Научная статья на тему 'EKVIVALENTLIK VA MUQOBILLIK TERMINLARINI MUNOSABATLARI'

EKVIVALENTLIK VA MUQOBILLIK TERMINLARINI MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
653
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muqobillik / adekvatlik / ekvivalentlik / tarjima nazariyasi / empirik hodisa. / alternative / adequacy / equivalence / translation theory / empirical phenomenon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Altundag, Moxigul

XX asrning ikkinchi yarmidan beri, “Ekvivalentlik” tushunchasi tarjimashunoslikda eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Asrlar davomida so‘zma so‘z tarjima yoki erkin tarjima munozaralaridan so‘ng, tarjimashunoslar nazariyaning asosiy termini bo‘lgan “ekvivalentlik” tushunchasiga qaratdilar. Bu maqolada “Ekvivalentlik” tushunchasi, tarjima nazariyasining tarixiy davrlarida orttirgan ma’nolari bilan qiyosiy va tanqidiy tarzda ko‘zdan kechiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELATIONSHIPS OF EQUIVALENCE AND SUBSTITUTION TERMS

Since the second half of the 20th century, the concept of "Equivalence" has become one of the most discussed topics in translation studies. After centuries of literal translation or free translation debates, translation scholars have turned their attention to one of the key terms of the theory, "equivalence." In this article, the concept of "Equivalence" is examined in a comparative and critical way with its meanings acquired in the historical periods of translation theory.

Текст научной работы на тему «EKVIVALENTLIK VA MUQOBILLIK TERMINLARINI MUNOSABATLARI»

EKVIVALENTLIK VA MUQOBILLIK TERMINLARINI

MUNOSABATLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7455100

Moxigul ALTUNDAG,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti, Toshkent, O'zbekiston. Tel: +998909926859; E-mail: mohisuji7590@gmaiLcom

Annotatsiya. XX asrning ikkinchi yarmidan beri, "Ekvivalentlik" tushunchasi tarjimashunoslikda eng ko 'p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Asrlar davomida so 'zma so 'z tarjima yoki erkin tarjima munozaralaridan so 'ng, tarjimashunoslar nazariyaning asosiy termini bo 'lgan "ekvivalentlik" tushunchasiga qaratdilar. Bu maqolada "Ekvivalentlik" tushunchasi, tarjima nazariyasining tarixiy davrlarida orttirgan ma 'nolari bilan qiyosiy va tanqidiy tarzda ko'zdan kechiriladi.

Kalit so'zlar: muqobillik, adekvatlik, ekvivalentlik, tarjima nazariyasi, empirik hodisa.

Аннотация. Со второй половины ХХ века понятие «эквивалентность» стало одной из самых обсуждаемых тем в переводоведении. После столетий дословного перевода или дебатов о свободном переводе ученые-переводчики обратили свое внимание на ключевой термин теории — «эквивалентность». В данной статье понятие «эквивалентность» рассматривается в сравнительно-критическом ключе с его значениями, приобретенными в исторические периоды теории перевода.

Ключевые слова: альтернатива, адекватность, эквивалентность, теория перевода, эмпирический феномен.

Abstract. Since the second half of the 20th century, the concept of "Equivalence" has become one of the most discussed topics in translation studies. After centuries of literal translation or free translation debates, translation scholars have turned their attention to one of the key terms of the theory, "equivalence." In this article, the concept of "Equivalence" is examined in a comparative and critical way with its meanings acquired in the historical periods of translation theory.

Key words: alternative, adequacy, equivalence, translation theory, empirical phenomenon.

Turk tarjimashunoslik olamida ekvivalentlik borasida tarjimashunos olim, Xametxan "Salabiyning qissasul anbiyo asarining eski turk tiliga tarjimalari, tavsifiy tarjima nazariyasi asosida qiyosiy sharx" nomli

doktorlik dissertatsiyasida ekvivalentlik haqida 1 bobning 2 faslida so'z yuritadi va xo'losada ekvivalentlik tushunchasini ma'no qamrovi xanuz mavxumligicha qolayotganini ta'kidlaydi. Biz bu tadqiqotda olim ekvivalentlik xodissasini faqatgina tarixi bilan tanishishimiz mumkin.

Ekvivalent [4, 441] - biror narsaga teng yoki biror jihatdan mos keladigan va uning o'rnini bosa oladigan boshqa narsa: povest - qissa;

Ekvivalent - teng, teng bo'lgan; mos keladigan; o'rnini bosa oladigan. Ekvivalent miqdorlar, ekvivalent so 'zlar.

Muqobil [5, 487] 1) - qarshi boruvchi, qarshi turuvchi, zid. Muqobil tomonlar. II Urushni boshlabon, qochdi o'zi bo'lmay muqobil ko'r. Qochib bilmamki, oxir ketdi Afg'on ichra Qobil ko'r. A.Qahhor. Qo'shchinor.

2) qarama-qarshi yo'nalgan; qarama-qarshi yo'nalishda. Muqobil yuk tashish.

3) Javob bo'luvchi, javoban amalga oshirilgan. Muqobil plan. Muqobil da 'vo.

Muqobil [7, 470] - (E§ deger is. Ve s. Deger yonünden bir birine e§it olan (§ey), muadil). Qiymat jihatidan bir-biriga teng (narsa), ekvivalent.

1. Qiymatlari teng bo'lgan (Degerleri e§it olan);

2. Izomorf bo'lmasa ham, yuzi yoki hajmi teng bo'lgan shakl (Mat. E§ biçimli olmadikleri halde yüz veya oylum olçûmleri e§it bulunan (biçim).

3. Algebrada o'zaro bir xil yechimlar (tenglamalar tizimlari)

4. Ekvivalentlik, tenglik: ikki maydonning tengligi. Ikki tenglamalar sistemasining ekvivalentligi (E§ degerlik, -gi i§. Mat. e§ deper olma durumu, muadelet: iki alanin e§ degerligi. iki denklem sisteminin e§ degerligi.).

Muadil [8, 1037] s. (mua:dil) Ar. Muadil esk. E§it, denk, e§ deger. (arapcha eshit, teng, ekvivalent)

Ma'lumki, tarjimashunoslikda tarjimaning teng kiymatliligi, lisoniy shakllarning betakrorligi, uslubi, leksikasi va grammatikasi xususiyatlarining tula tiklanishi bu jarayonning ustuvor belgilaridan sanaladi. Bunda tarjima matni asliyatning o'rnini bosa olishligi, asl nusxani tulik aks ettiruvchi, unga muvofik va u bilan tenglashadigan so'zlarni topish tarjimoning eng birinchi vazifasidir. A.V. Fedorov [2, 132]

tulakon tarjima asliyat mazmunini mukammal tarzda aks ettirish va tula-tukis ma'naviy-uslubiy muvofiklikni anglatishi zarurligini ta'kidlaydi. Fedorov fikriga ko'ra, tulaqonli tarjima 3 ta talabga javob berishi kerak. U puxta, anik va sodda bo'lishi lozim.

Ekvivalentlik tushunchasining asosiy ma'nosi aslida matematika va mantiq sohalariga asoslanganligi bilan bog'liq: ekvivalentlik ko'proq bu yerda tenglamaning bir-biriga mos keluvchi elementlari sifatida muhokama qilinadi . Bu qadar tor qamrovli ta'rifi, albatta, tarjima nuqtai nazaridan baxslidir. Yuqorida ifodalangan shaklda olinadigan bo'lsa, ekvivalentlik tenglamaning ikki element to'la mos tushish zarurligi kabi qabul qilinadi. Tarjima bilan bog'liq tilshunoslikka oid yondashularda ham shu nuqtai nazarga yaqin izohlar berilgandir. Misol uchun, Leypsig maktabida Kade, Jager va Neubert tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarda tarjima tilshunoslikning kichik sohasi deb belgilangan, shu sababli ham o'rganish sohasini terminli mantlar bilan cheklab qo'ygan . Matn turi bilan bog'liq bu chegaralanganlikka istisno qilinsa, masalan, adabiy matnlar kiritilganda, lingvistik nuqtai nazardan ilgari surilgan nazariy baholarning amal qilishi zaiflashadi. Chunki asliyat tilidagi tarjima birligining tarjima tildagi ekvivalenti bilan bir-biriga qarama-qarshi kelishi mumkinligi texnik matnlarda qo'llanilgan lingvistik tanlov tufayli ko'proq ko'rinadi. Adabiy matnlarda kuzatilishi mumkin bo'lgan estetik struktura esa nazariy bashoratlarning chegaralarini kengaytiradi. Koksal ta'kidlaganidek, "ekvivalentlikka "bir xillik" so'zining sinonimi sifatida qaralsa, tushuncha jiddiy e'tirozlarga sabab bo'lishi mumkin". Ekvivalentlik tushunchasini yanada funksional tarzda izohlashga qaratilgan baholash harakatlari quyida keltirilgan asliyat matni va tarjima matni o'rtasidagi munosabatlarni tahlil qilishga asoslangan bo'ladi.

"Ekvivalentlik tushunchasining kunimizda tavsiflovchi tarjima tatqiqotlarining rivojlanishi bilan asliyat matnidagi lingvistik unsurlarning to'g'ridan-to'g'ridan tarjima matnida qayta yaratilishi nazaridan aniqlash ayniqsa maqola tarjimasida har bir tarjima matnining alohida alohida va mavjud qoidalarga muvofiq baholanganligi va ekvivalentlikni tarjima madaniyatining tili, sotsiologik va madaniy tuzilishi va adabiy shart-sharoitlari nuqtai nazaridan yaratishga harakat qilinganligi bir tushuncha holiga keldi" [1, 5].

Ma'lumki, tilshunoslikka yo'naltirilgan yondashuvlarning eng muhim muammolaridan biri bu "ekvivalentlik" edi. Roman Yakobsanning 1953 yilda nashr qilingan "Tarjimaning lingvistik elementlari to'g'risida" nomli maqolasida "ekvivalentlik" tushunchasining lisoniy ma'nosiga urg'u beradi. Yakobsonga ko'ra, "farqlilikdagi ekvivalentlik tilning eng muhim muammosi va tilshunoslikning asosiy masalasidir" . Boshqacha qilib aytganda, Yakobson ikki alohida tilda ishlatiladigan semantik kod birliklari turli ko'rsatkich tizimlariga tegishli ekanligini va shu sababli ham ikki til orasi to'liq ekvivalentlik yaratish mumkin emasligini ta'kidlaydi. Tildagi ma'noning ko'rsatkichlar orqali hosil bo'lishini ta'kidlovchi nazariyotchi, u tarjima bilvosita ifodaning bir turi ekanligini e'tirof yetadi. Yakobsonga ko'ra tarjimon, avval boshqa manbadan olgan xabarni kodlarga ajratadi, u qayta kodlaydi va nihoyat uni boshqa tilga qayta uzatadi. Natijada tarjima, "ikki xil kodlarda ekvivalenti bo'lgan ikki xabar" sifatida talqin qilinishi mumkin. O'z xulosalarini isbotlash maqsadida Yakobson, maqolasida bayon qilgan turli xil tarjimalarga misollar keltiradi. Masalan, til ichida tarjima qilgan tarjimon, tarjima jarayonida tez-tez so'zlarning sinonimlariga murojat qiladi. Lekin, Yakobsonning fikricha, sinonimlik to'liq ekvivalentlik bo'la olmaydi. Masalan, turkchadagi peynir (peynir) so'zini ruschadagi sir so'ziga taqqoslaganimizda to'liq shaklda muqobil bo'la olmasligini takidlagan Yakobson, tillar orasida qilingan tarjimalarda ikki alohida tilda ishlatilgan so'zlarning ma'nolari bir-biriga ekvivalent bo'la olmaydi, degan xulosaga keladi. Misollardan ko'rinib turganidek, Yakobson "ekvivalentlik" tushunchasini lingvistik va indikativ yondashuv bilan baholaydi, u tarjimashunoslik fani doirasida "ekvivalentlikdagi farqlilik" hodisasini muhokama qilgan birinchi nazariyotchiga aylanadi. Yakobsonning ekvivalentlik konsepsiyasida ko'proq so'z va gap darajalaridagi farqlar asos qilib olinganligini, matn darajasida tadqiqotlar yo'qligini ko'rishimiz mumkin. Biroq, Yakobson bu farqlar tarjima qilishning iloji yo'qligini bildirmasligini aytadi.

Yakobsondan sung J.S.Katford "A Linguistic Theory of Translation" (1965) nomli tadqiqida "ekvivalentlik" tushunchasiga boshqacha o'lcham berdi. "Ekvivalentlik"ni empirik hodisa deb xisoblaydigan Katford, o'zining kitobida "matn ekvivalentligi" ga e'tibor qaratadi. Katfordga

ko'ra, "matn ekvivalentligi" xar qanday manba matni yoki manba matn bo'limiga teng maqsadli matn yoki maqsadli matn qismini yaratish demakdir. Boshqa tomondan, Katford "shaklan ekvivalentlik" ifo dasi bilan xar qanday lingvistik kategoriyaning manba tildagi joyni tarjima qilinayotgan tilda ham to'ldirish mumkinligiga ishora qiladi. Boshqacha aytganda, "shaklan ekvivalentlik" ikki til orasidagi farqli kategoriyalarda bir birini qoplash holatini ifoda etadi.

Shahnoz Toxirning qarashiga ko'ra, Nidaning ekvivalentlik to'g'risidagi fikrlarini ko'rsatmasdan turib, "ekvivalentlik" tushunchasi bo'yicha funksional va tavsiflovchi yondashuvlarni tushunish mumkin bo'lmaydi. Toxirga ko'ra, Nidaning ekvivalentlik tushunchasi "tarjimaga lingvistik va madaniy yondashuvlar o'rtasida" muhim bo'lgan ko'prik vazifasini ko'rsatadi. Tarjimashunoslik sohasida "madaniy farqlilikdan" ilk bor so'z ochgan nazariyotchi sifatida bilingan Nida, Towards a Science of Translating (1964) kitobida joy bergan "The Principles of Correspondence" nomli maqolasi bilan ekvivalentlik tushunchasiga chngi bir qarash olib kelgan edi. Lekin Nidaning ekvivalentlik nazariyasida Yakobson bilan o'xshash tomonlari borligini ham ko'rish mumkin. Nidada farqli tillar orasida aynan bir-biriga to'g'ri keladigan ekvivalentlar yo'qligini takidlaydi. Shu sababli, tarjima matni manba matni bilan bir xil emas, yakin yoki o'xshashini ifodalaydi va tarjima jarayonida tarjimon tarjimaga o'z talqinini qo'shashi muqarrardir, ekvivalentlar hosil qilinayotganda avval ma'no, keyin uslub jihatidan manba matnga eng yaqin so'zlar tanlab olinishi zarurligini ta'kidlaydi. Nidaning ekvivalentlikka oid bayonotlarida, ham sesantik ham edimiologik nazariyalardan ta'sirsanganini ko'rishimiz mumkin. Nida asosan, Chomsky'nin Uretici Gramer (1957) nom bilan mashkur sintaksis nazariyasidan foydalanib, u tarjimonlar manba matnini tahlil qilish va maqsadli matnni qayta kodlash jarayonida ushbu modeldan foydalanishlari mumkinligini ayti o'tdi. Strukturalistik nuqtai nazardan tilga yaqinlashgan Nida, ekvivalentlik tahlilida Chomskyning "yuzaki tuzilish" va "yadroviy tuzilish" lardan foydalanadi

Piter Nyumakning ekvivalentlik tushunchasiga oid ko'rsatmalarida, Nidaning "ekvivalent ta'sir" yondashuvining ta'sirini ko'rish mumkin. Nyumarkning fikricha, quyida ko'rsatilgan shartlarda maqsad tilda to'liq "ekvivalent" matnni yaratib bo'lmaydi:

(a) Manba matnining maqsadi bilan tarjima matnining maqsadi turlicha bo'lgan holatlar;

(b) manba tili bilan maqsad tili o'rtasida katta madaniy farq bo'lgan holatlarda. Ko'rinib turibdiki, Nyumark " ekvivalentlik "tushunchasiga boshqa nazariyotchilarga qaraganda ehtiyotkorroq yondashadi va Nidadan farqli o'laroq ikki til o'rtasidagi tashqi omillar "ekvivalent"ga ta'sir qiladi. Boshqa tomonlan, Nyumark Nidaning "dinamik ekvivalentlik" nazariyasiga o'xshash ta'rifni ishlatadi va uning tarjima-madaniyat munosabatlariga e'tiborini qaratadi. Nyumarkning fikriga ko'ra, "madaniy ekvivalentlik" manba tilidagi madaniy elementlarning, maqsad tildagi madaniy elementlar bilan uchrashishini anglatadi. Tillar o'rtasidagi madaniy farqni kamaytirish maqsadida Nyumark tarjimalarning ikki turi haqida eslatib o'tadi: semantik va kommunikativ tarjima. Semantik tarjima manba matn xabarining mazmuni va uslubini imkon qadar ko'proq maqsad tildagi ekvivalentlarini ishlatish kerakligini bildirsa, kommunikativ tarjimada manba matnli xabarning manba madaniyati o'quvchiga yaratadigan ta'sirining maqsad matn o'quvchisida yaratishga harakat qilinadi. Bu qarashlarda ham Nyumarkning Nidaning qarashlaridan ta'sirlanganligini ko'rish mumkin. Lekin Nyumark, Nidadan farqli o'laroq, har doim ham to'liq "ekvivalent ta'sir" yaratish mumkin emasligini ta'kidlaydi.

Tarjimaning neogermenevtik universal modeli konsepsiyasi markazida — tushunush, tarjimon tomonidan tarjima qilinayotgan matni idrok qilish darajasi turipti. Nemis olimi R. Shtolse "Germenevtik tarjima" monografiyasida o'zining germenevtik yondashuvdagi qarashlarini bayon qildi: «Perevod yest ponimanie». Demak xar bir tarjimon matni idrok qilish darajasiga ko'ra individual ravishda tarjimadagi yulni tanlaydi. Shundan kelib chiqib bitta tarjimon so'z uynini so'zma so'z tarjima orqali ifoda qilsa, boshqasi tushirib qoldiradi. Aynan shuning uchun xam ekvivalentlik tushunchasi tarjimoni matn idrokiga bog'liq.

Karimov "Madaniyatlararo mulokot va tarjima muammolari" nomli maqolasida badiiy tarjima haqida so'z yuritib, tulakon tarjimada asarning uziga xosligi va mazmuni, uning lisoniy shakllarining betakrorligi, uslubi, leksikasi va grammatika xususiyatlari tula tiklanadi. Tarjima matni asliyatning o'rnini bosadi deb ta'kidlaydi. Shu bilan birgalikda ushbu

maqolada muqobil degan tushunchani ishlatadi: "Odatda mutlaqo uxshash bo'lmagan ikki tilda kontekstsiz xam ma'nolari bir-biriga monand va bir-birining urnini qoplay oladigan suz, tushuncha, maqol, matal, idiomalar ekvivalent, mukobil birikmalar sanaladi"[3, 78]. Va misol tariqasida "Kashtanka" xikoyasida "Karaul! Pojar! Gorim!" degan xitobni. Undagi birinchi suzni X,.Axrorova "Qorovul" deb tushunadi va shunday tarjima qiladi. A. Qaxxor esa "Dod! Yong'in! Ut ketdi!" deb ugiradi va A.P.Chexov badiiy niyatiga mos mukobil vaziyatni yuzaga keltiradi [6,222] degan fikrni aytadi. Mana shu misoldan ko'rinib turiptiki, Karimov muqobil tushunchasini ekvivalent terminiga nisbatan sinonim emas variativ muvofiqlik sifatida qo'llamoqda.

Tarjimashunoslikda ekvivalentlik aynan tenglik emas matn mazmun mohiyatidan kelib chiqqan xolda nisbatan eng mosini tanlashdir. Shundan kelib chiqib, ekvivalentlik xam muqobillik xam aynan teng emas, balki nisbiy ma'noda eng mosini anglatadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ekvivalentlik va muqobilikni sinonim sifatida qabul qilish o'zbek tarjimashunosligidan yozilayotgan tadqiqotlar va maqolalardagi chalkashlikka ma'lum ma'noda barxam beradi. Albatta, bu uta baxsli va munozarali muammo aslida alohida bir tadqiqot miq'yosida ko'rib chiqilish zarur. Chunki o'zbek tarjimashunosligi kelajagi uning fan sifatida mazmun mohiyatini ochib beradigan tushunchalarga aniqliq kiritishdadir.

REFERENCES

1. Aksoy, Bekrin "Qeviride e§degerlik ve feviri kuramlari baglaminda"// Hacettepe Üniver-si, Edebiyat fak-si dergisi, Cilt 18/sayi:2 2001.

2. Фedorov A.V. Osnovbi obщey teorii perevoda. - Москва. 1983.

3. Каримов А. Маданиятлараро мулокот ва таржима муаммолари. Ижтимоий гуманитар фанлар. 2018 № 2

4. Узбек тилининг изошли лугати. Москва: "Рус тили" нашриёти 1981 . 2 том

5. Узбек тилининг изошли лугати "Москва "Рус тили" нашриёти 1981. 1 том

6. Salomov G'. Til va tarjima. -Toshkent. Fan, 1966.

7. Türkfe sözlük 1. Atatürk Kültür, dil ve tarih yüksek kürümü Türk dil kurumu. Ankara 1988.

8. Türkfe sözlük 2. Atatürk Kültür, dil ve tarih yüksek kürümü Türk dil kurumu. Ankara. 1988.

9. Mubarakova, D. (2022). Media matn tarjimasida lingvomadaniy va sotsiolingvistik aspektlar. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 411-414.

10. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.

11. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.

12. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.

13. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

14. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.