Научная статья на тему 'TARJIMONLIK VA TARJIMA MADANIYATI MUAMMOLARI'

TARJIMONLIK VA TARJIMA MADANIYATI MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
653
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarjima / madaniyat / til / ekvalent / muloqot / tarjimon / aloqa konsepsiyasi / kommunikator / Translation / culture / language / equivalent / communication / translator / communication concept / communicator.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Achilov, Oybek Rustamovich, Todjidinova, Umida Urinboy Qizi

Mazkur maqolada tarjima madaniyati va tarjima jarayonidagi muommolar haqida so‘z yuritiladi. Boshqa tilga tarjima amalga oshirilganda nafaqat tarjima, balki boshqa jihatlarga ham alohida e’tibor berilib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF TRANSLATION AND TRANSLATION CULTURE

This article talks about the culture of translation and problems in the translation process. When translating into another language, special attention is paid not only to translation, but also to other aspects.

Текст научной работы на тему «TARJIMONLIK VA TARJIMA MADANIYATI MUAMMOLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

TARJIMONLIK VA TARJIMA MADANIYATI MUAMMOLARI

Achilov Oybek Rustamovich

Toshkent davlat transport universiteti professori Todjidinova Umida Urinboy qizi

Toshkent davlat transport universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tarjima madaniyati va tarjima jarayonidagi muommolar haqida so 'z yuritiladi. Boshqa tilga tarjima amalga oshirilganda nafaqat tarjima, balki boshqa jihatlarga ham alohida e 'tibor berilib o 'tiladi.

Kalit so'zlar. Tarjima, madaniyat, til, ekvalent, muloqot, tarjimon, aloqa konsepsiyasi, kommunikator

This article talks about the culture of translation and problems in the translation process. When translating into another language, special attention is paid not only to translation, but also to other aspects.

Keywords: Translation, culture, language, equivalent, communication, translator, communication concept, communicator.

XXI asr insoniyat rivojlanishining yangi bosqichining boshlanishi bilan belgilanadi. Bu inson jamiyatining rivojlanishidagi eng muhim yo'nalishlami belgilab beruvchi, globallashuvning barqaror jarayoni bo'lib qoldi. Ushbu jarayondan kelib chiqqan holda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-madaniy o'zgarishlar zamonaviy dunyo qiyofasini sezilarli darajada o'zgartirib, yer yuzidagi deyarli barcha odamlarning hayotiy faoliyatiga ta'sir ko'rsatdi. Globallashuvdan kelib chiqqan turli aloqalarni kengaytirish, turizmning o'sishi, chet elda ta'lim olish imkoniyati, turli talabalarning fikr almashinuvi, xorijiy amaliyotlar va boshqa ko'plab hodisalar va faktlar madaniyatlararo muloqot va o'zaro hamkorlik muammolarini dolzarblashtirdi. Bu jarayon bizning mamlakatimizni ham chetlab o'tmadi. O'zbeklar tobora xalqaro siyosiy, iqtisodiy tashkilotlar, xalqaro tadbirlarda ishtirok etmoqdalar, ko'p millatli kompaniyalar faoliyati, ayrim talabalar chet elda ta'lim olmoqdalar hamda o'zbek sayyohlari butun dunyo bo'ylab sayohat qilishmoqda.Turli mamlakatlar vakillari bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish uchun nafaqat tegishli tilni, balki chet el madaniyati qoidalarini ham bilish kerak: xulq-atvor, psixologiya, madaniyat, boshqa mamlakatlar tarixi va eng muhimi, boshqa madaniyat vakillarini noto'g'ri tushunishdan qochish uchun aloqa mexanizmini tushunish kerak. Bizning ishimiz mavzusining dolzarbligi bugungi kunda dunyoda dolzarbligi keskin oshayotgan aloqa

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

kontseptsiyaga e'tibor qaratiladi. Madaniyatlararo muloqot- turli madaniyat vakillari o'rtasida amalga oshiriladigan muloqot hisoblanadi. Madaniyatlararo muloqotning samarasi va muvaffaqiyati faqatgina turli madaniyatlar va tillarni biluvchisi bo'lgan kommunikatorlarning har biri "turlicha" ekanliklari va har biri muqobil ravishda "begona" suhbatdoshlarini anglab yetganda sodir bo'ladi.Boshqa xalqlar madaniyati bilan tanishish tarjima va tarjimonning professional muloqot sohasidagi eng muhim ijtimoiy vazifalaridan biridir.Til - ijtimoiy hodisa bo'lib, usiz ijtimoiy faoliyat yo'q. Tarjima jarayonida xorijiy madaniyat bilan yuzlashamiz. Shu sababdan ham, tarjimada muvaffaqiyatimiz xorijiy madaniyatni qanchalik tushunishimizga bog'liq, zero tarjima madaniyatlararo hodisadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA

Madaniy tarjima, shubhasiz, madaniy tarjima atamasini to'g'ri tushunish uchun aniqlanishi kerak bo'lgan madaniyat tushunchasini anglatadi. Madaniyat ikki xil ma'noga ega: birinchisi madaniyatni rivojlangan davlatdagi sivilizatsiyalashgan jamiyat deb ta'riflasa, ikkinchisi madaniyatni odamlarning xulq-atvori va turmush tarzi yig'indisi deb qaraydi. Yuqorida aytib o'tilganidek, madaniyat tarjimada muhim rol va ahamiyatga ega. [1,2,3] Katanning fikriga ko'ra, madaniyat — bu dunyoning umumiy modeli, odamlarning harakatlari va munosabatlariga rahbarlik qila oladigan e'tiqodlar, qadriyatlar va strategiyalarning ierarxik modeli. Madaniyatni turli yo'llar bilan, masalan, ta'lim orqali olish mumkin. Sivilizatsiya atamasi odamlar tufayli o'z madaniyatini yaratishga muvaffaq bo'lgan rivojlangan insoniyat jamiyati sifatida ta'riflanadi. Ushbu konsepsiyaga ko'ra, tarjimon madaniy rivojlanish masalasini hal qilgan holda matnni tarjima qilishi mumkin. Bu holda Nyumark tarjimaning madaniy qadriyatga ega ekanligiga, ya'ni tarjima butun dunyo madaniyatlari rivojiga hissa qo'shishiga ishonch hosil qiladi. Sivilizatsiya alifbo, lug'atlar kabi ochiq muloqot usullarini yaratishga, tillar va adabiyotlarning ulkan rivojlanishiga olib kelsa-da, bu jarayon madaniy tarjima sohasida yangi savollarni tug'diradi. Madaniyat mafkuraviy jihatdan mamlakat jamiyati va siyosatiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Even-Zohar, Susan Bassnett va Trivedi kabi ba'zi tarjimon olimlariga ko'ra, madaniyat ham hokimiyatga bo'lgan ishtiyoq va odamlarning bu kuchga qanday da'vo qilishlari bilan bog'liq. Shu ma'noda tarjima mafkuraviy tizimlarni kitobxonlar uchun moslashtirish bilan shug'ullanadi. Shunday qilib, tarjimada madaniy o'ziga xoslikning o'tkazilishi axloq bilan bog'liq bo'lib, yangi fikrlash tarzini tushuntiradi. Bunday tarjima tarjima qilingan matnlar orqali kontekst va shaxsiy fikrlash tarzini ko'rsatishi kerak. [4,5]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir aloqa yoki asl xabarning amaliy qimmati mavjud. Tarjimon xabaming dalillar bayonoti, taklif, buyruq yoki hazil ekanini bilishi lozim. Misol uchun "Men bilmayman" ("I don't know") (hold) faqatgina bayonot kabi tarjima qilinmaydi,balki ikkilanish ("Ko'ramiz") degan ma'nosini ham berishi mumkin. "What gives"-Amerika shevasida "Ishlar qalay" degan savol mazmunini beradi. Bu tarjima xabami lingvistik va madaniy to'siqlar orqali o'tkazish jarayonidir. Madaniyat- turmush tarzi va uning ko'rinishi o'zini ifodalash uchun o'ziga xos tildan foydalanuvchi omma uchun g'ayrioddiydir. Biz "madaniy" terminini umumiy va shaxsiy tildan ajratishimiz kerak. "0 'lmoq", "yashamoq", "yulduz", "stol", "oyna" kabi tushunchalar umumiy bo'lib, ularni tarjima qilishda muammo yo'q. Ammo "steppe", "dacha", "challar" kabi tushunchalar ma'lum madaniyatga oid va tarjimada muammolami vujudga keltiradi. Biz tilning maqsadi va manbai o'rtasidagi o'xshashlikka e'tibor berishimiz lozim. Til grammatikada turli madaniy natijalardan (jonsiz narsalarning rodlari), murojaat shakllari (sir, janob, xonim) dan iborat. Til qanchalik maxsus fenomenga aylanib borsa ( flora va fauna), madaniy xususiyatlarga ega bo'lib borsa, tarjima uchun muammolar keltirib chiqaraveradi. Ko'pgina madaniy odatlar oddiy tilda tasvirlanadi. Edvard Sepir tilni ijtimoiy haqiqatgayo'lboshlovchi deb ataydi. Insonlaming tajribasi jamiyatning til odimlari bilan keng miqyosda belgilangan va har bir tizim alohida haqiqatni tasvirlaydi. Aynan bir jamiyat haqiqatlarini aks ettiruvchi ikki til bir-biriga o'xshamaydi. Turli jamiyatlardagi foydalaniladigan so'zlar ham turlichadir. Shu sababdan, til madaniyat yuragidir. Madaniyat tilda o'z aksini topadi. Masalan, yaponlar odatda "yo'q" so'zini ishlatishmaydi. Ular "yo'q" deyishdan qochish uchun boshqa so'zlar yoki gaplar ishlatishadi. Agar yaponlar sizning taklifingizga: "Men bu masalani xotinim bilan maslahatlashib ko'rishim kerak" deb javob qaytarsa, bu uning rad javobi bo'ladi. Agar yaponga qo'ng'iroq qilib soat 6 da ko'rishishni aytsangiz va u: "Ha, soat oltida deng?" deb javob qaytarsa, tushuningki, sizning taklifingizga rozi emas.

Milliy odatlar narsa- hodisalar faqat o'ziga xos bo'lsa, ular tarjima qilinmaydi, masalan, sari, kimono, mahsi, kavish kabilar. Bular xuddi madaniy terminlardek o'quvchilar uchun tushuntirib beriladi. Agar maxsus so'z ahamiyatga arzimaydigan bo'lsa, u oddiygina boshqa so'z bilan almashtiriladi. [6,7,8]

Ijtimoiy madaniyat haqida so'z borganda, tarjimaning ma'no bildiruvchi va ajralmas ma'no muammolarini hisobga olish lozim. Mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayoti unda aks etadi. Masalan, davlat boshlig'i (president, prime minister) yoki parlament nomlari (milliy assambleya, senat) juda oson, ya'ni ular xalqaro yoki oson tarjima qilinadigan so'zlardan tashkil topgan. Milliy parlamentlar nomlari

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023

tarjima qilinmaydi: Masalan, Bundestag (Germaniya), Storting (Norvegiya), Riksdag (Shvetsiya), Eduskunta (Finlandiya), Knesset (Isroil), Duma (Rossiya), Oliy Majlis (0 'zbekiston). Bu nomlar administrativ hujjatlar uchun asl holicha yoziladi. Vazirliklar nomlari to'g'ri tavsiflanishiga ko'ra adabiy tarjima qilinadi. Shu sababdan "Treasury"- moliya vazirligi; "Home office"- ichki ishlar vazirligi; Adolat qo'riqchisi yoki Himoya vazirligi, Milliy havfsizlik vazirligi, va h.o. [9,10]

XULOSA

Shunday qilib, tarjima yuzlashadigan eng qiyin muammolardan biri buyumlar yoki voqea- hodisalaming leksik ekvivalentini topishdir. Tarjimon faqatgina ikki tilni emas, balki ikki madaniyatni taqqoslaydi. Madaniyatlaming farqi tufayli tarjima qilinadigan tildagi tushunchalarda tarjima qilinayotgan tilda leksik ekvivalent bo'lmasligi mumkin. Bu geografiya, urf-odatlar, e'tiqodlar, dunyoqarashlar va boshqalaming turlichaligi tufayli bolishi mumkin. Tarjimon tushunchalarni ifodalash uchun tariima tilida yangi yo'l va usullarni topishi zarur.

REFERENCES

1. Achilov, O. (2023). HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA ILGARI SURISH HODISASINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY ASOSLARI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

2. Achilov, O. (2023). O. MUXTORNING "KO'ZGUDAGI ODAM" VA O. WAYLDNING "DORIAN GREYNING PORTRETI" ASARLARI QIYOSIY TAHLILI VA ILGARI SURISH VOSTILARINING ASARDA AKS ETISHI, O'XSHASHLIK VA FARQLI JIHATLARI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

3. Achilov, O. (2023). FOREGROUNDING AND INTERPRETATION. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

4. Achilov, O. (2023). BADIIY MATNLARNI TARJIMA QILISH JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN TRANSFORMATSIYA VA ULARNING QIYOSIY TAHLILI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

5. Achilov, O. (2023). ILGARI SURISH-LISONIY HODISA SIFATIDA. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

6. Achilov, O. (2023). ILGARI SURISH VOSITALARINING UMUMIY VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, KOGNITIV-SEMANTIK ASPEKTI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

7. Achilov, O. (2023). TARJIMA JARAYONIDAGI O'ZGARISHLAR VA ULARNING TURLARI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

8. Achilov, O. (2023). JORJ ORUELL QALAMIGA MANSUB" 1984" ASARINING INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA TAHLILI,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

MORFOLOGIK VA LEKSIK FARQLIKLAR. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

9. Achilov, O. (2023). ANATOMY OF LANGUAGE AND THEORETICAL ASSUMPTIONS OF COGNITIVE SCIENCE, COMPARATIVE ANALYZES. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5).

10. Achilov, O. R. (2017). IMPROVING STUDENTS'CRITICAL THINKING THROUGH CREATIVE WRITING TASKS. In International Scientific and Practical Conference World science (Vol. 4, No. 4, pp. 19-23). ROST.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.