Научная статья на тему 'TARJIMA VA OBRAZLAR RUHIYATINI IFODALASHDA EKSPRISSIVLIK'

TARJIMA VA OBRAZLAR RUHIYATINI IFODALASHDA EKSPRISSIVLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
emotsional va estetik ta’sir / badiiy matnning ta’sir etish va estetik funksiyasi / referent makon / ratsional / emotsional va estetik ta’sir etish / lisoniy vositalar darajalari / tovush va so’zlar hamda grammtik semantikalar / nutqning verbanal moddiyligi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Begmatov A'Zam

Badiiy matnning ta'sir etish funksiyasi badiiy matn va tilning o‘ziga xos funksiyasi.Tilning estetik amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadi.Estetik lazzat olishni ko‘zda tutadigan badiiy modelni rivojlantirish. Matnni rimtik tashkil etishda tovush va so‘zlar semantikasi, grammatik semantikalar roli. Obrazlar ruhiyatini ifodalashda tilning har qanday birliklarining ekspressiv xususiyatiga ega bo’lishi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARJIMA VA OBRAZLAR RUHIYATINI IFODALASHDA EKSPRISSIVLIK»

TARJIMA VA OBRAZLAR RUHIYATINI IFODALASHDA

EKSPRISSIVLIK

Begmatov A'zam

SamDCHTI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11282130

Annotatsiya. Badiiy matnning ta'sir etish funksiyasi badiiy matn va tilning o'ziga xos funksiyasi.Tilning estetik amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadi.Estetik lazzat olishni ko'zda tutadigan badiiy modelni rivojlantirish. Matnni rimtik tashkil etishda tovush va so'zlar semantikasi, grammatik semantikalar roli. Obrazlar ruhiyatini ifodalashda tilning har qanday birliklarining ekspressiv xususiyatiga ega bo'lishi.

Kalit so'zlar: emotsional va estetik ta'sir, badiiy matnning ta'sir etish va estetikfunksiyasi, referent makon, ratsional, emotsional va estetik ta'sir etish, lisoniy vositalar darajalari, tovush va so'zlar hamda grammtik semantikalar,nutqning verbanal moddiyligi..

Kirish. Shaxsning ko'rish va eshitish organlariga bevosita ta'sir etish orqali amalda emotsional va estetik ta'sir o'tkazishga mo'ljallangan musiqa yoki rassomlikdan farqli o'laroq, badiiy adabiyot bunday ta'sirni ko'pchilik hollarda muayyan axborotni yetkazish orqali amalga oshiradi. Umumanbadiiy obraz yaratish-asardan ko'zlangan birdan bir maqsad axborot yetkazish vositasigina emas,balki kitobxonga ta'sir o'tkazishning o'ziga xos yo'lidir.

Shunday ekan har qanday mantiqiy-badiiy matnning asosiy vazifasi- ma'lumot yetkazish ekan, badiiy matn bu kitobxonga ta' sir o'tkazish vositasi, xolos. Shuningdek,badiiy matnning ta'sir etish funksiyasi o'z-o'zicha tugal emas, u har turli hodisalarga, faktlarga, voqealarga nisbatan ham hissiy, ham ongli munosabatni shakllantirishga qaratilgan bo'ladi. Badiiy matn - tilning o'ziga xos estetik funksiyasining amalga oshishidir.Tilning estetik amalga oshirilishida ko'zlangn maqsad, o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan referent makonni boshdan kechirish orqali estetik lazzat olishni ko'zda tutadigan badiiy modelni matnda mujassamlashtirish hisoblanadi.

Zamonaviy filologiya ilmi emotsional-hissiy mazmunning (psixologizmning) badiiy asar strukturasidagi roliga ktta e'tibor qaratmoda.Badiiy matn funksional jihatdan ko'p qirrali. Uning estetik funksiyasi bir qator boshqa - kommunikativlik, ekspressivlik, pragmatik, emotivlik kabi funksiyalarg bo'linadi,biroq ularning o'rnini bosishga emas, balki kuchaytirishga xizmat qiladi. Badiiy matn tili adabiiy til hayotidan farq qiladigan o'z shaxsiy qonunlariga binoan yashaydi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: So'zning o'zig xos xususiyatlari bo'yicha maxsus tadqiqotlar olib borgan A.A. Potebniya, V.V. Vinogradov, D.N.Shmelov kabi olimlar badiiy matnda so'z o'zining ayiricha harakati tufayli mazmunan tubdan o'zgarib, qo'shimcha ma'no olishini takidlaydilar. To'g'ri va ko'chma ma'nolar o'yini badiiy matnning ham estetik, ham ekspressiv ta'sirchanligini yuzaga keltiradi, matnni obrazli v ifodali qiladi. Olimlarning ko'pchiligi (N.A.Lukyanova, V.A.Maslova, V.I.Shaxovskiy va boshq.) shuni tan oladilarki, noeksprissiv matnlar mavjud emas, chunki har qanday matn kitobxon ongi va o'zini xis qilishida muayyan ta'sir etishga qodir, negaki matnning retsipientga ta'sirini taminlar ekan, aynan ekspressivlik holatini nutqiy xabarning maqsadiga ko'maklashadi. Eksprissiv til vositalarining matndagi ko'lami matnni o'zlashtirishning ekspressiv samarasini belgilamaydi, balki uning yuzaga kelish ehtimolini oshiradi. Shuningdek, maxsus til vositalari, xususan, emotsional-obrazli, stilistik bo'yoqdor vositalardan tashqari, muallif niyati, kontekstual vaziyatga qarab tilning har qanday betaraf birligi ekspressiv bo'la olishi mumkin.

Matn emotsionalligini yuzaga keltirish manbalari turli-tuman va barcha tadqiqotchilar tomonidan bir xil tushunilmaydi. Bir tomondan, aslida emotiv til vositalari matn emotivligining bosh manbai hisoblanadi. Kommunikativ yondashuvga tayangan V.A.Maslova mazmunni matn emotivligining eng muhim manbasi deb hisoblaydi. Uning fikricha, "matn mazmuni potentsional emotsiogendir, chunki uni o'zi uchun shaxsan ahamiyatli deb yuradigan retsipient hamisha topiladi. Matn mazmunining emotsiogenligi-bu, pirovardida,matnda aks etgan dunyo parchalarining emotsiogenligidir "[1].

Tadqiqot metodologiyasi. Jumla tuzish mexonizmlarining inson ruxiyati mexanizmlari bilan, bosh miyaning tegishli funksiyalari bilan, fikrlash va his qilish jarayonlari bilan o'zaro aloqadorligi sar tahlilida matnning emotsional jihatiga jiddiy e'tibor qaratishni taqozo qiladi. Hissiyotlar,tafakkur va nutq - bu inson ongi ruhiy faoliyatining maxsullari bo'lib, ayni paytda, til va nutq borliqni ongli ravishda aks ettirish shaklidir. Ular orqali inson ruhiy jarayonlarni nazorat qiladi.

Tilda hissiyotlar nutqda turfa yo'llar bilan uyg'unlashuvchi xilma-xil vositalar orqali ifodalanadi. O'ziga xos vazifaga ega lisoniy vositalar (so'z yasovchi qo'shimchalar, emotsional -xissiy so'zlar, ekspressiv strukturalar ) hamda funksional jihatdan tilga qaram bo'lgan, muayyan nutqiy harakat kontekstida ishlatilib ani bir hissiy reaksiyani berishga qaratilgan paralingvistik vositalar tilning emotiv vositalari sanaladi. Bu vositalar tanlovini inson ongi tomonidan idrok etilgan va qayta ishlangan hissiy reaksiyalarning o'zlari talab qiladi. Chunki emotivlik organizm emotsionallik funksiyasining oqibati va tafakkur maxsuli ekan, tafakkur natijalari hamisha tilda mavjuddir.

Emotsional komponent so'zning lug'aviy ma'noli boshqa komponentlar bilan quyidagicha munosabatda bo'ladi: emotsional komponent ko'p hollarda baho komponenti bilan birga keladi, chunki baho emotsional ahamiyatga molik mazmun hisoblanadi. Madomiki, nutqiy muloqat chog'ida nafaqat so'zlovchining subektiv munosabatini, balki ana shu munosabatning kechishini, yani hissiyotni ifodalash ehtiyoji yuzaga keladi. Shunday ekan, subektiv munosabat va hissiyotlar inson ongida chambarchas qo'shilib ketadi hamda emotsional-baholash leksikasi orqali o'zining so'zdagi ifodasini topadi.

Tahlil va natijalar. Ekspressivlik kategoriysi tilde uzoq an'anaga ega. Lotinchadan "ifoda" (expressio) deb tarjima qilinadigan "ekspressiya" tushunchasi nazariy tadqiqotlarda aniq davrlardan beri gavdalanib keladi. "Ifodalilik"tushunchasi fikr va tuyg'ularni alohida ajratilgan holda, o'zgacha ifodalash yo'sini sifatida ko'pincha "ekspressivlik" tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Tilshunoslikka oid ensiklopedik lug'atlarda ekspressivlikka quyidagicha ta'rif beriladi: til birligining kommunikativ aloqa paytida so'zlovchining nutq mazmuni yoki adresatiga bo'lgan subektiv munosabatini ifodalash vositasi sifatida xizmat qila olishini taminlaydigan semantik- stilistik alomatlar majmuyidir" [2].

Ekspressiya so'zining to'g'ridan- to'g'ri tarjimasi - "ifoda" til vositalarining ham ifodalilik imkoniyatlari, ham maxsus stilistik usul sifatidagi ekspressivligi haqida fikr uyg'otadi. Bu fikrga ekspressivlik va emotsionallikning tildagi qorishuviga asoslanadigan boshqa bir nuqtayi nazar qarama-qarshi turadi [3].

Ekspressivlikni pragmatik kategoriyalarga mansub deb hisoblaydigan D.S.Pisarevaning qayd etishicha, tadqiqotlarning barchasida ham "emotsionallik" va "ekspressivlik" tushunchalari aniq farqlanmaydi. "Emotsionallik" va "ekspressivlik" kategoriyalari o'zaro bog'liq tushunchalar bo'lib, ular orasidagi asosiy farq quyidagicha bo'ladi: agar emotsionallikning asosiy funksiyasi tildan tashqaridagi borliq obyektlarini hissiy baholash bo'lsa, ekspressivlik-fikr, ifodalilikning

ta'sirchanlik kuchi nuqtayi nazaridan tinglovchiga maqsadli ta'sir o'tkazishdir. Shunday qilib,ekspressivlik- bu adresatga yo'nalgan,yani paradigmatik ahamiyatga ega kategoriyadir[4].

Shunga qaramay,ekspressivlik va emotsionallikning birlashgan tushunchalar ekanligi borasida ko'pchilik tadqiqotchilarning qarashlari bilan bir xil emas, aksariyat mutaxassislar ularni alohida va mustaqil hodisa sifatida ko'radilar. Ekspressivlik va emotsionallik o'zaro bog'liq,ammo bir-biriga aynan o'xshaydigan, biroq teng hm emas. Bundan ko'rinadiki,emotsionallik ekspressivlik o'zaro qism va butun sifatida bog'langan. "Tilning emotsional vositalari hamisha ekspressiv, ammo ekspressiv vositalari doimo emotsional bo'lmasligi ham mumkin"[5].

E.P.Shubin matnning retsepentiga doimiy emotsional-estetik ta'sir o'tkazishni ta'minlovchi parametrlarini ekspressiv deb ataydi[6]. Bunda til vositalarining ta'sir darajasi turlicha baholanadi. Ba'zi hollarda so'z, qandaydir tushunchani belgilagani holda,idrokka ta'sir etuvchi unsurlarning birortasiga ega bo'lmaydi. U holda bu fikr predmetning betaraf, indifferent belgisidir. Boshqa bir hollarda so'z orqali ifodalangan mazmun o'ziga xos ifoda koloriti va ta'sirchanlik kuchini beruvchi zaruriy emotsional tagma'noga ega bo'ladi.

Shu o'rinda V.K.Xarchenkoning ekspressiya negizida qandaydir lisoniy vositalarning til standartlariga mos kelmasligi to'g'risidagi nuqtayi nazariga to'xtalib o'tish joiz. Unga ko'ra, til ekspressiyasining moxiyati har turli shablonlar, standartlardan ustun kelishda ko'rinadi, ekspressiya tilda nomuntazam,notipik tarzda bo'y ko'rsatadi va u o'zgacha, yorqin, ma'nodordir[7].

Xulosa va takliflar. Bizningcha, ekspressivlikka chin manodagi to'la ta'rif I.B.Arnold bildirgan quyidagi qarashda mujassam: "Ekspressivlik deganda biz matn yoki matn bo'lagi vositasida so'zlovchining ichki holatini ifodalash orqali ma'noni ottirma intensivlikda beradigan va o'z rivoji davomida ham obrazli, ham obrazli bo'lmagan emotsional yoki mantiqiy kuchayishga ega bo'lgan xususiyatlarni tushunamiz" [8].

Emotiv leksika personaj ruhiy portretini, uning ijobiy yoki salbiy obrazini yaratishda ishtirok etadi hamda asardagi(hatto,boshqa asarlardagi) boshqa obrazlar bilan assotsiyativ aloqalarni yo'lga qo'yishda qatnashadi. Umuman olganda,emotiv leksika badiiy matnda bundan boshqa yana ko'plab zaruriy funksiylarni bajaradi. Matnning emotsional mazmuni va emotsional bo'yoqdorligini ta'minlash shular orasid/agi eng asosiylari hisoblanadi deb o'ylaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Maslova V.A. Лингвистический анализ экспрессивности художественного текста. Минск, 1997.

2. http://Hn&visticheskiv-slovar.ru/description/ekspressivnost/745

3. (electron lug'atga murajaat qilingan sana:20.01,21.)№))

4. Akimova G.N. Экспрессивние свойства синтаксических структур//предложение и текст: семантика и синтаксис. - Л: Изд-во Ленинградского ун-та,1988. - С.15-20.

5. Писарев Д.Сю Функсионирование восклицательнъх предложений в соврменном французском язике и их парагматический аспест // Парагматические аспектъ функсионирования язика. - Барнул: Изд-во АГУ,1983. - C. 14-125.

6. Галкина-Федорук Э.И. Об экспрессивности и эмоционалности в язике сб.Статий по язикознанию. -М. 1972.

7. Шубин Э.П. язиковая коммуникация и обучение иностранному язъку. - М..1972.

8. Харченко В.К. Разгранические оценочности, образности,экспрессивности и эмоциональности в семантике слова // PЯШ,1976. - №3.

9. Арнолд И.В. Интерпретация - художественного текста. Типь въдвижения и проблемъ экспрссивности // Экспрссивнъе средства английского язика. - Ленинград, 1975.C11-20

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.