarning boblarini Shermuhammad Munis (I bob), Muhammadrizo Ogahiy (II bob), Muhammad Nazar (VI bob), Muhammad Yusuf Mahzum ibn Xo'jamberdi Rojiy (IV,V, va VII boblarni) tarjima qilganlar6. "Ravzat us-safo"ning Muhammad Yusuf Rojiy qilgan tarjimasidan, Xorazm tarixiga oid lavhalar hamda Xorazmshoh Sulton Muhammadning o'g'illari Sulton Rukniddin, Sulton G'iyosiddin Pirshoh va Sulton Jaloliddin Manguberdi zikri, Mahmud Hasaniy tomonidan hozirgi o'zbek tiliga tabdil qilinib, chop etilgan7. Turkiyalik olim Erkan Go'ksu "Ravzat us-safo"ning g'aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar tarixiga oid qismlarini turk tiliga tarjima qilib nashr etgan. Yana bir turk tadqiqotchisi Vural Öntürk "Ravzat us-safo" asarida G'uriylar tarixi masalasiga murojaat etgan. Vural Öntürk Xondamirning "Habib us-

4 https://uz.wi kipedia.org/wiki/Ravzat us-safo 19.06.2024. (21:20)

5 https://uzpedia.uz/pedia/ravzat ussafo 19.06.2024. (21:37)

6 Амир Темур салтанати тарихига оид ёзма манбалар тадкики ва тавсифи. - Тошкент, Фан. 2020. - Б 31-32. (256 б.)

7 Мирхонднинг "Равзат ус-сафо" асарида Жалолиддин Мангуберди зикри. / Маьсул мухаррир М. Хайруллаев. Сузбоши ва табдил муаллифи Махмуд Хасаний. - Тошкент: Фан, 1999 - Б. 4.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921624

297

siyar" asarida G'uriylar haqidagi ma'lumotlarni solishtirgan. Unga ko'ra Mirxond g'uriylar tarixini yozishda, ularning saroyida yashagan Juzjoniyning "Taboqoti Nosiriy" asaridan foydalangan. Xondamir esa "Tabaqoti Nosiriy"dan ham, Mirxondning "Ravzat us-safo" asaridan ham foydalangan. Mirxondning bayon etish uslubi Xondamirnikidan batafsilroq ekanligi bilan farqlanadi8. Tojikistonlik olim Luqmon Boymatov esa Temur Malik tarixini tadqiq etishda ushbu asarga murojaat etgan. U "Ravzat us-safo" asari Xo'jand tarixini o'rganishda asosiy manbalardan ekanligi aytib o'tgan. Shuningdek mazkur asarning ko'plab qo'lyozma va toshbosma nusxalari Parij, London, Vena, Tehron, Dehli, Peterburg, Toshkent va dunyoning boshqa shaharlarida saqlanmoqda. XULOSA.

Xulosa qilib aytganda, Mirxondning "Ravzat us-safo" asari Temuriylar davrining muhim manbalari siraga kiradi. U o'zida juda boy ma'lumotlarni jamlagan nodir asardir. Zero, unda qadim davlatchilik tariximiz bayon etilgan. Temuriylar davrdagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayot haqidagi ma'lumotlari bilan esa asar orginaldir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. https://iiau.uz/oz/news/555 19.06.2024. (21:12)

2. Richard F. Catalogue des manuscripts persans. Biblioteque Nationale de France Departement des manuscripts. Tome II. Le supplement person. N°N° 150,150A, 150 B, 150 C, 151, 151A, 151 B, 152, 152 A, 152 B, 152C, 153(1), 153(2), 154, 154 A, 155, 155 A 155 B, 155C, 155 D, 155E, 156, 157, 158, 159, 159 A, 159 B, 159 C - Roma, 2013. - P. 222-246.

3. https://uz. wikipedia. org/wiki/Ravzat_us -safo 19.06.2024. (21:20)

4. https://uzpedia.uz/pedia/ravzat ussafo 19.06.2024. (21:37)

5. https://www. forumunuz.com/genel-turk-tarihi/93875-timurlular-tarihi-kaynaklari.html

6. ÁMHp TeMyp cambara Tapuxnra ong e3Ma MaH6anap TagKHKH Ba TaBCH^n. -TornKern; OaH. 2020. - E 31-32. (256 6.)

8 Vural Öntürk. Ravzatü's-safa ve Habibü's-siyer'e göre Gurlular// Journal of History School. 2018. - S. 157. www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921624

298

7. MupxoHgHHHr "PaB3aT yc-ca$o" acapuga ^anonugguH Marnyöepgu 3HKpu. / Matcyn Myxappup M. XanpynnaeB. Cy3ÖornH Ba Taögun MyannH$H MaxMyg X,acaHHH. - TomKeHT: OaH, 1999 - E. 4.

8. Jumayev G.I. "Audiomanuscript" - a project on the study of oriental manuscript sources. // Journal of Social Research in Uzbekistan, 2023. P. 50-52.

9. Jumayev G.I. Oq qo'yunli etnonimining etimologiyasi. // Scholar scientific journal.Volume 1, Issue 34. December. 2023. P. 85-90.

10. Jumayev G.I. Boyondurlar: tarixi va etimologiyasi. // Educational Research in Universal Sciences. Volume 2, Issue 17. December. 2023. p.215-219.

11. Jumayev G.I., Doniyorov A.X., va boshq. History of the study of "Temur tuzuklari" (Temur's regulations or Temur's laws). // New York Academic Research Congress On Social, Humanities, Administrative, And Educational Sciences Proceedings Book, - Turkiye. 2024, - S 972-975.

12. HcxpKOB M.M., ^yMaeB F. H. «X,a6u6 yc-cuap» Ba «Mama yc-catganH» acapnapuga gunnoMaTHK Ba эnннnнк MyHocaöaraapHHHr aKc этrapнnнmн. // Sharqshunoslik / Bo c t o k o Be ge h h e / Oriental studies 2022, № 1. -TomKeHT, - E 120-132.

13. Mirkhond, Muhammad ibni Khovandshoh ibni Mahmud. The history of "Ravzat us-safa". V.10/ Mirkhond. - Teharn, 1339/1960.-631p.

14. MupxoHg, MyxaMMag. TatpuxH paB3aT-yc-ca$o cuparnn aHÖue Ban MynyK Ban xyna$o [MaTH]/M. MupxoHg; Tacxex, Ba Taxmuau ^aMmegu KaeH$ap. ^,.1. - TexpoH: Hmumopora nupy3. 1338. - 812 c.

15. Jumayev G.I., Norqulov I.J., Doniyorov A.X., Karimov N.R. Boburnomada Qora qo'yunlilar hukmdori Jahonshoh haqidagi ma'lumotlar. «Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur Merosi - Mo'tabar Madaniy Manba» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. I-qism. - Toshkent 2024. - B 319-322.

16. Jumayev G.I. Temuriy hukmdor Shohrux Mirzo davrida Temuriylar va Qoraqo'yunli orasidagi munosabatlarining manbalardagi tavsifi // 2nd International Azerbaijan Congress on Life, Social, Health, and Art Sciences. August 13-14, 2022 Congress Proceedings book ISBN: 978-605-73228-1-4 Editors, 2022.

17. Jumayev G.I. Temuriy Sulton Ahmad Mirzoning "Boburnoma" va boshqa manbalardagi tavsifi // International Istanbul Congress Proceedings Book, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.