о
TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10336186
Marjona AHROROVA,
TDSHU magistranti, Toshkent, O'zbekiston. Tel: 99890 9204745; [email protected]
Annotatsiya. Maqolamizda tarjima jarayonida duch keladigan muammolar shunigdek o 'zaro yaqin tillar orasidagi muammolarni yoritib berishga qaratilgan bo 'lib, soxta ekvivalentlar va ularni tarjimada berish muammolarini ochib berish o'zaro yaqin tillar orasida ketma-ket tarjima muammolarining dolzarbligini talab qiladi.
Kalitso'z: tarjima muammolari, tarjimon, tarjima usullari, izohli tarjima, matn, termin.
Abstract. In our article, the problems encountered in the process of translation are aimed at highlighting the problems between closely related languages, and revealing the problems of false equivalents and their translation requires the relevance of successive translation problems between closely related languages.
Keywords: translation problems, translator, translation methods, interpretive translation, text, term.
Аннотация. В нашей статье проблемы, возникающие в процессе перевода, направлены на освещение проблем между близкородственными языками, а выявление проблем ложных эквивалентов и их перевода требует актуальности проблем последовательного перевода между близкородственными языками.
Ключевые слова: проблемы перевода, переводчик, методы перевода, интерпретационный перевод, текст, термин.
Tarjima tarixiga e'tibor qaratadigan bo'lsak u juda qadim tarixga ega bo'lishiga qaramay Tarjimashunoslik faninig oltin davri deb XX asrni e'tirof qilsak bo'ladi. Ushbu asr nafaqat Tarjimashunoslik nazariyasi balki ilm -fan, texnologiya rivojining ham yuksak darajaga olib chiqdi desak mubolag'a bo'maydi. Aynan shu sohalarning rivoji, ishlab chiqarishning yuqori marralarga erishishi eksport va import salohiyatini yuqorilashi, diplomatik aloqalar mustahkamlanishi tarjimashunoslikning sinxron va ketma-ket turlarini yanada ommalashuviga olib keldi. Bu sohalarning rivojlanishi o'z o'zidan tilshunos olimlarni tarjimashunoslik
faniga e'tiborini qaratdi va ko'plab izlanishlar olib borilishini taqazo etdi.Ko'plab ilmiy ishlar qilinishiga qaramasdan Tarjimashunoslik nazariyasi hali to'liq o'rganilmagan sohalar qatoriga kiritilgan. Zamonnning rivojlnishi Tarjimaning rivojlanishini taqazo etarkanturli olimlar tarafidan bir nechta tasniflashlar taklif qilindi. Tarjimashunoslar tarafidan berilgan tasniflardan biz ilmiy izlanishlarimiz jarayonida V.N.Kommisarov tarafidan ishlab chiqarilgan klassifikatsiyasiga e'tiborimizga qaratamiz[1]. Ushbu izlanishlar jarayonida rus olimlari bergan quyigagi fikr o'zini hali hamon oqlamoqda ya'ni "ikki tilni mukammal egasi bo'lish bu mukammal tajimon degani emas"[2] darhaqiqat ikki tilni mukammal egasi bo'lish bu o'sha tilga oid bo'lgan barcha sohasdagi matn va nutqni to'liq tushunarli qilib tarjima qildi degani emas. Tarjimon nafaqat tilni mukammal egallay olgan balki o'sha xalqning yashash tarzi madaniyati va urf odatlarini mukaqmmal egallay olishi shart deb hisoblaymiz. Tarjima jarayoni nafaqat ikki tilni bir biriga qilingan tarjimasi, balki madaniyatning ham almashuvidir desak mubolag'a bo'lmaydi.
Tarjimaning lingvistik printsipi, birinchi navbatda, asl nusxaning rasmiy tuzilishini qayta qurishni nazarda tutadi. Biroq, lingvistik printsipni asosiy sifatida e'lon qilish, asl matnni tarjima qilishda haddan tashqari ta'qib qilinishiga olib kelishi mumkin - bu so'zma -so'z, lingvistik jihatdan to'g'ri, lekin badiiy jihatdan zaif tarjimaga aylanadi, bu esa o'z -o'zidan formalizm turlaridan biri bo'ladi. Begona lingvistik shakllar aniq tarjima qilingan, stilizatsiya chet tili qonunlariga muvofiq sodir bo'ladi. Tarjima qilingan jumlaning sintaktik tuzilishi shunga o'xshash vositalar yordamida tarjimada ifodalanishi mumkin bo'lga hollarda, so'zma -so'z tarjimani keyingi adabiy ishlovsiz tarjimaning oxirgi varianti deb hisoblash mumkin.
Biroq, sintaktik vositalarning ikki tilda mos kelishi nisbatan kam uchraydi; ko'pincha, so'zma-so'z tarjima qilinganida, o'zaro yaqin tillarning me'yorlari u yoki bu tarzda buziladi. Bunday hollarda biz mazmun va shakl o'rtasida ma'lum bo'lgan bo'shliqqa duch kelamiz: muallifning fikri aniq, lekin uni ifodalash shakli o'zaro yaqin tillarda soxta ekvivalentlikka duch kelish mumkin. To'liq tarjima har doim ham asl nusxaning hissiy ta'sirini takrorlamaydi, shuning uchun so'zma -so'z aniqlik va badiiylik bir -biri bilan doimiy ziddiyatda bo'ladi. Hech shubha yo'qki, tarjima lingvistik materialga asoslangan, badiiy tarjima so'z va iboralar tarjimasidan tashqarida bo'lolmaydi, tarjima jarayonining o'zi ham ikkala til qonunlarini bilishga va qonunlarni tushunishga asoslangan bo'lishi kerak. Til qonunlariga rioya qilish ham asl, ham tarjima uchun majburiydir. Ammo badiiy tarjima hech qachon faqat lingvistik korrelyatsiyalarni qidirish emas.
Tadqiqotchilar tilni badiiy asar materiali sifatida belgilaydilar va badiiy tarjima, uning fikricha, asl nusxasi ham uning qonunlarini adolat qiladi. Ammo badiiy tarjimani tushunish, lingvistik vositalarni solishtirish bilanoq, uning estetik
tomoniga e'tibor bermaslikni anglatadi. Tarjimaning badiiyligi, aslining badiiyligi, lisoniy yozishmalarining muvofiqligi mezoni nuqtai nazaridan faqat badiiy yozishmalarga xizmat qiladi. Shuning uchun, badiiy tarjima sifatini aniqlash uchun faqat lingvistik yozishmalarning umumiy mezoni qo'llanilmaydi va foydalilik tarjima davomida asl nusxaga bir xil darajada og'zaki yaqinlikni talab qilmasligi mumkin.
Boshqalar esa, badiiy tarjimani so'z ijodkorligi, ya'ni lingvistik emas, balki adabiy nuqtai nazardan ko'rib chiqish kerak, deb hisoblaydilar.
Bu nazariyaga ko'ra, tarjimonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi asl nusxadan ilhomlangan g'oya bo'lishi kerak, bu uni fikrlarni so'z bilan aks ettirish uchun etarli lingvistik vositalarni izlashga majbur qiladi, ya'ni badiiy tarjima lingvistik emas, asl nusxaga mos keladi.
Biz har bir tarjima ijodiy jarayon sifatida tarjimonning individualligi bilan belgilanishi kerak degan fikrga shubha qilmaymiz, lekin tarjimonning asosiy vazifasi tarjimada asl nusxaning o'ziga xos xususiyatlarini yetkazishdir. Originalga mos keladigan badiiy va hissiy taassurot yaratish, tarjimon eng yaxshi til vositalarini topishi kerak: sinonimlarni, mos badiiy obrazlarni va boshqalarni topish. Tarjima haqida gap ketar ekan tarjima va uning turlari haqida to'xtalishni ma'qul deb topamiz. Terminni bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilar ekanmiz quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkin; a) Tarjima qilinalayotgan tilda aynan o'sha terminning ma'nosini bildiradigan so'zning mavjud emasligi. b) Tarjima qilinilayotgan termin bir ma'noga ega emasligi. Bu uchraydigan muammoni faqatgina kontekstdan kelib chiqib tarjima qilish usuli bilangina yechish mumkin. Ushbu muammolarni bartaraf etish va temin tarjima jarayonini yengilroq qilish uchun quyidagi tarjima uslullarini taklif qilamiz: 1) Transleteratsiya ushbu usulda termin asliyat tilida qanday bo'lsa grafik ya'ni harfma har qanday bo'lsa shunday tarjima qilinadi. 2) Transkripsiya tovush formalari orqali tarjima qilish usuli yani tarjim qilinilayotgan tilda qanday aytilsa huddi shunday talaffuz qilib. 3) Kalka usulida tarjima qilish. Ushbu tarjima turi tarjimon uchun eng qulay usullardan biri hisoblanib aynan bir tilda bor terminning ikkinchi bir tildag semantikasini to'liq saqlab qolgan tarzda so'zma so'z tarjima to'g'ridan to'g'ri tarjima qilish. 4) Izohli tarjima usuli. Izohli tarjima usuli bir tilda mavjud bo'lgan termin boshqa bir tilga tarjima qilish jarayonida muqobil varianti toipilmgan taqdirda aynan o'sha terminga izoh berish orqali tarjima qilish. Masalan: Ilmiy ishimiz bevosita termin va uning tarjimasi bilan bog'liq ekan terminnig tarjimasi quyigda berilga usullardan foydalanilsa maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz; Tarjima haqida gapirar ekanmiz tarjim. Ikki til xususiyatlarini bilish zamirida asarni har tomonlama o'rganish, uning lug'ati va realiylari ustida ishlash tarjimon uchun juda muhim va bu uni ma'lum
darajada olim va tadqiqotchi bo'lishini ham taqozo etadi. O'zbek tilida "til topish" degan ko'p ma'noli ibora bor. Birovning qulf-kaliti ochilmagan yuragiga yo'l topishni aytishadi. Ikki odamning hayotda biror ish, muammo ustida bir-birini yaxshi tushunishi, bilishi va shunga ko'ra ish ko'rishi ham shu ibora bilan ifodalanadi. U o'zaro kelishish, ahd-paymon ma'nolarini ham ifodalaydi. Tarjima qilinadigan muallif va uning asari bilan tarjimon o'rtasida ham shunday til topishish bo'lishi zarur. Bunda til topish deganda muallifning o'ziga xosliklarini va muayyan asarning badiiy xususiyatlarini terananglash va shunga yarasha jarayonni tashkil etishni tushunamiz. Tarjima qilinadigan muallif va uning asarini tarjimon sevgandagina, uning o'z o'quvchisiga katta ma'naviy foyda keltirishini bilgandagina til topish juda katta ijodiy foyda keltiradi. Biz bilamizki, tarjimon har doi m so'z bilan ishlaydi. U bir necha tillarning o'rtasida ham ijodkor, ham lingivist, ham stilist sifatida ish olib boradi. Shuning uchun ham faqat tarjimon mehnati va talantining qudrati bilan tarjima asliyatga harjihatdan hamohang jaranglashi mumkin. Tarjimon jumla va gapni tashkil etuvchi alohida so'zlarning ma'nolarini faqat va faqat kontekstga va uning oqimiga qarabgina chiqaradi, so'zning ma'nosini jumlaga, jumlaning ma'nosini gapga, gapning ma'nosini alohida tugallangan parchaga va parchaning ma'nosini asarning butun mundarijasi, shakli hamda uslubga moslaydi. Zero, so'zning, jumlaning maqsadi, vazifasi, undan muallif kuzatgan mazmun faqat kontekstda to'la ochiladi. Tilda har bir so'z bir nechalab ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Muallif, aytaylik, "bor" yoki "ko'z" so'zlarining o'nlarcha ma'nolaridan ayni parchada qaysi ma'nosini ifoda etayapti, so'zning ustiga qanday vazifalarni yuklayapti- bularni tarjimon tarjima jarayonida "chaqib", "yechib", "ochib" boradi. Bunda uning tillarni keng bilishi va interpretatsiya salohiyati kuchga kiradi. Shular bilan bir qatorda biz tarjima jaroyonida yuzaga keladigan muammolarga ham alohida to'xtalib o'tishimiz lozim. Tarjima qilish muammolaridan biri bu butun matnning ma'nosi shuning unsurlari ma'nosining yig'indisi bilan cheklanmasligidir. Matnda berilgan ma'no so'zlarning denotativ, konnotativ, stilistik, gaplarning sintaktik, gaplardan kattaroq birliklarning sintaktik ma'nolari, so'z va so'z birikmalarinng suprasegment hamda leksik-semantik ma'nolari o'rtasidagi bevosita aloqalarga asoslanadi. Har bir leksik-grammatik maydon o'zining alohida strukturasiga ega va shu bilan birga u o'zining leksik, morfologik hamda sintaktik tizimiga ham ega hisoblanadi. Shuning uchun ham ikki til ya'ni xorijiy va ona tili xususiyatlarini bilish yaxshi amaliy bilim hisoblanadi ammo shunisi ma'lumki bu tarjima uchun yetarli emas. Tilning xususiyatlarini bilishdan tashqari tarjimon ishonchli malakaga ham ega bo'lishi zarurdir. Misol uchun tarjimon ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilayotganida ingliz tilini german tillari oilasiga mansubligi, undagi so'z tartibi, birikmalarning xususiyatlari,
zamonning qo'llanishi, ko'p ma'noli so'zlarning ishlatilishi, so'zlarning sinonimik qatorda stilistik jihatdan farq qilishi va shu kabilarga alohida e'tibor berishi va o'zbek tiliga tarjima qilish jarayonida o'zbek tilining turkiy tillar oilasiga mansubligini, so'z tartibi ingliz tiliga nisbatan farq qilishini, ingliz tilidagi zamonlar soni o'zbek tiliga nisbatan kam sonni tashkil qilishini, o'zbek tili leksik qatlamida arab, fors, mog'ul so'zlarining mavjudligi kabi holatlarni hisobga olishi zarur bo'ladi. Shuning uchun ham tadqiqotchi Muattar Jo'rayeva bejizga "Tarjimon chizmakash emas, rassom! " degan shior-sarlavha ostida maqola e'lon qilmgan.
Tarjima faoliyati bir -biridan sezilarli farq qiladigan ikki xil tarjimaga bo'linadi. Yozma tarjima - har ikki matnning yozma tilining me'yorlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda, asl matnning ma'nosini yozma yoki elektron ommaviy axborot vositalarida yozma matnga o'tkazish. Tarjima har ikki tilda og'zaki nutqning xususiyatlarini hisobga olgan holda, manba tili madaniyati vakili bayonotining ma'nosini maqsadli tilga o'tkazishga qaratilgan. Sharh bir vaqtning o'zida va ketma -ket bo'linadi. Shuni ta'kidlash kerakki, imo -ishora tilining tarjimasi odatda talqin turi sifatida tasniflanmaydi.
Kompyuter ixtirosi elektron lug'atlar va keyinchalik kompyuter yordamida tarjima dasturlarini yaratishga yordam berdi. Ularning yordami bilan qilingan tarjima matnning semantik va undan kelib chiqadigan hissiy tomonini o'z ichiga olmaydi. Bunday yordamchi tarjimonlarning muammolari sun'iy intellektni o'z-o'zidan o'rganishga o'xshaydi. Shunga qaramay, bunday vositalar tarjima faoliyatida, ayniqsa yirik tarjima agentliklarida ajralmas hisoblanadi. Ayrim so'zlar, jumlalar va butun iboralarni avtomatik tarjima qilish bo'yicha onlayn xizmatlar ham mavjud (masalan, Google Translate), ular odamlar tomonidan individual iboralarni tarjima qilish haqidagi statistik ma'lumotlarga asoslangan.
Tarjima agentliklarining xizmatlari dunyoning aksariyat mamlakatlarida talabga ega, chunki tarjimaga ehtiyoj inson faoliyatining ko'plab sohalarida mavjud. Shunday qilib, tarjima texnik, biznes, sayyohlik, kundalik va boshqa sohalarni ta'minlaydi va har kuni sayyoramizdagi millionlab odamlar uchun til to'sig'ini engishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
[1] - Mahmud Koshg'ariy. Turkiy so'zlar devoni. (Devoni lug'otit turk). 3 jildlik. 1-jild. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi: Solih Mutallibov. -T.: Fan, 1960. -500 b.
[2] - Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo'nalishlari. -Toshkent: "Ta'lim", 2009. -160 b.
[3] - Nurmonov A. Tanlangan asarlar 2-jild. Lingvistik ta'limotlar tarixi -Toshkent: 2012. -232 b.
TRANSLATION FORUM - 2023 (E)ISSN: 2181-1784
ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ - 2023 3(23), Dec., 2023
TARJIMASHUNOSLAR FORUMI - 2023 www.oriens. uz
[4] - O'rinboyev B. O'zbek tilshunosligi tarixi. Samarqand: SamDU,1999. -80 b.
[5] - Шониёзов К.Ш. Узбек халкининг шаклланиш жараёни. - Т.: 2001. - 464 б.