Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA FAOLIYATLI YONDOSHUV ORQALI INKLYUZIV TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISH'

TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA FAOLIYATLI YONDOSHUV ORQALI INKLYUZIV TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inklyuziv / inklyuziy taʼlim / pedagog / taʼlim / inklyuziv talabalar / yondoshuv / integratsiya.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Xudayberdiyev Mirоlim Iskandar О‘G‘Li

Ushbu maqolada hozirgi kunda inklyuziv taʼlim tizimidagi yangiliklar haqida va Oliy ta’limda tasviriy san’at mashg’ulotlari jarayonida faoliyatli yondoshuv asosida nuqsoni bor talabalarga dars o‘tishi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA FAOLIYATLI YONDOSHUV ORQALI INKLYUZIV TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISH»

"INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA FAOLIYATLI YONDOSHUV ORQALI INKLYUZIV TA'LIMNI TAKOMILLASHTIRISH

Xudayberdiyev Mirolim Iskandar o'g'li

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI 2-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11186960

Annotasiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda inklyuziv ta'lim tizimidagi yangiliklar haqida va Oliy ta'limda tasviriy san'at mashg'ulotlarijarayonidafaoliyatli yondoshuv asosida nuqsoni bor talabalarga dars o'tishi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: inklyuziv, inklyuziy ta'lim, pedagog, ta'lim, inklyuziv talabalar, yondoshuv, integratsiya.

Abstract. This article discusses the innovations in the inclusive education system and teaching students with disabilities based on an active approach during visual arts classes in higher education.

Key words: inclusive, inclusive education, pedagogue, education, inclusive students, approach, integration.

Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda deyarli har daqiqada dunyoning turli burchaklarida o'zgarishlar, yangiliklar va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bo'lmoqda. Shunday ekan hozirda ta'lim tizimida katta o'zgarishlar ro'y bеrmoqda. Shulardan biri ta'lim tizimida inklyuziv ta'limninng o'qitilish uslubi haqida juda ko'plab nazariy fikrlar oldinga surilmoqda. Ko'p yillar davomida ta'lim tizimi bolalarni oddiy va nogiron bolalarga aniq ajratdi, ular amalda ta'lim olish va o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo'lmaganlar, ular oddiy bolalar o'qiydigan muassasalarga olib ketilmagan. Maxsus ehtiyojli bolalar boshqa bolalar bilan teng imkoniyatlarga ega bo'lishi kerakdr. Shundan kelib chiqib ular uchun maqbul ta'lim sharoitlarini yaratadigan ta'lim shaklini - inklyuziv ta'limni joriy etish zarurati paydo bo'ldi.

Inklyuziv ta'lim o'quvchi talabalarga nisbatan har qanday kamsitishni istisno qiluvchi, barcha odamlarga teng munosabatda bo'lishni ta'minlaydigan, lekin nogiron bolalar uchun alohida sharoitlar yaratuvchi g'oyaga asoslanadi. Inklyuziv ta'lim - bu umumiy ta'limni rivojlantirish jarayoni bo'lib, uning sog'lig'idan qat'iiy nazar, har bir talabaning ehtiyojlariga moslashish nuqtai nazaridan hamma uchun ochiqligini nazarda tutadi.

Integratsiyalashgan ta'lim bu-diqqat markazida talabaning aynan OTMga kelib ketish muammosi va maxsus ehtiyojli talabaning darsda o'zlashtirish jarayonidr. Inklyuziv ta'limda shunday tamoyillar mavjud bu tamoyillar quyidagilardr.

1. Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va yutuqlariga bog'liq emas.

2. Har bir inson his qilish va fikrlash qobiliyatiga ega.

3. Har bir inson muloqot qilish va uni eshitish huquqiga ega.

4. Hamma odamlar bir-biriga muhtoj.

5. Haqiqiy ta'lim faqat haqiqiy munosabatlar sharoitida amalga oshirilishi mumkin.

6. Hamma odamlar tengdoshlarining yordami va do'stligiga muhtoj.

7. Barcha o'quvchilar uchun taraqqiyot ular qila olmaydigan narsadan ko'ra, nima qila olishiga bog'liq bo'lishi mumkin.

8. Turli xillik inson hayotining barcha jabhalarini oshiradi.

"INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

Inklyuziv ta'lim tizimi o'rta, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarini o'z ichiga oladi. Inklyuzivlik har bir talabani yetarlicha qiyin, ammo ularning qobiliyatiga mos keladigan ta'lim dasturi orqali ochishni anglatadi. Inklyuzivlik talaba va o'qituvchilarning muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur bo'lgan ehtiyojlar, shuningdek, maxsus shart-sharoitlar hisobga oladi. Yevropaning rivojlangan mamlakatlari, AQSH, Yaponiyaning iqtisodiy, texnologik va axborot imkoniyatlari inklyuziv ta'limni amalga oshirish uchun mavjud maxsus ta'lim tizimi bilan bir qatorda ommaviy ta'lim tizimida parallel maxsus ta'lim muhitini yaratish imkonini berdi. Shuningdek, shahar infratuzilmasini nogironlar uchun imkon qadar qulay qilish, axborot va boshqa to'siqlarni olib tashlash va ushbu toifadagi aholining ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga cheklovlarni sezilarli darajada kamaytirishdan iboratdr. Shu tajribalardan kelib chiqib mamalakatimizda ohirgi yillarda inklyuziv ta'lim uchun ham ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Nogironligi bor talabalarning dars jarayonlarida qolgan sog'lom talabalar kabi fanni birdek o'zlashtirishi uchun o'qituvchining yondashuviga alohida e'tibor qaratish lozim. Odatda bunday nuqsoni bor o'quvchi-talabalarda albatta qaysidr sezgi o'rgani yaxshi ishlashidan kelib chiqib o'qituvchi urg'uni o'sha tomonga berish orqali mavzuni yetkazaolish kerakligini vas hu orqali o'quvchi talabada kerakli kompetensiyalarni shakllantraolishi kerak. Masalan eshitmaydigan va gapirishni bilmaydigan o'quvchi-talaba auditoriyadagi boshqa sog'lom talabalar orasida o'zini yaxshi his qilishi va ular bilan tez muloqtga kirishini ham albatta o'qituvchi tomonidan dars jarayonini va muhitni tog'ri tashkil qilaolish qobilyatiga ham bog'liqdr. Bunday talabalarda fan sohasidan kelib chiqib maslan Qalamtasvir yoki Rangtasvir fanlari auditoriya mashg'uloti amaliy shaklda olib boriladi. Bunda eshitishni va gapirishni bilmaydigan talabada ko'rib eslab qolish qobilyatijuda yuqori tarzda shakllanganligini o'qituvchi hisobga olgan holda unga ko'rsatib bergan holda taqqoslash kabi yo'llar orqali uning kompetensiyalarini shakllantirishi lozim. Bundan tashqari nogiron bolalarning OTM hududida xavfsizligi va to'siqsiz harakatlanishini ta'minlash uchun barcha shart shaoitlar yaratilishi kerak.

Xulosa qilib, hozirgi davrda kerakli ma'lumotlarni yetkazib berish, zamon pedagogidan zukkolikni, o'z ustida ishlashni, sodir bo'layotgan voqeliklardan xabardor bo'lishni, zamon bilan hamnafas bo'lishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, ta'lim va reabilitatsiya jarayonlarini tashkil etishning yagona standartlari, shuningdek, ularni moddiy-texnik, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, kadrlar va reabilitatsiya bilan ta'minlash mexanizmlarini ishlab chiqish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Oliy ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

2. R.Sh.Shomaxmudova «Maxsus va inklyuziv ta'lim» uslubiy qo'llanma. Toshkent 2011 y.

3. R.SH.Shomaxmudova "Maxsus va inklyuziv ta'lim" uslubiy qo'llanma. Toshkent 2011 y. 12.

Mo'minova L.R Inklyuziv ta'lim. Dastur. T., 2014

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.