Научная статья на тему 'O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI'

O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
18236
541
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muloqot / aloqa o‘rnatish / muomala uslublari / yuzni o'qish san’ati / pedagogik ta’sir ko‘rsatish / ishontirish / ma’qullash / pedagogik nizo / kommunikatsiya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Vasila Komilova

Ushbu maqolada o’qituvchining kommunikativ malakasi tushunchasi va uning pedogog faoliyati davomida tutgan o’rni ,o’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari yoritib berilgan.O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo’llari ko’rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI

Vasila Komilova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti,

3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'qituvchining kommunikativ malakasi tushunchasi va uning pedogog faoliyati davomida tutgan o'rni ,o'qituvchining kommunikativ ta'sir etish usullari yoritib berilgan.O'qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo'llari ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: muloqot, aloqa o'rnatish, muomala uslublari, yuzni o'qish san'ati, pedagogik ta'sir ko'rsatish, ishontirish, ma'qullash, pedagogik nizo, kommunikatsiya.

Bugungi kunda mustaqil respublikamiz dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan ekan, uning kelgusidagi rivoji, gullab-yashnashi bugungi kun yoshlariga bog'liqdir. Demak, bugungi yoshlar har tomonlama rivojlangan, o'ziga, boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o'z to'g'ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor bo'lmog'i lozim.

O'quvchida ana shu xususiyatlaming rivojlanishi so'zsiz o'qituvchiga, uning o'quv-tarbiya jarayonini to'g'ri boshqara olishiga va o'quvchilar bilan o'rnata oladigan muomala va munosabatlariga bog'liq.Kommunikativ qobiliyat - bu pedagogik o'zaro harakat sohasida maxsus ko'rinishga ega bo'lgan muloqotga qobiliyatlilikdir.

Psixologik adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir qancha turlari ajratib ko'rsatiladi:

1) insonning insonni tushuna olishi (insonni shaxs sifatida, uning alohida jihatlarini, motiv va ehtiyojlarini baholash, tashqi xulq-atvorini ichki olami bilan bog'liqlikda ko'rib chiqish, yuz, qo'l, gavda harakatlarini "o'qish"ko'nikmasi)

2) insonni o'z-o'zini anglay olishi (o'z bilimi, qobiliyati, o'z xarakteri va boshqa qirralarini baholash, inson boshqalar tomonidan qay tarzda qabul qilinishi va atrofdagilar ko'zi bilan baholash);

3) muloqot vaziyatini to'g'ri baholay olish ko'nikmasi (mavjud holatni kuzatish, uning namoyon bo'lish belgilari haqida ko'proq axborotlarni ajarata olish, ularga e'tiborini qaratish, yuzaga kelayotgan vaziyatning ijtimoiy va psixologik mohiyatini to'g'ri idrok etish va baholash).

Tahlil etish gnoseologiya, psixologiyada bilish va amaliy faoliyatga doir barcha harakatlarni o'z ichiga oladi, pedagogikada esa, tadqiq qilinayotgan narsa-hodisalarning

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

alohida tarkibiy qismlarga ajratish qonuniyat va usullarini o'zida aks ettiruvchi bilish jarayoni sifatida ifoda etiladi. O.Q.Kamenkoning fikricha, o'z-o'zini tahlil etish falsafa va psixologiyada o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini bilish, o'z-o'zini boshqarish, o'z-o'zini baholashning tarkibiy qismi sifatida aks ettirilsa ham mustaqil kategoriya sifatida ishlatilmaydi.

Biroq o'z-o'zini anglashining shakllanishi va rivojlanishi o'z-o'zini tahlil etish asosida amalga oshishini esda tutish zarur. Chunki aynan pedagogik voqelikda o'z-o'zim tahlil etish ko'nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati ularning o'zi haqidagi tasavvurlari, qiziqishlari, motiv, ehtiyojlari tizimi sifatida tushuniladigan "Menkontseptsiyasi"ning rivojlanishiga undovchi ichki omillaming eng asosiylaridan biridir.

O'z-o'zini tahlil etish usullari quyidagilarga e'tibor qaratishni

talab etadi:

1) ijtimoiylikka yo'naltirilgan o'zaro harakat vaziyatlaridan shaxsiy xulq-atvor, tarbiyalanuvchi shaxsi, uning o'ziga xosliklari, qadriyatlari tizimi kabilarni obyekt sifatida ko'rib chiqish;

2) o'z xulq-atvori, shaxsiy fazilatlarini tahlil etish mezonlari tizimini aniqlash;

3) noma'lumdan ma'lumni ajratib olish;

4) qarama-qarshiliklami aniqlash.

O'z-o'zini tahlil etish o'z-o'zini anglashdan avval kelib, aynan uning asosida shaxsning o'zi haqidagi tasavvurlari umumlashgan ko'rinishga o'tadi. O'z-o'zini anglash natijasida shaxsda o'zining kimligini anglash, o'zining jamiyatdagi o'rnini tushunib etish,boshqalaming ko'z o'ngida kim sifatida gavdalanishini his etish kabilar shakllanadi. O'z-o'zini anglash o'z-o'ziga munosabat sifatida shakllanuvchi hissiy va mantiqiy jihatlarni o'zida aks ettiradi.

Ma'lumki, o'z-o'zini anglash usullari ham mantiqiy, ham emotsional darajada o'z-o'zini tahlil etish natijasida olingan axborotlami aniqlashtirish va umlashtirishni talab etadi. Xulosa qilib aytganda, o'z-o'zini tahlil etish va o'z-o'zini anglash pedagogda o'zi va boshqalarning u haqidagi tasavvuri sifatidagi kasbiy "Men qiyofasi"ning shakllanishiga olib keladi.

Ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchi tomonidan pedagogik ta'sir ko'rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag'batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri. Talab - ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo'ladi.

O'quvchining u yoki bu xatti-harakati o'qituvchi nazoratida bo'lib,ijobiy jihatlari rag'batlantirib boriladi yoki aksincha nojo'ya xatti-harakati to'xtatib qo'yiladi. Istiqbol -ta'sirchan pedagogik usul bo'lib, o'quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma'lum bir

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo'ladi. Ushbu usul maktab o'quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo'lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi.Rag'batlantirish va jazolash - tarbiyaviy ta'siming eng an'anaviy usuli bo'lib, o'quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta'sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so'zsiz bajarilishi uchun o'quvchi rag'batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o'z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta'sir ko'rsatishni ta'minlaydi, uni qo'llash jarayonida o'qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.Jamoatchilik fikri - tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning eng muhim usuli bo'lib, o'quvchilaming ijtimoiy foydaii faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam rag'batlantirib borishda namoyon bo'ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma'lum bir yo'nalishda amalga oshirilishini ta'minlaydi, o'quvchilarning bir-birlariga do'stona munosabatini shakllantiradi.Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarini o'rganish pedagogik ta'sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish lozimligini ko'rsatadi.Ishontirish - o'quvchilarga xatti-harakatlaming to'g'riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlaming noto'g'riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida o'quvchilarda yangi bilim, ko'nikma, malaka hamda axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o'quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me'yor (mezon) bo'lib xizmat qiladi.

O'qituvchining har qanday tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi, oqibat natijada o'quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta'sir ko'rsatishga, ya'ni o'quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, xatti -harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo'nalgan bo'ladi. Lekin ishontirish va uqtirishning texnologik mexanizmlari turlichadir.O'sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o'zaro ta'sirlanadilar. Bu o'zaro ta'sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va munosabatlar, axloqiy me'yorlar majmui vujudga keladi.

Ishontirish haqiqiy va soxta bo'lishi mumkin. Haqiqiy ishonch real voqelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O'zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo'lishi uchun kishi hatto o'limiga ham rozi bo'ladi. Masalan,Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalangan askarlarimizning jang maydonida ko'rsatgan matonatlari.Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun zararli bo'lgan odatlaming shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o'quvchilaming o'zi va atrofidagilar ta'sinning umumlashuvi natijasida vujudga keladi. Ayrim o'quvchilarda soxta ishonch hosil bo'lishining sabablari quyidagilar boiishi mumkin: 1) faqat a'lo bahoga o'qish - bu bilim olishda ko'r-ko'ronalik, quruq yodlashga olib boradi;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2) o'zini o'ta itoatkorona tutish - bu o'quvchi faoliyatini nihoyatda past bo'lishiga olib keladi. Me'yordagi o'quvchi o'qituvchidan ba'zan tanbeh olib turishi kerak;

3) o'qituvchini aldash-bu o'quvchini o'ta aqlli va topqirligidan dalolat beradi;

4) maktab ichki tartib-qoidasini buzish faqat kuchli xarakterga ega bo'lgan o'quvchigagina xos bo'lib, u o'qituvchi tomonidan tanqid qilib turiladi;

5) haddan tashqari ko'p mehnat qilish - bu kerak bo'lmagan tirishqoqlikdir.

Yuqorida keltirilgan ishonchning bunday turi o'quvchida shakllanib, asta-sekin boqimandalik, o'qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini sodir qiladi.

Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun O'qituvchi quyidagi uch yo'nalishda ish olib borishi kerak:

1. Sinf jamoasida sog'lom ijtimoiy fikrni shakllantirish.

2. Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish.

3. Soxta ishonchni asosiy tarzda inkor qilish.

Soxta ishonchni o'zgartirishning quyidagi usullari mavjud:

1) o'quvchini o'zini boshqalar bilan taqqoslashga undash.

Uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo'lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o'qishni xohlamaydi, lekin uning tanish o'rtog'i ko'p o'qiydi va biladi, ammo o'zining"quruq yodlovchi" yoki "o'ta bilimdon" qilib ko'rsatmaydi);

2) noto'g'ri qarashlar va ishonch oqibatda nimalarga olib kelishini ko'rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo'lib, o'z hayotini barbod qilgan, o'z erki, g'ururi va vijdonini yo'qotgan kishilar haqida so'zlab berish. Buning uchun hayotiy misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin);

3) soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi o'quvchi fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish.

Masalan, barcha o'quvchilar o'qituvchilami aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi mumkin). Ishontirishning biron tashkil etuvchisiga amal qilmaslik ham tarbiyaviy ish samaradorligini pasaytirib yuboradi. Bunday holatda o'quvchida faqat bilish shakllangan xolos. Inson o'zini qanday tutishi lozimligini bilishi, aynan shunday tutishi lozimligini tushunishi, lekin o'zini bunga majbur qilolmasligi mumkin.

Demak, bu uning irodaviy sifatlari rivojlanmaganligini, xulq-atvor qoidalariga amal qilish malakasi tarkib topmaganligini anglatadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Ishontirish bilimlar, qarashlar va xulq-atvor me'yorlari tizimi bo'lib qolmay. balki ularni shakllantirish usullari hamdir. Ishontirish yordamida yangi qarashlar munosabatlar shakllanadi yoki noto'g'ri fikrlar o'zgaradi.O'quvchilarga pedogogik ta'sir ko'rsatishda o'qituvchi amal qiladigan qoidalar: -tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi -tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog'liq hodisa ekanligi -shaxsni jamoada tarbiyalanishida o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish -tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo'lish va uning shaxsini hurmat

qilish

-tarbiyalanuvchining yosh va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi -tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini ta'minlash O'qituvchi tarbiyalanuvchilarning o'zaro tarbiyaviy ta'sirga ega ekanliklarini, ularning o'zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoliyatlari o'rtasidagi bog'lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. O'qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta'sir ko'rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o'quvchilar orasida o'zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o'zgartirishi lozim. To'g'ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo'lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o'qituvchi har bir o'quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo'lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg'usini, tuyg'ularini tushunishi va hamdard bo'lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o'qituvchi:

- o'quvchilar bilan bo'lajak munosabatni modellashtira olishi; -munosabatda bo'ladigan sinfjamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; -bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o'rnatish;

- munosabatda ustunlikka ega bo'lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish;

REFERENCES

1. Azizxo'jayeva.N.N.Pedogogik texnologiya va mahorat.-Toshkent.Nizomiy nomidagi TDPU,2006.

2. J.Hasanboyev. Pedagogika, -" Noshir" Toshkent,2011, 130-b.

3. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazaryasi va amaliyoti. Toshkent, 2017.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.