Научная статья на тему 'BUGUNGI KUNDA TARJIMA MADANIYATIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR'

BUGUNGI KUNDA TARJIMA MADANIYATIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
29
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat / chet tili / tarjima madaniyati / muloqot / tarjimon / chet elda ta’lim / aloqa konsepsiyasi / chet el madaniyati qoidalari. / Culture / foreign language / culture of translation / communication / translator / education abroad / concept of communication / rules of foreign culture.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Juraeva, Gulnoza Nasirullaevna

Ushbu maqolada bugungi kunda tarjima madaniyatidagi muammo va yechim haqida so'z yuritiladi. Oʻzbeklar tobora xalqaro siyosiy, iqtisodiy tashkilotlar, xalqaro tadbirlarda ishtirok etmoqdalar, ko‘p millatli kompaniyalar faoliyati, ayrim talabalar chet elda ta’lim olmoqdalar hamda oʻzbek sayyohlari butun dunyo bo‘ylab sayohat qilishmoqda.Turli mamlakatlar vakillari bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish uchun nafaqat tegishli tilni, balki chet el madaniyati qoidalarini ham bilish kerak. Boshqa tilga tarjima amalga oshirilganda nafaqat tarjima, balki boshqa jihatlarga ham alohida to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS AND SOLUTIONS IN TRANSLATION CULTURE TODAY

This article discusses the problem and solution in today's translation culture. Uzbeks are increasingly participating in international political and economic organizations, international events, the activities of multinational companies, some students are studying abroad, and Uzbek tourists are traveling around the world. , but also need to know the rules of foreign culture. When translating into another language, not only the translation, but also other aspects were emphasized.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUNDA TARJIMA MADANIYATIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

BUGUNGI KUNDA TARJIMA MADANIYATIDAGI MUAMMO VA

YECHIMLAR

Juraeva Gulnoza Nasirullaevna

I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda tarjima madaniyatidagi muammo va yechim haqida so'z yuritiladi. O'zbeklar tobora xalqaro siyosiy, iqtisodiy tashkilotlar, xalqaro tadbirlarda ishtirok etmoqdalar, ko 'p millatli kompaniyalar faoliyati, ayrim talabalar chet elda ta 'lim olmoqdalar hamda o Zbek sayyohlari butun dunyo bo 'ylab sayohat qilishmoqda.Turli mamlakatlar vakillari bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish uchun nafaqat tegishli tilni, balki chet el madaniyati qoidalarini ham bilish kerak. Boshqa tilga tarjima amalga oshirilganda nafaqat tarjima, balki boshqa jihatlarga ham alohida to 'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar. Madaniyat, chet tili, tarjima madaniyati, muloqot, tarjimon, chet elda ta 'lim, aloqa konsepsiyasi, chet el madaniyati qoidalari.

This article discusses the problem and solution in today's translation culture. Uzbeks are increasingly participating in international political and economic organizations, international events, the activities of multinational companies, some students are studying abroad, and Uzbek tourists are traveling around the world. , but also need to know the rules of foreign culture. When translating into another language, not only the translation, but also other aspects were emphasized.

Keywords. Culture, foreign language, culture of translation, communication, translator, education abroad, concept of communication, rules offoreign culture.

Bugungi kunda madaniyat nazariyasi va tarixiga doir ilmiy tadqiqotlarda eng avvalo madaniyatning predmeti, obyektning maqsad va vazifalariga mantiqiylik va tarixiylik asosida yangicha munosabat bilan yondoshilmoqda. 21 asr insoniyat rivojlanishining yangi bosqichining boshlanishi bilan belgilanmoqda shu boisdan inson jamiyatining rivojlanishidagi eng muhim yo'nalishlarni belgilab beruvchi, globallashuvning barqaror jarayoni bo'lib qoldi. Ushbu jarayondan kelib chiqqan holda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-madaniy o'zgarishlar zamonaviy dunyo qiyofasini sezilarli darajada o'zgartirib, yer yuzidagi deyarli barcha odamlarning hayotiy faoliyatiga ta'sir ko'rsatdi. Globallashuvdan kelib chiqqan turli aloqalarni kengaytirish, turizmning o'sishi, chet elda ta'lim olish imkoniyati, turli talabalarning

ABSTRACT

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

fikr almashinuvi, xorijiy amaliyotlar va boshqa ko'plab hodisalar va faktlar madaniyatlararo muloqot va o'zaro hamkorlik muammolarini dolzarblashtirdi. Bu jarayon bizning mamlakatimizni ham chetlab o'tmadi. O'zbeklar tobora xalqaro siyosiy, iqtisodiy tashkilotlar, xalqaro tadbirlarda ishtirok etmoqdalar, ko'p millatli kompaniyalar faoliyati, ayrim talabalar chet elda ta'lim olmoqdalar hamda o'zbek sayyohlari butun dunyo bo'ylab sayohat qilishmoqda.Turli mamlakatlar vakillari bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish uchun nafaqat tegishli tilni, balki chet el madaniyati qoidalarini ham bilish kerak: xulq-atvor, psixologiya, madaniyat, boshqa mamlakatlar tarixi va eng muhimi, boshqa madaniyat vakillarini noto'g'ri tushunishdan qochish uchun aloqa mexanizmini tushunish kerak. Bizning ishimiz mavzusining dolzarbligi bugungi kunda dunyoda dolzarbligi keskin oshayotgan aloqa kontseptsiyaga e'tibor qaratiladi. Madaniyatlararo muloqot- turli madaniyat vakillari o'rtasida amalga oshiriladigan muloqot hisoblanadi. Madaniyatlararo muloqotning samarasi va muvaffaqiyati faqatgina turli madaniyatlar va tillarni biluvchisi bo'lgan kommunikatorlarning har biri "turlicha" ekanliklari va har biri muqobil ravishda "begona" suhbatdoshlarini anglab yetganda sodir bo'ladi.Boshqa xalqlar madaniyati bilan tanishish tarjima va tarjimonning professional muloqot sohasidagi eng muhim ijtimoiy vazifalaridan biridir.Til - ijtimoiy hodisa bo'lib, usiz ijtimoiy faoliyat yo'q. Tarjima jarayonida xorijiy madaniyat bilan yuzlashamiz. Shu sababdan ham, tarjimada muvaffaqiyatimiz xorijiy madaniyatni qanchalik tushunishimizga bog'liq, zero tarjima madaniyatlararo hodisadir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Madaniy tarjima, shubhasiz, madaniy tarjima atamasini to'g'ri tushunish uchun aniqlanishi kerak bo'lgan madaniyat tushunchasini anglatadi. Madaniyat ikki xil ma'noga ega: birinchisi madaniyatni rivojlangan davlatdagi sivilizatsiyalashgan jamiyat deb ta'riflasa, ikkinchisi madaniyatni odamlarning xulq-atvori va turmush tarzi yig'indisi deb qaraydi. Yuqorida aytib o'tilganidek, madaniyat tarjimada muhim rol va ahamiyatga ega. Katanning fikriga ko'ra, madaniyat — bu dunyoning umumiy modeli, odamlarning harakatlari va munosabatlariga rahbarlik qila oladigan e'tiqodlar, qadriyatlar va strategiyalarning ierarxik modeli. Madaniyatni turli yo'llar bilan, masalan, ta'lim orqali olish mumkin. Sivilizatsiya atamasi odamlar tufayli o'z madaniyatini yaratishga muvaffaq bo'lgan rivojlangan insoniyat jamiyati sifatida ta'riflanadi. Ushbu konsepsiyaga ko'ra, tarjimon madaniy rivojlanish masalasini hal qilgan holda matnni tarjima qilishi mumkin. Bu holda Nyumark tarjimaning madaniy qadriyatga ega ekanligiga, ya'ni tarjima butun dunyo madaniyatlari rivojiga hissa qo'shishiga ishonch hosil qiladi. Sivilizatsiya alifbo, lug'atlar kabi ochiq muloqot usullarini yaratishga, tillar va adabiyotlarning ulkan rivojlanishiga olib kelsa-da, bu

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

jarayon madaniy tarjima sohasida yangi savollarni tug'diradi. Madaniyat mafkuraviy jihatdan mamlakat jamiyati va siyosatiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Even-Zohar, Susan Bassnett va Trivedi kabi ba'zi tarjimon olimlariga ko'ra, madaniyat ham hokimiyatga bo'lgan ishtiyoq va odamlarning bu kuchga qanday da'vo qilishlari bilan bog'liq. Shu ma'noda tarjima mafkuraviy tizimlarni kitobxonlar uchun moslashtirish bilan shug'ullanadi. Shunday qilib, tarjimada madaniy o'ziga xoslikning o'tkazilishi axloq bilan bog'liq bo'lib, yangi fikrlash tarzini tushuntiradi. Bunday tarjima tarjima qilingan matnlar orqali kontekst va shaxsiy fikrlash tarzini ko'rsatishi kerak. Har bir aloqa yoki asl xabarning amaliy qimmati mavjud. Tarjimon xabarning dalillar bayonoti, taklif, buyruq yoki hazil ekanini bilishi lozim. Misol uchun "Men bilmayman" ("I don't know") (hold) faqatgina bayonot kabi tarjima qilinmaydi,balki ikkilanish ("Ko'ramiz") degan ma'nosini ham berishi mumkin. "What gives"-Amerika shevasida "Ishlar qalay" degan savol mazmunini beradi. Bu tarjima xab ami lingvistik va madaniy to'siqlar orqali o'tkazish jarayonidir. Madaniyat- turmush tarzi va uning ko'rinishi o'zini ifodalash uchun o'ziga xos tildan foydalanuvchi omma uchun g'ayrioddiydir. Biz "madaniy" terminini umumiy va shaxsiy tildan ajratishimiz kerak. "0 'lmoq", "yashamoq", "yulduz", "stol", "oyna" kabi tushunchalar umumiy bo'lib, ularni tarjima qilishda muammo yo'q. Ammo "steppe", "dacha", "challar" kabi tushunchalar ma'lum madaniyatga oid va tarjimada muammolami vujudga keltiradi. Biz tilning maqsadi va manbai o'rtasidagi o'xshashlikka e'tibor berishimiz lozim. Til grammatikada turli madaniy natijalardan (jonsiz narsalarning rodlari), murojaat shakllari (sir, janob, xonim) dan iborat. Til qanchalik maxsus fenomenga aylanib borsa ( flora va fauna), madaniy xususiyatlarga ega bo'lib borsa, tarjima uchun muammolar keltirib chiqaraveradi. Ko'pgina madaniy odatlar oddiy tilda tasvirlanadi. Edvard Sepir tilni ijtimoiy haqiqatgayo'lboshlovchi deb ataydi. Insonlaming tajribasi jamiyatning til odimlari bilan keng miqyosda belgilangan va har bir tizim alohida haqiqatni tasvirlaydi. Aynan bir jamiyat haqiqatlarini aks ettiruvchi ikki til bir-biriga o'xshamaydi. Turli jamiyatlardagi foydalaniladigan so'zlar ham turlichadir. Shu sababdan, til madaniyat yuragidir. Madaniyat tilda o'z aksini topadi. Masalan, yaponlar odatda "yo'q" so'zini ishlatishmaydi. Ular "yo'q" deyishdan qochish uchun boshqa so'zlar yoki gaplar ishlatishadi. Agar yaponlar sizning taklifingizga: "Men bu masalani xotinim bilan maslahatlashib ko'rishim kerak" deb javob qaytarsa, bu uning rad javobi bo'ladi. Agar yaponga qo'ng'iroq qilib soat 6 da ko'rishishni aytsangiz va u: "Ha, soat oltida deng?" deb javob qaytarsa, tushuningki, sizning taklifingizga rozi emas.

Milliy odatlar narsa- hodisalar faqat o'ziga xos bo'lsa, ular tarjima qilinmaydi, masalan, sari, kimono, mahsi, kavish kabilar. Bular xuddi madaniy terminlardek

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

o'quvchilar uchun tushuntirib beriladi. Agar maxsus so'z ahamiyatga arzimaydigan bo'lsa, u oddiygina boshqa so'z bilan almashtiriladi.

Ijtimoiy madaniyat haqida so'z borganda, tarjimaning ma'no bildiruvchi va ajralmas ma'no muammolarini hisobga olish lozim. Mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayoti unda aks etadi. Masalan, davlat boshlig'i (president, prime minister) yoki parlament nomlari (milliy assambleya, senat) juda oson, ya'ni ular xalqaro yoki oson tarjima qilinadigan so'zlardan tashkil topgan. Milliy parlamentlar nomlari tarjima qilinmaydi: Masalan, Bundestag (Germaniya), Storting (Norvegiya), Riksdag (Shvetsiya), Eduskunta (Finlandiya), Knesset (Isroil), Duma (Rossiya), Oliy Majlis (0 'zbekiston). Bu nomlar administrativ hujjatlar uchun asl holicha yoziladi. Vazirliklar nomlari to'g'ri tavsiflanishiga ko'ra adabiy tarjima qilinadi. Shu sababdan "Treasury"- moliya vazirligi; "Home office"- ichki ishlar vazirligi; Adolat qo'riqchisi yoki Himoya vazirligi, Milliy havfsizlik vazirligi, va h.o.

Tarjima qilishdagi eng qiyin muammolardan biri buyumlar yoki voqea-hodisalaming leksik ekvivalentini topishdir. Tarjimon faqatgina ikki tilni emas, balki ikki madaniyatni taqqoslaydi. Madaniyatlaming farqi tufayli tarjima qilinadigan tildagi tushunchalarda tarjima qilinayotgan tilda leksik ekvivalent bo'lmasligi mumkin. Bu geografiya, urf-odatlar, e'tiqodlar, dunyoqarashlar va boshqalaming turlichaligi tufayli bolishi mumkin. Tarjimon tushunchalarni ifodalash uchun tariima tilida yangi yo'l va usullarni topishi zarur.

REFERENCES

1. Kaipbergenova, D. (2017). THE IMPORTANCE OF MATERIAL DESIGNING IN LANGUAGE TEACHING. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 34(3), 62-63.

2. Kaipbergenova, D. (2016). CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY VAZIFALARI VA PEDAGOGIC MAHORATI HAQIDA. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 33(4), 48-50.

3. Каипберганова, Д. О. (2020). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРАКТИКИ ОРГАНИЗАЦИИ СИСТЕМЫ ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ НА ОСНОВЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ. In Инновационное развитие: потенциал науки и современного образования (pp. 211-213).

4. Каипбергенова, Д. О. (2016). The role of language learning strategies in learning foreign languages. Молодой ученый, (12-4), 83-85.

XULOSA

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

5. Orakbaevna, K. D. (2023). MAMLAKATIMIZDA CHET TILLARINI O'RGANISHDAGI ZAMONAVIY METOD VA METODOLIYA. Научный Фокус, 7(1), 1472-1478.

6. Orakbaevna, K. D. (2023). GLABALLASHUV DAVRIDA TA'LIM VA TARBIYANING UZVIYLIGI. Научный Фокус, 7(1), 1466-1471.

7. Kaipbergenova, D. (2023). BUGUNGI KUNDAGI MAMLAKATIMIZDA TA'LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI. World scientific research journal, 75(2), 3-7.

8. Каипбергенова, Д., & Жуманиёзова, Н. С. (2023). БУГУНГИ КУН ТАЛАБА ЁШЛАРИДА АХЛО^ИЙ ДУНЁKAРAШНИ ШAКЛЛAНТИРИШ УСУЛЛAРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 652-668.

9. Orakbayevna, K. D., Normuminovich, M., & Muxiddinovna, M. Z. (2021). English language teaching methodology for non-native speakers. Linguistics and Culture Review, 5(S3), 1721-1725.

10. Orakbayevna, K. D. (2022, February). SYNTACTIC AND SEMANTIC FEATURES OF COMPARISON IN ENGLISH, UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES. In Conference Zone (pp. 145-147).

11. KHUSENALIYEVNA, K. D., CHORIYEVNA, A. Z., & ORAKBAYEVNA, K. D. (2021). Lexico-semantic features of technical teams of English and Uzbek languages. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(2), 4083-4088.

12. Orakbayevna, K. D. (2022). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR IN LEARNING A FOREIGN LANGUAGE. Confrencea, 7(7), 69-72.

13. Orakbayevna, K. D. (2022). Using effective language learning strategies in teaching English. Texas Journal of Philology, Culture and History, 2, 1-3.

14. Orakbaevna, K. D. (2022). USING THE PRINCIPLE OF UNITY IN EDUCATION. PEDAGOG, 7(4), 1467-1473.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.