Научная статья на тему 'TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MADANIY MUAMMOLAR'

TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MADANIY MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
24
2
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjima / madaniyat / ekvivalentlik / lingvokulturologiya / tarjimon / transformatsiya. / translation / culture / equivalence / linguaculturology / translator / transformation.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdullayeva P. U.

Ushbu maqolada tarjima va uning madaniyatlararo jihatlari haqida ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, tarjimaning madaniyat rivojidagi ahamiyati va tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar batafsil yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CULTURAL PROBLEMS THAT ARISE IN THE PROCESS OF TRANSLATION

This article provides information on translation and its intercultural aspects. The significance of translation in the development of culture and the problems that arise in the process of translation are explained in detail.

Текст научной работы на тему «TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MADANIY MUAMMOLAR»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

Abdullayeva P. U.

Ma'mun universiteti, "Roman-german filologiyasi"

kafedrasi o 'qituvchisi

TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MADANIY

MUAMMOLAR

Annotatsiya: Ushbu maqolada tarjima va uning madaniyatlararo jihatlari haqida ma'lumot keltirilgan. Shuningdek, tarjimaning madaniyat rivojidagi ahamiyati va tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar batafsil yoritib berilgan.

Kalit so 'zlar: tarjima, madaniyat, ekvivalentlik, lingvokulturologiya, tarjimon, transformatsiya.

Abdullayeva P. teacher

of the department "Romano-Germanic Philology "

Ma'mun University

CULTURAL PROBLEMS THAT ARISE IN THE PROCESS OF

TRANSLATION

Annotation: This article provides information on translation and its intercultural aspects. The significance of translation in the development of culture and the problems that arise in the process of translation are explained in detail.

Keywords: translation, culture, equivalence, linguaculturology, translator, transformation.

Tarjima ko'p asrlardan beri yozuvlar, tillar, lug'atlar, adabiyotlar, ilm-fan taraqqiyotiga, shuningdek jahon xalqlarining turli sohalarga oid bilimlarining rivojlanishiga hamda turli madaniyat vakillarini yanada mukammalroq tushunishga xizmat qilib kelayotgan sohadir. Ushbu faoliyatning ijtimoiy va xalqaro ahamiyati juda muhim bo'lib, u turli xalqlarning madaniy meroslaridan boshqa millat vakillari ham xabardor bo'lishi uchun xizmat qiladi. Tarjima o'z mohiyatiga ko'ra transformatsiya jarayoni hisoblanadi. Nazariy jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak, mukammal tarjima qilingan asar yoki matn o'quvchiga asl nusxadan oladigan mazmunni ifodalay olishi kerak. Mashhur amerikalik tilshunos Yevgeniy Nida ta'kidlaganidek, "Yaxshi tarjimaning ta'rifi qabul qiluvchining tarjima qilingan xabarga bo'lgan munosabatiga bog'liq va bu ma'lumotni asl nusxada berilganda qabul qiluvchilarning xabarga qanday javob bergani bilan

taqqoslash lozim"1. Rossiyalik olim Yakobsonning fikricha, tarjima shunchaki shakllarning boshqa tilga o'zgarishi emas, balki axborot almashtirish bo'lib, tarjimonning vazifasi qabul qilingan ma'lumotni belgilangan tildagi shakllarga o'zgartirishdir. "Shotlandiyalik tilshunos Ketford tarjima jarayonida ma'no ekvivalentligi bo'lmasligini ta'kidlab, faqat shakl jihatdan ekvivalentlik borligini tushuntiradi"2. Asl til va tarjima qilinayotgan til o'rtasidagi farqlar tufayli tarjimada ekvivalentlik bilan bog'liq cheklovlar mavjud. Bu cheklanish nafaqat so'zlarning ma'nosida, grammatik xususiyatlarida, balki madaniy farqlarda ham namoyon bo'ladi. Yuqoridagi ta'riflardan shuni aytish mumkinki, tarjima qilish jarayonida tarjimon ko'plab muammolarga duch kelishi mumkin, chunki tarjima qilinayotgan tillar bir-biridan turli jihatlari bilan farq qiladi. Shu sababli tarjimon ushbu jarayonda barcha qirralarni e'tiborga olishi lozim.

Tarjima nazariyasining dastlabki bosqichlarida tarjima deganda bir tildagi matnni boshqa tildagi matnga almashtirish tushunilar edi, bu ikki matn taxminan bir xil ma'noga ega bo'lgan. Asosiy e'tibor tarjima qilish jarayonida tarjimaning ham lingvistik, ham semantik jihatlariga qaratildi. Tarjima faoliyatida ma'noni aniq tarjima qilish har doim muammoli bo'lgan, kontekstda qanday ma'no nazarda tutilgan: semantikmi, pragmatikmi yoki ijtimoiymi kabi munozaralar paydo bo'lgan. Oxirida bu turdagi ma'nolarning barchasi o'zaro aloqador deb topildi va tarjimaning madaniy jihatlariga kiritildi. Hozirgi kundagi asosiy muammolardan biri tarjima kamdan-kam hollarda manba tili madaniyati va tarjima qilingan tildagi madaniyatni hisobga olmagan holda ko'rib chiqiladi.

Tarjimaning maqsadi va xususiyatlari turli mamlakatlar, xalqlar o'rtasida o'zaro tushunishni rivojlantirishdan iborat bo'lib, u madaniyatlarni bog'lovchi ko'prik vazifasini bajaradi. Mashhur amerikalik tarjima nazariyotchisi Yevgeniy Nida tarjimaga quyidagicha ta'rif bergan: "Tarjima, birinchidan, ma'no jihatdan, ikkinchidan, uslub jihatdan qabul qiluvchi tilni manba tilning sof ekvivalenti sifatida takrorlashdan iborat. Biroq, tarjima qilinayotgan tilda eng yaqin o'xshash ekvivalentning paydo bo'lishiga madaniy farqlar turli darajada ta'sir qiladi"3. Tarixi, geografik joylashuvi, mahalliy urf-odatlari, diniy e'tiqodlari va boshqalardagi farqlar tufayli tarjimada odamlar bir-birini to'g'ri tushunishiga to'sqinlik qiladigan ayrim muammolar mavjud. Shunday qilib, tarjima nafaqat tarjimonning lingvistik malakasini, balki tegishli madaniyatlardan ham xabardor bo'lishini nazarda tutadi. Shu ma'noda tarjima faqat so'zlarni, jumlalarni yoki maqolalarni manba tilidan maqsadli tilga tarjima qilishni emas, balki madaniyatlar o'rtasidagi harakatlanishni ham anglatadi. Bilamizki, har bir xalqning o'z madaniyati mavjud va u turli millatlarda har xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Dastlab madaniyat so'ziga ta'rif beradigan bo'lsak, ushbu tushuncha ma'lum bir

1 Eugene A. Nida. (2001). Language and Culture-Contexts in Translating. Shanghai: Shanghai Foreign Language Education Press

2Catford J. C. A Linguistic Theory of Translation / J. C. Catford. - London: Oxford University Press, 1965. - 103 P.

3 Eugene A. Nida. (2001). Language and Culture-Contexts in Translating. Shanghai: Shanghai Foreign Language Education Press.

xalq yoki millatning urf-odatlari, an'analari, xatti-harakat normalari, e'tiqod tizimlari va qadriyatlarining aksi deb tasvirlash mumkin. Madaniyat muayyan jamoa yoki ma'lum bir odamlar guruhini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Madaniy o'ziga xoslik ma'lum bir kelib chiqishi bo'lgan insonlarning hayotlarini qanday olib borishini ko'rsatish uchun foydalaniladi.

Madaniyat insonilar o'rtasidagi muloqotning ajralmas qismi bo'lib, har bir shaxsning ma'lum bir guruh a'zosi sifatidagi xulq atvori va xatti-harakatlariga sezilarli ta'sir ko'rsatib, til bilan chambarchas bog'liqdir. U antropologiya, madaniyatshunoslik, sotsiologiya va gumanitar fanlarning asosiy tushunchalaridan biri ekanligi sababli uni o'rganishga turli xil ta'riflar va yondashuvlar mavjud. Ularning barchasini umumlashtirsak, "Madaniyat tushunchasiga butun tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomononidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklar yig'indisi" deb ta'rif berish mumkin4. Madaniyat, shuningdek, odamlarning bir-birlari bilan qanday muloqot qilishiga ham ta'sir qiladi. Bu madaniyatlararo muloqotda ham muhim rol o'ynaydi.

Til va madaniyat atamlari uzviy bog'liqdir. XX asrning 90-yillarida tilshunoslikda ushbu tushunchalarning o'zaro ta'siri, aloqadorligi, shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanuvchi yangi soha lingvokulturologiya ya'ni lingvomadaniyatshunoslik fani yuzaga keldi. Ushbu sohaning asosiy predmetlari til va madaniyat hisoblanadi. Agar madaniyatshunoslik insonning tarix, hayot, tabiat va ijtimoiy sohalardagi xususiyatlarini o'rgansa, tilshunoslik tilda insonning dunyoqarashini o'rganadi. Bir tomondan lingvokulturologiya insoniyatning madaniy til faktoridagi o'rni, ikkinchi tomondan esa, til faktoridagi insonning o'rnini o'rganish bilan shug'ullanadi. Til, madaniyat va tarjimani, ular o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish dunyoda insonlar bilan muloqot qilish muhim ahamiyatga ega bo'lganligi sababli ular juda dolzarb masalalar hisoblanadi. Turli madaniyatlar tillarining xilma-xilligi va inson hayotidagi muloqotga bo'lgan ehtiyoj tarjimani muloqot qilish, madaniyat va bilim almashishda juda samarali omilga aylantirdi. Tarjimonlar tarjima qilish jarayonida ko'plab qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Buning asosiy omillaridan biri turli xalqlarning madaniy jihatdan farq qilishidir. Shunday qilib, til va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog'liq va tarjima jarayonida ikkalasini ham hisobga olish zarur. Barcha tarjimonlar o'z jamiyatining madaniy va diniy me'yorlariga asoslangan holda asl ma'noni yetkazishga harakat qilishadi. Hozirgi globallashuv davrida tarjimaning ahamiyati muhim bo'lib, u bir tilda yozilgan asarlarni boshqa millat vakillari ham tushunishiga yordam beradi. Madaniyatlar, ayniqsa ommaviy madaniyat etnik odatlar va urf-odatlar yoki diniy qadriyatlarning kengayishiga olib kelmoqda, bu esa tarjimaga bo'lgan zaruriyatni yanada oshirdi. Tillar va madaniyat bir-birini to'ldirishi va har bir mintaqaning madaniy xususiyatlari har xil bo'lganligi sababli, tarjimonlar nafaqat bir xil ma'noni qanday yetkazishga e'tibor qaratishlari zarur,

4 Komilova Gulmira Temirovna. Lingvokulturologiya yangi soha sifatida.- "Экономика и социум" №12(91) 2021

balki ikki madaniyat o'rtasidagi farqni ko'rsatishga harakat qilishlari kerak. Tarjimalar ma'lumot, bilim va g'oyalarni tarqatish uchun xizmat qiladi.

Tarjima umumbashariy madaniyatni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. U barcha tillarda, ayniqsa dunyoning barcha qismlarida til xususiyatlari va madaniy qadriyatlarni hisobga olgan holda bir-biriga o'xshash bo'lgan tillarda muloqot qilish uchun ko'prik vazifasini bajaradi. Shunday qilib, u dunyoning barcha mamlakatlarini global tarmoqqa bog'lash vazifasini o'taydi. Bundan tashqari, tarjima turli madaniyatlar o'rtasida chegaralar mavjudligini nazarda tutadi va tarjimon bu chegaralarni anglashi va ularni kesib o'tish muqarrarligini bilishi mumkin. Madaniy o'xshashlik va universallik bo'lmasa, turli madaniyat vakillari bir-biri bilan muloqot qila olmaydi, tarjima ham bo'lmaydi. Teng ahamiyatli ikkita tilni tarjima qilayotganda, tarjimonlar asl matnning o'z ma'nosi, pragmatik va o'zaro bog'liq ma'nolarni yetkazishlari zarur. Biroq, ikki madaniyat o'rtasidagi farqlar tufayli, semantik ekvivalentlik cheklanishi mumkin.

Shunday qilib, tarjima til va madaniyatdan iborat murakkab jarayondir. U ma'lumot, bilim va g'oyalarni tarqatish uchun zarurdir. Bu turli madaniyatlar o'rtasidagi samarali va muloqot uchun mutlaqo ahamiyatli bo'lib, tarjima ijtimoiy totuvlik va tinchlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Madaniyatning o'ziga xos xususiyatlarini ijobiy yoki salbiy jihatlarga ajratmagan ma'qul, chunki odat tusiga aylangan xatti-harakatlar barcha millatlarda uchraydi. Madaniyat va tarjima o'rtasidagi munosabatlar o'zaro bog'liq va yonma-yon boradi. Bu turli tillarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tafovutlarni bartaraf etishga yordam beradi.

Madaniyatni tarjima qilish mumkinmi yoki matnni uning madaniyatidan ajratgan holda tarjima qilish mumkinmi degan savollar paydo bo'ladi. Har bir olim til va madaniyat chambarchas bog'langanligini, ularni bir-biridan ajratish qiyin, balki imkonsiz ekanligini tan oladi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, tarjimon - bu madaniy vositachi bo'lib, u tarjima jarayonida mukammalikka xizmat qilish uchun manba til madaniyatidan maqsadli til madaniyatga o'zgara oladi. U manba matn mazmuni, uslubini tarjima qiladi va ularni tarjima qilingan til matniga kiritadi. Tarjimonlarning asosiy maqsadi insonlarga tarjimani xuddi asl tildagi mazmunni ifodalagan kabi yetkazib berishdir. Tarjima tilning madaniy omili bilan yaqinroq bog'liq bo'lib, madaniyatni bilmay turib, asl nusxani ma'lum tilga to'g'ri tarjima qilish qiyin kechadi. Shu tufayli tarjimon tarjima jarayonida muammolarga duch kelmasligi uchun madaniy farqlarni o'rganishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rajabov S. et al. Tasavvurli, umumiy-tasavvurli va raqamli-tasavvurli qoidalarni tahlil //Science and Education. - 2024. - Т. 5. - №. 5. - С. 262-268.

2. Rajabov S. TASAVVURLI, UMUMIY-TASAVVURLI VA RAQAMLI-TASAVVURLI QOIDALARNI TAHLILI //Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari. - 2024. - Т. 4. - №. 1. - С. 113-119.

3. Абдуллаев М. ORGANIZATION OF WASTE PROCESSING IN SOLVING ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN UZBEKISTAN //Nordic_Press. - 2024. -Т. 1. - №. 0001.

4. Qobilov A. et al. ASSOTSIATIV QOIDALAR VA BOZOR SAVATLARINING TAHLILI //Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari. - 2023. - Т. 3. - №. 3.

- С. 115-120.

5. Rajabov S. B. et al. Social mining and it is development stages //Science and Education. - 2023. - Т. 4. - №. 4. - С. 1342-1345.

6. Oybek o'g'li O. N., Urinovich K. A., Baxtiyorovich R. S. RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TOLOVLARNI AMALGA OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH //Архив научных исследований.

- 2022. - Т. 5. - №. 5.

7. Ziyadullayevich S. A., Mirzaliev S. M., Bakhtiyorovich R. S. IMPROVING THE PROGRESSES OF WASTE PRODUCTS PROCESSING THE AUTOMATED MANAGEMENT SYSTEM //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 10. - №. 5. - С. 372-381.

8. Mirzarakhimova A., Abdulakhatov M. Analysis of Healthcare Services in the Digital Economy //Proceedings of the 7th International Conference on Future Networks and Distributed Systems. - 2023. - С. 410-414.

9. Abdulakhatov M. M., Avlokulova S. S. TECHNOLOGY OF SEARCH ORGANIZATION IN VIRTUAL E-SHOPS WITH IMAGE RECOGNITION //Архив научных исследований. - 2022. - Т. 2. - №. 1.

10. Kobilov A., Abdulakhatov M., Jaloliddinova M. PECULIARITIES OF THE USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN THE EDUCATIONAL PROCESS //Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari. - 2021. - Т. 1. - №. 3. - С. 3237.

11. Nigmanov A. U. XITOY SANOAT TARMOQLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH TAHLILI //XXI Asr: Fan va ta'lim masalalari (XXI Век: Вопросы науки и образования). - 2024. - Т. 1. - С. 146-162.

12. Нигманов А. У и др. ERKIN IQTISODIY ZONALARDAINVESTITSIYA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHNING ASOSIY YONALISHLARI //ГЕОГРАФИЯ: ПРИРОДА И ОБЩЕСТВО. - 2020. - Т. 1. - №. 2.

13. Bobojonov J. B. O. XXR investitsion siyosatining istiqboldagi tendensiyasi //Science and Education. - 2024. - Т. 5. - №. 10. - С. 203-209.

14. Нигманов А. УЗБЕКСКО-КИТАЙСКОЕ ЭНЕРГЕТИЧЕСКОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО //Sharq ma'shali/Восточный факел. - 2022. - Т. 14. - №. 1. - С. 127-135.

15. Sofoyeva F. Java dasturining asosiy tushunchalari //Nordic_Press. - 2024. -Т. 3. - №. 0003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.