Научная статья на тему 'OG‘ZAKI TARJIMA TURLARI VA ULAR YARATGAN INQIROZLAR'

OG‘ZAKI TARJIMA TURLARI VA ULAR YARATGAN INQIROZLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
90
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
og‘zaki tarjima / tarjimonlik / inqirozlar. / interpretation / interpreting / crises.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Erkinova, Munisa

Ushbu tadqiqotda og‘zaki tarjimaning ahamiyati, tarjimonning to‘g‘ri so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llashining ahamiyati, tarjima xatolari katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi va bu qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun tarjimon nima qilishi va o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES OF INTERPRETATION AND THE CRISES THEY CREATE

This study discusses the importance of interpretation, the importance of the translator's ability to use words in their proper place, how mistakes in translation can lead to big problems, and what a translator should do and behave in such situations.

Текст научной работы на тему «OG‘ZAKI TARJIMA TURLARI VA ULAR YARATGAN INQIROZLAR»

OG'ZAKI TARJIMA TURLARI VA ULAR YARATGAN INQIROZLAR d https://doi.org/10.5281/zenodo.10366573

Munisa ERKINOVA,

TDShU sinxron tarjima mutaxassisligi 1-kurs magistranti, Toshkent, O'zbekiston Tel: +998948952204; Email: erkinovamunisa283@gmail .com

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda og'zaki tarjimaning ahamiyati, tarjimonning to'g'ri so'zni o'z o'rnida qo'llashining ahamiyati, tarjima xatolari katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi va bu qiyinchiliklarni yengib o'tish uchun tarjimon nima qilishi va o 'zini qanday tutishi kerakligi haqida so 'z boradi.

Kalitso'zlar: og'zaki tarjima, tarjimonlik, inqirozlar.

Abstract. This study discusses the importance of interpretation, the importance of the translator's ability to use words in their proper place, how mistakes in translation can lead to big problems, and what a translator should do and behave in such situations.

Key words: interpretation, interpreting, crises.

Аннотация. В этом исследовании обсуждается важность устного перевода, важность умения переводчика использовать слова на своем месте, как ошибки при переводе могут привести к большим проблемам и что переводчику следует делать и вести себя в таких ситуациях.

Ключевые слова: интерпретация, интерпретация, кризисы.

KIRISH

Tarjima so'zi arab tilidan olingan keng ma'noli tushunchadir. Arab lug'atlarida keng tushuncha va ta'riflarga ega bo'lgan tarjima so'zi bir nechta ma'noga ega.Ibn Manzurning "Lisânu'l-arab" nomli lug'atiga ko'ra, "tilni tushuntiruvchi so'zlar" ma'nosida qo'llanilgan. Tarjima so'zi juda keng atama bo'lib, yozma va og'zaki tarjimani qamrab oladi. Ko'pgina tillarda xuddi shu so'z og'zaki va yozma tarjimaga nisbatan qo'llaniladi. Biroq, so'nggi paytlarda, ayniqsa, ijtimoiy tarjimaning tarqalishi bilan bu ikki so'z orasida farqlanish sezildi. Og'zaki tarjima kognitiv mazmunni egallashga asoslangan intellektual va ijodiy faoliyatdir. Tegishli kognitiv mazmunni tarjimon o'zi tanlagan turli usullarda yetkazishga harakat qiladi. Shu nuqtai nazardan, mazmunni to'liq yetkazish ham zarur.

Og'zaki tarjima yozma tarjimadan keskin farq qiladi. Darhaqiqat, bu farqni ko'rsatish uchun og'zaki tarjimalarni amalga oshiruvchi shaxsga "tarjimon", yozma

matnlarni tarjima qilganga esa turk tilida "mutercim"deb ataladi. Lekin o'zbek tilida har ikkisi uchun ham tarjimon so'zi ishlatiladi. Ushbu tarjima yozma tarjimadan tinglash, tushunish, tahlil qilish va xabarni belgilangan vaqt ichida yetkazish kabi ba'zi jihatlari bilan farq qiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, og'zaki tarjimonda jumlalarni o'zi xohlagancha qurish va kerak bo'lganda ularni qayta qurish uchun ko'p vaqt yo'q. Bundan uning xabarni tezroq yetkazishini kutayotgan tinglovchilar ham bor. Og'zaki tarjimon undan xabarni qabul qilib olgan tinglovchilar bilan shug'ullansa, yozma tarjimon tarjima qilgan asarlarini tekshiradigan kitobxonlari bilan maqtov va tanqidlarni qabul qilayotgan bo'ladi. Bundan tashqari, yozma va og'zaki tarjimonlar o'rtasida boshqa farqlar ham mavjud.

Turli tillar o'rtasida muloqot qilish uchun tarjimon kerak bo'lgan. Bir necha yillar oldin va yaqin vaqtgacha odatda yuqori darajali diplomatlar, siyosatchilar, harbiy amaldorlar va xorijiy tillarni biladigan amaldorlar bilan chegaralangan edi. Dunyodagi o'zgarishlar va xalqaro tashkilotlarning rivojlanishi bilan tarjimani talqin qilishda mutaxassis tilshunoslarning ishtirokiga bo'lgan ehtiyoj keskin oshdi. Bu soha mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmasa, jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shuning uchun, ushbu maqolada, noto'g'ri tarjima tufayli yuzaga kelgan inqirozlar ham muhokama qilinadi. Adabiyotlarni o'rganishda mamlakatimizda tarjima bo'yicha ba'zi akademik tadqiqotlar olib borilgani, biroq xalqaro kontekstda tarjima yaratayotgan inqirozlarni hal qiluvchi tadqiqotlar mavjud emasligi ko'rinib turibdi. Shu bois ushbu tadqiqot sohaga katta hissa qo'shadi, deb o'ylaymiz.

Og'zaki tarjima turlari. Og'zaki tarjima deganda tarjimon o'z ona tilida eshitgan so'zlarni boshqa chet tilga tarjima qilishi yoki boshqa tildan iboralarni boshqa tilga tarjima qilinishi tushuniladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, u yozma tarjimadan butunlay farq qiladi. Yozma tarjima bo'limlarga bo'lingani kabi, og'zaki tarjima ham turli toifalarda ko'rib chiqiladi. Ushbu toifalarni quyidagi sarlavhalar ostida sanab o'tish mumkin:

1.1. Pichirlab tarjima qilish. Bu ketma-ket tarjimaga o'xshaydi. Biroq, bu turdagi tarjimon naushnik yoki mikrofondan foydalanmaydi. Tarjimon tarjima qilayotgan insonining qulog'iga kerakli so'zlarni sekin va shoshmasdan pichirlab tarjima qiladi. Ushbu turdagi tarjima qiyin deb hisoblanadi, chunki u vokal kordlariga bosim o'tkazadi. Tarjimon tinglovchiga ta'sir o'tkazmaslik uchun past va bosiq ovozda bildirishi kerak.Pichirlab tarjima qilish talqini asosan ikki tomonlama uchrashuvlar va sud zallari kabi sohalarda qo'llaniladi.

1.2. Hamroh tarjimon. Tarjimaning bu turida tarjimon o'zi tarjimonlik qilgan shaxs yoki guruh bilan xoh ish uchrashuvlarida, xoh sayyohlik safarlarida bo'lsin har doim yonida bo'ladi. Bu bosqich boshqa tarjima toifalariga nisbatan biroz qiyin. Chunki tarjimon bir safarda bir qancha muammolarga duch kelishi mumkin.

Qolaversa, tarjima mavzusi odatda sayohat oldidan aniqlashtirib olinmaydi. Masalan, elchi ko'chada aylanib, qandaydir materiallar sotib oladi, deb faraz qilaylik. Bunda elchiga sotuvchilar, do'kondagi insonlar, ko'chada yurgan fuqarolardan turli mavzularda ko'plab savollar kelib tushadi. Ehtimol, elchiga berilgan savollarda siyosat, iqtisodiyot va ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarga oid masalalar bo'lishi mumkin. Shuning uchun tarjimon tajribali va uddaburon bo'lib, har qanday vaziyatlarni va boshqaruvdagi javobgarlikni o'z zimmasiga olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.

1.3. Ketma-ket tarjima qilish. Tarjimaning bu turida so'zlovchi har bir bandni aytib, gapni to'liq tugatgandan so'ng, taxminan 1-5 daqiqa pauza qiladi. Bu tarjimonga aytilgan gaplarni tarjima qilish imkoniyatini beradi. Ketma-ket tarjima kichik miqyosdagi yig'ilishlarda va sudlar kabi joylarda qo'llaniladi. Tarjimaning bu turi xotira va eslatmalar yordamida amalga oshiriladigan tarjimaning yanada rasmiy turi hisoblanadi. Ketma-ket tarjima qilish so'zlovchi va tarjimonni xursand qiladigan uslubdir, chunki u navbat bilan gapirish imkonini beradi. Biroq, tarjimon so'zlovchining so'zlarini to'liq yodda tutishi va ularni to'liq tarjima qilishi kerak. Tarjimon so'zlovchining so'zlarini to'g'ri eslab qolish uchun qisqacha qaydlar olib borishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

1.4. Sinxron tarjima. Sinxron tarjima - so'zlovchining so'zlarini 1-2 soniyagacha bo'lgan juda kichik vaqt farqi bilan asosiy tilga tarjima qilish jarayonidir. Tarjimon so'zni asosiy tilga tarjima qilgandan so'ng, darhol keyingi jumlani ham tarjima qilish uchun tinglashni boshlaydi. Aslida, sinxron tarjima tushunchasi mutlaqo ishlatilsa, noto'g'ri. Chunki tarjimon so'zlovchining so'zlarini tushunmasdan tarjima qilishni boshlamaydi. Sinxron tarjimada tarjimon tushuntirish yoki izoh bera olmaydi. U so'zni qanday bo'lsa shunday yetkazishi va hech qanday kamchilik va ortiqchaliksiz tarjima qilishi kerak. U o'z tarjimasida so'zlovchi so'zining umumiy ma'nosini berishi kerak. Shu nuqtai nazardan, sinxron tarjima tarjimaning eng qiyin turi hisoblanadi, chunki u tarjimondan mukammal va qoniqarli darajada tarjima qilish uchun yuksak aqliy va lingvistik ko'nikmaga ega bo'lishni talab qiladi.

Tarjima xatolari va ular yaratgan inqirozlar. Og'zaki tarjima shubhasiz, qiyin ish, chunki u butunlay inson aqliga tayanadi. Og'zaki tarjimani amalga oshiruvchi tarjimon bir vaqtning o'zida ko'plab mavzular bilan o'zaro aloqada bo'ladi va ko'plab atama va iboralarni tegishli kontekstda ishlatishi kerak. Tezkor tarjimonlarning deyarli barchasi og'zaki tarjima paytida turli xatolarga yo'l qo'ygan. Inson aqli mexanik qurilma bo'lmagani uchun tarjimonlarning tarjimadagi xatolari kelajakda ham davom etadi. Shuning uchun tarjimon xato qilishi mumkin, biroq, aqlli va muvaffaqiyatli tarjimon o'z xatolarini ko'rishi, ularni tuzatishi va vaziyatdan kichik zarar bilan chiqib keta olishi kerak. Ma'lumki, biz ko'pincha xatolarni tuzatish

imkoniyatiga egamiz, ammo og'zaki tarjima bilan bog'liq vaziyat boshqalardan ancha farq qiladi. Chunki og'zaki tarjima paytida sodir bo'ladigan xato, ayniqsa, agar u keng ko'lamli xalqaro platformalarda sodir bo'lsa, katta muammolarga olib kelishi mumkin.

Amerika prezidenti Jimmi Karterning Polsha inqirozi. 1976-yilda o'sha paytda Amerika prezidenti bo'lgan Jimmi Karter o'zi rasmiy tashrif bilan borgan Polsha davlatida mahalliy xalq oldidagi nutqida "When I left the United States" "Men AQShdan bugun ertalab jo'nab ketdim"jumlasini ishlatgan edi, lekin bu gap "when I abandoned the United States"" "Bugun ertalab men Qo'shma Shtatlarni tark etdim" deb tarjima qilingan. Tomoshabinlar vaziyatni payqab, tarjimonning bu ochiq xatosiga kulishdi. Qolaversa, tarjimonning xatosi bu bilan cheklanib qolmadi, Jimmi Karterning polshaliklarga qarata "happy tobgrasp at Poland's private parts I was""Bu yerga kelajakka oid maqsad va orzularingizni bilish uchun keldim" degan jumlasini "Polshaliklarning tanalariga oid orzularim bor" deb tarjima qilgan. Shunday qilib, vaziyat tobora murakkab holga keldi. Shu nuqtai nazardan shuni ta'kidlaymizki, nazariy jihatdan bunday katta xatolarga hech qachon yo'l qo'ymaslik kerak, lekin ular amaliyotda vaqti-vaqti bilan sodir bo'ladi.

Ikkinchi jahon urushi va yadroviy bomba. 1945 yilda II Ikkinchi jahon urushi davom etar ekan, AQSh bir nechta Potsdam deklaratsiyasini, shu jumladan Yaponiyaning taslim bo'lishini e'lon qildi. Yaponiya Bosh vaziri Kantaro Suzuki matbuot anjumanidagi bayonotga "no comment" ya'ni "biz jimgina muhokama qilyapmiz" so'zlari bilan javob bergan bo'lsa-da, "refusing or ignoring the declaration" "Biz ularga ahamiyat bermaymiz" deb tarjima qilingan. Ushbu katta tarjima xatosi tufayli odamlarning g'azabini qo'zg'atgan va insoniyatni chuqur larzaga keltirgan voqealar sodir bo'ldi. AQSh Xirosima va Nagasaki shaharlariga yadro bombasini tashlab, tarixdagi eng katta qirg'inlardan birini amalga oshirdi. Xirosimada 140 ming, Nagasakida 74 ming kishi yadroviy bomba tufayli halok bo'ldi.

Rossiya Bosh vaziri elchilarni tiriklayin ko'mish bilan tahdid qildi. 1956 yilda Moskvadagi Polsha elchixonasida G'arbiy Yevropa davlatlaridan kelgan ko'plab elchilarni kutib olish marosimida qilingan tarjima mojaro olovini yoqib yubordi va Rossiya boshchiligidagi Sharqiy blok bilan G'arb davlatlari o'rtasidagi sovuq urushni uzaytirishda foydalanilgan vositalardan biriga aylandi. Tarjimon Nikita Xrushchevning so'zlarini quyidagi jumlalar bilan tarjima qilgan:

"Whether you like it or not, history is on our side. We will dig you in." Xrushchev so'zlarining to'g'ri tarjimasi shunday edi: "Siz xohlaysizmi yoki yo'qmi, tarix biz tomonda bo'ladi. Kommunizm kapitalizmga qarshi turadi." Biroq tarjimon diplomatlarga qilgan noto'g'ri tarjima quyidagicha edi: "Istasangiz ham, xohlamasangiz ham tarix biz tomonda bo'ladi. Sizlarni tiriklayin ko'mib

yuboramiz."Ko'rib chiqilayotgan noto'g'ri tarjima gazeta sarlavhalari va jurnal muqovalarida o'z aksini topdi va yangiliklarning asosiy mavzusiga aylandi. Bu Sovet Ittifoqi va G'arb o'rtasidagi sovuqlikning kuchayishiga olib keldi.

Prezident Erdog'an AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan birinchi uchrashuvida: (Terrorizm so'zining tarjima qilinmaganligi)

Prezident Erdog'an va AQSh Prezidenti Donald Tramp o'rtasidagi ilk uchrashuvda tarjima xatolari qayd etildi. Tarjimon Erdo'g'anning, "YPG-PYD terror tashkilotini qaysi davlat bo'lishidan qat'i nazar suhbatdosh sifatida qabul qilish global darajada bu mavzuda erishilgan kelishuvga mutlaqo to'g'ri kelmaydi" dedi. Bu jumla ingliz tiliga tarjima qilinar ekan, u "terror tashkiloti" atamasini ishlatmagan va "to be addressed" so'zlarini "to be becomed" deb tarjima qilgan. Erdo'g'anning "Terror tashkilotlariga qarshi kurash" sarlavhasi ostida qo'llagan iboralari bilan bog'liq tarjimada yana bir jiddiy xatoga yo'l qo'yildi. Erdog'an, "Terror tashkilotlariga qarshi prinsipial va qat'iy kurash borasida o'tmishda yo'l qo'yilgan xatolarning o'rnini to'ldirish uchun keyingi qadamlar qo'yilishini umid qilamiz" dedi. So'z yuritilgan bayonotlar tarjimon tomonidan "Aslida butun dunyo bo'ylab terror tashkilotlariga qarshi kurashda o'tmishda qilgan xatolarimizni takrorlay olmaymiz, birgalikda ishlashni davom ettiramiz. " deb tarjima qilingan. Donald Tramp bu noto'g'ri tarjima qilingan bayonotlarni boshini qimirlatib tasdiqlagan.

Og'zaki tarjima uchun ba'zi yechimlar. Har bir professional guruhda bo'lgani kabi, tarjimon nomzodlari tarjima sohasida ham ma'lum malakalarga ega bo'lishi kerak. Shu nuqtai nazardan, nomzod tarjimonlar ishlarini mukammal tarzda qilishlari uchun professional ko'nikma va qobilyatga ega bo'lishlari kerak. Chunki faqat chet tilini bilgan odamning tarjimon bo'lib ishlashi mumkin emas. Chunki tarjimonlik kasbi umumiy bilimga, matnni tahlil qilish qobiliyatiga, metod va usullarni bilishga, analitik va dialektik fikrlash qobiliyatiga ega bo'lish bilan amalga oshishi mumkin. Shubhasiz, og'zaki tarjimada umumman xatoga yo'l qo'ymaslikning iloji yo'q. Biroq, bu turdagi tarjima shaklining tufayli yuzaga keladigan xatolarni minimallashtirish uchun turli xil takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu takliflar orasida bilish va amalga oshirish foydali deb hisoblagan yechimlar quyida qisqacha tushuntiriladi. Tarjimon og'zaki tarjimani boshlashdan oldin yozma tarjimani qo'llagan bo'lishi kerak

Og'zaki tarjima tarjima turlarining ekstremal yakunidir. Tarjimon; Tezlik, vaqt bilan poyga qilish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy kontekstni tushunish va terminologiyani bilish kabi ko'plab ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Shuningdek, u asosiy tillarni haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Og'zaki tarjimada hatto soniyalar ham katta rol o'ynaydi. Tarjimonga tarjimasini tahrirlash uchun ba'zan soniyalar kerak bo'lishi mumkin, ba'zan esa soniyalarni tejash uchun suhbatni sekinlashtirishni so'rashi mumkin. Bu yerda qilingan xatoni osongina tuzatib

bo'lmaydi. Tarjimonning og'zidan chiqqan so'zni ortga qaytarib bo'lmaydi. Shunday ekan, tarjimon og'zaki tarjimani umumiy ma'noda bilishi va yuqori malakaga ega bo'lishi kerak. Chunki asarning butun yuki tarjimonning aqliy mahoratiga tushadi. Og'zaki tarjimada so'zning ma'nosini izlash yoki lug'atga murojaat qilish kabi tushunchalar mavjud emas. Uzoq vaqt davomida yozma tarjima bilan shug'ullanmay turib, tarjimonga zarur bo'lgan bu ko'nikmalarga ega bo'lish mumkin emasdek tuyuladi. Og'zaki tarjima qobiliyatiga ega tarjimonlar esa, odatda, yozma tarjima qobiliyatlari paydo bo'lgandan keyin kashf etilgan.

Tarjimani boshlashdan oldinasosiy til madaniyati haqida bilish

Til va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog'liq ikkita tushunchadir. Til madaniyat bilan birga yashaydi, madaniyat esa til bilan birga rivojlanadi. Tilni madaniyat mahsuli deb hisoblash mumkin. Jamiyat tili shu jamiyatda yashovchi shaxslarning umumiy madaniyatini aks ettiradi. Har bir tilda qo'llaniladigan duo, qarg'ish, maqol va iboralar kabi qolip so'zlar jamiyatlarning madaniy qadriyatlari, diniy e'tiqodlari va turmush tarzini tushunishda muhim o'rin tutadi. Chunki bu qolip so'zlar jamiyatlarning vaqt o'tishi bilan urf-odat, an'ana va e'tiqodlarida bo'layotgan o'zgarishlarni aks ettirishda katta rol o'ynaydi. Tarjimon og'zaki tarjimani boshlashdan oldin o'rganilayotgan tilning madaniy tuzilishini bilishi kerak.Ko'pchilik iboralarning tuzilishi va talaffuzi madaniyat bilan bog'liq. Yozma tarjimon to'g'ri atamalarni to'g'ri joyda qo'llash uchun keng madaniyatga ega bo'lishi kerak. Boshqa hollarda, u noto'g'ri so'zni noto'g'ri joyda ishlatishi mumkin. Manba va ko'rsatma tillarning madaniyati, tarixi va til tuzilmalari bilan tanish bo'lishdan tashqari, tarjima predmeti bo'lgan joy va hodisalarni ham bilish kerak.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, globallashuv ta'siri bilan dunyoda xorijiy tillarga qiziqish ortib bormoqda, bu og'zaki tarjimaning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Bu holat tilshunoslikka yangi jixatlarni qo'shmoqda. Globallashuv bilan parallel ravishda tarjimashunoslik va tadqiqotlar ham rivojlanmoqda. Tarjimashunoslik hayotning turli sohalarida ro'y berayotgan umumiy o'zgarishlardan xabardor bo'lishga intilish va tilning jamiyatdagi birlik va muloqotning eng muhim elementi ekanligi tufayli kengayib bormoqda.

Ko'pincha tarjimon faqat chet tilini bilishi kerak, deb o'ylashadi, lekin og'zaki tarjimani boshlashdan oldin qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun u tarjima qiladigan sohadagi mavzular va atamalarni o'zlashtirishi va doimiy ravishda o'zining ustida ishlab borishi kerak.Chunki tarjimon turli darslar orqali o'zining ustida ishlamasdan, asosiy va manba tillarida sezilarli masofani egallamasdan turib tarjimon bo'la olmaydi. Tarjimon ham uzoq muddatli amaliyotga muhtoj va u til madaniyatini yaxshi bilishi kerak.

XULOSA

Tarjima xatolari katta muammolarga olib kelishi mumkin. Tarjima sohasiga qarab, bu muammolar tijorat munosabatlarini buzishi, huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi va tomonlar o'rtasida nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. Darhaqiqat, siyosiy sohadagi tarjima xatolari ham siyosiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

[1] - Чернов С.Г. У истоков синхронного перевода в СССР // Мосты: журнал переводчиков. - М.: Р. Валент. - 2016. - № 2(50). - С. 52-68.

[2] - Комиссаров В.Н. Современное переводоведение: учеб. пособие. - М.: ЭТС,

[3] - Миньяр-Белоручев Р.К. Как стать переводчиком? - М.: Готика, 1999.

[4] - Mubarakova D., Yunusova N. A study of translation science initiating gender bias index and gender quotas Asian journal of multidimensional research: 2021, Volume : 10, Issue : 5 - P 800-810.

[5] - Gudkov D. B. Theory and practice of intercultural communication. - M.: ITDGK "Gnosis", 2003.

[6] - Leontovich O.A. Russia and the USA: An Introduction to Intercultural Communication. - Volgograd: Change, 2003.

2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.