Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TASVIRIY SAN'AT VOSITASIDA O'QUVCHILARINING BADIIY VA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqola maktab o'quvchilarining badiiy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantrishda tasviriy san'atning amaliy ahamiyati, mashxur pedagog rassomlarning bu hususidagi tadqiqotlari hamda ilmiy fikrlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: ijod, qobiliyat, ijodiy faoliyat, metodika, tasvir, rassomlik maktablari, akademik mashg 'ulot, pedagog-rassom.
В статье представлены практическое значение изобразительного искусства в развитии художественно-творческих способностей школьников, исследования и научные взгляды на этот счет известных художников-педагогов.
Ключевые слова: творчество, способность, творческая деятельность, методика, образ, школа живописи, академическая подготовка, педагог-художник.
The article presents the practical significance of fine arts in the development of artistic and creative abilities of schoolchildren, research and scientific views on this subject of famous artists-teachers.
Key words: creativity, ability, creative activity, methodology, image, school of painting, academic training, teacher-artist.
Bo'lajak rassom - pedagogni o'qitish va kasbiy tayyorlash tizimi aniq va ilmiy asosda bo'lishi kerak. Bu yo'nalishda dastlabki ta'lim va tarbiya umumta'lim maktablari doirasida amalga oshiriladi. Maktab - deganda, eng avval ta'lim va tarbiyaning aniq tizimini, bu tizimga hamda dars o'tish metodlariga o'quvchilarning ixtiyoriy ravishda buysunishini, ilmiy asoslangan bilimlarni o'zlashtirishda ilmiylik,
N.Arziyeva
FarDU o'qituvchisi A.Dodoboyev
FarDU o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
metodik izchillik, aniqlik va badiiy ijodning amaliyotda sinalgan tajribalarini o'rganishni nazarda tutamiz.
Qadimda ijod qilib, o'zlaridan buyuk tasviriy san'at asarlarini meros qilib qoldirgan mashhur ijodkorlarning tasviriy san'at sohasida erishgan tajribalari bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimida, xususan turli badiiy maktablarda yoshlarni tasviriy san'atdan saboq berishda asos hisoblanadi. Shuning uchun tasviriy san'atni o'rganishni xohlovchi va tasviriy san'at olamiga endigina kirib kelayotgan bo'lajak rassom eng avval qadimda ijod qilgan rassomlarning klassik asarlarini o'rganib taxlil qilishi va olgan bilimlari hamda ko'nikmalari asosida o'z shaxsiy ijodiy yo'lini tanlab chiqishi va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishi kerak.
Tasviriy san'at sohasida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash, shaxsning ijodiy qobilyatlarini shakllantirish masalalariga, hamda ijodiy jihatdan yoshlarni kasbiy tayyorlash masalalarida qadimgi Yevropa Badiiy Akademiyalarining mashhur rassomlari, nazariyotchilaridan Lonardo da Vinchi, Mikeladjelo Buanorotti, Piter Paul Rubens. Rafael Santi, Albrext Dyurer va boshqalarning ilmiy va ijodiy asarlarini keltirish mumkin. Rossiya tasviriy san'at namoyandalaridan 19-20 asrda ijod qilgan I.Ye.Repin, N.Savrasov, Pavel Chistyakovlarning ijodiy hamda ilmiy ishlarni keltirish mumkin.
Rus pedagog va psixologlardan A.V.Bakushinskiy, L.S.Vtigodskiy, Ye.I.Ignatev, Ye.A.Flerina, T.S.Komarova, S.Ye.Ignatev, S.L.Rubinshteyn, B.M.Teplovlar bo'lajak pedagogni ijodiy jihatdan kasbiy tayyorlash masalalariga murojaat qilgan bo'lsalar, mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasini takomillashtirish muammolariga bag'ishlangan masalalarga olimlardan L.G.Medvedev, L.A.Ivaxneva, V.K.Lebedko, Ye.V.Shoroxov, V.S.Kuzin, V.V.Koreshkov, A.S.Xvorostovlar o'zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida murojaat qilganlar.
O'zbekistonlik olimlardan B.B.Baymetov, S.S.Abdullayev, B.B.Azimov, N.X.Tolipov, Q.Q.Qosimov, R.X.Xasanov va boshqalar olib borganlarlar. Har qanday o'quv predmetining rivojlanishi tarixiy rivojlanish jarayonlari bilan bevosita bog'liq. XVII asrda akademik rasm chizishning nazariy qoidalari Uyg'onish davri rassomlarining talqinlaridayoq ifoda etila boshlangan. XVIII asrda yuzaga kelgan suratga akademik o'qitish nazariyasi ma'lum o'zgartirishlar kiritilib, endi badiiy amaliyot yangi sharoitlarida amalga oshirildi. XIX asrda akademik rasm nazariyasi va amaliyotida o'quv masalalarini kompleks hal etish bo'yicha faol izlanishlar boshlangan. Badiiy akademik maktab yo'nalishida o'quvchilarni faqatgina bilim va
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ko'nikmalar bilangina qurollantirish emas, balki ijodiy faoliyatda ham ishtirok ettirish ko'zda tutiladi.
Ba'zi endigina boshlovchi rassomlar qonun, qoidalarga amal qilmaydilar va maktab o'zining an'anaviy ko'rsatmalari bilan ularning individualligi rivojlanishiga halaqit beradi, deb o'ylab darhol murakkab ijodiy masalalarni hal etishga urinadilar. Maktab esa o'quv muasasasi sifatida o'zining dars o'tish ilmiy usullari bilan ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga hech qachon halaqit qilmagan, aksincha, u yosh rassomlar rivojlanishi, ta'lim olishi va shakllanishiga yordam bergan. Tasviriy san'atning hamma turlari uchun asosiy qoida bo'lgan rasmlarni chizishni o'rganib olishda maktab ayniqsa, zarur hisoblanadi. Shuning uchun hech kim maktabni o'z usullari bilan o'zboshimchalik qilib, rassomlar studiyasiga aylantirishga haqqi yo'q. Maktabga qarshi bo'lganlar - odatda yosh, boshlovchi rassomlar orasida ba'zan shunday is'tedod egalari uchraydiki, maktab ularni rivojlanishiga halaqit beradi, havoskor rassomlar ko'rgazmalarida juda ham mazmunli asarlar uchraydi, ularga rassomlar maktabda o'qimay ham erishganlar, deydilar.
Ta'lim psixologiya va pedagogikasi ijodiy qobiliyatlar va ijodiy faollik rivojlanishi o'quv jarayonida katta natijalar berishi mumkin deb, hisoblaydi. Demak, ta'lim jarayoni, ta'lim faoliyati maktabning diqqat markazida bo'lishi kerak.
«Erkin ijod» usuli tarafdorlari, sodda bolalik rasmlari shunisi bilan ajoyibki u dunyoni o'ziga qabul qilishini ifoda etadi, tasviriy san'atda esa bola o'zining ijodiy tashabbusini qizg'in namoyon etadi deb hisoblaydilar. Rasm chizish jarayonida bola ijodiy yaratuvchilikdan zavqlanadi va biz buni unda butun hayoti davomida saqlab qolishimiz kerak. «Erkin tarbiya» tarafdorlari umumta'lim maktablari rassomlarni tarbiyalamaydi, deb aytadilar va bolalarni realistik san'atning hamma qonun va qoidalariga o'qitish kerak emas deb hisoblaydilar.
Boshlovchi rassom tasvirni ko'rishdan oldin har bir bosqichda avvaliga qog'ozga tushirmoqchi bo'lgan tasvirining hayoliy tasvirini yaratib oladi: predmet shakli, o'ziga xoslik xususiyatlari haqida tasavvuri hali aniq bo'lmaganida, u umumiy sxemali shakl bilan cheklanadi, shundan keyin, pedagog tushuntirgan narsa haqida kuzatish olib borish va qayta tushunib olgan sari u ko'rinayotgan naturani haqiqiy va emotsional - mazmunli ifoda etilishiga yaqinlashib boradi.
Bugungi kunda ba'zi pedagoglar tasvirladda naurani ko'rish va taxlil qilishga e'tibor qaratmaydilar. Bunday usulni qo'llamaydilar, uning badiiy ijodga ta'sir etishida "sxematizm" va qonun qoidalar badiiy rivojlanishga to'sqinlik qilishini sabab qilib ko'rsatadilar. Akademik tasvirlashga qarshi chiqib, murakkab shaklni soddalashtirish, sxemalarga, qoidalariga qarshi chiqadilar, tasvirlashda metodik
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bosqichlarda tasvirlash bu trassomni ijodiy rivojlanishga to'sqinlik qiladi deb hisoblaydilar.
Ma'lumki. hamma o'quvchilar akademik rasm chizishning bir xil qonun va qoidalarini o'rganishlariga qaramay, ularning har biri naturani o'z tasavvuriga ko'ra o'zicha qabul qiladi va shuning uchun tasvirda to'la bir xillik bo'lishi mumkin emas. Rassom shu bilan birga naturadan nusha oluvchi sifatida emas, balki uni qayta quruvchi sifatida ishtirok etadi. Bunga yana shuni ham qo'shish mumkinki, u yangi o'quv masalasini hal etishga kirishar ekan, o'zi uchun ko'plab yangiliklar yaratadi, demak, o'zini ijodiy yo'nalishini namoyon etadi. Realistik tasvir yaratish juda murakkab ijodiy jarayon hisoblanadi va eng avvalo bu jarayon ob'ektning xayoliy obrazini moddiy yaratish bilan bog'liq bo'ladi, ya'ni haqiqiy uch o'lchamli predmetni tasviriy ikki o'lchamli qog'oz tekisligiga ko'chirish bilan bog'liqdir. Ko'rib turgan obrazni tasvirga o'tkazish jarayoni ijodiy fikrlashsiz mumkin emas: bunda rassom taqqoslashga, solishtirishga, umumlashtirish, mulohaza qilishiga majburdir.
O'zining ko'p asrlik davrida badiiy rassomchilik maktablari yosh rassomlar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish sohasida ulkan pedagogik tajriba to'plagan. Bu o'tmishdagi rassom-pedagoglarning tajribalari diqqat bilan o'rganish va umumlashtirishni talab etadi, ularning asosida biz tasvir chizish akademik mashg'ulotlarida ijodiy qobiliyatini rivojlantirish yangi ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqishga kirishishimiz mumkin bo'ladi. Qadimgi rassomlarning yutuqlari, tajribalarini e'tiborga olmaslik, badiiy maktabning yo'q bo'lishiga, san'atning "nodon"lashishiga olib keladi. nazariyot va amaliyotning tabiiy ravishda birligi yosh rassomning faol rivojlanishiga, uning ijodiy qobiliyati o'sib borishiga yordam beradi.
Rassomning ilmiy bilimlari qanchalik ko'p bo'lsa, uning haqqoniy tasvirlangan asarga baho berishi shunchalik mukammal, texnik mahoratining darajasi shunchalik boy, uning ijodiy faoliyati mahsuloti shunchalik ifodali va yorqin bo'ladi. Rassomchilik maktabida ilmiylik tamoyili ijodiy qobiliyatlar rivojlanishi faol omili sifatida eng avval ilmiy bilimlar tizimini o'zlashtirib olishdan iborat bo'ladi, bu esa boshlovchi rassomga tabiatdagi hodisalarni real haqiqiy shaklini ko'rish qonuniyatini to'g'ri tushunishga yordam buradi, shu bilan realistik san'at usullarini ham egallashga yordam beradi. Buni Qadimgi Yunon Uyg'onish davri va Yevropa Akad emiyalarida XVII-XIX asrlarda ham rassom-pedagoglar yaxshi tushunishgan. Tarixchilarning guvohlik berishlaricha, Sinion rassomlik maktabi eshigiga shunday deb yozib qo'yilgan ekan: «Bu yerga tasvirlash qoidalarini bilmaydigan insonlar qo'yilmaydilar». Ingliz badiiy akademiyasining buyuk rassomi va pedagogi Djoshua Reynolds shunday degan: «Bizning san'atimiz - faqatgina bu xudo bergan iste'dod
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7
emas, lekin u mexanik hunar ham emas, uning asosi aniq fanlarga tayanadi». Biz ilgari aytib o'tganimizdek, maktab sharoitida rassom faoliyati aniq masalani yechishda o'tadi, ular unda estetik talablar uyg'otadi, shu bilan birga tabiiy kuch bilan qoniqish izlovchi talab uyg'otadi. Qo'yilgan masalaning yechimi, agar ilgari ham bir necha bor hal etilgan, o'quvchiga yaxshi ma'lum bilimlar doirasidan chiqmasa, oson va oddiygina kelib chiqadi. Bunday holatlarda masala odatiy hal etiladi. Shundan keyin an'anaviy tajriba yetarli bo'lmagan davr keladi, yangi yo'llar izlash, fikrlar o'zgaruvchanligi, fahm-farosat kerak bo'ladi. Nima kelib chiqqani va yana nimalar qilish mumkinligini doimo tekshirib borish davri keladi. Masalan, gipsli bosh tasvirini chizishdan tirik boshning suratini chizishga o'tishda talaba inson boshining shakliy tuzilish qonuniyatlarini bilib olib va qarash nuqtasiga bog'liq ravishda konstruktiv ko'rinish sxemasining o'zgarishini bila turib (perspektiv ko'rinishni), tasvirni ko'rish birinchi bosqichlarida o'z masalasini osongina hal qila oladi. Ammo keyinchalik, tirik boshning individual xususiyatlarini yetkazib berishda mavjud bilim va ko'nikmalar yetarli bo'lmay qoladi va u o'z fahm -farosatiga va uzoq vaqt to'plagan ijodiy qobilyatlariga murojaat etadi. Bunday holatda yetishmaydigan bilimlarni naturani diqqat bilan kuzatish va ilgari egallagan ilmiy bilimlaridan ijodiy foydalanish yo'li bilan olish mumkin. O'quvchida ijodiy fahm-farosatni turli yo'llar bilan rivojlantirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, naturaga qarab akademik tasvir bajarishda tana o'zining hamma qismlarida to'g'ri ifoda etilganligini diqqat bilan kuzatish kerak, bir-biridan bir ozgina farq qiluvchi har bir muskulning tuzilishining o'ziga xoslik xususiyatlarini to'g'ri ilg'ab olish uchun esa - rassomda intuitiv sezgirlik zarur bo'ladi. Shuning uchun malakali rassom bunday hollarda sezgi to'g'ri yo'l ko'rsatadi, xatoni biladi va unga ishora qiladi, joyini ko'rsatadi, qayerni tuzatish lozimligini to'g'ri fahimlaydi.
REFERENCES
1. Adizov B.R. Boshlang'ich ta'limning ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya.-T., 2003
2. Jabborova O. Bo'lajak o'qituvchilarning badiiy idrokini shakllantirish. - o'quv qo'llanma. - T., 2012
3. Bulatov S.S., Jabborov R.R. Tasviriy san'at asarlarining falsafiy va psixologik taxlili (Monografiya). - T.: Fan va texnologiya, 2010.
1000
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
4. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS 'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.
5. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.
6. Qurbonova, B., & Yuldashev, I. (2022). MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN'AT TURLARIGA BO 'LGAN E'TIBOR. Research Focus, 7(2), 248-253.
7. Mamirjonovich, M. N., Jumadillayevich, S. R., & Anvarovich, M. A. (2021). The Role Of Historical Monuments In The Development Of Central Asian Architecture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 1-5.
8. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.
9. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 1(2), 296-300.
10. Курбанова, Б. М., Юнусaлиeв, М., & Арз^ва, Н. (2022). ОСОБЕННОСТИ ТЕХНИКИ: АКВАРЕЛЬ, МАСЛО И ГУАШЬ. Research Focus, 1(2), 319-325.
11. Курбонова, Б., Aхмeдовa, Н., & Юлдaшeв, И. (2022). РАНГТАСВИР ТЕХНИКАСИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСУЛЛАРИ. Research Focus, 1(2), 231237.
12. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.
13. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.
14. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.
15. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). TALABALAR MUSTAQIL TA'LIMIDA AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARINING CHIZMACHILIK FANIDAGI
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 110-114.
16. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.
17. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.
18. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL
19. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.
20. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛО^ИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.
21. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 1(2), 296-300.
22. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., Murodjon, K., & Makhpuzakhon, A. (2021). Drawing Tools And Design Elements In Geometric Drawing. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).
23. Сулайманова, С., Омонов, Д., & Аъзамжонов, А. (2022). Алишер Навоий асарларидан бадиий олий таълим муассасаларида тасвирий санъатни укитиш жараёнида фойдаланишнинг зарурияти. Research Focus, 1(2), 272-277.
24. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.