Научная статья на тему 'EKVIVALENTLIK ADEKVATLIKNING BOSH MEZONI'

EKVIVALENTLIK ADEKVATLIKNING BOSH MEZONI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
133
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekvivalentlik / adekvatlik / sinonimlik / muvofiqlik / invariantlik / equivalence / adequacy / synonymy / compatibility / invariance

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xatamova, Dilfuza

Ekvivalentlik va adekvatlik tarjimashunoslikning tayanch tushunchalari ekan, ushbu tushunchalar avvalo, tarjima nazariyasi, qolaversa lingvistika va adabiyotshunoslikning ham eng dolzarb, ma’no qamrovi jihatidan chegaralariga aniqlik kiritish zarur bo‘lgan tushunchalaridandir. Birinchidan, tarjimashunoslikka oid nazariy tushunchalar ma’no qamrovi tarjima nazariyasining predmeti bo‘lsa, ikkinchidan, uning izohi lingvistikaga, sharhi estetik mohiyat nuqtai nazardan adabiyotshunoslikka borib taqaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EQUIVALENCE IS THE MAIN CRITERIA OF ADEQUACY

Since equivalence and adequacy are the basic concepts of translation studies, these concepts are first of all the concepts of translation theory, and also of linguistics and literary studies, which need to clarify their boundaries in terms of meaning. Firstly, the theoretical concepts of translation studies are the subject of translation theory, and secondly, its explanation goes back to linguistics, and its review goes back to literary studies from the point of view of aesthetic essence.

Текст научной работы на тему «EKVIVALENTLIK ADEKVATLIKNING BOSH MEZONI»

EKVIVALENTLIK ADEKVATLIKNING BOSH MEZONI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-146-152

Filol.f.n. Dilfuza XATAMOVA

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti, Toshkent, O'zbekiston.

Tel: +998974119640; xatamova@gmail .com

Annotatsiya. Ekvivalentlik va adekvatlik tarjimashunoslikning tayanch tushunchalari ekan, ushbu tushunchalar avvalo, tarjima nazariyasi, qolaversa lingvistika va adabiyotshunoslikning ham eng dolzarb, ma'no qamrovi jihatidan chegaralariga aniqlik kiritish zarur bo 'lgan tushunchalaridandir. Birinchidan, tarjimashunoslikka oid nazariy tushunchalar ma 'no qamrovi tarjima nazariyasining predmeti bo 'lsa, ikkinchidan, uning izohi lingvistikaga, sharhi estetik mohiyat nuqtai nazardan adabiyotshunoslikka borib taqaladi.

Kalit so'zlar: ekvivalentlik, adekvatlik, sinonimlik, muvofiqlik, invariantlik

Аннотация. Поскольку эквивалентность и адекватность являются базовыми понятиями переводоведения, то эти понятия являются прежде всего понятиями теории перевода, а также языкознания и литературоведения, которые нуждаются в уточнении своих границ в смысловом отношении. Во-первых, теоретические понятия переводоведения составляют предмет теории перевода, во-вторых, его объяснение восходит к языкознанию, а его рассмотрение восходит к литературоведению с точки зрения эстетической сущности.

Ключевые слова: эквивалентность, адекватность, синонимия, совместимость, инвариантность.

Abstract. Since equivalence and adequacy are the basic concepts of translation studies, these concepts are first of all the concepts of translation theory, and also of linguistics and literary studies, which need to clarify their boundaries in terms of meaning. Firstly, the theoretical concepts of translation studies are the subject of translation theory, and secondly, its explanation goes back to linguistics, and its review goes back to literary studies from the point of view of aesthetic essence.

Key words: equivalence, adequacy, synonymy, compatibility, invariance

Ekvivalentlik va adekvatlik terminlari olimlar tarafidan ba'zan sinonim, ba'zan ma'no jihatidan tarjimashunoslikning ikki omilini anglatadigan tayanch tushunchalar sifatida ishlatiladi. Masalan, R. Leviskiyning [2, 75] "Funksional adekvat tarjimaning prinsiplari haqida"

degan maqolasida ekvivalentlik va adekvatlik terminlarini sinonim sifatida, Dj.Ketford ekvivalent tarjima - adekvat tarjima deb ishlatadilar. Komissarov, aksincha, bu ikki tushunchani bir biriga qarama qarshi qo'yib, adekvat tarjimaning ma'no qamrovi kengroqligini ta'kidlaydi. Ekvivalentlik, olimning fikriga ko'ra, nutq yoki til birligining umumiy ma'noligida namoyon bo'ladi. K.Rays va G. Vermer adekvatlikka ta'rif berar ekan, uning pragmatik omilidan kelib chiqib, maqsad sari yo'naltiriladi degan fikrni beradi. Ekvivalentlik ularning fikricha matnlararo to'liq muvofiqlikni nazarda tutadi. Adekvatlik va adekvat terminlari tarjimada jarayon sifatida namoyon bo'lsa, ekvivalentlik va ekvivalent madaniyatlararo ikki matn orasidagi munosabatni bildirib, o'xshash kommunikativ funksiyalarni amalga oshiradi. Yuqoridagi olimlarning fikricha ekvivalentlik nafaqat nutq birliklari, balki matnlararo munosabatni ham o'z ichiga oladi va matn ekvivalentligi uning har bir segmentining ekvivalentligini nazarda tutmasligi mumkin. Bu nuqtai nazar, albatta, yuqorida keltirib o'tgan Komissarov fikriga qarama qarshi qo'yilayapdi. Til birliklari orasidagi munosabat til tizimi konteksti nuqtai nazaridan uning paradigmatik aloqalari inobatga olingan holda kontrastiv lingvistika o'rganish predmetiga aylanib ketadi. L.S. Barxudarov "So'zning kontekstual ma'nosi va tarjima" nomli maqolasida tarjimada so'zning ekvivalenti kontekst bilan bog'liqligini ta'kidlab, bu holda so'zning ma'nosi lo'g'aviy ma'no bilan farq qilishi mumkin degan xulosaga keladi.

Ekvivalentlik invariantlik tushunchasi bilan ham bog'liq. Tarjima qilinayotgan matnning kommunikativ effekti tarjima matnining har bir bosqich nuqtai nazaridan muvofiq bo'lishi kerak. Semitik bosqichlarni qamrab olgan funksional turlari ekvivalentlikni ta'minlab beradi. Agar semiotik bosqichlarni ma'lum bir qismini qamragan bo'lsa qisman ekvivalentlik haqida gap boradi. Garchi hamma semiotik bosqichlarni qamrab olgan bo'lsa u holda to'liq ekvivalentlik haqida gap yuritishimiz mumkin. Demak, ekvivalentlik ikki matn orasidagi munosabat. Bu borada adekvatlik bilan ekvivalentlik orasidagi farq mafhumdir.

Bu borada Komissarovni fikriga qo'shilgan holda, matn ichra ekvivalentlik til yoki nutq birligiga nisbatan qo'llaniladigan bo'lsa, adekvatlik matnlararo tenglilikni nazarda tutadi degan xulosaga kelamiz.

R

ote

Mana shu vaziyatdagina tarjimashunoslikning ikki tayanch tushunchasi orasidagi mavhumlikka qisman bo'lsa xam barxam beriladi. Quyida keltiradigan qarashlar shu xulosamizni tasdiqlashga qaratilgan.

Terminlar talqini nuqtai nazaridan ko'rib chiqadigan bo'lsak bu erda bizni termin va uning izohi ichidagi til birliklarining qanchalik muvofiq ya'ni ekvivalent bo'la olishi keyingi bobimizning diqqat markazida bo'ladi. Tarjima jarayonida tarjima qilinayotgan tilda aynan termin ma'no qamrovini ifoda qila oladigan so'zni topish, uni leksik jihatdan mansubligini inobatga olish kerak bo'ladi.

Yakobsoning fikricha: «Там, где отсутствует понятие или слово, можно разнообразить и обогащать терминологию путем слов-заимствований, калек, неологизмов, семантических сдвигов и, наконец, с помощью парафраз» [6, 364]. Ya'ni, aynan so'z yoki tushuncha mavjud bo'lmasa, terminologiyani o'zlashmalar, kalkalar, neologizmlar, semantik siljishlar va parafrazlar orqali boytish va kengaytirish mumkin degan xulosaga keladi. Muallif shuningdek, biron bir hodisani tarjimasida leksika orqali ham ifodalash mumkin deydi: "Отсутствие в языке перевода какого-либо грамматического явления отнюд не означает невозможности точной передачи всей понятийной информatsiи, содержащейся в оригинале". Shveytser o'z nazariy qarashlarida ekvivalentlik tushunchasini tarjimaning nazariy aspektlari va uning mohiyatini ochib berishda qo'lladi. Bunga isbot qilib birinchi faslda ko'rib chiqqan nazariy qarashlarni olishimiz mumkin. Tarjimashunoslik fanining rivojlanish davrlarining har bir bosqichi o'zgacha fikr, mulohaza va qarashlar bilan ajralib turadi. Har bir davr tarjimaning mohiyatini belgilashda o'z nazariy va amaliy bilimlaridan kelib chiqadi.

Masalan, Ya.I.Retskerning "Muvofiqlik nazariyasi"da ekvivalentlik tushunchasini matnlararo emas, matn ichidagi mikro birliklar munosabatiga nisbatan ishlatadi. Bunda Resker ekvivalent deganda matnga bog'lanmagan doimiy bir tushunchani belgilagan [4, 10-11]. Agar matn bilan bog'liq bo'lsa demak u "variativ muvofiqlik"dir deb ta'kidlaydi. Bu е^ Komissarov bilan Resker fikrlarining kesishma nuqtalari borligini kuzatib, biri ekvivalentni matn bilan bog'lasa, ikkinchisi matn bilan bog'lanmagan barqaror bir tushuncha deb belgilaydi.

Ekvivalentlik variativ muvofiqlik bilan ham bog'liq bo'lib, bu tushunchalarni ajratish zaruriyati leksikograflk omillardan kelib chiqqan deyish mumkin. Chunki, tarjimon uchun "qisman ekvivalent" va "variativ muvofiqlik" orasidagi farq prinsipial emas. Masalan, ingliz tilidagi novella terminiga rus tilida rasskaz, turk tilida oyku, o'zbek tilida esa hikoya deb olishimiz mumkin. Bu terminlar bir tarafdan bir biriga to'liq mos emas, balki qisman ekvivalentdir.

Dj. Ketford tarjima talablariga aniqlik kiritayotib "Для того, чтобы существовала переводческая эквивалентность, необходимо, чтобы как исходный, так и конечный тексты были бы соотносимы с функционально релевантными признаками данной ситуatsiи" [1, 94] deydi. Olim tomonidan funksional relevantlik belgilari matnning kommunikativ funksiyasi nuqtai nazaridan muhim. Funksional relevantlik keng ekstralingvistik kontekstda shaklanib, intuitsiyaga asoslangan bo'ladi.

Ketfordning tarjima ta'rifida asosiy mezon - vaziyat. Huddi shu somativ yo'nalishni olim tomonidan ekvivalentga bergan talqinida ham ko'rishimiz mumkin. Bu borada biz R. Leviskiyni "поскольку свойства ситуatsiи не подлежат научному описанию, теории перевода остается заняться только межъязыковыми закономерностями, которые прослеживаются на пути от оригинала к переводу. Такая позиция приводит, в частности, к введению понятия - перевода на одном, избранном уровне языка" [2, 75] degan fikriga tuliq qo'shilamiz.

Yu.Naydaning konsepsiyasi "dinamik ekvivalentlik" bo'lib, ekvivalentlikda semantik yondashuvga asoslangan. Olim ikki matn orasidagi semantik uxshashlikni ekvivalentlikni еtarli mezoni deb hisoblaydi: "Динамическая эквивалентност - качество перевода, при котором смысловое содержание оригинала передается на языке -рецепторе и таким образом, что реакция (респонсе) рецептора перевода в основном подобна реаксии исходных рецепторов" [3,202]. Demak, olim qarashining zaminida retsepient original matn va tarjima matnidan oladigan ta'siri bir xil bo'lsa, aynan shu ekvivalentlikning asosiy mezonidir deb xisoblaydi. Nayda bunda nafaqat mazmuniy mufoqlik, balki emotiv xolatni xam inobatga oladi.

Shunday qilib, ekvivalentlikda pragmatik ulcham, ya'ni tarjimani retsepient tomonidan qabul qilish reaksiyasi asosiy omiligini nazarda tutadi. "Dinamik ekvivalentlik" "formal muvofiqlikga" qarshi quyilib, dinamik ekvivalentlikda Yu.Nayda yana bir mezon kommunikativ vaziyatni inobatga oladi. Dj. Ketford uchun ekvivalentlikning yagona va asosiy mezoni semantik mazmun bo'lsa, Nayda uchun kommunikativ vaziyatdir. Kommunikativ ekvivalentlik G. Yeger tomonidan ikki matn orasidagi munosabat bo'lib, kommunikativ mohiyati tengligidadir deb sharxlaydi. Boshqacha qilib aytganda retsepientda bir xil kommunikativ effekt ug'otish kerak. Kommunikativ effekt degada adresatga ma'lum bir mazmuni etkazish nazarda tutiladi. G.Yeger talqini shunisi bilan ahamiyatliki, u matni tarjimaning eng asosiy kategoriyasi sifatida oladi. Olim "ekvivalent" va "invariant" tushunchalarini bog'liqligiga xam ahamiyat beradi.

V.Koller ekvivalentlik tushunchasini ma'no qamrovi ikki matn orasidagi ekvivalent munosabatlar turi aniqlangandagina belgilanadi deb ta'kidlaydi. Ekvivalentlik turi esa tarjimani maqsadi bilan aniqlanadi.

V. Koller [5, 186] ekvivalentlikni beshta turga bo'ladi:

1) denotativ - mazmuni saqlab qolish ya'ni invariant mazmun;

2) konnotativ - stilistik ekvivalentlik, o'z ichiga semantik xamda stilistik funksiyalarni qamrab oladi;

3) tekstual-normativ, matning janr xususiyatlari, nutqiy va til qonuniyatlariga yunaltirilgan;

4) Pragmatik-maqsadli

5) formal, matning badiiy-estetik, individual xususiyatlarini ochib berishga yunaltirilgan tarjima.

Koller bu tasnifi bilan tarjima jarayoni naqadar keng va serqiraligi, yuklangan vazifalar turliligini ochib beradi. V. Koller ekvivalentlik deskreptiv tushuncha emas normativligini isbotlab beradi.

Otto Kade ilk ishlarida tarjimada ekvivalentlik ikki matn orasidagi invariant mazmunga nisbatan aytiladi deb ta'kidlaydi. Keyinchalik kommunikativ funksiya Kade uchun xam birlamchi mezonga aylandi.

O. Kade ekvivalentlik mezonlarini aniqlar ekan:

- birlamchi konkret kommunikativ vaziyatda tarjima matnini keng qamrovli ta'sir ko'chiga e'tibor berilishi;

- matnda kommunikativ birliklar - makrobelgilarni ajratib, ularning o'zaro semantik munosabati matn mazmunini tashkil qilishini;

- kommunikant mazmuni bu ma'no, uning shakliy makrobelgilarni, ya'ni til birliklarini mazmuniy ketma ketligiga nisbatan aytilishi;

- matn kommunikat sifatida o'z ichiga ko'proq axborot qamrab olish xususiyatiga egaligi;

- ma'no va mazmun orasida regulyar munosabat borligini ta'kidlab, teng ma'no turli vaziyatda turli ma'no bildirishi, birxil vaziyatda teng mazmunligni ifoda qilishini ko'rsatishi;

- tarjimani mohiyati kommunikantlarni almashuvida bilib, axborot etkazishda aynan kommunikatlar xisoblanishi;

- tarjimada bir til belgilari boshqa til belgilari bilan almashinishi ekvivalent kommunikatlar paydo bo'lishiga olib kelishini sharhi;

- tarjimada ekvivalent kommunikat yaratishda original matn o'zgaradi va tarjimada ekvivalentlik ma'no qamrovini kengayishiga olib kelishini ochib berilishlarni va yuqorida ko'rsatib utilgan omilarni ketma ket ko'rsatib utadi.

K.Rays va Gans Vermeer skopos nazariyasida ekvivalentlik tarjima uslubiga emas, balki uning natijasiga nisbatan aytiladi deb ta'kidlaydi.

Xaqiqatdan xam tarjimada ekvivalent uslub bilan tarjima qilinmaydi, balki natija sifatida namoyon bo'ladi va adekvat tarjima matniga aylanadi. Ekvivalent tarjimani ta'riflar ekan olimlar adekvat tarjima talqini aniqlashtirib berdilar. Demak, ekvivalentlik tarjima maxsuli bo'lib, original va tarjima matning bir biriga nisbatan funksional muvofiqligidadir.

Xulosa qilib aytganda, ekvivalent tarjima asliyat mazmu-nini o'zga tilga vazifaviy-uslubiy jihatdan to'la-to'kis talqin etishdan iborat jarayondir. Buning ma'nosi shuki, til belgilari yigindieidan iborat matn mazmuni tarjimada vazifaviy qayta yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Дж.Кэтфорд С. Лингвистическая теория перевода (A Linguistic Theory of Translation). - Москва. 2004.

2. Левицкий Р. "О принципе функционалной адекватности перевода". -Москва. 1984.

3. Nida, Taber. The teory and practice of translation. - London. 1969

4. Рецкер. Теория перевода и переводческая практика. - Москва. 1974.

5. Werner Koller. "The concept of equilanes and the object of translation" 1936.

151

6. Якобсон Р.О. Работы по поэтике. - Москва. 1987.

7. Fatxutdinova, I. A. (2021). TARJIMADA EKVIVALENTLIKNING MULOQOT MAQSADINI IFODALASH VOSITALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2), 140-149.

8. Насирова, С. А. (2022). НЕОЛОГИЗМЫ-ИДЕОЛОГЕМЫ В КАЧЕСТВЕ ПРОВОДНИКОВ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ (на примере общественно-политической терминологии современного китайского языка. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 27), 6-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.