Научная статья на тему 'BADIIY MATNDA SO’ZNING EMOTSIONALLIGINI TA’MINLOVCHI VOSITALAR'

BADIIY MATNDA SO’ZNING EMOTSIONALLIGINI TA’MINLOVCHI VOSITALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
554
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MATN / TAHLIL / TALQIN / EKSPRESSIV BIRLIK / SO'Z / LISONIY TAHLIL / LEKSIK BIRLIK / MORFOLOGIK TAHLIL / IJOBIY BAHO / SALBIY BAHO

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Eshboyeva O.S.

Maqolada matn tahlili va uning o’ziga xos jihatlari haqida gap boradi. Badiiy matn tarkibida birgina tovush yoki qo’shimchaning o’rni ham ahamiyatli ekani yozuvchi va shoirlarning asarlari orqali tahlil qilinib, asoslangan. Natijada, badiiy matnda ekspressivlik va emotsionallikni ta’minlovchi vositalar, jumladan, tovush, qo’shimcha, so’z va ularning o’ziga xos jihatlariga munosabat bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEANS THAT ENSURE THE EMOTIONALITY OF A WORD IN A LITERARY TEXT

The article describes the analysis of the text and its features. The composition of a literary text is based on the analysis of the works of writers and poets, in which only one sound or suffix also plays a significant role. As a result, the artistic text expresses the means that provide expressiveness and emotionality, including sound, complement, attitude to the word and their specific aspects.

Текст научной работы на тему «BADIIY MATNDA SO’ZNING EMOTSIONALLIGINI TA’MINLOVCHI VOSITALAR»

СОВРЕМЕННЫЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЕ

УДК 80 521 415

Eshboyeva O.S. o'qituvchisi O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi Samarqand davlat chet tillar instituti

BADIIY MATNDA SO'ZNING EMOTSIONALLIGINI TA'MINLOVCHI

VOSITALAR

Annotatsiya: Maqolada matn tahlili va uning o'ziga xos jihatlari haqida gap boradi. Badiiy matn tarkibida birgina tovush yoki qo'shimchaning o'rni ham ahamiyatli ekani yozuvchi va shoirlarning asarlari orqali tahlil qilinib, asoslangan. Natijada, badiiy matnda ekspressivlik va emotsionallikni ta'minlovchi vositalar, jumladan, tovush, qo'shimcha, so'z va ularning o'ziga xos jihatlariga munosabat bildirilgan.

Kalit so'zlar: Matn, tahlil, talqin, ekspressiv birlik, so'z, lisoniy tahlil, leksik birlik, morfologik tahlil, ijobiy baho, salbiy baho.

Eshboeva O.S. teacher

department of uzbek language and literature Samarkand State Institute of Foreign Languages

MEANS THAT ENSURE THE EMOTIONALITY OF A WORD IN A

LITERARY TEXT

Abstract: The article describes the analysis of the text and its features. The composition of a literary text is based on the analysis of the works of writers and poets, in which only one sound or suffix also plays a significant role. As a result, the artistic text expresses the means that provide expressiveness and emotionality, including sound, complement, attitude to the word and their specific aspects.

Keywords: Text, analysis, interpretation, expressive unit, word, linguistic analysis, lexical unit, morphological analysis, positive assessment, negative assessment.

So'z bu munosabat demak. Tilimizdan chiqqan har bir kalom bizning o'zgalarga va o'zgalarning bizga bo'lgan munosabatini belgilaydi. Hazrat Alisher Navoiy "Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin", deya so'zni moddiyatdan ustun qo'yganlari bejiz emas. So'zlash

individni odamga, ma'noli so'zlash esa odamni insonga aylantiruvchi vosita. Ayniqsa, o'zbek tili haqiqqatdan ham gavhardek qimmatbaho topilmalarga boy. Ammo ularni o'z o'rnida munosib qo'llay olish ma'naviyatga bog'liq. So'z, til va ma'naviyat hamisha uzviy tushuncha ekanligi chin haqiqat.

Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so'z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki, Tangri o'zining qudrati va go'zalligiga ko'zgu bo'ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kunlarning birida: "Yaral!» (arabchasi «Kun!» ) degan so'zni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi bo'lmish ana shu birgina so'zning kuchi bilan o'n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga keldi. Demak, so'z olam va undagi narsalardan oldin payd o bo'lgan ekan. So'zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa bo'ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega so'z bilan ish ko'radigan san'at turidir. Shuning uchun ham badiiy adabiyot - so'z san'ati deb yuritiladi. Badiiy adabiyot san'atning murakkab va serqirra turidir. Insondagi ismsiz tuyg'ular, nozik kechinmalar, ko'z bilan ko'rib, quloq bilan eshitib, qo'l bilan ushlab, til bilan totinib, burun bilan hidlab bo'lmaydigan ruhiy holat jilvalarini faqat so'z yordamida ifoda etish mumkin. Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, asosiy materiali ham SO'Z ekanligi bilan ajralib turadi. San'atning adabiyotdan boshqa har qanday turi inson hayoti yoki hissiyotining faqat birgina holatini ifoda eta oladi. Badiiy adabiyot esa tasvirlanayotgan narsa yoki kimsaning hozirgi holatini qanchalik ishonarli aks ettirsa, uning o'tmishini ham, kelajagini ham shunchalik ta'sirchan va jonli tasvirlay oladi.

Til va yozuvchi o'rtasidagi munosabatni shaxmat va shaxmatchi o'rtasidagi munosabatga qiyoslash mumkin. Shaxmatda har bir donaning mavqeyi, darajasi, shaxmat taxtasi ustidagi harakatlanish qoidalari avvaldan belgilangan. Ana shu qoidalarni tugal egallash oqibatida yuzaga kelgan yuksak mahorati tufayli shaxmatchi tamoman yangi, kutilmagan yurishlar qiladi, betakror kombinatsiyalar yaratadiki, bu unga raqibini mag'lub va muxlisini maftun qilish imkonini beradi. Tilda ham har bir unsurning o'z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog'lanish qonuniyatlari mavjud. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo'lgan, badiiy didi, so'z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar, so'z chaqinlarini paydo qila oladiki, kitobxon adibning nafaqat g'oyasi, balki go'zal tilining asiriga aylanadi. Bunda yozuvchi umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o'ynaydi (7, 56).

So'z qo'llashning san'at darajasida yoki san'at darajasida emasligini baholash uchun, eng avvalo, so'z, uning ma'nosi va bu ma'noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. Albatta, so'zning qo'llanishi bilan bog'liq holda yuzaga chiqadigan qo'shimcha ma'no nozikliklari, mazmun o'zgachaliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi mumkin. Ammo ta'kidlash joizki,

bunday qo'shimcha ma'no nozikliklari aksar hollarda, avvalo, so'z ma'no qurilishining o'zida imkoniyat sifatida mavjud bo'ladi, ular so'zning ma'no qurilishi tarkibida ilgaridan qayd etilgan bo'ladi.

Matn tarkibida har bir so'z, qo'shimcha ma'lum bir ma'no nozikligiga ega. Badiiy matnning lisoniy xususiyatlari tahlil qilinganda morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog'liq holatlar haqida fikr yuritish talab qilinadi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi degan "maxsus so'z formalari vositasida, shuningdek ma'lum bir grammatik ma'no va funksiyaga ega bo'lgan so'z formasini maxsus qo'llash orqali ekspressivlik-emotsionallik tushuniladi" (1,87). Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no qirrasiga ega bo'lgan so'zlarda aniq ko'rinib turadi. Badiiy matn lisoniy jihatdan tekshirilganda dastavval ana shunday ma'no qirralariga ega bo'lgan birikmalarga ajratish va qaysi turkumga xosligi, kimning nutqida, nima maqsad bilan qo'llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligiga e'tiborni qaratish lozim bo'ladi. Odatda erkalash-suyish, hurmat-e'zozlash, ko'tarinkilik, ulug'vorlik, tantanavorlik kabi ma'nolarni bildiruvchi so'zlar ijobiy ma'no qirrasiga ega bo'lgan so'zlar hisoblanadi. Masalan: qizaloq, toychoq, o'rgilay, girgitton bo'lay, bolaginam, oppog'im, do'mbog'im, arslonim, pahlavonim, shakarim, shirinim kabi.

Salbiy ma'no qirrasiga ega bo'lgan so'zlar sirasiga jirkanish, manmanlik, mensimaslik, kibrlilik, masxara, nafrat, g'azab, kinoya, kesatiq kabi subyektiv munosabatni ifodalovchi so'zlar kiradi. Masalan: to'ng'iz, to'nka, takabbur, yebto'ymas, ochofat, bedavo, makkor, muttaham, beso'naqay, satang, mug'ombir,

shilqim kabi. Bunday ma'nolarni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash va baholash

lisoniy tahlilning asosini tashkil qiladi. «Poetik morfologiyaning tadqiq doirasi nihoyatda keng bo'lib, ulardan biri o'ziga xos qo'llangan affikslar tadqiqidir. Affikslarning poetik tadqiqi jarayonida, avvalo, turli leksik-grammatik kategoriyalar jihatidan bo'linishi hisobga olinadi»56. Mana shu salbiy ma'noga ega so'zlarni ayrim matnlarda ma'lum bir qo'shimcha qo'shish natijasida ijobiylik xususiyatini o'zida mujassamlashtirganini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, G'afur G'ulomning "Mening o'g'rigina bolam" hikoyasida salbiy so'z hisoblangan o'g'ri so'ziga -gina erkalash qo'shimchasi qo'shilib salbiy obraz ijobiylik kasb etmoqda: "Hoy, aylanay, o'g'rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko'zimga uyqu keladimi? Mana, olti oy bo'ldi, biror soat mijja qoqib uxlaganim yo'q. Kunduz kunlar garangday dovdirab yuraman. Biror yerga o'tib mizg'iganday qush uyqusi qilaman. Kechalari xayol olib qochib ketadi." Ushbu matnda biz salbiylik yuqori bo'lgan o'grini Qora buvi nutqi orqali ijobiylashganini ko'rishimiz mumkin.

Ot so'z turkumining ko'plik, egalik, kelishik kategoriyalari va subyektiv baho shakllarining poetik imkoniyatlarini tahlilga tortish ham lingvopoetikaning muhim masalalaridan hisoblanadi. Tegishli adabiyotlarda mazkur qo'shimchaning hurmat, kinoya, piching, noaniqlik, kuchaytirish, takrorlash,

ta'kidlash kabi ma'nolarni ifodalashda ishlatilishi aniq misollar bilan asoslab berilgan. Ko'plik shakli qo'shimchasining qahramonlar ruhiyatidagi turfa tovlanishlarni tugal aks ettirish imkoniyati boshqa qo'shimchalarga qaraganda aniq ko'zga tashlanib turadi.

"Jumlada ifodalangan harakat yoki holatning egasi shaxs bo'lmaganda turkiy tillarda, shu jumladan, o'zbek tilida ega ko'plik shaklida bo'lsa ham, unga tegishli fe'l, asosan, ko'plik qo'shimchasini olmaydi, ya'ni Barglar to'kildilar emas, Barglar to'kildi tarzida bo'ladi. Ammo Abdulla Qodiriy bunday o'rinlarda ham «-lar»ni qo'llaydi, u shunday tasvir tarzini tanlaydiki, -lar o'zgacha bir nozik ma'no ishvalarini kasb etadi. Ayniqsa, Kumush va Otabek bilan aloqali tasvirlashda bu juda yaqqol ko'rinadi: ... ikkinchi yoqdan o'zini asir etgan shaxlo ko'zlar unga nafratlanib qaragandek bo'lurlar, go'yoki vafosiz, va'dasiz deb qichqururlar edi". Shoira Halima Xudoyberdiyeva she'rlarida ham shunday holatni kuzatish mumkin: Tinch qaray bilmas u tog'u tosh qolib, Insonningyuragi qular chog'larga, Osmonning o'rniga insonni olib, Ko'nglin to 'ldirsalar qaddiroqlarga,

Shoir yashay bilmas. Sonlar, aslida, gapdagi muayyan miqdorga aniqlik kiritish uchun ishlatiladi. Lekin, mavhumlik yoki me'yordan ortiqlik ma'nolarini urg'ulash uchun qo'llanilganligini ham kuzatishimiz mumkin. Ushb u misolda bir soni aniqlikni emas, qandaydir, qaysidir ma'nolaridagi mavhumlikni ifodalaydi:

Go'yo otam kelardi kirib, Bir zumgina entikardim, oh. O'tlar sachrab tuyoqlaridan Ko'kni tutsa ot gijinglashi, Bir dardsizib ko'nglim qa'ridan O'z otimiz izlardim shoshib. (Х,алимаХудойбердиева) Quyidagi parchada keltirilgan ming soni ham konkret miqdorni emas, balki uzoq muddat ma'nosidagi me'yordan ortiqlikni bildiradi: Ko'nglimda ko'nglimning ming sinig'i bor, Ko'nglimda g'amlarning o'tkir tig'i bor. Yig'i bor, oldinda kattayig'i bor, Elning bolalari o'lmas bekorga (6,16).

Tahlil jarayonida matnda qo'llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko'rinib turadigan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o'zgachaliklar haqida so'z yuritiladi. Masalan, eng ko'p ishlatiladigan badiiy tasvir vositalaridan biri takrordir. Morfologik birliklarning takrorlanishidan yuzaga keladigan uslubiy vosita - morfologik parallelizmning qo'llanilish maqsadi lisoniy jihatdan tadqiq etilishi mumkin. Yoki, affiksal sinonimiya, affiksal omonimiya va affiksal antonimiya hodisasidan ekspressiv maqsadlarda foydalanilgan holatlarni aniqlash mumkin. Shuningdek, atoqli otlar sirasiga kiruvchi - antroponimlarning muayyan maqsad bilan qo'llanishiga

aloqador kuzatishlar olib borish mumkin. Chunki badiiy asarda qo'llanilgan ismlar ichida alohida uslubiy maqsad yuklanganlari ham bo'ladiki, ular yozuvchining g'oyaviy-badiiy niyatini aniqlashga yordam beradi. O'zbek adabiyotida personaj xarakter - xususiyatini ochib beruvchi kinoyaviy tagma'noli kulgi yaratuvchi ismlar Said Ahmad va boshqa yozuvchilarning hajviy asarlarida juda ko'p uchraydi. G'oyibnazar Pinhonov, Oldi Sottiyev, Tijoratxon kabi kishi nomlarida yozuvchining kinoyasi aniq sezilib turadi. Tog'ay Murod asarlaridagi antroponimlarning uslubiy qo'llanishi haqida tadqiqodchi M.Qosimova quyidagilarni yozadi: "Dehqonqul - asardagi asosiy qahramon. Dehqon - asosiy kasbi ekin ekishdan, dehqonchilikdan iborat kishi. Lekin yozuvchi Dehqon so'ziga o'zbek ismlariga qo'shib aytiladigan -boy, -jon, -bek kabi shakl hosil qiluvchi qo'shimchalarni emas, aynan «qul» morfemasini qo'shadi. Bunda qul so'zining ko'chma ma'nodagi «kimsaga ko'r -ko'rona xizmat qiluvchi, bo'ysunuvchi, itoatgo'y, malay, xizmatkor» semalari yuzaga bo'rtib chiqadi. Natijada sho'rolar mustamlakasi davrining mute, itoatgo'y, hokisor qurboni bo'lgan Dehqonqul obrazi kitobxon ko'z o'ngida yaqqol namoyon bo'ladi" (3,106) va uzoq saqlanib qoladi. Qahramonning hayoti, taqdiri va ruhiyati bilan uning ismi o'rtasidagi muvofiqlikdan ekspressiv effekt yuzaga kelgan. Bu albatta yozuvchining lisoniy mahorati hisoblanadi va bunday holatlarni tadqiq etish orqali yozuvchining poetik olamiga kirib boriladi.

"O'zbek tili leksikologiyasi" kitobida so'z narsa-hodisani ifodalashi barobarida ko'pincha shu narsa-hodisaga so'zlovchining subyektiv munosabatini ham anglatishi alohida ta'kidlangan: "...Lug'at tarkibidagi so'zlarni kuzatish ularning ba'zilari biror narsa, hodisalarni atabgina qolmay, ayni paytda so'zlovchining ifodalanayotgan tushunchaga o'z bahosini, munosabatini ifodalanishini ham ko'rsatadi. Bu munosabat doirasiga g'azab, erkalash, qoyil qolish, nafratlanish, jirkanish, kinoya kabi xilma-xil emotsional munosabat ko'rinishlari kiradi. Xususan, azamat, o'ktam, qoyilmaqom, so'lqildoq, boplamoq, olchoq, mal'un, razil, satang, sanqi, asfalasofilin, miyanqi, qoyil, do'ndirma, momoqaymoq kabi so'zlar, ma'lum tushuncha anglatishdan tashqari, so'zlovchining shu tushunchaga loqayd qaramasligini, aksincha, ijobiy va salbiy emotsional munosabatda ekanligini ham ko'rsatib turadi. Bu baho elementi tinglovchi tomonidan ham odatda so'zlovchi nazarda tutgandagidek idrok etiladi. Tilshunoslikda bunday xususiyatga ega bo'lgan leksika emotsional -ekspressiv leksika, ekspressiv - stilistik leksika terminlari ostida o'rganilmoqda" (2,160).

Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma'nodosh, shakldosh, zid ma'noli, ko'p ma'noli, tarixiy va arxaik so'zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so'zlar,

chet va vulgar so'zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абдуллаев А. Узбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши. -Т: «Фан», 1983.

2. Узбек тили лексикологияси. -Т: «Фан», 1981, 160-б.

3. Крсимова М. Бадиий нутк индивидуаллигининг лингвистик хусусиятлари.-Андижон, НДА. 1996.

4. К,иличов Э. Матннинг лингвистик тахлили. -Бухоро, 2000.

5. Худойбердиев Ж. Суз - узга маъни узгадур.-Т., 1997.

6. Худойбердиева X,. Сайланма. Шарк. Т.: 2000, 16-б.

7. Йулдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик асослари. Укув кулланма. Т.: 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.