Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517
JISMONIY MASHQLARNING ANATOMIK-FIZIOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Xasanboy Abdusalomovich Ibragimov
Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jismoniy mashqlarni inson organizmiga tasiri natijasida anatomik tomondan o'zgarishlar ya'ni suyak -muskul to'qimalarni vazifaari rivojlanishi mustaxkamlanishi ularga markaziy nerv sistemasini tasiri va jismoniy mashklarni ichki organlar tizim faoliyatiga ijobiy va salbiy tasir etish xususiyatlari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: jismoniy , mashq, To'qima , suyak , muskul, tizim, nerv, xususiyat, ijobiy, sport, hajmi, mustahkamligi, faoliyat, tonus, yurak, harakat, organizm, muntazam, chiniqqan, kuch, funksional.
ABSTRACT
This article describes the anatomical changes in the human body as a result of exercise, ie the functions, development and strengthening of bone and muscle tissue, the effects of the central nervous system on them and the positive and negative effects of exercise on the internal organs.
Keywords: Exercise, Tissue, bone, muscle, system, nerve, feature, positive, sport, size, strength, activity, tone, heart, movement, organism, regular, hardened, strength, functional.
KIRISH
Odam necha yoshda bo'lsa ham jismoniy mashqlar bilan shug'ullanib turishi maqsadga muvofiqdir. Inson juda yosh chog'idan boshlab, to juda keksayib qolgunga qadar organizmidagi har qanday organ va sistemalarga xilma-xil ta'sir ko'rsata oluvchi jismoniy mashqlarni bajarishga qodirdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jismoniy mashqlar odam organizmiga har taraflama ta'sir ko'rsatadi va bironta
ham hujayrani mashq maqsadida qilinadigan harakatlar ta'siridan chetda
qoldirmaydi. Bu har bir hujayraga, har bir to'qimaga, shu jumladan, suyak
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 512 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517
to'qimalariga ham bir xilda taalluqlidir. Jismoniy mashqlar muskul to'qimasi singari
suyak to'qimasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu faktni ayrim muskul gruppalariga
boruvchi nervlarni qirqib qo'yish yo'li bilan o'tkaziladigan qiziq tajriba orqali
isbotlash mumkin. (Bu nervlar qirqili- shi bilan muskullarning ishi to'xtab qoladi).
Bunday holat bir «necha oy davom etganidan keyin suyaklar ochilib, tekshirib
ko'rilganda quyidagi o'zgarishlar yuz berganligi aniqlangan. Hayvonlarning qirqilgan
nervli muskullar birikkan suyaklari eniga va bo'yiga o'sishdan to'xtab qolgan, chunki
muskullar paralichlangan holatda bo'lib, suyaklarni harakatlantira olmas edi. Bu
suyaklar harakatsizlik natijasida nimjon va mo'rt bo'lib qolgan. Nervlari qirqilmagan
va shu tufayli muskullari normal ishlab turgan boshqa tajriba nazoratidagi
hayvonlarning suyaklari esa eniga ham, bo'yiga ham to'g'ri rivojlanganligi
kuzatilgan. Suyaklardagi muskul paylari kelib birikadigan bo'rtma va o'siqlar
jismoniy mehnat qiluvchi kishilarda hamda jismoniy mashqlar bilan ko'pdan buyon
shug'ullanuvchi sportchilarda, ayniqsa, yaxshi rivojlanganini anatomlar allaqachon
qayd qilganlar. Faqat jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanuvchi kishilardagina
qo'l va oyoqlarning rentgen suratida bo'rtma va o'siqlar aniq ko'rinib turadi, bu esa
muskullarning qisqarish kuchi ta'siriga duchor bo'lib turadigan joylarning yaxshi
rivojlangani, o'sgani va mustahkamlanganidan dalolat beradi. Sport bilan
shug'ullanmaydigan Kam harakat kishilarda ana shu bo'rtmalar rentgen suratida zo'r-
bazo'r ko'zga ilinadi. Jismoniy mashqlarning ta'siri ostida muskullarda kattagina
o'zgarishlar ro'y beradi. Har birimiz yaxshi bilamizki, agar gavdamiz muskullari
uzoq vaqt harakatsiz turib qolsa, bo'shashib, quvvatsizlanadi va kichraya boshlaydi.
Bunday holatni kabinet xodimlarida yoki sinish-chiqish natijasida qo'l yoki oyog'i
gipslab qo'yilgan bemorlarda uchratish mumkin. Sport bilan muntazam
shug'ullanish, muskul tizimlariga jismoniy mashqlarning doimo ta'sir e tishi — bu
tizimning mustahkamlanishiga, rivojlanishiga va hajmining kattalashuviga yordam
beradi. Binobarin, agar jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishni keksayib
qolgunga qadar ham to'xtatilmasa, gavdaning tashqi ko'rinishi o'zining butun
go'zalligini saqlab qoladi hamda kishida sport bilan shug'ullanmagan 50—60
yoshlardagi odamning gavdasini ko'rgandagidek achinarli taassurot qoldirmaydi.
Masalan, 55 yoshli I. Poddubniy, 60 yoshlik K. Bul, A. Buxarov va boshqa ko'pgina
kishilarning bir necha yillar davomida mashq qilib chiniqqan muskul tizimi
muskullarning hajmi va mustahkamligi jihatidan hali anchagina yosh bo'lgan
sportchilarning muskul sistemasidan qolishmasligini amaliyot kursatgan. Aksincha,
bir vaqtlar mashhur sportchi bo'lgan va keyinchalik sportni butunlay yig'ishtirib
qo'ygan kishilar 40-45 yoshga borganlarida gavdalarini yog' bosib, haddan tashqari
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 513 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517
qorin solib yuborganlar. Bir vaqtlar dong taratgan mashhur polvonlar, bokschilar va gimnastikachilarda ham yoshlikda qattiq jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanib, keyinchalik urinmay hayot kechira boshlagan kishilarga o'xshab, muskul to'qimalari odatda kichiklashadi va ular o'rnini yog' to'qimalari egallaydi. Muntazam jismoniy mashqlar natijasida muskullar bo'yiga emas, balki muskul tolalarining yo'g'onlashishi hisobiga, eniga qarab o'sadi. Muskullarning hajmi ko'pincha juda ham kattalashib ketadi. Muskullarning «kuchi faqat ularning yo'g'onligigagina emas, balki markaziy «nerv sistemasidan muskullarga kelib turadigan nerv impulslarining kuchiga ham bog'liqdir. Doimo jismoniy mashqlar bilan shug'ullanuvchi shaylangan odamda markaziy nerv sistemasidan muskullarga kelib turuvchi nerv impulslari muskullarni mashq qilib shaylanmagan kishilardagiga nisbatan zo'rroq kuch bilan qisqarishga majbur etadi, muskullarning jismoniy mashqlar ta'sirida vujudga keladigan yana bir xususiyati — cho'ziluvchanligining kuchayishidir. Bu esa ish faoliyatining xususiyatiga ko'ra, uzoq vaqt bir xil vaziyatda o'tirishga majbur bo'ladigan, masalan, stolda o'tirib yozuv-chizuv bilan, rasm chizish va hokazo ishlar bilan band bo'ladigan va shu sababli gavda hamda bo'g'imlarining harakatchanligi yo'qola boradigan yoshi ulg'aygan kishilar uchun ayniqsa muhimdir. Uzoq vaqt mana shunday bir xil vaziyatda bo'lish gavdaning to'g'ri formasini, qo'l va oyoqlarning xaqqonligini yo'qotishga olib keladi. Bo'g'imlar harakatchanligining kamayishi va gavdaning bukrisimon, bukchaygan bo'lib qolishi — hayotimizda tez-tez uchrab turadigan voqeadir. Bu holatlar ayrim muskul gruppalarida cho'ziluvchanlikning yo'qolishi natijasida kelib chiqadi. Juda kam cho'ziladigan pay bog'lamlarining aksicha, muskullar juda yaxshi cho'ziluvchan bo'lib, hatto o'rta va keksa yoshdagi odamlarda ham bu xususiyatini saqlab qoladi.»
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Jismoniy mashqlar ta'sirida muskullar faqat cho'zilibgina qolmay, shu bilan birga qattiqlashadi ham. Muskullarning qattiqlanishiga, bir tomondan, muskul hujayralari protoplazmasining va hujayralar orasidagi biriktiruvchi to'qimaning o'sib ketishi, ikkinchi tomondan, muskullar tonusining holati sabab bo'ladi.
Har bir muskul ma'lum taranglikka yoki tonusga ega bo'lib, uni muskullarni
oddiygina ushlab ko'rish yo'li bilan aniqlash mumkin: sport bilan shug'ullanmoqchi
kishilarda muskullar yumshoq va shalviragan, demak, tonusi nihoyatda pasaygan
bo'ladi, vaholanki, tonus muskullarni ishga tayyorlaydi; jismoniy mashqlar bilan
shug'ullanuvchi kishilarda esa muskullarning tonusi birmuncha yuqori bo'lib, to'g'ri
qaddi-qomatni saqlab qolishda katta rol o'ynaydi. Nerv sistemasi qo'zg'otilganda,
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 514 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517
ayniqsa, jismoniy mashqlardan keyin, umumiy tonus ko'tariladi. Toliqqanda
muskullar tonusi pasayadi. Muskul tonusini markaziy nerv sistemasi tartibga solib
turadi, shu sababli tonusning har qanday pasayishi markaziy nerv sistemasining ham
toliqqanidan darak beradi. Bu toliqishni esa jismoniy mashqlar va sport yordamida
yo'qotish mumkin. Jismoniy mashqlar ta'sirida muskullarning oziqlanishi, ya'ni
ularning qon bilan ta'minlanishi kuchayadi. Ma'lumki, jismoniy harakat natijasida
faqat muskullarning orasidan o'tuvchi behisob mayda qon tomirlar (kapilyarlar)ning
oralig'i kengayibgina qolmay, shu bilan birga ularning miqdori ham ko'payadi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchi kishilarning muskullarida
kapilyarlarning miqdori mashq qilmagan kishilardagiga nisbatan ancha ko'p bo'ladi,
binobarin, to'qimalarda va bosh miyada qon aylanishi ham mashq qilmagan
kishilardagiga nisbatan ancha yaxshi bo'ladi. Rus olimi Sechenev miya faoliyatining
riyojlanishida muskullar harakatining ahamiyati borligini ko'r satib o'tgan. Jismoniy
mashqlar bilan harakatga keltirilgan muskullar markaziy nerv sistemasining ta'siri
ostida yuz beradigan murakkab kimyoviy o'zgarishlar natijasida tetiklik, yengillik va
quvnoqlik tuyg'ularini hosil qiladi. Jismoniy mashqlarni bajarayotganda kislorod
nihoyatda ko'p talab qilinadi, mana shuning uchun ham muskul sistemasi qanchalik
ko'p ishlasa, qon aylanish qonunlarini ochgan ulug' olim Garvey tomonidan
«organizmimizning quyoshi, uning hayot manbai» deb atalgan o'pka bilan yurak
shunchalik shiddatli ishlaydigan bo'ladi deya takidlaydi. Jismoniy mehnat yoki sport
bilan shug'ullanmay, osoyishta hayot kechiradigan odam yuragining faoliyati
shundan iborat bo'ladiki, u o'zining har bir qisqarishida 50—60 gramm qonni chap
yurak qorinchasidan aortaga otib beradi. Bir sutkada yurak yuz ming martaga yaqin
qisqaradi. Agar u haydab bergan qon biron hovuzga yig'iladigan bo'lsa, bir sutkada
salkam 6000 litrni tashkil qilgan bo'lar edi. Yurak har bir qisqarganida 1 kilogramm
yukni 20 santimetr balandlikka ko'targanchalik ishni bajaradi. Agar yurakni ko'tarma
mashinaning motori singari ishlashga majbur etish mumkin bo'lganida, u bir soatda
odamni 12 metr balandga, ya'ni taxminan binoning to'rtinchi qavatiga olib chiqolgan
bo'lar edi. Muntazam ravishda mashq qilish natijasida yurak juda katta kuch bilan
ishlashga moslashadi. Mashq qilib shaylangan odamning yuragi hatto tinch holatda
ham har qisqarishida aortaga 80 grammdan 100 grammgacha qon haydab beradi.
Yaxshi sportchi doimo zo'r kuch bilan ishlagan vaqtida uning yuragi har qisqarganida
aortaga 200 grammgacha qon haydab beradi, vaholanki, sport bilan
shug'ullanmaydigan odam ham xuddi shunday kuch sarflab ishlaganda, uning yuragi
har qisqarganida aortaga zo'r-bazo'r 100 gramm qon hayday olishi mumkinligi
isbotlangan. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish tomir urishi tezligiga,
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 515 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517
ya'ni yurakning qisqarish tezligiga ham ta'sñ etadi. Agar mashq qilmagan kishining yuragi tinch holatda minutiga 90 martaga yaqin qisqarsa, sportchilar va mashq qilib chiniqqan kishilarning tomir urish tezligi 50—60 orasida o'zgarib turadi, ko'p yillardan buyon uzoq masofaga yugurish, suzish, chang'ida yuguгish, bo'yicha mashq qilib kelayotgan ba'zi sportchilaming tomir urishi esa minutiga 50 martagacha yetadi. Mashhur yuguruvchi aka-uka Znamenskiylarning tomir urushi minutiga 40-45 martadan oshmasligini amaliyot ko'гsatgan. Agar bemorning tomir urushi minutiga 35-40 martaga tushib qolsa, uni davolayotgan vrach juda ham tashvishlangan bo'larái! Mashq qilib kelmagan va buning ustiga o'rta yoshda bo'lgan odamda tomn urishining bunchalik pasayib ketishi yurakni oziqlantiruvchi tomirlarning kasallanganligidan darak beгgan bo'laг edi.
Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanuvchi odamning yuragi tejamli ishlaydi (qisqaradi). Uning qisqarishlari mashq qilmagan odamning yuragiga nisbatan ancha chuqrn- bo'lib, mashq qilib kelgan odamning yuragi har qisqaгganida mashq qilmagan odamning yuragi qisqa^andagiga nisbatan aortaga ancha ko'p qon oqib o'tadi. Mashq qilib chiniqqan yurak zo^ kuch saгflanadigan jismoniy harakat^ vaqtida, o'zi hech qancha zararianmay tuгib, ancha tez qisqaгa boshlashi va tezda o'zining asli holatiga qaytishi mumkin. Musobaqalar vaqtida sportchining yurak qisqarishi ba'zan minutiga 240-280 marta gacha yetadi. Chiniqmagan yurak bunday zo'riqishlarga badosh bera olmaydi. Fiziologik ma'lumotlaming ko'гsatishicha, chiniqqan yurak zo^ beгib ishlaganda yuгak qorinchalarining haг biг qisqaгishida aoгtaga va o'pka arteriyasiga ikki stakan qon otib bera oladi. Minutiga ikki yuz marta qisqarganida esa bu raqam 80 litrni tashkil etadi. Bunday holatda yurakning bajaradigan ishi 65 kilogramm og'iriikdagi odamni 1 mefr balandlikka ko'taгish uchun bajariladigan ish bilan baravar keladi. Og'iriigi qandaydiг 300-400 gramm keladigan kichkinagina organ ana shunday katta ishni bajaradi. Yurakni shoirona nafis qilib tasvirlovchi shoirlar va yozuvchilar buni bilisharmikan, yosh qalblarida paydo bo'lgan ezgu-umidlami o'ylab, oh chekuvchi yosh xayolparastlar va, nihoyat, yurakni kun sayin nikotin va alkogol bilan zaharlab keluvchi, uni jismoniy mashqlarning hayotbaxsh ta'siridan va, binobarin, yuгak muskullaгini to'g'гi hamda yetarii oziqlanishdan mahrum etuvchi kishilar buni bilisharmikan? Ehtimol, quruq raqamlar ularga uncha ko'p ta'siг ko'гsatolmas - bunday kishi^ bu гaqamlaгga qo'l siltab, yurakning musobaqa vaqtida bajargan ishi taxminan 25 tacha odamni besh qavatli binoning tepasiga chiqarib qo'yish uchun yetariidn, chang'ichi yuragining ikkala qorinchasi shu vaqt ichida haydab bergan qonning miqdori esa 35 tonnaga — yuk ortilgan katta temn yo'l sistemasiga tengligichi.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 516 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, mashq qilib chiniqqan kishining yuragi mana shunday kuchga ega. Dadillik bilan aytish mumkinki, faqat sport bilan shug'ullanuvchi kishilardagina emas, balki sport bilan hech qachon shug'ullanmagan yoki sport mashg'ulotlariga endigina kirishgan kishilarda ham yurakning hamma yashirin kuchlarini hisobga olish hamisha mumkin bo'lavermaydi. Agar yurakning og'ir organik shikastlarga uchrashi, tuzalmaydigan xronik kasalliklar natijasida yurak muskullarining tobora zaiflashib borishi singari hollar mustasno qilinsa, hatto kasal yurak ham davolash fizkulturasini to'g'ri qo'llanish tufayli o'z funksional faoliyatini rasmiy tibbiyotning sinalgan dori-darmonlari qo'llanilgandagidan ko'ra yaxshiroq tiklab, kishini taajjubda qoldira oladi.
REFERENCES
1. Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. Vozrastnaya fiziologiya i shkolnaya gigiena: Posobie dlya studentov pedinstitutov.- M.: Prosveshenie, 1990.
2. Муминов X. "Соглом турмуш-согликда йул" -Урганч 1996.
1. Safarova D.J. Anatomiya va sport morfologiyasidan praktikum. T., 1993.
2. Axmedov N.K. Odam anatomiyasi. T., 2005.
Google Scholar
Academic Research, Uzbekistan
Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz