JISMONIY FAOLLIK VA UNING INSON SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASHDAGI AHAMIYATI
Masud Tulkunovich Musaev
O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport menejmenti va
iqtisodiyoti kafedrasi o'qituvchisi
Umida Aktiyoevna Musaeva
O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Anatomiya kafedrasi
dotsenti
ANNOTATSIYA
Gipokineziya va gipodinamiya inson organizmidagi barcha jarayonlar uchun amaliy jihatdan salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kam harakatli hayot tarzida yurak qon-tomir va nafas tizimi, tayanch-harakat apparati aziyat chekadi, modda almashinuvi va asab tizim faoliyati buziladi. Bularning barchasini faol hayot tarzi qoidalariga rioya etgan holda bartaraf etish mumkin: tonggi jismoniy mashqlar va sport zalida muntazam jismoniy mashqlarni bajarib borish, organizm hayot faoliyatini yuqori darajada ushlab turishga va jiddiy kasalliklarni rivojlanishini oldini olishga yordam beradi.
Kalitli so'zlar: Gipokineziya, gipodinamiya, jismoniy faollik, kam haraktli turmush tarzi, salomatlik
ABSTRACT
Hypokinesia and hypodynamia have a negative effect on practically all processes in the human body. In a sedentary lifestyle, the cardiovascular and respiratory systems, the musculoskeletal system suffer, and the metabolism and nervous system are disturbed. All this can be eliminated by following the rules of an active lifestyle: morning exercise and regular exercise in the gym will help the body maintain a high level of vital activity and prevent the development of serious diseases.
Keywords: Hypokinesia, hypodynamia, physical activity, sedentary lifestyle,
health
KIRISH
Jismoniy faollik - bu mushak kuchi yordamidagi tananing har qanday harakatidir, u energiya sarfi bilan birga kechadi, uning tarkibiga ish vaqtidagi, dam olish vaqtidagi jismoniy faollik,
January, 2023
267
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
shuningdek kundalik jismoniy faoliyatning oddiy turlari kiradi. Sog'lom odamlarning jismoniy faolligini baholash uchun qadam o'lchash qurilmasidan foydalanish qulay. Sutka davomida qo'yilgan qadamlar asosida hayot tarzini o'tirgan, kam faol, o'rta faol va faol kabi baholash mumkin [1,2,3,4,5].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jismoniy mashqlarga chidamlilik - bu jismoniy yuklamalarni bajarish imkoniyatining darajasi bo'lib, u ko'pincha yurak qon tomir va nafas tizimlarini mashqlarga chidamliligi sifatida ko'rib chiqiladi. Organizmning ushbu o'ta muxim tizimlarini chidamlilgi qancha yuqori bo'lsa, yurak, qon -tomir va o'pkalarning o'tkir va surunkali kasalliklarining yuzaga kelish xavfi shuncha past bo'lishi asoslab berilgan. Yurak qon-tomir va o'pka tizimlari uchun chidamlilik samarasi bo'lib, hafta davomida 3 tadan 5 martagacha jismoniy faolikka ega bo'lishdir, bunda ko'p sonli mushaklar ishtirok etadi. JFning eng past darajasi -kuniga 30 daqiqa ( JFning ko'rsatilgan darajasiga erishish uchun olib borilgan mashg'ulotlar vaqti kun davomida jamlanishi mumkin, ammo bitta mashg'ulotning davomiyligi 10 daqiqadan kam bo'lmasligi kerak) yoki haftada 150 daqiqa. Bunda bizlar kun bo'yi 200-300 kkal sarflashimiz mumkin. Masalan: 45 daqiqa volebol o'ynash; 30 daqiqa velosipedda uchish; 20 daqiqa suzish; 20 daqiqa basketbol o'ynash; 15 daqiqa yugirish (1,5-2 km); 15 daqiqa zinapoyada ko'tarilish; 15 daqiqa raqs tushish. Muntazam jismoniy faollik nafaqat tashqi ko'rinishga, balki salomatlik holatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Quyida jismoniy mashg'ulotlar bilan doimiy shug'ullanishning samarasi taqdim etilgan.
Uzoq umr ko'rish. Jismoniy faolikka jiddiy munosabatda bo'ladigan odamlar uzoq umr ko'radi. Yigirma yil davomida olib borilgan tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, muntazam ravishda olib borilgan mashqlar muddatidan oldin yuz beradigan o'lim havfini pasaytiradi.
Xotirani yaxshilash. Tadqiqotchilar jismoniy mashqlar ta'sir etadigan bosh miyaning qismlari xotira va ta'lim olishga ham javob berishi istotlashgan. Masalan, muntazam ravishda jismoniy mashq bajaradigan keksa yoshli odamlar ularda test o'tkazilganda yaxshi natijalarni ko'rsatadilar, bu jarayonda xotira va qaror qabul qilish qobiliyati tekshiriladi.
Tana og'irligini nazorati. Doimiy mashqlar ideal tana og'irligini ushlab turishga yordam beradi. Kam jismoniy faollik olib boradigan odamlarda yaqin o'n yilda o'z tanasi og'irligini ortish ehtimoli, faol hayot tarzini olib
boruvchilarga nisbatan yuqori bo'ladi.
January, 2023
Yurak qon tomir tizimining salomatligi. Jismoniy faollikni yetishmasligi -yurak qon-tomir kasalliklarini yuzaga keltiruvchi asosiy xavf omillaridan biridir. Muntazam ravishda olib oriladigan jismoniy yuklamalar har qanday boshqa mushaklarda bo'lganidek sizning mushaklaringizni ham mustahkamlaydi va buni natijasida chidamliligi oshgan yurak esa kam kuch sarflab ko'proq qonni haydab berishi mumkin.
Qandli diabetni oldini olish. Tadqiqot natijalari o'rtacha jismoniy yuklamani tana og'irligini pasaytirish uchun mo'ljallangan muvozanatlashgan parhez bilan birga ollib borish qandli diabetni rivojlanish havfini 50-60%ga kamaytirishi mumkinligi ko'rsatdi. Jismoniy yuklama qondagi glyukoza konsentratsiyasini pasaytirish va to'qimalarni insulinga nisbatan sezuvchanligini oshirish qobiliyatiga ega. Epidemiologik tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, shunday tahmin qilish mumkinki, jismoniy yuklama qandli diabetni 2 tipini rivojlanish havfini kamaytiradi. Ba'zi mutaxassislarning baholashlariga ko'ra, haftadagi jismoniy yuklamalar uchun sarflangan har 500 kkal ga taxminan 6% qandli diabetning 2 tipini rivojlanish xavfini pasayishi to'g'ri keldi.
Yaxshi kayfiyat. Jismoniy mashqlar aqliy salomatlikni saqlashga yordam beradi va depressiya belgilarini pasaytiradi. Doimiy jismoniy mashqlarning antidepressiv samarasi kuchli ta'sir etuvchi antidepressantlar bilan tenglasha oladi. Bor yo'g'i yarim soat bajarilgan jismoniy mashqlar organizmni kun davomida yetadigan tetiklik bilan ta'minlaydi.
Kuchni rivojlantirish. Odam salomatligini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar doimiy ravishda kuchni oshiruvchi mashqlar bajarish kuchni va mushak massasini ko'paytiradi hamda yog' komponentini kamaytiradi.
Agarda sizni tunda uxlashingiz qiyin bo'lsa, kunduzgi mashqlar bunda juda yaxshi yordam beradi. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullangandan so'ng 5-6 soat o'tib, tana haroratini tabiiy pasayishi yuzaga keladi.
Suyaklarning mustahkamligi. Faol turmush tarzi suyaklar zichligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Og'ir yukni ko'tarish bilan doimiy bajariladigan jismoniy mashqlar osteogenezni stimullaydi, suyak massasini yo'qotilishini sekinlashtiradi va yosh bilan bog'liq bo'lgan suyak massasini yo'qotish shakllaridan biri bo'lgan-osteoporozdan himoya qilishi mumkin. Jismoniy mashqlar tayanch-harakat tizimini stimullaydi va yoshga bog'liq bo'lgan suyak massasini parchalanishni to'xtatadi. Biroq ayollarda menopauza boshlangandan so'ng besh yildan keyin suyaklar sinishini rivojlanish havfi va jismoniy faollik o'rtasidagi aloqalar aniqlanmadi. Yanada kechroq yuzaga keladigan postkoimakterik davrda kunda piyoda yurish son suyagi bo'ynini sinish ehtimolini 18%ga pasaytiradi.
January, 2023
269
Shaxsiy sifatlarning o'zgarishi. Jismoniy mashqlar ko'pincha bir qator shaxsiy sifatlarni noordinar namoyon bo'lishini talab etadi. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullaish jarayonida turli qiyinchilarni yengib o'tish va o'zining xis tuyg'ularini boshqarish natijasida insonlar o'zlarida xarakterlarida hayot uchun sifatli va qimmatli bo'lgan qirralarni ishlab chiqadilar (mardlik, qat'iylik, mehnatsevarlik, qaror qabul qilish va boshqalar).
Harakat faolligini pasayishi gipokineziya bo'lib, u organizmning fiziologik yetilmaganligi, o'ziga xos bo'lgan chegaralangan bo'shliqdagi maxsus mehnat sharoiti va bir qator boshqa sabablar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ba'zi xolatlarda (gipsli bog'lam, o'rindan qimirlay olmaslik) harakatning butunlay bo'lmasligi yoki akineziya yuzaga kelishi mumkin, bu esa organizm tomonidan yanada og'ir o'tkaziladi. Unga yaqin bo'lgan tushuncha-gipodinamiya ham mavjud. Bu mushaklar zo'riqishini pasayishi bo'lib, bunda harakat amalga oshiriladi ammo bunda mushak apparatiga juda oz darajada yuklama tushadi. Har ikki xolatda ham skelet mushaklari mutlaqo kam miqdorda yuklamaga ega bo'ladi. Harakatga bo'lgan biologik ehtiyojning juda katta yetishmasligi yuzaga keladi, bu esa funksional xolatni va organizmni mehnat qobiliyatini keskin pasaytiradi.
Gipodinamiyaning oqibatlari. Qadimgi vaqtlardan beri jismoniy faollik kuchli va chidamli insonni shakllantirishga, harakatsiz hayot esa mehnat qobiliyatini pasayishiga, kasalliklar va semizikka sabab bo'lishi ma'lum, Bularning barchasi moddalar almashinuvini buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Organik moddalarning oksidlanishi va parchalanish jadalligini o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan energetik almashinuvning kamayishi, biosintezni buzilishiga, shuningdek organizmda kalsiy almashinuvini o'zgarishiga olib keladi. Buning natijasida suyaklarda chuqur o'zgarishlar yuzaga keladi. Birinchi navbatda ular kalsiyni yo'qotishni boshlaydilar. Bu esa suyaklarni yumshoq bo'lib qolishiga va mustahkamligini yo'qolishiga olib keladi. Kalsiy qonga tushadi, qon tomirlar devorlariga cho'kadi, ular sklerozlanadi, ya'ni kalsiy bilan to'yinadi, o'z elastikligini yo'qotadi va sinuvchan bo'lib qoladi. Qonni ivish qobiliyati keskin ortib ketadi. Tomirlarda qon laxtalari (tromblari)ni xosil bo'lish havfi yuzaga keladi. Qonda katta miqdorda kalsiyni saqlanishi buyraklarda tosh xosil bo'lishiga olib keladi.
Mushak yuklamasini mavjud bo'lmasligi energetik almashinuv jadalligini pasaytiradi, bu esa skelet va yurak mushaklariga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Bundan tashqari, ishlayotgan mushaklardan keluvchi nerv impulslarining juda oz miqdori, nerv tizim tonusini pasaytiradi, oldin shakllangan ko'nikmalar yo'qoladi, yangilari xosil bo'lmaydi. Bularning barchasi salomatlik xolatiga o'zining salbiy ta'sirini aks
January, 2023
2?G
ISSN: 2l8l-l385
Cite-Factor: 0,89 j SIS: l,l2 j ASI-Factor: l,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,l
ettiradi.Yana quyidagilarni ham hisobga olish lozim. O'tirgan xoldagi hayot tarzi shunga olib keladiki, tog'ay asta sekin kamelastiklik bo'lib qoladi, o'zining egiluvchanligini yo'qotadi. Bu nafas harakatlari ampletudasini pasayishiga va tana egiluvchanligini yo'qolishiga olib kelishi mumkin. ammo harakatsizlik yoki harakatlanishning kamligidan bo'g'inlar kuchli aziyat chekadi.
Bo'g'indagi harakat tavsif uning tuzilishi bilan belgilangan. Tizza bo'g'inida oyoqni faqat egib, bukish yoki yoyish mumkin bo'lsa, tos-son bo'g'inida esa harakatlanish barcha yo'nalishlar bo'yicha amaoga oshirilishi mumkin. Biroq harkatlar amplitudasi mashqlarga bog'liq bo'ladi. Harakatlanish yetarli bo'lmagan xollarda bog'lamlar egiluvchanligini yo'qotadi. Bo'g'in bo'shlig'iga moy vzifasini bajaruvchi bo'g'in suyuqligini yetarli miqdorda ajralib chiqmaslik xolatlarida bo'g'inlardagi harakatlanish qiyinlashadi. Yetarli bo'lmagan yuklama xam bo'g'indagi qon aylanishiga ta'sir ko'rsatadi. Natijada suyak boshini qoplagan bo'g'in tog'ayini shakllanishida va suyak bo'g'inidagi bo'g'in chuqurliklari hamda xatto suyaklarning o'zida ham suyak to'qimasini oziqlanishi buziladi, bu esa turli kasalliklarga olib keladi. Ammo jarayon bu bilan to'xtamaydi. Qon aylanishining buzilishi suyak to'qimasini notekis o'sishiga olib keladi, buning natijasida esa ba'zi joylarning yumshashi va boshqa joylarning zichlashishi yuzaga keladi. Buning oqibatida suyaklar shakli noto'g'ri bo'lishi, bo'g'inlar esa harakatchanligini yo'qotishi mumkin.
Gipokineziyaning oqibatlari. Harakat faoligini pasayishi mushak apparati va ichki organlarni uyg'unlikda ishlashini buzilishiga olib keladi. Gipokineziyada skelet mushaklari va miokard tuzilmasi o'zgaradi, immunologik faollik, shuningdek organizmni isib ketish, sovuq qotish, kislorod yetishmasligiga chidamliligi pasayadi. 7-8 kun davomida harakatsiz yotishdan so'ng odamlarda: apatiya, tez unitish, jiddiy mashg'ulotlarda diqqatni bir joyga jamlay olmaslik, uyquni buzilishi paydo bo'ladi; mushak kuchi keskin pasayadi, nafaqat murakkab, balki oddiy harakatlar uchun ham koordinatsiya buziladi; skelet mushaklarining qisqaruvchanligi yomonlashadi, mushak oqsillarining fizik-kimyoviy xususiyatlar o'zgaradi; suyak to'qimasida kalsiy miqdorini kamayishi kabi funksional buzilishlar kuzatiladi.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, gipokineziya va gipodinamiya inson organizmidagi barcha jarayonlar uchun amaliy jihatdan salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kam harakatli hayot tarzida yurak qon-tomir va nafas tizimi, tayanch-harakat apparati aziyat chekadi, modda almashinuvi va asab tizim
XULOSA
faoliyati buziladi. Bularning barchasini faol hayot tarzi
January, 2023
qoidalariga rioya etgan xolda bartaraf etish mumkin: tonggi jismoniy mashqlar va sport zalida muntazam jismoniy mashqlarni bajarib borish organizm hayot faoliyatini yuqori darajada ushlab turishga va jiddiy kasalliklarni rivojlanishini oldini olishga yordam beradi.
REFERENCES
1. Avezova G.S. Noinfeksion kasalliklar epidemiologiyasi va profilaktikasi// O'quv qo'llanma - Toshkent, 2022; 210 bet
2. MamatqulovB., Nodirov T. Sog'lom turmush tarzi va oila salomatligi. O'quv qo'llanma. Qarshi, 2018.
3. Guloyim Sattarovna Avezova, Zarnigor Beshimova, Gulshod Sattarovna Avezova. Means and problems of forming a healthy lifestyle among the population. The Americcan journal of medical sciences and pharmaceutical research, (2021) 3(05), 73-77
4. Irgashev Sh.B. "Valeologiya". Darslik. Toshkent, 2015.
5. Sultanova, N. S., Bobomuratov, T. A., Mallaev, S. S., & Xoshimov, A. A. (2022). THE ROLE OF BREASTFEEDING IN THE PSYCHO-SOCIAL ADAPTATION OF CHILDREN IN SOCIETY. British Medical Journal, 2(6).
6. Bobomuratov, T. A., Nurmatova, N. F., Sultanova, N. S., Mallaev, S. S., & Fayziev, N. N. (2022). Brestfeeding and Genetic Features of Juvenile Rheumatoid Arthritis. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1983-1988.
7. Mallaev, S., & Alimov, A. V. (2020). CLINICAL COURSE OF JUVENILE RHEUMATOID ARTHRITIS AND ITS TREATMENT OPTIMIZATION. Новый день в медицине, (4), 155-157.
8. Султанова, Н. С., Бобомуратов, Т. А., Маллаев, Ш. Ш., & Хошимов, А. А. (2022). Современный взгляд на грудное вскармливание и его значение для здоровья матери и ребенка.
9. БОБОМУРАТОВ, Т., СУЛТАНОВА, Н., БАКИРОВА, М., & САМАДОВ, А. (2021). СОМАТИЧЕСКИЙ СТАТУС ДЕТЕЙ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ ВИДА ВСКАРМЛИВАНИЯ И ПРИНЦИПОВ УХОДА ДО ПУБЕРТАТНОГО ВОЗРАСТА. Электронный инновационный вестник, (1), 37-38.
10. Bobomuratov, T. A., Sultanova, N. S., Sagdullaeva, M. A., & Sharipova, D. J. (2021). Effects of Long Term Breastfeeding on Development and Health of Children. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2243-2250.
11. Sultanova, N. S. (2016). Obesity role in development of psycho-emotional violations at children with different types of feeding. In IX international Conference Sharing the Results of
January, 2023
272
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
Research Towards Closer Global Convergence of Scientists».-Montreal (pp. 66-68).
12. Avezova, G. S., & Kosimova, S. M. (2017). Frequently ill children: prevalence and risk factors. European Research, 5(28), 79-80.
13. Авезова, Г. С., & Косимова, С. М. (2017). Часто болеющие дети: распространенность и факторы риска. European research, (5 (28)), 79-80.
14. Mamatkulov, B. M., & Avezova, G. S. (2015). Congenital anomalies as a cause of childhood disability (according to the materials of Tashkent, Uzbekistan). Nauka mo-lodykh (Eruditio Juvenium), 3(2), 110-15.
15. Ermatov, N., Guli, S., Feruza, S., Feruza, A., & Bakhtiyor, R. (2019). The effectiveness of red palm oil in patients with gastrointestinal diseases.
16. Шайхова, Г. И., Пономарева, Л. А., Азизова, Ф. Л., & Салихова, Н. С. (2008). Комплексная гигиеническая оценка условий воспитания и обучения детей и подростков: Метод. рекомендации.
17. Азизова, Ф. Л. (2016). Решение проблемы создания благоприятных гигиенических условий обучения и воспитания детей с ограниченными возможностями. Автореферат докторской диссертации. Ташкент, 25.
18. Шеркузиева, Г. Ф., Хегай, Л. Н., Самигова, Н. Р., Азизова, Ф. Л., & Курбанова, Ш. И. (2020). Результаты изучения острой токсичности пищевойсмеси "Мелла Круассан". Журнал//Вестник, (1), 188-189.
19. Шайхова, Г. И., Отажонов, И. О., & Азизова, Ф. Л. (2018). Эрма тов НЖ Пищевая и биологическая ценность соевой муки.
20. Азизова, Ф. Л. (2014). Анализ изучения вопросов физического развития и состояния здоровья детей с ограниченными возможностями на современном этапе. Медицинский журнал Узбекистана, (2), 117.
January, 2023