Научная статья на тему 'TARIX SABOQLARI VA TARAQQIYOTNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI'

TARIX SABOQLARI VA TARAQQIYOTNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
145
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
svilizatsiya / ibtidoiy jamoa / arxeologiya / etnografiya / antropologiya / neolit / paleolit.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Suyarova Zumrad Abdurashidovna

So'nggi bir necha yil davomida, tarix nuqtai nazaridan o'ta qisqa vaqt mobaynida dunyo yangi ko'rinishdagi O'zbekiston vujudga kelganini e'tirof etmoqda. Avval sovet totalitar tuzumining saqlanib qolgan oxirgi orolchalaridan biri sifatida ta'riflangan, insoniyat taraqqiyoti shohko'chalaridan chetda qolib, iloji boricha o'zgarishlar, chinakam islohotlardan voz kechib, rivojlanishning “o'zining alohida modeli” sifatida palleativ yarim choralarni tanlagan davlat birdaniga dunyodagi islohotlarning etakchilaridan biriga aylandi. Xalqaro miqyosda batamom o'zga qiyofaga ega bo'lgan O'zbekiston paydo bo'ldi. Mamlakatning jahondagi obro'si va ta'siri misli ko'rilmagan darajada ko'tarildi.. Ushbu maqolada yurtimizda olib borilayotgan o‘zgarishlar, taraqqiyotimizning zamonaviy tamoyillari haqida so‘z yurtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIX SABOQLARI VA TARAQQIYOTNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI»

TARIX SABOQLARI VA TARAQQIYOTNING ZAMONAVIY

TAMOYILLARI

Suyarova Zumrad Abdurashidovna

258-maktab o'qituvchisi zumradsuyarova@gmail .com https://doi.org/10.5281/zenodo.7437674

Annotatsiya: So'nggi bir necha yil davomida, tarix nuqtai nazaridan o'ta qisqa vaqt mobaynida dunyo yangi ko'rinishdagi O'zbekiston vujudga kelganini e'tirof etmoqda. Avval sovet totalitar tuzumining saqlanib qolgan oxirgi orolchalaridan biri sifatida ta'riflangan, insoniyat taraqqiyoti shohko'chalaridan chetda qolib, iloji boricha o'zgarishlar, chinakam islohotlardan voz kechib, rivojlanishning "o'zining alohida modeli" sifatida palleativ yarim choralarni tanlagan davlat birdaniga dunyodagi islohotlarning etakchilaridan biriga aylandi. Xalqaro miqyosda batamom o'zga qiyofaga ega bo'lgan O'zbekiston paydo bo'ldi. Mamlakatning jahondagi obro'si va ta'siri misli ko'rilmagan darajada ko'tarildi.. Ushbu maqolada yurtimizda olib borilayotgan o'zgarishlar, taraqqiyotimizning zamonaviy tamoyillari haqida so'z yurtilgan.

Kalit so'zlar: svilizatsiya, ibtidoiy jamoa, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, neolit, paleolit.

Ko'p yillar mobaynida mamlakat rivojiga xos bo'lgan sustkashlik, turg'unlik, ko'ndalang turgan vazifalarni bajarmasdan, ularni paysalga solish, muammolar va ziddiyatlarni berkitish siyosatiga barham berildi. Me'daga tekkan "bosqichma-bosqich, asta-sekin" degan gaplar unutilib, bugun jadallik bilan chuqur islohotlar olib borilmoqda. Jamiyatda yangi muhit yaratildi. Ilgari deyarli bo'lmagan ijtimoiy, siyosiy hayot paydo bo'ldi, ommaviy axborot vositalari jonlandi, fuqarolik jamiyati faollashmoqda.

Eng muhimi, odamlar o'z erkinligi va huquqlarini anglamoqda, ularda daxldorlik hissi va jamiyat taqdiri uchun mas'uliyat oshmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev "Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari" da'vatkor g'oyasini ilgari surdi. Bunda nihoyatda chuqur ma'no bor. Milliy tiklanish, o'zligimizni anglash, milliy davlatchiligimizning asoslarini qaytadan barpo etish bosqichi tugadi. endi O'zbekistonni o'z tarixiy, tsivilizatsion o'rnini yangidan tiklash, o'zbek xalqining genetik insoniy salohiyatiga monand taraqqiyot darajasini ta'minlash, uchinchi Renessans barq urish davri keldi.

Bu faqatgina shior yoki umumiy da'vat emas. Uning aniq yo'nalishlari, muayyan dasturlari mavjud. Birinchi navbatda, biz tarixga nazar tashlab, ilgarigi Renessanslar

saboqlaridan xulosa chiqarib, harakatlarimizni zamonamiz talablari, davr imperativlari bilan uyg'unlashtirmog'imiz lozim.

Avvalgi ikkita Renessans davrida o'lkamiz dunyo mamlakatlari orasida rivojlanishning eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ilmiy salohiyat bobida o'sha yillarda hech bir boshqa mamlakat o'lkamizga tenglasha olmas edi.

Manbalarga qaraganda, birinchi Renessans davri, ya'ni 9-10 asrlarda Samarqandda zarb etilgan dirham tangasi butun Evropa va YAqin SHarq mamlakatlarida muomalada bo'lgan pul mablag'larining uchdan birini tashkil etgan. Hattoki skandinaviyalik vikinglar ham o'z ulushlarini dirhamlarga almashtirishga harakat qilgan. YA'ni aynan Samarqand dirhami o'sha paytda kuchli qiymatga ega, umume'tirof etilgan xalqaro ayirboshlov vositasi, xalqaro valyuta funktsiyasini bajargan. Bunda o'sha davlatning mavqei, salohiyati, unga bo'lgan ishonch, uning iqtisodiy salohiyati va quvvati namoyon edi.

Tabiiyki, bugun biz uchun muhim savol — o'sha davrdagi zalvorli yutuqlar zaminida nima yotgan? Qaysi omillar Markaziy Osiyo Renessanslari vujudga kelishini ta'minladi? Ularning tugashiga nima sabab bo'ldi?

Birinchidan, insoniyat ko'rgan barcha Renessanslarga — Evropa, Islom, Markaziy Osiyodagi uyg'onish davrlarining barchasiga birdek xos bo'lgan xususiyat antropotsentrizmdir. Ularning barchasida fan, ta'lim va madaniyat gumanistik g'oyalarga tayanib, avvalambor, dunyoviy xarakterga, ratsional mazmunga ega bo'lgan. Ilmiy izlanish, madaniyat va san'at ijodi markazida hazrati inson, uning hayoti va faoliyati, fikr va hissiyotlar, umid va istaklar, muammo va ziddiyatlar gavdalangan. Bundan xulosa shuki, Renessans inson ehtiyojlari, erkinliklari va huquqlarini ta'minlashdan boshlanadi.

Bejiz emaski, so'nggi to'rt yil mobaynida bu sohaga mamlakatimizda alohida e'tibor berilmoqda. Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiya izchil amalga oshirilmoqda. Diniy erkinlikni ta'minlashga qaratilgan qator huquqiy va institutsional choralar ko'rildi. Sud-huquq tizimida insonparvarlik jarayoni ildiz otmoqda. endi u faqatgina jazolash emas, balki, birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish muassasasiga aylanmoqda. Majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini tugatish bo'yicha amaliy natijalarga erishildi.

Gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni tobora kuchaymoqda. YAngi parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobar ko'paydi. Korruptsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga ko'tarildi. Oktyabr oyida esa mamlakatimiz milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlaridan biri bo'lgan Inson huquqlari bo'yicha kengashga a'zo bo'ldi.

Maktablar zamonaviylashtirilmoqda. Ularning qariyb 6 mingi o'ta tez internetga ulandi. Zamon talabiga monand, tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktablar soni ko'paymoqda. Faqatgina shu yilning o'zida matematik yo'nalishda 56 ta va kimyo-biologik yo'nalishda 27 ta maktab barpo etildi. Kelgusi yili 82 ta informatsiya-kommunikatsiya maktabi ochiladi.

Ta'lim tizimi diversifikatsiyalashmoqda: uch yil mobaynida xususiy maktablar soni 6 barobar ortdi.

Uchinchidan, Markaziy Osiyoda ma'rifat davri paydo bo'lishi jamiyatda yuqori iqtidorli, ilmga intilgan, erkin fikr yurituvchi va davlat tomonidan e'zozlangan hamda rag'batlangan shaxslar mujassamlangani bilan bog'liq.

Fan, innovatsiya har bir Renessansning poydevoridir.

Bugungi dunyoda raqobat tobora keskin tus olmoqda. To'rtinchi sanoat inqilobi davrida raqobatbardosh bo'lish faqat zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish bilan bog'liq.

Innovatsiya — bu bugun xohishga bog'liq ixtiyoriy qaror emas. Bu — zaruriyat, davr talabi, mamlakat, jamiyatning taqdirini hal qiluvchi, hayot-mamot masalasidir.

So'nggi to'rt yilda mamlakatimizda 43 ta yangi oliy ta'lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 125 taga etdi. Bu yil oliy o'quv yurtlariga kirish uchun bir yarim millionga yaqin yosh hujjat topshirdi. Bu ko'rsatkich o'tgan yildagiga nisbatan 40 foiz ko'pdir.

Milliy davlatchiligimiz va o'zligimiz timsoli bo'lgan ona tilimizni rivojlantirish, uni to'laqonli zamonaviy fan va oliy ta'lim tiliga aylantirish bu borada eng muhim yo'nalish bo'lib qoladi.

Uyg'onish davri, Renessans — fikr monopoliyasiga zid. U g'oyalar xilma-xilligini talab qiladi.

Bugun jamiyatimizda tobora erkinlashtirish, so'z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari ildiz otmoqda. Bu ortga qaytmas tus olganini yana bir bor ta'kidlamoqchiman.

Ommaviy axborot vositalari hukumat faoliyati haqida aholini xabardor qilish va ayni vaqtda unga xalq fikri, orzu-umidlari, noroziligini etkazish, hokimiyat shaffofligini ta'minlashda tobora faol roF o'ynamoqda. Bu ham davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, ham jamiyat barqaror rivojining omilidir.

Beshinchidan, Renessans, uyg'onish davri haqida gapirar ekanmiz, uning hal qiluvchi omillaridan biri — bu dunyoga ochiqlik va tashqi aloqalarning keng qamrovligidir.

Avvalgi Renessanslar yirik makromintaqada mushtarak madaniy, gumanitar makon vujudga kelgani bilan izohlanadi. Mintaqamizga azal-azaldan xos bo'lgan doimiy xalqaro muloqot, madaniy almashinuv xalqimizda o'ziga xos mentalitet shakllanishiga sabab bo'ldi. Uning belgilari sifatida bag'rikenglik, ksenofobiya va

diniy fanatizm deyarli yo'qligi, o'zga madaniyat, dunyoqarash va yangiliklarga ochiqlikni ko'rsatish mumkin.

Xulosa shuki, O'zbekistonda bugun jadallik bilan kechayotgan ana shunday islohotlar, jamiyatdagi yangilanishlar mamlakatda kezayotgan uyg'onish ruhidan dalolatdir. Uchinchi Renessans uzoq istiqbol masalasi emas. U bugun, ushbu onda jamiyatimiz, uning har bir jabhasida muttasil etilib kelayotgan real voqelikdir. Ishonchimiz komilki, yurtimizda boshlangan bu yangilanishlar izchil davom etadi va xalqimiz orzu qilgan buyuk davlat, farovon kelajak barpo etishda mustahkam poydevor bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://fayllar.org/tarixiy-xotirasiz-kelaiak-yoq.html

2. http://isrs.uz/oz/ozbekiston-yangiliklari/mamlakatimiz-maktablarini-bitiruv-chi-ogil-qizlarimizga

3. https://yuz.uz/uz/news/yoshlarga-etibor-kelajakka-etibor

4. https://www.standart.uz/mobile/news/view?id=1858

5. https: //yo shlikj urnali. uz/publitsistika/talimga-etibor-kelaj akka-poydevor/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.