International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
3(22), Nov., 2023
TARJIMA ASAR MATNI TAHRIRI MEZONLARI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10199324
Sultanova Shahnoza
Oliy jurnalistika kurslari 2-bosqich magistranti O'zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti
Annotatsiya. Ushbu maqolada tarjima jarayonida tahrir va tarjima mezonlari ustida ishlash va matnni asliymonand yaratish haqida so 'z boradi. Tarjima va tahrir ishlari bilan tanishib chiqar ekanmiz, tahrir va tarjima bir-biri bilan chambarchas bog'liq ekanligi matnlardagi asl ma'no aks etishida ko'zga tashlanadi. Badiiy tarjima va tahrir bo'yicha maqolada misollar bilan berilgan va tarjimashunos olimlar bergan mezonlardan kelib chiqqan holda ayrim lisoniy-uslubiy so'zlar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: tarjima matn, tarjima, tahrir, asliyat matn, tahrir mezonlari, lisoniy-uslubiy.
Abstract. This article talks about working on editing and translation criteria in the translation process and creating a text that is original. When we get acquainted with the works of translation and editing, the fact that editing and translation are closely related to each other is evident in the reflection of the original meaning in the texts. In the article on literary translation and editing, some linguistic and stylistic words were analyzed based on the criteria given by translation scholars.
Keywords: translated text, translation, editing, original text, editing criteria, linguistic and stylistic.
Shiddat bilan o'sib borayotgan axboriy jamiyatda tarjimaga bo'lgan talab anchayin kuchayib bormoqda. Shu qatorda o'zbek tiliga tarjimalar ro'yxatiga nazar tashlar ekanmiz, deyarli rus tili va qardosh tillar, jumladan, qozoq, qirg'iz, tojik, turk, qoraqalpoq tillaridan o'zbek tiliga yoki aksincha, o'zbek tilidan yuqorida asanalgan tillarga ko'p bora tarjimalar amalga oshirilgan. Albatta tarjima material va adabiyotlari bilan birma-bir tanishib chiqar ekanmiz, asosan rus tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish jarayonidagi tarjima va tahrir qoida va namunalariga duch kelamiz. Hozirgi kunda o'zga tillardagi matnlarni tarjima qilish jarayonida tarjima va tahrir mezonlariga ahamiyat qaratilsa, tarjima matn sifatli chiqadi va o'quvchining asarni anglashi osonroq kechadi. Lingvistik birliklar va til xususiyatlari hisobga olinmagan holda tarjima qilinsa, matn tilining milliy koloriti va tarixiy kelib chiqishiga putur yetadi. Bunda tarjimon til va nutq birliklaridan mohirona foydalangan holda san'at asarini qayta yaratishdek katta mas'uliyat va vazifani o'z zimmasiga oladi.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
3(22), Nov., 2023
Badiiy matn tarjima va tahririda asaming lisoniy-uslubiy jihatiga tayaniladi. Bunda tarjimondan asliyat matn tilining o'ziga xos jihatlari haqida bilimga ega bo'lishi talab etiladi. Tarjimonga qo'yiladigan talablar muharrirga ham anchayin vazifalar yuklatiladi. Muharrir, avvalo, juda ko'p mutolaa qilgan bo'lishi shart. Kitob o'qish usullari, shartlari, shakllari juda ko'p. Bu o'rinda shulardan ikki jihati haqida gapirishni istardim. Bittasi, deylik, jurnalistning bilim boyligi, uning keng mutaxassis sifatida shakllanishi bilan bog'liq. Masalan, xalqaro jurnalist yapon tili yo'nalishidagi guruhda o'qisa, eng kamida, yapon adabiyotini, yapon tarixini, yapon mentalitetini -Yaponiyaga nimaiki aloqador bo'lsa, bilishi kerak. Ingliz tilini o'rganadimi butun ingliz adabiyotini, Amerika adabiyotini, uning tarixini bilishi shart [1].
Ta'kidlab o'tganimizdek, badiiy tarjimada asosan lisoniy-uslubiy jihatiga urg'u berilishi bilan bir qatorda, so'zlarning morfemik va grafemik [2] tomonlari ham tarjima va tahrir jarayonida sezilarli o'z o'rniga ega. Badiiy tarjimada atoqli otlar, jumladan, joy nomlari, qahramon ismlari tarjimasi va tahririda asliyat ma'no-mazmunga putur yetishi mumkin holatlar mavjud. Shu o'rinda frazeologizmlar, qavm-qarindoshlik atamalari, milliy kiyim-kechaklar, istorizm va arxaizmlar, toponimlar, paremeologik birliklar, antroponimlar, portret tasvirlari va joy nomlarini tarjima qilishda transliteratsiya va transkripsiya usulidan foydalanishda ham ahamiyat berish kerakligini yodda saqlash kerak. Masalan, Paulo Kaeloning «Alkimyogar» asarida Salim mamlakatining shohi Maliksiddiq ismi asarning asliyat tilida -portugal tilda Melquisedeque tariqasida berilgan. Maliksiddiq ismining etimologik kelib chiqishiga ahamiyat qaratilsa, asli arab tilidan olingan bo'lib, qo'shma ot hisoblanadi. Malik -Allohning go'zal ismlaridan biri bo'lib, «mulk egasi» ma'nosini anglatsa, Siddiq - so'zi esa, «to'g'ri so'zlovchi, sodiq» ma'nosini anglatadi. Bu asar o'zbek tiliga rus tilidan, rus tiliga esa ingliz tilidan tarjima qilingan. Rus tilida bu qahramon ismi Мелхиседек tariqasida , ingliz tilida esa Melchizedek tarzida havola etilgan. Ushbu tillarda talaffuz jihatidan o'zlarining mentaliteti va nutq a'zolariga moslashtirgan va bir qatorda ism ma'nosining siyqalanishiga olib kelgan. Yana bir misolni o'rganib chiqadigan bo'lsak, Salim mamlakati ingliz tilida Salem [3] tariqasida, rus tilida esa Салим shaklida berilgan. Asarning asliyat tili bo'lmish Portugal tilida esa Salém tarzida yozilgan. Salim so'zining etimologik kelib chiqishini o'rganadigan bo'lsak, asli kelib chiqishi arab tiliga mos bo'lib, fJWzak harflari "s","l","m" hisoblanadi va "s" harfidan keyin noo'zak harf "a" bor, bu cho'zib talaffuz qilishga ishora qiladi. Salim so'zi sifat va ma'nosi xavfsiz, sog'lom degan ma'nolarni anglatadi. Fe'l shakli esa ^bo'lib, xavfsiz bo'lmoq, sog'lom bo'lmoq degan ma'nolarni anglatadi. Bundan ko'rinib turibdiki, hech qaysi tilda talaffuz
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
3(22), Nov., 2023
jihatdan transkripsiya va transliteratsiyaga [4] ahamiyat berilmagan, asl tilda birinchi bo'g'inda cho'zish joiz, boshqacha qilib aytganda urg'u birinchi bo'g'inga tushadi.
Shuningdek, yaqqol misol sifatida O.R. Anarbayev ham o'z maqolasida bir necha misollar keltirgan. Rus tilida tarjima transkripsiyasida har doim ham talaffuzga e'tibor berilmaydi. Ba'zan so'z qanday o'qilishidan qat'i nazar, harflar (grafemalar) o'giriladi. Masalan, Lincoln so'zi Linken ('liqksn) o'qilsa-da, Линкольн shaklida yozish qabul qilingan. Ayrim hollarda so'zning ham o'qilishi, ham yozilishiga asoslanadi. Newton so'zi aslida Nyuten ('nju:. Tsn) o'qiladi. Lekin Ньютон Shakli qabul qilingan. Bunda so'zning birinchi bo'g'ini uchun fonema, Ikkinchi bo'g'ini uchun grafema o'girilgan. O'zbekchaga ana shu ruscha o'girmalar to'g'ridan to'g'ri olib qo'ya qolingan.Shu o'rinda ikki tushunchaga aniqlik kiritib o'tish o'rinlidir. Transliteratsiya — asliyat tilidagi so'zning grafik (harfiy) tarkibini tarjima tili vositalari bilan aks ettirishdir. Yuqorida misoli keltirilgan Lincoln — Linkoln juftligi bunga misol bo'ladi. Transkripsiya esa tarjima qilinayotgan so' zning tovush tarkibini tarjima tili harflari orqali ifodalashdir.[5]
Badiiy tarjima matnlari va tahrirlarida lisoniy-uslubiy tomonlariga qaraydigan bo'lsak, nafaqat marfemik va grafemik jihatlari , balki til birliklari, so'z o'yinlari, so'z qochirmalari, maqollar, iboralar ham ma'lum til tarjimasidan tarjima qilinayotgan tilga moslashtirilishi lozim.
O'zbek tarjimonining varianti: [6]
Qanday qilib yaxshiroq uxlash va dam olishni his qilish mumkin?
O'zbekchada mazmun to'laqonli chiqmagan. Buni qisqa va lo'ndaroq, asliyatga mosroq o'girish mumkin. Feel more rested iborasining so'zma-so'z ma'nosi — o'zini yaxshi dam olgandek his qilmoq. Biroq uni o'zbekchaga bitta so'z bilan tarjima qilish mumkin: tiniqmoq. Bu so'z charchoq, ezilish va shu kabilardan xoli bo'lib, bardam, tetik holatli bo'lish ma'nosiga ega . Ammo hozir bu so'zni mustaqil ishlatmaydigan bo'lib qoldik. Oldin u o'zi alohida ham qo'llangan:
-Uxla, uxla, safaring uzoq, tiniqib ol, o'g'lim [7].
Ana shundan keyin bolalarning aqllarigina emas, tanlari ham sekin-sekin tiniqib bordi.
Badiiy tarjimada so'z o'yinlari, so'z qochirmalari, maqollar, iboralarga yana misollarni Paulo Kaeloning "Alkimyogar" asari tarjimalarini 3 tilda: ingliz, rus va o'zbek tillarida quyida tahlil va muhokama qilishimiz mumkin:
"I found these one day in the fields. I wanted them to be a part of your inheritance. But use them to buy your flock. Take to the fields, and someday you'll learn that our countryside is the best, and our women are the most beautiful."[8]
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
3(22), Nov., 2023
- В поле однажды нашел. Считай, с неба упали. Купи себе отару овец и ступай бродить по свету, пока не поймешь, что наш замок самый главный, а краше наших женщин нет нигде [9].
Ота хеч нима демади, эрталаб унга учта цадимги тилла танга солинган хамённи тутцазди:
— Бир кун даладан топиб олгандим. Осмондан тушган деса хам булаверади. Узингга бир отар куй сотиб ол ва юрт кезиб мол боциб юравер, качонки, дунёда бизнинг касримиздай энг зур каср ва бизнинг аёлларимиздай гузал аёл йуклигини тушунсанг, бир кун кайтарсан [10].
Asardan olingan parchada ingliz tilidagi variantida pul haqidagi gap qayerdan kelganligini ota aytishni xohlamaydi va o'quvchi o'qiyotganida har xil rakursdan qaray boshlaydi. Rus tilidagi variantda esa tarjimon va muharrir mohironalik bilan gapga aniqlik va o'zgacha joziba kiritish maqsadida so'z o'yinidan foydalangan, ya'ni, "Считай, с неба упали " degan gapi bilan asarning shu qismiga so'z iborasi qo'shmoqda, shu bilan bir qatorda o'sha pulning qayerdan kelganligiga aniqlik kiritishni istamayotgan otaning ichki kechinmalarini qaysidir ma'noda ko'rsatib bera olgan. Aslida u pullar yillar davomida dalada mehnat qilib topilgan peshona terlari bo'lishi ham mumkin ekanligi so'z iborasi orqasida yashirinib kelgan. Ta'kidlash joiz bo'lsa, ota o'z farzandining xohish-istaklarini amalga oshirishda moneligi bo'lsa-da, qo'lidan kelgancha yordam qilmoqchi ekanini, otalik mehrini, oddiy cho'pon bo'lishiga qaramasdan moddiy va ruhan farzandini qo'llab-quvvatlashini qaysidir ma'noda aks ettirib bera olgan. O'zbek tilida ham xuddi shunday. Hozirgi kunga qadar ko'pchilik asarlar rus tilidan keyin o'zbek tiliga tarjima qilinganligi bois, shuningdek, asar parchasida berilgan aynan shu so'z iborasi o'zbek tilida ham so'zma-so'z tarjima qilinganida hech qanday ma'no o'zgarmasligi hisobida "Осмондан тушган деса хам булаверади" tarzida tarjima asarga ko'rk qo'shgan.
Badiiy asarlarni tarjima qilish jarayonida lisoniy-uslubiy jihatlariga ahamiyat qaratilgan holda tarjima va tahrir qilish aynan shunaqa nozik nuqtalar, insonlarga xos nozik tuyg'ularni tuyishda o'quvchilarni hamfikr qila olish yo'lida juda katta rol o'ynaydi va bunda tarjima va tahrir mezonlarining transliteratsiya va transkripsiya, so'z iboralari, maqollar, so'z qochirimlari, milliy koloritni aks ettiruvchi ayrim xos so'zlar, istorizm va arxaizmlar, qavm-qarindoshchilik so'zlari va boshqa jihatlari jarayon diqqat markazida bo'ladi.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
3(22), Nov., 2023
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Madaliyev O. Ingliz tilidan tarjima qilingan matnlar tahriridagi o'ziga xosliklar: til iyerarxiyasi va ekvivalentligi. - 2023, N°2: B. 115-132.
2. Anarbayev O. R. Inglizcha gazeta matnlarini o'zbek tiliga tarjima qilish usullari va muammolari // Tafakkur ziyosi. - 2023. - N°1.- B. 166-169.
3. Rustamov A. So'z xususida so'z. - Toshkent: Yosh gvardiya nashriyoti, 1987.- 160 b.
4. Buranova B. Badiiy tarjimada milliy koloritni saqlash prinsiplari.-2021, B. 121135.
5. Mahmud Sa'diy. Tahrir san'ati. -6 b.
6. Musayev Q. Tarjima san'ati.
7. Oybek. Bolalik , Farg'ona tong otguncha.
8. Paulo Coelho translated by Alan R. Clarke. The Alchemist -10p.
9. А. Богдановский. Перевод Алхимик.
10. Paulo Kaelo. Alkimyogar. Tarjimon Ahmad Otaboy.