Научная статья на тему '“TAZKIRAI QAYYUMIY” ASARI LEKSIKASINING FUNKTSIONALUSLUBIY XUSUSIYATLARI'

“TAZKIRAI QAYYUMIY” ASARI LEKSIKASINING FUNKTSIONALUSLUBIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
18
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tazkira / metafora / personifikatsiya / sinesteziya / o‘xshatishlar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sadoqatxon Sotvoldiyeva

Ushbu maqolada “Tazkirayi Qayyumiy” tarkibiga kiritilgan she’rlarda qo‘llanilgan lug‘aviy birliklar uslubiy jihatdan o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“TAZKIRAI QAYYUMIY” ASARI LEKSIKASINING FUNKTSIONALUSLUBIY XUSUSIYATLARI»

"World of Philology" Scientific Journal / ISSN 2181-3630 Volume 2 Issue 3 / September 2023

"TAZKIRAI QAYYUMIY" ASARI LEKSIKASINING FUNKTSIONAL-

USLUBIY XUSUSIYATLARI

Sadoqatxon Sotvoldiyeva Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Tazkirayi Qayyumiy" tarkibiga kiritilgan she'rlarda qo'llanilgan lug'aviy birliklar uslubiy jihatdan o'rganilgan.

Kalit so'zlar: tazkira, metafora, personifikatsiya, sinesteziya, o'xshatishlar

FUNCTIONAL-STYLE CHARACTERISTICS OF THE VOCABULARY OF

THE WORK "TAZKIRAI QAYYUMI"

Sadokatkhan Sotvoldiyeva Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: In this article, the lexical units used in the poems included in "Tazkirayi Qayyumiy" are methodologically studied.

Keywords: simile, metaphor, personification, synesthesia, similes

"Tazkirayi Qayyumiy" asari tarkibiga kiritilgan ijod namunalarida ko'chim turlaridan eng ko'p qo'llanilgani metafora bo'lib, shoirlar lirik she'rlarida ulardan mohirona foydalanganlar. "Metaforalar eng ko'p ijodiylikni talab etishi bilan boshqa badiiy tasvir vositalaridan farq qiladi. Metafora yaratish ijodkordan keng dunyoqarash, olam va odam haqida chuqur fikr yurita olish, ruhiyat va tabiatni yaxshi bilishni talab etadi. Metafora obrazning nafaqat tashqi qiyofasi, balki uning ruhiy olamida kechayotgan holatlarni tinglovchi yoki o'quvchi kutmagan favqulodda badiiy hukm asosida tasvirlash yoki ifodalashga yo'l ochadi" [1.B.9]

Metafora adabiy termin sifatida ko'chim turi hisoblanadi. U bir predmet, hodisa yoki ko'rinishga xos xususiyatning boshqasiga ko'chishi sanaladi. Metafora o'xshatishdan «kabi, singari, misli, bamisoli» so'zlarining tushib qolishi bilan farqlanadi. [2.B.49.] O'xshatishda o'zaro qiyos etilayotan har ikki komponent ishtirok etadi. Metaforani bunday tushunish, dastlab, arab olimi Ibn Haldun risolalarida qayd qilingan. [3.B.7]

O'zbek tilshunosligida o'xshatish va metafora munosabati metafora nazariyasining eng munozarali masalalaridan biri hisoblanadi. O'xshatish va metaforalar, bir-biriga yaqin kelishi hamda tubdan farq ham qilishi mumkin:

Shaklan o'xshatishda -dek, -day, go'yo kabi shakllar ishtirok etadi, metaforada esa qatnashmaganligi uchun Arastu, A.A.Potebnya, E.Kasyan kabi olimlar metaforani qisqargan o'xshatish deb baho beradi.

Mazmunan o'xshatishda o'xshatilayotgan narsa va o'xshayotgan narsa bir-biridan alohidaligi ko'rinib turadi, metaforada esa bir butun deb tasavvur qilinadi.

Usluban o'xshatishda esa ifoda vositasi so'zning to'liq semalarini saqlaydi, metaforada esa saqlanmaydi. [4.B.111].

Yo'nalishiga ko'ra - o'xshatish gorizontal yo'nalashni nazarda tutadi oltindek bosh, danakdek quloq. Metafora vertikal yo'nalishga asoslanadi.[5.B]

M.Mirtojiyev «O'zbek tili semasiologiyasi» nomli monografiyasida «til hodisasi bo'lgan metaforalar oddiy metafora, personifikatsiya va sinesteziya kabi ko'rinishlarga bo'linishini ta'kidlaydi». [6.B.]

Tazkira tarkibiga kiritilgan she'r va g'azallarda metaforalardan ma'shuqa sifatlarining bayoni uchun foydalanadi:

Xatingmu rasta-rasta sabzai rayhoni jannatmu Yuzing ko'rib tomosho aylayin gulzor deb keldim (Muqimiy, 219) Ma'shuqaning xati jannatning safga tizilgan rayhonlariga qiyoslanib, yuzini gulzorga o'xshatilmoqda.

G 'unchai ko 'nglimda qat-qat dirlar dog 'i nihon Qo'rqadurman elga zohir aylasam o'rtar zamon. Yor hajrida erurman, do'stlar bexonumon Ishq aro yuz ming malomat o 'qig 'a bo 'ldim nishon Bir kamon abruda tuzlikdin nishoni topmadim (Muqimiy, 222) Qo'qon adabiy muhiti vakili Furqat ijodida ham o'xshatishlarni ko'rish mumkin: Qoshlari ostida go 'yo ikki fatton ko 'zlari Ikki hindu bachchadurkim, yondoshib yo tortadur (Furqat, 233) Uslubiy vositalar yoki qatlamlar ham badiiy matnlarda tasviriy vositalarni yuzaga chiqarishda faol qo'llanadi. Badiiy nutqda voqea-hodisalarni obrazli tasvirlash, nutq ifodaliligini oshirish, biror narsaning xarakteri, xususiyati va ko'rinishini qisqa hamda obrazli ifodalash uchun foydalaniladi.[7.B.19]

Muayyan bir shaxs, predmet, hodisa, voqelik kabilar haqidagi bilim va tushuncha ayrim hollarda qiyoslash va o'xshatishlar asosida paydo bo'ladi. O'xshatishlar - olamni idrok etishni osonlashtiradigan, tez va oson tushunishga imkoniyat yaratadigan vositalardan biri hisoblanadi. "O'xshatish olamni idrok etish jarayonida o'ta muhim aqliy operatsiya bo'lib, uning amalini biz personifikatsiya va reifikatsiyada ko'rishimiz mumkin".[8.B.12] Insonning o'ziga xos xususiyatlari, u bilan bog'liq jarayonlar jonsiz predmetlardagi shunga o'xshash holatlar bilan qiyoslanib yangidan-yangi o'xshatishlar shoir va ijodkorlar tomonidan qalamga olinadi.

O'xshatish badiiy tasvir vositalarining eng ko'p tarqalgan turi sifatida doimo adabiyotshunos va tilshunoslarni qiziqtirib kelgan. [9.B.19-24] "O'zbek tili o'xshatishlarining izohli lug'ati" mualliflarining fikricha, "o'xshatishlar o'ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi, shuning uchun ham ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo'ladi, nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta'sirchanligini ta'minlashga xizmat qiladi"[10.B.5.] "Har bir millatning o'ziga xos o'xshatishlari shu xalqning o'z mentaliteti, diniy va dunyoviy qarashlari, yashash hududi va sharoitining har xilligi bilan izohlanadi" [11.B.12]. O'xshatishlarning milliy mentallikni ifodalashidan kelib chiqadi. Quyida tazkira tarkibiga kiritilgan ijodkor shoirlar ijodida qo'llanilgan o'xshatishlarni ko'rib o'tish mumkin.

Tazkira tarkibiga kiritilgan ijodkor shoirlar ijodida o'xshatishlar alohida o'rin tutadi. Shoirlar qahramonning holati, tashqi belgi-xususiyatlarini ko'rsatish uchun o'xshatishlardan unumli foydalanadilar.

O'zbek adabiyotlarda o'xshatishlarning ikki turi mavjud: 1) individual-muallif o'xshatishlari yoki erkin o'xshatishlar;

2) umumxalq yoki turg'un (doimiy) o'xshatishlar farqlanadi.[12.B.5] Shoirlarning lirik she'rlarida yuz - oy, soch - suman, lab - aqiq, la'l, qad - alif, dol kabi umumxalq yoki turg'un (doimiy) o'xshatishlar bilan bir qatorda individual-muallif o'xshatishlarini o'rinli qo'llaganlar. «Yozuvchi o'zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq ravishda xilma-xil original o'xshatishlar yaratadi, bu o'xshatishlar kutilmaganligi, oxorliligi bilan o'quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy holat-xususiyat-predmetlarni o'quvchi ko'z o'ngida yaqqol gavdalantiradi». [13.B.6]

Mehnat yukila qadim erur dol so'rmading Dard ostida bukildi belim hol so'rmading (Muqimiy, 221) O'xshatish vositalari orasida -day, -dek, misoli, kabi, yanglig', o'xshab kabi so'z va qo'shimchalar qo'llanadi. «Odatda, bir predmet-holat boshqasiga muayyan bir belgiga ko'ra emas, balki butunicha, to'lasicha, aynan o'xshatilmoqchi bo'lsa, o'xshatish asosi bevosita ifodalanmaydi. Bunday hollarda o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi sifatida ham ko'pincha o 'xshamoq fe'lidan foydalaniladi».[14.B.61] Qo'limdan ixtiyorim ketdi, dilda qolmadim orom Parilardek qachonkim, fe'li atvor aylading sen ham(Muqimiy, 220) Shoir Noqis ham ijodida o'xshatishlardan o'rinli foydalanadi: O'lsam edi visolingda parvonadek kuyub Jon bersam erdi boshimni ostonanga qo'yub Maxmurlikda bodai vasling bilan to'yub Noqisligimda ko'ksumi tiyri mijang o'yub Hajringda dardu g'am bilan hasratda dog'man (Noqis, 332)

Tazkirada o'simlik nomlari bilan bog'liq o'xshatishlarni ham uchratish mumkin: sunbuli zulfi kabi, loladek, sarvdek, rayhon, g'unchadek. Nozik chamanda san kabi ra 'no ochilmagay G'amzang o'qila yo'qni kup opoq otilmagan Har bir so'zingda mumkin emasdur ochilmagay Husn iqlimida hech misoling topilmagay Qilg'an so'rab qulingni payomingga ofarin (Muqimiy, 219). Yoki

Ko'zing ohu ko Zidek ustiga tortib surma G'ayr ila maylar ichib mast kel, emdi turma Rashkdin boshima hangomai mahshar qurma Hajr tig'i ila mahjurlaring o'ldurma

Muncha ham javru jafo aylamak, ey qoshi qalam (Muqimiy, 224)

Savr uzra gul gul o'sgan sunbuli serobdek

Haddi ruxsori ila gisuyi tarrorin ko'ring (Furqat, 236)

Yana

Xo'bliq aro ey gul orazing kamol ichra

Sarvdek qading shakli jaddi e'tidol ichra (Izlatiy, 258)

O'simlik nomi bilan bog'liq o'xshatishlardan ko'p qo'llaniladigan o'simlik lola hisoblanadi. SHoir Manzur ijodida mazkur o'xshatish turini uchratish mumkin: Har bahor chekmish bosh lolalar kabi yerdan Zahmi tig'i ishqingdin qonig'a bo'yolg'onlar (Manzur, 283)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Хасанов А.А. Абдулла Кавдор хдкоялари тилининг бадииятини таъминловчи лексик-стилистик воситалар. Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. -Тошкент, 2010. Б. 9

2. Саримсоков Б. Бадиийликнинг асослари ва мезонлари. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. Б.49

3. Кобулова У. Метафорик матнда интеграл ва дифференциал семалар муносабати (узбек халк топишмоклари мисолида): Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. - Тошкент, 2007. Б. 7

4. Жураева Р. Мукимий асарларининг лексик семантик хусусиятлари: Филол. фан. номз. ... дисс. - Кукон, 2022. Б.111.

5. Кобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик талкини: Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. - Тошкент, 2000. Б.13-14

6. Миртожиев М.М. Узбек тили семасиологияси. - Тошкент, Mumtoz so'z, 2010. Б. 97

7. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний тахлил. Тошкент: Укитувчи, 1995. -

Б.19

8. Усманов Ф.Ф. Узбек тилидаги ухшатишларнинг лингвомаданий тадкики: Филол. фан. буйича фалсафа доктори (PhD) дисс. автореф. - Тошкент, 2020. Б. 12

9. Кунгуров Р. Узбек тилининг тасвирий воситалари. - Тошкент: Фан, 1977; Мукаррамов М. Узбек тилида ухшатиш. - Тошкент: Фан, 1976; Худайберганова Д.С. Семантический и стилистический анализ конструкций уподобления в узбекском языке: дисс. ...канд.филол.наук. - Ташкент, 1989; Махмудов Н. Ухшатишлар - образли тафаккур махсули // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 2011. - №3.-19-24-бетлар; Махмудов Н. Ухшатишлар ва миллий нигох / Тил тилсими тадкики. - Тошкент: Мит^ so'z, 2017, 166-175-бет; Кобулжонова Г. Метафоранинг системавий лингвистик талкини: Филол. фан. номз. дис... автореф. - Тошкент, 2000.

10. Махмудов Н., Худойберганова Д., Узбек тили ухшатишларининг изохли лугати. -Тошкент: Маънавият, 2013. Б. 5

11. Ашуров Д. "Алпомиш" достонинг лингвокультурологик хусусиятлари: Филол. фан. буйича фалсафа доктори (PhD) дисс. автореф. - Наманган, 2021. Б. 12

12. Махмудов Н., Худойберганова Д. Узбек тили ухшатишларининг изохли лугати. - Тошкент: Маънавият, 2013. Б. 5

13. Уша асар, Б. 6

14. Йулдошев М.Чулпон сузининг сирлари. - Тошкент: Маънавият, 2002. Б.

61

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.