Научная статья на тему 'TASAVVUF ILMINING INSON PSIXOLOGIYASI BILAN O’ZARO BOG’LIQLIK JIHATLARI'

TASAVVUF ILMINING INSON PSIXOLOGIYASI BILAN O’ZARO BOG’LIQLIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
176
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf ilmi / nafas / psixologiya / komil inson / tariqat.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — K.B. Murotmusayev, R. Kamolova

Maqolada tasavvuf ilmi, uning darajalari, inson psixologiyasi bilan ayni bir shaklda ekanı yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASAVVUF ILMINING INSON PSIXOLOGIYASI BILAN O’ZARO BOG’LIQLIK JIHATLARI»

egallashida, komil inson bo'lib yetishishida idrokning ahamiyati muhim ekanini anglatadi. Shaxsni yetuk inson bo'lishi uchun uni ijtimoiy muhitda, sog'lom muhitda tarbiyalash va ruhiy salomatligiga har bir yosh davrlaridagi o'zgarishlariga insonning psixologik jihatdan tarbiyasiga yondoshilinsa faqat yaxshi, ko'zlagan natijalarga erishiladi.

Shaxs tarbiyasida loqaytsizlikka yo'l qo'yilsa uning devyant xulq-atvorga ega bo'lishi uchun zamin yaratilishidan boshqa narsaga erishib bo'lmaydi. Inson hayoti davomida sog'lom turmush tarziga, to'g'ri ovqatlanishga, sport bilan muntazam shug'ullanishga, aqlni chiniqtirishga e'tiborini qaratsa barkamollik sari dadil qadam tashlay oladi hamda ma'nan yetuk, dunyoni va undagi barcha narsalarni teran nigoh bilan idrok qilishga qodir inson bo'lib yetishadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Ibodullayev Z. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik. -T.: 2012

2. Ergash G'. Umumiy psixologiya. Darslik. -T.: 2010.

3. Melibayeva R.N., Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0'quv qo'llanma. -T.: 2018.

4.Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy Psixologiya. Darslik. -T.: 2009.

5. Tibbiyot Ensiklopediyasi www.google.com

TASAVVUF ILMINING INSON PSIXOLOGIYASI BILAN O'ZARO

BOG'LIQLIK JIHATLARI

K.B. Murotmusayev

O^zbeki&on Respublikasi Oriental Universiteti, "Pedagogika va Psixologiya " kafedrasi, dotsenti, t.f.n.

R. Kamolova

O^zbeki&on Respublikasi Oriental Universiteti,

2 - bosqich talabasi

Annotatsiya: Maqolada tasavvuf ilmi, uning darajalari, inson psixologiyasi bilan ayni bir shaklda ekani yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: tasavvuf ilmi, nafas, psixologiya, komil inson, tariqat.

Har ilmning o'z mavzusi bor va unda o'sha ilmning mohiyati, hodisa-qoidalari haqida baxs boradi. Insonning ruhini tariqat odoblari, usullari orqali parvarish etish bilan birga uni go'zal hamda xulq-atvorli, fazilatli qilib tarbiyalash mumkin. Mutasavvif olimlar tasavvuf nima degan savolga uzundan uzoq javoblar berishgan. Ularning barchasini bir joyga yeg'ilsa bir kitob bo'ladi. XV asrning birinchi yarmida yashab o'tgan Sayyid Qosimiy degan shoir ham masnaviylaridan birida tasavvuf ta'rifiga oid bir necha baytlar bitgan. Ularning orasida quyidagi bayt diqqatingizni tortadi:

Tasavvuf barchasi pand-u adabdur Riyoz-y sidq birla doim talabdur.

Shu bir baytning o'zida tasavvufning asosiy ta'rifi va talablari ixcham, ammo teran bayon etilgan. Zotan unda ta'kidlanganidek, tasavvuf, asosan, pand-u adabdan, riyozatdan, sadoqatdan va eng asosiysi Haqni topishdagi va Unga itoat etishdagi da'vatdan iborat. Tasavvuf haqida fikr yuritar ekanmiz, tasavvufning tarixi, hol va maqomlari, karomat va avliyolar, zikr va nofila ibodatlari, uning to'rt bosqichi: shariat, tariqat, haqiqat va ma'rifat haqida yuzlab kitoblar yozilganligini guvohi bo'lamiz. Ular orasida ayniqsa nafs tarbiyasi, insonni komillikka olib boruvchi yo'llar haqida alohida to'xtalib o'tilgan. Alloh taolo hikmati azaliysi bilan insonning botiniga bir idora etuvchi jismni, moddiy borliqni, hayot uchun zaruriy manfaatlarini qo'riqlash va qo'llash maqsadida faoliyat ko'rsatuvchi ma'naviy bir borliqni joylashtirgan. Uni nafs deyiladi. Tafsirlarda u jon deb tafsir (sharh) qilingan bo'lsa ham, bizning tilimizda uning muqobili - o'xshashi yo'q, shuning uchun uni jon yoki nafs deb ishlataveramiz.

Demak, nafs insonning moddiy o'zligidir. Mavjudligi zaruriy, i&aklari tabiiy, ammo nazorat va ta'qib qilinishi, tarbiyalanishi, yomon illatlardan poklanishi shartdir. Nafsning ichki tabiiy mayllari, i&aklari hadeb bajo etilaversa, nafs taltayib, hakalak otib ketadi, uni tiyib, jilovlab bo'lmay qoladi. Natijada u insonni falokat-u haromlarga, zulm-u gunohlarga yetaklaydi. Shuning uchun Qur'oni Karim nafsni ayb-u nuqsonlardan poklab, intizom o&iga olishni buyuradi va nafsini tarbiyalay olmaganlar oqibatda mudhish pushaymonlik iskanjasida qolishlarini bildiradi. Shunday ekan har bir shaxs o'z nafsini tarbiyalamog'i zarur: xalq ommasi ham, ziyolilar ham, zohiriy va yuzaki diniy tahsil olganlar ham unga muhtojdirlar. Nafs tarbiya topmasa inson najot topolmaydi. Ixlos lozim, ixlos bo'lmasa insonning haj, zakot kabi ibodatlari qabul bo'lmaydi. Odam bolasi kayf-u safon, zavqni, huzur halovatni, sayr-u tamoshani yaxshi ko'radi. Chunki insonning ichida «men»i bor. Bu nafs vujudni, insonning moddiy borligini, manfaatlarini ta'minlashga harakat qiladi. Zero, uning vazifasi shudir. Yaratilishi ham o'z o'rnida, to'g'ridir, yaxshidir, yaxshi yaratilgandir. Chunki inson nafsi yaratilmasaydi, och qolganini, charchaganini , dam olishi kerak ekanini bilmasdi. Uning o'z vujudini idora qiluvchi bir boshliqqa ehtiyoji bordir. Bu idora qiluvchi nafsdir. Nafsning vujudga foydali, insonning moddiy borlig'i uchun juda zararli i&aklari ham bor. Bu i&aklar «shahovati nafsoniy», ya'ni nafsning i&aklari , kuchli orzulari degani. Bu yo'lda har xil tushunchalar, talablar, i&aklar bo'ladi. Ular esa «havoyi nafs», ya'ni narsaning havoyi i&aklari, orzulari degani.

Demak, nafs insonlarga o'z hukmini o'tkazish, talablarini qondirish uchun ularni yomon yo'llarga boshlar ekan. Bilamizki, ichimizda sarkash, jizzaki, orzulari shiddatli, nafs degan bir borliq bor. Bir narsaga yetishda oyog'ini tirab, o'shani xohlaydi. Injiq bola kabi gapga quloq solmaydi: «Yo'q, shuni berasan, shuni xohlayman», deb turib oladi. Shunday»shaqovati nafsoniy», ya'ni nafs i&aklari kishi umrining oxirigacha davom etadi. Yoshligida «shahovatul botn» yeb-ichish orzusi, «shaqovatul farj» balog'at yoshida yigit qizni, qiz yigitni i&aydi. Yigitlikda beg'ubor va behuda hayollar chulg'ay boshlaydi. Uylanganda bola-chaqali bo'ladi, tirikchilik uchun pul lozim bo'ladi. Tirikchilik degani oson narsa emas. Endi»hubbul jamil mol» - pul, molni yaxshi ko'ra boshlaydi. Hammaga ma'qul bo'lish, olqishlar olish- «hubbul jon» i&agi boshlanadi. Biror yerda bir rahbar bo'lsam, mansab egasi» hubbul riyosah» bo'lsam deb orzu qiladi.

Bu i^aklaming orqasidan insonning umri kechadi. Insonning asl dushmani o'z ichidadir, u ko'p narsalar i^aydi. Bizdan talab qilinadigani shu nafsni yenga bilishdir.

«Tasavvuf - bu inson o'z nafsini yengib, Allohning amrini bajarish holiga kelmog'i, gunohlardan qochish qismiga bormog'idir..». Shayton masalasidan ham ko'ra muhimroq bu! Zotan, shayton insonga to'g'ridan - to'g'ri bo'yinturuq urib, zanjirlab, bog'lab, sudrab yetaklamaydi. Inson nafsini qo'lga olib, yengandan so'ng, nafsi i^amagan narsani»savobli, foydali, hayrli», deb majburan bajartiradi. Nafsi yoqtirgan narsani esa «gunoh, harom, Alloh sevmaydigan ish» deb qildirmaydi, xohish, shiddatini so'ndiradi.

Demak, nafs bilan kurashish, uni tizginlash orqali Allohning roziligini topishga erishish mumkin. Shuning uchun «tasavvuf», «tariqat» deb aytayotganimiz - nafsni tarbiyalash yo'li bo'lib, eng qimmatli yo'ldir. Islomning asli, haqiqati, asosi, jon tomiri- tasavvufdir, nafs tarbiyasidir. Nafs tarbiyalansa, inson taskin topar, huzur - halovatga erishadi.

Xulosa

Sichqonning pishloq topish uchun g'ayrat qilgani va bu g'ayratni mulohaza qilib, inson ruhiyatini o'rganishga chog'langan ga'rb olami pishloqqa erishishni muhim deb bilgani uchun pul topishni baxt deb bildi. Lekin pul odamni baxtli qilmadi. Agar baxtli qilganida, bugun g'arbda har bir oilaning shifokori va advokati bilan birga o'z psixologlari ham bo'lmas edi. Inson fe'l atvorini o'rganish uchun sichqonlar u^ida tajriba o'tkazilsin, demaymiz, albatta. Ammo baxtli bo'lish uchun hamyoniga pul solish g'arbni baxtiyor etmaganidek, sharqni ham qilolmaydi. Baxtsizliklarini, g'amga cho'kib borayotganini yashirish uchun doridan «yordam» i^ayotganlar soni kundan kunga ko'payib borayotgan ekan, zamonaviy psixologiya avval o'zini taftish qilishi kerakka o'xshaydi. G'arb madaniyati bilan boyitilgan psixologiya ham birovni baxtiyor qilolmayabdi, agar u manaviy psixologiya qoidalariga yo'g'irilgan bolmasa .

Zamonaviy psixologiya deganda rus fiziologi Ivan Pavlov va uning mashhur tajribasi hayolga keladi. Olimning itlar u^ida o'tkazgan tajribasiyu uning ilmga olib kirgan «Shartli refleks" tushunchasi ham "itfe'l" odamlarning ko'payishiga to'siq bo'lolmadi. It u^ida o'tkazilgan tahlillar inson qadr ko'rmagan g'arbni mahrumlikdan qutqarolmadi. Insoniy fazilatlarini yo'qotgan, farzandli bo'lishdan ko'ra kuchuk boqishni afzal ko'rgan kimsalar sonini ozaytirish uchun qancha harakat qilmasinlar, afsuski, natija pa&.

Demak, faqat psixologiyaning o'zi bilan ish bitmaydi. Inson har qancha tilirchilasa-da, hamon kishanlaridan qutulolmayotganining isboti bu. Shuncha yo'l yursa-da, shuncha ishlarni qilsa-da, raqobatchi fe'l-atvoring seni ta'qib etaveradi. Xo'sh, nega? Muammo nimada? Bilingki, xoh I^anbulda, xoh Hindi^onda, xoh slavyan tuproqlari, xoh Afrikaning boshiyu oxiri yo'q sahrolarida bo'lsangiz-da... halovat izlab yo'lga chiqsangiz, topolmaysiz. Lekin haqiqatni izlab yo'lga chiqsangiz, balki uning halovati sizni topishi mumkin. Biz aytmoqchi bo'layotgan haqiqat esa ayni tasavvufdir!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Shayx Zuhriddin qori Naqshbandiy Shahrixoniy, Nodirjon Hasan «Hufiya zikr».

2. Said Chamlija «Iymon va huzun».

3. Abdulqahhor Shoshiy « Avliyolar kitobi».

4. Hoji Ahmadjon Bobomurod Naqshbandiy «Najot yo'li».

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.