Научная статья на тему 'JISMONIY YUKLAMALARGA ADAPTATSIYA JARAYONIDA TALABALAR ORGANIZMINING FUNKSIONAL IMKONIYATLARI'

JISMONIY YUKLAMALARGA ADAPTATSIYA JARAYONIDA TALABALAR ORGANIZMINING FUNKSIONAL IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

3165
167
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy yuklama / adaptatsiya / antropometrik va fiziometrik ko‟rsatkichlar / qon bosimi / puls soni / tana vazni / physical load / adaptation / anthropometric and physiometric indicators / blood pressure / pulse rate / body weight

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Shuxratilla Inoyatovich Allamuratov, Dilfuza Faxriddin Qizi Sultonova

Ushbu maqolada jismoniy yuklamalarga moslashish (adaptatsiya) jarayonida organizm funksional jarayonlarining o‟zgarishlarini o‟rganish borasidagi mavjud adabiyotlar, maqolalar, ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishildi. Bunda so‟nggi yillarda dunyo mamlakatlari va yurtimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the experience of self-study of body processes in the process of physical load adaptation (learning) was introduced with available literature, articles, and scientific works. In this, the last countries of the world and the scientific research that is going on in us.

Текст научной работы на тему «JISMONIY YUKLAMALARGA ADAPTATSIYA JARAYONIDA TALABALAR ORGANIZMINING FUNKSIONAL IMKONIYATLARI»

JISMONIY YUKLAMALARGA ADAPTATSIYA JARAYONIDA TALABALAR ORGANIZMINING FUNKSIONAL IMKONIYATLARI

Shuxratilla Inoyatovich Allamuratov

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Bioximiya kafedrasi mudiri

Dilfuza Faxriddin qizi Sultonova

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti doktaranti

[email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jismoniy yuklamalarga moslashish (adaptatsiya) jarayonida organizm funksional jarayonlarining o'zgarishlarini o'rganish borasidagi mavjud adabiyotlar, maqolalar, ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishildi. Bunda so'nggi yillarda dunyo mamlakatlari va yurtimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: jismoniy yuklama, adaptatsiya, antropometrik va fiziometrik ko'rsatkichlar, qon bosimi, puls soni, tana vazni.

ABSTRACT

In this article, the experience of self-study of body processes in the process of physical load adaptation (learning) was introduced with available literature, articles, and scientific works. In this, the last countries of the world and the scientific research that is going on in us.

Keywords: physical load, adaptation, anthropometric and physiometric indicators, blood pressure, pulse rate, body weight.

KIRISH

Bugungi kunga kelib mamlakatimizda barcha sohalar shiddat bilan rivojlanib, taraqqiy etib borayotgan paytda ta'lim, madaniyat va sport sohalariga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Bu sohalarning yanada rivojlantirish maqsadida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda, shu bilan birga ularning qonuniy poydevorlari ham mustahkamlanmoqda. Sport sohasiga e'tibor qaratar ekanmiz,

O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonunini hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. O'tgan 5 yil mobaynida yurtimizning shahar va tumanlarida, olis qishloq joylarida bir-

August, 2022

56

biridan ko'rkam sport majmualari qad rostladi. Endilikda ularda ko'plab iste'dodli o'g'il-qizlar kashf etilmoqda. Ana shu iqtidorlar mahoratini oshirish va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida munosib ishtirok etishini ta'minlashda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijobiy rol o'ynamoqda. Ayniqsa umumta'lim maktablari va oliy ta'lim muassasalarida o'quvchilarni jismoniy jihatdan barkamol va chadamli qilib o'stirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adaptatsiya bareha tirik organizmning o'zgarayotgan sharoitlardagi hayot faoliyatini ta'minlaydigan umumiy universal xususiyat bo'lib, organizmning funk-sional va tuzilma elementlarining atrof-muhitga adekvat moslashish jarayonidan iboratdir. Jismoniy yuklamalar - bu odamga ta'sir qiluvehi eng qadimiy va tabiiy omildir. Jismoniy yuklamalarga adaptatsiyani rivojlantirishning so'zsiz shartlaridan biri - organizm fiziologik zahiralaridan foydalanish va uning mobilizatsiyasi hisoblanadi. Adaptatsiya jarayonida heeh qanday yangi funksional hodisa va mexanizmlar kuzatilmaydi, shunehaki mavjud mexanizmlar mukammalroq, jadalroq va tejamliroq ishlay boshlaydi. Adaptatsiya va organizmning jismoniy yuklamalarga moslashish jarayonlarini ko'plab tadqiqotehilar (A.B. Ty^eHKo, ^.A. .He^eHKo, A.B. EoeBa, ^.B.MegBegeB, A.E.EenaHoB , M.N.Ismailov , V.V.Vasilev, A.A.Usmanxodjayeva, R.M.Jo'rayev, B.KpacHHKoB, E.n. ropSaHeBa, P.

P.ASgynnaeB, r..H. ApaKen^H , N.P.Mirametova va h.k.) o'rganishgan. Olimlar A. Uxtomskiy, I. Vvedenskiy, P. Anoxin, P. Lesfgat va boshqalar bola tanasining yosh xususiyatlarini o'rganishdi.

Talabalarning salomatlik muammolari va jismoniy ehiniqishi bilan bog'liq adabiyotlarida keltirilishieha, so'nggi yillarda 17-21 yoshdagi organizmlarning kasallanish darajasi nisbatan yuqori darajada bo'lib, dastlabki 3 o'rinni quyidagi kasalliklar egallaydi:

nafas olish organlari (50,2%) tashqi ta'sirlar tufayli shikastlanishlar, zaharlanishlar (10,6%) va teri kasalliklari (6,1%), so'ng ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari (5,1%), mushak-skelet tizimi ksalliklari (4,3%), tanosil a'zolari kasalliklari (4,25%), koz va sezgi a'zolari kasalliklari (4,0%), asab tizimi kasalliklari (2,7%) .

Bir qator ilmiy izlanishlarning natijalariga ko'ra, talabalar va o'smirlarda yurak-qon tomir kasalliklarining xavfli omillari aniqlandi. Bir qator mualliflarning tadqiqotlarida ko'rsatilishieha, yurak qon tomir kasalliklarining xavfli omillari

tamaki ehekish, parhezni buzish, past jissmoniy faollik, psixo-

August, 2022

57

emotsional stress,

semirish kabilar ko'proq o'smirlik va talabalik davrida kuzatilmoqda .

F.Z.Merson fikriga ko'ra, (1983) - organizm "adaptiv reaksiya"sining energetik aloqadorligi asosiy hisoblanib, hujayraning irsiy apparatining faollashuvi ko'rinishida kechadi. Bu esa o'z navbatida mitoxondrial tizim va shunga mos tuzilmalardagi ishlash shiddatining o'sishiga olib keladi.

T.V. Serova, (2019)organizm funksional o'zgarishlarining xususiyatlarini ochib berdi. Ya'ni, turli xil mashqlarni bajarishda talabalarning ko'rsatkichlari yo'nalishlari: kuchli jismoniy mashqlardan keyin yurak tezligining keskin pasayishi (1-5 s dan keyin), jismoniy yuklamadan keyin tiklanish davri 1-2 daqiqa; arterial qon bosimining keskin ortishi, nafas harakatlari tezlashib yurak qisqarishi ya'ni, puls sonining ortishi holatlari kuzatiladi. Tiklanish 2 minutdan 3 minutgacha; aerobik mashqlarda - yurak urish tezligi kamaymaydi mashqni 20 soniya yoki undan ko'proq bajargandan so'ng, tiklanish davri 3 dan 8 minutgacha davom etadi.

Sportni belgilovchi morfogenetik omillar orasida somatometrik ko'rsatkichlar muhim rol o'ynaydi (Peterson J., Kaarma H., Koskel S., Raschka C., Beyer K., Graczyk J.). Ular organizmning ta'minot tizimlari, jismoniy imkoniyatlari, tiklanish intensivligi, jismoniy sifatlarning rivojlanishi, moslasish jarayonlari va energiya samaradorligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.( Tkachuk M. G., Dusenova A. A., Gruzdeva N. S., SobolevA. A., Yakusheva Y. I., Sarafinyuk L.A.) Bular sportchining morfogenetik belgilarini ya'ni konstitutsiyaviy xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Konstitutsiya - organizmning genotipi ta'sirida hosil bo'lgan morfofunksional xususiyatlari majmuasidir. U ekzogen ta'sirlar bilan o'zgartirilgan, shu jumladan, muayyan sport faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari o'zlashtiriladigan jarayon hisoblanadi (Levandovska J., Busko K., Pastuszak A., Boguszevska K., Pezala M., Zukov V.).

Turli xil tadqiqotlarda somatotopik ko'rsatkichlarni aniqlashda ko'pincha quyidagi to'rtta xususiyat hisobga olinadi: yog' va suyak rivojlanishi, tana vaznining mushak komponentlari va ko'krak qafasi aylanasi. L.V.Muzurovaning bolalar va o'smir yoshlarga qaratilgan tadqiqotida 17-19 yoshli yigitlarda ko'krak qafasining turli parametrlarini o'rganish bilan tananing oldingi-orqa, ko'ndalang, oldingi uzunligi konstitutsiyasi har xil. Ammo ko'krak qafasining xususiyatlari yuqori darajadagi mahoratga ega bo'lgan ayol sportchilar turli konstitutsiyaviy turlarga nisbatan kam.

I.I.Olimjonov va hammualliflar (2010) tomonidan nomotopik yurak

aritmiyasi bo'lgan bolalarning jismoniy rivojlanganligi Pine,

August, 2022

5S

Brugsha

va

Ketle

indekslari yordamida o'rganilgan. Olingan natijalarga ko'ra, 11-14 yoshli bolalarda kokrak qafasi aylanasi bo'y uzunligiga nisbatan kattalashgan (Brugsha indeksi), shuningdek, tana vazni bo'y o'sishidan ortda (Ketle indeksi) qolganligi aniqlangan.

Mamlakatimiz va xorij olimlarining ilmiy-uslubiy adabiyotlarini o'rganish shundan dalolat beradiki, umumta'lim maktablarida va oliy ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning olib borilishi bo'yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, T.S.Usmanxodjaev, V.K.Balsevich, V.A.Bogdanova va boshqalarning ishlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan jismoniy tarbiya darslarini tashkillashtirish muammolari esa D.Antonyus va boshqalarning tadqiqotlarida o'rganilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Adabiyotlarda keltirilishicha, dunyoning ko'plab mamalakatlarida semirib ketgan bolalar va o'smirlar sonining barqaror o'sishi qayd etilmoqda. Talabalik davrida yuzaga keladigan ko'plab kasalliklar arterial gipertenziya, yurakning ishemik kasalligi, yurak va qon tomir tizimining boshqa kasalliklari, bronxial astma, endokrin va ruhiy kasalliklarni semirib ketish bilan bog liqligi aniqlandi.

Adabiyotlarda keltirilishicha, so'nggi yillarda talabalarda ovqat hazm qilish tizimi bilan bog'liq kasalliklar sonining ortib borishida bir qator omillarning ta'siri aniqlangan:

• □Stress omillarining kompleks ta'siri - oquv yuklamalarining oshirilishi, oilada e'tiborning kamayishi. Bunday o'zgarishlar vegetativ nerv tizimida buzilishlarga, stress gormonlarning ko'p ajralishining ko'payishiga sabab bo'ladi;

• □Dori-darmonlar, kop qabul qilish natijasida oshqozon-ichaklarda so'rilish jarayonlarining me'yorda bormasligi. Shuningdek, alkogolizm va narkomaniya oqibatlari;

• □Oziq-ovqat sifati va tarkibining yetarli emasligi. (ovqatni tartibsiz qabul qilish, ovqatlanishlar orasidagi vaqtning uzayishi, rafinatsiyalangan mahsulotlarni ko'p iste'mol qilish);

• □Hayot tarzining o zgarishi (kamharakatlilik).

Ma'lumki, talabalar salomatligini himoya qilish, ularning jismonan sog'lom bo'lishi har qanday davlat uchun ustuvor vazifa, chunki aynan bu

August, 2022

klinik tekshiruvi va reabilitatsiyasi tizimni optimallashtirish, integral asosida salomatligini o'z vaqtida baholash dolzarb chunki uning vazifasi amaliy pediatrlarga, maktab shifokorlariga, o'smirlar bilan ishlaydigan psixologlar va boshqa mutaxassislarga, ota-onalarga yordam beradi.

Organizm faoliyati va biologik rivojlanish darajasini hisobga olgan holda jismoniy rivojlanish standartlari (baholash jadvallari)dan foydalanish o'sib kelayotgan avlod salomatligini nazorat qilishda muhim vosita hisoblanadi. Bir butun organizmda barcha fiziologik protsesslar bir-biriga bog'langandir. Bu bog'liqlikni quyidagi misolda ko'rish mumkin. Muskullar qisqarganda odamning harakati bilan bir vaqtda nafas olish, yurak faoliyati, modda almashinuvi protsessi, qon aylanish nerv sistemasida o'zgarish vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, muskul ichida nafas olish, yurak faoliyati ortadi. Qon aylanish tezlashadi, qon tomirlar kengayadi. Modda almashinuvi kuchayadi.

Talaba yoshlar salomatligining tibbiy va biologik jihatlari bilan bog'liq muammolami o^ganish har doim dolzart va ustuvoг hisoblanadi, ayniqsa, u^ bo'lajak onalaг sifatida talaba qizlaming antгopometгik va morfofunksional ko'гsatkich qiymatlaгini aniqlash, jismoniy sog'ligini tekshirish kelajak avlod uchun ham asosiy poydevor hisoblanadi (Абрамова Т. Ф., Жданова А. Г., Никитина А. Г.). Agar jismoniy rivojlanishning individual xususiyatlari hisobga olinsa, jismoniy tartiya vosita va usullarini maqsadli qo'llashda samarii bo'ladi (Попов, С.Н). Buning uchun talabalarning jismoniy rivojlanishini optimallashtirish amalga oshiriladi, ya'ni ulaming oгqada qolgan jismoniy sifatlaгi va morfofirnksional ko^satkichlari masalan, tana vaznini tartibga solish kabi jihatlaгi ko'praq e'tiboгga olinishi lozim.

Jismoniy mashg'ulotlaг bilan muntazam shug'ullanish, to'g'гi tashkil etish natijasida har taraflama jismoniy barkamollik, salomatlikning shakllantirish ta'minlanadi. Faol haгakatchanlik qon aylanish, nafas olish, modda almashinuv jarayonlariga ijobiy ta'sn ko'гsatib, o^anizmda yog'laг va uglevodlaming parchalanishiga, organizmning himoya imkoniyatlarini oshirishga, yoshga qarab rivojlanadigan o'zgaгisЫaгni toгmozlashishiga, umuman aytganda, jismoniy ishchanlikni uzoq vaqt mobaynida saqlab, salomatlik darajasini mustahkamlashga yordam beradi. Har qanday jismoniy mashqlaming bajarilishidan oldin, tananing a'zolari va tizimlari shiddatli faoliyat bajarilishiga tayyo^ariik davгini o'tishi lozim. Bu davming asosiy mohiyati shundaki, jismoniy mashqlarni

bajarishga biгdaniga kiгishganda, tuгli a'zolaг va tizim^ oliy faoliyat bajarilish darajasiga bir vaqtda emas, balki oldinma-

August, 2022

6G

ketin, turli vaqt oraliqlarida kirishadi. Shuning uchun ham avval tayyorgarlik, keyin oddiy elemetar harakatar bajariladi. Shu tarzda organizm jismoniy mashqlarga tayyor holatga keltiriladi.

Yuklamalar yo'nalishi va shiddatini yurak-qon tomir urishi tezligi nuqtai nazaridan asoslash to'g'risidagi taklif ham mavjud. Bunda yurak faoliyatining asosiy mezoni sifatida yurak qisqarishi tezligi (YuQT) qabul qilingan. Mutaxassislar fikriga ko'ra yugurishda shiddatning I darajada shug'ullanish umumiy yugurish chidamliligini oshirmaydi, fakatgina "sarflangan" kuchlarni tiklaydi (YuQT 114 -132 ur/min), II darajada shug'ullanish umumiy chidamlilikni oshiradi (YuQT 174 ur/min). III darajada umumiy yugurish chidamliligini shiddatli mashg'ulotga moslashtiradi (YuQT 150-174 ur/min).

Tadqiqotlar 2022-yilning mart-aprel oylarida Chirchiq Davlat Pedagogika instituti, O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va Sport Universitetining talabalari ustida olib borildi. Bunda talabalarning antropometrik va fiziometrik ko'rsatkichlari aniqlanib, jismoniy yuklamalarga adaptatsiya (moslashish) vaqtida bu ko'rsatkichlar qay darajada o'zgarishi kuzatildi.

Tadqiqotlar davomida, nafas sinamalari - Martine sinamasi, Gench sinamasi, kombinatsiyalangan Serkin sinamasi, Rozental sinamasi (O'TS ni 15 sek. interval bilan 5 marta o'lchash), Kushelevskiy - Zislina sinamasi, Kombinatsiyalangan Letunov sinamasi (Yurak qon tomir tizimini turli intensivdagi va davomiylikdagi bo'lgan jismoniy yuklamalarga qobiliyatini aniqlashga asoslangan sinama), PWC170 testi, Ortostatik sinama (Vegetativ asab tizimini funktsional holatini tekshirish sinamasi) lari batafsil o'rganilib, amaliy mashg'ulot darslarida talabalarda sinab ko'rildi.

Tajriba boshi va oxirida talabalarning jismoniy salomatlik holati, organizmning funksional o'zgarishlar indeksini hisoblash (G.L. Apanasenko, 1988) formulasida amalga oshirildi (Excel dasturida).

Talabalar organizmining jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari tana massasi indeksi (Ketle indeksi) asosida amalga oshirildi(1-jadval).

August, 2022

Talabalarning antropometrik ko'rsatkichlarining o'zgarishi

l-jadval

T/r F.I. Tana massasi (kg) Bo'y uzunligi (sm) Indeks ko'rsatkichi (kg/m2) Ko'rsatkich bo'yicha holati

1. X.D 66 170 22,8 Norma

2. T.O 62 180 19,1 Norma

3. A.A 67 166 24,3 Norma

4. SH.J 57 166 21 Norma

5. A.A 58 172 19,6 Norma

6. A.A 66 170 22,8 Norma

7. Sh.R 80 183 24 Norma

8. N.J 66 175 21,6 Norma

9. Ya.D 66 166 23,9 Norma

10. J.A 69 178 21,8 Norma

Ketle indeksi bo'yicha olingan natijalarga ko'ra, talabalar doimiy ravishda sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanib yurganliklari uchun tana vazni o'rtacha (normal holatda) deb baholandi.

Talabalarning fiziometrik ko'rsatkichlari sifatida arterial qon bosimi (mm.s.u.) elektron tonometr OMRON 711 (HEM-8712-CM2) yordamida yelka tomonidan, puls soni (bilak arteriyasidan)va organizmdagi kislorod balansi (ko'rsatkich barmoq orqali) o'lchandi (Rasm A,B).

Rasm. A- elektron tonometr OMRON 711 (HEM-8712-CM2), B- pulsoksymetr

Tekshiriluvchilarning fiziometrik malumotlari bo'yicha olingan natijalari (ko'rsatkichlari) 2-jadval

Arterial qon bosimi (mm.s.u) Pulsli arterial qon bosimi Kislorod balansi

H=10 Tinch holatda sis/dias Yuklamadan keyin sis/dias Tinch holatda Yuklamadan keyin Tinch holatda Yuklamadan keyin

M±M 112±2,7/75±2,9 131±3,3/88±2,3 70,4±2,5 108,1±10,8 96,1±0,6 95,2±0,48

£ 8,7/9,2 10,4/7,4 7,9 34,3 1,9 1,5

Tekshiriluvchilarning PWC170 usuli bo'yicha jadvalda olingan natijalariga ko'ra, yurak qon-tomir tizimining funksional

August, 2022

62

imkoniyatlari organizmning me'yoriy holatiga yaqin bo'lib, bunda tinch holatdagi arterial qon bosimi 112/75 mm s.u.ga va yurak qisqarishlar soni 70 ga teng, yuklamadan keyin tegishlicha 131/88 mm s.u.ga va 108,1 ga teng.

Kislorod balansi bo'yicha olingan natijalarga ko'ra, tinch holatda 96,1 ga, yuklamadan keyin 95,2 ga teng.

Talabalar organizmining funksional o'lchovlari bo'yicha qayd etilgan ko'rsatkichlari asosida organizmning adaptiv salohiyatining chegaraviy holati va unga muvofiq talabalarning oliy ta'lim muhitiga moslashuvchanlik imkoniyati, ya'ni salomatlik zaxiralarining darajaviy o'zgarish xususiyatlariga ko'ra tajriba oxirida oliy ta'lim muassasalari talabalari organizmining funksional o'zgarishlar indeksi 2,1 baholash (G.L. Apanasenko 2011) mezoniga muvofiq qoniqarli moslashuvning chegaraviy holatiga tomon ishonchli siljish bilan xarakterlanadi.

Olingan natijalarga asoslanib aytish mumkinki, tekshiriluvchilarning kardiorespirator tizimining beriladigan yuklamalardan so'ng organizmning me'yoriy fiziologik holatiga qaytishiga zaxira imkoniyatlarining yetarli darajada rivojlanganligi hisoblanadi. Shuningdek, organizmning maqsadli faoliyatini amalga oshirishda eng asosiy organlar tizimi, jumladan kardiorespirator tizimining hamda jismoniy rivojlanishining zaxira imkoniyatlarini yetarli darajada bo'lishi muhim sanaladi. Funksional tizimlarning zaxira imkoniyatlarining qoniqarli ekanligi fiziologik jarayonlarning og'ir jismoniy yuklamalarda va aqliy zo'riqish holatlarida ish samaradorligini yaxshilanishiga olib kelishi bilan ifodalanadi.

1. Скворцова А.Ю. Сравнительный анализ функционального состояния КардиоРеспираторной системы подростков сельских и городских школ. маг. дисс.-Белгород, 2018.-40-41 с.

2. Бахтиярова Ш. К., Жаксымов Б. И., Капышева У. Н. Проблемы здоровья населения Приаралья (обзор статданных за 2002-2016 гг.) // Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований. 2019. №4. С. 92-96.

3. Негашева М. А. Основы антропометрии. М., 2017. С. 47-81.

4. Омарова М. Н., Оракбай Л. Ж., Черепанова Л. Ю., Глубоновских Л. К. Современные аспекты комплексной оценки медико-экологической ситуации в мегаполисе (Аналитический обзор) // Международной журнал прикладных и фундаментальных исследований. 2015. №12. С. 830-837.

XULOSA

REFERENCES

August, 2022

5. Р. С. Мануева - Физическое развитие детей и подростков. Показатели. Методы оценки. Учебное пособие. Иркутск. ИГМУ. 2018, c-110-113

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Скворцова А.Ю. Сравнительный анализ функционального состояния Кардио-Респираторной системы подростков сельских и городских школ. маг. дисс.-Белгород, 2018.-40-41 с.

7. Ю. С. Ванюшин, Р. Р. Хайруллин, Д. Е. Елистратов - Диагностика функционального состояния спортсменов по показателям кардиореспираторной системы. Вестник ЧГПУ им. И. Я. Яковлева. 2017. № 1

8. Rozumbetov K.U., Esimbetov A.T. Morphofunctional features of the formation of teenagers living in the Republic of Karakalpakstan. Science and Education in Karakalpakstan. 2020 №3-4. pp 98-103.

9. Негашева М.А. Основы антропометрии.-Москва, Экон-Информ Публ., 2017. С. 4781.

10. Еркудов В. О., Заславский Д. В., Пуговкин А. П., Матчанов А. Т., Розумбетов К. У. У., Даулетов Р. К., Пузырев В. Г. Антропометрические характеристики молодежи Приаралья (Узбекистан) в зависимости от степени экологического неблагополучия территории // Экология человека. 2020. №10. С. 45-54. https://doi.org/10.33396/1728-0869-2020-10-45-54

11. Еркудов В. О., Пуговкин А. П., Матчанов А. Т., Розумбетов К. У., Даулетов Р. К., Рогозин С. С., Пахомова М. А. Анализ отклонений параметров физического развития у юношей, проживающих в Приаралье, от международных стандартизированных норм // Педиатр. 2020. Т. 11. №6. С. 21-28. https://doi.org/10.17816/PED11621-28

12. Sakiev K., Battakova S., Namazbaeva Z., Ibrayeva L., Otarbayeva M., Sabirov Z. Neuropsychological state of the population living in the Aral Sea region (zone of ecological crisis) // International journal of occupational and environmental health. 2017. V. 23. №2. P. 87-93.

https://doi.org/10.1080/10773525.2018.1425655

13. Mamyrbayev A., Djarkenov T., Dosbayev A., Dusembayeva N., Shpakov A., Umarova G., Isayeva G. The incidence of malignant tumors in environmentally disadvantaged regions of Kazakhstan // Asian Pacific journal of cancer prevention: APJCP. 2016. V. 17. №12. P. 5203.

https://doi.org/10.22034/APJCP.2016.17.12.5203

14. Айзман Р.И. Физиологические основы здоровья: Учебное пособие. - 2-е изд., перераб, и доп. - М.: ИНФА-М, 2015. - 351 с. - www.dx.doi.org/10.12737/5957.

15. Розумбетов К. У., Есемуратова С. П., Нисанова С. Н., Нажимов И. И., Есимбетов А. Т., Матчанов А. Т. Оценка функционального состояния сердечно-сосудистой системы у подростков, проживающих в южном Приаралье // Бюллетень науки и практики. 2021. Т. 7. №9. С. 331-340. https://doi.org/10.33619/2414-2948/70/29

August, 2022

64

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.