Научная статья на тему 'О воспитании детей'

О воспитании детей Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1764
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
способности / умение / воспитание детей / человечек / мальчик / детство / привычки / мысли / законы / воспитатель / учитель / ученик / психика / интеллект / знания / воспитание детей / обучение / психика ребенка. / Ability / skill / upbringing of children / little man / boy / childhood / habits / thoughts / laws / educator / teacher / student / psyche / intellect / knowledge / parenting / training / the soul of the child.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Гульмира Абсаламова

Мишель Эйкем де Монтень – мыслитель и философ XVI века. Работа Мишеля де Монтена, опубликованная с 1580 по 1588 год, – «Эксперименты», основанная на жизненном опыте пятидесятилетнего мужчины, вернувшегося из долгого путешествия по Европе. Ниже вы можете увидеть, насколько актуальна глава 26 «О воспитании детей» первой книга философа, которая была переведена с оригинала на узбекский язык.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Upbringing of children

Michel Eyquem de Montaigne is a 16th century thinker and philosopher. Michel de Montene’s work, published from 1580 to 1588, is “Experiments”, based on the life experiences of a fifty-year-old man who returned from a long trip to Europe. Below you can see how relevant the philosopher’s first book, Chapter 26, “On the Upbringing of Children”, has been translated from the original into Uzbek.

Текст научной работы на тему «О воспитании детей»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Upbringing of children Gulmira ABSALAMOVA1

Samarkand Branch of Tashkent State Agrarian University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021 Received in revised form 20 April 2021 Accepted 15 May 2021 Available online 25 June 2021

Keywords: Ability, skill, upbringing of children, little man, boy, childhood, habits, thoughts, laws, educator, teacher, student, psyche, intellect, knowledge, parenting, training, the soul of the child.

Michel Eyquem de Montaigne is a 16th century thinker and philosopher. Michel de Montene's work, published from 1580 to 1588, is "Experiments", based on the life experiences of a fifty-year-old man who returned from a long trip to Europe. Below you can see how relevant the philosopher's first book, Chapter 26, "On the Upbringing of Children", has been translated from the original into Uzbek.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Bolalar tarbiyasi haqida

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

qobiliyat, mahorat, bolalar tarbiyasi, jajji inson, o'g'il farzand, bolalik payti, odatlar, fikrlar, qonunlar, tarbiyachi, o'qituvchi, o'quvchi, ruhiyat, aql, bilimdonlik, bolalarni tarbiyalash,

mashg'ulot, bolaning ruhi.

Mishel Eyqem de Monten XVI-asr mutafakkiri va faylasufi. Mishel Eyqem de Montenning 1580-yildan 1588-yilgacha nashr etilgan asari "Tajribalar" hisoblanib bu Evropaga uzoq safaridan qaytgan ellik yoshli odamning hayot tajribalari asosida yozgan kechinmalaridir. Quyida faylasufning birinchi kitob 26-bobida "Bolalar tarbiyasi haqida" deb nomlangan qismining asliyatdan o'zbek tiliga tarjima qilinganini o'qib bugungi kunda ham naqadar dolzarb voqelikni ko'rishingiz mumkin.

1 Assistant, Samarkand Branch of Tashkent State Agrarian University, Samarkand, Uzbekistan. E-mail: [email protected].

О воспитании детей

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

способности, умение,

воспитание детей, человечек, мальчик, детство, привычки, мысли, законы, воспитатель, учитель, ученик, психика, интеллект, знания, воспитание детей, обучение, психика ребенка.

Мишель Эйкем де Монтень - мыслитель и философ XVI века. Работа Мишеля де Монтена, опубликованная с 1580 по 1588 год, - «Эксперименты», основанная на жизненном опыте пятидесятилетнего мужчины, вернувшегося из долгого путешествия по Европе. Ниже вы можете увидеть, насколько актуальна глава 26 «О воспитании детей» первой книга философа, которая была переведена с оригинала на узбекский язык.

Tajribalar Birinchi kitob XXVI bob

Gurson grafinyasi Diana de Fua xonimga bagishlanadi.

Men o'g'linining isqirt yoki bukriligini tan olgan otani hech qachon ko'rmaganman. Ammo, bu otalik mehridan mastligi tufayli emas, gap aynan uning o'g'li haqida borayotgani sabablidir. Men esa boshqalardan yaxshiroq ko'rib turganim shuki, bu yozuvlar fanlarning bor-yo'g'i bir chetidan bolaligida ozgina ta'tib ko'rgan va ulardan umumiy va xira tasavvurnigina saqlab qolgan kishining mulohazalaridir: har sohadan bir shingil, bundan ortiq emas, xullas, fransuzlarga xos holat. Chunki, umuman olganda, qandaydir Tibbiyot, Huquqshunoslik, Matematikaning to'rt qismi va qo'pol qilib aytganda, ularning o'z maqsadlari borligini bilaman. (c) Balki, fanlarning bizning hayotimizga qiladigan xizmatini ham, umuman olganda, bilarman. Ammo, bu sohada chuqurlashish, tirnog'imni g'ajigancha hozirgi zamon doktrinasining qiroli bo'lmish Arastuni o'rganish, biror fanga berilish singari hayollar menda hech qachon bo'lmagan; (c) men boshlang'ich asoslarini aytib berishim mumkin bo'lgan birorta maktab darsligi yo'q. O'rta sinflardagi har qanaday o'quvchi o'zini mendan ko'ra bilimliroqman, deb aytishga haqli, chunki, men uni o'tilgan darslaridan imtihon qilib ko'rishga imkonim yo'qmi har holda, bu shu darsning mazmuniga bog'liq bo'lgan bo'lar edi.Mabodo, meni shunga majbur qilishsa, men u darslardan eng umumiy joylaridan olib, bolanining aqliy qobiliyatini imtihon qilib ko'rgan bo'lardim, menga uning fani qancha notanish bo'lsa, mening imtihonim ham uning uchun shuncha notanish bo'lar edi.

Agar Plutarx bilan Senekani hisobga olmasak, boshqa birorta arzirli kitobni bilmayman, men ularning kitoblaridan, Danaidlar kabi, o'zimga ma'lumotlar olib, ularni yana qaytarib to'kaman. Ayrim ma'lumotlar shu kitobimga ham kirgan; o'zimda esa juda kam narsa qolgan, qariyb hech narsa qolmagan desam ham bo'ladi.

Tarix fani menga ko'proq foyda bergan, shuningdek, she'riyat ham, unga alohida moyilligim bor. Chunki, Kleanf aytganidek, karnayning tor bo'g'zida qisilgan ovoz u yerdan kuchli va portlab chiqadi, menimcha, bizning she'riyatning har xil o'lchamlari bilan cheklangan fikrlarimiz ham tashqariga bo'rondek intiladi hamda meni kuchliroq larzaga soladi. Mening tabiiy qobiliyatlarimga kelsak, darvoqe, shu yozganlarim ham ularning bir namunasi, ular shu vazifaning yuki ostida naqadar qiynalayotganini sezib turaman. Mening aqlim va fikrim, qoqilib, surinib, yo'lini paypaslab ilgarilaydi, yo'limni boshqa davom

etdirolmaydigan joygacha borganimda esa, o'zimdan qoniqmayman; men hamisha oldinda noma'lum kengliklarni ko'raman, lekin, xira, tuman ortidagidek, bu tumanni tarqatib yuborishga esa kuchim yetmaydi. Qachonki, men xayolimga kelgan narsalar haqida o'zimning tabiiy qobiliyatlarimdan kelib chiqib gapirar ekanman, yaxshi yozuvchilardan birida o'zim shug'ullangan fikrlarni ko'rib qolsam, xuddi yaqinda Plutarxning tasavvur kuchi haqidagi nutqini o'qiganimda bo'lganidek, o'zimni shu insonlarga nisbatan shu qadar kuchsiz, past, sustkash his qilaman va o'zimga achinib, o'zimni yomon ko'rib ketaman. Ayni paytda o'zimni maqtab ham qo'yaman, negaki, mening fikrlarim shunday insonlarning fikri bilan mos kelayotgani bilan, chunki, bu narsa mening fikrlarimni to'g'riligini ozgina bo'lsada tasdiqlaydi. (c) Ayni paytda e'tirof etamanki, hamma ham ular bilan mening o'rtamdagi keskin farqni anglay olmaydi. Qolaversa, mening zaif va arzimas kashfiyotlarimni uyoq-buyog'ini tuzatmasdan oshkor etib bo'lmaydi, har holda bu qiyoslashlar shuni menga ko'rsatib qo'ydi (yo'qsa, men ham ayrim surbet yozuvchilar singari, allaqanday maxluqni yaratib qo'ygan bo'lar edim). (c) Bunday insonlar bilan teng bo'lish uchun odamning beli baquvvat bo'lishi kerak. (a) Asrimizning beor yozuvchilari qadimgi yozuvchilarning ijodidan katta parchalarni o'z asarlariga qo'shib yuboradilar, ular bu ishini o'zlariga obro' olish uchun qilsalarda, aslida, buning teskarisiga erishadilar. Chunki, bu adoqsiz nomutanosibliklar ularning qiyofasini shunday rangsiz, xira va xunuk qilib ko'rsatadiki, ular bundan yutishdan ko'ra, ko'proq yutqazadilar.

Bular bir biriga zid ikki xil fikrlar edi. Faylasuf Xrisipp o'z kitoblariga nafaqat parchalar, balki, boshqa mualliflarning butun boshli asarlarini qo'shib yuborar edi, Evritidning "Medya"si bunga misol bo'la oladi.

Apollodor aytganidek, agar begona parchalar olib tashlansa, unda oq qog'ozdan boshqa hech narsa qolmasdi. Epikur esa aksincha, o'zi qoldirgan uch yuz jild asariga bironta ham begona fikrni qo'shmagan.

Bir kuni men shunday parchaga duch keldim. Men zerikish bilan jonsiz, g'arib va maza-matrasi yo'q fransuzcha matnni o'qib o'tirib, uzoq va zerikarli izlanishdan so'ng bir parchaga yetib keldim, u yuqori saviyali, sermazmun va maqtovga arzirli edi. Agar men ko'tarilgan nishablik oson va ko'tarilishi uzoq joyni topganimda edi, bu kechirimli bo'lar edi; bu shu qadar tik va shunchalik tekis jarlik ediki, ilk so'zlaridanoq men o'zimni boshqa dunyoga parvoz etayotganday his qildim. O'shanda o'zim chiqib kelayotgan shu qadar past va chuqur botqoqni ko'rdimki, u tomonga boshqa qarashga jur'atim yo'q edi. Agar, men o'z nutqlarimning birontasini shu qadar boy uslubda bezaganimda edi, u boshqalarning fikrlari naqadar ahmoqona ekanligini yorqin ko'rsatib qo'ygan bo'lar edi.

(c) Boshqa kishida o'zimning xatolarimni ko'rish menga boshqa kishining mendagi xatolarini ko'rish singari nomutanosiblikni keltirib chiqarmaydi, men ko'pincha shunday qilaman. O'zim bilamanki, men iqtibos oladigan fikrlarim darajasida ekanligimni beorlarcha tan olaman hamda ular bilan ularning darajasida bo'lishga harakat qilaman, bunda hakamlarni chalg'ita olaman degan dadil umid bilan harakat qilaman. Ammo, bunda topqirligimning emas, intiluvchanligimning foydasi ko'proq tegadi. Keyin, men bu keksa g'oliblar jangchilarga qarshi hech ham yuzma yuz kurashmayman; ahyon -ahyonda, yengilgina zarba berib qo'yaman, xolos. Men o'zimni uruntirmayman, shunchaki, ularni bir sinab ko'rish uchun shunday qilaman, xolos; ularga nimanidir isbotlashga harakat qilayotganday o'zimni tutmayman.

Agar men ularga tenglasha olganimda edi, halol odam bo'lardim, chunki, men ularning kuchli tomonidan yondashgan bo'lar edim.

O'zim ko'rganimdek, boshqalar qilgan ishlarni qilish, ya'ni o'zgalarning quroli bilan, hatto, barmoqni ham ko'rsatmasdan, o'zini himoya qilish, ayni bir umumiy bir manba doirasida o'zini bemalol tutish, avvalgi kashfiyotlar soyasida qolib ketish (u yoq - bu yoqdan yulib olingan); ularni yashirish va o'zlashtirib olishni istaydiganlar, - avvalo, bu nohaqlik va pastkashlik, - chunki, aslida, o'zlarida yo'q narsani qayerdan oladilar, ular begonalarning obro'sini o'zlashtiradilar, keyin esa, eng katta axmoqlik shulkim, aldov bilan xalqning avom qismining qo'llab quvvatlashiga erishadilar, ammo, o'zlarini aqlli kishilar ko'z o'ngida sharmanda qiladilar, birovdan o'zlashtirilgan "bezaklar"ni ko'rib ular bosh chayqaydilar, ular uchun faqat maqtovlargina tosh bosadi. Menga kelsak, men bundan kamroq istaydigan narsaning o'zi yo'q. Ba'zida men boshqalarning so'zlarini ishlatsam, bu faqat o'z fikrimni yaxshiroq ifodalash uchungina bo'ladi. Mening fikrim ko'chirmalarga kirmaydi. Yoshligimda ulardan mahorat bilan to'plam tuzganlarini ko'rganman, ulardan biri, masalan, Katilurus, boshqa undan qadimgilarni hisoblamaganda. O'z qobiliyatlarini boshqa asarlarda aks ettirganlar ham bo'lgan, Lips kabi, uning ilmiy va mashaqqatli "Siyosat" asari shular jumlasidandir.

Nima bo'lganda ham, shuni aytmoqchimanki, o'zim yo'l qo'ygan xatolarimni yashirmoqchi emasman, xuddi, mening qiyofamdan chizilgan portretni inkor qilmasligimdek, meni kal va oq sochli qilib chizgani uchun, chunki, mening qiyofam bekamu ko'st bo'lmagani uchun emas, bor yo'g'i mening qiyofam bo'lgani uchun. Chunki, mening fikrlarim va dunyoqarashlarim shundan iborat; men ularni o'zim ishongan narsalar sifatida taqdim etaman, o'zim ishonishim kerak bo'lgan narsalar sifatida emas. Bu yerda men faqat o'zimni kashf etmoqchiman, chunki, ertaga men boshqa kishiga aylanishim mumkin, agar yangi o'rgangan biron narsa meni o'zgartira olsa.Odamlar mening har bir so'zimga ishonishi uchun yetarli obro'ga ega emasman, bunga intilmayman ham, chunki boshqalarni o'qitish darajasida o'qitilmaganman.

Xullas, bir kishi mening uyimda avvalgi maqolamni o'qib ko'rib, bolalar tarbiyasi haqida fikrlarimni kengroq bayon qilishim kerakligini aytdi. Shunday qilib, xonim, agar men bu sohada vakolatli mutaxassis bo'lganimda edi, uni hademay sizning ichingizdan shu yorug' dunyoga go'zallik bilan chiqib keladigan jajji insonga sovg'a aylardim va shu eng yaxshi yo'l bo'lur edi. (Siz shu qadar saxovatlisizki, albatta o'g'il farzand ko'rishdan boshlaysiz) Negaki, sizning turmushga chiqishingizga o'zining shuncha hissasini qo'shgan kishi sifatida, sizga faqat yaxshiliklar va muvaffaqiyatlar tilayman. Ammo, rostini aytganda, men bu sohada hech narsaga aqlim yetmaydi, ayniqsa, inson aqli aynan bolani parvarishlash va tarbiyalash sohasida eng katta qiyinchilikka uchraydi.

Qishloq xo'jaligida ham shunday, ekin ekishdan avval amalga oshiriladigan ishlar aniq va oson; ammo, ekilgan ekin unib chiqishi bilan, uni parvarish qilishning ko'p usullari va qiyinchiliklari bor: odamlarda ham shunday, ularni "ekish" hech qanday qiyinchiliksiz amalga oshadi; ammo, ular tug'ilishi bilanoq xavotir va tashvishga to'la bo'lgan parvarish va oziqlantirish ishlari boshlanadi.

(a) Go'daklik paytida ularning mayllari shu qadar kuchsiz va noaniqki, ular haqida mushohada yuritish juda qiyin.

Simon, Telistokl va ularga o'xshash minglab kishilarga boqing, ular o'zlariga umuman o'xshamaganlar. Ayiq bolalari va kuchukchalar o'z tabiiy qobiliyatlarini tez namoyon qiladilar; ammo, odamlar odatlar, fikrlar, qonunlar ta'siri ostida tez o'zgaradilar. Insonga tabiat bergan xususiyatlarni o'zgartirib bo'lmaydi. Shu tufayli, bolalarda asli bo'lmagan qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun yaxshi yo'l tanlanmasa, bu vaqtni va

mehnatni behuda sarflanishiga olib keladi. Ammo, bu qiyin sharoitda, menimcha, ularni o'zlari uchun qiziqarli va foydali bo'lgan to'g'ri yo'lga yo'naltirish muhimdir, bolalarning ruhiy rivojlanishidan kelib chiqadigan taxminlar va farazlarni bir chetga yig'ishtirib qo'yish kerak, xolos, menimcha, hatto Platon ham o'zining "Respublika" asarida ularga ko'p narsaga ruxsat berib yuboradi.

(a) Xonim, fan bu yuqori ziynat va foydali qurol, agar, undan sizdek taqdir siylagan kishilarning qo'lida bo'lsa, albatta. Rostini aytganda, qo'pol va saviyasiz kishilar qo'lida u o'z vazifasini bajara olmaydi. U urush paytida o'z vositalari bilan foyda keltirish, xalqni boshqarish, xorijlik shahzoda va millatlar bilan do'stlik o'rnatish, falsafiy isbotlar keltirish, sud bahslarida yutib chiqish yoki bir hovuch dori yozib berish holatlarida o'zidan juda mag'rurlanadi. Shunday qilib, Xonim, o'ylaymanki, farzandlaringiz tarbiyasida mana shu narsalarni unutmaysiz, chunki, o'zingiz ham fanga qiziqqansiz va oliy nasab o'qimishli oilaga mansubsiz. Chunki, biz hozirgacha sobiq Fua graflarining yozuvlariga egamiz, sizning eringiz janob graf va o'zingiz ham ular avlodidansizlar, amakingiz, janob Fransua de Kandal ham hozirgacha yangi asarlar ustida ishlamoqdalar va bu asarlar uzoq asrlar davomida oilangizning bunday iqtidorli vakillarining xotirasini eslatib turadi. Men mana shular haqida o'zimning umum qabul qilgan fikrlarga zid bo'lgan dalillarimni bayon etaman; mening sizga bo'lgan xizmatim shu bo'ladi.

Siz unga tayinlaydigan tarbiyachining vazifasi, - aslida uni to'g'ri tanlash butun tarbiyaning samarasini belgilaydi-, boshqa ko'p katta qirralariga ega, ammo, men u yerga aralashmayman, chunki, arzirli foydam tegmaydi; o'zim bayon qilgan fikrlarimga kelsak, men unga beradigan maslahatlarimga, o'zi qanchalik ishonsa, o'sha darajada amal qilsin. Yaxshi xonadon farzandiga har xil fanlarni o'qitishadi, bunda bolani ilmli odam qilish emas, ma'rifatli qilib tarbiyalash ko'zda tutiladi, pul topish uchun ham emas (zotan, bunday yo'l tutish Muzalarning xayrixohligi va homiyligiga nisbatan tubanlik va yarashiqsiz ish bo'lurdi hamda bu bolani ta'magirlik va o'zgalarga mute bo'lib qolishiga sabab bo'lardi) va odob qoidalariga rioya qilish uchun ham emas, aksincha, o'zini dadil his qilishi va ichki dunyosini boyitish uchun xizmat qilardi, men istardimki, bolaga tarbiyachi tanlashda juda e'tiborli bo'lishimiz kerak, tarbiyachining miyasi bilimga to'la bo'lganidan ko'ra, aqlli yaxshi rivojlangan bo'lgani afzalroqdir va bunda ikkalasi ham shu talabga mos kelishi kerak, ammo, fandan ko'ra odatlar va kelishuv ko'proq muhim; shuningdek, o'zining vazifasiga yangicha yondashuv bilan ishlashi kerak.

Bizning qulog'imizga tinimsiz qichqirishadi, xuddi chuqurga suv qo'ygandek, bizning vazifamiz esa, bizga aytilgan narsalarni takrorlashdan iborat bo'lib qoladi. Istardimki, tarbiyachi bu xatoni tuzatsin va avval boshidanoq, bolaning ko'nglidagidek harakat qilsin, unga o'z layoqatini ko'rsatishga imkon bersin, o'zi narsalarni sinab ko'rsin va o'zi ularni farqlab yetsin; ba'zan unga yo'l ko'rsatsin, ba'zan esa o'zi yo'l topishga qo'yib bersin. Men faqat tarbiyachining o'zi nima qilish kerakligini ham qilishini istayman, u bolaning gapirishiga imkon berib, uni tinglasin.

Suqrot va keyinchalik Arxesila, eng avvalo shogirdlarini gapirtirishar va keyin o'zlari ularga gapirar edilar. Ta'lim beruvchilarning hukmronligi ta'lim olishni istaydiganlarga ko'p holatda xalaqit beradi.

Tarbiyachi bolani yurg'izib ko'rsa yaxshi bo'lardi, qaddini qanday tutishini ko'rish uchun, shunda u o'zining bolaga moslashishi uchun qay darajada o'zini tiyib turishi kerakligini anglab oladi. Mana shu mutanosiblikning yo'qligidan biz hamon ishni barbod qilamiz, mutanosiblikni topish va unga aql bilan rioya qilish esa men bilgan eng qiyin vazifalardan biridir; shuni anglash va bolalarning o'zini tutish darajasiga tushishi

va ularni boshqarish faqat yuksak va kuchli qalb sohibiga xosdir. Men balandlikka ko'tarilayotganimda, tushishga nisbatan ishonchliroq va dadilroq qadam bosaman.

Kimki, bizda odat bo'lib qolganidek, hammaga bir xil dars berib, hammadan o'zini bir xil tutishini talab qilsa, ularning aqliy darajasi turlicha bo'lgani holda, ko'p sonli o'quvchilarning orasida zo'rg'a ikki yoki uchtasi natija ko'rsata olsa, bundan hayratlanmasa ham bo'ladi.

O'qituvchi o'quvchidan o'tgan darsining yodlab olgan so'zlarini so'ramasin, aksincha, uning ma'no va mohiyatini so'rasin, o'quvchining xotirasida nima qolganiga qarab emas, unga hayotda qanday naf keltirishiga qarab baho bersin. O'quvchiga darsni tushuntirishda o'qituvchi unga dars mohiyatini har yoqlama izohlab bersin, va har turli mavzuga qo'llab ko'rsatsin, izohlarini o'quvchi o'zlashtirib olganini tekshirish uchun Platonning tavsiyalariga amal qilsin. Kimdir o'zi yegan go'shtni yutgan holatidagidek qayt qilsa, bu uning xomligidan va uni oshqozon hazm qilmaganidan dalolatdir. Agar unga hazm qilish uchun berilgan taomning holati va ko'rinishini o'zgartirmagan bo'lsa, oshqozon o'z vazifasini bajarmagan bo'ladi.

(b) Bizning ruhiyatimiz tashqi ta'sirdan harakatga keladi, bu boshqalarning nasihatlari va ko'rsatgan namunasiga ergashish orqali amalga oshadi. Bizni iplarga shu qadar bog'lab qo'yishganki, endi bizda umuman o'z erkimiz qolmagan. Bizning g'ayratimiz va erkimiz so'ngan. Ular hech qachon o'zlarini boshqara olmaydilar. Men Piza shahrida bir halol odamni ko'rgandim, u shunchalik Aristotelchi ediki, har qanday g'oyalarning asosliligi va qoidasi bu ularning Aristotelning fikrlariga nechog'lik mos kelishi bilan belgilanadi, degan qat'iy fikrga ega edi; bundan tashqaridagi g'oyalar esa afsona va mazmunsizdir; u hamma narsani ko'rgan va hamma haqiqatni aytgan. Bu fikr keragidan ortiq va asossiz tarzda sharhlangani sababli, Rim inkvizitsiyasi tomonidan qo'yilgan to'siqlarga uchrashiga sabab bo'ldi.

Tarbiyachi o'z shogirdini hamma narsani elakdan o'tkazishga o'rgatsin va hech narsani o'z obro'si va ta'siri bilan bolaning miyasiga quymasin; Aristotelning qoidalari, xuddi stoiklar va epikurchilarnikidek, asosiy qoidalar bo'lib qolmasin. Unga mushohadaning turli ko'rinishlarini taklif qilish kerak; imkoni yetsa, o'zi ulardan ma'qulini tanlab oladi, bo'lmasa, o'z takliflarida qolaveradi. Faqat aqlsiz odamlargina o'z fikrlarida qat'iy turib oladilar.

(a) "Shubhalanish ham menga bilimdek yoqimlidir."

Chunki, u Ksenafon va Platonning fikrlarini qabul qilsa, o'z mushohadasi bilan, albatta, endi u ularning fikrlari bo'lmaydi u o'quvchiniki bo'lib qoladi.

Boshqaga ergashgan kishi hech narsaga ergashmaydi. Bizlar qirolga tobe emasmiz; har kim o'ziga o'z erkini bersin. Hech bo'lmaganda u o'zi nima bilishini bilsin. O'quvchi ularning ruhiyatini o'ziga singdirib olsin, ularning maslahatlarini emas. Agar istasa qo'rqmasdan ularni qayerdan olganini unutsin, ammo, ularning qoidalarini o'zlashtirib olishini bilsin. (c) Bu Platon nazdida ham, mening nazdimda ham shunday, chunki, men va uning fikrimiz bir xil va nuqtai nazarimiz ham mos keladi. Asalarilar har tarafdan gullar uzra uchib yuradilar, ammo, keyin ulardan asal yig'adilar va u asalarilarga tegishli bo'ladi ; endi bu na kekik va na marjoram o'tidir ; o'zgalardan olingan ko'chirmalar ham xuddi shunday, u ularni o'z asariga aylantirish uchun ularni o'zgartiradi va qo'shib yuboradi, ya'ni o'zining fikrlariga aylantirib oladi. Uning tarbiyasi, mehnati va tahsili uni shakllantirishga yo'naltirilgan.

(c) U boshqalardan olgan fikrlarini sir saqlasin va undan o'zi chiqargan xulosanigina oshkor qilsin. Talonchilar, qarz oluvchilar qurgan uylarini, sotib olgan narsalarini ko'z-ko'z

qiladilar, ammo, hech qachon boshqalardan yulib olgan narsalarini ko'rsatmaydilar. Siz parlament a'zosi bo'lgan shaxsning oladigan sovg'alarini ko'rmaysiz, siz faqat ular orttirgan do'stlarini va farzandlariga ko'rsatilayotgan izzat-ikromni ko'rasiz xolos. Hech kim o'z daromadini elga oshkor qilmaydi ; har kim o'zi qo'lga kiritgan, sotib olgan narsasini ko'rsatadi xolos.

Ta'lim olishimizning foydasi bu yaxshiroq va aqlliroq bo'lishimizdir.

(a) Epikarmining fikricha, faqat aql hamma narsani ko'radi va eshitadi, faqat aql hamma narsani qamrab oladi, hamma narsaga egalik qiladi, harakat qiladi, ustunlik qiladi : boshqa barcha narsalar ko'r, kar va jonsizdirlar. Albatta, uni biz qulga va qo'rqoqqa aylantirib qo'yamiz va o'z holicha mustaqil harakat qila olish erkinligini bermaymiz. Kim o'quvchisidan Ritorika va Grammatika haqidagi fikrini, Siseronning hikmatli so'zlarini so'raydi ?Ularni xotiramizga tayyor holda joylab qo'yishadi, xuddi orakllar, yoki harflar va bo'g'inlar narsanigina mohiyatini tashkil etadigandek. (c) Yoddan bilish bu bilish emas: bu saqlash uchun berilgan narsani xotirada saqlashdir. O'zing bilgan narsaga esa egalik qilishing mumkin, uning egasiga ham, kitobga ham qarab o'tirmasdan, yoqimsiz bilimdonlik - bu kitobiiy bilimlardan boshqa narsa emas! Men uni bezak, deb hisoblayman, lekin, asos, deb emas, Platonning fikricha, qat'iyat, ishonch, samimiyat, bu haqiqiy falsafadir, boshqa tomonga yo'naltirilgan fanlar pardoz bo'yog'idan boshqa narsa emas.

(a) Istardimki, mening go'zal zamondosh raqqoslarim Paluel va Pompey raqs harakatlarini faqat o'zlari ko'rsatib berish yo'li bilan bizlarni joyimizdan jildirmasdan, xuddi bizning aqlimizni uyg'otmay turib, bizga ta'lim berishni istaydiganlar singari, yoki bizga ot minishni, nayza ishlatishni, lut chalishni, qo'shiq aytishni mashq qilmasdan o'rgatgandek, bu yerdagi tarbiyachilar bizga gapirish va mushohada yuritishni bizga shularni mashq qildirmasdan o'rgatmoqchi bo'layotganga o'xshaydi. (f) Shunday qilib, bunday ta'limda ko'zimizga tashlanadigan hamma narsa bizga foydali kitob bo'lib xizmat qiladi: xos xizmatchining qiliqlari, xizmatkorning befarosatliklari, dasturxon atrofidagi suhbatlar, bular hammasi yangi saboqlar bo'lib xizmat qiladi.

Shu sababli, insonlar bilan muloqot qilish ajoyib foydali ishdir, chet ellarga sayohat qilish, lekin, zinhor bizning fransuz oqsuyaklarimizda urf bo'lganidek, Santa Rotonda cherkovining necha qadamligi, raqqosa Senyora Liviya kiyimlarining bezaklari yoki Neron yuzining qaysidir medaldagiga nisbatan kengroqligini yoki cho'zinchoqroqligi haqidagi ma'lumotlarni emas, u millatlarning ruhi, urf odatlari hamda bizning aqlimiz bilan boshqalarning aqlini taqqoslovchi haqiqiy ma'lumotlarni olib kelish uchungina sayohat qilish kerak. Istardimki, bolani juda yoshligidanoq sayohat qildirish kerak, eng avvalo, bir o'q bilan ikkita nishonni urish uchun, tili bizning tilga mutlaqo yaqin bo'lmagan yurtlarga yuborish kerak, chunki bolani yoshligidan tayyorlamasangiz, keyin xorijiy tilga tili aylanmay qoladi.

Shuningdek, ota-ona farzandini tizzasiga o'tqazib ovqatlantirishi yaxshi emas, degan fikr mavjud. Bu tabiiy muhabbat ularni ko'nglini yumshatadi va o'ta yuvosh qilib qo'yadi. Ular farzandlarini xatolari uchun jazolamaydilar, qiyinchilikda non topishlarini ko'rishni ham istamaydilar, aslida shunday bo'lishi va ular qiyinchilik ko'rishi kerak. Ular bolalari mashg'ulotlardan keyin terga va changga botgan holda kelishini ko'rishga toqatlari yo'q, (a) issiq narsa, sovuq narsa ichishini, (b)ularni ot ustida ko'rishni, xavfli dushmanga qarshi qo'lida qilich bilan qarshi chiqishni, birinchi marta qo'liga arkebuz olishini ko'rishni istamaydilar. Buning davosi bor: ularni bunday yoshlikdan mahrum qilmaslik kerak va tez-tez tibbiyot qoidalarini buzib turish kerak:

"U ochiq havoda, xavf xatar ichida yashasin."

Bolaning ruhini chiniqtirishning o'zi yetarli emas. Uning muskullarini, ya'ni tanasini ham chiniqtirish zarur. Mening ruhim shu qadar nozik va ta'sirchan jussam hamrohligida qancha zo'riqishini bilaman, tanam ruhimning kuchiga juda suyanib qolgan. Darsimda ko'p hollarda o'zim o'qigan ustozlarimning asarlarida yumshoq ko'ngillik va jasorat aslida terining chidamliligi hamda suyaklarning baquvvatligi sababli ekanini isbotlashga xizmat qiladigan misollarni bajonidil keltiraman. Men shunday erkaklar, ayollar va bolalarni ko'rdimki, ular uchun kaltak bilan urish mening burnimga chertishchalik ta'sir qilmaydi; ularni kaltaklashayotganda na bir ovoz chiqaradi, na qoshlarini chimirib qo'yishadi. Sportchilar faylasuflarning chidamiga taqlid qilganlarida, ularda yurakning emas, asablarining mustahkamligidan ibrat olishi joizdir. Chunki, chidam bilan mehnat qilish ham og'riqni chidam bilan yengishdadir: "Mehnat og'riqqa qarshi qadoqni shakllantiradi." Tanani azoblarga o'rgatish uchun mashqlarga zo'r berish kerak, bu suyak chiqishi, sanchiqlar, kuydirishlar va hatto jismoniy qiynoqlarga chidashni o'rgatadi. Chunki, shularning hammasiga tayyor bo'lishi kerak, vaqti kelganda yaxshi odamlar ham xuddi yomon odamlardek ahvolga tushib qolishlari mumkin. O'zimiz ham shunga misol bo'la olamiz. Qonunni poymol qiladiganlar eng yaxshi odamlarga ham qamchi va arqon bilan xavf soladilar.

(a) Aytishim kerakki, tarbiyachining obro'siga mutloq ota-onaning aralashish-laridan ziyon yetmasligi kerak. Bu yoshdagi bolani tarbiyalashda unga bo'lgan hurmat va ota-onasining obro'li oiladan bo'lishi, uni to'g'ri tarbiyalashda xalaqit berishi mumkin.

Odamlar bilan muloqot maktabida, ko'pincha bir kamchilikni ko'raman: o'zgalar bilan tanishish o'rniga faqat o'zimizni ko'rsatishga urinamiz, o'zimizga yangi bir narsa olish o'rniga, faqat o'zimizning matohimizni o'tkazishga harakat qilamiz. Sukut va kamtarlik suhbatda juda kerakli xislatdir. Bolani shunday tarbiyalash lozimki, u o'z huzurida aytiladigan turli aqlsiz gaplaru, yolg'on-yashiq fikrlarni didiga yoqmaganligi uchun inkor etmasin, chunki bu odobdan bo'lmaydi. U o'zini o'zi tuzatish bilan kifoyalansin, va suhbatdoshi unga yoqmaydigan fikrlar aytgani uchun unga tanbeh bermasin, shuningdek, ko'pchilikning urf-odatlariga qarshi chiqmasin. "Maqtanchog'lik va kalondimog'liksiz ham donishmand bo'lish mumkin." Aql o'rgatish va odobsiz holatlardan qochish, bolalarga xos bo'lgan o'zini aqlliroq ko'rsatish hamda boshqalarga hukm o'tkazib nom chiqarishdan obro' orttirishga intilmaslik kerak. Faqatgina nomdor shoirlargina sa'natda o'zlari istaganlaricha yo'l tutishi mumkin, faqat yuksak qalb egasi va taniqli kishilarning o'zlarini urf-odatlaridan baland qo'yishiga chidash mumkin. "Agar qandaydir Suqrot va qandaydir Aristik urf-odat va tutumdan uzoqlashsa, u ham o'zini shunday tutishga haqliman, deb o'ylamasin"; buyuklar va ilohiy kishilargina o'z xizmatlari uchun shunday imtiyozga ega bo'ladilar. Bolaga suhbat yoki bahsga kirishishdan avval o'ziga mos raqib topsagina shunga kirishish kerakligini uqtirish kerak bo'ladi; unga barcha e'tirozlarini birdan bayon qilmaslikni, kerak bo'lsa, eng kuchlilarinigina qo'llashni o'rgatish lozim bo'ladi. Unga dalillarni puxta tanlashini, eng aniq va eng qisqalarini tanlashni o'rgatish lozim. Ayniqsa, unga eng avvalo, haqiqatni tan olishni va uning oldida qurollarini tashlashni o'rgatish kerak, ya'ni haqiqatni ko'rishi bilanoq, u raqibi tomonida namoyon bo'lsa ham yoki o'zining ongida anglab yetsa ham, ayrim fikr o'zgarishlari sifatida, u o'ziga avvaldan tayyorlab qo'yilgan narsalarni o'qib bermaydi. U bir mavzuni yoqtirib qolgani uchungina shu mavzuga bog'lanib qolmasligi kerak. U pul uchun o'z gunohlariga iqror bo'ladigan va tavba qiladiganlar guruhidan emas. "U oldindan yozib

qo'yilgan va buyurtma qilingan g'oyalarni himoya qilish bahonasida o'z fikrlarini hech ham tiqishtirmaydi."

Agar uning tarbiyachisi mendek fikrlasa, u o'quvchisida podshohga o'ta sadoqatli xizmatkor bo'lish, o'ta jasur va o'ta mehribon bo'lish istagini uyg'otishi kerak, biroq, u uni davlat ishiga boshqacha tarzda bog'lanib qolish hissini sovutishi kerak. Bizning erkinligimizni cheklaydigan ko'plab boshqa sabablardan tashqari, saroy xodimi o'ziga iltifot ko'rsatib, uni o'zi singari minglab fuqarolardan ustun qilib qo'ygan xo'jayini haqida o'ta samimiy fikr aytolmaydi, aks holda, uning fikri ehtiyotsizlik yoki noshukurlik sifatida talqin qilinishi mumkin.

Bu imtiyoz va manfaatdorlik uning samimiyligini xiralashtirib qo'yadi. Ko'ramizki, ularning tili saroydagi boshqa barchaning tilidan farq qiladi va ularning nutqi kishida unga ishonch uyg'otmaydi.

(a) O'quvchi gapirayotganda vijdoni va odobi nutqida nur sochib turishi kerak va uni faqat aqli boshqarib turishi kerak. (b)O'quvchiga mushohadalarida yo'l qo'ygan xatosini tan olishga o'rgatish lozim, hatto uni o'zidan boshqa payqamagan bo'lsa ham, bu aql va samimiylikning belgisidir, xato fikrlarda turib olish va ularni himoya qilish asosan saviyasi pastlarda uchraydigan odatiy holat, aqlni yig'ishtirib olish va o'zini isloh qilish, bahs avjida xatosini tan olish kam uchraydigan, qadrli va faylasuflarga xos va kamyob fazilatlardir.

Davralarda bo'lgan paytda unga hammaga va hamma narsaga e'tiborli bo'lib turishni uqdirish zarur, chunki, o'ylaymanki, eng yuksak yutuqlarga odatda unga qobiliyatli bo'lmagan odamlar erishadilar, hatto, taqdir ham hamisha eng arziydigan kishilarni siylamaydi.

Masalan, men shu narsani ko'p kuzatganman: dasturxon to'rida o'tirgan odamlar qaysi bir gilamning chiroyi yoki malvazen uzumining ta'mini muhokama qilib o'tirib, ro'paradagilar muhokama qilayotgan juda qiziqarli ma'lumotlarni o'tkazib yuboradilar.

U (o'quvchi) kimni uchratishidan qat'iy nazar, cho'ponmi, g'isht teruvchimi, o'tkinchimi har birining ich-ichiga kirib borishi kerak; har bir narsadan foydalanishi kerak, kimningdir axmoqligi, kimningdir ojizligi unga dars bo'lishi kerak, har birinig yaxshi tomoni va odatlarini kuzatsin, shunda yaxshiliklarni istashni va yomonlikdan hazar qilishni o'ziga singdirib oladi.

Uning ongiga har qanday narsalarga bo'lgan to'g'ri qiziqishni singdirishsin; atrofida mavjud bo'lgan har bir alohida narsani u ko'rsin: bino, favvora, odam, tarixiy jang maydoni, Sezar yoki Buyuk Karl o'tgan joylarni.

"Qaysi yo'l Ayozda muzlagan yoki jazirmadan chang bo'lgan, qaysi shamol yelkanli kemalarni Italiya tomon haydaydi."

(a) U yoki bu shahzodaning urf-odatlari, mol-davlati, ittifoqchilari haqida ma'lumot to'plasin. Bular haqida bilish juda yoqimli hamda juda foydalidir.

Odamlarni bilish amaliyotiga men ayniqsa kitoblar xotirasidagina qolgan insonlarni qo'yishini nazarda tutayapman.Tarixlar yordamida u eng yaxshi asrlarda yashagan yuksak qalbli insonlar bilan muloqotga kirishadi.Bu keraksiz izlanishdek tuyulishi mumkin; shuningdek, bu bebaho foyda beruvchi izlanish hamdir; Platonning fikricha, Makedoniyaliklar tan olgan yagona fan tarixdir.Plutarxning "Hayot" asarini o'qish qanday foydali, axir? Ammo, mening tarbiyachim o'z vazifasining maqsadini esda tutsin; u o'quvchisiga Karfagenning vayron qilingan yilini emas, Gannibal va Sisionning urf-odatlarini o'rgatsin, Marseliusning qayerda vafot etganini emas, nega u o'ziga yarashmagan o'lim topganini o'rgatsin. Tarbiyachi o'quvchiga tarixiy voqealarni emas,

ulardan xulosa chiqarishni o'rgatsin. (c) Menga qolsa, hamma narsadan ko'ra, aqllarimiz turlicha yondashadigan manba mana shudir. Men Tit-Liviyda yuzlab shunga o'xshash voqealarni o'qiganman, boshqalar buni payqamagan bo'lishlari mumkin, Plutarx ham shunday qilgan va o'qiy olmaganlarini ham o'qigan va hatto, muallifning o'zi nazarda tutmagan narsalarni ham o'qiy olgan. Kimlar uchun bu grammatikachiga xos bo'lgan izlanish, boshqalar uchun esa falsafaning tuzilishidir, u bizning tabiatimizning eng sirli tomonlariga yo'l ochib beradi. (a)Biz Plutarxda diqqatimizga sazovor bo'ladigan keng mulohazalarni topishimiz mumkin, albatta, u bu sohada juda kuchli ustoz, ammo, u shunchaki yuzaki gapirib o'tgan minglab mavzular bor; u, oddiygina qilib aytganda, biz borishimiz kerak bo'lgan tomonni barmog'i bilan imlab ko'rsatib qo'yadi, agar biz o'zimiz shuni istasak, albatta, ba'zida esa u muhim narsalarga shunchaki ishora qilib o'tadi, xolos. Bularning hammasini undan ajratib olish va ko'zga yaqqol tashlanadigan holga keltirish kerak. Masalan, Osiyo qit'asining aholisi ayta olmaydigan bir bo'g'inli "yo'q" so'zi balki La Boesiyga "Ixtiyoriy qullik" asarini yozishga mavzu va turtki bergandir. Ba'zan esa, u kimningdir arzimas bir ishini yoki shunchaki aytilgan bir so'zini ko'rsatib o'tishi, aslida esa bu butun boshli muhokamaga sabab bo'lishi mumkin. Aqlli kishilar qisqalikni sevishlari achinarli; albatta, ularning obro'si bundan oshadi, ammo, biz undan yutqazamiz; Plutarxga biz uni bilimi uchun emas, aqli uchun maqtashimiz yoqadi; u biz qoniqishidan ko'ra o'zini istagi holatida qoldirishni ma'qul ko'radi. U bilardiki, eng yaxshi gaplar gapirilayotgan paytda ham kishi ortiqcha ezmalikka berilishi mumkin, Aleksandr yaxshi nutqni cho'zib yuborgan notiqga shunday tanbeh bergan edi: "Ey, xorijlik, sen yaxshi gapiryapsan, lekin bunday gapirishing yaxshi emas." Ozg'in odam o'zini kiyimlarga o'rab semiz ko'rsatadi: aytishga arziydigan fikri yo'q odam, balandparvoz gaplarni gapiradi.

Odamlar bilan muloqot inson ongiga ajoyib yorug'lik olib kiradi. Bizlar barchamiz ham erkin emasmiz va o'z qobig'imizga o'ralib olganmiz, burnimizdan narini ko'ra olmaymiz. Suqrotdan qayerlik ekanini so'rashganda, u Afinadanman, deb javob bermaydi, aksincha, u "Shu dunyolikman", deb javob bergan edi. Uning aqli shu qadar sog'lom va keng qamrovli edi-ki, u butun olamni o'zining shahridan ko'rar edi, o'zining bilimini, o'zining suhbatini va mehr- muhabbatini butun insoniyatga ba'g'ishlar edi, bizga o'xshab faqat oyog'ining ostinigina ko'rmas edi. Qishlog'imizdagi uzumlarni sovuq urib ketsa, ruhoniy buni Xudoning inson zotiga qilgan qahridan deb bilardi va boshqa yerda odamxo'rlarni chanqoq azobi tutayotgani aytar edi. Bizdagi fuqarolar urushlarni ko'rib, hech kim bu dunyo alg'ov-dalg'ov bo'layotganini va qiyomat kuni yoqamizga chang solayotgani haqida jar solmaydi va minglab yomon voqealar allaqachon bo'lib o'tganini, biroq dunyoning o'n ming bo'lagi vaqtni boy bermay yashayotganini o'ylab ham ko'rmaydi? Men, esa ularning boshboshdoqligi va jazosiz qolishini ko'rib, urushlarning shu qadar yumshoq va jazosiz o'tishini ko'rishdan zavqlanaman. Kimningdir boshiga do'l yog'sa, butun osmon unga to'fon va momoqaldiroqqa burkangandek tuyuladi. Bir Savoyalikning aytishicha, Fransiya qiroli shu qadar ahmoq bo'lmay, o'z ishlarini yaxshi yuritganda edi, uning Gersogiga bosh xizmatkorlik qilishi mumkin edi. Uning hayolida o'z xo'jayining ulug'ligidan balandroq boshqa narsa yo'q edi. Bizlar o'zimiz sezmagan holda hammamiz shunday xato fikrdamiz va ulkan falokatga olib boradigan xato komidamiz.

(a) Biroq, kimki ona tabiatimizning tasvirini, xuddi rasmda ko'rayotgandek, butun buyukligi bilan tasavvur qila olsa; kim uning yuzida shu qadar umumiy va shu qadar zohir xilma-xillikni ko'ra olsa, kimki u yerda o'zini emas, butun qirollikni ko'ra olsa, xuddi nozik bir chiziqni ko'rgani singari; o'shagina narsalarni haqiqiy buyukligini baholay oladi. Bu ulkan dunyo uni ayrimlar bir turga mansub bir jinsdek yanada kattalashtirib yuboradilar

bu ulkan ko'zgudir va biz unda o'zimizni ko'rishimiz uchun unga to'g'ri qarashimiz lozim. Xullas, men uni o'quvchim uchun yaxshi darslik bo'lishini istayman. Shuncha fe'l-atvor, sektalar, mulohazalar, fikrlar, qonunlar va urf odatlar bizga o'zimizdagi shu narsalar haqida sog'lom fikr yuritishga va ongimizni o'zining nomukammalligi va tabiatan ojizligini tan olishga o'rgatishi zarur; bu esa oson ishlardan emas. Shuncha davlatlardagi o'zgarishlar, xalqlar taqdiridagi o'zgarishlar, bizga o'z taqdirimizdan katta mo'jiza kutmaslikni o'rgatadi. Unutilib ketgan shuncha nomlar, shuncha g'alabalar va shuncha bosib olingan yerlar, bizning nom qoldirish ilinjida o'nta kamonchini asir olganimiz, qulashidan avval hech kim tanimagan bir katakni qo'lga kiritishimiz nihoyatda kulgili ekanligini ko'rsatadi. Boshqa davlatlardagi to'kin-sochin va mag'rur bayramlar, hukmdorlar va saroylarning viqori bizning ko'zimizni pishitadi va o'zimiznikilar ko'zimizni qismay qarashga o'rgatadi. Bizdan avval dafn etilgan shuncha odam bizga narigi dunyoda ularning yoniga qo'rqmay borishga undaydi.Qolganlari ham shunday.

(a)Bizning hayotimiz olimpiya o'yinlari paytidagi ulkan izdihomga o'xshaydi, degan edi Pifagor. Ayrimlar u yerda musobaqalarda g'olib bo'lish uchun tanalarini chiniqtiradilar; boshqalar esa u yerda daromad topish uchun sotishga mollarini olib boradilar. Yana bir turlari, ular ham yomon odamlar emas, oladigan foydasi u yoki bu voqealar qanday sodir bo'lishini ko'rishi, o'zgalar hayotini tomosha qilish va ko'rganlarini o'z hayotlariga qiyoslash va xulosa chiqarishdir.

Kuzatilgan narsalar ortidan foydali falsafiy mulohazalar kelib chiqadi hamda odamlarning hatti harakatlari o'shalar bilan o'lchanadi. Tarbiyachi shogirdiga mana shularni aytishi kerak:

"Bilim kerak, foydasi nima Bizga, qiynalib topilgan pulning, Bizdan nima talab qilar Vatan va ota-onamiz; Xudo nima istadi sendan, Senga qanday insoniy vazifa berdi; Bizlar kimmiz va qanday Niyat bilan bizni yaratdi";

(a) Bilish va bilmaslik nima, ilm olishdan maqsad nima bo'lishi kerak; Jasurlik, bosiqlik va adolat nima, ochko'zlik va izzat-nafs, qullik va tobelik, axloqsizlik va erkinlik o'rtasidagi farq nima; qaysi belgilar haqiqiy va doimiy qoniqishni anglab olishga imkon beradi; qaysi darajagacha o'limdan, og'riqdan va uyatdan qo'rqish mumkin.

"Azoblardan qanday qutulish kerak, ularga qanday chidash kerak." (a) bizni qanday kuch harakatga keltiradi va qanday qilib bizda shu qadar xilma-xil hissiyotlar paydo bo'ladi? O'ylaymanki, uning aqlini oziqlantiradigan ilk darslar uning xulqi va hissiyotlarini tartibga soluvchi, uni o'zini anglashga o'rgatuvchi, shuningdek, to'g'ri yashash va o'lishni o'rgatuvchi fikrlar bo'lishi lozim. Erkin hunarlar orasida biz, avvalo, bizni erkin qiluvchi hunarni o'rganishdan boshlashimiz kerak.

Qaysidir ma'noda, ularning barchasi bizni qanday yashashga va hayotimizdan qanday foydalanishga o'rgatadi, qolganlari ham bizni shunga o'rgatadi. Biroq, biz to'g'ridan- to'g'ri shu maqsadga xizmat qiladigan ta'limni tanlashimiz lozim.

Agar biz o'z hayotiy ehtiyojlarimizni ularning tabiiy va qonuniy darajasigacha qisqartira olsak, kundalik bilimlarimizning ko'pi kundalik hayotimizda keraksiz ekanligini

anglab yetardik; hatto, keraklilarida ham hech kimga zarur bo'lmagan ortiqcha murakkabliklar va tafsilotlar borligini ko'rardik va ularni e'tiborsiz qoldirishini afzal ko'rgan bo'lar edik, shunda Suqrotning maslahatiga amal qilib, eng zarur narsani o'rganar edik.

"Donishmand bo'lishdan qo'rqma!

Shoshil, yaxshi yashashga kechikayotgan,

Daryo oqishdan to'xtashini kutayotgan dehqonga o'xshab,

Ammo, u oqaveradi to'lib toshib abadiy".

Eng katta gumrohligimiz, farzandlarimizga mana buni o'rgatishimizdir.

(b) "Baliqlarning kuchi,

Arslonning yolqinli belgilari,

Esperiya suvlarida cho'milgan Qovg'a".

yulduzlar ilmi va sakkizinchi osmon harakati, fan undan darak topmasdan avval;

"Pleyada menga ne kerak;

Shimoliy qutbning yulduzlarichi?".

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

(c) Anaksimen Pifagorga shunday yozgan edi: "O'lim yoki qullik ko'z oldimda turganda yulduzlar siriga qiziqib nima qilaman?"

(Chunki, Fors podshohlari uning vataniga qarshi urushga hozirlik ko'rayotgan edi.) har kim shunday deyishi kerak: "Kalondimog'lik, ochko'zlik, aqlsizlik, irimlar hamda menga dushman bo'lgan boshqa hissiyotlarga yengilgan holimda, dunyoning alg'ov-dalg'ov ishlari haqida hayol surib o'tira olamanmi?"

(a) Bolaga aqlliroq va boshqalardan yaxshiroq bo'lish uchun nima kerakligini tushuntirgach, unga buning uchun Mantiq, Fizika, Geometriya va Ritorikani tanitish kerak; bir fikrga ega bo'lgandan keyin tanlaydigan fanida u muvaffaqiyatga erishadi. Dars ba'zan og'zaki, ba'zan kitob bilan, ba'zida esa tarbiyachining o'zi mavzuga mos muallifning asarini tavsiya qilishi bilan o'tishi kerak, gohida esa tarbiyachi shogirdiga kitobning mazmunini tayyor luqma shaklida berishi kerak. Agar tarbiyachining o'zi ham kitoblardan zarur joylarni o'quvchiga yetkazib berish darajasida bo'lmasa, u holda unga bironta adibni biriktirib qo'yish kerak, u tarbiyachini kerakli narsa bilan ta'minlab turadi, keyin esa tarbiyachi o'quvchisiga mazmun-mohiyatni o'zi tushuntirib beradi. Bunday dars Gazaning darslaridan yoqimliroq va tabiiyroq bo'lishiga kim shubha qiladi? Undagi qiyin va yoqimsiz ko'rsatmalar, ma'nosiz va behuda so'zlar, ularda hech narsa o'ziga tortmaydi, hech narsa aqlingizni uyg'otmaydi. Bu yerda esa jon rohat topadi va nimadir o'ziga oladi. Buning mevasi esa foydaliroq va albatta, yetilib pishgan bo'ladi.

Yana bir muhim narsa, bu- bizning davrimizga kelib falsafaning, hatto, aqlli kishilar uchun ham keraksiz va xayoliy nom bo'lib qolganida, hamda hechqanday foydasi va qadri qolmaganidadir, na g'oya sifatida, na bir foydali narsa sifatida. Taxminimcha, buning sababi uning uzluksiz bahs- munozaralarga botib qolganidadir.Falsafani bolalar uchun emas deb, uni afti burushgan, qovog'i soliq, qo'rqinchli baroq qoshli sifatida tasvirlovchilar yanglishadilar. Kim uning yuzini mendan shu soxta, nursiz va badbashara niqob bilan to'sdi? Aslida esa undan xushchaqchaqroq, hatto biroz sho'xroq hech narsa yo'q. Falsafa faqat ko'tarinkilik va vaqtni mazmunli o'tkazishni targ'ib qiladi, xolos. G'amgin va qotib qolgan qiyofani ko'rdingizmi, bilingki, u yerda falsafaning joyi emas. Grammatikachi Demetrius Delf ibodatxonasida bir guruh faylasuflar yig'ilib o'tirganini ko'rib, shunday degan ekan: Yoki men adashayapman, yoki sizlarning xotirjam va quvnoq o'tirishlaringizni ko'rib, oralaringizda arziydigan mavzuni muhokama qilyapsizlar, deb o'ylayapman.

Ulardan biri bo'lgan Geraklion Megaralik shunday javob berdi: Fan haqida peshona tirishtirib gapirish boealli fe'li kelasi zamonda ikkita l bilan yoziladimi yoki xeiron va beltion so'zlarining qiyosiy darajasini leinki xeiriston va beltiston so'zlarining orttirma darajasini muhokama qilayotgan kishilarga xosdir.

Falsafiy mavzularga kelsak, ular, ular unda ishtirok etuvchilarning ko'nglini chog' qilish quvontirish xususiyatiga ega, kimnidir qovog'ini uyish va g'am-g'ussaga berilishga majbur qilishga emas.

Jonning o'rtashini sezish mumkin

Bemor tanada, ammo quvonchlarini ham payqash mumkin;

Yuzda zohir bo'lar bu ikki holat.

Falsafaga o'zidan joy bergan sog'lom ruh tanani ham sog'lom qiladi. U o'z oromi va xotirjamligining nurini tashqariga ham ko'rsatib turadi;

O'z shaklining tashqi ko'rinishini ham shakllantiradi va natijada uni nozik g'urur, faol va quvnoq, mazmunli hamda ochiqko'ngillik bilan ta'minlaydi. (c)Donishmandlikning eng yorqin ko'rinishi doimiy xursandchilikdir; uning holati Oydan ham balanddagi narsalar singari hamisha yorqin.

"Barokko" va "Baralipton" singari usullar o'z tarafdorlarini ifloslantirib va dudlab tashlaydilar, bu donishmandlik emas; ular donnishmandlikni faqat eshitganlari orqali biladilar xolos. Qanday qilib? U qalbdagi tug'yonlarni tinchlantiradi hamda ochlik va kasallik paytida ham jilmayishga o'rgatadi, qandaydir xayoliy episikllar yordamida emas, tabiiy va sezilarli sabablar bilan. Uning maqsadi yaxshilikdir va u "Maktab" oqimi uqtirganidek, tog'ning cho'qqisida, past-baland, borish imkonsiz bo'lgan joydamas. Unga yaqinlashgan odamlar uni hosildor, gullarga burkangan tekislikda deb aytadilar, u yerdan pastdagi hamma narsalar ko'rinib turadi, manzilni biladiganlar esa u yerga soya salqin, maysalar bilan qoplangan, gullarga burkangan, yoqimli osmon gumbazidek oson va tekis ko'tariladigan yo'llardan boradilar. Ular shunday oliy darajadagi haqiqatga yaqinlashmaganliklari tufayli go'zal, muzaffar, oshiq, lazzatli va ayni damda jasoratli, zaharomudlikning, yoqimsizlikning, xavotirning, noilojlikning ashaddiy dushmani bo'lgan, hamrohlari esa tabiat, omad va halovat bo'lgan ezgulikka yetolmaganliklari uchun, ular o'z zaifliklari ortidan o'zlarini ahmoqona tasavvur, g'amgin, janjalkash, bezor qiluvchi, tahdid qiluvchi, aqli noqis kishilar qiyofasiga kirib olib, ezgulikni chetroqqa, qoya ustiga joylashtirib qo'yib, odamlarni qo'rqitadigan sharpaga aylantirishadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RCYHATI:

1. Montaigne M. Les Essais / edition de Pierre Villey. - Paris: Presses.

2. Universitaires de France, 1988. - L. 1-24.

3. Aulotte R. Montaigne: «Essais». - Paris, 1988. - P. 127.

4. «Узбек тилининг изохли лугати» Э. Бегматов, А. Мадвалиев, 2006-2008 Тошкент.

5. Гак В.Г., Ганшина К.А. Новый французско-русский словарь / В.Г. Гак, К.А. Ганшина. - М.: Русский язык, 1994. - С. 1195.

6. Краткий словарь когнитивных терминов / Е.С. Кубрякова, В.З. Демьянков, Ю.Г. Панкрац, Л.Г. Лузина. - М., 1996.

7. Godefroy F. Dictionnaire de Pancienne langue francaise et de tous ses dialectes du IX au XV siecle. - Paris: Bouillon, 1881-1902.

8. Larousse P. Grand dictionnaire universel du XIX siècle - Paris: Libr. Larousse, 1865-1890.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.