Научная статья на тему 'TASDIQ VA INKOR KATEGORIYALARINING NAMOYON BO‘LISHI XUSUSIDA'

TASDIQ VA INKOR KATEGORIYALARINING NAMOYON BO‘LISHI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3611
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasdiq kategoriyasi / inkor / UGM / logika / hukm / K.A. Anatolyevna / Confirmation category / denial / UGM / logic / judgment / K.A. Anatolyevna

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shodmonaliyeva Yulduz Akramjon Qizi

Maqolada tasdiq va inkor kategoriyalarining xorij tilshunoslari va yurtimiz tilshunos olimlari tomonidan o‘rganilishi xususida so‘z boradi. Va tasdiq-inkor kategoriyalarining qay yo‘sinda namoyon bo‘lishi bir nechta misollar yordamida tahlilga tortildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE APPROVAL OF THE CATEGORIES OF APPROVAL AND DENIAL

The article deals with the study of the categories of affirmation and denial by foreign linguists and linguists of our country. And the way in which the categories of affirmation and denial are expressed has been analyzed using several examples.

Текст научной работы на тему «TASDIQ VA INKOR KATEGORIYALARINING NAMOYON BO‘LISHI XUSUSIDA»

Scientific Journal Impact Factor

О

TASDIQ VA INKOR KATEGORIYALARINING NAMOYON BO'LISHI

XUSUSIDA

Shodmonaliyeva Yulduz Akramjon qizi Termiz davlat universiteti lingvistika:o'zbek tili ta'limyo'nalishi 1-kurs

Magistranti

Annotatsiya: Maqolada tasdiq va inker kategoriyalarining xorij tilshunoslari va yurtimiz tilshunos olimlari tomonidan o 'rganilishi xususida so Z boradi. Va tasdiq-inkor kategoriyalarining qay yo'sinda namoyon bo'lishi bir nechta misollar yordamida tahlilga tortildi.

Kalit so'zlar: Tasdiq kategoriyasi, inkor, UGM, logika, hukm, K.A. Anatolyevna

Аннотация: Статья посвящена изучению категорий утверждение и отрицание зарубежными лингвистами и отечественными учеными-лингвистами. И все проявления категорий утверждение-отрицание подвергались анализу на нескольких примерах.

Ключевые слова: Категория подтверждения, отрицание, УГМ, логика, суждение, С.А. Анатольевна

Annotation: The article deals with the study of the categories of affirmation and denial by foreign linguists and linguists of our country. And the way in which the categories of affirmation and denial are expressed has been analyzed using several examples.

Keywords: Confirmation category, denial, UGM, logic, judgment, K.A. Anatolyevna

Inson o'z hayotiy tajribalari, kuzatishlari natijasida jamiyat va tabiatda yuz beradigan hodisalami, qonun-qoidalarni o'rganib boradi. Kishi ongida aks etuvchi fikrlar hayotiy tajribalar asosida to'plangan xulosalar bo'lib, negativ xarakterdagi logik kategoriyaga xos hodisalardir. Negativ holidagi (reallashmagan) fikr pozitiv holatiga o'tgach reallashadi. Boshqacha qilib aytganda, negativ fikr so'zlovchi shaxsgagina ma'lum, tinglovchiga esa noma'lum bo'lib, u pozitiv holatiga o'tgach, tinglovchiga ham oydinlashadi. Pozitiv fikr tilda gap orqali reallashadi. Tasdiq-inkor kategoriyasi (qisq. TIK) kesimdan anglashilgan fikrning tasdiq yoki inkorini ifodalaydi. TIKning UGMsi "tasdiq, inkor ma'nolarini ifodalash bilan gap kesimni shakllantirishda ishtirok etish, uning hol valentligiga ta'sir qilish"dir.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

0

Tasdiq-inkor ma'nosini ifodalashda nol shakl (tasdiq), -ma bo'lishsizlik shakli, emas, na yordamchi, yo'q mustaqil so'zlari (inkor) ishtirok etadi. Misollar: Majlis yarim kechagacha cho'zildi (O.Muxtor). Uzoqdan Navoiyning qorasi ko'ringunga qadar u amirning kelishiga ishonmagan edi (Oybek). Na xotin, na farzand ko'rmagan, kimsasiz bechora bir yigit (Uyg'un). Mening farzandim yo'q, gulbog'larim yo'q. (S.Nur.)

Bo'lishli-bo'lishsizlik kategoriyasini TIKdan farqlash lozim. Bo'lishli-bo'lishsizlik fe'lga xos va uning nokesimlik shaklidir. Bunda bo'lishsizlik shakli bo'lgan -ma ko'rsatkichining o'rnini aniq bilish lozim. Bu shakl boshqa (masalan, -gan shakli sifatdosh shakli sifatida boshqa paradigmadan, kesimni shakllantirishi bilan boshqa paradigmadan joy olganligi kabi) grammatik shakllardek ko'p vazifali (polifunksional) dir. U gap kesimi tarkibida kesimlik kategoriyasining UGMsidagi "gap kesimini shakllantirish" ma'nosini xususiylashtirganligi bilan bo'lishli-bo'lishsizlik kategoriyasidagidan boshqa bir qirrasini namoyon qiladi. Bu serqirra mohiyatli, ko'p funksiyali lisoniy birliklar kabi - ma shakli ham birdan ortiq paradigmadan o'rin olishini ko'rsatadi.

Tasdiq va inkor kategoriyasiga doir falsafiy va mantiqiy qarashlar rus va amerika tilshunoslari tomonidan ancha keng yoritilgan. Va ularga keyinchalik filologik nuqtayi nazardan yondashish ham amalga oshirilgan.

Maqolada tasdiq va inkor kategoriyalari xususida to'xtalib o'tilgan bo'lib, bunda bir nechta misollar orqali ular tarkibidagi leksik-semantik qarama-qarshilik xususiyatlari xususida so'z boradi. Jahon tilshunosligida tasdiq-inkor tadqiqiga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Adabiyot sifatida tasdiq va inkor kategoriyalarining lingvistik mohiyati bilan bog'liq bo'lgan ilmiy adabiyot, ilmiy maqola, monografiya va dissertatsiyalar tahlilga tortilgan. Ishimizda turli xil metodlar asos qilib olingan, xususan, tavsifiy metod va qiyoslash metodlari alohida o'rin egallagan.

Rus tilshunosligida K.A. Anatolyevna tadqiqotining obyekti tasdiq-inkorning tarkibiy-semantik kategoriyasi bo'lib, uning bevosita mavzusi ushbu toifaning gapning maqsadiga ko'ra ajratilgan har xil turdagi jumlalarda ishlashidir[1].

Tasdiq-inkor kategoriyasi falsafa, mantiq va tilshunoslikning asosiy kategoriyalaridan biri bo'lib, u voqelikning eng muhim xususiyatlari va tomonlari hamda uning bilish qonuniyatlarining aksidir. Bu tasdiq-inkor toifasini tilning eng

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

0

muhim toifalaridan biri sifatida tavsiflanadi. Ko'pgina tilshunos olimlar tasdiq-inkor kategoriyasini lingvistika(grammatika)dan alohida holda, ya'ni uni mantiq va falsafada o'rganishga urinib ko'rishgan. Va bu borada ancha-muncha ishlar qilingan. Strukturaviy va semantik yo'nalish sintaktik obyektlarni yaxlitligi, shakli va mazmuni birligida ko'rib chiqish bilan belgilanadi. Ushbu yo'nalishning nazariy prinsiplariga ko'ra tasdiq-inkor kategoriyasi o'z tarkibiga va o'ziga xos lisoniy ifoda vositalariga ega bo'lgan tarkibiy-semantik kategoriya sifatida talqin etiladi.Ushbu kategoriyaning ko'p qirrali mohiyatini va uning mazmun tomonining ko'p qirraliligini tushunmasdan turib, lingvistik tasdiq-inkor mohiyatini bilish imkonsiz. Abstrakt grammatik ma'no turi sifatida tasdiq- inkor kategoriyasi predikativ yadro tarkibiy qismlari o'rtasidagi munosabatni, subyekt-predikat munosabatlarining ijobiy yoki salbiy xususiyatlarini tavsiflaydi. Tasdiq-inkor kategoriyasi xususida rus tilshunosligida yana bir tilshunos olima S.B. Grigoryeva o'zining "Zamonaviy rus tilining sodda gaplarida tasdiq kategoriyasi" nomli ishida tasdiq kategoriyasining zamonaviy rus tilidagi sodda gaplarda falsafiy, lingvistik, mantiqiy, psixolingvistik nuqtai nazardan o'rganishning asosiy yondashuvlarini ko'rsatib bergan[2].

O'zbek tilida inkor kategoriyasi haqida ba'zi bir ishlar qilingan. Bu ishlar inkorning grammatik xususiyatlari ifodalanishi va dialektal xarakter kabi masalalarga bag'ishlangan[3]. Inkor odatda til vositalari yordamida va ular ishtirokisiz ham ifoda etiladi. Shunga ko'ra inkor kategoriyasini lisoniy va nutqiy planda tekshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Logik tasdiq va inkor kategoriyalari gapda xabar berishning xarakterli xususiyatlaridandir [4]. Gapning asosiy belgilaridan biri bo'lgan hukm tasdiq yoki inkor yo'li bilan hosil qilinadi. Tasdiq va inkor fikrlar orasidagina bo'lmay, tushunchalar orasida ham mavjud. Boshqacha qilib aytganda, tasdiq va inkor gap doirasida ham, so'z semantikasida ham aks etadi. Lekin tushunchaga xos inkor gapda fikriy inkorni keltirib chiqarmaydi, gapning tasdiq mazmuniga ta'sir etmaydi. Masalan, Aqlsiz kishgina shunday qilishi mumkin gapida aqlsiz so'zining (inkor formaning) ishtiroki gapning tasdiq mazmuniga ta'sir etmaydi.

Hatto inkor munosabati hosil qiluvchi juftlarning (antonimlarning)har biri alohida gaplarning kesimi bo'lib kelganda har ikki gap ham tasdiq mazmunida bo'ladi (biri tasdiq, biri inkor emas). "Darvin ta'limoti noto'g'ri", "Haqiqat shu qadar shirinki, totib ko'rging keladi. Shu qadar achchiqki, tilingni kuydiradi!" (O'. Hoshimov) - tasdiq gap. Shunga ko'ra gapga xos tasdiq va inkor munosabatini tushunchalar orasidagi antonimik muposabat bilan ara lashtirmaslik kerak. Inkor kategoriyasi gapda kesim orqali shakllanadi. Uning kesimda namoyon bo'lishi butun

Scientific Journal Impact Factor

О

gapga xos bo'lib, boshqa bo'laklarda ifodalanishi o'sha bo'lakkagina xosdir. Ya'ni gapning kesimi inkor formada bo'lsa, gapning o'zi ham inkor mazmunida bo'- ladi, Boshqa bo'laklardagi inkor formalar gapning tasdiq mazmuniga ta'sir etmaydi. " Oyog'i yerdan uzilmaganlar odam bo'lib qolgan". (O'. Hoshimov) «Kesimdagi inkor mumiy bo'lib, boshqa bo'laklardagi inkor xususiydir»[5]. Qiyos qilaylik: "Kiyik och qolmaslik uchun ko'kat yeydi." (tasdiq gap). "Ammo bir-birini o'ldirmaydi" — (inkor gap). Hukmga xos inkor odatda tasdiq gaplar zaminida lingvistik yoki nolingvistik vositalar yordamida hosil qilinadi. Tasdiqni ham turli xil vositalar bilan ifodalash mumkin. Shaytonga hay bering, polvon, chiqing endi. (T. Murod). Ushbu gapda tasdiq kategoriyasi ibora bilan ifodalangan.

Xulosa qilish mumkinki, tasdiq til foydalanuvchilari o'rtasida an'anaviy ravishda biron narsaga ijobiy munosabat, biror narsaga ruxsat, ijozat tarzida qabul qilinsa, inkor esa biror narsaga salbiy munosabatni anglatadi va bu kategoriyalar falsafa, mantiq va tilshunoslikning asosiy kategoriyalaridan biri bo'lib, u voqelikning eng muhim xususiyatlari va tomonlarining aksi hisoblanadi.

1. Анатольевна К. А. Категория утверждения/отрицания в функциональных типах предложений в современном русском языке, диссертации и автореферата по ВАК РФ 10.02.01, доктор филологических наук, 2011

2. Григорьева С.Б. Категория утверждения в простом предложении современного русского языка, УДК 81.367ББК 81.411.2-22Г 83

3. Нурмаханова А.Н. Тасдикни билдирувчи дарак гаплар // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1964. -№2. - Б. 52-57.

4. Rustamov T. Hozirgi zamon o'zbek adabiy tilida inkor kategoriyasi. Kand. diss.— 1956; Jumanazarov Yu . O'zbek tilining o'g'iz dialektnda inkor kategoriyasi. «O'zbek tili va adabiyoti»

5. Peshkovskiy А. M. Russkiy sintaksis v nauchnom osvevde-pii, M ., 1963, s. 387,9

6. Муминов К. Инкор категориясининг айрим стилистик хусусиятлари // Узбек тили ва адабиёти. 1981. - №4, 27-30 б.

7. Нурманов А. Тасдик ва инкор конструкцияларининг сигнифинатив оппозициялари // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1981. - №6, 28-31 б.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

8. Худойберганова З. Инкор ва тасдик гапларда шаклий муносабат. Узбек ва турк тилларида содда гапнинг структур-функционал хусусиятлари II. -Тошкент: Фан, 2004. - 121 б.

9. Лутфуллаева Д.Э. Тасдик гапларда инкор ва шаклий-мазмуний номувофиклик: Филол.фан.ном....дис. - Тошкент, 1997. - 140 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.