Научная статья на тему 'TARBIYANING UMUMIY METODLARI'

TARBIYANING UMUMIY METODLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
9105
349
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tarbiya metodlari / tarbiyada rag’batlantirish va jazolash metodlari / ijtimoiy ongni shakllantirishga oid metodlar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Kamola Sodiqjon Qizi Ismanova

Ushbu maqolada tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining maqsadi va vazifalari, tamoyillari hamda xususiyatlari, o’quvchilarni qanday qilib jamoaga uyushtirish va shakllantirish darajasi yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYANING UMUMIY METODLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TARBIYANING UMUMIY METODLARI

Kamola Sodiqjon qizi Ismanova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining maqsadi va vazifalari, tamoyillari hamda xususiyatlari, o'quvchilarni qanday qilib jamoaga uyushtirish va shakllantirish darajasi yoritib beriladi.

Tayanch so'zlar: tarbiya metodlari, tarbiyada rag'batlantirish va jazolash metodlari, ijtimoiy ongni shakllantirishga oid metodlar.

Tarbiya metodlari - pedagog-o'qituvchilaming o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan masadga muvofiq tashkil etish yo'llaridir.

Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taalluqli ko'pgina tarbiyaviy ta'sirlarni o'z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tomonidan ta'lim muasssalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin ijodkor, mustaqil fikr egasi bo'lgan shaxsni tarbiyalash vazifalari belgilanadi.

Arastuning aytishicha, tarbiyachining o'zi tarbiya ko'rgan, insoniy fazilatlarni egallagan bo'lishi darkor. " Shuni bilingki, - deydi Arastu, ta'lim -tarbiya bilan shug'ullanuvchi odam o'zi tarbiya ko'rmagan bo'lsa ,boshqalarni tarbiya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi boshqalarni yaramas va iflos ishlarga boshlay olmaydi. Agar , sen o'quvchingni tarbiya qilmoqchi bo'lsang, avval o'z ruhingni yaxshilashdan boshla . Mabodo, o'zgalar aybini ixtiyor etmoq istasang, bundan oldin o'z nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo ko'zi ojiz kishi qanday qilib ko'rga yo'l ko'rsata oladi? Xor va tuban kishi boshqalarga obro va qadr-qimmat ato qila oladimi?"

Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta'lim-tarbiyaga oid "Ro'shinoma ", "Qobusnoma" Farididdin Attorning "Pandnoma"si, Ubayd Zakoniyning "Sad pand" kabi asarlari keng tarqalgan. Ilk o'rta asrlarda Arastu va uning izdoshlarining risolalariarab tiliga tarjima qilindi va ularning ta'limotlari al -Kindiy, Farobiy , Beruniy , Ibn Sino ,Umar Xayyom , Nasiriddin Tusiy, Jomiy , Navoiy va boshqa Sharq faylasuflari tomonidan o'rganildi va boyitildi.

Rag'batlantirish metodlari- o'quvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni ko'zda tutadi.Rag'batlantirish quvonch,qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

qiladi, tetiklik va g'ayrat bag'ishlaydi, o'z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni rag'batlantiradi, o'z faoliyati va xulqiga mas'uliyatni oshiradi. Rag'batlantirish metodlari xilma-xil bo'lib, ular tarkibiga ma'qullash, ko'ngil ko'tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og'zaki va yozma tashakkur bildirish ,mukofotlash va boshqalar kiradi.

Rag'batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo'llanishi lozim. Har qanday rag'batlantirish o'quvchining o'quvchining jamoa oldidagi chinakam xizmatlarga muvofiq bo'lishi lozim. Rag'batlantirish vaqtida o'quvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan o'rnini hisobga olish va ketma-ket bo'lmasligi kerak.haddan oshirib maqtash, jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni bo'shashtirib yuborish, bular o'quvchilarda manmanlik xudbinlik sifatlarining vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Rag'batni tashkil etishda o'quvchining muvaffaqqiyati bilan birga uning jamoadagi o'rni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga inobotga olish talab etiladi.

Jazo berish metodlari- bu o'quvchilarning xatti-harakatiga salbiy baho berishdir.Jazo berish noma'qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloq tuzatishi, jamoa oldida uyalishi o'zini gunohkor deb bilish hissini uyg'otishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qo'llab-quvvatlashi asosida jazo metodlari ham xilma-xil bo'lib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish , uyaltirish , qizartirish, xatti- harakatlarni jamoa oldida o'rtasida muhoka etish, muayyan faoliyatdan chetlatish va boshqalar kiradi.

Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his- tuyg'u, xulq-atvor tarkib toptiriladi.

REFERENCES

1. M.Qurbonov.Ijtimoiy pedagogika.-Toshkent, 2003,41-b

2. J.Hasanboyev.Pedagogika ,-"Noshir" Toshkent,2011,130-b

3. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazaryasi va amalyoti. Toshkent,2017

4. I.Inoyatov, A.Musulmonov ,I.Ro'ziyeva , X. Usmonboyeva.Toshkent, 2016

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.