Научная статья на тему 'FARG‘ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA MILLIY DRAMATURGIYANING SAHNAVIY TALQINLARI'

FARG‘ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA MILLIY DRAMATURGIYANING SAHNAVIY TALQINLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
105
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqali drama / ijodiy jamoa / spektakl / aktyor / obraz / kulminatsiya / xarakter / rejissor.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Charos Xamidulla Qizi Raximova

Ushbu maqolada milliy dramaturgik asarlarning sahnaviy talqinlari o‘z davrining yutuq va kamchiliklarini aks ettirishi, muammo va unga ijodkorlar tomonidan taqdim etilajak yechim ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Seni sog‘indim” spektakli orqali ijodiy jamoaning repertuar shakllantirishdagi izlanishlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA MILLIY DRAMATURGIYANING SAHNAVIY TALQINLARI»

FARG 'ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA MILLIY DRAMATURGIYANING SAHNAVIY TALQINLARI

Charos Xamidulla qizi Raximova charosraximova961 @gmail.ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy dramaturgik asarlarning sahnaviy talqinlari - o'z davrining yutuq va kamchiliklarini aks ettirishi, muammo va unga ijodkorlar tomonidan taqdim etilajak yechim ekanligi haqida so'z yuritiladi. Farg'ona viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan "Seni sog'indim" spektakli orqali ijodiy jamoaning repertuar shakllantirishdagi izlanishlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: musiqali drama, ijodiy jamoa, spektakl, aktyor, obraz, kulminatsiya, xarakter, rejissor.

STAGE INTERPRETATIONS OF NATIONAL DRAMA IN THE FERGANA REGIONAL MUSICAL-DRAMA THEATER

Charos Xamidulla kizi Rakhimova charosraximova961 @gmail.ru Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the stage interpretations of national dramatic works - the reflections of the achievements and shortcomings of their time, the problem and the solution that will be provided by the creators. The play "I Miss You", staged at the Fergana Regional Musical Drama Theater, analyzes the creative team's research in the formation of the repertoire.

Keywords: musical drama, creative team, performance, actor, image, climax, character, director.

Ma'lum davrning ijtimoiy hayot silsilasida hukm surayotgan qarashlar: mafkuraviy ong hamda muayyan axloqiy-huquqiy me'yorlar, san'atning boshqa turlaridan farqli o'laroq, insonlar e'tiboriga sahnaviy asarlar talqinida uzatilishi nisbatan faol madaniy hodisa sanaladi. [1, 82]

Binobarin, teatr sahnasida namoyish etilajak asarlar mavjud davr hayot tarzining amaliy in'ikosi sifatida, tomoshabinga tatimliligi, yuqumlilik reaksiyasining o'ziga xosligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o'z navbatida, bugunning dolzarb muammolari, real hayotda tipiklik kasb etuvchi ijtimoiy hayot manzaralarni tomoshabin ko'z o'ngida gavdalantirib, jamiyat a'zolarini o'ylantiradigan og'riqli

savollarga to'laqonli javob topib bera oladigan badiiy-ijroviy pishiq, g'oyaviy jihatdan mustahkam sahna asarlari taqdim etishni talab qiladi.

Bugun mamlakatimizdagi teatrlar faoliyatida ijobiy siljishlar, aytishga arzigulik ijodiy jonlanishlar yuz bermoqda. O'zbek xalqi jahon teatr madaniyatining deyarli barcha turlarini egallagan. Lekin xalqimiz o'z xarakter xususiyati va milliy an'analariga tayangan holda professional teatrning yangi o'ziga xos turi - musiqali dramani yaratgan. [2, 64] Shu bois, nafaqat poytaxt teatrlarida, balki viloyatlar miqyosida ham, so'nggi yillarda qator ijodiy izlanishlar hamda tomoshabin ma'naviy ehtiyojiga muvofiq asarlar namoyish etilayotgani quvonarli holdir. Xususan, bu borada Farg'ona viloyat teatrlarida zamonaviy mavzudagi spektakllar ijroviy pishiqligi, mazmunning davr ruhiga hamohangligi bilan alohida e'tirofga molikdir.

Ma'lumki, Farg'ona viloyati musiqali drama teatri mamlakatimiz. madaniy qiyofasining shakllanishida o'ziga xos muhim o'rin tutib kelgan. Shu bois, tear san'ati yo'nalishida amalga oshirilayotgan izlanishlar xususida so'z borar ekan, farg'onalik san'atkorlar faoliyati haqidagi kuzatishlarimizni havola etishimiz o'rinlidir. Bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri sanalayotgan yoshlar mavzusi, ularning dunyoqarash va e'tiqodlari masalalariga bag'ishlangan sahna asarlari Yusufjjon qiziq Shakarjonov nomidagi viloyat teatrida tomoshabinlarga taqdim etildi. Jumladan, dramaturglar A.Abdug'afurov hamda M.Komiljonovlar asari asosida sahnaga qo'yilgan "Seni sog'indim" spektakli ilk premyeradanoq, tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Rejissyor Muhammadsoli Yusupov sahnalashtirgan ushbu asar hozirgi mustaqillik sharoitida o'sib-ulg'ayayotgan yosh avlod hamda zamondoshlarning axloqiy mezonlariga salbiy ta'sir etayotgan ma'nan tuban, riyokorona muhit vakillari - jinoiy to'dalar va ularni fosh etishda biz bilan yonma-yon yashayotgan davrimiz qahramonlarining ma'naviy jasoratlari yuksak professional ijrosi bilan tomoshabin olqishini qozondi. Asarda jamiyat a'zolarining ma'naviy dunyosidagi tanazzuliy jihatlar bolgan g'ayriinsoniy chirkin illatlar - o'g'rilik, qotillik, tanfurushlik, odam savdosi, poraxo'rlik hamda qimorbozliklar, ularga qarshi elning asil farzandlari bo'lgan iymonli insonlar tomonidan olib borilayotgan murosasiz kurashlar o'zining sahnaviy ifodasini to'laqonli shakllantira olgani ahamiyatlidir.

Spertaklning boshi - prologdanoq, endigina mustaqil hayotga kirib kelgan Beshkapalik Diyorbekning tasodif tufayli guldek yoshligini allaqachon izdan chiqarib, nopok yo'llarni ixtiyor qilgan, boshi berk ko'chaga kirgan qimorboz tengqurlari - Ibo va Tillo kabi chirkin shaxslarning pul, boylik yo'lida har qanday tubanliklardan tap tortmasliklari yoritiladi. Aynan mana shu ko'rinishdayoq, o'tkir konflikt yuzaga keladi va mana shu tarang vaziyat spektaklning har bir ko'rinishlariga ma'lum darajada o'z kuchini saqlagan holda, barcha personajlar taqdiriga ham ma'lum darajada salbiy ta'sir kuchini o'tkazib, ko'plar hayotining

butunlay izdan chiqarishga muvaffaq bo'ladi. Taassuflar bilan aytish mumkinki, spektakldagi bunday badbin kimsalar o'zga yurtlardan kelib, tinchimizni buzayotgan begonalar emas, o'z zamondoshlarimiz, millatdoshlarimiz! Ularning tubanliklari nafsiga qul kimsalar - haqiqat, adolat izlovchi, sururga intiq, pokiza qalblar tasavvuriga nayza bo'lib sanchiladi.

Zamondoshlarimizni ma'naviy tubanlik qa'riga tortayotgan bu kabi nafs qullariga nisbatan dadil va murosasiz kurash uchun yo'lga chiqqan pok iymonli Sultonning Vatanga, o'z kasbiga sodiqligi, vatandoshlariga bo'lgan cheksiz muhabbati spektaklning boshdan oxiriga qadar bo'lgan har bir ko'rinish hamda vaziyatlarda o'z ifodasini namoyon etib turadi. Zero, tubanlik ajdaholari qarshisida ham mustahkam e'tiqodiga xiyonat qilmagan Sultonning sahnaviy talqini aynan iste'dodli aktyor Muhammadsoli Yusupov tomonidan mahorat bilan ijro etilib, mazkur dramatik obrazni xarakter darajasiga olib chiqishga erishdi. Aytish mumkinki, spektakl davomida ko'z oldimizda o'z dunyosi, o'z orzu-intilishlariga ega, mag'rur, iymonli va pok qalbning yorqin obrazini ro'y-rost aks ettira oldi.

Spektaklda detektiv lavhalar ko'p bo'lgani sababli, sahnadagi o'tkir syujet tomoshabinning diqqatini chulg'aydi. Dramadagi voqealar mamlakatimizning turli joylarida, jumladan, markaziy shaharlaridan biri - ziyoli oilasida, badbin kimsalar makonida, boshqa o'rinlarda, chet ellarda yuz berib, xorijdagi yurtdoshlarimiz hayotida ro'y berayotgan o'tkir dramatik lavhalar bilan to'yintirilgani asar qimmatini yanada oshirib, tomoshabin ma'naviy olamining kengayishi, ruhiy mushohadaning qizg'in tus olishiga zamin yaratadi. Spektaklning ko'plab o'rinlarida boylik, pul, mol-dunyo uchun vijdonini ham sotishga tayyor ayrim betayin kimsalar shafqatsiz tanqid ostiga olinadi va insonlarni ogohlikka chaqiradi. Qolaversa, Vatanga muhabbat, o'z mamlakati bilan faxrlanadigan insonning eng buyuk ishlarga qodirligi spektaklda butun mohiyati bilan namoyon bo'ladi. Unda viloyat prokurori Sulton hamda uning safdoshlari - jinoyat-qidiruv bo'limi xodimlari (Zulunbek) timsolida yurtdoshlarimiz, yurtimiz tinchligi uchun olib borilayotgan kurashlar tomoshabin ko'z ongida mahoratli ijro vositasida gavdalantiriladi.

Spektaklning yana bir tarbiyaviy qimmati jihati shundaki, unda sahna va tomoshabin o'rtasida ruhan ma'naviy aloqadorlik - parallelizmning mavjudligidir. Turli yoshlarga mansub tomoshabinlarga muvofiq tarzda, sahnadagi hayotda ham turli avlod vakillari namoyon bo'ladi. Ya'ni, o'smirlik, yoshlik, o'rta yosh hamda keksalik davridagi insonlarning o'y-kechinmalari, ularning hayotga qarashlari sahnada o'ta ishonarli tarzda namoyon etib beriladiki, har bir tomoshabin o'zini o'ylantirayotgan va qiynayotgan jumboqlarga, hayot sinovlariga, beixtiyor spektakl davomida yechim topa oladi va yosh xususiyatlariga ko'ra mushohada yuritish imkoniyatiga ega bo'ladi. Masalan, Bahodir (Ohistaning o'g'li) qiyofasida o'smir kechinmalari, uning hayot kuzatishlari, mulohazalari, o'zi kamol topayotgan oila

hamda jamiyat (mahallasi, maktabidagi o'rtoqlari) borasidagi sodda, bolalarcha qarashlarining guvohi bo'lamiz. Xususan, Bahodirga oilada halollik tarbiyasi yetarlicha singdirilgan. Bola bobosiga havas qiladi, uning halol, rostgo'y insonning hurmatli bo'lishi haqidagi fikrlaridan ruhlanadi. Ammo Bahodir shunchaki bola emas. Uning ham o'z qarashlari, fikri bor. Mahalladagi tengdoshlari orasida yuz bergan zo'ravonlik holatini ko'rganda, haqsizlikdan bola qalbi isyon qiladi. Ammo odamning to'niga qarab muomala qilishga moyil ba'zi tengqurlari oldidagi vaqtinchalik mag'lubiyatidan qalbi parchalanadi. Mazkur lavha tomoshabinlar qatorida o'tirgan o'smir-yoshlar uchun ham saboq bo'lishi shubhasiz. Qolaversa, jamiyatimizning tayanchi, yurtimizning egalari bo'lgan yoshlarning tipik timsoli bo'lgan Jahongir (Sultonning o'g'li) misolida yoshlarning bugungi kunda baxtini yurtimizdan emas, chet ellardan izlab, katta boylik orttirsa-da, asl jannat Vatanda ekanini voqealar rivojida anglagani, bilimdon, ishbilarmon iqtisodchi sifatida Vatanga qaytib, yurt ravnaqiga hissa qo'shishdek ulkan ishga bel bog'lagan yoshlarimizning tipik qiyofasini ko'rish mumkin.

Spektakldagi o'rta yoshga mansub, ya'ni oila qurib, farzandlar ko'rgan, bir so'z bilan aytganda, oila deb atalmish kichik bir shakllangan jamiyat egalarining ijtimoiy hayot tarzidagi kuzatishlari, o'zlarini qiynayotgan muammolarga yetarli yechim topa olishlarida Ohista, Madiyor, Kenja, Xudoyberdi kabilar yaratgan xarakterli ijroviy mahorat ma'naviy kalit vazifasini o'tay oladi, desak, mubolag'a bo'lmas. Qolaversa, Vasila kabi ayol nomiga dog' tushiradigan badnafs, buzuqfe'l shaxslar, Xolida kabi aldanib, odamfurushlar iskanjasiga tushib qolgan bilimsiz, huquqiy ongsiz yoshlar muammolari sahnada mahorat bilan ochib berilgan. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, spektaklning boshidan oxiriga qadar aktyorlar va tomoshabin o'rtasida so'zsiz, sharh va tushuntirishlarsiz ruhiy muloqot ustuvor bo'lishi tabiiy. Bunda har bir tomoshabin sahnada o'zi yoki tengdoshini ko'rishi, bu boradag barcha muammoli vaziyatlardan yetarli darajada xulosa chiqarishi mumkin. Mana shu jihatdan, teatr tomoshabin oldidagi o'zining "ibratxona" deb atalgan buyuk mas'uliyatini to'laqonli ado eta olgan, deyishga asos bor, albatta.

Ayniqsa, M.Yusupov (Sulton), Y.Hotamova (Shohista - Sultonning ayoli) ijrosidagi obrazlarda chin insoniy xususiyatlar, namunali hayot ramzini ko'rish mumkin. Spektakl asar qahramonlarini zulmatdan yorug'likka chorlovchi yo'lning o'ziga xos timsollari orqali yakun topadi.

Umuman olganda, spektakl teatrning navbatdagi sezilarli yutuqlari sirasidan bo'lib, u yurtdoshlarimizni mustaqil vatanimizga nisbatan muhabbat, haqgo'ylik, poklik, prinsipiallik kabi ozod jamiyat quruvchisining xarakteri uchun zarur xislatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

"Seni sog'indim" spektaklining asosiy salmog'ida drama ustuvorlik kasb etadi. Ammo spektaklning ayrim o'rinlarida (ona-bola Shohista va Ohistalar tomonidan)

qo'shiqlar ijro etilganki, bu holat asarda oz bo'lsa-da, musiqali drama elementlari mavjudligini anglatadi.

Spektaklning yana bir yutuqlaridan biri - unda personajlar nutqi yordamida xarakter yaratish mahoratining ustalik bilan amalga oshirilganligidir. Bu holatni sahnaning 1-ko'rinishidanoq, ya'ni, Sultonning tug'ilgan kuniga tashrif buyurgan kuyovi Madiyor bilan bo'lgan dialog asnosida uchratish mumkin. Zotan, Sulton tomonidan kuyovi Madiyorga "... yolg'onchilikka tanlov e'lon qilinsa, g'olib chiqasiz..." degan e'tirozidanoq, tomoshabin odam savdosi bilan yashirin shug'ullanayotgan kuyovning fe'l-atvori haqida yetarli darajada tasavvur hosil qilishi ehtimoldan xoli emas. Qolaversa, santexnik Xudoyberdi () ning biroz dovdirroq, qolaversa, chapani, do'lvori, ammo, sodda, ko'nglida g'ubori yo'q inson ekanligini uning quyidagi so'zlaridan ilg'ab olish mumkin: "Qolgan ustalar ishni trost bilan qilsa, men... mana shu qo'llarim bilan qilaman... shest sekund!!!" yoki tug'ilgan kun dasturxonida noyob meva sifatida apelsinni ko'rgach, hayratini yashirolmay, "apelsindan bir donagina olsam." degan jumlalaridan tinglovchi uning xarakteridagi turfa chizgilarni ko'ra olishi mumkin. Xudoyberdining so'zlariga qaraganda, "bu shaharda uni hamma taniydi, u ham deyarli hammani taniydi', faqat shu xonadonni -o'z tili bilan aytganda, "5-dom, 36-kvartirani"gina bilmas ekan! U ochiqko'ngil, hatto sal-pal biladigan odamiga ham darrov yaxshilik qilishga tayyorligi, xonadonda nima yumush bo'lsa, doim unga hozir-u nozirligini aytib, hammada yaxshi taassurot qoldirishni xohlaydigan inson. Xudoyberdiga nima xizmat buyurilmasin, u ana-mana deguncha barini "shes sekund"da hal qilishini aytganda, uning so'zi bilan ishi bir bo'lmasa-da, mehnatkash va anchayin afanditabiat odam ekanligi yuzaga chiqqan. Ba'zida esa o'zi kelgan joydagi xonadon egasida ham ba'zi yumushlarda qarashib ketaveradi. Bu o'rindagi personaj xatti-harakatlarining laganbardorlikdan xoli ekanligini, bu xatti-harakatlar va barcha jonbozliklarni o'zi o'ylagandek, "hurmatli xonadon sohiblari"ning mehrini qozonishi uchungina ekanligini ilg'ab olish qiyin emas. Xudoyberdining o'rnida boshqa odam bo'lsa, u bunday "jonbozlik"larni o'ziga ep ko'ravermaydi, albatta. Lekin Xudoydergi parvo ham qilmaydi. U mehmonlar oldida qanday o'tirdim, bilib gapirdimmi yoki bilmaymi; qanday javob qildim, qanday kulimsiradim, deb tashvishlanib ham o'tirmaydi, birovlarning oldida obro'si to'kilishidan ham umuman cho'chimaydi. U afandife'l inson va mana shu fe'l-atvor aktyor A.Akramov tomonidan yetarli darajada mahorat bilan sahnaga olib chiqilgan. Binobarin, ijro katta mahorat ijodiy mehnat bilangina tomoshabinni hayot haqiqatiga ishontira oladi va muayyan shaxs timsolida, ma'naviy dunyosidagi o'y-qarashlar hamda tuyg'ularni tomoshabinga yuqtira biladi.

Spektaklning atigi ikkita lavhasida ko'ringan personaj - Kenja ham chigal taqdir sohibi sifatida e'tiborimizni tortadi. Uning yigitlik davri Afg'on urushi yillariga to'g'ri keladi. Sirtdan qaraganda, Kenjaga afg'on urushi tufayli, shu urush va asirlik

sabablari o'iaroq, vatangadolik qismati bitilgandek. Ammo, asosiy sabab bunda ham emas. Yigitning o'tmishidan chirkin va nopok dog'lar bugungi vatangadolikning asl sababchisidir. Sirtdan qaraganimizda, aslida, Kenja, umuman yomon inson emas. Shuning uchun ham, Xudoyberdining oilasiga xiyonat qilishdek jirkanch qilmishi uchun o'zini kechirolmaydi. Bu yerlardan, o'z gunohlaridan uzoqlashish uchun armiyaga ketib qoladi. Kenja o'zini qiynayotgan adoqsiz vijdon azoblarida qovrilib, aslida yo'l qo'ygan nopok xatolaridan yiroqlarga qochmoqchi bo'ladi.

Ehtimol, o'g'irlik yoki qotillik qilgan olchoqning siri sirligicha qolar. Ammo, xiyonat fosh bo'lmay qolmaydi. Negaki, xiyonatni bir odam qilmaydi - albatta, sherigi bo'ladi. Faqat afsuslanarli tomoni shundaki, xiyonatdan ozor chekkan odam bu sirdan eng oxirida xabar topadi. Xudoyberdining ham boshiga ana shunday baxtsizlik yog'ilgan: ishongan inson - xotini Vazira o'zining munofiqligi va yengiltabiatliligi bilan bir vaqtning o'zida ikki insonning hayotini izdan chiqarib yuboradi. Bular sodda va ishonuvchan (Vaziraning so'zlari bilan aytganda, "laqma"!) Xudoyberdi hamda aslida insofli, ammo nafsini tiyishdan ojiz bo'lgan bo'z yigit Kenja edi. Xudoyberdi bu xiyonatdan so'ng hayotga bo'lgan qarashlari ham, tuyg'ulari ham mutlaqo o'zgarib ketadi. Odamlarga bo'lgan ishonchi qurib bitgan bir jo'mard yigit spektaklning boshida ko'rganimiz do'lvori va afanditabiat Xudoyberdiga aylanib qoldi.

Kenjavoy Sulton bilan bo'lgan Germaniyadagi uchrashuvda boshidan o'tgan voqealarni aytib, vatandoshlari oldida yuzi shuvut ekanligini afsus-nadomat bilan so'zlar ekan, Vatan sog'inchida o'pkasi to'lib yig'laydi. Mustaqillik qarashlaridan ma'naviy dunyosi oziqlanmagan Kenja Sultonga Vatani haqidagi qo'shiqni xirgoyi qiladi. Bu uning bolalar uyida o'rgangan "С чего начинается Родина?" qo'shig'i edi. Sulton Vatandan yigirma yildan ko'proq vaqt yiroqda bo'lgan bu yigitning dardini his qilar ekan, bugun Vatan mustaqil ekanini, endi bizning o'z yurtimiz, o'z tilimiz, ona xalqimizning muqaddas qadriyatlari ustuvorligini, shuningdek, yurt muhabbati bilan sug'orilgan o'z qo'shiqlarimiz borligini aytar ekan, Kenjavoyga Ma'murjon Uzoqov qo'shiqlari yozib olingan audiodiskni beradi. Spektaklning mana shu o'rinlarida ham aktyorlarning rol ijrosi ichida yashay olishi, undagi hayotiy lahzalarini his qilishimiz mumkin.

Aktyorning xarakter yaratish mahorati iste'dodli ijodkor Muhammadsoli Yusupov ijrosida yana bir bor yorqinroq namoyon bo'ladi. Spektaklning boshidan oxiriga qadar, uning hayotdagi o'ziga xos insoniy tiynati, yashashdagi maslag-u tamoyili, dunyoqarashi va e'tiqodi to'laqonli tarzda bo'y ko'rsata olgan. U maslak va e'tiqodiga sodiq, iymoni butun inson. Butun umri davomida hayot so'qmoqlarida diyonatni o'ziga asosiy maslagi deb bilib, mazlumlarni qo'llagan, xizmat vazifasiga sodiq yashaydi. Uning butun umri vatan va xalqqa muhabbat g'oyalari bilan to'lib-toshganini ko'rish mumkin. O'z hayotini so'nggi yillarda sarhisob qilar ekan,

ikkitagina xatosidan iztirob chekadi, o'rnini to'ldirib bo'lmas xatosini butun umr to'g'rilay olmaganidan nadomatlar girdobida vijdonan qiynaladi. U dastlabki xatosini Diyorbekning qamalishiga hukm chiqarishi, deb biladi. Endigina mustaqil oilaviy hayotga kirib kelayotgan, hali-veri yaxshi-yomonni ajratib ulgurmagan Beshkapalik Diyorbekning tasodif tufayli guldek yoshligini allaqachon izdan chiqarib, nopok yo'llarni ixtiyor qilib, boshi berk ko'chaga kirgan qimorboz tengqurlari - Ibo va Tillo kabi manfur shaxslarga o'z ixtiyoridan tashqari holda qo'shilib qolib, kutilmagan qotillikka sherik bo'lib qolishi sabab, Sulton tomonidan shunday mazmunda sud hukmi o'qilgan edi. O'sha paytda jinoyat ildizlarini to'liq tahlil qilmay, adoqsiz afsusda qolgan Sulton bu adashgan yigitni qamoqdan ozod qilish uchun harakat qiladi. Ammo, fursat o'tgan, tabiatan ta'sirchan va irodasi kuchsizroq bo'lsa-da, oriyat va uyat hissi kuchli bo'lgan Diyorbek oilasi, yaqinlarining oldida yuzi shuvut bo'lganiga chidayolmay qamoqda o'z joniga qasd qiladi. Yo'l qo'yilgan xatoni tuzatishning imkoni bo'lmaydi. Ammo vijdon azobida qolgan Sulton Diyorbek oilasi, uning yaqinlari oldida o'zini baribir, aybdor his qilar ekan, ularni qarovsiz qoldirmaydi. Yillar o'tgach, Diyorbekning farzandi bo'lgan Madiyorni o'ziga kuyov qiladi. Ammo hayot charxpalagi yana teskari aylanadi: Madiyor chet eldagi gumashtalari bilan kelishib, o'z yurtidan 6 nafar qizni firibgarlik yo'li bilan xorijga yuboradi. Qilmishi oshkor bo'lib qolgach, noqonuniy yo'llar bilan Germaniyaga qochib ketadi. O'z vakolatidan unumli foydalana olgan Sulton kuyovini Germaniyada topar ekan, unga, suhbat asnosida "Sen murdorsan!" - deb aytadi. Ayniqsa, spektaklning 3-ko'rinishida Sulton xarakteridagi eng buyuk fazilat - vatanparvarlik yanada yorqin namoyon bo'lgan. Vatan tuyg'usining naqadar nodir fazilat ekanligi, bu tuyg'u zamirida o'zbek yurt, o'zbek xalqi va o'zbekona milliy tiynatning mushtarak ekanligini ilg'ab olish u qadar qiyin emas. Dramadagi qahramon nutqining sahnaviy ijrosidagi mahorat sabab, Vatan tuyg'usi borasidagi muammoli qarashlarga tomoshabin to'la-to'kis javob topa oladi!

Spektaklda Sulton va Madiyor uchrashuvidagi quyidagi sunbatga e'tibor qarataylik:

Sulton. Yurtdoshlaringni-ku, sotgan eding, endu vataningni ham sotdingmi, xoin?!

Madiyor. Unday demang, dada! Bu yerga kelganimdan beri na yotarimda, na turarda halovatim bor. Politsiya meni tinch qo'ymayapti. Jahongirning oldiga kirolmayapman. Kirmoqchi edim, hech ilojini topolmadim... Bu yerga kelganingizni anovi kampirdan eshutib, undan iltimos qilgandim, dada.

Sulton. Inson o'z taqdirini o'zi yaratadi. Kimlardir halol yo'l bilan, senga o'xshaganlar esa, harom yo'l bilan... Haromning oxiri esa, doimo xorlig-u zorlik bo 'lgan. Bunga endi o'zing ham guvoh bo 'lib turibsan.

Madiyor. Pushaymonman, dada.

Sulton. Endi keck.

Madiyor. Ko 'zim ko 'r ekan.

Sulton. Ko 'r ham yo 'lini topib yuradi.

Madiyor. Ha... Men adaskdim... Pul, boylik deb, izzatimdan ayrildim... Menga rakmingiz kelsin, dadajon...

Sulton. Rakm-skafqat beva-bechoralarga, yo 'qsillarga qilinadi. Senga o 'xshagan jinoyatchilarga esa faqat bitta yo 'l: u ham bo 'lsa, jazo!

Madiyor. A?! Ax!!! Siz odamlarni jazolab o'rgangansiz! Qancka-qanckasini jazoladingiz, qanchasini qamadingiz! Xo 'sh, bundan nima topdingiz? Topganingiz o 'sha alamzadalarning qarg 'ishimi? A???

Sulton. Haq bilan nokaqlikning qadriga yetdim. Har doim adolat izladim. Qarg'ish hammaga ham tegavermaydi. Nokaslarning qarg'ishi esa, faqat o'ziga tegadi.

Madiyor. Dada! Axir men begona emas, kuyovingizman-ku!

Sulton. Afsus, mana shu narsa meni o 'rtaydi. Yomonlarni jazolayveribman-u, ickimda ilon yotganidan bexabar qolibman. Qanday qilib seni kimoya qilay?!

Madiyor. Ha, men adashdim, adashdim... Haliyam kech emas. Meni o'z himoyangizga oling. Hech bo'lmasa, qizingizga, bolalarimizga rakmingiz kelsin! (Yerga boshini urib, yerni mushtlabyig'laydi.)

Sulton. Tur o^rningdan!!! Shu qadar ojiz, qo'rqoq, notavonmisan? Seni, yana aytaman, qanday qilib himoya qilay?! Endi qarigan chog'imda sening jinoyatlaringga sherik bo'laymi? Bola-ckaqangga ackinar ekansan, nega buni avvalroq o'ylamading? Sen... Sen hozir razolat botqog'iga bo'yninggacha botib ketgansan. Endi bu botqoqdan sening ckiqisking - amrimakol. Gap sku: sening oldingda ikkita yo 'l turibdi: biri - o 'zingni politsiyaga topskir. Sening bu yerdaligingdan ular xabardor. Yaxskisi, ikkinckisi - Vatanga borib, o'zingni topskirasan. Xor-u zorlikda, o 'zga yurtlarda o 'lib ketgandan ko 'ra, o 'z yurtingda, sku yurt kavosidan nafas olib, (keck bolmasa) qilmisklaring uckun berilgan jazoni

0 'taysan-ku! Boshqa yo 'l yo'q! [3]

Ushbu ko'rinishdagi mana shu dialog sahnasi spektakldagi voqealarning eng avj nuqtasi - kulminatsiyasi hisoblanib, uning yechimi hisoblangan lavhalar uch yildan so'nggi voqealar sifatida havola etiladi.

Tomoshabin teatrga tashrif buyurar ekan, namoyish etilayotgan sahna asaridan ma'naviy saboq, hayotiy ibrat olib ketmog'i zarur. Aynan mana shu ijodkorlik talabiga mazkur asar yetarlicha javob bera olgan, desak, aslo mubolag'a bo'lmas. Chunki, asar oxirida tomoshabinga aytilajak o'gitlar bosh qahramon - Sultonning quyidagi monologi orqali yanada yorqinroq namoyon etib beriladi:

"Donishmanddan so 'rabdilar:

- Siz uckun eng aziz, eng muqaddas narsa nima?

- Vatan! - deb javob beribdi u.

- Sabab?

- Sababi, kindik qonim to 'kilgan zamin, mening onam, meni allalab, beshigimni tebratib kamolga yetkazgan Vatan... Vatan bilan onaning bir-biriga taqqoslanishining boisi ham shunda. Bolalarim! Har bir inson o'zi tug'ilib o'sgan yerida ildiz otsin, kamol topsin.

Vatan tarkini bir nafas o'ylama,

Ya 'ni ranj-u g 'urbat havas aylama!" [4]

Biz mulohazalarimiz avvalida "in'ikos" atamasini bejiz keltirmadik. Xususan, teatr ijrosi uchun tanlangan asar, hech bir istisnosiz, mavjud davrdagi hayot in'ikosi bo'lishi shart ekan, unda salbiy yoki ijobiy qahramonlar emas, balki, tirik inson qiyofasi, ya'ni turfa xarakterlar, turli-tuman dunyoqarash va e'tiqod egalari, shuningdek, inson bolasi qonidagi pok tuyg'ularga qarama-qarshi ravishda, iymondan yiroq xira tortgan kir qalblar o'rtasidagi omonsiz kurash lavhalari aktyorlarning mahoratli ijrosi vositasidagina tomoshabinga uzatiladi va chin insoniy tamoyillar tinglovchilar ma'naviy olamiga "yuqtiriladi"

"Seni sog'indim" spektakli har bir tomoshabinni befarq qoldirmasligiga aminmiz, albatta. Ammo, san'atshunos sifatida teatr tomoshalarining yuqori darajada sifatli bo'lishi borasida spektakl ijodkorlariga bog'liq bo'lmagan muammolar mavjuddirki, ularni aytib o'tmasak bo'lmas. Sahnaviy ijro mahorati har bir rol ijrochilari - xoh asosiy, xoh epizodik rollar bo'lsin, qiyomiga yetkazib, tomoshabinga havola etildi. Teatrning butun tarixi davomida zamonaviy mavzuni janr va tamoshabin estetik ehtiyojiga mos-tomoshaviy, ayniqsa, musiqali, omma didiga o'tiradigan, shu jumladan, janrning hamma talablari - yaxlit musiqiy dramaturgiyasidan tashqari ariya, duet, xor, raqs singari tarkibiy qismlarni o'zida jam etgan tarzda yaratilgan bo'lishi doimo dolzarb bo'lib qoldi. [5, 245]

Lekin sahna dekoratsiyasidagi mubham chizgilar, asar mazmuniga mos bo'lmagan tushuniksiz tasvirlar tomoshabin diqqatining jamlanishi, butun diqqat-e'tiborning ijroga jalb etilishiga ma'lum darajada to'sqinlik qilishi tabiiy. Bu holatga o'ta mas'uliyat bilan chek qo'yish bugunning kechiktirib bo'lmaydigan vazifalaridan biridir. Dekoratsiya, yoritish xizmatlari yuqori sifatga erishilgandagina, aktyorlar mehnati yuzaga chiqadi, tomoshabin o'zi ko'rayotgan sahna asaridan chuqur qoniqish hosil qilishiga erishiladi. Zero, sahnadagi boy dekoratsiya, buyumlar, detallarning zamonaviy ko'rinishlarda bo'lishi tomoshabin tasavvuridagi kundalik ijtimoiy hayot manzarasini sahnada to'laqonli, ishonarli gavdalantirib berilgandagina, real hayotiy tasavvurlarimizni boyitishi mumkin.

Hech qachon unutmaylik: teatr - tomoshabin yashab turgan hayotning mutlaq in'ikosidir. [6, 72]

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Olimova K. Bir asr bitiklari. - Toshkent: Istiqlol nuri, 2015, 82-bet.

2. Xamidjon Ikromov. "Davr va teatr." - "Musiqali teatr: tashabbus va ijro." "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" nashriyoti. Toshkent 2009 yil. 64 bet.

3. Premyera ijrosi vaqtidagi videoyozuvdan ko'chirib olindi.

4. O'sha manbaa.

5. Tursunov T. XX asr o'zbek teatri tarixi. (Monografiya) Toshkent: OzDSI bosm on axonasi, 2009-yil, 245-bet

6. Umarov A., Mirzahamdamov Z. Ho'qandi latif - san'at ayvoni. // Qoqon teatri tarixi zarvaraqlari. Farg'ona, 2011., 72-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.