HINDIYDAN O'ZBEKCHAGA NASRIY TARJIMADA EKVIVALENT KOMMUNIKATSIYANING MAQSADINI IFODALASH DARAJASI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7394929
Fatxutdinova Iroda Atxamovna
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi o'qituvchisi
Toshkent, O'zbekiston e-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Tarjimashunoslikda ekvivalentlik masalasiga doir mavzular, ekvivalentlikning yuzaga kelishida darajalarning o'rni, qo'llash uslubi masalasi dolzarb muammolardan sanaladi. Maqsad: ekvivalentlik masalasida ko 'tarilgan muammoni aniqlash, ekvivalentlik darajalarining ahamiyatini belgilash, asliyat va tarjima matni o'rtasida ekvivalentlikning ma'noviy yaqinligini qiyoslashdan iboratdir. O'zbek tarjimashunosligida badiiy matn tarjimasi ekvivalentlik darajalari ilk marotaba o 'rganib chiqish tadqiqotning ilmiy yangiligini belgilaydi. Tadqiqot materiallaridan "Tarjimashunoslik", "Tarjima nazariyasi va amaliyoti", "Madaniyatlararo muloqot" fanlarni o 'qitishda foydalanish mumkin. Mazkur maqolada ekvivalentlik masalasida ko 'tarilgan muammoni aniqlash, ekvivalentlik darajalarining ahamiyatini belgilash, asliyat va tarjima matni o'rtasida ekvivalentlikning ma'noviy yaqinligini qiyoslashdan iboratdir.
Kalit so'zlar: Ekvivalentlik, referentsiya, kommunikatsiya, denotativ, ekspressiv, konnotativ, signifikativ, pragmatik leksik-semantik.
ABSTRACT
Equivalence degrees, place of degrees at uprising the equivalence, method of application are considered relevant issues in the translation. The aim is to identify the problems of the issues raised by equivalence, determine the value of equivalence, comparing similarity of meanings between the original text and translation. Objectives: To determine the degree of equivalence in translation, to study phrases while maintaining the goal of communication, determining equivalent meaning in comparisons and special words. The object of our research is the form of comparisons and phrases of the original text converted to text of translation; and the equivalent forms in the translated text is the subject of research. The study used the
method of comparative analysis. The first study of equivalence in translation of literary texts in the Uzbek translation is the actuality of the study. Study materials can be used in teaching of "Theory and Practice of Translation" and "linguistics culture". Scientific research work consists of an introduction, conclusion and bibliography. At transition of equivalent phrases of original texts and translation observed constriction of their meaning, as well as at the transition from the original text to text of translation, there is reductions of their meaning and reception, as a supplement, the new value.
Keywords: Equivalence, adequacy, reference, communication, denotative, expressive, connotative, significative, pragmatic lexicon-semantic.
Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim ko'rinishi bo'lib, turli millatlarni bir-biriga bog'lab turuvchi madaniyatning eng asosiy omili bu tarjimashunoslikdir.
Tarjimachilik faoliyatining bosh yo'nalishi turli tillarda so'zlovchi xalqlarni o'zaro tanishtirish, adabiyot orqali o'zaro muloqotini tashkil etish, boshqacha aytganda, madaniyatlararo kommunikatsiya (muloqot) imkoniyatini yaratishdir. Tarjima jarayonida faqat ikki til emas, balki ikki madaniyat, adabiyot, qolaversa, ikki bir biriga teskari voqelik muloqotga kirishadi [1,42-b]. Shu nuqtai nazardan tarjimon faqat ekvivalent muvofiqlikni izlash emas, balki madaniyatlararo tafovut xalaqit berayotgan o'rinlarda, tarjima matn o'quvchisiga kerakli tushuntirishlarni bera olishi, balki kerak bo'lsa, iste'molchiga turli zaruriy sharh va izoxlarni berish imkoniyatlarini topishga hamda asliyat muallifi ko'zlagan maqsadni to'liq berishga harakat qilishi lozim.
Tadqiqotchilar tarjimada faqat tilshunoslik me'yorlarini emas, balki madaniyatlararo o'zaro muloqot va ta'sir omillarini hisobga olish zarurligi masalalarini muntazam o'rtaga tashlab keladilar. Biz tilshunos hamda tarjimashunos olimlarning ekvivalentlikning darajalari yuzasidan olib borgan nazariyalari bilan tanishib chiqdik. Unda ekvivalentlikning asosan quyidagi beshta darajaga bo'lib o'rganganligini ko'rishimiz mumkin: ekvivalentlikning kommunikatsiya maqsadi darajasi (pragmatik), vaziyatni tasvirlash darajasi (signifikativ), vaziyatni tasvirlash uslubi darajasi (denotativ), ibora tuzilmasi darajasi (sintaktik), leksik-semantik muvofiqlik darajasi va h.zo. Shulardan, ekvivalentlikning kommunikatsiya ya'ni muloqot maqsadi darajasi masalasi alohida o'ringa egadir. Rus olimi Komissarov takidlashicha lisoniy birliklarning aniq va voqeiy muloqot sharoitida qo'llanishi pragmatik tahlil ob'ekti hisoblanadi [4,207-b]. Ushbu nazariyaga asoslanib, tadqiqotimiz ob'ekti sifatida hindiycha nasriy asarlarni tahlil qilganmiz.
Asar muallifining matnni yaratishdan maqsadi o'quvchiga muayyan ta'sir
ko'rsatishdir. Bu ta'sir kommunikativ istak belgisi bo'lib, A.D.Shveytser tasnifiga ko'ra quyidagicha ifodalanadi:
- iste'molchini real vaziyat yoki holatdan xabardor qilish;
- muallifning bayon etilayotgan axborotga shaxsiy munosabatini sezdirish;
- mazkur axborotga o'quvchining munosabatini tekshirib ko'rish;
- axborot orqali iste'molchini qandaydir harakatlarni amalga oshirishga undash. [2,45-s] A.D.Shveytser ekvivalentlik turlarini bayon qilishda semiotika, ya'ni belgilar tizimini o'rganadigan fan natijalari asos qilib olinadi. Muloqot ana shu belgilar orqali amalga oshiriladi. Uning tasnifiga ko'ra kommunikatsiya maqsadini saqlashda, asosan, neologizmlar, aforizmlar, xalq maqollari va iboralar kirishini ta'kidlab o'tadi [3, 55-b]. "Bu tur tarjima uchun juda qiyin, chunki asliyat tilining madaniy o'ziga xosliklari tufayli ularning asl ma'nosini farqlay olmaslik xavfi mavjud" deydi [1, 49-b].
Asar tarjimasida har bir belgi va hattoki nuqta ham muloqot maqsadi bo'lishi mumkin, bunda so'zlovchi va tinglovchi munosabati nutqiy muloqot sharoitida yuzaga keladi, nutqiy harakat muloqot matnini talab qiladi va shu muloqot kontekstida mazmunga ega bo'ladi.
Kommunikatsiya yuzaga kelishi uchun muhit bo'lishi darkor. Muhit, o'z navbatida, ijtimoiy xususiyatga ega bo'lib, u ijtimoiy qatlam, guruhning madaniyati bilan bog'liq holda namoyon bo'ladi. Ushbu guruhdagilar har xil anglashilmovchiliklar, ma'noviy ikkiyoqlamalik, noaniqliklarni bartaraf etish imkonini beradigan umumiy bilim zahirasiga hamda muloqotning mavaffaqiyatini ta'minlovchi qoidalardan foydalanish malakasiga ega bo'lishadi. Kommunikatsiya jarayonida biror bir vaziyatni bayon etayotganda matn turli maqsadlarni ko'zlashi mumkin. Kommunikatsiya maqsadi matn mazmunining muhim komponentini tashkil etadi va retseptor shu komponentni ma'lumotdan "ajratib" olgandagina muloqot akti to'liq amalga oshirilishi mumkin. Tabiiyki, kommunikatsiya maqsadini berish tarjimada birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, tarjimada har bir gap, so'z, tovush, xatto punktuatsion belgi o'z o'rnida bo'lishi kerak. Chunki bularning har biri, o'rniga qarab, katta uslubiy ma'no kasb etgan bo'lishi mumkin. Masalan, hindiy tilidagi "^T^"(hath) "qo'l" so'zining lug'atda o'ndan ortiq ma'nosi va ushbu so'z bilan ifodalanuvchi maqol va iboralarning esa yuzdan ortiq ma'nolari borligini ko'rish mumkin [5, 801-b]. Bu o'rinda tarjimon asliyatda kommunikatsiya maqsadini to'g'ri tushunib olishi, bundan tashqari asliyat muallifining dunyoqarashi, maslagi kabi individual xususiyatlarini hisobga olishi va asliyatda tasvirlanayotgan voqelikka
nisbatan shakllanishi mumkin bo'lgan ijobiy yoki salbiy munosabatlarni ham oldindan ko'ra bilishi lozim. Shu jihatdan tarjimon oldida yuzaga keladigan muammolardan biri muloqot maqsadini to'g'ri anglash bilan uni saqlab qolish masalasi turadi. Kommunikatsiya ishtirokchilarining bir-birini tushunishi muloqotning asosiy sharti hisoblanadi. Masalan, "^N ^^ f" «Choy tugabdi», 031" «Sovuq» jumlalarini «Choy damla», «Issiqroq kiyin» yoki «Eshikni yop» kabi mazmunlarida anglash uchun J.Serl aytganidek «o'zaro umumiy va oldindan ma'lum bo'lgan ma'lumotga» ega bo'lish lozim. Ammo bunday holatda va «orqa fon»da turadigan ma'no o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi [6, P-1979].
Turli mantiqiy-semantik amallar asosida mazmuniy xulosalarga erishishning yana bir yo'li so'zlovchi «nimani nazarda tutayotganligini» ehtimol qilish va anglashdir. Masalan,
«Qish keldi» gapini eshitib, so'zlovchi «Havo sovuq, issiq kiyimlaringni tayyorla» mazmunidagi maslahatini bermoqchi degan xulosaga kelish mumkin. Ammo bu xulosa bor-yo'g'i ehtimol, balki so'zlovchi «Uyni isit» demoqchidir. Shuning uchun A.D.Shveytser tarjimonga mantiqiy amallar asosida bajarilishi mumkin bo'lgan maqsadni farqlash lozimligini uqtiradi.
Asliyatning kommunikativ teng qiymatliligini ro'yobga chiqarish nafaqat narsa va xodisalar to'g'risida axborot beruvchi nutq vositalarining moddiy-mantiqiy ma'nolarini hamda ularning hissiy-ta'sirchan va obrazli-uslubiy jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan majoziy vazifalarini to'g'ri talqin qilishni, balki fikrning til ifodasi bilan muloqot ishtirokchilari o'rgasidagi munosabatini belgilaydigan pragmatik aspektini ham nazarda tutishni talab qiladi. Ushbu vazifani to'laqonli ado etish uchun tarjimon asliyat yaratilgan til, xalq, davlatning tarixi, madaniyati, adabiyoti, urf-odatlari va marosimlari, o'tmish va bugungi ma'naviy dunyosi, xullas barcha zaruriy xalq realiyalari bilan obdon tanishib chiqadi. Shu jarayonda tarjimonda retseptor sifatida asliyat matnga nisbatan shaxsiy pragmatik munosabati shakllanadi. Biroq tarjimon shuni ham hisobga olishi kerakki, uning retseptor sifatida matn mazmuniga nisbatan shakllangan munosabati asliyat matnda aks etgan muallif pragmatik munosabatini tarjimada ekvivalent berishga xalaqit bermasligi lozim. Shu nuqtai nazardan, Bhisham Sahniyning "Basantiy" asarida quyidagi iborani misol tariqasida tahlil qilib o'tamiz:
^ to ft fè^ ^Wt fä^t ^ Wl (K^) Basantiyning otasini
ko 'riboq Dinu suvga tushgan mushukday shumshayib qoldi (82-b). Bu misolda hindiy tilidagi " tfMï (bhigi billi-^o 'l mushuk) tushunchasi o'zbek tilidagi "suvga
tushgan mushukday" iborasiga ekvivalent bo'lib, muallif bu bilan qahramonni
"hafsalasi pir bo'lgan"ni nazarda tutgan. Har ikki tilda ham bu ibora mushuk obrazida miqobil berilganligini ko'rishimiz mumkin.
Kommunikatsiyaning maqsadiga erishish uchun tarjimon tarjima qilayotgan so'z ma'nolarini retseptorda taassurot qoldirish yo'llarini ochib berishi va u haqida ma'lumotga ham ega bo'lishi kerak. Kezi kelganda o'zidan qo'shib unga kerakli sharx va tushuntirishlar bera olishi lozim.
Har qanday matn nimadandir xabar beradi, qandaydir ma'lumotni o'z ichiga olgan bo'ladi. O'quvchi o'sha ma'lumot yoki xabarga diqqat qilmasa, unda matnning kommunikativ vazifasi ado etildi deb bo'lmaydi. O'sha ma'lumot yoki xabarga e'tibor qaratib, uni o'zlashtirgan retseptor o'z-o'zidan mazkur matnga munosabat bildirgan bo'ladi. Munosabat turlicha, salbiy yoki ijobiy, hayratlanish yoki jirkanish kabi turli emotsional-ekspessiv holatlarda ko'rinishi mumkin [1, 29-b].
A.Shveytser, A.Noybert asarlarida tarjima-tillararo kommunikatsiya mahsuli ekanligi atroflicha tushuntirib berilgan. Natijada uzoq yillardan beri tilshunos va adabiyotshunoslar o'rtasida mavjud bo'lgan bahslarga deyarli chek qo'yilgan. A.D.Shveytserning fikriga ko'ra, tarjimada eng muhimi dastlabki va tarjima matnlarining invariant kommunikativ effektiga suyanuvchi kommunikativ ekvivalentligidir. Kommunikativ ekvivalentlik dastlabki matnnning tarjimada funktsional dominantligini saqlab qolishni nazarda tutuvchi funktsional ekvivalentlik bilan bog'liq. Agar kommunikativ ekvivalentlik semantik va pragmatik darajalarga qo'llanilsa va funktsional ekvivalentlik bilan to'ldirilsa, to'liq ekvivalentilik to'g'risida gapirish mumkin. Har bir tilda so'zlashuvchi shaxsning ijobiy yoki salbiy munosabatidan kelib chiqib emotsional bo'yoqdagi so'zlar uchraydi. Lug'atlarda ko'plab topiladigan hech qanday emotsional bo'yoqdorlikka ega bo'lmagan so'zlar neytral emotsional so'zlar deb ataladi. Shunga asosan leksik birikmalarni uch turga ajratish mumkin. 1) salbiy emotsional, 2) neytral emotsional, 3) ijobiy emotsional so'zlar. So'zlarning emotsional bo'yog'i ikki xil usulda ko'pma'noli so'zlarning kontekstga mos ma'nosini tanlash va so'zlarga emotsional bo'yoq beruvchi qo'shimchalarni qo'shish yordamida yasaladi.
Tildagi obrazlilikni ifodalovchi vositalar ichida iboralar alohida o'rin tutadi, chunki ular kesatiq, nafrat, jirkanish, so'kish, qarg'ish kabi salbiy, erkalash, hazil, rag'batlantirish kabi ijobiy qo'shimcha ma'no noziklarini ifoda etuchi obrazli birikmalar hisoblanadi. Har bir yozuvchining iboralardan foydanalish uslub va yo'nalishlari bo'ladi. Agar ma'lum tilda yaratilgan asarni boshqa tilga tarjima qilish lozim bo'lsa, xususan iboralarni o'girish jarayonida tilda mavjud bo'lgan muqobil variantlari, sinonim yoki ekvivalentlaridan foydalaniladi.
Bolgar olimasi A.Lilova ta'kidlaganidek "tarjimadagi qiyinchiliklar ma'lum darajada u yoki bu asardagi milliy xarakterni aniq-ravshan qayta yaratish bilan bog'liqdir. Asar milliy hayotni qanchalik yorqin aks ettirsa, qanchalik xarakterli holatlarni yaratsa, tarjimon unga mos keladigan ekvivalent vositalarni topishda shunchalik qiyinchilikka duch keladi" [7, 103-b].
^ ft ^^t ^ fN ^fô ^^ ^ Tarjimon: ''Bugunoq qizingni erga beramiz" (14-b) So'zma—so'z tarjimasi "Bugunoq qizning qo'lini sariq qilamiz" [Tshbu jumlada "fN « ^Hl" (hath pile karna) iborasi "turmushga bermoq" yoki "uzatmoq" deb tarjima qilinadi. Bu erda tarjimonni jiddiy o'ylantiradigan narsa shuki, hind urf- odatlariga ko'ra, qizlarining turmushga berishdan avval qo'llariga xina qo'yish marosimi mavjud. Bu erda shu marosim ham nazarda tutilgan bo'lishi mumkin. Tarjimon personajlar nutqidagi maqsadni to'g'ri anglagan holda unga ekvivalent "erga bermoq" so'z birikmasi orqali tarjima qilgan. Bunday iboralarning so'zma-so'z tarjima qilish bilan asliyat ma'nosining buzilishiga olib keladi. Bu kabi tarjimalarni asliyatlari bilan qiyoslash shuni ko'rsatadiki, ular odatda birlamchi matnlar tarkiblaridagi leksik va grammatik birliklar ma'no va shakllaridan kelib chiqib, «bevosita» amalga oshirilmaydi, balki matnlar tarkiblarida yashirin holda mavjud bo'lib, butun boshli ifodalar asosida oydinlashadigan «hosila» mazmunlar asosida yaratiladi. «Hosila» mazmun ko'pincha «nazarda tutilgan» yoki «ko'chma» mazmun deyiladi. Tarjimon ham vaziyatdan kelib chiqqan holda qahramon nutqidagi «ko'chma» mazmunni obrazli berishga harakat qiladi. Tarjimada badiiy tasvir vositalarining semantik muqobilligi jihatlarini to'liq ta'minlash ham muloqotning vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tarjimon matn ustida ishlash jarayonida asar muallifining kommunikativ istagini to'liq tushunib olishi kerak. Shu erda tarjimonning badiiy adabiyot sohasida egallagan bor ma'naviy bilimlari ishga solinadi. Asar muallifi o'zining kommunikativ istagini amalga oshirish yo'lida turli frazeologik birliklardan (iboralardan) foydalanadi. Tarjimalarda iboralardan ixtilof bo'lmay iloj yo'q. Ularning predmetli-mantiqli, konnotativ xususiyatlaridan kelib chiqib, til birliklari o'rtasida mazmun va ma'no uyg'unligini ta'minlaydi [2, 55-b].
Tadqiqotimizdagi asliyat va tarjima matnidagi ekvivalent iboralarda ma'noning siljishi kuzatilib, asliyatdagi iboralar tarjima maydoniga ko'chganda ma'nosi torayib, yangi ma'noni qo'shimcha sifatida olishi kuzatildi.
Asliyat muallifi tomonidan o'z ona tili imkoniyatlari doirasida bayon etilgan tasvir va tavsiflarni tarjimon o'z tiliga shunday o'girishi kerakki, tarjima asliyat kabi taassurot qoldirishi lozim. Bunda tarjimonning tillararo kommunikatsiyani
328
ta'minlovchi sifatidagi qobiliyati baholanadi. Ushbu ekvivalentlik turida fikr turli tillarda turlicha ifoda etilsa-da, bir xil vaziyat tasviri yaratiladi. Bunday hol muloqot ishtirokchilarining g'ayrilisoniy tajribalari asosida yuzaga keladi" deydi Komissarov [8,45-b]. Tarjimada eng muhimi dastlabki va tarjima matnlarining invariant kommunikativ effektiga suyanuvchi kommunikativ ekvivalentligidir. Kommunikativ ekvivalentlikni dastlabki matnnning tarjimada funktsional dominantligini saqlab qolishni nazarda tutuvchi funktsional ekvivalentlik bilan bog'liq. Agar kommunikativ ekvivalentlik semantik va pragmatik darajalarga qo'llanilsa va funktsional ekvivalentlik bilan to'ldirilsa, to'liq ekvivalentilik to'g'risida gapirish mumkin. Shunday ekan, ekvivalentlikning darajalari hususan muloqotning maqsadi muallifining kommunikativ istagi qay darajada iste'molchiga etkazilganligini baholash imkonini beradi.
REFERENCES
1. Sirojiddinov Sh.,Odilova G.Badiiy tarjima asoslari.-Toshkent: Mumtoz so'z, 2011.
2. Швейцер А.Д. Теория перевода.- М., 1988.- С. 54.
3. Швейцер А.Д. Теория перевода //N. Neubert A. Text and translation. Leipzig, 1985.-С.55//- М., 1988.-С.57
4. Комиссаров, В. Н. Лингвистика перевода. - М.: Международные отношения, 1980. - С. 207.
5. Бархударов А.С., Бескровный В.М., Хинди-русский словарь.- М.: Советская энциклопедия, 1972. -С.801.
6. Searle J. Studies in the Theory of Speech Acts (Исследования по теории речевых актов). - P.,1979.
7. http: //www.lingvolab.chat.ru/library/Searle J.modelling.html
8. Лилова А., Введение в общую теорию перевода. - М.: Высшая школа, 1985.-С.103.
9. Комиссаров В.Н. Слово о переводе, - М.: Международные отношения, 1973. - С.45.
10. Фтwft ^^ ^ f^t ШЪ- W
11. Basantiy romani. Amir Fayzulla. - T: "Turon-Iqbol", 2010.