Научная статья на тему 'TATYANA GUROVANING “BIZ BOSHQACHAMIZ”MAQOLASI HAQIDA'

TATYANA GUROVANING “BIZ BOSHQACHAMIZ”MAQOLASI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
14
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biz boshqachamiz / ekspert / rus inovatsiyasi / tafakkurning namoyon bo’lishi. / we are different / expert / Russian innovation / manifestation of thinking.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qodirov, Muhammadjon

Mazkur maqolada rus yozuvchisi va Rossiyada chiqadigan “Ekspert” jurnalining bosh muharriri tatyana Gurovaning falsafiy tahlillari va kelajak uchun bergan mulohazalari bayon etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT TATYANA GUROVA'S ARTICLE "WE ARE DIFFERENT".

This article describes the philosophical analysis of Tatyana Gurova, a Russian writer and the editor-in-chief of the magazine "Expert" published in Russia. and his comments for the future were stated.

Текст научной работы на тему «TATYANA GUROVANING “BIZ BOSHQACHAMIZ”MAQOLASI HAQIDA»

TATYANA GUROVANING "BIZ BOSHQACHAMIZ" MAQOLASI

HAQIDA

QODIROV Muhammadjon

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi dotsenti

sherjon191 gmail.com

d htt https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-2Q-23

Mazkur maqolada rus yozuvchisi va Rossiyada chiqadigan ANNOTATSIYA "Ekspert" jurnalining bosh muharriri tatyana Gurovaning falsafiy tahlillari va kelajak uchun bergan mulohazalari bayon etildi.

Kalit so'zlar: biz boshqachamiz, ekspert, rus inovatsiyasi, tafakkurning namoyon bo'lishi.

This article describes the philosophical analysis of Tatyana Gurova, ABSTRACT a Russian writer and the editor-in-chief of the magazine "Expert" published in Russia. and his comments for the future were stated.

Key words: we are different, expert, Russian innovation, manifestation of thinking.

KIRISH (Introduction)

Tatyana Gurova hozirgi zamon rus yozuvchisi va Rossiyada chiqadigan "Ekspert" jurnalining bosh muharriridir. Uning kitoblari va maqolalari hozirgi zamonning muhim muammolariga tegishli bo'ladi. Uning faoliyati Rossiyaning va boshqa mamlakatlar siyosiy arboblari va eng mashhur olimlarining nuqtai nazarlarini yoritishi va kelajak haqida bashoratlar qilish bilan ajralib turadi. Uning tashabbusi bilan yaqinda "Ekspert" jurnalining ijodiy jamoasi o'zining oxirgi sonini (25-iyul 21-avgust 2022-yil № 30-33 (1262)) eng dolzarb masala bo'lgan rus olimlari va ilohiyotchilarining Rossiyaning kelajagi haqidagi bashoratlariga bag'ishladi. Biz ushbu maqolamizda ularning ayrimlariga e'tiboringizni jalb qilmoqchimiz. "Men -bu shunday narsaki, men o'zim haqimda va dunyo haqida qanday fikrdaman", deb yozadi u. Ruxshunoslarda shunday ta'kid bormi yoki yo'qmi, men bilmayman, ammo shu narsa yilning ana shu yozida unchalik katta bo'lmagan ikkita tekshiruv o'tkazishga bizni undadi. Birinchidan, biz o'z zamondoshlarimiz bo'lgan top-boshqaruvchilar, tadbirkorlar, mansabdorlar va ilohiyotchi ruhoniylardan ularning Rossiya haqida qanday fikrda ekanliklarini, jumladan, uning belgilari, tarixi, jahondagi o'rni va kelajagi haqidagi o'ylarini so'rashga qaror qildik. Ikkinchidan,

20

www.birunijournal .uz

ulug' rus faylasuflaridan o'ntasi haqida ularning hozirgi hamkasblaridan ular haqidagi esdalik- esselarini so'rashga qaror qilib, ular asosida rus tafakkurining namoyon bo'lishi hodisasining xaritasini tuzib chiqishga urinmoqchi bo'ldik. Negaki, Rossiyaning eng kuchli aql egalarining fikru zikri qanday bo'lganligini bilish orqali, bizning nazarimizda, hozirgi mamlakatimizning milliy o'ziga xosligining sezilarli darajada tashkil etgan qismining mohiyatini aniqlamoqchi bo'ldik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)

Biz uchun eng ilhombaxsh kashfiyot shu bo'ldiki, bizning ikki xaritamizning mazmuniga ko'ra, ya'ni hozirgi zamon va o'tmish mutafakkirlarining fikru zikrlari bir-biriga juda o'xshash bo'lib chiqdi. Garchi ular o'rtasida masofa yuz yil liklar bilan belgilansa ham.

Zamondoshlarimiz bilan bo'lgan suhbatdan keyingi eng asosiy uchta xulosalar quyidagilardan iborat:

1. Yevropa mamlakatlari konsertida asosiy a'zolar sifatida qatnashuvchi sifatida qatnashishi zarur bo'lgan Rossiyaning yo'li haqidagi g'oya mutlaqo rad etildi. O'tgan o'ttiz yillik davomidagi ichidan nurashga yo'liqqanlikdan kelib chiqqan xavotirlik va qo'rqinch, ya'ni "bizning joyimiz - G'arbning chekka hududlaridadir", "resurslar ko'pligining la'nati", o'zligiga xos huquqlarning bartaraf etilishi, "o'ziga xos yo'lning" bo'lish imkoniyatidan kulish haqidagi g'oyalar va boshqalar o'tmishda qolib ketdi. Bizning zamondoshlarimiz mutlaqo shunga ishonadilarki, moddiy resurslar bizga qonuniy ravishda berilgan bo'lib, ular bizni boy mamlakat qilish uchun berilgan, G'arb bizni o'z orkestriga olishni o'ylamaydi va shuning uchun ham uning keragi yo'q, shu shubhasiz, bizning ichki kuchlarimiz mavjudki, ular bizni o'z yo'limizdan borishimizga imkon beradi. Shuni qayd etamizki: Rossiyaning sivilizatsiya sifatida ikkilamchi ekanligi haqidagi aqida o'tmishda qolib ketdi. Bu yerda shunisi muhimki, zamondoshlarimiz tomonidan Rossiya yagona imperiya sifatida qabul qilinmoqda. Uning shunday maqomining saqlanishi maqsadga muvofiqdir.

2. Rossiya haqidagi mushohadalar juda katta o'rinni uning ma'naviy yoki, agar xohlasangiz, muqaddas xususiyati ishg'ol qiladi. Bizning suhbatdoshlarimiz hozirgi kunda yashayotgan vatandoshlarimizning emas, balki Rossiyaning timsoli bo'lgan daxlsizlik, jasorat, to'siqlarni yenga olish, olijanoblik va shon-sharafli sifatlarga ega ekanligini tasvirlaydilar. Bunday tasavvurlar juda muhim bo'lib, mamlakatimizda saqlanib qolgan qadriyatlar tizimini to'g'ri tushunishga yordam beradi. Bu tizim hozirgi vaqtda an'anaviy deb ataladi va eng avvalo oilaviy qadriyatlarining saqlanib qolganligini bildiradi. Bu narsa ko'plar uchun juda tor

21

www.birunijournal .uz

bo'lsa ham, ammo muhimdir. Bizningcha, bu masalada Rossiya hamma narsadan ham muhimroq bo'lgan narsani, ya'ni inson va mamlakat hamjamiyati uchun o'zida qudratli irratsional ma'naviy ibtido ijtimoiy va siyosiy hayotning bevosita unsuri sifatida namoyon bo'ladi. Mohiyat jihatidan, bu Yevropaning XIX asrdagi va XX asrning boshidagi konservatizmiga borib taqaladiki, u o'z vaqtida undan keyin sahnaga chiqqan siyosiy oqimlar bo'lgan sotsializm va neoliberalism tomonidan shafqatsizlarcha bartaraf qilingan edi. Ammo XXI asrda o'sha maydonda vujudga kelgan rus konservatizmi hozirga kelib, albatta boshqacha bo'lishi, ya'ni undan qudratliroq, maqsadga ko'proq yaqin va unchalik qo'rqinchli emasroq bo'lishi mumkin. Negaki, ilgarigi tuzilishidan kelib chiqsak, u o'z imkoniyatlari doirasida o'zining sobiq holatidan qutilib, ko'proq taraqqiyotga va kelajakka yo'naltirilganroqdir.

3. Konservatizm globalizmga ham, texnika taraqqiyotiga bo'lgan ishonchga ham qarama-qarshi emas. Kelajak haqida gapirishar ekan, bizning zamondoshlarimiz Rossiyaning ajralib qolish imkoniyatini maqsadga muvofiq deb topmaydilar va uning kelajagi haqida fikr yuritar ekanlar, uning dunyodagi o'rni haqida shunday mushohadaga boradilarki, jahondagi mehnat taqsimotida bizning o'rnimizni texnologiyalarni yaratuvchi va uni sotuvchi mamlakatlar qatorida ko'radilar. Bunda nima nazarda tutilishi ya'ni, tez rivojlanib borayotgan dunyo mamlakatlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotuvchi juda katta miqyosdagi bozor mavjudligini nazarda tutilayotganligini nazarda tutish qiyin. Ammo amalda kelajakda Rossiyaning buyuk texnologiyalar mamlakati bo'lishiga ishonish oshkoradir1.

Endi yuqoridagi gaplarni mamlakatimizning eng mashhur faylasuflari bo'lgan Vladimir Solovevdan to Vladimir Bibixingacha bo'lganlar fikrlari bilan solishtirsak ma'no jihatidan ularning bir-birlariga ajoyib tarzda muvofiq kelishini kuzatamiz.

1. Bu mavzuni davom ettirganda, Rossiyaning o'zi bilan bo'lgani kabi, rus falsafasining juda chuqur viloyatchilik aqidasiga ega ekanligi rad qilinadi. Rus falsafasi, jumladan rus kosmizmi (uning koinotga taalluqligi) o'z vaqtida irratsional xayoliy kuchlarni inson tomonidan yaratiladigan texnologik kuchlar tomonidan almashtirilishini bashorat qilgan edi. Bu haqda masalan, o'z bergan intervyusida Rossiyaga nisbatan ortiqcha romantizmi bilan ajralib turmaydigan Boris Groys gapirgan edi.

2. Rus kosmizmining o'zi falsafiy yakkama-yakka bahsga tortilmagan inson uchun ajoyib bo'lgan insonparvarlik ruhi bilan sug'orilgan, uni rus faylasuflari shunday talqin qilar edilar. Texnika foydaning manbasi yoki mehnatning yuqori ishlab chiqaruvchi kuchi emas, balki insonga bitmas-tuganmas kuch bag'ishlovchi,

1 "Ekspert" jurnalining maxsus soni. 25-iyul-21-avgust 2022 № 30-33 (1262). 5-bet.

22

www.birunijournal .uz

ya'ni kasalliklar, tengsizlik va nohaqliklarning bartaraf qiluvchi, xuddi Cherkovda bo'lganidek, tiriklar va vafot etganlarning bir-biriga yangidan qo'shilishigacha olib boruvchi bo'lishi zarurdir.

3. Rus faylasuflari esdaliklarini o'qish jarayonida shuni tushunish paydo bo'ladiki, rus diniy falsafasining qudrati uning rivojlanish davrida qisman zamon voqealari o'tmishining oqibatidir. Rossiya XX asrda nigilizmning halokati oqibatlari, imperiya ko'rinishidagi inson hayotidagi ilohiylikni rad etish, inqiloblar, Fuqarolarning urushlari va qamoq tutqinliklarini boshidan kechirsa ham saqlanib qoldi. Mamlakat taqdirida umumiy bo'lgan bunday fojealar aholi hayotida, shu jumladan, rus faylasuflari hayotda o'z izlarini qoldirdi. Ehtimolki, ushbu vorisiylikning chuqur ildizlari bizning kundalik hayotimizda inson va Xudo o'rtasidagi xayoliy birlikning amalga oshishini dolzarb masala qilib qo'ygandir. Biz o'tkazgan suhbatlarning biridan quyidagi naqlu qo'lni keltiramiz: "Rus kishisida boshqalarning hech birida bo'lmagan shunday hissiyot mavjudki, yer yuzida ilohiy saltanatni mutloq qurish zarurligi bilan ayni bir vaqtda uni qurishning imkoniyati yo'qligi haqidagi tasavvur mavjud" Xuddi ana shunday, bir vaqtning o'zida unga zaruriyat va uning imkoni yo'qligi haqiqati. Ana shu yerdan emasmi bizning timsolimiz bo'lgan - o'z-o'zini bosa olmaslik, jasorat, qiyinchiliklarni bartaraf qilaolishlik. Shundan kelib chiqib, o'z-o'zidan ma'lum emasligi, bizning zamonimizga kelib, Yevropada an'anaviy bo'lgan nigilizmni to'la barham topishi (ya'ni hech narsaga ishonmaslik, e'tibor qaratmaslik) va ayni bir vaqtda musulmon mamlakatlarida ro'y berayotgan diniy gullab-yashnash sharoitida rus falsafasi kelajakni loyihalash masalasida o'z so'zini ehtimol ayta oladi va albatta aytmog'i lozim emasmi?

XULOSA (Conclusion)

Yana bir naqlu qo'l keltiramiz:

- Falsafa shuning uchun ham kerakki, toki u barchaga ma'qul keladigan holatni loyihalashtira olsin. Agar u bu ishni qilmasa, uni boshqa hech kim qilmaydi. Unda mening bashoratim juda ham achinarli bo'lib qoladi: hech narsani uddasidan chiqib bo'lmaydi.

- Agar u bunga baribir urinib ko'rsachi? Agar shunday bo'lgan taqdirda nimadan ilhom olish, nimaga tayanish mumkin

- Ha. Negaki, bu bizga tanlash imkonini beradi. Rus faylasuflari bizga bog'liq narsalarni aytadilar, ya'ni biz odam bo'lamizmi yoki yo'qmi?

23

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.