Научная статья на тему 'DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR VA ULARNING BEMORLAR REABILITATSIYASIDAGI AHAMIYATI'

DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR VA ULARNING BEMORLAR REABILITATSIYASIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

5532
524
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Жисмоний машқлар / даволовчи жисмоний машқлар / соғлом турмуш тарзи / жимоний маданият. / Physical exercises / therapeutic physical exercises / healthy lifestyle / social culture.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Nasiba Axmatovna Nabieva, Zubayda Gulom Qizi Muxtorova, Gulshod Sattarovna Avezova

Davolovchi jismoniy mashqlar bu turli kasalliklarni jismoniy madaniyat vositalari bilan davolash va oldini olishdir. Bu tibbiyotning mustaqil yo‘nalishi bo‘lib, u jismoniy madaniyat vositalarini ko‘plab kasalliklar va shikastlanishlarni xurujini oldini olish va davolash hamda mehnat qobiliyatini tiklash uchun qo‘llaydi. Davolashning boshqa usullariga nisbatan solishtirilganda jismoniy madaniyat bilan davolashning o‘ziga xosligi shundaki, u asosiy davolovchi vosita sifatida insonlar organizmi hayotiy funksiyalarini sezilarli stimulyatori bo‘lib hisoblangan jismoniy mashqlardan foydalanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Therapeutic exercise is the treatment and prevention of various diseases by means of physical culture. This is an independent branch of medicine, which uses physical culture tools to prevent and treat the attack of many diseases and injuries, as well as to restore working capacity. Compared to other methods of treatment, the uniqueness of treatment with physical culture is that it uses physical exercises, which are considered to be a significant stimulator of the vital functions of the human body, as the main therapeutic tool.

Текст научной работы на тему «DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR VA ULARNING BEMORLAR REABILITATSIYASIDAGI AHAMIYATI»

DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR VA ULARNING BEMORLAR REABILITATSIYASIDAGI AHAMIYATI

Nasiba Axmatovna Nabieva

Navoiy davlat pedagogika universtiteti, tibbyot fakulteti

Zubayda Gulom qizi Muxtorova

Navoiy davlat pedagogika universtiteti, tibbyot fakulteti

Gulshod Sattarovna Avezova

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

ANNOTATSIYA

Davolovchi jismoniy mashqlar - bu turli kasalliklarni jismoniy madaniyat vositalari bilan davolash va oldini olishdir. Bu tibbiyotning mustaqil yo'nalishi bo'lib, u jismoniy madaniyat vositalarini ko'plab kasalliklar va shikastlanishlarni xurujini oldini olish va davolash hamda mehnat qobiliyatini tiklash uchun qo'llaydi. Davolashning boshqa usullariga nisbatan solishtirilganda jismoniy madaniyat bilan davolashning o'ziga xosligi shundaki, u asosiy davolovchi vosita sifatida insonlar organizmi hayotiy funksiyalarini sezilarli stimulyatori bo'lib hisoblangan jismoniy mashqlardan foydalanadi.

Калит сузлар. Жисмоний машцлар, даволовчи жисмоний машцлар, соглом турмуш тарзи, жимоний маданият.

ABSTRACT

Therapeutic exercise is the treatment and prevention of various diseases by means of physical culture. This is an independent branch of medicine, which uses physical culture tools to prevent and treat the attack of many diseases and injuries, as well as to restore working capacity. Compared to other methods of treatment, the uniqueness of treatment with physical culture is that it uses physical exercises, which are considered to be a significant stimulator of the vital functions of the human body, as the main therapeutic tool.

Keywords: Physical exercises, therapeutic physical exercises, healthy lifestyle, social culture.

KIRISH

"Davolovchi jismoniy madaniyat" termini 1928 yilda o'sha davrda qo'llanlgan "kineziterapiya", "monoterapiya", "shifokorlik gimnastikasi" terminlari o'rniga qabul qilingan. Xuddi shu yili Rossiya Jismoniy madaniyat Davlat institutida shifokorlik gimnastikasi, uqalash,

January, 2023

53

fizioteraiya bo'yicha dastlabki ma'ruzalarni o'qish boshlandi va faqat 1931 yilga kelib RSFSR sog'liqni saqlash qo'mitasida biinchi bor jismoniy madaniyat bo'yicha mutaxassis shifokor yo'nalishi belgilab berildi.

Ulug' Vatan urushi yillari davrida DJM tez rivojlandi. Shifokorlar oldida jangchilami yaralanishlar va jarohatlardan so'ng tezda tiklanishi muammosi o'tkir muammo bo'lib qoldi va DJM yaralanganlar va bemorlarning jangovorlik va mehnat qobiliyatini tiklashda eng muxim omillardan biri bo'lib, asosiy ahamiyat kasb etdi. O'sha yillarda ortirilgan bilim v amaliy tajribalar hozirgi vaqtga qadar o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Ayniqsa davolovchi jismoniy madaniyat mashqlari tayanch-harakat apparati, ko'krak qafasi, bosh chanog'i, qorin bo'shlig'ini yaralanishlaridan so'ng keng qo'llanilgan. DJM oldiga nafaqat organ va tizimlarning buzilgan funksiyalarini tiklanishi, balki ular tomondan umumiy mashqlarni bajarilishi va chidamlilikni shakllantirish vazifasi qo'yildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

DJM bemorlarda jismoniy mashqlarni bajarish mashg'ulotlariga nisbatan ongli munosabatda bo'lishni shakllantiradi, unga gigienik ko'nikmalarni o'rgatadi, organizmni tabiiy omillar yordamida chiniqtirilishiga nisbatan to'g'ri munosabatni tarbiyalaydi. DJM da qo'llaniladigan jismoniy mashqlar nomaxsus ta'sirlantiruvchi bo'lib hisoblanadi, ular organizmning barcha funksional tizimlarida javob reaksiyasini yuzaga keltiradi.

DJM deyarli barcha kasallik va jarohatlarda ko'rsatma sifatida tavsiya etiladi. So'nggi yillarda bemorlarni davolash usullarini takomillashtirilishi DJMning qo'llash imkoniyatlarini kengaytirmoqda va uni ilgari qo'llanilmagan kasalliklarda, kasallikni yanada erta bosqichlarida qo'llash imkoniyatini bermoqda.

DJMning ta'sir etuvchi ob'ekti bo'lib, organizmning joriy funksional xolati va shaxsning individual xususiyatlarini barcha qirralari bilan -inson hisoblanadi. Shular bilan qo'llaniladigan vositalarning individual o'ziga xosliklari va DJM usullari, shuningdek jismoniy yuklamalarning dozasi belgilanadi.

Davolovchi jismoniy madaniyatning asosiy vositalari:1. Jismoniy mashqlar. 2. Uqalash. 3. Chiniqtirish.

Jismoniy mashqlar- asosida organizmning bosh biologik funksiyasi-mushaklar harakati yotadigan usuldir. Harakat o'sish, rivojlanish jarayonini va organizmni shakllanishini stimullaydi.

Uqalash uqalovchining qo'llari yoki maxsus apparatlar bilan xosil qilinadigan inson tanasi yuzasining turli qismlariga mexanik dozalangan ta'sir usullarini majmuasi sifatida taqdim etiladi. Uqalash usuli qo'llanilganda ijobiy natijalarga erishish uchun kasallik sababi va uni klinik o'ziga xosliklariga bog'liq xolda uning usulini tanlab olish zarur.

Chiniqtirish-bu atrof muhitning noxush omillariga nisbatan organizm qarshiligini oshirishga qaratilgan profilaktik chora tadbirlar tizimidir. Sog'lomlashtiruvchi chiniqtirish organizmga tashqi muhit sharoitlariga moslshuvchanligini oshirishga yordam beradi. Chiniqqan organizm

January, 2023

54

atrof muhit haroratining sezilarli o'zgarishlarida ham ichki organlar haroratini yetarli darajadagi tor chegarada ushlab turadi.

DJMni o'tkazish shakllari:tonggi gigienik gimnastika; davolovchi gimnastika; jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug'ullanish; davolovchi dozalangan piyoda yurish; terrenkur; dozalangan suzish; chang'ida yurish; konkida uchish va boshqalar; suvdagi jismoniy mashqlr va suzish; sog'lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat bilan yalpi shaklda guruhlarda shug'ullanish.

Tonggi gigienik gimnastika-bu organizmni uyqu xolatidan faol tetik xolatga o'tish uchun yordam beruvchi maxsus tanlab olingan jismoniy mashqlar majmuasidir.

Gigienik gimnastika- shikastlangan organ va butun organizmning funksyalarini tiklash uchun DJMda mashg'ulotlar o'tkazishning asosiy shakli bo'lib hisoblanadi. davolovchi gimnastika mashqlari uchta: kirish, asosiy qism va yakuniy qismlardan tashkil topadi.

Suvda bajariladigan jismoniy mashqlar (suvdagi gimnastika, suzish, suvda bajariladigan turli o'yinlar), turli kasalliklarni oldini olish va davolash maqsadida, shifokor tavsiyasi va nazorati ostida bajariladigan mashqlardir. Mustaqil shug'ullanuvchi bemorlar DJM mutaxassisi tomonidan ularning kasalliklari va funksional o'ziga xosliklarini hisobga olgan xolda tuzilgan jismoniy mashqlarning individual kompleksiga ega bo'lishlari lozim. Mustaqil shug'ullanishlar davolovchi gimnastika mashg'ulotlarini sezilarli to'ldiradi v ularning samaradorligini oshiradi.

Dozalangan piyoda yurish-qadam tashlashni me'yorlashtirish uchun jarohatlar asab tizimi, tayanch-harakat apparati kasalliklaridan keyin, moddalar almashinuvi buzilganda, shuningdek yurak qon-tomir va nafas tizimini mashq qildirishda qo'llaniladi.

Terrenkur-dozalangan piyoda yurishning bir turi. Tekis joydagi dozalangan sayrlardan farqli ravishda terrenkur yo'nalishlari sanatoriya-kurort zonasi sharoitida joylarning kesishgan qismlaridan foydalangan xolda o'tadi. Ko'tarilish burchagiga bog'liq xolda terrinkur yo'nalishlpri quyidagi guruhlarga bo'linadi: 4-100 gradus; 11-150 gradus qv 16-200 gradus. Jismoniy yuklama kattaligi yo'nalish uzunligiga (odatda 500, 1500, 3000 metr), joyning relefiga, ko'tarilish sur'atiga, bekatlar soniga bog'liq bo'ladi. Terrenkur yurak qon -tomir, nafas tizim, endokrin kasalliklarida, semirishda, nevrozlarda tavsiya etiladi.

Dozalangan cho'milish, chang'ida yurish, konkida uchish va sportning boshqa turlari-shikastlangan organ va butun organizmning funksiyalrini kelgusida tiklanishiga, shuningdek sog'ayuvchilarning mehnat qobiliyati darajasini oshirilishiga yordam beradi. Ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar, mos bo'lgan dozalarni hisobga olgan xolda individual qo'llaniladi. Sportchilar , yoshlar va o'rta yoshlilarni reabilitatsiya qilish uchun qo'llaniladi.

Sog'lomlashtiruvchi jismoniy faollikning yalpi guruhli shakllari (bu yerga turizmga yaqin bo'lgan sport o'yinlarining elemetlari, sport elementlari, ekskursiyalar, yalpi jismoniy madaniyat chiqishlari, jismoniy madaniyat bayramlari va boshqa chora tadbirlar kiradi) organizmga

January, 2023

55

umumiy tonusni oshiruvchi ta'sir ko'rsatadi, harakatlar koordinatsiyasini tiklanishini ta'minlaydi, bo'g'imlar harkatchanligini oshiradi, ma'lum mushaklar guruhini tiklaydi. Bir vaqtning o'zida mashg'ulotlarning yalpi guruhli shakllari (ayniqsa sport o'yinlari elementlari bilan) bemorlarni (nogironlarni) kasallik to'g'risidagi fikrlardan chalg'itadi, ularni o'z kuchiga ishonishiga yordam beradi va shunday qilib ularning ijtimoiy reabilitatsiyasiga olib keladi.

DJMni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar:kasallikning o'tkir davrida; yuqori haroratda; organizmdagi fiziologik jarayonlarni faollashtirish zarurati bo'lmaganda; bemorning umumiy ahvolini og'irligida; kuchli og'riqda; qon ketish havfi paydo bo'lganda; organizmning moslashuvchanlik tmkoniyatlari keskin pasayganda.

Jismoniy faollikning asosiy shakllari. Jismoniy faollikning juda ko'plab turlari mavjud. Ularning xar biri bilan shug'ullanish individual, guruhda yoki mustaqil olib borilishi mumkin.

Mustaqil mashg'ulot. Mustaqil mashq-shifokor va trener nazoratisiz jismoniy madaniyat mashg'ulotlari bilan shug'ullanish.

Individual mashg'ulot. Individual mashg'ulotlar qo'yilgan maqsadga bog'liq xolda ovqatlanish va mashg'ulotlarning individual rejasini tuzishni nazarda tutadi, bunday mashg'ulotlar professional (professional trener/shifokor)lar nazorati ostida o'tkaziladi.

XULOSA

Guruhli mashg'ulotlar. Guruhli mashg'ulotlar-mashqlar tashkillashtirilgan guruhlarda olib boriladi, bunda bajariladigan mashqlar kompleksi o'rtacha statiktik odamga nisbatan hisoblanadi.

Jismoniy madaniyat mashg'ulotlarining eng keng qo'llaniladigan shakli bo'lib tonggi gigienik gimnastika hisoblanadi. Tonggi gigienik gimnastika uyqudan uyg'ongandan keyingi tonggi soatlarda kun tartibiga kiritiladi. Gimnastika kompleksiga barcha guruh mushaklari uchun mashqlar, egiluvchanlik va nafas mashqlari kiritilishi lozim. Bunda chidamlilikni oshiradigan (masalan, charchashgacha bo'lgan uzoq yugirish)sezilarli yuklamali, statik tavsifga ega bo'lgan mashqlarni bajarish tavsiya etilmaydi. Majmuani tuzish va uni bajrishda organizmga jismoniy yuklamani asta sekin, ko'pi bilan mashqlarni o'rtasida yoki ikkinchi yarmida oshirib borish tavsiya etiladi. Har bir mashqni sekin sur'atlar bilan va harakatlarning uncha katta bo'lmagan ampletudasi bilan boshlash, so'ngra asta sekin ko'paytirib borish lozim. Mashg'ulotning yakunlovchi qismida cho'zilish va bo'shashishga doir bo'lgan (piyoda yurish, cho'zilish, meditatsiya) mashqlar bajariladi. Agarda mashqlarni turib bajarishning imkoniyati bo'lmagan sharoitlarda, ularni o'tirgan xolatda bajarish mumkin. Bunda mashqlar izometrik tartibda bajariladi- tana vaziyati o'zgartirilmagan xolatda turli guruh mushaklarining zo'riqtirilishi va bo'shashtirilishi xosil qilinadi. Gimnastika o'z o'zini uqalash va organizmni chiniqtirish bilan birga olib borilishi mumkin.

January, 2023

56

Jismoniy mashqlarni to'g'ri tanlab olingan majmuasi salomatlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi: yurak qon-tomir, asab, nafas va ovqat hazm qilish tizimlarini mustahkamlash, bosh miyani samarali faoliyat ko'rsatishi, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshirish, gipodinamiyani oldini olish, qon aylanishini yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash o'ular jumlasidandir.

Shunday qilib, Jismoniy faollikning bosh prinsipi uning sog'lomlashtiruvchi yo'nalishi bo'lib hisoblanadi, bu barcha tarkibiy qism va jismoniy tarbiya, jumladan majburiy shifokor nazorati bo'yicha ishlarning tashkil etilishini bilan ta'minlanadi.

REFERENCES

1. Avezova G.S. Noinfeksion kasalliklar epidemiologiyasi va profilaktikasi// O'quv qo'llanma - Toshkent, 2022; 210 bet

2. MamatqulovB., Nodirov T. Sog'lom turmush tarzi va oila salomatligi. O'quv qo'llanma. Qarshi, 2018.

3. Guloyim Sattarovna Avezova, Zarnigor Beshimova, Gulshod Sattarovna Avezova. Means and problems of forming a healthy lifestyle among the population. The Americcan journal of medical sciences and pharmaceutical research, (2021) 3(05), 7377

4. Irgashev Sh.B. "Valeologiya". Darslik. Toshkent, 2015.

5. Sultanova, N. S., Bobomuratov, T. A., Mallaev, S. S., & Xoshimov, A. A. (2022). THE ROLE OF BREASTFEEDING IN THE PSYCHO-SOCIAL ADAPTATION OF CHILDREN IN SOCIETY. British Medical Journal, 2(6).

6. Bobomuratov, T. A., Nurmatova, N. F., Sultanova, N. S., Mallaev, S. S., & Fayziev, N. N. (2022). Brestfeeding and Genetic Features of Juvenile Rheumatoid Arthritis. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1983-1988.

7. Mallaev, S., & Alimov, A. V. (2020). CLINICAL COURSE OF JUVENILE RHEUMATOID ARTHRITIS AND ITS TREATMENT OPTIMIZATION. Новый день в медицине, (4), 155-157.

8. Султанова, Н. С., Бобомуратов, Т. А., Маллаев, Ш. Ш., & Хошимов, А. А. (2022). Современный взгляд на грудное вскармливание и его значение для здоровья матери и ребенка.

9. БОБОМУРАТОВ, Т., СУЛТАНОВА, Н., БАКИРОВА, М., & САМАДОВ, А. (2021). СОМАТИЧЕСКИЙ СТАТУС ДЕТЕЙ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ ВИДА ВСКАРМЛИВАНИЯ И ПРИНЦИПОВ УХОДА ДО ПУБЕРТАТНОГО ВОЗРАСТА. Электронный инновационный вестник, (1), 37-38.

10. Bobomuratov, T. A., Sultanova, N. S., Sagdullaeva, M. A., & Sharipova, D. J. (2021). Effects of Long Term Breastfeeding on Development and Health of Children. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2243-2250.

11. Sultanova, N. S. (2016). Obesity role in development of psycho-emotional violations at children with different types of feeding. In IX

January, 2023

57

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.