Научная статья на тему 'TASMADAGI TARIX YOXUD BOLAMGA O‘XSHAYDI OVOZING SANI'

TASMADAGI TARIX YOXUD BOLAMGA O‘XSHAYDI OVOZING SANI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
196
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Teatr san’ati / g‘oya / Oshiq G‘arib va Shoxsanam / tomoshabin / musiqali drama / ariya / spektakl. / Theatrical art / idea / Ashik Garib and Shohsanam / audience / musical drama / aria / performance.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qalandarov, Usmon Egamberdiyevich

Mazkur maqolada 1956-1957 yillarda sahnalashtirilib tomoshabinlar hukmiga havola qilingan “Oshiq G‘arib va Shoxsanam” musiqali dramasidagi xalq dardi bilan sug‘orilgan rejissyorlik yechimi va aktyorlik mahorati tahlil qilinadi hamda g‘oyaviy yetuklik haqida fikr yuritiladi. 1958 yili magnit tasmaga yozib olingan radiospektakldagi “Bolamga o‘xshaydi ovozing sani” ariyasini kuylgan aktrissaningdardli iztiroblari ham e’tiborga olinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HISTORY ON THE TAPE OR YOUR SOUND LOOKS LIKE MY CHILD'S ONE

This article analyzes the director's decision and acting skills in the musical drama "Ashik Gharib and Shohsanam", which was staged in 1956-1957 and presented to the audience, and reflects on ideological maturity. The painful suffering of the actress who sang the aria in a radio play recorded on magnetic tape in 1958 is also taken into account.

Текст научной работы на тему «TASMADAGI TARIX YOXUD BOLAMGA O‘XSHAYDI OVOZING SANI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TASMADAGI TARIX YOXUD BOLAMGA O'XSHAYDI OVOZING SANI

Mazkur maqolada 1956-1957 yillarda sahnalashtirilib tomoshabinlar hukmiga havola qilingan "Oshiq G'arib va Shoxsanam" musiqali dramasidagi xalq dardi bilan sug'orilgan rejissyorlik yechimi va aktyorlik mahorati tahlil qilinadi hamda g'oyaviy yetuklik haqida fikr yuritiladi. 1958 yili magnit tasmaga yozib olingan radiospektakldagi "Bolamga o'xshaydi ovozing sani" ariyasini kuylgan aktrissaningdardli iztiroblari ham e'tiborga olinadi.

Kalit so'zlar: Teatr san 'ati, g 'oya, Oshiq G 'arib va Shoxsanam, tomoshabin, musiqali drama, ariya, spektakl.

This article analyzes the director's decision and acting skills in the musical drama "Ashik Gharib and Shohsanam", which was staged in 1956-1957 and presented to the audience, and reflects on ideological maturity. The painful suffering of the actress who sang the aria in a radio play recorded on magnetic tape in 1958 is also taken into account.

Keywords:Theatrical art, idea, Ashik Garib and Shohsanam, audience, musical drama, aria, performance.

В данной статье анализируются режиссерское решение и актерское мастерство в музыкальной драме «Ашик Гариб и Шохсанам», которая была поставлена в 1956-1957 годах и представлена на суд зрителей, и размышляет об идейной зрелости. Принимаются во внимание и мучительные страдания актрисы, исполнившей арию в радиоспектакле, записанном на магнитную ленту в 1958 году.

Ключевые слова: Театральное искусство, идея, Ашик Гариб и Шохсанам, зрители, музыкальная драма, ария, спектакль.

Teatr san'ati hayotiy voqeliklarga asoslangan kurashlar orqali tomoshabin qalbini larzaga solib, ruhiyatini harakatga keltirishi natijasida inson qalbini poklovchi ulug' vazifalardan birini bajaradi. Bu vazifani bajarish uchun g'oya deya atalmish qudratli kuch vositasiga tayanadi. G'oya - tafakkurimiz natijasida dunyoga keladigan

Qalandarov Usmon Egamberdiyevich

UrDU "Musiqiy ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi, usmon-art@mail .ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hamda jamiyat va olamni aniq maqsad sari dadil yetaklaydigan fikr - desak, teatr san'ati uchun mubolag'a bo'lmaydi. Shunday ekan, sahna asarlari aniq g'oyalar zamirida tug'ilishi va sahna yuzini badiiy talqinda ko'rishi kerak.

Bugungi teatr sahnalarida tug'ilayotgan spektakllarda g'oyaviy yechimning hayotiy haqiqatlar bilan sug'orilmasligi sababli ham tomoshabin qalbida yashab ketolmayotganligi ayni haqiqat. Rejissyor tomonidan ilgari surilayotgan g'oya tomoshabin dardiga hamohang bo'lib ketolmas ekan, zalda tomoshabinlardan o'rindiqlar soni ko'pligicha qolaveradi.

Teatrlarimizda o'tmishda ustoz-rejissyorlar tomonidan sahnalashtirilgan sahna asarlari qayta-qayta sahnalashtirilib, anshlag bo'lganligi sir emas. Masalan, Xorazm viloyati musiqali drama teatrida, Hazrati Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" asari 5 marta, "Oshiq G'arib va Shoxsanam" (Rejissyor Hoshim Ismoilov, Yunus Yusupov asari, Abdusharif Otajonov va Rahmon Allaberganovlar

musiqasi) musiqali dramalari 5 marotaba sahnalashtirilganligi tarixdan ma'lum. Bu asarlarning takroran

sahnalashtirilishi tomoshabin qalbiga, dardiga yaqinligi, u bilan hamnafasligi tufaylidir.

VA

MUHOKAMA NATIJALAR

Teatr san'ati

muxlislarining eslashlaricha "Oshiq G'arib va Shoxsanam" musiqali dramasi 19561957 yillarda sahnalashtirilib tomoshabinlar hukmiga havola qilinganda, spektal ko'rish umidida qo'shni Qoraqalpog'iston, Turkmaniston hamda viloyatimizning turli tumanlaridan ulovda, ot va eshak aravalarda, piyoda yurib kelgan muxlislar spektaklni o'zgacha ruhda tomosha qilishgan. Ustozlarning teatr san'ati haqidagi o'tmish xotiralarini biz bilan o'rtoqlashganlarida bir qancha savollar tug'ilishi tabiiydir. Nega o'tmishdagi spektakllar haqida yoshi ulug' muxlislar eslashganda ta'sirlanib, berilib eslashadi, uning siri nimada degan savollar atrofida fikr yuritar ekanmiz, albatta spektaklning badiiy-g'oyaviy yechimi xalq dardi bilan hamnafas bo'lib ketganiga ishonch hosil qilamiz.

Urganch Davlat Universiteti Musiqiy ta'lim kafedrasi mudiri Botir Raximov padari buzrukvorlari O'zbekiston xalq artisti Matyoqub Raximovning "Oshiq G'arib

1316

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va Shoxsanam" musiqali dramasi haqida aytib berganlarini quyidagicha eslaydi: -""Oshiq G'arib va Shoxsanam" spektaklidagi aktyorlar ijro mahoratlari va imkoniyatlari bilan o'z rollarini ijro qilishardi. Spektakldagi har bir ariyani tomoshabin yoddan bilar, bu esa tomoshabinning sahna asariga bo'lgan hurmatidan dalolat berardi. Spektakl ijodkorlari ichida Oylar begim rolini ijro etuvchi aktrisa Rajabbibi Boyjonovaga qiyin bo'lardi. Aktrisa "Bolamga o'xshaydi ovozing sani" ariyasini kuylaganida butun zal oyoqqa turib Oylar begim - Rajabbibi Boyjonova bilan birga kuylar, bir-birini quchoqlab ko'zlarida yosh halqalanardi. Bu qo'shiq dostonning asl nusxasida baxshilar tomonidan ham ijro etilgan. Lekin, spektaklda Oylar begim aytgan ariya, farzandini yo'qotgan ona yig'isi sehrli qudrat bilan dillarni rom etgan. Spektakl teatrning yozgi binosida qo'yilganida, hattoki daraxtlar tepasiga chiqib olgan tomoshabinlar ham bu holatni takrorlar, aktrisa bilan birga qo'shilib kuylaganlarining guvohi bo'lganman"

Hamkasbimizning padari buzruklari tomonidan aytilgan nodir haqiqatlarni eslash jarayonida, o'tmishdagi sahna asarlarining badiiy jihatdan barkamolligi, xalqning buguni va ertangi kuniga yaqinligi haqida ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu spektaklga ishlangan musiqa va ariyalar, g'oyaviy yechimga xizmat qilganligi, bugungi kunda ham klassik asarlar qatoridan joy olganligini eslab, hayratda qolganliklarini yashirib o'tirmadi. Kompozitorlarning spektal uchun bastalagan kuylari teatr orkestri tomonidan ijro qilinganda tomoshabinni sehrlab qo'yishi teatr ijodkorlarining yutuqlaridan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi.

"Oshiq G'arib va Shoxsanam" musiqali dramasi voqealar tartibini kuzatar ekanmiz, qadim o'tgan zamonda, Xorazm yurt degan tomonda Shox Abbos degan zolim podshoh va uning Hasan degan donishmand vaziri bo'ladi, ular agar Alloh farzand ato qilsa, albatta quda bo'lamiz - deb ahdlashadilar. Yillar o'tib, Shox Abbos qiz farzandli bo'ladi va ismini Shohsanam deb qo'yadi. Vazirga esa o'g'il farzand nasib etadi va ismini Shohnazar (Oshiq G'arib) deb ataydi. Shohnazar va Shohsanam birga katta bo'ladilar hamda bir biriga ko'ngil qo'yadilar. Yillar o'tib vazir vafot qiladi. Shox Abbos va'dasini unutadi. Bolalikdan bir biriga ko'ngil qo'ygan yoshlar boshiga ayriliq tushadi. G'aribni surgun qilishadi. Oylar o'tadi. Bu orada Shohsanamning to'yi boshlanadi. Shohsanam ko'shki oldidan mamlakatning mashshoqlari, hofizlari qo'shiq kuylab o'tadilar. Tashqi qiyofasini o'zgartirgan Oshiq G'arib ham ko'shk oldidan qo'shiq aytib o'tadi. G'aribni tanib qolib, kishanband qilishadi va osish uchun ko'zlarini bog'lab dor oldiga olib kelishadi. G'arib jabru-jafo, zulm-fitna haqida qo'shiq kuylaydi. Farzandi dog'ida ko'zlari nuridan ayrilgan ona Oylar begim - Rajabbibi Boyjonova ariya kuylab o'rtaga chiqadi:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Uzoq yerdan kelgan, aziz mehmonim, Bolamga o'xshaydi ovozing sani. Tez xabaring bergil chiqmasdan jonim, O'g'limga o'xshaydi ovozing sani.

Majolim ketibdi, holim ketibdi, Davlatim ketibdi, molim ketibdi. G'aribjonim - mening o'g'lim ketibdi, O'g'limga o'xshaydi ovozing sani Bolamga o'xshaydi ovozing sani.

Yuqoridagi tarixiy voqeaga asoslanadigan bo'lsak, bu ariya tomoshabin uchun kulminatsion nuqta bo'lganligiga yaqqol misoldir. Hali ikkinchi jahon urushining tafti qalbida bosilmagan onalarning, qalblarini titratgan ohang! Kimningdir turmush o'rtog'i, kimningdir akasi yoki ukasi, kimningdir otasi, kimningdir farzandidan qora xat kelgan payti chekkan dod-faryodlari ushbu ohangda o'z aksini topgan bo'lsa ajab emas! Balki, tomoshabin shu sahna orqali yo'qotganlari qaytishiga umid qilgan, yoxud qalb-qalbidan suhbatlashgan yoki vidolashgandir!

1958 yili magnit tasmaga yozib olingan radiospektaklni tinglar ekanmiz, spektakl uchun bastalangan kuylar, ariyalar, aktyorlar ansambli va ijodiy jamoaning yuksak mahoratiga tan bermasdan iloj yo'q. Rejissyor tomonidan barcha ijodiy

"OVOZING SANI"

Andante

I

3

U-zoq yer-dan kel-gan a-ziz meh-mo-nim O'g^ lim - ga o'x-■ > ^ i i

i i? J> i J»

shay - di (yey)

o - vo-zing sa - ni.

t

> > i JM Jn^i

m

4

Tez xa- ba - rin ber-gin chiq-mas-dan jo-nim

Bo lam - ga o'x-

í? J

shay-di(yey)

o-vo-zingsa-ni.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jarayonlar badiiy-g'oyaviy yechimga xizmat qilishiga guvoh bo'lamiz. Ayniqsa, spektakl uchun bastalangan uvertyura spektaklning badiiy-g'oyaviy yechimiga xizmat qilishi hamda tomoshabinni spektakl muhitiga olib kirishi muhim ahamiyatga egadir. Radiospektaklni tinglar ekanmiz, hayolimizdan teatr sahnasida namoyish etilgan jonli spektaklni ko'rgan tomoshabinning hayrati, hayojoni va tuyg'ulari o'tadi. Yuqoridagi haqiqatning naqadar asosli ekanligiga ishonch hosil qilamiz.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, teatr sahnasida yaratiladigan spektakllar zamona zaylining dardi bilan sug'orilgan, hayotiy haqiqatlarni o'ziga singdirgan g'oyalar asosida badiiylik bilan yo'g'rilsagina tomoshaviyligi ortadi va tomoshabinning qalbidan joy oladi. Ana shunda yillar o'tsada bunday sahna asarlar tildan tilga ko'chib, tomoshabin mehrini qozonadi hamda qalblarda muhrlanib qoladi.

REFERENCES

1. Aristotel. Poetika. -T.: G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at, 1980.

2. Belinskiy V. Tanlangan asarlar. -T.: O'zbekiston nashryoti, 1955.

3. Inomxo'jayev S. Badiiy o'qish asoslari. -T.: O'qituvchi, 1973.

4. Knebel M. O. Poeziya pedagogiki. -M.: Iskusstvo,1976.

5. Maxmudov J, Maxmudova X. Rejessura. -T.: O'zDSI, 2005.

6. Stanislavskiy K. S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. -T.: Badiiy adabiyot, 1965.

7. Stanislavskiy K. S. San'atdagi hayotim. -T.: Badiiy adabiyot, 1965.

8. Usmonov R. Rejessura. -T.: Fan, 1997.

9. Qodiriy A. Ijod mashaqqati. T: O'qituvchi, 1995.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.