Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA GRAFIK DASTURLAR VOSITASIDA TASVIR ISHLASHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI'

TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA GRAFIK DASTURLAR VOSITASIDA TASVIR ISHLASHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
254
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sketchbook Autodesk / Adobe photoshop / Grafik dasturlar / zamonaviy / ijod / animatsiya / San’at ustaxonasi / texnologiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdumajitov Avazjon Shuhrat O‘G‘Li

Maqolada zamonaviy grafik dasturlar orqali yosh ijodkorlarga rasm chizishni o‘rgatish va ushbu dasturlarning afzalliklari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA GRAFIK DASTURLAR VOSITASIDA TASVIR ISHLASHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARIDA GRAFIK DASTURLAR VOSITASIDA TASVIR ISHLASHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI Abdumajitov Avazjon Shuhrat o'g'li

CHDPU "Tasviriy san'at va dizayn" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.1003389 7

Annotatsiya. Maqolada zamonaviy grafik dasturlar orqali yosh ijodkorlarga rasm chizishni o'rgatish va ushbu dasturlarning afzalliklari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar : Sketchbook Autodesk, Adobe photoshop, Grafik dasturlar, zamonaviy, ijod, animatsiya, San'at ustaxonasi, texnologiya.

Tarixga nazar solsadigan bo'lsak, san'at olami nihoyatda katta o'zgarishlarga duch keldi. Inson ibtidoiy davr san'ati rasmlaridan tortib uyg'onish davri san'ati durdonalarigacha ijodini va u o'zligini namoyon qilishi uchun eng yaxshi vosita bo'lib xizmat qilgan. 1980-yillarda kompyuterlarning paydo bo'lishi bilan, rassomlarning an'anaviy badiiy asarlari o'rnini ifodalab beruvchi texnikalar va dasturiy vositalar egallay boshladi. Vaqt o'tishi bilan badiiy ifodaning yangi shakli paydo bo'ldi, ya'ni raqamli san'at tushunchasi. Bu tushuncha to'g'ridan-tog'ri kompyuter grafikasi bilan bog'liq. XX-asrning o'rtalarida kompyuterlar va raqamli texnologiyalar rivojlanishi san'at olamiga o'zining katta ta'sirini ko'rsatdi. Maxsus kompyuter dasturlari yordamida oq qog'ozga go'yoki qalam, tush, turli xil bo'yoqlar bilan tasvir ishlash imkon yaratildi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining takomillashtirilishi, bu sohadagi yangi yo'nalishlarni tinmay o'rganib borishni taqozo etadi.

Zamonaviy multimedia, animatsiyalarni bugungi kunda kompyuter grafikasisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ommaviy foydalanish uchun dasturlar yaratuvchi dasturchi mutaxassislarning 90% gacha ish vaqti grafika bilan ishlashga sarflanadi. Redaksiya va nashriyotda asosiy mehnat sarfini grafik dasturlar bilan badiiy bezash ishlari tashkil etadi. Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug'ullanadigan mutaxxasislar, internet sahifalarini yaratish, o'qitish jarayoni uchun va boshqa soxalarda muxim ro'l o'ynamoqda. Uning ayniqsa, matbaa sohasida qo'llanilishi keyingi paytlarda rang-barang suratli adabiyotlar, o'quv qo'llanmalar, badiiy asarlarning paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Diqqatni o'ziga jalb qiluvchi videoroliklar, internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasi vositalarisiz tasavvur qilish qiyin bo'lib qoldi. Kompyuter grafikasida Adobe photoshop, keyinchalik Affinity, Photo, Corel, PaintShop Pro, Adobe Illustrator CC, Sketchbook Autodesk, Affinity Designer, Corel Painter Essentials kabi dasturlar rassomlarga rasmlarni raqamli ravishda bo'yash, chizish va manipulyatsiya qilish imkonini berib, imkoniyatlar maydonini ochdi. Ushbu texnologik siljish san'at turlari sifatida rasm va fotografiyaning paydo bo'lishiga olib keldi. Rassomlar grafik dasturlar yordamida qalam, pastel, akvarel yoki ko'mir qalamlarni tanlab, ular vositasidai tabiiydek san'at asrlari yartmoqdalar.(1-rasm)

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

1-rasm. Grafik dasturlarda grafik materiallar va ularning turlari ko'rinishi

Bundan tashqari fotograflar uchun fotosuratlarni tahrirlash, ularning fotosuratlarini raqamli ravishda yaxshilash va o'zgartirish imkonini taqdim etmoqda. Raqamli texnikalar reklama sohasida logotip dizayni, animatsiyalar yaratishda katta inqilob qildi. Analog kompyuterlardan tortib, dasturiy ilovalargacha raqamli san'at evolyutsiyasi rivojlanib bormoqda. Natijada raqamli san'at bugungi hayotimizning bir qismiga aylandi. Raqamli san'at endi ekranlar bilan chegaralanib qolmaydi. Endi u galereyalar, muzeylar va onlayn platformalarda yaxshi namoyish etilmoqda. Texnologiya rivojlanib borar ekan, bu rivojlanayotgan san'at turining kelajagi biz faqat tasavvur qila oladigan imkoniyatlarga ega. Ijodkorlarga ochiladigan cheksiz imkoniyatlari ularga yangi shakllarni topishga va chinakam hayoliy-hayotiy tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda tomoshabinlar ham, rassomlar ham raqamli san'at muhitida yashamoqda, shuning uchun raqamli san'at rasmlari internet saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda o'z muxlislarini osongina topmoqda. Ko'plab raqamli asarlar shunchalik go'zalki, ularni nafaqat monitor ekranida ko'rinishi, balki haqiqiy hayotda ham ko'rinishi hayratlanarli darajada. Hozirgi kunda interyerlarni badiiy bezashda ham qo'lda chizilgan san'at asarlari o'rniga grafik dasturlar orqali chizilgan rasmlar urfga kirmoqda.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining tasviriy san'at fanidan yangi avlod darsliklarida ham aynan ayrim mavzular grafik dasturlar vositasida tasvir ishlashga ajratilgan. Shundan ma'lumki raqamli tasvirlarni yosh avlodga o'rgatish va undan kelajakda oqilona foydalana olish dolzarb masalalardan biridir. Bunga misol tariqasida 6-sinf darsligida "CorelDraw grafik dasturida "Kitob muqovasi dizaynini yaratish", 7-sinfda "Krita" grafik dasturida "Abstarkt mavzuda koinot kompozitsiyasini ishlash" mavzularini keltirib o'tishimiz mumkin.

Grafik dastur orqali chizishni nimadan boshlaymiz? Avvalo planshetga grafik dasturni yuklab olamiz. Masalan grafik dasturlardan biri Sketchbook Autodeskdan foydalanib rasm ishlashni ko'rib chiqamiz (2-rasm).

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Sketch Book X

A AUTODESK1

^ SKETCHBOOK" AUTODESK.

1

a vaza b d u ma j itov95 S ketch Book

Версия fifiC - 201Э 04 26 11 15 (Build f&05eec6)

Autodesk® S ketch Book® © 2017 Autodesk, Inc. All rights reserved.

All use of this Software is subject to the terms and conditions of the Autodesk License and

0 Разрешить сбор данных об использовании

OK

2-rasm. Sketchbook Autodesk dasturi ko'rinishi va uni o'rnatish jarayoni Rassomlar o'z ishlari uchun maxsus planshetdan (digitizer) foydalanadi. Elektron qalam (stilus pen) bilan chizadilar (3-rasm).

3-rasm. Planshetda grafik dasturda ras ishlash jarayoni Natijada, kompyuter ekranida raqamli chizgilar paydo bo'ladi. Agar siz an'anaviy tarzda rasm chizishni bilmasangiz albatta avvalo tasviriy san'atning asoslarini puxta o'rganishingiz zarur. Siz rasmlarni qog'ozga qanday chizishni bilmasangiz, hatto chiroyli "gadjet"lar ham sizga chiroyli rasm chizishga yordam berolmaydi. Tasvirlashni qog'ozga qanchalik mahurat bilan ishlay olsangiz, raqamli tasvirda ham shunchalik oson bo'ladi. Buning uchun doimiy ravishda mashq qilishga to'g'ri keladi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Grafik dasturda qanday qilib to'g'ri chizish mumkinligi haqida tarmoqdagi turli o'quv videolarini ko'rishingiz mumkin. Grafik dasturlarda ishlashda eng qiyin jarayon bu qo'lni planshet ekranida surish bilan emas, stilusni ekran yuzasida yengil harakatlantira olish ko'nikmalarini egalashdadir. Boshlash uchun oddiy shakllar (uchburchak, kvadrat va boshqalar) tasvirini mashq qilish, ularni ajratish, alifbo yozish kerak, shundan so'ng siz rasmlarni qog'ozga bosib, planshetga qo'yib, konturlarni chizishingiz mumkin. Siz stilusni boshqarayotgan vaqtda qalamni tanlaysiz, va stilusni bosim bilan ishlatsangiz to'q rangda chiziladi. Bosimni kamaytirsangiz chiziq rangi ocharadi. Qo'llarimiz shu bosimlarga o'rganishi kerak (4-rasm).

4-rasm. Grafik dasturlarda chiziq turlari ko'rinishi

Siz to'g'ridan to'g'ri murakkab texnologiyaga o'tmang va grafik dasturda ishni mevalar, buyumlar, daraxt kabi alohida predmetlar tasvirini ishlashdan boshlash kerak. Bosqichma-bosqich sodda rasmlardan murakkab asarlarni chizishgacha o'rganib olasiz. Bularning barchasi amaliyot va mahoratni talab etadi. Bu yerda siz metodikaning "oddiydan murakkabga" didaktik tamoyiliga amal qilishingiz kerak.

Grafik dasturlar orqali rasm chizishning afzalliklari an'anaviy rasm chizishdan farqli o'laroq, bir qancha quyidagi xususiyatlarga ega;

S san'at ustaxonasi har doim siz bilan;

S dastgoh, bo'yoqlar, qog'ozlar olib yurishning hojati yo'q;

S agar chizayotgan vaqtda xatolik bo'lsa yoki ranglar siz kutgan darajada bo'lmasa, ortga qaytarish tugmasini bosib xatolikni bartaraf etish imkoni mavjud.

S kiyim va qo'llar toza, bo'yoq quriguncha kutmaysiz.

S plenerga chiqganda noqulay ob-havo sharoitlarida ham rasm chizish qulay.

Hozirgi zamon har bir insonni axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalanishini talab etmoqda, chunki insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishiga bog'liq bo'lib qoldi. Istalgan soha mutaxassisi ma'lumotlar to'plamida to'g'ri yo'nalish olishi uchun, u kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari orqali axborotlarni to'plash, saqlash va qayta ishlash hamda qo'llashni bilishi shart. Bu dastur juda ko'p funksional imkoniyatlarga ega bo'lib, bo'lajak pedagog-rassomlar ulardan faol foydalana olishi va betakror raqamli san'at asarlarini yarata olishi, bu vositalar orqali ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishi lozim.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Dars jarayonida ham o'quvchi yoshlarni oddiy rang tasvir bilan e'tiborini jalb qilish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Chunki hozirgi kunda o'quvchi qo'lidagi telefon, kompyuter, planshet kabi texnikalarning dasturiy ta'minoti, dizayni, ilovalari yuksak darajada ishlab chiqilgan va undan yoshlarimiz oqilona hamda samarali foydalana olishlari kerak.

Xulosa qilib aytganda, grafik dasturlarda san'at asarlarini yaratish, ijtimoiy hayotda qo'llash, jamiyatda manfatli bo'lishini ta'minlash, yoshlarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, barcha sohalarda zamonaviy dizaynlarni yarata olish ko'nikmalarini yoshlarda shakllantirishda noyob vosita bo'lib qolmoqda. Bu kabi vositalar rivojlangan mamlakatlarda an'anaviy san'at turlarining o'rnini egallab, sun'iy intelekt bilan integratsiyada jadallik bilan rivojlanib bormoqda.

REFERENCES

1. Ibragimov, X. X. (2023). From the History of Pedagogical Problems of the Development of the People's Practical Decorative Art. Diversity Research: Journal of Analysis and Trends, 7(3), 300-310.

2. Ibragimov, X. X. (2023). Tasviriy san'at mashg'ulotlarini tabiat qo 'ynida tashkil etish orqali o'quvchilarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish. o'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, 2(20), 688-696.

3. Muratov, X. X., & Yusupova, S. A. (2020). Umumiy o'rta ta'lim maktablarida dars mashg'ulotlarini autoplay media studio dasturi orqali integratsiyalash. Academic research in educational sciences, (3), 202-208.

4. Abdumajitov, A. S. (2023). Development of landscape genre in national painting. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 77(4), 469-476.

5. Shuhratovich, I. U. (2020). Technologies of Working on Graphic Materials in Fine Arts Classes. Journal of Asian Multicultural Research for Educational Study, 7(2), 1-4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.