Научная статья на тему 'TAYANCH HARAKAT APPARATI SHIKASTLANGAN TALABALAR ORGANIZMINING FUNKSIONAL HOLATINI BAHOLASH USLUBIYATI'

TAYANCH HARAKAT APPARATI SHIKASTLANGAN TALABALAR ORGANIZMINING FUNKSIONAL HOLATINI BAHOLASH USLUBIYATI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
960
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yuklama / organizmning umumiy holati / zaxira imkoniyatlari / turli tizimlar / jismoniy yuklamalarga ta’siri / moslashuv-kompensator jarayonlar / amputasiya / shikastlanish. / loading / general state of the organism / backup capabilities / impact on various systems / physical loads / adaptation-compensatory processes / amputation / injury.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Ruhiddin Faxriddinovich Odilov, Sherzod Abdurahmonovich Abdiyev, Charos Alisherovna Berdiyeva, Dilshod Baxtiyorovich Baxtiyorov

Ushbu maqola tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar organizmining turli xil yuklamalar natijasida umumiy holatini baholashga, uning zaxira imkoniyatlarini aniqlashga, turli tizimlarning jismoniy yuklamalarga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Funksional sinama natijasida yurak-qon tomir tizimida bo‘ladigan o‘zgarishlar va amputasiyadan so‘ng mashqlarni qo‘llash uslubiyati asoslab berilgan. Shuningdek maqolada o‘tkazilgan tadqiqot natijalari mashg‘ulotlarda yuklamalarni me’yorlash imkonini bergan bo‘lsa, boshqa tarafdan harakatlanish potensialini xarakterlab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FUNCTIONAL STATE OF THE ORGANISM OF STUDENTS WITH DAMAGE TO THE MUSCULOSKELETAL SYSTEM

This article is aimed at assessing the general state of the body of students with damage to the musculoskeletal system as a result of various loads, determining its reserve capabilities, studying the influence of various systems on physical activity. As a result of functional testing, changes in the cardiovascular system and the method of applying exercises after amputation were substantiated. The article also describes the potential of movement on the other hand, if the results of the study allowed to normalize the load during training.

Текст научной работы на тему «TAYANCH HARAKAT APPARATI SHIKASTLANGAN TALABALAR ORGANIZMINING FUNKSIONAL HOLATINI BAHOLASH USLUBIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 10 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TAYANCH HARAKAT APPARATI SHIKASTLANGAN TALABALAR ORGANIZMINING FUNKSIONAL HOLATINI BAHOLASH USLUBIYATI

Ruhiddin Faxriddinovich Odilov, Sherzod Abdurahmonovich Abdiyev, Charos Alisherovna Berdiyeva, Dilshod Baxtiyorovich Baxtiyorov

O'zDJTSU, Chirchiq

ANNATATSIYA

Ushbu maqola tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar organizmining turli xil yuklamalar natijasida umumiy holatini baholashga, uning zaxira imkoniyatlarini aniqlashga, turli tizimlarning jismoniy yuklamalarga ta'sirini o'rganishga qaratilgan. Funksional sinama natijasida yurak-qon tomir tizimida bo'ladigan o'zgarishlar va amputasiyadan so'ng mashqlarni qo'llash uslubiyati asoslab berilgan. Shuningdek maqolada o'tkazilgan tadqiqot natijalari mashg'ulotlarda yuklamalarni me'yorlash imkonini bergan bo'lsa, boshqa tarafdan harakatlanish potensialini xarakterlab berilgan.

Kalit so'zlar: yuklama, organizmning umumiy holati, zaxira imkoniyatlari, turli tizimlar, jismoniy yuklamalarga ta'siri, moslashuv-kompensator jarayonlar, amputasiya, shikastlanish.

FUNCTIONAL STATE OF THE ORGANISM OF STUDENTS WITH DAMAGE

TO THE MUSCULOSKELETAL SYSTEM

ABSTRACT

This article is aimed at assessing the general state of the body of students with damage to the musculoskeletal system as a result of various loads, determining its reserve capabilities, studying the influence of various systems on physical activity. As a result of functional testing, changes in the cardiovascular system and the method of applying exercises after amputation were substantiated. The article also describes the potential of movement on the other hand, if the results of the study allowed to normalize the load during training.

Keywords: loading, general state of the organism, backup capabilities, impact on various systems, physical loads, adaptation-compensatory processes, amputation, injury.

Respublikamizda millionlab imkoniyati cheklangan shaxslarni sportga jalb qilinishi hamda sog'liqni saqlash va jismoniy tarbiyaning asosiy profilaktik yunalishdan iborat ekanligini xisobga olgan xolda, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini tashkil etish, ularni o'quvchilar sog'ligi, shuningdek rivojlanishiga ta'sirini baholash hamda tizimli monitoringini o'tkazishning ahamiyati va ro'li beqiyos darajada ortib bormoqda.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 10 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishni baholashdagi asosiy talab - har bir talaba u yoki bu sport turi bilan shug'ullanishni tavsiya etishda, uning fiziologik xususiyatlari, salomatlik darajasini e'tiborga olgan xolda, individual yondoshuvni talab etadi. Organizmning funksional holati funksional sinamalar yordamida baholanadi. [1,2,3,4]

Statistik ma'lumotlarga qaraganda odatda amputatsiyaga, kuyish, qon-tomir kasalliklari, jarohat, avariya va boshqalar sabab bo'ladi. Natijada odamning butun organizmi aziyat chekadi: oyoq yoki qo'lning mavjud emasligi, gavda og'irligining kamayishi, gipokineziya, surinkali stress bir qator murakkab funksional va patofiziologik buzilishlarga olib keladi. Yurak qon-tomir, nafas tizimlari, qon bosimi o'zgaradi, moslashuv imkoniyatlari pasayadi, vegetativ asab tizimi, endokrin tizimi va almashinuv jarayonlari buziladi. [5,6,7,8] Butun organizm moslashuv-kompensator jarayonlari, ularning jismoniy yuklamalarga tolerantligi pasayadi. Gavda qismlari massalari nisbatining buzilishi gavda og'irlik markazining siljishiga turg'unlik va muvozanatning buzilishiga olib keladi. Oyoqlarni amputasiya qilganda o'z harakat holatini to'g'ri baholash qobiliyati yomonlashadi. [9,10,11,12,13] Qo'llar amputasiyasi va ularning tug'ma kamchiliklari bo'lgan talabalarda yelka-beldagi mutanosiblik buzilishi qayd qilinadi, ko'pincha proksimal bo'g'imlarning amputasiyadan keyingi chiqishi, umurtqa pog'onasining qiyshayishi sodir bo'ladi. [14,15,16,17,18]

Tadqiqot maqsadi. Funksional sinamalar natijasida tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar organizmning umumiy holatini baholash, uning zaxira imkoniyatlari, turli tizimlarining jismoniy yuklamalarga ta'sirini o'rganish.

Tadqiqotda quyidagi vazifalar xal etildi:

1.Umurtqa pog'onasi muskullari mustahkamlanib, gavdaning muskul kompensasiyalari shakllantirildi;

2.Muskul faolligi me'yorlashtirildi;

3.Fiziologik tizimlar va a'zolarning funksiyalari me'yorlashtirilib, organizmning zahiraviy imkoniyatlari oshirildi;

4.Hayotiy muhim harakat va ko'nikmalarini tiklash uchun modul tizimi ishlab chiqildi;

5.Harakat sifatlari: kuch, chaqqonlik, tezlik, egiluvchanlik, chidamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmuasi ishlab chiqilib, tajribada asoslandi;

6.O'ziga-o'zi maishiy xizmat ko'rsatish hamda mashq qilish ko'nikmalari shakllantirildi.

Quyidagi xususiy vazifalar xal etildi:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

1.Organizmni buzilgan funksional tizimini tuzatish maqsadida umurtqa pog'onasining shikastlangan qismi va butun tayanch-harakat a'zolariga tanlab yo'naltirilgan modul mashqlari kiritildi;

2.Muskullar faolligi me'yorlashtirildi.

Tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar organizmining energiya salohiyatini sifatli baholash uchun zahira ko'rsatkichi - Robinson indeksi yordamida o'rganildi. Bu organizmda kechadigan almashinuv va energetik jarayonlar darajasini baholash uchun foydalanildi.

Robinson indeksi yurakning sistolik ishini harakterlaydi. Bu ko'rsatkich jismoniy yuklama balandligida qanchalik yuqori bo'lsa, yurak muskullarining funksional imkoniyati shunchalik yaxshi bo'ladi. Bu ko'rsatkichga bilvosita miokardning kislorod ehtiyoji haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Robinson indeksini hisoblash uchun odamning yurak qisqarish soni va sistolik arterial bosim ko'rsatkichlarini aniqlash zarur. Robinson indeksi quyidagi formula

yordamida aniqlanadi:/ = Y QS x AB c

Bu yerda:

100

I - Robinson indeksi, YQS - yurak qisqarish soni, ABc - arterial sistolik bosim.

1-jadval

Baholash jadvali.

Holat bahosi Robinson indeksi

A'lo!

Yurak-qon tomir tizimining funksional 69 va undan past

zahirasi a'lo darajada.

Yaxshi!

Yurak-qon tomir tizimining funksional 70 - 84

zahirasi me'yorida.

O'rtacha!

Yurak-qon tomir tizimi funksional 85 - 94

zahirasida yetishmovchilik bor deb

aytish mukin.

Yomon!

Yurak-qon tomir tizimi faoliyati 95 - 110

boshqarilishida buzilish alomatlari bor.

Juda yomon!

Yurak-qon tomir tizimi faoliyati 110 va undan yuqori

buzilgan.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Tadqiqotni tashkil qilinishi. Tadqiqot 2022 yil mart oyidan 2022 yil dekabr oyigacha Sport faoliyati (adaptiv jismoniy tarbiya va sport) mutahasislik talabalarining sport pedogogik mahoratini oshirish fani mashg'ulotlarida olib borildi. Ushbu tadqiqot barcha yosh toifalari uchun to'liq mos keladi.

2-^agBan

Tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar organizmning energiya salohiyatini baholashning dastlabki natijalari

Sinaluvchi O'g'il bolalar

YQS ABc Robinson indeksi Indeks bahosi

Si.U. 72 110 79,2 meyorida

Ah.O. 74 120 88,8 YQTTda yetishmovchilik bor

Er.Q. 78 130 101,4 YQTT faoliyati buzulgan

Ar.A. 70 115 80,5 meyorida

Er.S. 68 120 81,6 meyorida

Tu.M. 74 125 92,5 YQTTda yetishmovchilik bor

Er.H. 76 110 83,6 meyorida

Esh.A. 76 120 91,2 YQTTda yetishmovchilik bor

No.Z. 74 120 88,8 YQTTda yetishmovchilik bor

Ha.J. 76 130 98,8 YQTT faoliyati buzulgan

X 73,8 120 88,64 YQTTda yetishmovchilik bor

A 3,04 7,07 7,5

O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra Tayanch harakat apparati shikastlangan talabalarda quyidagi natijalar qayd etildi: o'g'il bolalarda Robinson indeksi bo'yicha 40 % talabalarda indeks bahosiga ko'ra me'yoriy natijalar qayd etilgan bo'lsa, 40% talabalarda yurak qon-tomir tizimida yetishmovchiliklar borligi aniqlandi. Yana 20% talabalarda esa robinson indeksi bo'yicha yurak qon-tomir tizimi faoliyatida buzilish alomatlari borligi aniqlandi. Bu esa mashg'ulotlarda barcha talabalar uchun bir xil yuklama berib bo'lmasligini, individual tabaqalashtirilgan yondoshuvni talab etadi.

3-^agBan

Tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar opraHH3MHHHr энергнн ca^o^HHTHHH öaxo^amHHHr gacr^aÖKH HaTima.iapii

Sinaluvchi Qiz bolalar

YQS ABc Robinson indeksi Indeks bahosi

Er.M. 74 110 81,4 meyorida

Ho.N. 76 115 87,4 YQTTda yetishmovchilik bor

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Nu.A. 76 115 87,4 YQTTda yetishmovchilik bor

Qo.S. 74 120 88,8 YQTTda yetishmovchilik bor

Ma. Sh. 76 120 91,2 YQTTda yetishmovchilik bor

Mu.T. 78 130 101,4 YQTT faoliyati buzulgan

Mu.D. 70 125 87,5 YQTTda yetishmovchilik bor

Ru.I. 76 120 91,2 YQTTda yetishmovchilik bor

At.G. 78 130 101,4 YQTT faoliyati buzulgan

Su.G. 72 120 86,4 YQTTda yetishmovchilik bor

X 75 120,5 90,4 YQTTda yetishmovchilik bor

5 2,5 6,4 6,4

Qiz bolalarda esa, bu ko'rsatkichlar me'yoriy talablar faqatgina 10% talaba qizlarda talab darajasida ekanligi aniqlandi. Qolgan 70% talaba qizlarda yurak qon-tomir tizimida yetishmovchiliklar borligi aniqlandi. Harakatlanish imkoniyati cheklanganligi natijasida 20% talaba qizlarda yurak qon-tomir tizimi faoliyatida buzilish alomatlari borligi kuzatildi. Bu birinchi navbatda talaba qizlar salomatligi uchun salbiy holat bo'lsa, ikkinchidan mashqlarni bajarishda organizm tizimlarida turli zo'riqishlarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa ushbu holat qiz bolalarning kelajak faoliyati uchun juda xavflidir.

O'qituvchi kompensasiya yoki uning buzilishi holatida shug'illanuvchi qay holatda bo'lishini bilishi kerak. Kompensasiya ko'p darajada protez sifatiga bog'liq bo'ladi. Agar bu yaxshi moslashtirilgan bo'lsa, to'mtoq oyoqqa uning oxiriga tayangan holda bir tekisda yuklama tushadi. Odatda, davomli yuklamalardan so'ng toliqishga shikoyat bo'ladi, og'riq kamdan-kam yuzaga keladi. Kesilib to'mtoq bo'lgan joy o'rtacha qurigan, terisi tabiiy rangda bo'ladi. Kompensasiya buzilganda protezdan foydalanish mumkin emas, kesilib to'mtoq bo'lgan joy anchagina burishgan, tez toliqish bezovta qiladi, vaqti-vaqti bilan to'mtoq joyda og'riq, soxta og'riqlar, harakatlarda cheklanish va sog'lom qo'l-oyoqlarda og'riq, umurtqa pog'onosida og'riqlar bo'ladi. Yo'qotilgan harakatlari yetarlicha kompensasiyalangan odam o'ziga yoqqan jismoniy faoliyat turlari bilan shug'illanishi mumkin.

Tizza bo'g'imi amputasiyada odamning funksional ko'rsatgichlari 70% ga, boldir -tavon bo'g'imi mavjud bo'lmaganda esa, 40% ga kamayadi. Kesib tashlangan joydan yuqoriroqda joylashgan muskullar kuchi pasayadi, kontrakturalar rivojlanadi. Muskullar muvozanatsizligi, massa markazining siljishi, umurtqa pog'onasi ko'ndalang bo'limining qiyshayishi tosning amputasiya qilingan tomonidan qiyshayishi oyoqlarga massaning notekis taqsimlanishi vaqt o'tishi bilan amputasiya qilingan va tayanch oyoq bo'g'imlarida, umurtqa pog'onasida buzilish jarayonlarining rivojlanishiga, shuningdek yurishning harakat tarzi buzilishiga olib keladi. Odatda, amputasiya asoratlari umurtqa

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 10 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

pog'onasi oyoq bo'g'imlari kasalliklari yassi tovonlik bo'lib, ular og'riq bilan kechadi va protezda yurishga halaqit beradi.

Tadqiqotimizda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda harakat tuzilishini o'zgartirmay, (V.M.Dyachkov bo'yicha) o'zaro bog'liq mashq usuli bilan, rag'batlantirishga imkon beradigan qo'shimcha yuklamalar bilan amalga oshirdik.[19,20,21,22]

Shuningdek m'yoriy mashq usulidan: bir me'yordagi usuldan foydalandik. Uning xususiyati shundaki, uni qo'llashda shug'ullanuvchilar jismoniy mashqni uzluksiz ravishda, nisbatan doimiy shiddat bilan, harkatlanish tezligi, ish sur'ati, harakatlar kattaligi va amplitudasini saqlab qolish amalga oshirildi. Mazkur usulning 2 varianti ham bor: uzoq muddatli bir me'yordagi mashg'ulot (chidamlilikning aerob tarkibiy qismdagi mashqlarni takomillashtirishga yordam beradi) va qisqa muddatli bir me'yordagi mashg'ulot (chidamlilikning aerob-anaerob tarkibiy qismda rivojlantirishda qo'llanildi). Bir me'yordagi usuldan asosan siklik mashqlarda (yugurish, suzish) foydalanildi. Bu usul yordamida quyidagi vazifalar hal etiladi: umumiy va maxsus chidamlilik, harakatlar tejamkorligini oshirish, irodaviy sifatlarni tarbiyalash.

1-modul.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Muvozanat saqlashni rivojlantirishga qaratilgan.

1. PS (10 soniya ichida) va nafas olishni (10 soniya ichida) hisoblash.

2. Qo'l- oyoqlarni o'zaro uqalash ( 10).

Yurish uning turli ko'rinishlari (sekin, tez, chapak bilan, sakrab- sakrab, qo'llar, bosh, oyoqlarni harakatlantirib).

Bir oyoqni oldinga, yon tomonga, orqaga uzatib ikkinchi oyoq bilan 5 sekundgacha tik turish - qo'llarni erkin harakatlantirish, yon tomonga, oldinga uzatish, belga qo'yish, bosh orqasiga o'tkazish.

Bir oyoqda tik turgan holatda 900 dan 3600 gacha burilish, bir oyoqni va bir qo'lni barcha yo'nalishlarda siltab, oyoq uchlarida, bir oyoqda, muvozanat saqlash.

Qisqa masofadan tez odimlab kelgandan keyin bir oyoqda, muvozanat saqlab to'xtab qolish.

Chalqancha yotgan holatdan baland burchak hosil qilib o'tirish.

Qo'llarga tiralib yotgan holda qarama - qarshi oyoq va qo'llarni harakatlantirish.

Turli yo'nalishlar bo'yicha chizilgan kvadratlar bo'yicha yurish.

Tik turib muvozanat saqlash: bir oyoqda turib koptok o'ynash; bir oyoq uchida turib, qo'llar bilan har xil mashqlarni bajarish.

Tik turib muvozanat saqlash: bir oyoqda turib koptokni qo'l bilan yuqorida o'ynatish.

Ushbu mashqlar jismoniy sifatlarni ixtisoslashtirib rivojlantirish maqsadida funksional poydevor yaratish uchun va faol dam olish, harakat yuklamalarida

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 10 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

shug'illanuvchilarning organizmidagi tiklanish jarayonlarini tezlashtirish, mashg'ulotning bir me'yordaligini bartaraf etish uchun qo'llanildi.

2-modul.

Stansion (aylana) tartibda mashqlarning yo'nalganligi bo'yicha o'zaro bog'langan tizimni hosil qiladi va yuklamaning aniq me'yorlarini saqlashga imkon beradi. Nafas olish mashqlari.

Chalqancha yotgan holatda, bir qo'l ko'krak qafasida, diafragma bilan nafas olish , qorinni ishirish, so'ngra— qorinni tortib nafas chiqarish.

Chalqancha yotgan holatda, qo'llar qorinda, qorinni tortib, ko'krak qafasi bilan nafas olish va iloji boricha uzoqroq ushlab turish.

O'tirgan holatda 1-2 diafragma va ko'krak qafasi bilan bir vaqtning o'zida nafas olish,

3-4 nafas chiqarish ko'krak qafasini tushurish, qorinni tortish.

1.PS (10 soniya ichida) va nafas olishni (10 soniya ichida) hisoblash.

2.Qo'l- oyoqlarni o'zaro uqalash( 10).

3.Yurish uning turli ko'rinishlari (sekin, tez, chapak bilan, sakrab- sakrab, qo'llar, bosh, oyoqlarni harakatlantirib).

4.Aylanma tizimi bo'yicha ishlash qoidasini tushuntirish (juft -juft bo'lib tizimi). Har bir stansiya o'z vazifasiga ega.

5. Juftlikda ikkala qo'l bilan bosh orqasidan koptokni yuqoridan uzatish (bir- biridan 5 m.lik masofada).

6. Sherikka oyoqning tashqi tomoni bilan koptokni uzatish (pasdan). Orqaga taqalib o'tirib, sheriklar orasida oyoqlar bilan futbol koptogini o'ynash. Yelkalarni bir-biriga qaratib turib, qo'llarni tirsakdan ushlab, sherikni chiziqdan itarib chiqarish.

7.Har bir stansiyada boshqasiga o'tish bilan 130 soniyadan ishlaydilar.

8. Har xil tezlik bilan yurish va yugurish.

9. "Arqondan koptok bilan sakrab o'tish" harakatli o'yini. Bittasi doira markazida. Aylantiradi, qolganlari sakrab o'tadi.

10. Nafas olish mashqlari va diqqat- e'tibor bilan sekin yurish.

11. PS va nafas olishni hisoblash. Darsga yakun yasash.

12. Darsdan so'ng 10 dan keyin PS va nafas olishni hisoblash.

9 oy davomida modul tizimida ishlab chiqilgan 20 ta modul asosida mashg'ulotlar tashkil etildi va organizmning zahira imkoniyatlarini qayta o'rganildi.

4- jadval

Tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar organizmning energiya salohiyatini

yakuniy baholash natijalari (o'g'il bolalar)

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Sinaluvchi YQS ABc Robinson indeksi Indeks bahosi

Si.U. 70 110 77 meyorida

Ah.O. 68 110 74,8 meyorida

Er.Q. 78 120 93,6 YQTTda yetishmovchilik bor

Ar.A. 70 115 80,5 Metëpnga

Er.S. 68 120 81,6 Metëpnga

Tu.M. 74 115 85,1 YQTTda yetishmovchilik bor

Er.H. 72 110 79,2 meyorida

Esh.A. 76 120 91,2 YQTTda yetishmovchilik bor

No.Z. 68 120 81,6 meyorida

Ha.J. 72 120 86,4 YQTTda yetishmovchilik bor

X 71,6 116 83,1 meyorida

5 3,5 4,5 5,9

% 2,9 3,3 6,2

O'tkazilgan tadqiqot yakuniy natijalariga ko'ra Ampuntant o'quvchilarda quyidagi natijalar qayd etildi: o'g'il bolalarda Robinson indeksi bo'yicha dastlab 40 % o'quvchilarda indeks bahosiga ko'ra me'yoriy natijalar qayd etilgan bo'lsa, yakunda 60% o'quvchilarda indeks bahosiga ko'ra me'yoriy natijalar qayd etildi. Dastlabki tadqiqotda 20% o'quvchilarda yurak qon-tomir tizimi faoliyatida buzilish alomatlari borligi aniqlangan bo'lsa, yakuniy natijalarga ko'ra, yurak qon-tomir tizimi faoliyatida buzilish alomatlari hech bir o'quvchida kuzatilmadi. Bu esa mashg'ulotlar uchun tanlangan uslubiyatning samaradorligini ko'rsatadi. Faqatgina 40% o'quvchilarda yurak qon-tomir tizimida yetishmovchilik alomatlari borligi aniqlandi.

5- jadval

Tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar organizmning energiya salohiyatini baholash yakuniy natijalari (qiz bolalar)

Sinaluvchi YQS ABc Robinson indeksi Indeks bahosi

Er.M. 72 110 79,2 meyorida

Ho.N. 74 110 81,4 meyorida

Nu.A. 76 115 87,4 YQTTda yetishmovchilik bor

Qo.S. 72 110 79,2 meyorida

Ma.Sh. 76 120 91,2 YQTTda yetishmovchilik bor

Mu.T. 76 130 98,8 YQTTda yetishmovchilik bor

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Mu.D. 70 115 80,5 meyorida

Ru.I. 76 110 83,6 meyorida

At.G. 76 130 98,8 YQTTda yetishmovchilik bor

Su.G. 72 120 86,4 YQTTda yetishmovchilik bor

X 74 119,5 86,6 YQTTda yetishmovchilik bor

5 2,3 6,4 7,4

% 1,3 0,8 4,6

Qiz bolalarda esa, bu ko'rsatkichlar dastlabki natijalarda me'yoriy talablar faqatgina 10%o'quvchilar to'g'ri kelgan bo'lsalar, yakunda 50% o'quvchilar me'yoriy talablar darajasida ekanligi aniqlandi. Tadqiqot boshida 70% o'quvchilarda yurak qon-tomir tizimida yetishmovchilik alomatlari borligi aniqlangan bo'lsa yakunda bu ko'rsatkich 40%ni tashkil qildi. Harakatlanish imkoniyati cheklanganligi natijasida 20% qiz bolalarda yurak qon-tomir tizimi faoliyatida buzilish alomatlari kuzatildi. Bu holat birinchidan tanlangan uslubiyatning uzoq vaqt davom ettirish kerakligini ko'rsatsa, ikkinchidan barcha mashg'ulotlarga o'quvchilarni to'liq qatnasha olmaganligi va mustaqil shug'ullanmaganligida deb bildik.

1- diagramma

O'rtacha arifmetik qiymatlar solishtirma grafigi

500 450 400 350 300 250 200 150 100 50 0

YQS

ABc

Robinson indeksi

O'g'il bolalar dastlabki natijalari Qiz bolalar dastlabki natijalari

■O'g'il bolalar yakuniy natijalari ■Qiz bolalar yakuniy natijalari

Ushbu diagrammadan ko'rinib turibdiki Robinson indeksi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra: YUQS o'g'il bolalarda o'rtacha arifmetik qiymati tadqiqot boshida 73.8ni tashkil qilgan bo'lsa, tadqiqot yakunida 71.6 ni, qiz bolalarda bu ko'rsatgich tadqiqotdan oldin 75ni tashkil qilgan bo'lsa, tadqiqot yakunida 74 tashkil qildi. ABS (sistolik arterial bosim) ko'rsatgichlari bo'yicha o'rtacha arifmetik

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 10 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

ko'rsatgichlar tadqiqot boshida o'g'il bolalarda 120, tadqiqot yakunida 116ni tashkil qildi. Qiz bolalarda tadqiqot boshida 120.5 ni tashkil qilgan bo'lsa, 117ni tashkil qildi. Robinson indeksi bo'yicha o'g'il bolalarda tadqiqot boshida 88.6ni tashkil qilgan bo'lsa, tadqiqot yakunida 83.1ni tashkil qildi. Bu esa, indeks bahosi bo'yicha me'yoriy natijalarga mos keladi. Qiz bolalarda tadqiqot boshida 90.4ni tashkil qilgan bo'lsa, tadqiqot yakunida 86.6ni tashkil qildi. Bu indeks organizmda kechadigan almashinuv va energetik jarayonlar darajasini baholab, yurakning sistolik ishini harakterlab berdi.

Xulosa. Organizmining energiya salohiyatini baholash uchun o'tkazilgan test natijalari eng avvalo mashg'ulotlarda yuklamalarni me'yorlash imkoniyatini bergan bo'lsa, boshqa tarafdan harakatlanish potensialini harakterlab berdi.

Organizmining energiya salohiyatini zahira ko'rsatkichlarini baholash yakuniy natijalari Ampuntant o'quvchilarda o'g'il bolalarda Robinson indeksi bo'yicha dastlab 40 % o'quvchilarda indeks bahosiga ko'ra me'yoriy natijalar qayd etilgan bo'lsa, yakunda 60% o'quvchilarda indeks bahosiga ko'ra me'yoriy natijalar qayd etildi. Qiz bolalarda esa, bu ko'rsatkichlar dastlabki natijalarda me'yoriy talablar faqatgina 10%o'quvchilar to'g'ri kelgan bo'lsalar, yakunda 50% o'quvchilar me'yoriy talablar darajasida ekanligi aniqlandi.

Tadqiqotda tayanch harakat apparati shikastlangan talabalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlar faqatgina dasturda keltirilgan me'yoriy talablarni bajarish uchun qaratilmasdan balki, organizm tizimlari o'rtasidagi mutanosiblikni yaxshilash va harakatlanish imkoniyatlarini oshirishga qaratildi.

Ampuntant talabalarda o'tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan modul tizimi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalari dastlabki va yakuniy natijalar o'rtasidagi ko'rsatgichlar 2.8 soniyaga yaxshilanib, bu ishonchlilik darajasi bo'yicha R<0,05ni tashkil etdi.

Mashg'ulotlar uchun tanlangan mashqlar faqatgina jismoniy rivojlanish uchun xizmat qilmasdan balki, yurak ish faoliyatini ham yaxshilashga xizmat qildi. SHularni xisobga olgan holda jismoniy imkoniyati cheklangan o'quvchilar bilan olib borilgan mashg'ulotlar organizm tizimlari o'rtasidagi mutanosiblikni yaxshilash va harakatlanish imkoniyatlarini oshirishga ijobiy ta'sir etganligi aniqlandi.

Adabiyotlar.

1.Dilshod Baxtiyorovich Baxtiyorov AMPUNTANT FUTBOLCHILARNI JISMONIY TARBIYA VOSITALARI VA USLUBIYATI // Scientific progress. 2022. №2. URL: https: //cyberleninka.ru/article/n/ampuntant-futbolchilarni-j ismoniy-tarbiya-vo sitalari-va-uslubiyati (дата обращения: 15.11.2022).

2.Sherali Hoshimovich G'Ofurov, Dilshod Baxtiyor O'G'Li Baxtiyorov, Umid Abdugaforovich Saidov MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI YENGIL

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 10 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

ATLETIKA MASHQLARI ORQALI MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH // Scientific progress. 2022. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-yoshdagi-bolalarni-yengil-atletika-mashqlari-orqali-mashg-ulotlarini-tashkil-etish (дата обращения: 15.11.2022)

3.M. X.Mirjamolov, R. F.Odilov, N. Y.Valiyeva, D. B.Baxtiyorov KO'RISH QOBILYATIDA NUQSONI BO'LGAN TALABALARDA HARAKAT KOORDINATSIYASINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI // Academic research in educational sciences. 2021. №12. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ko-rish-qobilyatida-nuqsoni-bo-lgan-talabalarda-harakat-koordinatsiyasini-rivojlantirish-uslubiyati (дата обращения: 12.12.2022)

4. М. Х. Миржамолов, Р. Ф. Одилов, Н. Ю. Валиева, Д. Б. Бахтиёров МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ КООРДИНАЦИИ ДВИЖЕНИЙ У СТУДЕНТОВ С НАРУШЕНИЯМИ ЗРЕНИЯ // Scientific progress. 2022. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/metodika-razvitiya-koordinatsii-dvizheniy-u-studentov-s-narusheniyami-zreniya (дата обращения: 12.12.2022).

5.Kh M. M., Svetlichnaya N. K. Abdiev Sh. A., Davlatova LT, Sobirova LB Improving Pedagogical Mechanisms to Increase Special Physical Preparation of Students with Disabilities in Uzbekistan //Psychology and education. - 2021. - Т. 58. - №. 2. - С. 1379-1389

6.Lola Tilapovna Davlatova JISMONIY TARBIYA VA SPORTDA SOG'LOMLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI // Scientific progress. 2021. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/jismoniy-tarbiya-va-sportda-sog-lomlashtirish-texnologiyalarining-dolzarbligi-va-ahamiyati (дата обращения: 12.12.2022)

7. Л. Б. Собирова КУРИШ КОБИЛИЯТИ БУЗИЛГАН БОЛАЛАРНИ SPORT ФАОЛИЯТИ ШАРОИТЛАРИГА МОСЛАШИШ ХУСУСИЯТЛАРИ // Scientific progress. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7k-rish-obiliyati-buzilgan-bolalarni-sport-faoliyati-sharoitlariga-moslashish-hususiyatlari (дата обращения: 12.12.2022).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8.Шерали Хошимович Гофуров, Бахрдир Хошимович Гофуров УЗБЕКИСТОНДА 5X5 ФУТБОЛ СПОРТ ТУРИНИ ОММАЛАШТИРИШ ОРКАЛИ КУРИШ КОБИЛИЯТИДА НУКСОНИ БОР ШАХСЛАР ХДРАКАТ ФАОЛЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ // Scientific progress. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zbekistonda-5x5-futbol-sport-turini-ommalashtirish-or-ali-k-rish-obiliyatida-nu-soni-bor-shahslar-arakat-faolligini-rivozhlantirish (дата обращения: 15.11.2022)

9. Sherali Xoshimovich G'Ofurov, Baxodir Xoshimovich G'Ofurov NOGIRONLAR ARAVACHASIDAN FOYDALANADIGAN UMURTQA POG'ONASI

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 10 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

SHIKASTLANGAN YOSHLARNING ADAPTIV JISMONIY TARBIYASI // Scientific progress. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/nogironlar-aravachasidan-foydalanadigan-umurtqa-pog-onasi-shikastlangan-yoshlarning-adaptiv-jismoniy-tarbiyasi (дата обращения: 15.11.2022).

10. Юнусов С.А. РОЛЬ И ЗНАЧИМОСТЬ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ПАРАЛИМПИЙЦЕВ ПАУЭРЛИФТЁРОВ ВЫСОКОЙ КВАЛИФИКАЦИИ // Fan-Sportga. 2020. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rol-i-znachimost-psihologicheskoy-podgotovki-paralimpiytsev-pauerliftyorov-vysokoy-kvalifikatsii (дата обращения: 12.12.2022).

11. Юнусов, С. А. "Физическое воспитание школьников в инклюзивном образовании" SCIENTIFIC PROGRESS." Scientific Journal ISSN (2021): 2181-1601

12. Charos Alisher Qizi Berdiyeva JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABA QIZLARDA EGILUVCHANLIK VA UNI RIVOJLANTIRISH USULIYATI // Scientific progress. 2022. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/jismoniy-imkoniyati-cheklangan-talaba-qizlarda-egiluvchanlik-va-uni-rivojlantirish-usuliyati (дата обращения: 12.12.2022).

13. Ч. А. Бердиева ЖИСМОНИЙ ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАН ТАЛАБАЛАР ОРГАНИЗМИНИНГ ФУНКЦИОНАЛ ДОЛАТИНИ БАДОЛАШ УСУЛИ // Academic research in educational sciences. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zhismoniy-imkoniyati-cheklangan-talabalar-organizmining-funktsional-olatini-ba-olash-usuli (дата обращения: 12.12.2022)

14. Абдиев Ш.А. ТАЯНЧ-ДАРАКАТ АППАРАТИ ШИКАСТЛАНГАН ЮКОРИ МАЛАКАЛИ ЕНГИЛ АТЛЕТИКАЧИЛАРНИ МУСОБАКА ЮКЛАМАЛАРИНИ РЕЖАЛАШТИРИШ // Fan-Sportga. 2020. №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tayanch-arakat-apparati-shikastlangan-yu-ori-malakali-engil-atletikachilarni-musoba-a-yuklamalarini-rezhalashtirish (дата обращения: 11.11.2022).

15. Абдиев Ш.А. ТАЯНЧ-ДАРАКАТ АППАРАТИ ШИКАСТЛАНГАН ЮКОРИ МАЛАКАЛИ УЛОКТИРУВЧИЛАРНИ МАШЕУЛОТ ЮКЛАМАЛАРИНИ МЕЪЁРЛАШ // Fan-Sportga. 2021. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tayanch-arakat-apparati-shikastlangan-yu-ori-malakali-ulo-tiruvchilarni-mash-ulot-yuklamalarini-meyorlash (дата обращения: 11.11.2022)

16. Lola Tilopovna Davlatova ADAPTIV SPORT O'YINLARINI (VOLEYBOL) O'QITISH METODIKASIDA HARAKAT USLUBLARI VA QOIDALARI // Scientific progress. 2022. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/adaptiv-sport-o-yinlarini-voleybol-o-qitish-metodikasida-harakat-uslublari-va-qoidalari (дата обращения: 12.12.2022).

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 10 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

17.Миржамолов М.Х. ПАРА-СПОРТЧИЛАРНИНГ КИНЕМАТИК ХДРАКАТ ИМКОНИЯТЛАРИ ТАДЛИЛИ // Fan-Sportga. 2022. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/para-sportchilarning-kinematik-arakat-imkoniyatlari-ta-lili (дата обращения: 12.12.2022)

18. Бобомуродов, Н. Ш. "Структуры физической подготовленности курашистов" Вестник" науки и оброзавания научно-методической журнал № 4 (82)." Часть 2.2020 (2020): 41-44

19.Бобомуродов, Н. Ш. "Features of development of physical qualities in the process of sports training of students." International Journal of Psychosocial Rehabilitation 24.09 (2020): 4225-4229.

20. Светличная Н. Коррекционно-педагогическое воздействие на сенсомоторное развитие детей с нарушениями интеллектуального развития // Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 379-386.

21. Светличная Н.К. Развитие инклюзивного образования в области адаптивного физического воспитания детей // Вестник Тамбовского университета. Серия: Гуманитарные науки. - 2022. - Т. 27. - № 3. - С. 705-713. - DOI 10.20310/18100201-2022-27-3-705-713. ISSN: 1810-0201 (Print). ISSN: 2782-5825 (Online).

22.«Олимпийский спорт и спорт для всех. - 2021. - С. 412-414.

Валиева Н. Ю., Одилов Р. Ф. МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ЭФФЕКТА ТОНУСНЫХ РЕФЛЕКСОВ ПРИ ДЕТСКОМ ЦЕРЕБРАЛЬНОМ ПАРАЛИЧЕ С ПОМОЩЬЮ ФИТБОЛЬНОЙ ГИМНАСТИКИ //Academic research in educational sciences. -2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 966-972.

23.Odilov R.F., Valiyeva N.Y.Q. Sensor tizimida nuqsoni bo'lgan bolalar mashg'ulotlarini kompleks nazorat qilish //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 8. -С. 670-674.

24. Миржамолов М.Х.,Одилов Р.Ф., Зокиров Д. Р. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ ЗДОРОВЬЯ //Актуальные проблемы физической культуры и спорта. - 2020. - С. 20-23.

25. Миржамолов М. Х. ЭШИТИШ КОБИЛИЯТИ РИВОЖЛАНМАГАН УКУВЧИЛАРДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ МАШЕУЛОТЛАРИНИ УТКАЗИШ УСЛУБИЯТИ //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. - №. 6. - С. 214-221.

26. Валиева Н. Ю., Одилов Р. Ф. МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ЭФФЕКТА ТОНУСНЫХ РЕФЛЕКСОВ ПРИ ДЕТСКОМ ЦЕРЕБРАЛЬНОМ ПАРАЛИЧЕ С ПОМОЩЬЮ ФИТБОЛЬНОЙ ГИМНАСТИКИ //Academic research in educational sciences. -2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 966-972.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 10 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

27. Mirjamolov M. X., Odilov R. F. Zokirov dr salomatligi nogironat imkoniyatlari bo'lgan o'quvchilarning maxsus Jismoniy tarbiyasini takomillashtirish //Jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolari.-2020.-S. - Т. 2023.

28. Миржамолов М. Х., Валиева Н. Ю. ДИФФЕРЕНЦИРОВАННАЯ ПРОГРАММА ЗАНЯТИЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ДЛЯ УЧАЩИКСЯ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ФИЗИЧЕСКИМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ //Актуальные проблемы физической культуры и спорта. - 2020. - С. 14-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.