Научная статья на тему 'TARJIMANI O‘QITISH VA O‘RGANISHDAGI OXIRGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR'

TARJIMANI O‘QITISH VA O‘RGANISHDAGI OXIRGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
35
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
professional tarjimon / interpretativ nazariya / sinxron tarjima / professional translator / translation theory / simultaneous translation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mubarakova, Dilshoda, Yunusova, Nodira

Tarjima, boshqa san’at va fanlar singari, o’z qoida va cheklangan vositalariga ega bo’lgan yuqori san’at hisoblanadi. Rivojlangan davlatlar qatorida ona tilimizning ham xalqaro tillar safiga qo’shishga katta umid bog’lab, boshqa chet tillardan o’z ona o’zbek tilimizga va aksincha o’zbek tilidan chet tiliga bevosita, ya’ni hech bir o’zga til vositasisiz tarjima qilish faoliyati jadal suratlar bilan taraqqiy topmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RECENT MODERN TRENDS IN TEACHING AND LEARNING TRANSLATION

Translation, like other arts and sciences, is a high art with its own rules and limited tools. Among developed countries, we hope for the inclusion of the native language in the ranks of international languages, direct translation from other foreign languages into the native Uzbek language and vice versa from Uzbek into a foreign language, that is, without any foreign language environment activity moves quickly with pictures.

Текст научной работы на тему «TARJIMANI O‘QITISH VA O‘RGANISHDAGI OXIRGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR»

о

TARJIMANI O'QITISH VA O'RGANISHDAGI OXIRGI ZAMONAVIY

TENDENSIYALAR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10365900

Annotatsiya. Tarjima, boshqa san 'at va fanlar singari, o 'z qoida va cheklangan vositalariga ega bo 'lgan yuqori san 'at hisoblanadi. Rivojlangan davlatlar qatorida ona tilimizning ham xalqaro tillar safiga qo 'shishga katta umid bog 'lab, boshqa chet tillardan o'z ona o'zbek tilimizga va aksincha o'zbek tilidan chet tiliga bevosita, ya'ni hech bir o'zga til vositasisiz tarjima qilish faoliyati jadal suratlar bilan taraqqiy topmoqda.

Kalit so 'zlar professional tarjimon, interpretativ nazariya, sinxron tarjima

Аннотация. Перевод, как и другие искусства и науки, — это высокое искусство со своими правилами и ограниченными инструментами. Среди развитых стран мы надеемся на включение родного языка в ряды международных языков, прямой перевод с других иностранных языков на родной узбекский язык и наоборот с узбекского на иностранный язык, то есть без какой-либо иноязычной среды, деятельность быстро продвигается с картинками.

Ключевые слова: профессиональный переводчик, теория перевода, синхронный перевод.

Abstract. Translation, like other arts and sciences, is a high art with its own rules and limited tools. Among developed countries, we hope for the inclusion of the native language in the ranks of international languages, direct translation from other foreign languages into the native Uzbek language and vice versa from Uzbek into a foreign language, that is, without any foreign language environment activity moves quickly with pictures.

Key words: professional translator, translation theory, simultaneous translation.

Urushdan keyingi yillarda xalqaro tashkilotlar va xususiy konferensiyalarning sinxron tarjimonlarga bo'lgan ehtiyojlari tez sur'atlar bilan o'sa boshladi. 1948 yilda Jenevada va 1962 yilda Moskva institutida maxsus BMT uchun sinxron tarjimonlarni

PhD. Dilshoda MUBARAKOVA,

TDShU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston. Tel: +998 99 4072935; Email: dilim [email protected] PhD Nodira YUNUSOVA, TDShU katta o'qituvchisi, Toshkent, O'zbekiston.

tayyorlaydigan kurs ochildi. Hozirgi vaqtda nafaqat davlat idoralari yoki telekonferensiyalar va konferensiyalar tashkilotchilari, balki kompyuterlar, sun'iy yo'ldosh aloqasi va boshqa ko'plab global aloqalar bilan shug'ullanadigan kompaniyalar rahbarlari ham malakali sinxron tarjimonlar xizmatlariga muhtoj.

Bugungi kunda dunyoda xalqaro yig'ilish, konferensiyalarda sinxron tarjimon faoliyatidan foydalaniladi. Sinxron tarjimondan katta mahorat bilan birga tematik bilimlariga tayangan holda qisqa vaqt ichida tezkorlik bilan asl tildagi ma'lumotni bashorat qilishi, tushunib anglashi, xotirada saqlab qolib uni yo'naltirishi talab etiladi. Shu xolatlarda sinxron tarjimon o'zining bor bilim va malakasini ishga solib ish yuritishga majburdir.

Tarjimonlik kompetensiyasida konferensiya tarjimoni 3 ta sifatga ega bo'lishi kerak: a) Lingvistik, lisoniy kompetensiya. Bu pragmatik kompetensiyani o'z ichiga oladi. Pragmatik kompetensiya esa o'z o'rnida 2 ga bo'linadi: 1) pragmalingvistik kompetensiya - bu R.Settonning fikriga ko'ra, muayyan bir so'z yoki iboralarning «ma'nosining xususiy ottenkalari»ni bilish demak. 2) sotsiopragmatik kompetensiya - bu o'z ichiga etiket, funksional uslub va x.k.larni bilish kabi keng tushunchalarni o'z ichiga qamrab oladi. b) Sinxronistning umumiy va maxsus lug'atini qura oluvchi yetarlicha asos beruvchi umumiy bilimlarga ega bo'lishi kerak. Bu oldindan berilgan xujjat va ma'ruzalarning berilishi sharoitida konkret tematika yuzasidan tushunchaga ega bo'lish va tarjima qilish uchun zarur. c) Sinxron tarjimonning xabarga ishlov berish ko'nikmasi, yoki strategiyalari, yoki qobiliyatlariga ega bo'lish [7, 800].

Sinxron tarjima faoliyati og'zaki tarjima ishining eng yuqori cho'qqisi hisoblanadi. Shu sabab sinxron tarjimonlar mazkur qobiliyatlarga ega bo'lishlari kerak:

1) Har ikkala tilni tarjima qilinayotgan nutqni lug'atdan foydalanmasdan tarjima qiladigan darajada yaxshi bilish va har qanday ma'noni har ikkala tilda erkin ifoda eta olish.

2) Har ikkala tilda o'ta tez, ravon va aniq so'zlay olish.

3) Kuchli eslab qolish qobiliyatiga ega bo'lish.

4) Diqqat va fikrni jamlay olish qobiliyatiga ega bo'lish.

5) O'ta tez reaktsiyaga ega bo'lish.

6) Aqliy va jismoniy chidamlilikka ega bo'lish.

7) Bir paytning o'zida tinglash va so'zlash qobiliyatiga ega bo'lish [3, 70].

Shuning bilan birgalikda, sinxron tarjimon nafaqat ikki tilni yaxshi bilishi, balki

ikki til tegishli bo'lgan mamlakatlarning siyosiy, ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy hayotining, ilm-fanining barcha sohalari, shuningdek ushbu mamlakatlar xalqlari madaniyati, urf-odati, dunyoqarashi va mentaliteti to'g'risida iloji boricha ko'proq ma'lumotga ega bo'lishi, ushbu mamlakatlar hayotida yuz berayotgan voqealar va

jarayonlardan xabardor bo'lib turishi lozim bo'ladi.

Mamlakatimizda ham, dunyoda ham ko'plab forumlar uchun, ayniqsa, olti (ingliz, frantsuz, ispan, rus, xitoy va arab) tillari rasmiy hisoblangan BMT uchun ham ko'p tilda tarjima qilaoladigan sinxron tarjimonlar zarur bo'lib bormoqda. Bu tillar uchun alohida kabinalar mavjud bo'lishi shart. Shu jihatdan sinxron tarjimonlarni yetishtirish uchun moddiy baza ham yaratilishi bu sohada muhim hisoblanadi. Aslida oltita kabinka faoliyat yuritishi kerak, lekin har doim ham bu to'liq bajarilmaydi. Bu ham sinxron tarjimonlar uchun katta qiyinchiliklar tug'diradi. Shunday tarzda ko'plab yirik xalqaro tashkilotlar ish olib boradi. Bunday xolatda har bir tarjimon o 'ttiz daqiqa ishlaydi va keyin hamkasbining navbati keladi. Natijada, agar ma'ruzachi rus tilida gapirsa va ingliz stendida ruscha so'zlar bo'lmasa, uning hamkasbi ispaniyalik qo'shni stenddan ruschadan frantsuzchaga tarjimani tinglaydi va keyin frantsuzchadan inglizchaga tarjima qiladi. Sinxron tarjimonlar ko'pincha o'z ishlarini muvofiqlashtirishlari lozim. Shunda ikkalasi ham bir vaqtning o'zida kabinadan chiqib ketmaydi. Ko'pincha yig'ilishlarda uch tomonlama tarjima mavjud - masalan, ruscha matn fransuz tiliga, fransuzchadan inglizchaga, keyin xitoychaga tarjima qilinadi. Ushbu uch fazali tarjima bir necha soniya ichida amalga oshiriladi. Agar konferensiya xonasida faqat ikkita til mavjud bo'lsa, masalan, rus va ingliz tillari bo'lsa, unda faqat ikkita kabinka yaratiladi. Agar tarjimonlar "ikkala yo'nalishda" tarjima qilsalar, ular ba'zan bitta kabinada o'tirishadi.

Sinxronistlar quloqlik orqali ovozlarini tinglashadi. Ko'pchilik odamlar quloqlikni o'z ovozini eshitish va tarjimani yaxshiroq nazorat qilish uchun foydalanishadi. Sinxron tarjimon bir vaqtning o'zida ma'ruzachining nutqiga diqqatni qaratishi va o'z tarjimasini tinglashni o'rganishi kerak. Tarjimon o'zi mikrofonini yoqadi va o'chiradi, bu esa ish paytida hamkasbi bilan maslahatlashishga yoki suhbatlashishga imkon beradi. Biroq, kabinadagi mikrofon tarjimon ovozini kuchaytirmasligi kerak, aks holda uning baland ovozi spikerning ovozini pasaytirishi mumkin.

Bunday vaziyatlarda sinxron tarjimonlar ishininig samaradorligini oshiradigan sharoitlarni yaratish zarur. Birinchidan, kabina ichidagi harorat yaxshi tartibga solinishi shart, chunki issiqlik va sovuqlik tarjimonning energiyasiga ta'sir qilib, uning e'tiborini chalg'itishi mumkin. Ikkinchidan muhim va kerakli bo'lgan (kun tartibi, notiqlar ism va familiyasi, darajasi, o'ziga xos atamalar izohi kabi) ma'lumot va materiallar tarjima qilinadigan hamma tillarda tayyor holatda qol ostida bo'lishi zarur. Bu ma'lumotlar tegishli uchrashuv paytida zarur atamalarni o'zlashtirishda yordam beradi. Uchunchidan, sinxron tarjimon tomonidan qilingan tarjima stenograf (verbatim reporters) tomonidan xatolari tuzatiladi va katta anjumanlarda ularni yozib boradilar. Agar tarjimon xato qilganini bilsa, uni tarjimadan keyin stenografga aytib

tuzatishi mumkin bo'ladi. To'rtinchidan, eng qiyin ish yana sinxron tarjimon zimmasiga tushadi. Chunki hozirgi vaqtda uchrashuvlar va anjumanlarda video lavhalar, slaydlar namoyishi keng foydalanmoqda. Shu bois anjuman oldidan tarjimon videolarni va slaydlarni ko'zdan kechirishi foydali bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, sinxron tarjimondan malaka, mahorat va kuchli bilim hamda tajrib talab qilinadi. Sinxron tarjima sohasida yetuk mutaxasislarni yetishtirish ma'sulyat kasb etadi.

FOYDALANGAN ADABiYOTLAR RO'YXATi (REFERENCES):

[1] - Чернов С.Г. У истоков синхронного перевода в СССР // Мосты: журнал переводчиков. - М.: Р. Валент. - 2016. - № 2(50). - С. 52-68.

[2] - Комиссаров В.Н. Современное переводоведение: учеб. пособие. - М.: ЭТС,

[3] - Миньяр-Белоручев Р.К. Как стать переводчиком? - М.: Готика, 1999.

[4] - Mubarakova D., Yunusova N. A study of translation science initiating gender bias index and gender quotas Asian journal of multidimensional research: 2021, Volume: 10, Issue: 5 - P 800-810.

2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.