BADIIY TARJIMA, MATN VA MOTIV-MOTIVASIYA MUNOSABATLARI
Tashanov Kamil Yuldashevich [email protected] Filologiya fanlari nomzodi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Maqolada zamonaviy tarjimashunoslikdagi muammolar, badiiy tarjima mohiyati, badiiy asar matnida yozuvchi, qahramon motivi va motivatsiyasi munosabatlari o'zbek tilidan qoraqalpoq tiliga va aksincha tarjima tahlillarida dalolatlanadi.
Kalit so'zlar: "Madaniy burilish", badiiy tarjima, motiv, matn, motivatsiya, asliyat, lisoniy.
ARTISTIC TRANSLATION, TEXT AND MOTIF-MOTIVAL
RELATIONSHIPS
Tashanov Kamil Yuldashevich [email protected] Candidate of Philological Sciences Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz
Abstract: In the article, the problems of modern translation studies, the essence of literary translation, the relationship between the motive and motivation of the writer and the hero in the text of the literary works bolya indicated in the analysis of the translation from Uzbek to Karakalpak and vice versa.
Keywords: "Cultural turn", artistic translation, motive, text, motivation, originality, linguistic.
Bugungi globallashuv davrida zamonaviy tarjimashunoslik "madaniy inqilob"ni boshidan kechirmoqda. Badiiy tarjimaga nafaqat badiiy lingvistik hodisa, balki madaniy hodisa ham sifatida qaralmoqda. Bu tarjima nazariyasida tarjimaning mohiyati haqidagi yangi tushunchani yuzaga keltirdi va G'arb tarjimashunosligida "madaniy burilish" deb nomlandi.
Aslini olib qaraganda, bu atama badiiy tarjimani ilmiy tadqiq etishni asosiy e'tiborini uning madaniy jihatlariga o'zgartirishni anglatadi. Bu esa milliy adabiyotni ijtimoiy va madaniy tizim tomonidan shakllangan, ma'lum bir muhitda yaratilgan va mavjud bo'lgan "adabiy tizim"ning bir turi sifatida tushunishni nazarda tutadi. [1.14.]
Masalaning yana bir tomoni shundaki, tarjima qilingan badiiy asarlar milliy adabiyot jabhasidagi alohida tizim sifatida talqin qilinadi. Aniqi, adabiyotning tizim sifatidagi konsepsiyasi ko'p tizimli nazariyadan kelib chiqadi. Buning mohiyati shundaki, adabiyot tizim sifatida kitobxonlarning tarixiy, ijtimoiy va madaniy tizimlarida mavjudligidan, boshqacha aytganda, ularning o'zaro aloqasida namoyon bo'ladi. Bundan ko'p tizimli model, ya'ni "polisistema" g'oyasi shakllanadi. [2.199204.]
G'arb tarjimashunosligida yuz berayotgan mazkur hodisani Yu.V.Kokunova o'zining "Badiiy tarjima nazariyasining dolzarb masalalari" maqolasida ham noto'g'ri qarash ekanligini, badiiy tarjima ijodiy jarayonligi va tarjima bir xalqning madaniyatini ikkinchi xalq madaniyatiga "singdirish" emasligini to'g'ri e'tirof etadi.
[3.]
Bizningcha ham badiiy tarjimani bir madaniyatdan boshqasiga "o'tish" yoki matnni bir madaniyat tizimidan boshqasiga "o'tkazish" deb nomlash noto'g'ri. Chunki, tarjimon, tarjima jarayonining sub'ekti sifatida, ma'lum bir milliy madaniyatga mansubdir. Aniqrog'i, tarjimon o'zi mansub millatning, xalqning ma'naviy-madaniy olamini tashuvchisidir. Tarjimon qanchalik mohir bo'lmasin, u o'z ongini tarjima jarayonida undan butunlay ozod qila olmaydi. Shuning uchun ham tarjimon o'zga tilda yaratilgan badiiy ijod namunasini o'girayotgan ma'naviy-madaniy olamiga singdira olmaydi. Tarjima jarayonida ikkita (asliyat va tarjima) ma'naviy-madaniy olam birlashtiriladi yoki bir-biriga zidlashtiriladi. Shunisi ham borki, tarjima jarayonida bir-biriga mos keladigan ma'naviy-madaniy olam tushunchasi tarjimon va tahlilchilarga tarjima jarayonida tenglashtirish kerak bo'lgan badiiy matnlarning eng katta tafovutlarini asl nusxadan ajratib ko'rsatish imkonini beradi.
Ma'lumki, badiiy tarjima, an'anaviy nuqtai nazardan qaraganda, mustaqil tarjima turi hisoblanadi. Sababi, badiiy tarjima matnning muayyan turi bo'lgan badiiy matn bilan bog'liq. Shunisi ham borki, badiiy matnlar o'ziga xos xususiyat va vazifalarga ega bo'lganligi bois tilshunoslikda tipologik jihatdan guruhlarga ajratiladi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda ham badiiy tarjima "badiiy matnlar tarjimasi" tushunchasidan ajralib turadi.
Bugungi kunda badiiy tarjima mohiyatini anglashda, aniqrog'i, tarjima asarini tahlil etishda, o'zbek tarjimashunosligida ancha salmoqli ishlar qilingan bo'lsa ham ba'zida mujmal tadqiqotlar ham yuzaga kelayotganligi achinarli. Bizningcha, bu holatning yuzaga kelish sababi tarjimashunoslikdagi adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo'nalishlari mavjudligini bilmaslik, bilgan taqdirda ham badiiy tahlil ko'nikmasi, malakasi yetishmasligidan. Yana bir sababi yosh tarjimashunos olimlarning xorijiy davlatlarda badiiy tarjimashunoslik sohasida qilingan va amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlaridan bexabarlikdir.
Tarjimon o'zga tilda yaratilgan badiiy asarni o'z ona tiliga o'girishda aniq bir maqsadni ko'zlaydi. Tarjimonga badiiy asarni o'girish uchun motiv kerak. Motivlar esa turli ko'rinish va holatlarda sodir bo'ladi, yuzaga keladi. Masalan, o'zga tildan yaratilgan asardan ilhomlanish, jahon adabiyoti mashhur adiblarining eng sara asarlarini tanlash, buyurtma (nashriyot, uyushmalar, homiylar) va x.k. Ana shundan ham bitta asarning bir nechta tarjimalari va tarjimonlari yuzaga kelish ehtimoli kattadir.
Tarjima qilinadigan asar tanlangandan keyin tarjimon motivásiyaga kirishadi. Tilmochda bu holat endi ijodiy jarayon sifatida yuzaga keladi. Bizningcha, faqat lisoniy kelishmovchilikni bartaraf etish yozuvchi-tarjimonni ilhomlantirmaydi. Bu ijodiy jarayonda tarjimon asliyatning til hodisalari, ijodkor uslubi, asliyat interpretatsiyasi kabi holatlarni qalb prizmasidan o'tkazadi. Endilikda bu jarayon tarjimon uchun ilhom manbaiga aylanadi. Tarjimon so'zlar bilan ish ko'rar ekan, uning motivásiyasi asliyatni qanchalik kuchli, mohirona tarjima qilganligida oydinlashadi, namoyon bo'ladi. To'g'ri, ba'zi hollarda, nasriy asar tarjimasida, tilmoch asliyat va tarjima tilidagi lisoniy kelishmovchilikni so'zma-so'z tarjima qilish orqali bartaraf etadi.
Qardosh tillar oilasiga mansub o'zbek tilidan qoraqalpoq tiliga va aksincha tarjimada lisoniy to'siq deyarli yo'q. Shu sababdan ham to'laqonli tarjimaga erishish uchun tarjimonda muqobil variantlarda so'z tanlash imkoniyati mavjuddir.
T.Qaipbergenovning "Qoraqalpoq dostoni" trilogiyasining "Baxtsizlar" romani bosh qahramoni Oydo'sbiyning asardagi motivi mustaqil qoraqalpoq xonligini tuzish bo'lib, bu yo'lda motivásiyalarni amalga oshirishga intiladi. Qahramonda bu motivning paydo bo'lishi va uni amalga oshirish motivlari yozuvchi tomonidan har tomonlama badiiy dalolatlangan.
Tarjimon L.Tojieva asardagi ana shu dominatlarni to'g'ri ilg'ay olgan.
Asliyatda: Tarjimada:
"- Ха, уле сизге сарай-эм керек " - Ха, уали сизга сарой уам керак болар? булар?
- Сарайсыз хан - ишине топан - Саройсиз хон - ичига самон тыгылган тулып, бирэдар, - деди тицилган цанорнинг узи, биродар,-Айдос. деди Ойдус.
- Хэ, енди лэшкер-эм керек дерсиз? - Хали лашкар уам керак дерсиз?
- Лэшкерсиз хан хэремсиз уасыл - Лашкарсиз хон харамсиз богнинг баздыц базманы, бирэдар, - деди бозбони-да, биродар!-деди Ойдус." Айдос." [4.67.] [5.68.]
Keltirilgan misolda yozuvchi Oydo'sga zarba berishga intilayotgan kishilarning aniq basharalari, harakatlarini chizmaydi va qahramonlar nutqidan keyin ularga tavsif bermaydi. Tuzilishi jihatidan bu dialog ko'povozli bo'lib, bitta ob'ektga, ya'ni
Oydo'sbiyga qaratilgan. Faqat Oydo'sga berilayotgan savollarning boshida "Xa", "3y-ya" - kesatik, piching ma'nolarini tashiyotgan so'zlardan savollarni bir necha kishi berayotganini bilib olamiz. Ular nutqida Oydusga qarata "siz" olmoshining qo'shib aytilishi bir tomondan, hurmat ma'nosini ifodalayotgandek tuyulsa-da, aslida kesatiq, piching tarzida jaranglaydi. Tarjimon ham Oydo'sga bir necha kishi savollar yog'dirayotganini ko'rsatish uchun ularning boshida "Xa", "Xanu", "3%-%a" kabi so'zlarni ishlatadi va ulardagi piching, kesatiqni asliyatdagidek o'giradi.
Oydo's biylarning savollariga o'ta bosiqlik va vazminlik bilan o'xshatishlarda javob berar ekan, so'zining oxirida "ôupoàap" degan o'zbekcha murojaat so'zini qo'llaydi. Yozuvchi bu so'zni qahramon nutqida keltiradi. Bu bilan Oydo'sbiyga, uning dunyoqarashi va nutqiga Xivaning ta'siri, biylarga, ularning kesatiqlarini ichki sezgilari bilan his qilsa ham, hurmat bilan murojaat qilayotgani misolida ko'rsatadi. Xuddi mana shu psixologik vaziyatda Oydo'sbiy o'zini tashqi va ichki tomondan o'ta bosiq, vazmin tutayotgani faqat uning nutqidagi "ôupoàap" so'zi va jumla ohangi emas, balki yozuvchining "...-àeàu Ouàyc" ishorasi orqali ham oydinlashadi.
Tarjimon uni bir o'rinda tashlab ketsa ham, buni o'quvchi his qiladi. Mutarjim o'zbek tilidagi ekvivalent so'zlarni topib, qahramonlar nutqidagi piching, kesatiqni, Oydo's tilidagi o'xshatishlarni, takrorlanib keluvchi so'zlarni aniq tarjima qilishga, muhimi, qahramonlar xarakter qirralarini qayta yaratishga erishgan.
Tarjimada yo'l qo'yilgan juz'iy nuqsonlardan biri asliyatdagi "...xdpeMcm yacun ôasàb^..."ni tarjimon "...xapaMcm ôosuum..." deb noto'g'ri o'girgan. Chunki qoraqalpoq tilidagi "xapaM" so'zi o'zbekcha "xapaM"ga mutlaqo mos kelmaydi. "XapaM" o'zbek tilida muqaddas, kirish taqiqlangan joy va hovlining ayollar uchun ajratib qo'yilgan qismi, ichkari [6.687.] ma'nosini anglatsa, qoraqalpoq tilidagi "xapeM" tuzilishi jihatidan o'xshasa ham, "^ypsoHnu ôos", "nopôos" ma'nosini beradi. Demak, tarjimon bu jumlani "... yocunàop xypsoHcrn ôosuum..." deb ag'darishi zarur edi.
Mutarjimning to'laqonli tarjimaga qisman erishganiga bosh sabab qoraqalpoq va o'zbek tillarining umumiy yaqinligi. Biroq bu umumiylik, qardosh tilning yakka, xususiy tomonlarini bilmagan tarjimonni chalkashtirib, chalg'itib yuboradi. Tarjimon asliyat tilining xususiy tomonlarini bilmagan paytda so'zlarni yo tusmollab, [7.154.] so'zma-so'z, yohud harfma-harf tarjima qiladi.
She'riy tarjimada esa shoir-tarjimonda bunday holat yuz bermaydi. To'g'rirog'i, shoir o'z tarjimasi bilan bunday qilmaydi. U shunchaki tillararo to'sig'ini olib tashlaydi. U lisoniy-madaniy shakllanishlar farqini yengadi, vatandoshi va zamondoshini boshqa davrlar va mamlakatlarning badiiy tafakkuri bilan tanishtiradi, hamma zamon va xalqlar madaniyatining yagona, ijodiy mohiyatini ochib beradi.
H.Olimjonning "O'rik gullaganda" she'rini atoqli qoraqalpoq shoiri I.Yusupov qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. O'zbekiston qahramoni, O'zbekiston va
Qoraqalpog'iston xalq shoiri I.Yusupov she'rini nihoyada jozibali tarjima qilgan. She'rning to'rtinchi bandida shunday satrlar mavjud:
Asliyatda: Tarjimada:
Юзларимни силаб-сийпалаб, Жузлеримди сыйпалап сонда,
Бахтинг бор, деб эсади еллар. Бахтыц бар деп самаллар есер.
Этган каби го'ё бир талаб, Куслар тынбай жугырлап тацда,
Бахтинг бор, деб qушлар chийиллар... Шайыр сеныц бахтыц бар десер.
[8. 212.] [9.10.]
Hamid Olimjonni she'ri yaratishga bo'lgan motivi bahorning kelishi, o'rikning gullashi bo'lsa, shoir-tarjimon I.Yusupov uchun uning mashhurligi, tasvir go'zalligi, ehtirosning kuchliligidir. Ko'rinadiki, shoir-tarjimon I.Yusupov tarjimada lisoniy to'siqlarni olib tashlab, asliyatdagi motivasiyalarni o'zgartiradi. Bu holat she'r tarjimasida uchinchi va to'rtinchi misrlarda yaqqol ko'rinadi. Xususan, asliyatda qushlar shoir nazdida go'yo bir narsani istayotgandek, "Baxting bor, deb chiyil "lashsa, tarjimada qushlar tongda tinmay "chiyil"lab, shoirga "sening baxting bor" deya chug'urlashadi. Asliyatdagi lirik qahramonning "mavhumligi" tarjimada aniqlashtirilgan. Lirik qahramonning motivi va motivizatsiyasi tiniqlashtirilgan.
Xullas, badiiy asarda va tarjima, matn, yozuvchi va qahramon motivi hamda motivasiyasi munosabatlarini o'rganish, ilmiy tahlil etish o'zbek adabiyotshunosligi, tarjimashunosligi oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Foydalangan adabiyotlar
1. Lefevere, André. Translating Literature: Practice and Theory in a Comparative Literature Context. - New York: The Modern Language Association of America, 1992. - P. 14
2. Even-Zohar, Itamar. "The Position of Translated Literature within the Literary Polysystem." 1976. In Venuti, Lawrence. The Translation Studies Reader. (2nd Edition). - New York: Routledge, 2000. - P. 199-204
3. Кокунова Ю.В. Актуалные вопросы теории художественного перевода (На материале работ западных ученых)//Сборник статей «Актуалные вопросы переводоведения и практики перевода». www.elibrary.ru
4. Кайипбергенов Т. Шыгармалары. Бес томлык. 3-том. Каракалпак дэстаны. Тусиниксизлер. Роман. Некис. 1979. 66-бет
5. Каипбергенов Т. Сайланма. Уч жилдлик. Коракалпок достони. 3-жилд. Гумрохлар. Роман. Тошкент. 1983. 68-бет
6. Узбек тилининг изошли лугати. 2 томлик. 2-том. -Москва. "Рус тили". 1981. 687-бет
7. Исомиддинов З. "Алдокчи сузлар" билан бах,с //Таржима санъати. 5-китоб. Тошкент. 1980, 154-бет
8. Х,.Олимжон. Мукаммал асарлар туплами. Ун томлик. Биринчи том. Тошкент. Фан. 1979.
9. Х,.Элимжан. Ерик ^ллегенде. Некие. Каракалпакстан. 1980