Научная статья на тему 'CHET TILIGA O‘RGATISHDA TARJIMANI O‘QUV JARAYONIDA QO’LLASH MASALASI'

CHET TILIGA O‘RGATISHDA TARJIMANI O‘QUV JARAYONIDA QO’LLASH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
437
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chet tilini o‘qitish metodikasi / grammatik tarjima / bixeviorizm / ko‘nikma va mahorat / baholash mezonlari. / foreign language teaching methodology / grammatical translation / behaviorism / skills and abilities / evaluation criteria.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ismatullayeva, Nargiza

Mazkur maqola chet tili mutaxassislarini tayyorlashda xorijiy tilni va tarjima faoliyatini o‘rgatish o‘zaro uzviy aloqada bo‘lishi lozimligini nazarda tutadi. Maqolada, shuningdek, chet tili darslarida tarjima ishini o‘rgatish metodikasi va baholash mezonlarini ishlab chiqishning dolzarligidan kelib chiqib, soha tadqiqotlari natijalari asosida amaliy takliflar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF USING TRANSLATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING

This article assumes that foreign language teaching and translation activities should be interrelated in the training of foreign language specialists. The article also gives practical suggestions based on the results of field studies based on the methodology of teaching translation in foreign language classes and the importance of developing evaluation criteria.

Текст научной работы на тему «CHET TILIGA O‘RGATISHDA TARJIMANI O‘QUV JARAYONIDA QO’LLASH MASALASI»

TRANSLATION FORUM - 2022 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28

ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ-2022 ISSN 2181-1784

TARJIMASHUNOSLAR FORUMI- 2022 ^ SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

CHET TILIGA O'RGATISHDA TARJIMANI O'QUV JARAYONIDA QO'LLASH MASALASI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-224-229

PhD. Nargiza ISMATULLAYEVA

TDSHU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston Tel: +998 99 867 10 88;

Email: ismatullayeva. nargiza@gmail .com

Annotatsiya. Mazkur maqola chet tili mutaxassislarini tayyorlashda xorijiy tilni va tarjima faoliyatini o'rgatish o'zaro uzviy aloqada bo'lishi lozimligini nazarda tutadi. Maqolada, shuningdek, chet tili darslarida tarjima ishini o 'rgatish metodikasi va baholash mezonlarini ishlab chiqishning dolzarligidan kelib chiqib, soha tadqiqotlari natijalari asosida amaliy takliflar beriladi.

Kalit so'zlar: chet tilini o 'qitish metodikasi, grammatik tarjima, bixeviorizm, ko 'nikma va mahorat, baholash mezonlari.

Аннотация. В данной статье предполагается, что преподавание иностранного языка и переводческая деятельность должны быть взаимосвязаны в подготовке специалистов иностранных языков. В статье также даются практические предложения по результатам исследований, основанные на методике обучения переводу на занятиях по иностранному языку и важности разработки критериев оценки.

Ключевые слова: методика обучения иностранному языку, грамматический перевод, бихевиоризм, умения и навыки, критерии оценки.

Abstract. This article assumes that foreign language teaching and translation activities should be interrelated in the training of foreign language specialists. The article also gives practical suggestions based on the results of field studies based on the methodology of teaching translation in foreign language classes and the importance of developing evaluation criteria.

Key words: foreign language teaching methodology, grammatical translation, behaviorism, skills and abilities, evaluation criteria.

Hozirgi davrda xorijiy tillarni o'rganish borasida tillarni o'qitish metodikasini ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish, eski usullarni yangilash kabi jarayonlar jadal tus olmoqda. Chet tillarini o'rgatish metodikasini yaxshilash tilni o'zlashtirishda ega bo'lish kerak bo'lgan ko'nikmalarni o'stirishga xizmat qiladi. Xorijiy tillarni o'rgatishga qo'yilgan talablar aksariyat hollarda to'rtta ko'nikmani: tinglash, gapirish,

o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Lekin shu o'rinda ta'kidlash joizki, xorijiy tillarni o'rganishdagi eng katta vazifalardan bo'lmish tarjima qilish ko'nikmasi bir oz nazardan chetda qolgan. Tarjimashunoslik alohida ajralib chiqqan lingvistik fan sifatida qaralib, chet tillari o'quv jarayoniga sust tadbiq qilinmoqda. Aytish mumkinki, bunday holat butun dunyoda kuzatilib, ushbu muammoga olimlar o'z tadqiqotlari natijasi o'laroq yechim topishga intilganlar.

G.Kuk tarjimaning "beshinchi mahorat" (gapirish, tinglash, yozish va o'qish bilan bir qatorda) g'oyasini ta'kidlab o'tadi va uni Fridrixga (1967) bog'laydi [1, 207].

L.Venuti tarjimani shunchaki lingvistik transkodlash shakli emas, balki ijodiy faoliyat ekanligini ta'kidlaydi [2, 1].

Bir necha yillik pedagogik faoliyatimiz davomida filologiya yo'nalishi bitiruvchilarining aksariyati badiiy tarjimadagi mahoratlari bir oz oqsashini kuzatdik. Buning asosiy sababi, talabalarga tarjima nazariyasining yetarlicha berilmasligi, berilsa ham amaliyotda keng qo'llanilmasligi, qo'llanilgan taqdirda ham, tarjima mezonlariga ko'ra baholanmasligi deb bilamiz.

A.Pim boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi o'nta mamlakatdan 878 nafar til o'qituvchilari o'rtasida o'tkazgan so'rovi natijasida til o'qituvchilari tarjimani unchalik xushlamasligi, eng ommabop ta'lim berish metodikasi "kommunikativ yondashuv" bo'lib, eng kam qo'llaniladigani esa "grammatik tarjima" ekanligini aniqlaydi [1, 210]. Bu demak, til o'qituvchisinining metodikasi va afzal bilgan yondashuvidan kelib chiqib, o'quv jarayonida tarjima amaliyotidan keng foydalanilmaydi.

Aslida zamonaviy tilshunos pedagoglarning tadqiqotlarida grammatik tarjimaga nisbatan salbiy munosabatlari kuzatiladi. Grammatik tarjima 1940-yillargacha til darslarida hukmronlik qilgan o'qitish usuli bo'lgan. Bunda o'qish va yozish asosiy yo'nalish bo'lib, tarjima mashqlari talabaning ona tiliga murojaat qilishi orqali leksika va grammatikani o'rganish uchun qo'llanilgan. Grammatik tarjima faoliyatida ona tilida so'zlashuvchilar bilan muloqot qilish, gapirish va tinglash ko'nikmalarini egallash til o'rgatishning maqsadi sifatida ko'rilmaydi [3, 2].

Til o'qitishdagi yana bir an'anaviy usullardan biri bixevioristik yondashuv bo'lib, 50-60-yillarda til o'rganish nazariyalari bixeviorizmga,

ya'ni til o'zlashtirishni odatning shakllanishi sifatida ko'radigan o'rganish nazariyasiga asoslangan [3, 2].

Tabiiyki, tilga o'rgatishda chet tilidagi diskurs yoki matnni tushunish, lug'at boyligini oshirishga ko'proq urg'u beriladi. Yod olingan so'zlarning ona tilidagi ekvivalent va muqobillari ustida ishlash ancha sust bo'ladi. Shuningdek, o'quv jarayonida har bir yangi so'zni mustahkamlash maqsadida matnni so'zma-so'z tarjima qilish tajribasi keng kuzatiladi. Buning oqibatida esa talabalarda so'zma-so'z tarjima qilish odati shakllanadi.

S.Kolina bixevioristik/kontrastiv metodologiyaga jalb qilingan talabalar tilni qanday ishlatishni emas, balki til haqidagi bilimni o'rganishi, mazmunli ma'lumot yaratish yoki almashish bo'lmasligi [3, 3]ni ta'kidlaydi.

J.Xolms tarjima faoliyatini til o'rganish bilan yonma-yon, u bilan birga potentsial muloqotda ishlashi mumkin bo'lgan soha sifatida tilga olgan [1, 204]. Shunday ekan, chet tilini o'rganishni tarjimadan ayro tarzda olib borib bo'lmaydi, deb hisoblaymiz. Darvoqe, bu iddao bilan aynan chet tili mutaxassislarini tayyorlash bo'yicha kurs, yo'nalish, mutaxassisliklarni nazarda tutyapmiz.

Ma'lumki, ona tili va o'rganilayotgan xorijiy til o'rtasida katta tafovutlar mavjud bo'lib, ushbu farqlar madaniy o'zgachalik, dunyoqarash, yashash tarzi, konseptlar manzarasi tufayli yuzaga keladi. Ana shu tafovutlarni ilg'ash hamda uni tarjimada to'g'ri va adekvat tarzda berish esa tarjimondan lisoniy va g'ayrilisoniy bilimlarni talab etadi.

A.Pimning ta'kidlashicha, 1980-yillar va 1990-yillarning boshlarida tarjima qilish uchun ikki tilni bilishdan ko'proq narsani o'zlashtirish kerakligi aytilardi, ya'ni tarjima qilish kompetensiyasi tilni bilishdan ko'ra ahamiyatliroq edi. Tarjimonlarni tayyorlash uchun til o'rgatishning o'zi yetarli emasligiga katta urg'u qilinardi [1, 205].

M.Shenga ko'ra xilma-xillik tarjima haqidagi tasavvurimizni kengaytiradi, adabiyot, antropologiya, madaniyat, falsafa va siyosiy sotsiologiyani tushunishda tarjimaning markaziy rolini o'rganadi hamda talabalarning nafaqat tarjimon, balki yozuvchi, muharrir, noshir va loyiha menejerlari sifatidagi kelajak istiqbollarini kengaytiradi [2, 2]. Bundan ko'rinadiki, tarjima faoliyati talabadan chet tili va ona tilidan tashqari katta

ensiklopedik bilimlarni o'zlashtirishni talab etadi va natijada yetishib chiqqan mutaxassisning kasbiy istiqboli keng bo'ladi.

Tillarni o'qitishning hozirgi tendentsiyalari (SLA tadqiqotlari natijalari asosida) va tarjimonlarni tayyorlash umumiy kommunikativ muloqot qilish ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan. Kommunikativ tilni o'qitishning maqsadi kommunikativ kompetentsiyani egallash, ya'ni mazmunni ifodalash, izohlash va muhokama qilish qobiliyatiga ega bo'lish yordam berishdir [3, 5].

A.Pim va boshqalar 2013-yilda o'tkazgan tadqiqotlarida o'nta namuna mamlakatlarni o'rganishi natijasida Finlyandiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlardagi o'qituvchilar tarjima haqida juda ko'p fikr bildirgani, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada esa oz gapirilganini kuzatadilar. Bu taqsimotning qiziq tomoni shundaki, 2012-yilgi EF English Proficiyency Index (EF ingliz tili malakasi indeksi) ma'lumotlariga ko'ra, ingliz tilini o'rganishda eng yaxshi natijalarga erishgan ba'zi mamlakatlar tarjimadan foydalanish bo'yicha ham yuqori bahoga ega bo'lganlar. Masalan, Finlyandiya ikkala ro'yxatda ham birinchi o'rinda turadi [1, 210].

Yuqoridagi ma'lumotlardan chet tilii darslarida tarjima faoliyatini qo'llashning naqadar katta ahamiyat kasb etishini ko'rib turibmiz. Hozirgi global madaniyatlararo almashinuvlar sharoitida faqat til o'rgatish bilan cheklanib bo'lmaydi. Tilni tushunish boshqa, unda ifodalangan farqli, o'ziga hos madaniy bo'yoqni ilg'ash boshqa. Ana shu o'ziga xosliklarni anglash uchun esa talabalarda tarjima qilish mahoratini shakllantirish va n'stirish lozim deb o'ylaymiz. Shuningdek, nafaqat xorijiy tilda, balki o'z ona tilida ham so'z boyligini oshirishga e'tibor qaratish lozim. O'quv jarayonini tashkil etishda bakalavr bosqichi 1-kurs chet tili mashg'ulotlarida so'zlarni asosan ona tili lug'atidagi tarjima varianti bilan berilsa, 2-kursda talabalarni to'liq xorijiy til muhitiga tushirish, bunda so'zlarni ona tilida emas, balki xorijiy tildagi izohini berish maqsadga muvofiq. 3 va 4-kurslardan boshlab o'quv rejasiga ko'ra belgilangan asosiy xorijiy til mashg'ulotlarining aksariyat qismini tarjima nazariyasi va amaliyotiga berish lozim.

Fikrimiz tasdig'ini chet tili pedagodi A.Pim takliflarida ham ko'rsak bo'ladi. U ilg'or (yuqori darajadagi bakalavriat/boshlang'ich magistratura)

R

ob

kurslarda chet tili darslarida tarjima faoliyatining to'liq integratsiyalashuvi bo'lishi kerakligi, unda talabalar o'zlarining til ko'nikmalarini haqiqiy kommunikativ kontekstlarda qo'llashlari mumkin [1, 219]ligini ta'kidlaydi.

Tarjimani chet tili mashg'ulotlariga qay yo'sin va usullarda kiritish kerakligi borasida bir qator olimlarning fikrlari tarjima metodikasini ishlab chiqishga yordam beradi.

Xususan, A.Pim: "Talabalarni spontan tarzda, real hayotda yoki rol o'ynash vositasida tarjima qilishga undashimiz kerak. Talabalarga turli xil tarjimalar berishimiz, keyin o'zaro farqlarni muhokama qilishimiz kerak. Shu tariqa chet tilidagi har bir ibora, ifoda uchun faqat bitta tarjima variant bor, degan fikrdan voz kechamiz. Shu tufayli talabalarga tarjima jarayonida kontent qo'shish va o'chirishga ruxsat berishimiz kerak." [1, 215] deydi. Ushbu taklifga binoan, biz talabalarga tillar va madaniyatlar o'rtasidagi ko'plab tafovutlarni aniqlash va o'rganishga imkon yaratamiz.

Chet tillarni o'qitishda tarjimadan foydalanish talabalarni berilgan topshiriqni o'z ona tilida tushunib, tarjima mahorati bilan bir qatorda analitik yoki og'zaki-lingvistik o'rganish strategiyalarini o'zlashtiradi. Tarjima o'qituvchi o'quv mashg'ulotlari jarayonida qo'llaydigan uslubga moslashtirilishi va talabalarga erkin muloqot qilish imkoniyatini yaratishi mumkin. Tarjimadan chet tili o'qitishda foydalanishda bugungi kunda chet tili o'qitishga qo'yilgan talab va ehtiyojlarni qondirish uchun moslashtirilishi lozim [4, 10].

L.Venuti chet tili va tarjimani birga o'rganishni rag'batlantirish uchun sinfdagi mashg'ulotlar davomida ijtimoiy konstruktivistik nazariyasidan foydalanish zarurligini ko'rsatadi. Bunda talabalar loyiha ishlarida muharrir, koordinator va terminolog rolini o'ynaydilar. Tarjima muammolarini hal qilishda hamkorlik va muloqotni rag'batlantirish maqsadida talabalarning o'z guruhdoshi tarjimasiga tanqidiy munosabati asosida ularni muhokama qilish va baholash harakatlari amalga oshiriladi [2, 1].

Ta'kidlash joizki, chet tili darslarida talabalar tomonidan amalga oshirilgan tarjimalar muayyan mezonlarga ko'ra baholanib borishi zarur. Adekvat tanqid va baholash natijasida talabalarda tarjima qilish ko'nikmasining rivojlanishi muqarrar.

R.

o#

M.Melis Tarjimani baholash tarjimaning uchta yo'nalishida: nashr etilgan tarjimalarni baholash, professional tarjimonlar ishini baholash va tarjimani o'qitishda baholash dolzarb [5, 273]ligini ko'rstadi. Talabalarni baholash tarjima mahsuloti va amalga oshirilgan individual jarayon (tegishli tamoyillarga rioya qilish) bilan bog'liq. Tarjima mahsulot sifatini, shuningdek miqdorini (ishini) baholash mumkin. Ushbu sohada baholashning uchta funktsiyasi (diagnostik, summativ va shakllantiruvchi) ishlaydi. Baholash uchun tarjimalar, baholash mezonlari, baholash va tuzatish shkalalari, anketalar, mashqlar va boshqalar talab qilinadi [5, 279].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, chet tilini o'rgatishda talabalarning til bilishini baholash mezoniga tarjima qilish ko'nikmasini ham alohida kiritish zarur. Chet tili mutaxassislarini yetishtirishda kommunikativ muloqot qilish ko'nikmasini yaxshilashda ijobiy ta'sirga ega tarjima faoliyatini o'rgatish metodikasi, metodologiyasi, mustaqil ta'lim shakllari va baholash mezonlarini ishlab chiqish dolzarlik kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Pym A. Where Translation Studies lost the plot: Relations with language teaching. Translation and Translanguaging in Multilingual Contexts, 4 (2), 203-222. - 2018.

2. Shen M. Teaching translation: programs, courses, pedagogies. Perspectives. 2017.

3. Colina S. Second Language Acquisition, Language Teaching and Translation Studies. The Translator, 8:1, 1-24, 2002.

4. Yusupov O. Xopn^HH rarnapHH yKHTHmga Tap^HMaHHHr axaMHtfra //Chet tillarni o'qitishda dolzarb muammolar, innovatsiyalar, an'analar, yechimlar va badiiy adabiyotlar tahlili. - 2022. - T. 1. - №. 01.

5. Melis N.M., Albir A.H. Assessment In Translation Studies: Research Needs. META Journal des traducteurs/Translators' Journal. Volume 46, Number 2, 2001.

6. Khudoyorovich, K. K., Rasuljanovna, I. N., Khalmuratovna, R. Z., & Eshkobilovna, K. D. (2020). The Issues of Word Choice in Fiction Translation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(04).

7. Ismatullayeva, N. R. (2020). Probability Prediction Strategy In Simultaneous Interpretation. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 7(01), 1-6.

8. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.